Авторы

  • Akbar Jo‘rayev

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.cajmrms.126680

Аннотация

Ushbu maqolada O'zbekistonda mediatorlar malakasi va kasbiy tayyorgarligining normativ-huquqiy asoslarini keng qamrovli tahlil qilinib, mediatsiya instituti va uning rivojlanish yo'nalishlari, mediatorlarning huquqiy maqomi, professional va noprofessional mediatorlar faoliyatining tartibga solinishi, shuningdek, mediatorlarni tayyorlash dasturi va sertifikatlash jarayonlari batafsil yoritilgan. Bundan tashqari, mediatorlarning kasbiy ko‘nikmalari, etikasi, javobgarligi va professional mediatorlar reyestri borasida to’xtatilib o’tilib, xalqaro tajriba va standartlar bilan solishtirish orqali O'zbekistonda mediatsiya institutining rivojlanish istiqbollari va zamonaviy yo'nalishlari tahlil qilingan.


background image

Page 32

CENTRAL ASIAN JOURNAL OF MULTIDISCIPLINARY

RESEARCH AND MANAGEMENT STUDIES

Volume 2, Issue 7, July 2025

www.in-academy.uz

O'ZBEKISTONDA MEDIATORLAR MALAKASI VA KASBIY

TAYYORGARLIGINING NORMATIV-HUQUQIY ASOSLARI

Akbar Jo‘rayev Abdushukur o‘g‘li

Toshkent davlat yuridik universiteti magistranti

https://doi.org/

10.5281/zenodo.15914758

ARTICLE INFO

ABSTRACT

Received:28

th

June 2025

Accepted:30 th June 2025

Published: 15th July 2025

Ushbu maqolada O'zbekistonda mediatorlar malakasi va

kasbiy tayyorgarligining normativ-huquqiy asoslarini

keng qamrovli tahlil qilinib, mediatsiya instituti va uning

rivojlanish

yo'nalishlari,

mediatorlarning

huquqiy

maqomi, professional va noprofessional mediatorlar

faoliyatining

tartibga

solinishi,

shuningdek,

mediatorlarni tayyorlash dasturi va sertifikatlash

jarayonlari batafsil yoritilgan. Bundan tashqari,

mediatorlarning kasbiy ko‘nikmalari, etikasi, javobgarligi

va professional mediatorlar reyestri borasida to’xtatilib

o’tilib, xalqaro tajriba va standartlar bilan solishtirish

orqali O'zbekistonda mediatsiya institutining rivojlanish

istiqbollari va zamonaviy yo'nalishlari tahlil qilingan.

KEYWORDS

Mediatsiya, mediator, mediator

malakasi, kasbiy tayyorgarlik,

professional,

noprofessional,

mediatorlarni

tayyorlash

dasturi,

sertifikatlash,

professional

mediatorlar

reyestri, mediatsiya etikasi,

mediator

javobgarligi,

mediatsiya markazi, mediatsiya

treninglari, Mediatsiya qonuni

So‘nggi yillarda O‘zbekistonda sud-huquq tizimini isloh qilish yo‘nalishida qator tizimli chora-

tadbirlar amalga oshirilmoqda. Bu islohotlarning muhim tarkibiy qismiga aylangan

institutlardan biri — bu mediatsiya institutidir. Nizolarni muqobil hal etish vositasi sifatida

mediatsiya fuqarolarning huquq va manfaatlarini himoya qilishda, sudlar ishini

yengillashtirishda va ijtimoiy barqarorlikni ta'minlashda o‘zining dolzarbligi va

samaradorligini isbotlamoqda. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev

ta’kidlaganidek, mediatsiya “murakkab ijtimoiy nizolarni tinch yo‘l bilan hal etishning

samarali vositasi” hisoblanadi

1

. Aynan shu sababli, 2018-yil 3-iyulda “Mediatsiya to‘g‘risida”gi

Qonunning qabul qilinishi orqali mediatsiya institutining huquqiy asoslari mustahkamlandi

2

.

Mazkur hujjat mediatorlik faoliyatini qonuniylashtiribgina qolmay, uni fuqarolik-huquqiy

munosabatlarning tarkibiy qismiga aylantirdi.

Bugungi global huquqiy makonda mediatsiyaning ustuvorligi shundaki, u nizolarni sudgacha

hal qilish, vaqt va xarajatlarni tejash, insoniylik tamoyillariga asoslangan dialog madaniyatini

rivojlantirishga xizmat qiladi. Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, 2023-yilda respublikada

mediatsiya orqali hal etilgan nizolar soni 21 foizga oshgan bo‘lib, mediatorlar soni 4500

nafardan oshgan

3

. Bu O‘zbekistonda mediatsiyaning amaliyotda tobora keng

qo‘llanilayotganidan dalolat beradi. Shuningdek, Prezident Shavkat Mirziyoyevning qayd

etishlaricha, “...nizolarni sudga yetkazmasdan, tomonlar o‘rtasida kelishuvga erishish – bu eng

oqilona va insoniy yondashuv bo‘lib, ijtimoiy barqarorlikning kafolatidir”

4

.

1

Shavkat Mirziyoyev. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining nutqlari va islohot siyosati. Toshkent: O‘zbekiston Milliy

axborot agentligi, 2018.

2

O‘zbekiston Respublikasi Qonuni “Mediatsiya to‘g‘risida”, 2018-yil 3-iyul,

https://lex.uz/acts/-3805227

3

Adliya vazirligi statistik hisobotlari. “Mediatorlar soni va nizolarni hal etish ko‘rsatkichlari”, Toshkent, 2024.

4

Mirziyoyev, Shavkat. Yangi O‘zbekiston strategiyasi: Qonun ustuvorligi – taraqqiyot poydevori. Toshkent: “Adolat”

nashriyoti, 2020.


background image

Page 33

CENTRAL ASIAN JOURNAL OF MULTIDISCIPLINARY

RESEARCH AND MANAGEMENT STUDIES

Volume 2, Issue 7, July 2025

www.in-academy.uz

O‘zbekiston Respublikasida 2018 yilda qabul qilingan "Mediatsiya to‘g‘risida"gi Qonun milliy

huquqiy tizimda mediatsiya institutining huquqiy asoslarini yaratdi. Qonunning asosiy

maqsadi mediatsiya sohasidagi munosabatlarni tartibga solish va mediatsiya institutining

samarali faoliyatini ta'minlashdir. Qonun mediatsiyaning amal qilish sohasini keng belgilaydi.

Unga fuqarolik, oilaviy, mehnat va tadbirkorlik faoliyati bilan bog‘liq nizolar kiradi.

Shuningdek, sudgacha, sud va arbitraj jarayonlarida, hatto sud qarorlarini ijro etish

bosqichida ham mediatsiyadan foydalanish mumkinligi ko‘rsatilgan.

Qonunning muhim jihatlari quyidagilardan iborat:

Mediatsiya jarayonining asosiy bosqichlari batafsil tartibga solingan. Qonun mediatsiyani

qo‘llash to‘g‘risidagi kelishuv tuzishdan tortib, mediativ kelishuv tuzish yoki mediatsiya

jarayonini to‘xtatishgacha bo‘lgan barcha bosqichlarni qamrab oladi. Mediatorning huquqiy

maqomini aniq belgilaydi. Qonun professional va noprofessional mediatorlar o‘rtasidagi

farqni ko‘rsatib, ularning tayinlanishi, vazifalari va mas'uliyati masalalarini tartibga soladi.

Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 17-iyundagi PQ-4754-sonli

“Nizolarni muqobil hal etishning mexanizmlarini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari

to‘g‘risida”gi qarori mediatsiya institutini rivojlantirishda muhim qadam bo‘ldi. Ushbu qaror

jismoniy va yuridik shaxslarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish tizimini

takomillashtirish, sudlarda ish hajmini maqbullashtirish va nizolarni muqobil hal qilish

imkoniyatlarini kengaytirishni maqsad qilib qo‘ydi. Qarorda mediatsiya institutining rolini

oshirish, mediatorlarning malakasini mustahkamlash va ularni tayyorlash tizimini

takomillashtirish bo‘yicha aniq vazifalar belgilandi. Xususan, O‘zbekiston Respublikasi

Prezidentining ushbu qarori bilan Toshkent mediatsiya markazi tashkil etilgan bo‘lib, bu

markaz professional mediatorlarni tayyorlash, mediatsiya tartib-taomillarini uslubiy

ta'minlash va mediativ texnologiyalarni qo‘llash masalalari bo‘yicha maslahat berish

vazifalarini bajaradi.

Mediatsiya institutining tashkiliy boshqaruvi O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi

zimmasiga yuklangan. O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining buyruqlari mediatsiya

sohasini batafsil tartibga soladi. Bu buyruqlar professional mediatorlar reyestrini

shakllantirish va yuritish tartibi, mediatorlarni tayyorlash dasturlari va sertifikatlash

jarayonlarini belgilaydi. Shuningdek, vazirlik tomonidan Professional mediatorlar reyestri

yuritiladi, bu reyestr Qoraqalpog‘iston Respublikasi Adliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent

shahar adliya boshqarmalari tomonidan doimiy yangilab turiladi.

Qonunga ko‘ra, O‘zbekistonda mediatorlik faoliyati professional yoki noprofessional asosda

amalga oshiriladi. Professional asosdagi mediator faoliyatini Adliya vazirligi tomonidan

tasdiqlanadigan mediatorlarni tayyorlash dasturi bo‘yicha maxsus o‘quv kursidan o‘tgan va

Professional mediatorlar reyestriga kiritilgan shaxs amalga oshiradi. Noprofessional asosdagi

mediator faoliyatini 25 yoshga to‘lgan va mediator vazifalarini bajarishga rozilik bergan shaxs

amalga oshirishi mumkin.

Umuman olganda, mediatsiya institutining joriy etilishidan asosiy maqsadlardan biri sud

tizimidagi ish yukining kamaytirilishi hisoblangan edi. Vaholanki, 2019-yilda o‘sha paytdagi

adliya vaziri Ruslanbek Davletovning kun.uz saytiga bergan ma’lumotlariga ko‘ra, bir oyda

bitta fuqarolik sudyasi kamida 120 ta ish ko‘rib chiqqan, iqtisodiy sud sudyalari esa 110 tadan

kam bo‘lmagan ishlarni ko‘rib chiqqan. Bu raqamlar sudlarning ish yuklamalari uchun haddan

ziyod ko‘p ekanligini ko‘rsatishi va sud tizimining samaradorligini oshirish uchun ish yukini

kamaytirish zarurati mavjudligini ta’kidlagan edi

5

. Darhaqiqat, xalqaro tajribada, masalan,

Amerika va Yevropa davlatlarida nizolarni mediatsiya yo‘li bilan sudgacha hal qilish umumiy

ishlarning 80 foizini tashkil qiladi. O‘zbekistonda esa bu ko‘rsatkich fuqarolik ishlarida atigi

5

Davletov, Ruslanbek. “Ruslanbek Davletov: ‘Sudlarning ish yuklamalarini kamaytirish kerak’.”

Kun.uz

,

December 14, 2019.

https://kun.uz/news/2019/12/14/ruslanbek-davletov-sudlarning-ish-yuklamalarini-kamaytirish-

kerak


background image

Page 34

CENTRAL ASIAN JOURNAL OF MULTIDISCIPLINARY

RESEARCH AND MANAGEMENT STUDIES

Volume 2, Issue 7, July 2025

www.in-academy.uz

0,2 foiz, iqtisodiy ishlarda esa 1,8 foizni tashkil etmoqda. Bu esa mediatsiya institutini yanada

rivojlantirish va keng joriy etish zaruratini ko‘rsatadi

6

.

Bugungi kunda mediatsiya instituti ayni yuqoridagi muammoni hal qilishda muhim vosita

sifatida ko‘rilmoqda. Mediatsiya orqali nizolarni sudgacha yoki sud jarayonida tomonlarning

ixtiyoriy roziligi asosida, mediator yordamida hal qilish mumkin. Bu nafaqat sudlarga

tushadigan ishlar sonini kamaytiradi, balki nizolarni tez va samarali hal etishga, tomonlar

o‘rtasidagi muloqotni yaxshilashga ham xizmat qiladi.

Xorijiy mamlakatlarda mediator malakasi va kasbiy tayyorgarligiga qo'yiladigan talablar turli

xil tizimlar va yondashuvlar asosida shakllantirilgan. Har bir mamlakat o'ziga xos talab va

standartlarni belgilab qo'ygan bo'lsa-da, umumiy tendentsiyalar mediatorlarning yuqori

malakali va kasbiy tayyorgarlikka ega bo'lishini ta'minlashga qaratilgan. Misol uchun,

Germaniyada 2012-yil 21-iyuldagi "Mediatsiyani qo'llab-quvvatlash va nizolarni suddan

tashqari hal etishning boshqa tartiblari to'g'risida"gi qonunga muvofiq mediatorga alohida

talablar qo'yiladi

7

. Mediator mediatsiya asoslari va uning tartib-qoidalari bo'yicha nazariy

bilimga ega bo'lishi, mediatsiya muzokaralarni amalga oshirish va muloqot qilish texnikasiga

hamda nizolarni boshqarish, mediatsiya huquqi, amaliy mashg'ulotlar va rolli o'yinlar

texnikasi sohalarda bilimga ega bo'lishi lozim.

"Sertifikatlangan mediator" nomini ishlatish uchun mediatorlar kamida 120 soatlik

treningdan o'tishlari va kamida bitta ishni bajarishlari, shu bilan birga individual nazorat

(coaching) o'tkazishlari zarur. Sertifikatlanishdan so'ng mediator ikki yil davomida to'rtta

hujjatlashtirilgan ishni bajarishi, kamida to'rtta individual nazorat seansini o'tkazishi va har

to'rt yilda qirq soat qo'shimcha tayyorgarlik o'tkazishi talab qilinadi.

Avstriyada esa mediatorlarga qo'yiladigan talablarning aniq tizimi mavjud. Mediatorning

Federal Adliya vazirligi reestriga kiritilishi istagiga bog'liq holda talablar belgilanadi

8

. Agar

shaxs reestrda ro'yxatdan o'tmasdan mediatsiya xizmati ko'rsatish niyatida bo'lsa, u holda bu

shaxsga hech qanday talab qo'yilmaydi.

Reestrga kirish uchun quyidagi talablar bajarilishi kerak:

28 yoshdan katta bo'lish;

Kasbiy malaka va fuqarolik javobgarligi sug'urtasiga ega bo'lish (kamida 400,000

yevro);

Tegishli tayyorgarlikdan o'tish;

Rasmiy yozma ariza bilan murojaat qilish.

2004-yil 1-maydagi "Fuqarolik ishlari bo'yicha mediatsiya to'g'risida" Federal qonunining

talablariga muvofiq, mediator 28 yoshdan katta bo'lishi, kasbiy malaka va fuqarolik

javobgarligi sug'urtasiga ega bo'lishi kerak.

O’zbekistonda ham mediatorlarni tayyorlash dasturi bo'yicha maxsus o'quv kurslari mavjud

bo’lib, O'zbekiston Respublikasi Adliya vazirining 2019-yil 31-yanvardagi 54-mh-sonli

buyrug'i bilan "Mediatorlarni tayyorlash dasturi" tasdiqlangan

9

. Ushbu dastur O'zbekiston

Respublikasining "Mediatsiya to'g'risida"gi Qonunining 12-moddasiga muvofiq ishlab

chiqilgan bo'lib, uning asosiy maqsadi mediatorlarni tayyorlash, ularda muzokaralar olib

borish texnologiyasi, stress holati va kelishmovchiliklarni boshqarish haqida tayanch bilimlar

berish, nizolarni hal qilish bo'yicha amaliy ko'nikmalarni shakllantirishdir.

6

“Mediatsiya:

sud

organlariga

ish

yuklamasi

kamaytiriladi.”

Inson

Huquqlari,

http://insonhuquqlari.uz/oz/news/mediatsiya-sud-organlariga-ish-yuklamasi-kamaytiriladi

.

7

Mediation in EU countries | Germany

https://e-justice.europa.eu/topics/taking-legal-action/mediation/mediation-

eu-countries_en/

8

The Austrian Law on Mediation in Civil Cases 2003

https://www.arbiter.com.sg/pdf/laws/AustrianMediation

Act2003.pdf

9

O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining Mediatorlarni tayyorlash dasturini tasdiqlash haqida buyrug‘i, 31.01.2019

https://lex.uz/docs/-4185961


background image

Page 35

CENTRAL ASIAN JOURNAL OF MULTIDISCIPLINARY

RESEARCH AND MANAGEMENT STUDIES

Volume 2, Issue 7, July 2025

www.in-academy.uz

Maxsus o'quv kurslari professional mediatorlarning o'zaro birlashuviga asoslangan

Mediatsiya markazi, professional mediatorlar, hakamlik sudlari va xalqaro arbitrajlarning

o'zaro birlashuviga asoslangan Nizolarni muqobil usulda hal etish markazi, shuningdek

O'zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Yuridik kadrlarni qayta tayyorlash va

malakasini oshirish instituti tomonidan tashkil etiladi.

Maxsus o'quv kurslarida ta'lim olish kunduzgi shaklda shartnoma asosida davomiyligi 36

soatdan 72 soatgacha bo'lgan o'quv kurslari bo'yicha amalga oshiriladi. Maxsus o'quv

kurslarida o'qish uchun fuqarolar Markazlarga va Institutga ariza bilan bevosita o'zlari kelgan

holda yoki elektron shaklda murojaat qiladilar.

Maxsus o'quv kurslaridagi o'quv jarayoni, qoida tariqasida, ko'pi bilan 15 nafargacha

tinglovchilardan shakllantirilgan akademik guruhlarda tashkil etiladi. O'quv jarayonida dars

mashg'ulotlari ma'ruza, amaliy mashg'ulot va trening shaklida tashkil etiladi.

Mediatorlarni tayyorlash dasturi quyidagi mavzularni qamrab olishi kerak: mediatsiyaning

mohiyati va prinsiplari hamda huquqiy asoslari; mediatorning kasbiy ko'nikmalari, etikasi va

javobgarligi; muzokaralar mediatsiyaning asosi sifatida; mediatsiya bosqichlari va unda

mediatorning roli va funksiyalari; mediatsiyada taraflar vakillarining ishtiroki va ularning

maqomi; mediatsiya jarayoni; mediatsiya jarayonining natijasi va u bilan bog'liq hujjatlarni

rasmiylashtirish; oilaviy, mehnat, iqtisodiy va boshqa munosabatlardan kelib chiqadigan

nizolarni mediatsiya orqali hal etishning o'ziga xos xususiyatlari.

O'quv jarayonida dars mashg'ulotlarini tashkil etishning amaliyotga yo'naltirilgan zamonaviy

shakllari qo'llaniladi. Bularga muammoli vaziyatlarni hal etish (keys-stadi), jamoada ishlash

("aqliy hujum" interfaol uslubini qo'llagan holda), huquq normalarini sharhlash, huquqni

qo'llash hujjatlari loyihalarini tuzish ko'nikmalarini rivojlantirish mashqlari kiradi.

Yakuniy imtihon tinglovchining bilim va ko'nikmalarini ikki xil yo'l bilan baholashni o'z ichiga

oladi: nazariy bilimlar og'zaki yoki yozma shaklda imtihon olish yo'li bilan; amaliy

ko'nikmalar nizoli masalalarni mediatsiya jarayonlari imitatsiyasi natijalari bo'yicha

baholanadi.

Maxsus o'quv kurslari tinglovchilarini baholashni tashkil etish va o'tkazish uchun Markazlar

va Institutda uch nafardan iborat tarkibdagi komissiya shakllantiriladi. Tinglovchilar bilimi va

o'zlashtirish darajasi 100 ballik tizimda baholanadi. Tinglovchi belgilangan maksimal ballning

56 foizidan kam bo'lmagan ball to'plaganda maxsus o'quv kurslarini o'zlashtirgan hisoblanadi.

Maxsus o'quv kurslarini muvaffaqiyatli yakunlagan tinglovchilarga tegishli sertifikat beriladi.

Kursni muvaffaqiyatli tugatib maxsus sertifikatni qo'lga kiritgan bitiruvchilar Professional

mediatorlar reyestriga kiritilib, mustaqil mediatorlik faoliyati bilan shug'ullanish huquqiga

ega bo'ladi. 2024-yil 1-yanvardan Adliya vazirligi tomonidan davlat xizmatlari markazlari va

YIDXP orqali professional mediatorlar reyestriga kiritish xizmati ko‘rsatilishini ta'minlash

joriy etilgan

10

.

Hozirgi kunda O‘zbekistonda mediatsiya institutining amaliyotga joriy etilishi bosqichma-

bosqich amalga oshirilmoqda. Respublikada bir qancha mediatorlar markazlari va

tashkilotlari faoliyat yuritmoqda, mediatorlar ro‘yxati shakllantirilgan va ularning malakasini

oshirish bo‘yicha muntazam seminar va treninglar tashkil etilmoqda. 2023-yil yakunlariga

ko‘ra, sudlarga kelib tushgan nizolarning muayyan qismi mediatsiya orqali hal etilgani

kuzatilmoqda. Sudlar amaliyotida mediatsiya jarayonini qo‘llash natijasida:

Sudlarda ishlar soni kamaymoqda;

Nizolar tez va kam xarajat bilan hal qilinmoqda;

Tomonlar o‘zaro kelishuv asosida murosa qilishga intilmoqda;

Jamiyatda huquqiy madaniyat va murosaga intilish kuchaymoqda.

10

“Professional mediatorlar reyestriga kiritish bo‘yicha davlat xizmatlarini ko‘rsatishning ma’muriy reglamentini

tasdiqlash to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori” № 544,

https://lex.uz/docs/6635484


background image

Page 36

CENTRAL ASIAN JOURNAL OF MULTIDISCIPLINARY

RESEARCH AND MANAGEMENT STUDIES

Volume 2, Issue 7, July 2025

www.in-academy.uz

Biroq, xalqaro amaliyot bilan solishtirganda, O‘zbekistonda mediatsiya institutining

qo‘llanilish darajasi hali ham past bo‘lib qolmoqda. Jumladan, mediatsiya jarayonining

afzalliklari to‘g‘risida aholining xabardorligi yetarli emas, mediatorlar soni va malakasi hamon

rivojlanish bosqichida, ba’zi hollarda sud organlari va boshqa davlat idoralari tomonidan

mediatsiya institutiga nisbatan yetarli darajada e’tibor berilmayapti.

O‘zbekistonda mediatsiya institutining rivojlanish tendensiyalari quyidagi asosiy

yo‘nalishlarda namoyon bo‘lmoqda:

Huquqiy bazani takomillashtirish – Mediatsiya institutini yanada rivojlantirish maqsadida

qonunchilik doimiy ravishda takomillashtirilmoqda. Xususan, mediatsiya jarayonini

soddalashtirish, mediatorlarning maqomini mustahkamlash, ularning kasbiy tayyorgarligini

oshirish bo‘yicha yangi normativ hujjatlar ishlab chiqilmoqda.

Xalqaro hamkorlik va tajribadan foydalanish – 2025-yil iyun oyida "Mediatsiya instituti

rivojlanishining zamonaviy tendensiyalari va sud amaliyoti" mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy

konferensiya bo‘lib o‘tdi

11

. Konferensiyada Turkiya, Qirg‘iziston, Ozarbayjon va Qozog‘iston

kabi mamlakatlarning yuqori malakali sudyalari, mediatorlar va huquqshunos olimlar faol

ishtirok etdi. Bu xalqaro tajribani o‘rganish va milliy mediatsiya tizimini yanada

takomillashtirishga qaratilgan muhim qadam bo‘ldi.

Sud tizimi bilan integratsiya – Mediatsiya institutini sud tizimi bilan integratsiyalash jarayoni

kuchaymoqda. Sudlar tomonidan nizolarni mediatsiya orqali hal qilishga yo‘naltirish

amaliyoti kengaymoqda. Xususan, xususiylashtirish jarayoniga oid nizolar yuzaga kelsa, davlat

bu nizoni birinchi navbatda mediatsiya tartibida hal qilishga harakat qilmoqda

12

.

Qisqacha qilib aytganda, O‘zbekistonda mediatsiya institutining amaliyotdagi joriy holati

sezilarli darajada takomillashgan. Ya’ni, mediatsiya institutining normativ-huquqiy asoslari

zamonaviy talablar va xalqaro standartlarga muvofiq shakllantirilgan bo'lib, bu soha

mamlakatda nizolarni hal etishning muqobil usuli sifatida jadal rivojlanmoqda. 2018-yilda

qabul qilingan "Mediatsiya to'g'risida"gi O'zbekiston Respublikasi Qonuni mediatorlar

faoliyatini tartibga soluvchi asosiy hujjat hisoblanadi. Ushbu qonun bilan bir qatorda, Vazirlar

Mahkamasining qarorlari, Adliya vazirligining yo'riqnomalari va boshqa normativ-huquqiy

hujjatlar mediatsiya jarayonlarini amalga oshirish, mediatorlarning malakasini oshirish va

ularning faoliyatini muvofiqlashtirishni ta'minlaydi. Bu hujjatlar mediatsiya sohasida yagona

yondashuvni shakllantirish, shaffoflik va qonuniylikni ta'minlashga xizmat qiladi.

Mediatorlarni tayyorlash tizimi uzluksizlik va sifat tamoyillari asosida qurilgan. Mediatorlar

uchun maxsus o'quv dasturlari ishlab chiqilgan bo'lib, ular nazariy bilimlarni o'zlashtirish

bilan birgalikda amaliy ko'nikmalarni rivojlantirishga qaratilgan. O'quv dasturlari xalqaro

tajribaga asoslanib, mediatorlik faoliyatida zarur bo'lgan psixologik, huquqiy va muloqot

ko'nikmalarini shakllantirishga alohida e'tibor beradi. Mediatorlarning malakasi doimiy

ravishda oshiriladi, bu esa ularning professional darajasini xalqaro standartlarga mos saqlash

imkonini beradi. Masalan, mediatorlar uchun treninglar, seminarlar va xalqaro

konferensiyalar tashkil etilib, ularda nizo yechishning ilg'or usullari o'rganiladi va tajriba

almashinadi.

Professional va noprofessional mediatorlar faoliyati qonuniy jihatdan aniq chegaralangan.

Professional mediatorlar maxsus sertifikatlash jarayonidan o'tadi va ularning faoliyati qat'iy

tartibga solinadi. Noprofessional mediatorlar esa qonunda belgilangan doirada faoliyat

yuritadi va ularning huquq va majburiyatlari aniq ko'rsatilgan. Har ikkala toifa

mediatorlarning javobgarligi qonuniy jihatdan mustahkamlangan bo'lib, bu mediatorlik

jarayonining adolatli va samarali bo'lishini ta'minlaydi. Mediatorlarning axloqiy kodeksi va

11

“Mediatsiya instituti rivojlanishining zamonaviy tendensiyalari va sud amaliyoti.” O‘zbekiston Milliy Axborot

Agentligi

(UZA),

https://uza.uz/oz/posts/mediatsiya-instituti-rivojlanishining-zamonaviy-tendensiyalari-va-sud-

amaliyoti_726614

12

O‘taxonov, Bahodir. “Davlat xususiylashtirish nizolarida sudlashmoqchi emas. Mediatsiya instituti kengayadi.”

Kun.uz

, May 18, 2024.

https://kun.uz/45285599


background image

Page 37

CENTRAL ASIAN JOURNAL OF MULTIDISCIPLINARY

RESEARCH AND MANAGEMENT STUDIES

Volume 2, Issue 7, July 2025

www.in-academy.uz

faoliyat prinsiplari ham qonunda mustahkamlangan bo'lib, bu ularning xolisligi va

mustaqilligini kafolatlaydi.

Mediatsiya institutining rivojlanishi O'zbekiston Respublikasida sud tizimiga tushadigan

yukni kamaytirish, nizolarni tez va samarali hal etish, shuningdek, jismoniy va yuridik

shaxslarning huquqlarini himoya qilishda muqobil yechimlar taklif etishga xizmat qilmoqda

Mediatsiya sohasining kelajakdagi rivojlanishi xalqaro tajribani o'rganish va uni mahalliy

sharoitlarga moslashtirish, mediatorlarning kasbiy malakasini yanada oshirish, shuningdek,

aholining mediatsiya haqidagi xabardorligini oshirishga qaratilgan. Xalqaro hamkorlikni

kengaytirish, xorijiy ekspertlar bilan tajriba almashish va ilg'or texnologiyalarni joriy etish

orqali mediatsiya instituti yanada mustahkamlanadi. Bu esa O'zbekiston Respublikasida

huquqiy madaniyatni rivojlantirish, nizolarni tinch yo'l bilan hal etish amaliyotini

kengaytirish va adliya tizimining samaradorligini oshirishga xizmat qiladi.

Xulosa qilib aytganda, O'zbekiston Respublikasida mediatsiya sohasi qonuniy, professional va

institutsional jihatdan mustahkam asosga ega bo'lib, uning rivojlanishi mamlakatda huquqiy

islohotlarning muhim yo'nalishi sifatida davom etmoqda. Mediatorlarning malakasini oshirish

va xalqaro tajribani joriy etish orqali ushbu soha yanada rivojlanib, jamiyatda adolatli va

samarali nizo yechish mexanizmi sifatida o'z o'rnini mustahkamlab boradi.

Biroq, xalqaro amaliyot bilan solishtirganda, mediatsiya institutining qo‘llanilish darajasi hali

ham past bo‘lib qolmoqda. Shuningdek, rivojlanish tendensiyalari ijobiy bo‘lib, huquqiy bazani

takomillashtirish, xalqaro hamkorlikni kuchaytirish, sud tizimi bilan integratsiyani

chuqurlashtirish yo‘nalishida katta ishlar amalga oshirilmoqda. Mediatsiya institutining

keljagi istiqbolli bo‘lib, nizolarni hal qilishning samarali, tezkor va konstruktiv usuli sifatida

jamiyatda o‘z o‘rnini mustahkamlashi kutilmoqda.

Keyingi bosqichda aholi o‘rtasida huquqiy savdollikni oshirish, mediatorlar sonini

ko‘paytirish va malakasini yuksaltirish, mediativ kelishuvlarning ijrosini ta'minlash

mexanizmlarini takomillashtirish orqali bu institutni yanada rivojlantirish maqsadga muvofiq.

Mediatsiya instituti O‘zbekiston jamiyatida nizolarni hal qilishning zamonaviy, samarali va

insonparvar vositasi sifatida o‘z o‘rnini mustahkamlashi shubhasiz.


background image

Page 38

CENTRAL ASIAN JOURNAL OF MULTIDISCIPLINARY

RESEARCH AND MANAGEMENT STUDIES

Volume 2, Issue 7, July 2025

www.in-academy.uz

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR ROʻYXATI

1.

O'zbekiston Respublikasining "Mediatsiya to'g'risida"gi O'RQ-482-sonli Qonuni. 2018-

yil 3-iyul.

https://lex.uz/docs/-3805227/

2.

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 17-iyundagi PQ-4754-sonli

"Nizolarni muqobil hal etishning mexanizmlarini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari

to'g'risida"gi

qarori.

Qonunchilik

ma'lumotlari

milliy

bazasi,

18.06.2020-y.,

07/20/4754/0771-son.

https://lex.uz/uz/docs/-4859436

/

3.

O'zbekiston Respublikasi Adliya vazirining 2019-yil 31-yanvardagi 54-mh-sonli

"Mediatorlarni tayyorlash dasturini tasdiqlash haqida"gi buyrug'i. Qonun hujjatlari

ma'lumotlari milliy bazasi, 01.02.2019-y., 10/19/3134/2554-son.

https://lex.uz/docs/-

4185961

/

4.

“Professional mediatorlar reyestriga kiritish bo‘yicha davlat xizmatlarini

ko‘rsatishning ma’muriy reglamentini tasdiqlash to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar

Mahkamasining qarori” № 544,

https://lex.uz/docs/6635484

/

5.

"Shavkat Mirziyoyev Mediatsiya to'g'risidagi qonunni imzoladi." Sputnik.uz, 2018-yil 4-

iyul.

https://oz.sputniknews.uz/20180704/Shavkat-Mirziyoev-Mediatsiya-trisidagi-qonunni-

imzoladi-8761063.html

/

6.

"Toshkentda yana bir markaz o'z faoliyatini boshladi." Xabar.uz, 2020-yil 30-sentyabr.

https://www.xabar.uz/uz/jamiyat/toshkentda-yana-bir-markaz-oz-faol

/

7.

Davletov, Ruslanbek. "Sudlarning ish yuklamalarini kamaytirish kerak." Kun.uz, 2019-

yil 14-dekabr.

https://kun.uz/58492373

/

8.

Mediation in EU countries | Germany

https://e-justice.europa.eu/topics/taking-legal-

action/mediation/mediation-eu-countries_en/

9.

The Austrian Law on Mediation in Civil Cases 2003

https://www.arbiter.com.sg/

pdf/laws/AustrianMediation Act2003.pdf

/

Библиографические ссылки

O'zbekiston Respublikasining "Mediatsiya to'g'risida"gi O'RQ-482-sonli Qonuni. 2018-yil 3-iyul. https://lex.uz/docs/-3805227/

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 17-iyundagi PQ-4754-sonli "Nizolarni muqobil hal etishning mexanizmlarini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi qarori. Qonunchilik ma'lumotlari milliy bazasi, 18.06.2020-y., 07/20/4754/0771-son. https://lex.uz/uz/docs/-4859436/

O'zbekiston Respublikasi Adliya vazirining 2019-yil 31-yanvardagi 54-mh-sonli "Mediatorlarni tayyorlash dasturini tasdiqlash haqida"gi buyrug'i. Qonun hujjatlari ma'lumotlari milliy bazasi, 01.02.2019-y., 10/19/3134/2554-son. https://lex.uz/docs/-4185961/

“Professional mediatorlar reyestriga kiritish bo‘yicha davlat xizmatlarini ko‘rsatishning ma’muriy reglamentini tasdiqlash to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori” № 544, https://lex.uz/docs/6635484/

"Shavkat Mirziyoyev Mediatsiya to'g'risidagi qonunni imzoladi." Sputnik.uz, 2018-yil 4-iyul. https://oz.sputniknews.uz/20180704/Shavkat-Mirziyoev-Mediatsiya-trisidagi-qonunni-imzoladi-8761063.html/

"Toshkentda yana bir markaz o'z faoliyatini boshladi." Xabar.uz, 2020-yil 30-sentyabr. https://www.xabar.uz/uz/jamiyat/toshkentda-yana-bir-markaz-oz-faol/

Davletov, Ruslanbek. "Sudlarning ish yuklamalarini kamaytirish kerak." Kun.uz, 2019-yil 14-dekabr. https://kun.uz/58492373/

The Austrian Law on Mediation in Civil Cases 2003 https://www.arbiter.com.sg/ pdf/laws/AustrianMediation Act2003.pdf