Авторы

  • Hojiniso Raximberdiyeva
    Mustaqil tadqiqotchi

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.cajei.130215

Ключевые слова:

O‘zbek xalq musiqasi folklor shashmaqom saroy musiqasi marosim musiqasi qadimiy cholgʻular xatna toʻyi.

Аннотация

Ushbu maqolada o‘zbek xalq musiqiy ijodiyotining shakllanishi va taraqqiyot yo‘lidagi tarixiy, ilmiy qarashlar yoritilgan. Eng qadimgi davrlardan boshlab xalq musiqasi, cholg‘ulari va marosimiy an’analarning kelib chiqishi, ularning saroy, harbiy, diniy va xalq og‘zaki ijodiyoti bilan bog‘liq jihatlari ilmiy manbalar asosida tahlil qilinadi. Maqolada qadimiy musiqiy meros, folklor namunalarining shakllanishi, taraqqiyoti, dostonchilik an’anasi, shuningdek o‘zbek xalqining to‘y va marosim madaniyati, uning etnik, ijtimoiy va ma’naviy asoslari hamda zamonaviy shakllari o‘z ifodasini topgan. Tadqiqotda tarixiy jarayonlar fonida musiqiy san’atning o‘ziga xos xususiyatlari, xalqning etnik-madaniy merosi bilan uyg‘unligi ochib berilgan.


background image

Page 126

CENTRAL ASIAN JOURNAL OF EDUCATION
AND INNOVATION

Volume 4, Issue 7, July 2025

www.in-academy.uz

O‘ZBEK XALQ MUSIQA IJODIYOTINING SHAKLLANISHI VA

TARAQQIYOT YO‘LIDAGI ILMIY QARASHLAR

Raximberdiyeva Hojiniso Muqimjon qizi

Mustaqil tadqiqotchi

https://doi.org/10.5281/zenodo.16668232

ARTICLE INFO

ABSTRACT

Qabul qilindi: 25-Iyul 2025 yil
Ma’qullandi: 28-Iyul 2025 yil

Nashr qilindi: 31-Iyul 2025 yil

Ushbu maqolada o‘zbek xalq musiqiy ijodiyotining
shakllanishi va taraqqiyot yo‘lidagi tarixiy, ilmiy
qarashlar yoritilgan. Eng qadimgi davrlardan boshlab
xalq musiqasi, cholg‘ulari va marosimiy an’analarning
kelib chiqishi, ularning saroy, harbiy, diniy va xalq
og‘zaki ijodiyoti bilan bog‘liq jihatlari ilmiy manbalar
asosida tahlil qilinadi. Maqolada qadimiy musiqiy
meros,

folklor

namunalarining

shakllanishi,

taraqqiyoti, dostonchilik an’anasi, shuningdek o‘zbek
xalqining to‘y va marosim madaniyati, uning etnik,
ijtimoiy va ma’naviy asoslari hamda zamonaviy
shakllari o‘z ifodasini topgan. Tadqiqotda tarixiy
jarayonlar fonida musiqiy san’atning o‘ziga xos
xususiyatlari, xalqning etnik-madaniy merosi bilan
uyg‘unligi ochib berilgan.

KEY WORDS

O‘zbek xalq musiqasi, folklor,
shashmaqom, saroy musiqasi,
marosim

musiqasi,

qadimiy

cholgʻular, xatna toʻyi.

Eng qadimgi folklor namunalari yozuv yuzaga kelmasdan ancha oldin paydo bo‘lgan va

yozma adabiyotning tashkil topishiga muhim hissa qo‘shgan. Ular asl holida bizgacha yetib
kelmagan yoki yetib kelganlari ham og’izdan og’izga, avloddan avlodga o‘tish jarayonida ijodiy
ishlangan. Ushbu masala yuzasidan Markaziy Osiyo xalqlari musiqiy merosini o‘rganish
borasida musiqashunos- manbashunos olimlar I.Rajabov, F.Karomatli, O.Matyoqubov,
A.Nazarov, R.Abdullaev, O.Ibrohimov, S.Saidiy, R.Yunusovlarning ajdodlarimiz musiqa
merosini o‘rganishga doir olib borgan tadqiqotlari diqqatga sazovordir.

Buyuk Qo‘shoniylar imperiyasi davrida mavjud bo‘lgan: 1.Buxoro ajdodiy san’ati

bugungi “Shashmaqom”2. Musiqiy cholg’uchilar va hofizlar; 3. Raqqoslar;

1.Aktyorlar va masqarabozlar; 5.Yig’ichilar; 6. Qo‘riqchi mehtarlar,3dan iborat bo‘lgan.

Abu Rayhon Beruniy keltirgan ma’lumotlarga ko‘ra, shu davrda Markaziy Osiyoda mahalliy
aholi yil davomida 7 turdagi bayramni keng nishonlagan bayramlardan «Navro‘z» go‘yo
podshohning tug’ilishi kuni sifatida tantana qilingan. Ayniqsa, xuddi shu bayram hamda shu
tusdagi o‘zga urf-odatlar, marosimlar o‘z navbatida yangi an’analarning shakllanishiga olib
kelgan. Bu davrda qifara, fleyta [nay], arfa [chang] eng qadimgi cholg’ulardan do‘l-nog’ora,
yirik rez nog’ora, harbiy nog’ora, kichik nog’ora, doyra [daff], tablaq, hind tablagi, qo‘s, tabira
kabi urma cholg’ularning o‘sha davr turlari yetakchilik qilgan. Buxoro musiqa madaniyatining


background image

Page 127

CENTRAL ASIAN JOURNAL OF EDUCATION
AND INNOVATION

Volume 4, Issue 7, July 2025

www.in-academy.uz

o‘ziga xosligi darboriy [saroy] musiqa, ya’ni Buxoro mumtoz san’ati [keyinchalik Shashmaqom
turkumi], diniy-marosimiy musiqa an’analari, harbiy musiqa turlari, pahlavonlar musiqasi,
shahar hunarmandchilik musiqa yo‘nalishi. Zardushtiylar davrida saroy marosimiy musiqa
ijrochilik amaliyoti yuqori darajaga ko‘tarilgan. Musiqa san’ati namunalarining arxeologik
topilmalari, umum ijrochilik madaniyati bilan ham bog’liqdir.Chunonchi, sahnaviy holatdagi
Riton [budda haykali] minbari miloddan oldingi IV-V asrlarga tegishlidir. N.Hakimov
tadqiqotlarida asosiy ta’sir doirasidagi musiqaviy san’at turlarining uslublari quyidagicha
tasnif etiladi: 1. Saroy marosimiy uslublari, ya’ni haram va saroy uslublari; 2.Saroy harbiylari
uslublari -a] ogohlantiruvchi tartib [salyutlar, uchrashuv marshlari]; b] harbiy orkestr
uslublari; 3. Madaniy tarzdagi uslublar - a] vokal madaniyati. b] sozandalik madaniyati. 4.
Qo‘shon musiqachilari madaniyati - a] shahar uslubi, b] qishloq uslubi, v] vokal va
cholg’uchilik uslubi, g] harbiylar uslubi [shahar ko‘rikchilari], d] marosimiy uslublar4. [2.26-
21-27]

Markaziy Osiyo xalqlari musiqiy an’analarining o‘xshashligi ularning yanada

takomillashib borishiga asos bo‘lgan.Bunda, ayniqsa, o‘sha davr saroy musiqa san’ati ta’siri
yetakchilik qilgan.Ijrochilik amaliyotida ayniqsa, "Dabiriston" maktabi an’analarga boy
bo‘lgan. Shahar musiqiy madaniyatida quyidagi yo‘nalishlar; Darboriy musiqasi o‘sha davrda
mohir va mashhur ijrochilarni saroyda jamlab, muayyan kasbiy ijrochilik oliy professional
maktabini rivojlantiradi. Diniy-marosimiy musiqa esa, har bir insondan Avestoning 21 kitobi,
ya’ni «Gatho»larni maxsus an’analarda qayta bilishni talab qiladi.5 Harbiy musiqa ustoz
sozanda-mehtar rahbarligida ijro qilingan va ustoz-shogird tizimida o‘rganilgan.
Pahlavoniylarning alohida musiqa maktablari bo‘lmagan, ular asosan diniy va darboriy
maktablarda ta’lim olganlar. Buxoroda shahar ustozona kasbiy musiqasi ancha taraqqiy etgan
bo‘lib, undan boshqa viloyatlar va davlatlarning sozanda, xonandalari ham ustoz va shogird
tarzida ta’lim olganlar [2.30.89-90].

Markaziy Osiyo xalqlari tarixda juda ko‘p istilochilarni, bosqinchilik harakatlarini o‘z

boshidan kechirgan. Masalan: Axmoniylar, Sosoniylar, Makidoniyalik Iskandar (334), Chin
hoqonlari (IV asr), Arab halifaligi (VII asr. 665), Mo‘g‘ul iste’lochilari (XII asr. 1219),
Totalitariat davri XVIII asr oxirlari- XX asr 90 yillarigacha. Bu davrlarda Buxoro, Xorazm,
Surxandaryo, Qashqadaryo, Samarqand,Farg‘ona vodiysining ko‘p joylari harobaga aylangan.
Hozirgi kunda O‘zbekiston hududidagi Xorazm, Afrosiyob, Xolchayon, Termiz, Varaxsha,
Bolaliktepa, Dalivarzintepa hududlarida olib borilayotgan arxeologik qazilmalar natijasida
topilgan juda ko‘p yodgorliklarda adabiyot, san’at va madaniyat sohasiga tegishli hamda juda
ko‘p musiqa cholg‘ularining qoldiqlari, xonanda va sozandalar aks ettirilgan suratlarning
nusxalari topilmoqda.[2.8.67-69]

Faqat Amir Temur zamonida Turkiston mo‘g‘ul bosqinchilaridan ozod

qilindi.Movarounnahr qo‘lga olinib, Samarqand uning poytaxti deb e’lon qilindi. Undan
tashqari Oltin O‘rdaga yurib Shimoliy Kavkazni, Astraxan, Qora dengiz bo‘ylari 1399 yil, Eron,
Shimoliy Hindiston, Turkiya 1402 yil, keyin Iroq, Suriya va boshqa juda ko‘p mamlakatlarni
egalladi.[2.4.89-93] Shu davrda Movarounnahrda madaniyat, adabiyot, san’at turlari
rivojlandi.

Markaziy Osiyoda VI asrdan XX asrgacha bo‘lgan davr ijtimoiy- iqtisodiy jihatdan

murakkab tarzda kechgan davr bo‘ldi. Bu davr o‘zbek xalqining o‘troq dehqonchilik bilan
ko‘chmanchilik hayoti tartiblarini uzoq vaqt yonma-yon yashab kelgan davr hisoblanadi.


background image

Page 128

CENTRAL ASIAN JOURNAL OF EDUCATION
AND INNOVATION

Volume 4, Issue 7, July 2025

www.in-academy.uz

O‘zbek xalqining bu davrdagi boy va rang barang og’zaki ijodi namunalariga nazar tashlar
ekanmiz, ularda ijtmoiy-siyosiy jarayonlar, qadimiy tasavvurlarni va qarashlarni izlari o‘z
ifodasini topganligini ko‘ramiz. CHunki ijtimoiy taraqqiyotga uzviy bog’liq bo‘lgan folklor
asarlari o‘ziga xos xususiyatlariga ko‘ra, xalqning hayotidagi tarixiy o‘zgarishlar bilan o‘zgara
bo‘lgan, ularda bir necha davrlar o‘z izini qoldirgan.

Folklor asarlariga xos bunday o‘zgaruvchanlik va ko‘p qatlamlilik ularning ko‘pgina

namunalarini ayrim olingan davrlar bilan bog’lab tekshirishni qiyinlashtiradi. SHuning uchun
ham u yoki bu janrlarning muayyan davrdagi holati va taraqqiyoti haqidagi mulohazalar
ko‘pgina hollarda taxminiy bo‘ladi, albatta. Hozircha mavjud tekshirishlarga suyanib turib,
shuni aytish mumkinki, eng qadimgi davrlarda ko‘pchilik xalqlarda miflar, urug’, qabilalar
haqidagi rivoyatlar, aytimlar, urf-odat, mavsum va marosim, mehnat qo‘shiqlari keng
tarqalgan. Ilk davlatlarning shakllanish davrida qahramonlik dostonlari yaratilgan, keyinrok
epik, lirik va tarixiy qo‘shiqlar, og’zaki drama paydo bo‘lgan.

Keyingi vaqtlarda yozib olingan folklorning an’anaviy namunalari, asosan VI-XX-asrlarda

yaratilgan asarlardir. Folklor asarlarning ayrim namunalarini, ayrim janrlarning keyingi
taraqqiyoti va holatini muayyan davrlar bilan bog’lab o‘rganish mumkin. Masalan, o‘zbek
dostonchiligining qadimiy ko‘rinishlari, uni avloddan avlodga o‘tkazib kelgan bir necha avlod
xalq baxshilari va ular ijro etgan dostonlari haqida yozma ma’lumotlar deyarli saqlanib
qolmagan. Masalan, Amir Temur o‘z safarlarini baxshilarga doston qilib kuylashni topshirgan,
To‘xtamish saroyida Kamolzoda va Jahon Mirzo kabi jirovlar bo‘lgan xalq dostonlariga yaqin
shaklda yozilgan «Abo‘ Muslim» kitobi XII -asrda yaratilgan.

Og’zaki ma’lumotlar bizni XVIII- asrga yetaklaydi. Ergash Jumanbulbul o‘g’lining

avlodlaridan biri Yodgor baxshi XVII-asrning ikkinchi yarmi va XVIII- asrning boshlarida
yashagan. Ergash shoirning yettita ota-bobosi dostonchi o‘tganligini hisobga olsak, aytaylik,
XVI-asr oxirlarida yashagan dostonchi shoirlar haqidagi ma’lumotlar ham XVII-asr ning
boshlarigacha yetib kelgan.[2.12.23-25] O‘zbek xalqining juda murakkab etnogenizi va
etnogenitik taraqqiyoti, VI-VIII asrlardan XV asrgacha davom etgan migratsiya, ya’ni turkiy
qabila va urug’larning oldinma keyin Markaziy Osiyo hududlariga ko‘chib kelishi, joylashishi
hamda yerli, turkiy bo‘lmagan o‘troq elatlar bilan aralashib ketish jarayonlari ham O‘zbek
dostonchiligining bu davrida yangilanish davrini boshlagan, taraqqiy qilgan degan xulosaga
kelishimiz mumkin. XVII-XVIII asrlar davomida dostonchilik taraqqiyotida juda jiddiy
ko‘tarilishlar bo‘ldi. XIX asr uning eng gullagan davri bo‘lib xalq orasida keng yoyildi.

Xalq dostonlarida markazlashgan, mustaqil, farovon vatan va chet el bosqinchilariga

qarshi kurash g’oyasi muhim o‘rin tutadi. «CHambil qamali»,

«Rayhon arab», «Bektosh arab» kabi dostonlarda arab bosqinchilariga qarshi kurash

tasvirlangan va bu dostonlar arablar Markaziy Osiyoga hujum qilgan davrda yaratilgan,
markazlashgan davlat g’oyasi,vatan, el-yurt osoyishtaligi va mustaqilligi uchun kurash uzoq
davom etgan bu davrda turli urug’ va elatlarning yagona xalq bo‘lib shakllanish davrida g’oyat
muhim ijobiy hodisa ediki, bu g’oyalar o‘zbek eposining qon-qoniga singib ketgan deyishimiz
mumkin.

Xuddi shuningdek, mug’ul bosqinchilarining xurujlarini, ularga qarshi mahalliy aholining

kurashlarini aks ettirgan asarlar ham anchagina.«Guldursun» afsonasi ham shu nomli doston
ham o‘sha davr voqealari haqida hikoya qiladi. Mug’ul istilochilariga nisbatan xalq munosabati
esa ramziy ifodalarda, umuman, chet el bosqinchilariga nisbatan xalq nafrati bayonida,


background image

Page 129

CENTRAL ASIAN JOURNAL OF EDUCATION
AND INNOVATION

Volume 4, Issue 7, July 2025

www.in-academy.uz

afsonaviy va mifologik salbiy timsollar tasvirida saqlanib qolgan.

Bu davr o‘zbek folklorida ayrim tarixiy voqealar va shaxslar nomi bilan bog’langan

dostonlar, afsona va latifalar ko‘p uchraydi. Masalan: «Tulumbiy» (XV asr), «SHayboniyxon»,
«Oychinor» (XVI asr), «Tulg’anoy» (XIX asr) kabi bir qancha dostonlar borki, ular yaratilgan
davrlaridan ancha keyin yozib olingan, demak bir qancha o‘zgarishlarga uchragan
bo‘lishlariga qaramay, ma’lum darajada o‘z davri voqealarini aks ettiradi. SHuningdek,
mashhur tarixiy siymolar Abu Ali ibn Sino, Amir Temur, Alisher Navoiy, Ulug’bek, Mashrab,
nomlari bilan bog’liq bo‘lgan ko‘plab afsona va rivoyatlar yaratildi. XIX-asr boshlarida xalq
orasida yozma adabiyot namunalari keng tarqala boshladi.[2.11.71-74] Ayrim shaxslar
tomonidan o‘zbek folklori asarlarini yozma adabiyotga yaqin ruhda qayta ishlash yoki yozma
namunalarini «folklorlashtirish» jarayoni kuchaydi. Buning natijasida turli xarakter va
mazmundagi qissalar («xalq kitoblari») yuzaga keldi. hatto ayrim baxshilar ijodiy faoliyatida,
masalan, Qo‘g’on dostonchilari repertuarida yozma adabiyot namunalari ko‘rina boshladi.

Bu davrda xalq ijodchilaring muayyan janrlarda professionlashuvi kuchayib dostonchi,

ertakchi, qo‘shiqchi, askiyaboz, masharabozlar ajralib chiqa boshladi. Bu esa folklorning
estetik jihatdan mustaqillashuvida, uning mifologiya va ibtidoiy irim-sirim hamda
marosimlardan ajralib chiqishida muhim ahamiyatga ega bo‘ldi. Bu davr o‘zbek folklorida
xalq ijodi taraqqiyotining

ilgarigi bosqichlarida maydonga kelgan ayrim janrlar,

xususan, mavsum-marosim qo‘shiqlari ba’zi o‘zgarishlari bilan uzoq vaqt saqlanib qoldi.
Ertaklar bilan topishmoqlarda esa bir muncha o‘zgarishlar ro‘y berdi: ularning totemistik
qarashlar bilan bog’lanishi ancha susayib, ko‘proq allegorik harakter kasb eta boshladi. Bir
qator yangi janrlar (lirik va tarixiy qo‘shiqlar, latifa va loflar, askiya va og’zaki dramma) paydo
bo‘ldi. SHunday qilib, bu davrda o‘zbek xalq og’zaki ijodiyotining deyarli hamma janrlarida
ko‘plab asarlar yaratildi.Bu asarlar xalqimiz madaniy hayotidagi ulkan ko‘tarilishlar, muhim
tarixiy voqealar bilan mahkam bog’liq.Xalqimiz bosib o‘tgan tarixiy yo‘l, uning boshidan
kechgan ijtimoiy- siyosiy jarayonlar folklorining sermahsul bo‘lishiga muhim zamin bo‘ldi.

O‘zbek xalqi etnik turmush tarzida to‘y, ma’raka marosimlari, ularning yuzaga kelishi

bilan bog’liq an’analar tarixiy asosga egadir. Matriarxatdan Patriarxatgacha o‘tgan jarayonda
nikoh va oila shakllarining paydo bo‘lishi, uy xo‘jaligining rivojlanish munosabati bilan
monotan oila shakli vujudga kelishi, shakllanishi va ijtimoiy ahamiyat kasb etishida to‘y
marosimlari, kelin-kuyov tartibining joriy bo‘lishida moddiy manfaatdorlik an’analari paydo
bo‘lgan.

To‘y qadimdan uzoq davom etuvchi ham rasmiy va ham ramziy ahamiyatga ega

marosim bo‘lib, ularning tarkibida bir necha urf-odat va udumlar vujudga kelgan, ularda yangi
oilaning paydo bo‘lishi bilan bog’liq marosim qo‘shiqlari, raqslar, o‘yinlar, irim va udumlar
ommaviy tadbir tantalarga aylanishi, pirovard natijada ikki yoshning yagona oila qurishi,
avlodlar davomiyligini ta’minlashga xizmat qilishi bilan yakunlanishi to‘g’risida juda ko‘p
etnografik ma’lumotlar mavjud.[2.14.56-59] To‘yning etnomadaniyat merosidagi yorqin
g’zallik an’ana bo‘lib, har bir xalqning to‘y marosimlarida uning ichki madaniyati, ma’naviy-
axloqiy qadriyatlari o‘z ifodasini topgandir.

O‘zbek xalqi etnomadaniyatida “Xatna”, “Sunnat” to‘ylarining kelib chiqishi ham uzoq

tarixga ega.. “Xatna”, “Sunnat” to‘ylarining asl mohiyati bir bo‘lib, ular o‘zbek aholi etnik
guruhlarida o‘ziga xos o‘tkazish tartiblariga ega. “Xatna” to‘ydan oldin “Maslahat oshi” keyin
“Qozon qurar” so‘ngra esa “Xatmi qur’on” qilib xayriya oshi berilishi va nihoyat asosiy to‘y


background image

Page 130

CENTRAL ASIAN JOURNAL OF EDUCATION
AND INNOVATION

Volume 4, Issue 7, July 2025

www.in-academy.uz

bazmi, to‘y marosimidagi mehmondorchilik, turli taomlar pishirilishi, bolalar tomonidan
o‘ynaladigan an’anaviy “Quloq cho‘zma”, “Oq suyak” va kattalar tomonidan o‘ynaladigan
“Ko‘pkari”, “Uloq”, “Kurash”[2.21.49-53] o‘yinlari ularga beriladigan sovrinlarni xatm
qilinayotgan bolaning ota-onasi, amaki va tog’olari tomonidan hadya etilishi, to‘y bazmi
nihoyasiga yeta boshlagan paytda “Bolaning qo‘lini halollash” – xatna qilish marosimi
uyushtiriladi. Bu marosimda bolaning eng yaqinlaridan tashqari, shu oilaga yaqin bo‘lgan
yoru-do‘stlar, mehmonlar ishtirok etishadi.

O‘zbek etnosiga xos to‘y marosimlari shartli ravishda oila qurish, ikki yoshning boshini

qovushtirish bilan bog’liq an’ana, g’dakning dunyoga kelishi bilan bog’liq an’ana inson shaxsiy
hayoti va maishiy turmush jarayonida qo‘lga kiritilgan muvaffaqiyatlarni nishonlash bilan
bog’liq an’ana, inson muayyan balog’at yoshiga yetganligi shukronasi bilan bog’liq an’ana kabi
turlarga ajratiladi.

Inson vafoti munosabati bilan o‘tkaziladigan “Xudoyi”, “Ehson”,”Ziyorat”,

“Mushkulkushot”, “Mavlud” ”Bibi Seshanba”, “Padar oshi”, “Momo oshi”(Oshibi biyon)
marosimlari, ularning ma’naviy -ma’rifiy ahamiyati, ijtimoiy-ma’naviy jihatlari alohida
ahamiyat kasb etadi.[2.28.77-79] Zamonaviy ma’raka marosimlari, ularni o‘tkazishda mahalla
fuqarolar yig’ini va oqsoqollar kengashining faoliyati ham muhim rol o‘ynaydi. Zamonaviy
axborot vositalari va madaniyat o‘choqlarida xalq marosimlari bilan bog’liq madaniyat
tadbirlari, spektakllar, badiiy fil’mlar va ko‘rsatuvlar tashkil etilishining ahamiyati kattadir.
Zamonaviy To‘ylar, yubileylar, ulug’ insonlar tug’ilgan qutlug’ sanalar ham ijtimoiy
hayotimizda muhim o‘rin egallaydi. Jumladan “Payg’ambar yoshi” marosimi, uning ma’rifiy-
ma’naviy ahamiyatini alohida ta’kidlash mumkin. Umuman to‘ylar – mamlakat
tinchligi,obodonchiligi va xalqparvarlik siyosatining madaniy-ma’rifiy ramzi sifatida namoyon
bo‘ladi.

Foydalanailgan adabiyotlar:

1.

Akbarov. I.A.Xorazm maqomlari.G’.G’ulom nashriyoti. -Toshkent:1986.

2.

Asliddin Nizomov. The history and theory of Shashmakom. -Dushanbe: Adib, 2016.

3.

Abdullayev R.S., Solomonova Т.Ye. O‘zbek musiqasi tarixidan xrestomatiya. Т., 1983.

4.

Aбдуллаев Р.С. Обрадовая музыка народов Централg‘ной Азии. - Т.: Фан, 1994.– 135 с.

5.

ArtsixovskiyA.V. Arxеologiyaasoslari. - T.: Oʻqituvchi, 1970.– 278 b.

6.

История музыки Средной Азии и Казакстана М, 1995.

7.

KaromatovF.M. Узбекская инструменталg‘ная музыка.

Наследие.

Т., 1972.

8.

Malik Murod. O‘zbek qadriyatlari. “Cho‘lpon nashriyoti”. Toshkent.-2005.

9.

Murodova.D. Shashmaqom an’analari va zamonaviylik / Тuzuvchi va mas’ul muharrir Т.,

2005.
10.

Matyoqubov O. Og’zaki an’anadagi professional muziqa asoslariga kirish. Т., 1983.

11.

Matyoqubov O. Buxoro Shashmaqomiga bir nazar. Musiqa nashriyoti. -Toshkent: 2018.

Библиографические ссылки

Akbarov. I.A.Xorazm maqomlari.G’.G’ulom nashriyoti. -Toshkent:1986.

Asliddin Nizomov. The history and theory of Shashmakom. -Dushanbe: Adib, 2016.

Abdullayev R.S., Solomonova Т.Ye. O‘zbek musiqasi tarixidan xrestomatiya. Т., 1983.

Aбдуллаев Р.С. Обрадовая музыка народов Централg‘ной Азии. - Т.: Фан, 1994.– 135 с.

ArtsixovskiyA.V. Arxеologiyaasoslari. - T.: Oʻqituvchi, 1970.– 278 b.

История музыки Средной Азии и Казакстана М, 1995.

KaromatovF.M. Узбекская инструменталg‘ная музыка. Наследие. Т., 1972.

Malik Murod. O‘zbek qadriyatlari. “Cho‘lpon nashriyoti”. Toshkent.-2005.

Murodova.D. Shashmaqom an’analari va zamonaviylik / Тuzuvchi va mas’ul muharrir Т., 2005.

Matyoqubov O. Og’zaki an’anadagi professional muziqa asoslariga kirish. Т., 1983.

Matyoqubov O. Buxoro Shashmaqomiga bir nazar. Musiqa nashriyoti. -Toshkent: 2018.