Page 61
CENTRAL ASIAN JOURNAL OF EDUCATION
AND INNOVATION
Volume 4, Issue 7, July 2025
www.in-academy.uz
FIZIKA O‘QITISH METODIKASIDAGI DOLZARB
MUAMMOLAR VA ULARNI BARTARAF ETISH BO’YICHA
TAVSIYALAR
Axmatova Sanobar Ro’zimurot qizi.
Qo’qon shahar ,,Institute school” maktabi o’qituvchisi”
https://doi.org/10.5281/zenodo.16351792
ARTICLE INFO
ABSTRACT
Qabul qilindi: 07-Iyul 2025 yil
Ma’qullandi: 11-Iyul 2025 yil
Nashr qilindi: 23-Iyul 2025 yil
Ushbu maqolada fizika fanini o‘qitishda uchrayotgan
dolzarb muammolar atroflicha tahlil qilinadi.
Nazariyaning amaliyotdan uzilganligi, laboratoriya
bazasining yetarli emasligi, o‘quvchilarning fanga
bo‘lgan qiziqishining sustligi kabi muammolarga
alohida e’tibor qaratilgan. Har bir muammoga ilmiy
asoslangan yechimlar, amaliy tavsiyalar va metodik
yondashuvlar taklif etilgan. Maqola fizika fanini
yanada samarali o‘qitish bo‘yicha izlanayotgan
pedagoglar, tadqiqotchilar hamda metodistlar uchun
foydali manba bo‘lib xizmat qiladi.
KEY WORDS
fizika ta’limi, fizika o‘qitish
metodikasi, zamonaviy pedagogik
texnologiyalar, interaktiv darslar,
AKT
vositalari,
virtual
laboratoriyalar,
fanga
motivatsiya, ijodiy fikrlash, fizika
darslarini
loyihalashtirish,
,
eksperiment va kuzatish, fizika
fani
va
hayotiy
bog‘liqlik,
o‘quvchilarning
faolligi,
o‘qituvchilarning malaka oshirish
tizimi,
o‘quv
dasturlarining
zamonaviyligi,
tajribaviy
mashg‘ulotlar, amaliy faoliyat,
fizika fanining integratsiyasi.
Bugungi globallashuv va texnologiyalar tez sur’atlar bilan rivojlanayotgan bir davrda
fizika fani nafaqat nazariy bilim manbai, balki zamonaviy texnika va innovatsiyalarning asosiy
poydevoridir. Fizika fani orqali o‘quvchilarda mantiqiy tafakkur, kuzatuvchanlik, muammoni
tahlil qilish, amaliyotda qo‘llash kabi ko‘nikmalar shakllanadi. Shu sababli fizika o‘qitish
jarayoni o‘ziga xos yondashuvni talab etadi. Afsuski, amaldagi o‘quv jarayonida turli
muammolar mavjud bo‘lib, ular fanni o‘zlashtirish samaradorligiga bevosita ta’sir
ko‘rsatmoqda.
Mamlakatimizda ta’lim sifatini oshirish bo‘yicha qator islohotlar amalga oshirilayotgan
bo‘lsa-da, fizika o‘qitish metodikasida hal etilmagan muammolar mavjudligi ko‘zga tashlanadi.
Mazkur maqolada ana shu muammolar chuqur tahlil qilinib, ularning bartaraf etish yo‘llari
bo‘yicha aniq taklif va tavsiyalar beriladi.
Ko’pgina
maktab va litseylarda fizika darslari asosan nazariy bilimlar, formulalar va
masalalar yechish orqali o’rgatiladi. Fizika darslarining nazariylik darajasi yuqoriligi, tajriba
va amaliy mashg’ulotlarning yetarlicha o’tkazilmasligi va bu fanning hayotiy amaliyotdan
Page 62
CENTRAL ASIAN JOURNAL OF EDUCATION
AND INNOVATION
Volume 4, Issue 7, July 2025
www.in-academy.uz
uzilganligi, fizika fanini o’rganish natijasida egallash mumkin bo’lgan zamonaviy kasblar
haqida to’liq ma’lumotga ega emasligi o’quvchilarda fanga nisbatan qiziqishning pasayishiga
olib keladi.
Bu muammolarning asosiy sabablari sifatida quyidagilarni sanab o’tish mumkin
:
1.Nazariyaning amaliyotdan uzilganligi.
2.Laboratoriya bazasining yetarli emasligi
3. O‘quvchilarda fanga bo‘lgan qiziqishning pastligi
4. O‘qituvchilar malakasining yangilanishlarga tayyorligi
5. Darsliklar va o’quv materiallarining zamonaviylik darajasi
1.Nazariyaning amaliyotdan uzilganligi.
Ko’plab maktab, kollej va litseylarda fizizka
fanida saosan o‘quvchilarga formulalar, qonunlar, tenglamalar, grafiklar va nazariy
tushunchalar o‘rgatiladi. Biroq, bu bilimlar real hayotda qanday qo‘llanilishi, fizik hodisalarni
qanday tajriba asosida isbotlash mumkinligi ko‘rsatib berilmaydi. Bu esa o‘quvchida fan
mazmunini anglamaslik, qiziqishning susayishi va bilimning yuzaki shakllanishiga olib keladi.
2021-yilgi "Ta’lim sifatini baholash markazi" hisobotiga ko‘ra, fizika fanidan 11-sinf
bitiruvchilarining atigi 17% qismi tajriba asosidagi savollarga to‘g‘ri javob bera olgan. Bu esa
o‘quvchilar nazariyani bilsa-da, amaliyot bilan bog‘lay olmasligini ko‘rsatadi.
2023-yilda o‘tkazilgan
Fan Olimpiadasi
da fizika bo‘yicha 2-bosqich savollari orasida
laboratoriya mashg‘ulotlari bilan bog‘liq testlarga o‘quvchilarning faqat 23% javob bera
olgan.Bu real tajriba ko‘rmagan o‘quvchilarning natijasidir.
2022-yilda Toshkent viloyati bo‘yicha 120 nafar fizika o‘qituvchilari o‘rtasida
o‘tkazilgan so‘rov natijasiga ko‘ra:
68% o‘qituvchi tajriba o‘tkazish uchun kerakli uskunalarning yo‘qligini bildirgan.
52% o‘qituvchi esa dars jadvalidagi vaqti amaliyotga yetmasligini aytgan.
2021-yilda O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi ma’lumotiga ko‘ra:
Fizika laboratoriyasi umumta’lim maktablarining faqat 28% da mavjud. Yangi uskunalar
oxirgi marta 2010-yilda ta’minlangan maktablar ham borligi aytilgan.
PISA 2018 (Xalqaro o‘quvchilarning yutuqlarini baholash dasturi) natijal ariga ko‘ra:
Tajriba asosidagi savollarda Singapur, Yaponiya va Estoniya o‘quvchilari eng yuqori ballni
olgan.
Ushbu mamlakatlarda har bir darsda kamida 1 ta amaliy mashg‘ulot bajarilishi majburiy
hisoblanadi. Bu mamlakatlarda nazariya va amaliyot uyg‘unligi ta’limda ustuvor deb qaraladi.
Yuqoridaqayt etib o’tilgan statistic ma’lumotlar natijalariga ko’ra nazariyaning
amaliyotdan uzilganligi — bu faqat ta’lim sifati emas, balki o‘quvchining fikrlashi, mantiqiy
tahlil qilish va real muammolarni yechish qobiliyatini cheklab qo‘yadi. Yuqoridagi faktlar bu
muammoning real va tizimli ekanligini yaqqol ko‘rsatib turibdi.
Fizika o‘qitishda nazariyaning amaliyotdan uzilganligini bartaraf etish uchun aniq, real
va bajarilishi mumkin bo‘lgan yechimlar va tavsiyalar keltirilgan. Ular o‘qituvchi, maktab
ma’muriyati va ta’lim tizimi darajasida qo‘llash mumkin bo‘lgan shaklda ajratilgan.
O‘qituvchi darajasida:
Oddiy vositalardan foydalangan holda tajribalar o‘tkazish.
Tajriba uchun
professional asboblar bo‘lmasa ham, suv, shisha idish, linza, arqon, telefon kabi oddiy
narsalardan foydalanish mumkin. Masalan: yorug‘likning sinishi — suv bilan to‘ldirilgan
stakan va qalam yordamida ko‘rsatiladi.
Page 63
CENTRAL ASIAN JOURNAL OF EDUCATION
AND INNOVATION
Volume 4, Issue 7, July 2025
www.in-academy.uz
Raqamli laboratoriyalardan foydalanish.
PhET, Labster, Algodoo kabi bepul
simulyatsion platformalar yordamida o‘quvchilar tajribani virtual ko‘rishi mumkin. Telefon
yoki kompyuter orqali ishlatish mumkin.
“Amaliy kun” tashkil etish.
Har oyda kamida 1 darsni amaliyotga ajratish: tajriba,
kuzatuv, loyiha ko‘rinishida. O‘quvchilar mustaqil tayyorgarlik ko‘rib, o‘z tajribasini
ko‘rsatishi mumkin.
Maktab darajasida:
Ichki laboratoriya burchaklari yaratish.
Har bir fizika xonasida kichik tajriba
burchagi tashkil etish: oddiy uskunalar, plakatlar, ko‘rsatmalar bilan, maketlar. Amaliy
darslarni o‘sha joyda o‘tkazish mumkin.
O‘qituvchilar uchun metodik seminar va master-klasslar
. Har chorakda eng faol
o‘qituvchilar tomonidan tajriba asosidagi ochiq darslar tashkil etilishi.Metodik birlashmalar
orqali amaliy mashg‘ulot almashinuvi.
Amaliy ko‘rik-tanlovlar tashkil qilish.
“Eng yaxshi tajriba”, “Fizikani hayotga bog‘la”
kabi tanlovlar o‘tkazish orqali o‘quvchilarda qiziqish uyg‘otish.
Ta'lim Tizimi , Rahbariyat Darajasida:
Maktablar laboratoriyalarini jihozlash.
Maktab fizika laborattoriya xonasini yangi
mobil laboratoriya to‘plami bilan ta’minlash. Har tuman bo‘yicha laboratoriya markazlari
yaratish.
Darslik va o‘quv qo‘llanmalarga amaliy topshiriqlar kiritish.
Har bir mavzudan
so‘ng: “o‘zingiz bajaring” degan bo‘limda oddiy tajribalar kiritilishi. Darslikni nazariya +
amaliyot uyg‘unligida ishlab chiqish.
Baholash tizimiga amaliy bilimlar kiritish.
Nazariy testlardan tashqari amaliy
topshiriqlar va muammoli vaziyatlarni hal qilish baholash tizimiga kiritilishi.
Fizikani real hayot misollari bilan tushuntirish (avtomobil tormoz masofasi, qurilishda
kuchlar taqsimoti, telefon signal tarqalishi).STEM (Science, Technology, Engineering, Math)
loyihalariga o‘quvchilarni jalb qilish. Ota-onalarni ham jalb qilgan holda uy sharoitida
bajariladigan tajribalar ro‘yxatini taqdim etish kabi ishlarni amlaga oshirish mumkin.
Fizika fanining amaliyotdan uzilganligi – yechimi yo‘q muammo emas. Unga har bir
darajada real va ijobiy yondashuvlar bilan yechim topish mumkin. Eng muhimi, nazariya va
amaliyotni uyg‘unlashtirishga harakat qilish, o‘quvchi ongida “fizika — bu hayot” degan
tushunchani shakllantirishdir.
2.Laboratoriya bazasining yetarli emasligi.
O‘zbekistonning ko‘plab umumta’lim
maktablarida fizik laboratoriya xonalari yo‘q yoki mavjud bo‘lsa ham, asbob-uskunalari
eskirgan, nosoz yoki to‘liq emas. Bu holat o‘quvchilarning nazariy bilimlarini amaliy
mashg‘ulotlar bilan mustahkamlashga imkon bermaydi.
2021-yilgi rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, O‘zbekiston maktablarining atigi 28% da to‘liq
jihozlangan fizika laboratoriyasi mavjudligini ko‘rsatadi. Bu ko‘rsatkich 2024–2025 yillarda
ham yangilanmaganligi sababli, muammo dolzarbligini saqlab qolmoqda .
Golden Pages ma’lumotlariga ko‘ra, “O‘quv va laboratoriya jihozlari” kategoriyasida
Toshkentda 2024-yil iyuldan 2025-yil iyungacha jami 13 738 so‘rov qilingan . Bu talabning
yuqoriligi maktab va ta’lim muassasalarida jihozlar keskin etishmasligini aks ettiradi.
Page 64
CENTRAL ASIAN JOURNAL OF EDUCATION
AND INNOVATION
Volume 4, Issue 7, July 2025
www.in-academy.uz
2023-yil so‘rov natijasi: fizika o‘qituvchilarining 68% qismi darsda hech qanday tajriba
o‘tkazmasligini bildirgan — asosiy sabab qilib laboratoriya asboblarning yo‘qligi sabab qilib
ko’rsatilgan. Bu muammolarni bartaraf etish bo’yicha aniq va konkret yechimlar:
Mini-laboratoriyalar tashkil etish (budjetli yechim).
Oddiy, arzon, portativ asboblar
yordamida har bir maktabga kichik laboratoriya burchagi tashkil etish. Voltmetr, ampermetr
(5-10 dollar),LED lampochka, rezistorlar, simlar, batareyka,linza, prizma, shisha
silindr,harorat o‘lchagich, bosim o‘lchagic kabi zaruriy asboblar har qanday sinfxonada
qo‘llaniladi, narxi past, ko‘chma olib yurish imkoni mavjud.
Tuman, regionda umumiy laboratoriya markazlari yaratish.
Har bir tumanda bitta
markaziy “Fizika tajriba markazi” tashkil qilish va maktablar navbatma-navbat tajriba
mashg‘ulotlarini shu yerda o‘tkazishi. Qimmat asboblarni har bir maktabga emas, yagona
markazga olib kelish itisodit jihatdan ancha qulaylik yaratadi. ko‘p maktablarga xizmat qiladi
Virtual laboratoriyalarni joriy etish (raqamli yechim).
Agar jihozlar mavjud
bo‘lmasa, kompyuter, planshet yoki telefon orqali PhET (Colorado University), Algodoo,
Labster, Crocodile Physics kabi simulyatsion tajribalar bajarish mumkin. Bu esa real asbobsiz
tajriba o‘tkazish, har bir o‘quvchi mustaqil bajara olishi, internet bo‘lmasa, ko‘chirib olib
oflayn ishlash imkonini yaratadi.
STEM
loyihalari
orqali
o‘quvchilarni
amaliy
asbob
yasashga
jalb
qilish.
O‘quvchilarning o‘zi oddiy vositalardan tajriba uchun kerakli qurilmalar yasashi
mumkin. Bunda o’quvchilar faollashadi,o’quvchilarning qiziqishlari oshadi, yaratilgan asbob
darsda foydalaniladi, budjet tejaladi, kreativlik oshadi.
Maktablararo asboblar almashinuvi tizimini yaratish.
Bir hududdagi maktablar
o‘zida mavjud bo‘lgan laboratoriya vositalarini boshqalar bilan vaqtincha bo‘lishadi (har 1
oyda aylantirib boriladi).Bunda har bir maktabga to‘liq to‘plam sotib olish shart bo’lmaydi,
ta’lim resurslarini tejamkor boshqarish imkoni paydo bo’ladi.
Laboratoriya jihozlarining yetishmasligi jiddiy muammo, ammo bu muammoni yechish
uchun yirik sarmoya talab qilinmaydi. Oddiy, ijodiy va zamonaviy yondashuvlar orqali,har bir
o‘quvchi amaliyot ko‘ra oladi,o‘qituvchi dars sifatini oshiradi,ta’lim mazmuni hayotiy va
tushunarli bo‘ladi.
3.O‘quvchilarda fanga bo‘lgan qiziqishning pastligi.
O‘quvchilarning aksariyati
fizikani qiyin, quruq va tushunarsiz fan sifatida qabul qiladi. Bu holat noto‘g‘ri yondashuv,
quruq nazariy material, interaktivlikning pastligi shuningdek, zamonaviy o‘quv vositalari,
vizual va audio materiallar yetarlicha qo‘llanilmasli bilan bog‘liq.
Qiziqishning pasayishiga sabablar:
o
Fizikaning murakkab va noaniq ko‘rinishi, ko‘plab matematik formulalar.
o
Fizikani real hayot bilan bog‘lash yetishmasligi.
o
Amaliy tajribalar va interaktiv mashg‘ulotlarning kamligi.
o
Kelajakda fizika fani asosida kasb tanlash imkoniyatlarini yetarli tushuntirmaslik.
O‘quvchilarning kasbga oid noto‘g‘ri tasavvurlari:
o
“Fizika faqat olimlarga, akademiklarga kerak.”
o
“Fizika kasbiga ish topish qiyin yoki imkonsiz.”
o
“Fizika bilan shug‘ullanadiganlar faqat laboratoriyada o‘tiradi.”
Muammoni bartaraf etish uchun tavsiyalar:
Fizikani hayot bilan bog‘lash
Page 65
CENTRAL ASIAN JOURNAL OF EDUCATION
AND INNOVATION
Volume 4, Issue 7, July 2025
www.in-academy.uz
Kundalik hayotdagi texnologiyalarni va texnika asboblarini misol qilib keltirish (mobil
telefon, kompyuter, avtomobil).
Mashhur fiziklarning kashfiyotlari va ularning inson hayotiga ta’siri haqida hikoyalar.
Fizika qonunlari orqali sport, musiqa, tabiat hodisalarini tushuntirish.
Amaliy va interaktiv mashg‘ulotlarni ko‘paytirish
Oddiy va qiziqarli laboratoriya ishlarini, eksperimentlarni ko‘rsatish.
Virtual laboratoriyalar va simulyatorlardan foydalanish.
O‘quvchilarni kichik guruhlarga bo‘lib, mustaqil tadqiqot va loyihalar bajarishga jalb
qilish.
Kasb va kelajak imkoniyatlarini tanishtirish
Fizika asosida ishlaydigan kasblar haqida ma’lumot berish: muhandis, dasturchi, ilmiy
tadqiqotchi, o‘qituvchi, tibbiyot fizikasi mutaxassisi, energetika mutaxassisi, kosmonavtika va
boshqalar.
Mahalliy va xalqaro fizika bo‘yicha muvaffaqiyatli ishchilar, talabalar bilan
uchrashuvlar tashkil etish.
O‘quvchilar uchun kasbga yo‘naltiruvchi ko‘rgazmalar, seminarlar o‘tkazish.
Motivatsiya va rag‘batlantirish
Fizika fanida muvaffaqiyatli bo‘lgan o‘quvchilarni taqdirlash.
Tanlovlar, olimpiadalar va fan yarmarkalarida faol ishtirok etishni rag‘batlantirish.
O‘qituvchilarning fan bo‘yicha doimiy professional rivojlanishi.
Xulosa qilib aytganda o‘quvchilarda fizika faniga qiziqishni oshirish uchun nafaqat fan
o‘qitilishining uslubi, balki ularning kelajakdagi kasb imkoniyatlari to‘g‘risida tushunchalar
berish zarur. Amaliyotga asoslangan, interaktiv va hayotiy bog‘lanishga ega darslar orqali
qiziqishni uyg‘otish mumkin. Bu esa, o‘z navbatida, fanga bo‘lgan hurmat va e’tiborni oshiradi.
Fizikani o‘qib egallash mumkin bo‘lgan zamonaviy kasblar:
1. Elektr muhandisi.
Elektr energiyasini ishlab chiqarish, taqsimlash, elektr
tarmoqlarini loyihalash va xizmat ko‘rsatish bilan shug‘ullanadi.
Asosiy ko‘nikmalar:
Elektr energiyasi nazariyasi
Elektr tarmoqlari va uskunalari
Elektr xavfsizligi
Muammolarni tahlil qilish va yechim topish
Ta’lim yo‘nalishlari:
Elektr energetikasi, elektrotexnika
Ish joylari:
Elektr stansiyalari, energiya kompaniyalari, sanoat korxonalari
2. Mexanik muhandis.
:
Mashina va mexanizmlarni loyihalash, ishlab chiqarish, ish
faoliyatini tahlil qilish.
Asosiy ko‘nikmalar:
Mexanika qonunlari
Materialshunoslik
Kompyuter yordamida loyihalash (CAD)
Ishlab chiqarish texnologiyalari
Ta’lim yo‘nalishlari:
Mexanika muhandisligi, ishlab chiqarish texnologiyalari
Ish joylari:
Mashinasozlik zavodlari, qurilish kompaniyalari, avtomobilsozlik sanoati
Page 66
CENTRAL ASIAN JOURNAL OF EDUCATION
AND INNOVATION
Volume 4, Issue 7, July 2025
www.in-academy.uz
3. Avtomatika va robototexnika muhandisi.
Avtomatlashtirilgan tizimlar va
robotlarni yaratish, boshqarish va texnik xizmat ko‘rsatish.
Asosiy ko‘nikmalar:
Robototexnika asoslari
Dasturlash va boshqaruv tizimlari
Sensorlar va aktuatorlar
Signal va ma’lumotlar tahlili
Ta’lim yo‘nalishlari:
Avtomatika, robototexnika, elektronika
Ish joylari:
Sanoat korxonalari, robototexnika laboratoriyalari, ilmiy markazlar
4. Energetika muhandisi.
Energiya manbalarini tadqiq qilish, energiya samaradorligini
oshirish, qayta tiklanadigan energiya texnologiyalari bilan ishlash.
Asosiy ko‘nikmalar:
Energetika tizimlari
Termodinamika
Qayta tiklanadigan energiya manbalari
Energiya tejash texnologiyalari
Ta’lim yo‘nalishlari:
Energetika muhandisligi, ekologik muhandislik
Ish joylari:
Energetika kompaniyalari, ekologiya markazlari, tadqiqot institutlari
5. Fizika olimi tadqiqotchi.
Fundamental va amaliy fizik tadqiqotlar olib boradi, yangi
nazariyalar va texnologiyalar yaratadi.
Asosiy ko‘nikmalar:
Fizika nazariyasi va tajribalari
Ma’lumotlarni tahlil qilish
Laboratoriya uskunalarini boshqarish
Ilmiy maqola yozish
Ta’lim yo‘nalishlari:
Fizika, ilmiy tadqiqotlar
Ish joylari:
Universitetlar, ilmiy markazlar, laboratoriyalar
6. O‘qituvchi, professor.
Fizika fanini o‘qitadi, ilmiy ishlar bilan shug‘ullanadi, yangi
avlod mutaxassislarini tayyorlaydi.
Asosiy ko‘nikmalar:
Pedagogika asoslari
Fizika bilimlari chuqurligi
Kommunikatsiya va motivatsiya
Darslik va o‘quv materiallarini tayyorlash
Ta’lim yo‘nalishlari:
Pedagogika va fizika
Ish joylari:
Maktablar, kollejlar, universitetlar
7. Dasturchi (software developer).
Ilmiy dasturlar yaratadi, simulyatsiya va
modellashtirishda ishtirok etadi.
Asosiy ko‘nikmalar:
Kompyuter dasturlash
Fizik jarayonlarni modellashtirish
Algoritmlar va ma’lumotlar tuzilmalari
Muammo yechish ko‘nikmalari
Ta’lim yo‘nalishlari:
Kompyuter fanlari, dasturlash, ilmiy hisoblash
Page 67
CENTRAL ASIAN JOURNAL OF EDUCATION
AND INNOVATION
Volume 4, Issue 7, July 2025
www.in-academy.uz
Ish joylari:
IT kompaniyalari, ilmiy markazlar, universitetlar
8. Ma’lumotlar tahlilchisi (data analyst).
Ilmiy ma’lumotlarni tahlil qiladi, natijalar
asosida qarorlar qabul qilinishiga yordam beradi.
Asosiy ko‘nikmalar:
Statistik tahlil
Ma’lumotlarni vizualizatsiya qilish
Programmalash tillari (Python, R)
Fizika ma’lumotlarini tahlil qilish
Ta’lim yo‘nalishlari:
Statistik, matematika, informatika
Ish joylari:
Tadqiqot markazlari, kompaniyalar, banklar
9. Tibbiyot fizikasi mutaxassisi.
Tibbiyot uskunalarini boshqaradi, diagnostika va
davolashda fizik usullarni qo‘llaydi.
Asosiy ko‘nikmalar:
Meditsina fizikasi
Tibbiyot texnikasi
Radiologiya asoslari
Diagnostika usullari
Ta’lim yo‘nalishlari:
Tibbiyot fizikasi, biomedikal muhandislik
Ish joylari:
Kasalxonalar, tibbiyot markazlari, laboratoriyalar
10. Kosmonavtika muhandisi.
Kosmik qurilmalar, raketalar va sun’iy yo‘ldoshlar
loyihasini yaratadi va boshqaradi
.
Asosiy ko‘nikmalar:
Aerodinamika
Orbital mexanika
Materialshunoslik
Elektronika va boshqaruv tizimlari
Ta’lim yo‘nalishlari:
Aerokosmik muhandislik, fizik
Ish joylari:
Kosmik agentliklar, ilmiy markazlar
11. Astronom, astrofizik
. Koinot, yulduzlar, galaktikalar va ularning xususiyatlarini
o‘rganadi.
Asosiy ko‘nikmalar:
Astronomiya nazariyasi
Fizika va matematikani chuqur bilish
Ma’lumotlarni tahlil qilish
Observatoriyalar va teleskoplarni boshqarish
Ta’lim yo‘nalishlari:
Astronomiya, fizika
Ish joylari:
Observatoriyalar, universitetlar, ilmiy markazlar
12. Materialshunos.
Yangi materiallar yaratish va ularning xossalarini o‘rganish bilan
shug‘ullanadi.
Asosiy ko‘nikmalar:
Materiallar fizikasi
Kimyo asoslari
Eksperimental usullar
Page 68
CENTRAL ASIAN JOURNAL OF EDUCATION
AND INNOVATION
Volume 4, Issue 7, July 2025
www.in-academy.uz
Nano va mikro texnologiyalar
Ta’lim yo‘nalishlari:
Materialshunoslik, fizika, kimyo
Ish joylari:
Sanoat korxonalari, ilmiy laboratoriyalar, universitetlar
13. Ekofizik.
Atrof-muhit va iqlim jarayonlarini fizika nuqtai nazaridan o‘rganadi.
Asosiy ko‘nikmalar:
Atmosfera fizikasi
Iqlim o‘zgarishi
Ekologik monitoring
Ma’lumotlarni tahlil qilish
Ta’lim yo‘nalishlari:
Ekologiya, fizika, geofizika
Ish joylari:
Ekologiya tashkilotlari, ilmiy tadqiqot markazlari
Shunday qilib Fizika fani orqali egallanishi mumkin bo‘lgan kasblar soni juda ko‘p va
ular ilm-fan, sanoat, tibbiyot, kosmik tadqiqotlar, ekologiya va boshqa sohalarni qamrab oladi.
Zamonaviy dunyoda fizika bilimiga ega mutaxassislar yuqori talabga ega va kelajakda ham
ushbu soha yanada rivojlanadi.
4.O‘qituvchilarning metodik va texnologik tayyorgarlik darajasidagi muammolar.
Fizika fanini samarali o‘qitish uchun o‘qituvchilarning nafaqat nazariy bilimlari, balki metodik
(o‘qitish usullari) va texnologik (zamonaviy o‘quv texnikasi va dasturlaridan foydalanish)
tayyorgarligi yuqori darajada bo‘lishi zarur. Afsuski, quyidagi holatlar ko‘p uchraydi:
O‘qituvchilar amaliyotda yangi pedagogik texnologiyalarni yetarlicha qo‘llay olmaydi.
Zamonaviy interaktiv dasturlar, virtual laboratoriyalar, simulyatorlar bilan ishlashda
qiyinchiliklar mavjud.
Metodikani takomillashtirish uchun doimiy malaka oshirish va o‘quv-seminarlarga
yetarlicha vaqt ajratilmaydi.
O‘qituvchilarning raqamli savodxonligi pastligi, yangi o‘quv metodlarini qo‘llashda
qiynalishi.
Ko‘plab o‘qituvchilar an’anaviy dars usullariga suyanadi, innovatsion metodlardan
uzoq.
Maktablarda zamonaviy texnologiyalar yetishmasligi, mavjud bo‘lsa ham ulardan
foydalanishga o‘rgatilmaslik.
Malaka oshirish kurslari kam va sifat jihatidan yetarli emas.
O‘qituvchilarning o‘z-o‘zini rivojlantirish uchun motivatsiyasi past.
Muammoni bartaraf etish bo‘yicha aniq yechimlar va tavsiyalar
1. Doimiy malaka oshirish tizimini yaratish
Mamlakat miqyosida pedagoglar uchun maxsus malaka oshirish dasturlarini tashkil
etish, ular ichida metodik va texnologik tayyorgarlik alohida e’tiborga olinishi.
Onlayn platformalar orqali qulay malaka oshirish imkoniyatlarini taqdim etish.
2. Innovatsion o‘qitish metodlarini keng joriy etish
Interaktiv darslar, virtual laboratoriyalar, simulyatsiyalarni qo‘llash bo‘yicha
o‘qituvchilarga treninglar o‘tkazish.
Zamonaviy pedagogik texnologiyalarni qo‘llashni rag‘batlantirish (motivasiyalash,
mukofotlash).
3. Texnologik infratuzilmani rivojlantirish
Maktablarga zamonaviy kompyuterlar, proyektorlar, interaktiv doskalar, laboratoriya
Page 69
CENTRAL ASIAN JOURNAL OF EDUCATION
AND INNOVATION
Volume 4, Issue 7, July 2025
www.in-academy.uz
uskunalarini yetkazib berish.
Texnik jihozlardan foydalanishni o‘rgatish va texnik yordam ko‘rsatish.
4. O‘qituvchilar o‘rtasida tajriba almashishni tashkil etish
Maktab ichida va hududlarda o‘qituvchilar seminarlarini, master-klasslarni muntazam
o‘tkazish.
Eng yaxshi metodik ishlanmalarni keng ommalashtirish.
5. Raqamli savodxonlikni oshirish
O‘qituvchilarni kompyuter va zamonaviy dasturlar bilan ishlashga o‘rgatish uchun
maxsus kurslar tashkil etish.
Onlayn o‘quv materiallari, video darsliklar yaratish va ulardan foydalanishni
rag‘batlantirish.
O‘qituvchilarning metodik va texnologik tayyorgarlik darajasini oshirish — fizika
fanining samarali o‘qitilishida hal qiluvchi ahamiyatga ega. Doimiy malaka oshirish,
zamonaviy texnologiyalarni joriy etish va raqamli savodxonlikni oshirish orqali
o‘qituvchilarni yangi pedagogik sharoitlarga moslashtirish mumkin. Bu esa o‘quvchilarning
fanga bo‘lgan qiziqishini oshirish va sifatli ta’lim berishda muhim omil bo‘ladi.
5. Darsliklar va o’quv materiallarining zamonaviylik darajasi, o‘quv dasturining
ortiqcha yuklanganligi.
Zamonaviy fizika fanining jadal rivojlanishi va innovatsion
texnologiyalar hayotimizning barcha sohalariga kirib kelayotgani, maktab ta'limi tizimida ham
yangicha yondashuvlarni talab qilmoqda. Biroq, amaldagi fizika darsliklari ko‘plab hollarda bu
o‘zgarishlarga mos kelmayaptiBundan tashqari fizika darslarida o‘quv dasturi haddan
tashqari ko‘p nazariy materiallarga to‘la bo‘lib, o‘quvchining individual izlanishi va amaliy
faoliyatiga vaqt ajratilmaydi. Darsliklar esa akademik tilda, murakkab iboralar bilan yozilgan. .
Bu esa o‘quvchilarda fizika faniga nisbatan qiziqishning susayishiga, fanni hayot bilan bog‘lay
olmasliklariga sabab bo‘lmoqda.
Muammoning mohiyati.
Ko‘pgina darsliklar, Ilmiy yangiliklardan xoli, 10-15 yil avvalgi
ma’lumotlarga tayanadi.
Darsliklar illyustratsiyalar va vizual materiallar jihatidan eskirgan.
STEAM
(Science, Technology, Engineering, Arts, Mathematics) yondashuvlariga mos kelmaydi,
interaktiv o‘quv resurslari bilan uyg‘un emas, ya’ni QR-kodlar, video darslar, simulyatsiyalar
kabilar mavjud emas.
Nazariy yuklama haddan ortiq.
Har bir darsda o‘quvchi ko‘plab formulalarni yodlaydi,
lekin ularni hayotda qanday ishlatishni tushunmaydi. Asosiy tushunchalarga yetarlicha vaqt
ajratilmaydi, chuqur anglanmasdan o‘tib ketiladi.
Darsliklar murakkab tilda yozilgan.
Akademik uslubdagi iboralar o‘quvchining
yoshiga mos emas. Tushunchalar oddiy misollar bilan izohlanmaydi. Bu esa tushunishni
qiyinlashtiradi.
Amaliy faoliyatga e’tibor kam.
Har bir darsda mustaqil kuzatish, o‘lchash, tajriba
qilish imkoniyati cheklangan. O‘quvchi faqat tinglovchi bo‘lib qoladi, faol ishtirokchi emas.
Bu holat o‘qituvchining metodik faoliyatini cheklaydi va ta'lim jarayonini zamon
talablari darajasida olib borishga to‘sqinlik qiladi.
Oqibatlari.
O‘quvchilarni fizikani amaliy hayot bilan bog‘lab o‘rganish imkoniyati
kamayadi, talabalar orasida real fanlarga (fizika, matematika, kimyo) qiziqish pasayadi,
innovatsion fikrlash va muammoli vaziyatlarni hal qilish kompetensiyalari rivojlanmaydi.
Page 70
CENTRAL ASIAN JOURNAL OF EDUCATION
AND INNOVATION
Volume 4, Issue 7, July 2025
www.in-academy.uz
Takliflar:
1. Darsliklarni muntazam ravishda yangilab borish
– har 3–5 yilda qayta ko‘rib
chiqilishi;
2. Zamonaviy texnologiyalar bilan uyg‘unlashtirilgan darsliklar
– QR-kodlar orqali
tajribalar, animatsiyalar, 3D modellar;
3. STEAM va kompetensiyaviy yondashuvga asoslangan materiallar qo‘shish;
4. O‘qituvchilarning fikr va tajribalarini inobatga
olish – darsliklarni tuzishda
metodistlar, amaliyotchi pedagoglar va fan ekspertlari hamkorligi.
5. Darslik tilini soddalashtirish:
Fizika darsliklarini
yoshga mos, hayotiy, qiziqarli til bilan
qayta ishlab chiqish zarur.
Har bir nazariy tushunchadan so‘ng
real hayotdan oddiy misollar
keltirilishi kerak
(masalan: "Tezlanish nima?" savoliga – "Avtobus to‘satdan tormoz berganda, siz oldinga
og‘asiz – bu tezlanish natijasidir").
Qisqa, sodda iboralardan iborat
infografika
,
taqqoslama jadvallar
,
komikslar
kabi
elementlar kiritilishi tavsiya etiladi.
6. Amaliyotga asoslangan yondashuv:
“Nazariya + tajriba” modeli:
Har bir nazariy mavzudan keyin unga mos kam asbobli
tajriba yoki oddiy o‘lchash ishlari bajarish va bu uchun
yetarlicha dars soatlari ajratilishi.
7.Individual izlanishlar uchun imkon yaratish
:
Har bir o‘quvchiga
mustaqil kichik loyiha
yoki
qisqa tajriba topshiriqlari
berilishi
kerak (uy sharoitida bajariladigan: “muz erish vaqtini kuzating va grafik tuzing”).
Darsda
vaqtning bir qismini savol-javob, kuzatish, bahs
va tahlilga ajratish lozim.
8. Nazariy yuklamani kamaytirish bo‘yicha takliflar:
7–9-sinflarda fizik qonunlarning
konseptual tushunchalarini
chuqur tushuntirishga
urg‘u berish, matematik ishlovini esa 10–11-sinflarga ko‘proq qoldirish.
Takroriy yoki bir-biriga o‘xshash mavzular (masalan: bir xil harakat turlari)
birlashtirilgan tarzda
soddalashtirilgan holda berilishi mumkin.
Shu asosda ta’lim jarayonida innovatsion va amaliy yondashuvlar ustuvorlikka ega
bo‘lishi kerak. Bunday yondashuv nafaqat fizikani samarali o‘rgatish imkonini beradi, balki
o‘quvchilarda ilmiy tafakkur, ixtirochilik salohiyati va texnik tafakkurni shakllantiradi. Bu esa
o‘z navbatida raqobatbardosh kadrlar tayyorlashda muhim omil hisoblanadi.
Adabiyotlar:
1.
Karimov I.A. Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch. – T.: Ma’naviyat, 2008.
2.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-4884-son qarori. "Ilm-fan va innovatsiyalar
sohasini rivojlantirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida", 2020-yil.
3.
Jumayev S., Abdurahmonov A. Fizika o‘qitish metodikasi. – Toshkent: O‘qituvchi, 2015.
4.
Qodirov A., Shamsiyev A. Umumta’lim maktablarida fizika darslarini o‘qitish
texnologiyalari. – Andijon, 2021.
5.
PhET Interactive Simulations: https://phet.colorado.edu
6.
Crocodile Physics – Virtual Lab software.
7.
Murodova G. STEM yondashuvi asosida fizika fanini o‘qitishning dolzarbligi. – “Ta’lim
innovatsiyalari” jurnali, 2022, №4.
8.
Raxmonov B. Zamonaviy pedagogik texnologiyalar va fizika ta’limi. – Samarqand: Ilm ziyo,
2020.
Page 71
CENTRAL ASIAN JOURNAL OF EDUCATION
AND INNOVATION
Volume 4, Issue 7, July 2025
www.in-academy.uz
9.
UNESCO. Teaching physics for the 21st century learners. – Paris, 2019.
10.
Boboyev D. O‘quvchilarning fizika faniga bo‘lgan motivatsiyasini oshirish usullari. –
“Pedagogik mahorat” jurnali, 2023, №1.