Авторы

  • Shavkat Abdullayev

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.cajmrms.126647

Аннотация

Ushbu maqola raqamli texnologiyalar yordamida ta’limga keng kirish imkoniyatining yaratilishi bugungi globallashuv davrida juda muhim strategik omilga aylanganligi ta’lim tizimida raqamli texnologiyalarning joriy etilishi ta’lim sifatini oshirish, boshqaruv samaradorligini kuchaytirish va zamonaviy bilimlar asosida rivojlanishni ta’minlash to’g’risida yozilgan.


background image

Page 87

CENTRAL ASIAN JOURNAL OF MULTIDISCIPLINARY

RESEARCH AND MANAGEMENT STUDIES

Volume 2, Issue 6, Part 2 June 2025

www.in-academy.uz

ТA’LIM TIZIMINI BOSHQARISHDA RAQAMLI

TEXNOLOGIYALARNI O’RNI.

Abdullayev Shavkat Azimovich

katta oʻqituvchi

Andijon davlat texnika instituti katta oʻqituvchisi

abdullayevshavkat@gmail.com

Tel+(998) 93-781-09-67

https://doi.org/

10.5281/zenodo.15723228

ARTICLE INFO

ABSTRACT

Received: 11

th

June 2025

Accepted:15th June 2025

Published: 23

rd

June 2025

Ushbu maqola raqamli texnologiyalar yordamida

ta’limga keng kirish imkoniyatining yaratilishi bugungi

globallashuv davrida juda muhim strategik omilga

aylanganligi ta’lim tizimida raqamli texnologiyalarning

joriy etilishi ta’lim sifatini oshirish, boshqaruv

samaradorligini kuchaytirish va zamonaviy bilimlar

asosida rivojlanishni ta’minlash to’g’risida yozilgan.

KEYWORDS

Interaktiv

doskalar,

raqamli testlar, multimedia
darsliklari,

virtual

reallik,

vizual, onlayn kurs, vebinar

Mamlakatimizda raqamli iqtisodiyotni faol rivojlantirish, barcha tarmoqlar va sohalarda, eng

avvalo, davlat boshqaruvi, ta’lim, sog‘liqni saqlash va qishloq xo‘jaligida zamonaviy axborot-

kommunikatsiya texnologiyalarini keng joriy etish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar amalga

oshirilmoqda. O‘zbekiston respublikasi prezidentining 2020 yil 5 oktyabrdagi PF-6079-sonli

farmoni asosan oliy ta’lim tizimida xam katta e’tibor qaratilmoqda

Hozirgi davrda raqamli texnologiyalar hayotimizning deyarli barcha sohalarida muhim o‘rin

egallab, raqamli texnologiyalar global taraqqiyotning bosh omili sifatida tan olinib. kelmoqda.

Ular inson hayotining barcha jabhalariga, jumladan, iqtisodiyot, tibbiyot, sanoat, ijtimoiy

xizmatlar va ayniqsa ta’lim sohasiga chuqur kirib kelmoqda Ayniqsa, ta’lim tizimida raqamli

texnologiyalarning joriy etilishi ta’lim sifatini oshirish, boshqaruv samaradorligini

kuchaytirish va zamonaviy bilimlar asosida rivojlanishni ta’minlashda asosiy omillardan biri

hisoblanadi. Raqamli texnologiyalar yordamida axborot oqimini tez va samarali boshqarish,

resurslardan unumli foydalanish va masofaviy ishlash imkoniyatlari kengaymoqda. Bu

texnologiyalar zamonaviy jamiyatning ajralmas qismiga aylangan Bugungi kunda ta’lim

sohasini samarali boshqarishda raqamli texnologiyalar muqarrar zaruratga aylanmoqda.

Raqamli texnologiyalar bugungi kunda ta’lim sohasida strategik ahamiyatga ega vositaga

aylanmoqda. Ular nafaqat o‘quv jarayonlarini, balki butun ta’lim tizimining tashkiliy,

boshqaruv va nazorat mexanizmlarini tubdan o‘zgartirmoqda.

Bu texnologiyalar orqali ma’lumotlarni yig‘ish, qayta ishlash va tahlil qilish tezlashadi, bu esa

rahbarlarning qaror qabul qilish jarayonini samaraliroq qiladi. Xususan ma’muriy

hisobotlarni tayyorlash ko‘p vaqt va mehnat talab qilgan bo‘lsa, hozirda bu ishlar avtomatik

tarzda, real vaqtda bajarilishi mumkin. Bu esa inson omiliga bog‘liq xatoliklar sonini

kamaytiradi, natijada boshqaruv sifati oshadi.[1]

Ta’lim muassasalaridagi barcha ma’lumotlar — talabalarning shaxsiy ma’lumotlari, baholari,

o‘quv rejalari, o‘qituvchilarning ish rejalari va boshqa ma’lumotlar raqamli axborot

tizimlarida saqlanadi. Bu ma’lumotlar markazlashtirilgan holda saqlanishi, ularni izlash, tahlil

qilish va yangilash jarayonini osonlashtiradi. Natijada, qo‘lda hujjatlar bilan ishlashga

ketadigan vaqt va xatolarni kamaytiradi


background image

Page 88

CENTRAL ASIAN JOURNAL OF MULTIDISCIPLINARY

RESEARCH AND MANAGEMENT STUDIES

Volume 2, Issue 6, Part 2 June 2025

www.in-academy.uz

Zamonaviy dunyoda bilim berish tizimi juda tez o‘zgarayotgan muhitda faoliyat yuritmoqda.

Axborot texnologiyalari va raqamlashtirishning rivojlanishi ta’lim sohasida ham katta

o‘zgarishlarga sabab bo‘ldi. Bu o‘zgarishlar nafaqat o‘qitish jarayoniga, balki butun ta’lim

tizimi boshqaruviga ham ta’sir ko‘rsatmoqda

Raqamli platforma va axborot tizimlari orqali talabalar, ota-onalar, o‘qituvchilar va

boshqaruvchilar o‘rtasida tez va oson aloqa o‘rnatiladi. Masalan, elektron kundaliklar, onlayn

chatlar, video konferensiyalar va boshqa kommunikatsiya vositalari ta’lim jarayonining

barcha ishtirokchilariga ma’lumotlarni vaqtida yetkazish imkonini beradi. Bu esa ta’lim

jarayonidagi xatolarni kamaytiradi va ko‘proq hamkorlikni ta’minlaydi

Raqamli texnologiyalar orqali talabalarning o‘rganish jarayoni va natijalari doimiy ravishda

monitoring qilinadi. Bu ta’lim jarayonidagi kamchiliklarni aniqlash va ularni tezda tuzatish

imkonini beradi. Shuningdek, ta’lim jarayonini individuallashtirish va talabalarga ko‘proq

individual yondoshuvni joriy etish mumkin bo‘ladi.

Dars berish uslublarining zamonaviy Interaktiv doskalar, raqamli testlar, multimedia

darsliklari, virtual reallik texnologiyalari o‘quvchilarda fanlarga bo‘lgan qiziqishni oshiradi,

olis hududlardagi o‘quvchilarga sifatli ta’lim olish imkoniyati onlayn platformalar (XYeMIS,

Zoom, Google Classroom, Moodle, Microsoft Teams va boshqalar) orqali o‘qitish har qanday

sharoitda, hatto favqulodda vaziyatlarda ham davom ettirilishi mumkinligi yaratildi. Elektron

kundalik va reyting tizimlari orqali o‘quvchilarning o‘zlashtirish darajasi muntazam ravishda

nazorat qilinadi. Bu o‘qituvchilarga individual yondashuvni ishlab chiqish va zarur pedagogik

choralarni ko‘rishga yordam beradi.

O‘qituvchilarning esa darslarni vizual, jonli va interaktiv shaklda olib borish imkoniyati

kengayadi, raqamli texnologiyalar orqali ta’lim muassasalari faoliyatini rejalashtirish,

monitoring qilish, tahlil qilish va baholash imkoniyatlari sezilarli darajada oshadi.Ushbu

texnologiyani qo‘llash ta’limga keng kirish imkoniyatinni yaratmoqda.[2]

Ilgari ta’lim faqat yirik shaharlardagi yoki markaziy hududlardagi maktab va oliy o‘quv

yurtlarida mavjud bo‘lgan bo‘lsa, hozirda internet va raqamli platformalar orqali chekka

qishloq, tog‘li hududlar yoki hatto xorijdagi fuqarolar ham sifatli ta’lim olish imkoniga ega.

Onlayn kurslar, vebinarlar va masofaviy o‘quv dasturlar, jismoniy imkoniyati cheklangan

o‘quvchilar va talabalar uchun an’anaviy ta’lim tizimi ba’zan murakkab bo‘lishi mumkin.

Raqamli texnologiyalar esa ular uchun moslashtirilgan interfeyslar, audio kitoblar, video

darslar, subtitrli materiallar orqali o‘rganish, ta’lim resurslari yoshidan qat’i nazar har bir

inson uchun ta’lim olish eshigini ochadi. Masalan, kattalar uchun mo‘ljallangan onlayn kurslar,

kasbiy qayta tayyorlash dasturlari orqali insonlar hayotining istalgan davrida o‘qish va yangi

kasb egallash/ ko‘plab raqamli ta’lim platformalari bepul yoki arzon narxlarda ta’lim olish

imkonini taqdim etadi. Bu esa kam ta’minlangan oilalardan chiqqan bolalar uchun katta

imkoniyat yaratadi. [2] ozirgi zamonaviy jamiyatda ta’lim tizimi va raqamli texnologiyalar

Zamonaviy dunyoda bilim berish tizimi juda tez o‘zgarayotgan muhitda faoliyat yuritmoqda.

Axborot texnologiyalari va raqamlashtirishning rivojlanishi ta’lim sohasida ham katta

o‘zgarishlarga sabab bo‘ldi. Bu o‘zgarishlar nafaqat o‘qitish jarayoniga, balki butun ta’lim

tizimi boshqaruviga ham ta’sir ko‘rsatmoqda.

Raqamli texnologiyalar orqali talabalarning o‘rganish jarayoni va natijalari doimiy ravishda

monitoring qilinadi. Bu ta’lim jarayonidagi kamchiliklarni aniqlash va ularni tezda tuzatish

imkonini beradi. Shuningdek, ta’lim jarayonini individuallashtirish va talabalarga ko‘proq

individual yondoshuvni joriy etish mumkin bo‘ladi.

Xulosa

Hozirgi kunda raqamli texnologiyalar ta’lim tizimini boshqarishda mukammal vosita

sifatida juda muhim ahamiyat kasb etmoqda. Ular orqali ma’lumotlarni boshqarish

avtomatlashtiriladi, qaror qabul qilish jarayoni samaralilashadi, axborot almashinuvi

tezlashadi va ta’lim sifati yaxshilanadi. Shu bilan birga, bu texnologiyalarni joriy etish va

rivojlantirish orqali ta’lim muassasalari kelajakdagi murakkab muammolarga tayyor bo‘ladi

va zamonaviy talablarga mos ravishda faoliyat yuritadi.


background image

Page 89

CENTRAL ASIAN JOURNAL OF MULTIDISCIPLINARY

RESEARCH AND MANAGEMENT STUDIES

Volume 2, Issue 6, Part 2 June 2025

www.in-academy.uz

Ular ta’lim jarayonini avtomatlashtirish, tahliliy qarorlar qabul qilish, shaffoflikni ta’minlash

va ta’lim sifatini oshirishga xizmat qiladi. Kelajakda bu texnologiyalar yanada rivojlanib, ta’lim

boshqaruvi samaradorligini yangi bosqichga olib chiqadi.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1.O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 28-fevraldagi PQ–134-son qarori:

“Raqamli texnologiyalarni rivojlantirish va sohani raqobatbardosh qilish chora-tadbirlari

to‘g‘risida”.

2.O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 26-avgustdagi 508-son qarori:

“2020–2023 yillarda raqamli ta’lim texnologiyalarini joriy etish va rivojlantirish dasturi”.

Библиографические ссылки

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 28-fevraldagi PQ–134-son qarori: “Raqamli texnologiyalarni rivojlantirish va sohani raqobatbardosh qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida”.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 26-avgustdagi 508-son qarori: “2020–2023 yillarda raqamli ta’lim texnologiyalarini joriy etish va rivojlantirish dasturi”.