Авторы

  • Akmal Ulug‘murotov
    O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi tayanch doktoranti.

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.cajei.126617

Ключевые слова:

Valiyuddin Jorulloh Abdulloh ibn Muborak Zuhd va raqoiq qo‘lyozma nusxalar hadis va rivoyat zanjiri ilmiy meros islomiy axloq va tasavvuf Umar ibn Muhammad ibn Tabarzod Bag‘dodiy.

Аннотация

Ushbu maqolada buyuk muhaddis va zahid ulamo Abdulloh ibn Muborakning eng mashhur asari — “Kitob az-Zuhd var-Raqoiq” nomli kitobining tarixiy, ilmiy va qo‘lyozma manbalari chuqur ilmiy-tanqidiy tahlil etiladi. Maqolada ushbu asarning uch muhim qo‘lyozma nusxasi — Valiyuddin Jorulloh kutubxonasidagi (Istanbul), Iskandariya shahridagi Umumiy kutubxona (Misr) va Damashqdagi Zohiriya kutubxonasida (Suriya) saqlanayotgan ko‘hna nusxalari asosida olib borilgan matnshunoslik tahlillari keltiriladi.


background image

Page 53

CENTRAL ASIAN JOURNAL OF EDUCATION
AND INNOVATION

Volume 4, Issue 7, July 2025

www.in-academy.uz

“AZ-ZUHD VAR-RAQOIQ” ASARINING QO‘LYOZMA

NUSXALARI

Akmal Ulug‘murotov

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi

tayanch doktoranti.

https://doi.org/10.5281/zenodo.16092996

ARTICLE INFO

ABSTRACT

Qabul qilindi: 07-Iyul 2025 yil
Ma’qullandi: 11-Iyul 2025 yil

Nashr qilindi: 18-Iyul 2025 yil

Ushbu maqolada buyuk muhaddis va zahid ulamo
Abdulloh ibn Muborakning eng mashhur asari —
“Kitob az-Zuhd var-Raqoiq” nomli kitobining tarixiy,
ilmiy va qo‘lyozma manbalari chuqur ilmiy-tanqidiy
tahlil etiladi. Maqolada ushbu asarning uch muhim
qo‘lyozma

nusxasi

Valiyuddin

Jorulloh

kutubxonasidagi (Istanbul), Iskandariya shahridagi
Umumiy kutubxona (Misr) va Damashqdagi Zohiriya
kutubxonasida

(Suriya)

saqlanayotgan

ko‘hna

nusxalari asosida olib borilgan matnshunoslik tahlillari
keltiriladi.
Har bir nusxa o‘zining rivoyat zanjiri, yozilgan sanasi,
roviylari va boblar tarkibi jihatidan tafsiliy tarzda
o‘rganiladi. Jumladan, Marvaziy nusxasi 527/1133-
yillarga borib taqalib, mashhur muhaddislar zanjiri
orqali rivoyat etilgan. Hammod nusxasi esa bevosita
Abdulloh ibn Muborakdan Nu’aym ibn Hammod orqali
kelib chiqqani bilan ajralib turadi. Damashqdagi nusxa
esa Umar ibn Tabarzod tomonidan rivoyat etilgan va
muallif tomonidan sahih nusxa sifatida qayd etilgan.
Maqolada, shuningdek, har bir qo‘lyozma nusxadagi
boblar soni, nomlanishi va mazmuni o‘rtasidagi farqlar
ilmiy

asosda

taqqoslanadi.

Ayrim

boblar

nomlanishidagi farqlar, mavjud va mavjud bo‘lmagan
hadislar, qo‘shimchalar, istilohlar va ularning
sharhlanishi haqida ham tahliliy izohlar berilgan.

KEY WORDS

Valiyuddin Jorulloh, Abdulloh ibn
Muborak,

Zuhd

va

raqoiq,

qo‘lyozma nusxalar, hadis va
rivoyat zanjiri, ilmiy meros,
islomiy axloq va tasavvuf, Umar
ibn Muhammad ibn Tabarzod
Bag‘dodiy.

Abdulloh ibn Muborakning qalamiga mansub “Kitob az-zuhd var-raqoiq” kitobi u kishini

shoh asarlaridan biri desak adashmagan bo’lamiz, shuni ta’kidlab o‘tish joizki, mazkur kitob
dunyo yuzini ko‘rganiga ko‘p zamonlar bo‘ldi. Hatto uni zohidlik mavzusida chop etilgan ilk
kitob desak ham, mubolag‘a qilmagan bo‘lamiz. Quyida biz bu kitobni qisqacha “Zuhd” deb
ataladi.

Abdulloh ibn Muborak jamlagan “Zuhd”ning bir nechta nusxasi bo‘lib, hammasining asli


background image

Page 54

CENTRAL ASIAN JOURNAL OF EDUCATION
AND INNOVATION

Volume 4, Issue 7, July 2025

www.in-academy.uz

Istambuldagi Valiyuddin Jorulloh kutubxonasidan olingan. Uning tarixi hijriy yettinchi asrdan
avvalgi paytlarga borib taqaladi. Chunki u yerda mazkur kitob samo’an, ya’ni muallif tarafidan
o‘z qulog‘i bilan eshitilib 600/1204-yildan so‘ng yozilganligi qayd qilingan. Ushbu nusxa
qo‘ldan qo‘lga o‘tib, oxiri mazkur Valiyuddin Jorulloh qo‘liga tushgandan keyin, u kishi bu
nusxani Alloh yo‘lida vaqf qilgan.

Bu nusxa o‘n bir ju’zdan iborat bo‘lib, birinchi juzi 527/1133-yilda vafot etgan Abu

G‘olib Ahmad ibn Al-Husayn

1

ibn Ahmad ibn Banno rivoyati bilan kelgan.

Ibn Javziy Abu G‘olib ibn Banno haqida shunday deydi: - Men o‘zim undan hadis

eshitganman va u siqa-ishonchli roviy edi, Zahabiy ham, Ibn Ammod ham uni Iroq musnadida
vasflagan.

U 527/1133-yilda, 82 yoshida vafot etgan.
Uning bobosi Abu Ya’lo Hasan ibn Ahmad ibn Abdulloh ibn Banno ham Qozi Abu

Ya’lodan hadis eshitganlardan biri bo‘lib, uning shogirdlaridan sanaladi.

Abdulloh ibn Muborakdan hadislar eshitgan va rivoyat qilgan Abu Abdulloh Husayn ibn

Hasan ibn Harb Al-Marvaziy – umrining oxiri Makkada qo‘nim topgan bo‘lib, u imom
Termiziyga, imom Ibn Mojjaga, shuningdek Abu Hotam, Yahyo ibn Sa’id va yana bir qancha
kibor muhaddislar va ishonchli hofizlarga ustoz sanaladi.

Uning tarjimai holini Ibn Hibbon “Siqalar” (ishonchlilar) nomli kitobida, Ibn Abu Hotim

“Jarh va ta’dil”da, Hofiz (Zahabiy) esa “Tahzib at-tahzib” kitobida zikr qilgan.

Abdulloh ibn Muborakning “Zuhd” kitobini Husayn ibn Hasan Marvaziydan eshitgan va

rivoyat qilgan roviy – Yahyo ibn Muhammad ibn So’id ibn Kotib bo‘lib, hofiz Zahabiy u haqda
shunday degan: “U hofiz, imom, siqa Abu Muhammad Hoshimiy Bag‘dodiy bo‘lib, 228/843-
yilda tug‘ilgan va Luyindan, Ahmad ibn Mani’dan, Sivor ibn Abdulloh Qoziydan, Yahyo ibn
Sulaymon ibn Fazladan, shuningdek, Hasan ibn Hammod Sajjoda, Abu Humom Sakuniy,
Horun ibn Abdulloh Hammoldan va yana bir qancha odamlardan hadis rivoyat qilgan.

Ushbu qo‘lyozma nusxasi 135 varaqdan iborat bo‘lib, uni Husayn ibn Hasan Marvaziy

nusxasi deyiladi. Aynan shu kishidan barcha mashriq ahli bu kitobni rivoyat qilgan. Quyida
mazkur nusxaning roviylari to‘g‘risida birma- bir ma’lumot keltiriladi.

Abdulloh ibn Muborak qalamiga mansub “Zuhd” kitobining ikkinchi nusxasi –

Iskandariya munitsipalitetiga qarashli Ommaviy kutubxonada saqlanadi. U taxminan
466/1074-yilda mag‘ribiy xatda yozilgan.

Uni Nu’aym ibn Hammod muallifdan, ya’ni to‘g‘ridan-to‘g‘ri Abdulloh ibn Muborakni

o‘zidan rivoyat qilgani bois Nu’aym ibn Hammod nusxasi deyiladi. Huddi avvalgi nusxani
Husayn ibn Hasan Marvaziy nusxasi deyilganidek.

Bu nusxa avvalgi nusxadan boblari va tartibi jihatidan ham, biridan bor rivoyatlar

boshqasida yo‘qligi jihatidan ham, ya’ni ko‘p jihatdan farq qiladi.

Masalan, birinchi nusxa boblari 50 ta bo‘lsa, ikkinchi nusxaning hozirda mavjud bo‘lgan

qismining o‘zida 177 bob mavjud.

Shuningdek, ikkala nusxada mavjud bo‘lgan mushtarak boblar ham, nomlanishida bir

biridan farq qiladi va kamdan-kam holatda ikkala nusxa boblari bir xil nomlanadi

2

Masalan, Marvaziy nusxasida birinchi bobga “Alloh azza va jallaning toatiga qiziqtirish

bobi” deb nom berilgan bo‘lsa, Hammod nusxasida ayni bobga: “Amalga shoshilmoq uchun

1

Muhammad Muhammad Abu Zahv. Al-Hadis va al-muhaddisun. – Bayrut: Dor al-kutub al-ilmiya, 1984. – B. 512 .

2

Muhammad Muhammad Abu Zahv. Al-Hadis va al-muhaddisun. – Bayrut: Dor al-kutub al-ilmiya, 1984. – B.265 .


background image

Page 55

CENTRAL ASIAN JOURNAL OF EDUCATION
AND INNOVATION

Volume 4, Issue 7, July 2025

www.in-academy.uz

targ‘ib etish bobi” degan sarlavha qo‘yilgan. Marvaziy nusxasida ikkinchi bob: “Dunyo topish
ilinjida ilm izlash (yomonligi) haqida kelgan rivoyatlar” deb nomlangan bo‘lsa, Hammod
nusxasida huddi shu bob: “Ilmiga amal qilmagan kishi haqida kelgan rivoyatlar” deb
nomlangan.

Shunday qilib, bu nusxalarning har birida boshqasida bo‘lmagan hadislar va asarlar

mavjud bo‘lib, birinchi nusxada yo Marvaziy va yo Ibn So’id qo‘shgan ziyodalar ko‘proq bo‘lsa,
ikkinchi nusxada asosan Nu’aym ibn Hammodning qo‘shimchalari o‘rin olgan.

Abdulloh ibn Muborak “Zuhd”ining uchinchi nusxasi Damashqdagi Zohiriya

kutubxonasida saqlanadi. Mazkur nusxa Umar ibn Tabarzod Bag‘dodiyning Abu G‘olib Ahmad
ibn Hasan ibn Banno rivoyatidan yozilgan. Ibn Banno haqida esa yuqorida ma’lumot berib
o‘tildi.

Ushbu nusxa ostiga Umar ibn Tabarzodning o‘zi: “Bu sahih nusxa, uni Umar ibn

Muhammad ibn Tabarzod Bag‘dodiy yozdi..” deb yozib qo‘ygan.

3

Abdulloh ibn Muborak qalamiga mansub “Zuhd”ning shu paytgacha chop qilingan yoki

bugungi kunda nashr qilinayotgan kitobilarning barchasi ushbu uch nusxa asosida
tayyorlangan. Masalan, bu ajoyib asar 1995-yilda shayx Ahmad Farid tahqiqi ostida Riyoz
shahridagi “Dorul Me’roj” davlat nashriyotida chop qilingan.

Abdulloh ibn Muborak asarni rivoyat qilishda o‘ziga xos yo‘l tutib, o‘zining

qarashini isbotlash uchun dalillar keltirib, kitobni qo‘shimcha ilmiy ma’lumotlar bilan
boyitgan. “Zuhd”da o‘ziga xos istilohlardan foydalangan. Asarni sharhlagan olimlar
istilohlarning ma’nosiga alohida to‘xtalib, ularni izohlab berganlar.

Abdulloh ibn Muborak Marvaziy asarga muhaddis sifatida yondoshgani uning boshidan

oxirigacha to‘liq sezilib turadi. Odob-axloq masalalaridan uzoq lashmay hadislarga izoh
bermaslikka intilgan.

Keltirilgan hadislarda ifodalangan umuminsoniy g‘oyalar, axloq-odob qoidalari shaxsni

komillikka undab, jamiyat a’zolari o‘rtasidagi munosabatlarni tartibga solishda muhim o‘rin
tutgan

4

. Rasululloh (s.a.v) vidolashuv hajida shunday dedilar: “Sizlarga kim mo‘min

deyilishini aytaymi? Mo‘min – odamlar o‘z mollari va jonlari uchun (tajovuz qilmasligiga
ishonib) ko‘ngli xotirjam bo‘lgan kishidir. Musulmon – musulmonlar uning tilidan ham,
qo‘lidan ham salomat bo‘lgan kishidir. Mujohid – Allohga itoat qilish yo‘lida nafsi bilan
kurashgan kishidir. Muhojir – gunohlar va xatolarni tark qilgan kishidir”.

Abdulloh ibn Muborak asarni rivoyat qilishda o‘ziga xos yo‘l tutib, o‘zining qarashini

isbotlash uchun dalillar keltirib, kitobni qo‘shimcha ilmiy ma’lumotlar bilan boyitgan.
“Zuhd”da o‘ziga xos istilohlardan foydalangan. Asarni sharhlagan olimlar istilohlarning
ma’nosiga alohida to‘xtalib, ularni izohlab berganlar.

Abdulloh ibn Muborak Marvaziy asarga muhaddis sifatida yondoshgani uning boshidan

oxirigacha to‘liq sezilib turadi. Odob-axloq masalalaridan uzoq lashmay hadislarga izoh
bermaslikka intilgan.

Keltirilgan hadislarda ifodalangan umuminsoniy g‘oyalar, axloq-odob qoidalari shaxsni

komillikka undab, jamiyat a’zolari o‘rtasidagi munosabatlarni tartibga solishda muhim o‘rin
tutgan

5

. Rasululloh (s.a.v) vidolashuv hajida shunday dedilar: “Sizlarga kim mo‘min

3

Murodov D. Hadisshunoslik atama va iboralari (qisqacha izohli lug‘at). – T.: Fan, 2009. – B.176.

4

Muhammad Muhammad Abu Zahv. Al-Hadis va al-muhaddisun. – Bayrut: Dor al-kutub al-ilmiya, 1984 – B.256.

5

Muhammad Muhammad Abu Zahv. Al-Hadis va al-muhaddisun. – Bayrut: Dor al-kutub al-ilmiya, 1984 – B.256.


background image

Page 56

CENTRAL ASIAN JOURNAL OF EDUCATION
AND INNOVATION

Volume 4, Issue 7, July 2025

www.in-academy.uz

deyilishini aytaymi? Mo‘min – odamlar o‘z mollari va jonlari uchun (tajovuz qilmasligiga
ishonib) ko‘ngli xotirjam bo‘lgan kishidir. Musulmon – musulmonlar uning tilidan ham,
qo‘lidan ham salomat bo‘lgan kishidir. Mujohid – Allohga itoat qilish yo‘lida nafsi bilan
kurashgan kishidir. Muhojir – gunohlar va xatolarni tark qilgan kishidir”.

“Zuhd” kitobini o‘rganar ekanmiz, ushbu kitobda keltirilgan hadislar asosan odob-axloq,

xulq-atvorga taalluqli ekanligini ko‘ramiz. Bu kitobda hikmatlar, mav’izalar, masalalar, ahloq-
odob, Allohning marhamati, tavbaning qabuli hamda yolg‘onchilik va riyoni mazammat qilish,
musibatga sabr qilishga o‘xshash narsalar to‘g‘risida Payg‘ambar (s.a.v)ning hadisi shariflari
va sahobalar, tobeinlarning asarlari jam qilingan.

Foydalanilgan adabiyotlar roʻyxati:

1.

Ўзбекистон Республикаси Президенти Ш.М.Мирзиёевнинг Бирлашган Миллатлар

Ташкилоти Бош Ассамблеясининг 72-сессиясидаги нутқи // Халқ сўзи. – Тошкент, 2017
йил, 20 сентябрь. – № 189 (6883).
2.

“Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzurida Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-

tadqiqot markazini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” PQ – 2855-sonli qaror. 2017-yil
27-mart.
3.

Alouddin Mansur. Qur’oni karim ma’nolari oʻzbekcha izohli tarjimasi. – Toshkent: Choʻlpon,

1992. – 672 b.
4.

Qur’oni karim ma’nolarining tarjima va tafsiri / Tarjima va tafsir muallifi: Abdulaziz

Mansur. – Toshkent: TIU, 2012. – 686 b.
5.

Muhammad Aliy Sobuniy. Ravoi’ al-bayon – tafsir ayat al-ahkom min al-Qur’on. – J: 2. –

Damashq: Dor al-qalam, 1990.
6.

Movarounnahr allomalarining hadis ilmi rivojiga qoʻshgan hissalari / I.Usmonov tahriri

ostida. – Toshkent: Movarounnahr, 2011.
7.

Uvatov U. Buyuk muhaddislar: Imom al-Buxoriy, Imom Muslim Imom at-Termiziy. –

Toshkent: “Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi” Davlat ilmiy nashriyoti, 1998. – 63 b.

Библиографические ссылки

Ўзбекистон Республикаси Президенти Ш.М.Мирзиёевнинг Бирлашган Миллатлар Ташкилоти Бош Ассамблеясининг 72-сессиясидаги нутқи // Халқ сўзи. – Тошкент, 2017 йил, 20 сентябрь. – № 189 (6883).

“Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzurida Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” PQ – 2855-sonli qaror. 2017-yil 27-mart.

Alouddin Mansur. Qur’oni karim ma’nolari oʻzbekcha izohli tarjimasi. – Toshkent: Choʻlpon, 1992. – 672 b.

Qur’oni karim ma’nolarining tarjima va tafsiri / Tarjima va tafsir muallifi: Abdulaziz Mansur. – Toshkent: TIU, 2012. – 686 b.

Muhammad Aliy Sobuniy. Ravoi’ al-bayon – tafsir ayat al-ahkom min al-Qur’on. – J: 2. – Damashq: Dor al-qalam, 1990.

Movarounnahr allomalarining hadis ilmi rivojiga qoʻshgan hissalari / I.Usmonov tahriri ostida. – Toshkent: Movarounnahr, 2011.

Uvatov U. Buyuk muhaddislar: Imom al-Buxoriy, Imom Muslim Imom at-Termiziy. – Toshkent: “Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi” Davlat ilmiy nashriyoti, 1998. – 63 b.