Page 147
CENTRAL ASIAN JOURNAL OF EDUCATION
AND INNOVATION
Volume 4, Issue 6, Part 2 Iyun 2025
www.in-academy.uz
ADVOKATLIK FAOLIYATI KAFOLATLARINING NAZARIY-
HUQUQIY ASOSLARI
Bunyodov Shaxzodbek Zuryod oʻgʻli
Toshkent davlat yuridik universiteti magistranti
https://doi.org/10.5281/zenodo.15721812
ARTICLE INFO
ABSTRACT
Qabul qilindi: 10-Iyun 2025 yil
Ma’qullandi: 15-Iyun 2025 yil
Nashr qilindi: 23-Iyun 2025 yil
Ushbu maqolada advokatlik faoliyatining kafolatlari
institutining nazariy-huquqiy asoslari har tomonlama
tahlil qilinadi. Advokatlik institutining mustaqilligi,
daxlsizligi va kasbiy erkinligini ta’minlovchi huquqiy
mexanizmlar, ularning konstitutsiyaviy me’yorlar bilan
uyg‘unligi ilmiy asosda o‘rganilgan. Maqolada
advokatlik faoliyati mustaqilligini ta’minlashdagi
amaliy muammolar – advokatga bosim o‘tkazish
holatlari,
tergov
va
sud
organlari
bilan
munosabatlardagi
muvozanatsizlik,
himoya
huquqining buzilishi kabi masalalar ochib berilgan.
Ushbu maqola natijalari advokatlik institutining
huquqiy maqomini yanada mustahkamlash, uni
huquqiy davlat barpo etishdagi roli va ahamiyatini
kuchaytirishga xizmat qiladi.
KEY WORDS
Advokat, advokatura, advokatlik
faoliyati
kafolatlari,
advokat
daxlsizligi, advokat mustaqilligi..
Globallashuv jarayoni va huquqiy davlat qurilishi sharoitida advokatlik instituti davlat
va jamiyat hayotining ajralmas tarkibiy qismi sifatida tobora katta ahamiyat kasb etmoqda.
Advokatlar fuqarolarning huquq va erkinliklarini himoya qilish, sudlarda ularning
manfaatlarini ifoda etish, jinoyat ishlarida himoyani ta’minlash, shuningdek, fuqarolik,
iqtisodiy va boshqa nizolarda yuridik yordam ko‘rsatishda muhim rol o‘ynaydi. Shu bois,
advokatlik faoliyatining qonuniy kafolatlari va advokat shaxsining ijtimoiy jihatdan
himoyalanganligi jamiyatdagi huquqiy barqarorlik va tizimning mustahkamligiga bevosita
ta’sir ko‘rsatadi.
Advokatlik kasbi huquqiy davlat barpo etish, fuqarolarning konstitutsiyaviy huquq va
erkinliklarini ta’minlash hamda sud-huquq tizimining adolatli ishlashida muhim o‘rin tutadi.
Ayniqsa, O‘zbekiston Respublikasining yangi Konstitutsiyasi qabul qilinish jarayonida
advokatura institutining jamiyatda tutgan o‘rni alohida e’tiborga olinib, advokatlik
faoliyatining asosiy kafolatlari ilk bor konstitutsiyaviy darajaga ko‘tarildi. Konstitutsiyada
advokat faoliyatiga aralashishga yo‘l qo‘yilmasligi, advokat va himoyalanayotgan shaxs
o‘rtasidagi muloqot uchun sharoitlar yaratilishi, advokatning sha’ni va kasbiy faoliyati davlat
tomonidan muhofaza qilinishi mustahkamlab qo‘yildi.
Bundan tashqari, so‘nggi yillarda Prezident tashabbusi bilan advokatura tizimini
takomillashtirish yo‘lida muhim islohotlar amalga oshirildi. Jumladan, 2018-yil 12-mayda
qabul qilingan PF-5441-sonli Prezident farmoni advokatura institutining samaradorligini
Page 148
CENTRAL ASIAN JOURNAL OF EDUCATION
AND INNOVATION
Volume 4, Issue 6, Part 2 Iyun 2025
www.in-academy.uz
oshirish va advokatlar mustaqilligini kengaytirishda muhim huquqiy asos bo‘lib xizmat qildi.
Shuningdek, Prezident Sh.M.Mirziyoyevning 2022-yil 20-dekabrdagi Oliy Majlis va
xalqga yo‘llagan Murojaatnomasida
1
inson huquq va erkinliklarini ishonchli himoya qilish
davlatning konstitutsiyaviy majburiyati sifatida e’tirof etilib, ushbu yo‘nalishda bir qator
amaliy takliflar ilgari surildi. Xususan, davlat hisobidan bepul yuridik yordam ko‘rsatadigan
advokatlarni elektron tanlash tizimini joriy etish, advokatga jinoyat ishi ochilishi yoki
tugatilishi haqida qaror nusxasini taqdim etish, shuningdek, sudga jinoyat ishi ayblov bilan
birga himoyachining fikri asosida taqdim etilishi kabi mexanizmlarni joriy qilish taklif etildi.
Mazkur islohotlar natijasida advokatlarning kasbiy faoliyati va ularning ijtimoiy
himoyasini ta’minlash masalasi nafaqat yuridik, balki ijtimoiy, iqtisodiy va siyosiy
barqarorlikni mustahkamlash nuqtayi nazaridan ham dolzarb ahamiyat kasb eta boshladi. Shu
jihatdan, bu sohani ilmiy asosda chuqur o‘rganish zarurati yuzaga keldi.
Ilmiy Maqola Usullari Va Metodalari
Ushbu ilmiy maqolada Ilmiy maqola maqsad va vazifalariga erishish hamda Ilmiy
maqola boʻyicha samarali natijalar olish uchun normativ-huquqiy tahlil usuli, qiyosiy huquqiy
tahlil usuli, tahliliy va kritik yondashuv, tavsiya va prognozlash metodlaridan foydalanildi.
Munozara
Advokatlik faoliyati huquqiy davlat va fuqaro jamiyati institutlarining ajralmas
boʻlagi hisoblanadi. Mazkur faoliyatning mohiyati insonning asosiy huquq va erkinliklarini
himoya qilish, sudlarda va boshqa organlarda adolatli yuridik yondashuvni taʼminlashdan
iborat. Shu bois, advokatlar faoliyatining erkin, mustaqil va xavfsiz amalga oshirilishi
demokratik huquqiy davlat barpo etishning muhim shartlaridan biri sanaladi.
Birinchi navbatda, “advokatlik faoliyati” soʻz birikmasidagi
faoliyat
soʻzining lugʻaviy
maʼnosiga toʻxtalib oʻtadigan boʻlsak. Bir guruh olimlarning fikriga koʻra “faoliyat insonning
muayyan muhitdagi muayyan subyektlarga nisbatan maxsus munosabatlari yigʻindisi boʻlib,
uning mazmuni jamiyat manfaatlaridan kelib chiqqan holda oʻzgarishi hamda jamiyat
manfaatlariga xizmat qilishi bilan bogʻliq boʻladi. Faoliyat oʻz ichiga maqsad, vosita, natija va
tegishli jarayonlarni qamrab oladi”
2
.
Mazkur tarifdan kelib chiqqan holda, advokatlik faoliyatiga “qonun doirasida
belgilangan maqsadlar asosida advokat maqomiga ega boʻlgan shaxs tomonidan fuqarolarning
huquq va erkinliklarini, shuningdek, jamiyat va davlat manfaatlarini himoya qilish maqsadida
tegishli vakolatlarni amalga oshirish jarayoni”, deb qayta tarif berishimiz mumkin
hisoblanadi.
Oʻzbekiston Respublikasining “Advokatlik faoliyatining kafolatlari va advokatlarning
ijtimoiy himoyasi toʻgʻrisda”gi Qonuniga murojaat etadigan boʻlsak, advokatlik kafolatlari
tushunchasiga berilgan tarifni topa olmaymiz. Advokatlik faoliyati kafolatlari deganda,
advokatlarning oʻz kasbiy vazifalarini qonuniy, mustaqil va erkin amalga oshirishiga imkon
beruvchi
huquqiy, tashkiliy, ijtimoiy va protsessual normalar tizimi
tushuniladi. Bu
kafolatlar advokatni har qanday noqonuniy aralashuv, bosim, taʼqib va cheklovlardan himoya
qiladi hamda ularning kasbiy mustaqilligini taʼminlaydi.
1
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlis va O‘zbekiston xalqiga Murojaatnomasi.
20.12.2022.
https://president.uz/oz/lists/view/5774
2
Д.Турдиалиев.
Конституционные основы гарантий адвокатской деятельностию. Жамият ва
инновациялар – Общество и инновации – Society and innovations Special Issue – 01 (2024) / ISSN 2181-1415
Page 149
CENTRAL ASIAN JOURNAL OF EDUCATION
AND INNOVATION
Volume 4, Issue 6, Part 2 Iyun 2025
www.in-academy.uz
Oʻzbekiston Respublikasining “Advokatlik faoliyatining kafolatlari va advokatlarning
ijtimoiy himoyasi toʻgʻrisida”gi Qonunining 5-moddasida mazkur tushuncha huquqiy jihatdan
belgilab qoʻyilganini ko‘rish mumkin.
Advokatlik faoliyati kafolatlarining huquqiy mohiyati – bu advokatning kasbiy erkinligi,
mustaqilligi va huquqlarini taʼminlovchi normativ-huquqiy mexanizmlar majmuasidir. Aynan
shu kafolatlar orqali advokat o‘z kasbiy vazifalarini qonun doirasida erkin bajara oladi, tashqi
bosim va aralashuvlardan himoyalanadi hamda sud-huquq tizimida adolatli himoyani amalga
oshiruvchi asosiy subyekt sifatida ishtirok etadi.
Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 141-142-moddalarida bevosita Advokatlik
faoliyatining kafolatlarining konstitutsiyaviy asoslar bilan mustahkamlanganligini koʻrishimiz
mumkin. Shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Konstitusiyasining 29-moddasida “Har kimga
malakali yuridik yordam koʻrsatish huquqi kafolatlanadi. Har bir shaxs jinoyat protsessining
har qanday bosqichida, shaxs ushlanganida esa uning harakatlanish erkinligi huquqi amalda
cheklangan paytdan eʼtiboran oʻz tanloviga koʻra advokat yordamidan foydalanish huquqiga
ega”, deb koʻrsatib oʻtilgan. Bundan koʻrinib turibdiki, advokat oʻz himoyasidagi shaxsning
dastlabki tergovdagi yoki suddagi nuqtai nazarini qoʻllab quvvatlashi shart
3
.
Baʼzi olimlar qarashlariga koʻra advokat uchun ishonch bildiruvchi shaxs manfaatlari
doimo birinchi oʻrinda boʻlmogʻi lozim. Xususan, V.Burobin fikricha, “advokat uchun “ishonch
bildiruvchi shaxs – doimo haq” degan qoida imperativ xarakterga ega”.
4
Mazkur fikrga
qoʻshimcha tarzda S.Shirinskiy esa “advokat himoya pozitsiyasi borasida ishonch bildiruvchi
shaxsdan yozma rozilik olishi zarur” ekanligini taʼkidlaydi
5
. Mazkur fikrlarga nisbatan oʻz
pozitsiyamizni bildiradigan boʻlsak, albatta, ushbu fikrlaning asosli ekanligini taʼkidlashimiz
lozim. Biroq, advokat tomonidan “ishonch bildiruvchi shaxsning manfaatlari ustunligi”
prinsipiga amal qilishda qonun doirasida ish tutish hamda uning manfaatlarini himoya qilish
uchun noqonuniy usullardan foydalanmasligi lozimligini yodda saqlash zarur.
V.A.Velgoretskayaning fikricha
6
, advokatlik faoliyatining kafolatlari — bu faqat
advokatning huquqiy maqomini belgilab beruvchi me’yorlar yig‘indisi emas, balki sud-huquq
tizimining barqaror va izchil faoliyat yuritishini ta’minlovchi muhim huquqiy mexanizmdir.
Huquqiy doktrinada bu tushuncha murakkab va ko‘p qirrali huquqiy kategoriya sifatida
baholanadi. Ushbu kafolatlar, eng avvalo, advokatga o‘z kasbiy faoliyatini mustaqil va erkin
tarzda amalga oshirish, shuningdek, davlat organlari yoki boshqa shaxslarning aralashuvisiz
mijoz manfaatlarini qonuniy asosda himoya qilish imkonini beradigan normalar tizimi sifatida
qaraladi.
Oʻzbekistonda advokatlik faoliyati kafolatlarini taʼminlashga doir ma’lum huquqiy
asoslar mavjud boʻlsa-da, ularning amalda to‘liq va izchil qo‘llanilishi yo‘lida hali hanuz qator
muammolar saqlanib qolmoqda. Xususan, ba’zi holatlarda advokatlar sud majlislariga yoki
tergov harakatlariga oʻz vaqtida jalb etilmaydi, zarur hujjatlarga to‘liq kirish imkoniyatidan
mahrum boʻladi yoki ularning himoya nuqtai nazari yetarlicha inobatga olinmaydi. Bunday
3
Голованов Сергей Сергеевич
.Гарантии независимости и неприкосновенности адвокатов. Вопросы
современной юриспруденции. № 5 (66), 2017 г.
4
Буробин В. Адвокатская деятельность. – М:. МНЭПУ, 2001, -Б. 56.
5
Ширинский С.Ф. Адвокат не вправе вредить своему подзащитному. // Адвокатю -2000. -№5. -Б. 25.
6
В.А. Вельгорецкая Адвокатская тайна: необходимост сущеуствования и сущность [Qayd daftari] // Территория
науки. - 2015 yil. - bet. 170-176
Page 150
CENTRAL ASIAN JOURNAL OF EDUCATION
AND INNOVATION
Volume 4, Issue 6, Part 2 Iyun 2025
www.in-academy.uz
holatlar huquqiy kafolatlarning mavjudligini emas, balki amaldagi huquqiy madaniyat
darajasini ochib beradi.
Masalan, 2021-yilda Bosh prokuratura tomonidan oʻtkazilgan anonim soʻrovnoma
natijalariga koʻra, advokatlarning himoya ostidagi shaxs bilan uchrashishiga toʻsqinlik qilish
holatlari surishtiruv bosqichida 461 ta, tergov jarayonida esa 328 ta holatni tashkil etgan
7
.
Holbuki, amaldagi qonunchilikda advokatga surishtiruv yoki tergov bosqichlarida himoya
qilinayotgan shaxs bilan hech qanday ruxsatsiz, cheklovlarsiz va to‘siqlarsiz uchrashish
huquqi kafolatlangan. Ushbu qonuniy huquqning buzilishi esa advokatlik faoliyati
kafolatlarining jiddiy buzilishi sifatida e’tirof etilishi lozim.
Baʼzi hollarda, Ichki ishlar boshqarmasiga qarashli tergov hibsxonalarida advokatning
himoyasidagi shaxs bilan uchrashuvi uchun order va guvohnomadan tashqari tergovchi, sud
yoki tergov boshqarmasi ruxsatini talab qilish holatlari uchramoqda.
Holbuki, Jinoyat protsessual kodeksining 53-moddasi 2-qismiga ko‘ra, himoyachi
qamoqda saqlanayotgan shaxs bilan hech qanday ruxsatisiz va cheklovlarsiz – uchrashuvlar
soni va muddati bo‘yicha chegaralarsiz – erkin uchrashish huquqiga ega.
Shuningdek, IIVning 2456-sonli buyrug‘i bilan tasdiqlangan Tergov hibsxonalari ichki
tartib qoidalarining 150-bandida ham bunday uchrashuvlar erkin va cheklanmagan bo‘lishi
belgilangan. Biroq ba’zan hibsxona maʼmuriyati ushbu talablarni buzgan holda ruxsatnoma
so‘raydi yoki uchrashuvni kechiktiradi, bu esa qonundagi “moneliksiz va ruxsatsiz” tamoyiliga
zid bo‘lib, to‘laqonli himoyani amalga oshirishga to’sqinlik qiladi.
Advokatlik faoliyatining mazmunan ijtimoiy va huquqiy jihatdan muhim ahamiyat kasb
etishini inobatga olgan holda, ushbu faoliyatning mustaqilligini taʼminlash har qanday
huquqiy davlatning ustuvor vazifalaridan biri sanaladi.
Advokatlar oʻz faoliyatida quyidagi asosiy prinsiplar asosida faoliya olib borishi lozim
hisoblanadi:
Advokatning mustaqilligi;
Advokatning kasb etikasi qoidalariga, advokatlik siri va qasamyodiga rioya etishi;
Qonunda taqiqlanmagan usullar va vositalarni qoʻllash.
Mazkur prinsiplar ichida albatta advokatning mustaqilligi alohida oʻrin tutadi. Chunki,
advokatlik kasbining oʻziga xos xususiyatlaridan biri boʻlmish jinoyat ishlarida himoyachilik
funksiyasi aksariyat hollarda davlat bilan ziddiyatga kirishgan, yaʼni manfaatlari toʻqnashgan
shaxslarning huquqlarini himoya qilishni taqozo etadi
8
.
Bizning fikrimizcha, advokat mustaqilligi va advokatura mustaqalligi tushunchalari
eshitilishi jihatidan bir-biriga yaqin tuyulsa ham, aslida bir biridan farqli tushunchalar
hisoblanadi.
Advokat mustaqilligi – bu advokatning oʻz faoliyatini hech qanday noqonuniy taʼsir,
bosim yoki aralashuvsiz, faqat qonunga va professional etikaga asoslangan holda amalga
oshirishi kafolatlanishidir. Advokat mustaqilligi advokatning yakka individ sifatidagi oʻz
kasbiy faoliyatini amalga oshirishda boshqa davlat organlari va tashkilotlariga boʻysunmasligi
va ulardan mustaqilligini anglatadi.
7
Х.O’roqova. ““Huqularimiz qo’pol ravishda buzilmoqda” – Qashqadaryodagi advokatlar muammolari qachon barham
topadi?”//Advokat press – 2022-yil avgust. №8 (19). 8-9-bet
8
B.Salomov. O’zbekiston Respublikasida advokatlik faoliyati, uning kafolatlari va advokatlarning ijtimoiy himoyasi
(tajriba va muammolar). Dissertatsiya. Y.f.d ilmiy daraja olish uchun – M:. Toshkent – 2005.
Page 151
CENTRAL ASIAN JOURNAL OF EDUCATION
AND INNOVATION
Volume 4, Issue 6, Part 2 Iyun 2025
www.in-academy.uz
Advokatura mustaqilligi deganda esa bu advokatura institutining davlat hokimiyati
organlaridan va boshqa tashqi bosimlardan xoli holda, oʻzini-oʻzi boshqaruvchi tashkilot
sifatida faoliyat yuritishi hisoblanadi. Ushbu tushuncha bevosita advokatlarning oʻzini oʻzi
boshqarish organi hisoblangan Advokatlar palatasi va uning hududiy boshqarmalarining
davlat hokimiyati organlaridan mustaqil tarzda faoliyat olib borishini bildiradi.
Demak, “Advokat mustaqilligi” hamda “Advokatura mustaqilligi tushunchalari bir-
biridan
subyekti, mazmuni hamda himoya qilinadigan holat
jihatidan farqlanadi.
Advokatlik faoliyati mustaqilligi kafolatlaridan yana biri sifatida advokatlik sirini
oshkor etilishini man etishni tushunishimi mumkin. Advokat oʻz kasbini bajarish paytida
himoyasidagi shaxsning yoki uni vakil qilib yollagan ichki sirlaridan, yaʼni jinoyat yoki
maʼmuriy ishga daxldorlik darajasi, shuningdek, oilaviy, mulkiy nizolarda – begona shaxslar
bilishi lozim boʻlmagan holatlar, xoʻjalik va tadbirkorlik ishlarida esa – xoʻjalik yurituvchi
subʼektning tijorat sirlaridan voqif boʻlishiga toʻgʻri keladi
9
. Bu esa oʻz navbatida ushbu
maʼlumotlar daxlsizligini taʼminlash ehtimolini kuchaytiradi.
Advokat siri oshkor etilishini man etilishini taʼminlash yoʻllaridan biri sifatida –
advokat, uning yordamchisi va stajorining surishtiruv va dastlabki tergovda advokat sirini
tashkil qiluvchi maʼlumotlar boʻyicha koʻrsatuv yoxud boshqacha tushuntirish berishni
taqiqlash hisoblanadi. M.S.Strogovich advokatning guvoh sifatida soʻroq qilinish mumkin
emasligi haqida “himoyachi guvoh sifatida soʻroq qilinishining taʼqiqlanishi – fuqarolarning
advokaturaga boʻlgan ishnonchini oshirishga, advokatlar yordamidan foydalanish erkinligini
kafolatlashga xizmat qiladi”
10
, deb asosli taʼkidlagan. Lekin, baʼzi bir olimlar jumladan,
A.R.Mixaylenkoning “agar xizmat vazifasini bajarish tufayli himoyachiga ayblanuvchining yoki
boshqa shaxslarning tayyorlanayotgan yoki sodir boʻlgan jinoyati haqida maʼlum boʻlib qolsa,
bu haqida u tegishli mansabdor shaxslarni xabardor qilishi lozim va shu munosabat bilan
advokat sirni oshkor qilish mumkin”ligi toʻgʻrisidagi fikrlariga mening fikrimcha, qoʻshilib
boʻlmaydi.
Chunonchi, advokat oʻz faoliyatida huquqni muhofaza qiluvchi organlardan mustaqil
faoliyat yuritib, uning asosiy funksiyasi fuqarolar va yuridik shaxslarga yuridik yordam
koʻrsatish hisoblanadi. Ushbu funksiyaning samarali amalga oshirilishida, advokatning
huquqni muhofaza qiluvchi organlardan mustaqilligini taʼminlash muhim ahamiyatga ega
boʻlib, uning yuqorida keltirilgan advokatlik sirini tashkil etuvchi maʼlumotlarni bevosita
dastlabki tergov va surishtiruv mansabdor shaxslariga oshkor etishi, fuqarolarning
advokaturaga nisbatan ishonchinining kamayishiga, shuningdek, sudda tortishuv prinsipining
buzilishiga olib keladi.
Natijalar
Tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatadiki, advokatlik faoliyatining kafolatlari huquqiy davlat
va demokratik jamiyat qurilishining ajralmas elementi bo‘lib, u advokatning mustaqilligi,
daxlsizligi va kasbiy erkinligini ta’minlovchi asosiy huquqiy mexanizmlarni o‘z ichiga oladi.
Quyidagi asosiy ilmiy va amaliy xulosalarga keldik:
1.
Advokatlik faoliyati kafolatlari – bu faqat nazariy tushuncha emas, balki amaliyotda
advokatning kasbiy huquqlarini himoya qilish va uning faoliyatiga aralashishga yo‘l
9
B.Salomov. O’zbekiston Respublikasida advokatlik faoliyati, uning kafolatlari va advokatlarning ijtimoiy himoyasi
(tajriba va muammolar). Dissertatsiya. Y.f.d ilmiy daraja olish uchun – M:. Toshkent – 2005
10
Строгович М.С. Зашита по уголовным делам. – М.: Госюрхизмат, 2012. С: 38-39
Page 152
CENTRAL ASIAN JOURNAL OF EDUCATION
AND INNOVATION
Volume 4, Issue 6, Part 2 Iyun 2025
www.in-academy.uz
qo‘ymaslikni ta’minlaydigan normativ-huquqiy mexanizmlar tizimidir. Bu tizim advokatga o‘z
faoliyatini erkin, qonuniy va xavfsiz ravishda amalga oshirish imkonini beradi.
2.
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 29, 141 va 142-moddalarida advokatlik
faoliyatining konstitutsiyaviy kafolatlari ilk bor alohida belgilab berilishi ushbu institutning
jamiyatdagi o‘rni va ahamiyati yuksalayotganini ko‘rsatadi. Bu esa advokatura institutining
mustaqilligini huquqiy jihatdan yanada mustahkamlash uchun mustahkam zamin
yaratmoqda.
3.
Amaliy tahlillar shuni ko‘rsatmoqdaki, mavjud huquqiy asoslar yetarli darajada
rivojlangan bo‘lishiga qaramay, advokatlik faoliyatiga oid qonun normalarining amaliyotda
to‘laqonli tatbiq etilmayotgani muammoli jihatlarni yuzaga keltirmoqda. Jumladan, tergov va
surishtiruv bosqichida advokatlarning himoyasidagi shaxs bilan erkin uchrashuvlariga sun’iy
to‘siqlar qo‘yilmoqda.
4.
Qonunchilikda belgilanganidek, advokatning himoyasidagi shaxs bilan erkin va
ruxsatsiz uchrashish huquqining cheklanishi — nafaqat qonunchilikni buzish, balki himoya
huquqining buzilishi va sud-huquq tizimiga ishonchni pasaytiruvchi xavfli omil sifatida e’tirof
etilishi lozim.
5.
Advokatlik faoliyatining kafolatlarini mustahkamlash uchun quyidagi takliflar ilgari
surildi:
“Advokatlar faoliyatining kafolatlari va advokatlarning ijtimoiy himoyasi
to’g’risida”gi qonunning 6-moddasi quyidagi qo’shimcha band bilan to’ldirish: “Advokatga
nisbatan jinoyat ishi Advokatlar palatasi huzuridagi Oliy Malaka komissiyasining xulosasi
asosida qo’zg’atilishi lozim”.
Jinoyat protsessual kodeksi 115-moddasi birinchi qism ikkinchi bandi quyidagi
talqinda o’zgartirilishi lozim: “Jinoyat ishi yuzasidan o‘z vazifalarini bajarishlari natijasida
o‘zlariga ma’lum bo‘lgan holatlar to‘g‘risida — himoyachini, shuningdek jabrlanuvchining,
fuqaroviy da’vogarning, fuqaroviy javobgarning vakilini hamda guvoh advokatini”
Advokatlik faoliyati bilan bog‘liq huquqbuzarliklar bo‘yicha alohida statistik
monitoring tizimini joriy etish;
Advokatlarning kasbiy huquqlari bo‘yicha sud amaliyotini tizimli ravishda tahlil
qilish va ommalashtirish;
Yuqoridagi natijalar asosida shuni xulosa qilish mumkinki, advokatlik faoliyatining
kafolatlari faqatgina huquqiy jihatdan emas, balki ijtimoiy, siyosiy va axloqiy jihatdan ham
muhim ahamiyat kasb etadi. Mazkur kafolatlarning to‘laqonli va izchil ta’minlanishi huquqiy
davlatning mustahkam asosi sifatida qaralishi lozim.
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati:
1.
Д.Турдиалиев. Конституционные основы гарантий адвокатской деятельностию.
Жамият ва инновациялар – Общество и инновации – Society and innovations Special Issue
– 01 (2024) / ISSN 2181-1415.
2.
Голованов Сергей Сергеевич. Гарантии независимости и неприкосновенности
адвокатов. Вопросы современной юриспруденции. № 5 (66), 2017 г.
3.
Буробин В. Адвокатская деятельность. – М:. МНЭПУ, 2001.
4.
Ширинский С.Ф. Адвокат не вправе вредить своему подзащитному. // Адвокатю -
2000. -№5.
5.
B.Salomov. O’zbekiston Respublikasida advokatlik faoliyati, uning kafolatlari va
Page 153
CENTRAL ASIAN JOURNAL OF EDUCATION
AND INNOVATION
Volume 4, Issue 6, Part 2 Iyun 2025
www.in-academy.uz
advokatlarning ijtimoiy himoyasi (tajriba va muammolar). Dissertatsiya. Y.f.d ilmiy daraja
olish uchun – M:. Toshkent – 2005.
6.
Х.O’roqova. ““Huqularimiz qo’pol ravishda buzilmoqda” – Qashqadaryodagi advokatlar
muammolari qachon barham topadi?”//Advokat press – 2022-yil avgust. №8 (19).
7.
В.А. Вельгорецкая Адвокатская тайна: необходимост сущеуствования и сущность
[Qayd daftari] // Территория науки. - 2015 yil. - bet. 170-176.
8.
Строгович М.С. Зашита по уголовным делам. – М.: Госюрхизмат, 2012
9.
www.lex.uz
10.
www.prezident.uz