Авторы

  • Z.B. Djalilova
    Ingliz tilshunosligi kafedrasi Buxoro davlat universiteti
  • Z.J. Sadilloyeva
    Xorijiy tillar fakulteti talabasi

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.canrms.106014

Ключевые слова:

postmodernism. Intertekstullik kinoya simvolizm metahikoya.

Аннотация

Ushbu tezis jahon adabiyotda postmodernizm oqimini vujudga kelishi, yozuvchilarning postmodernizm haqidagi fikrlari shuningdek bu oqimning xususiyatlari haqida bayon qiladi.


background image

CURRENT APPROACHES AND NEW RESEARCH IN

MODERN SCIENCES

International scientific-online conference

90

POSTMODERNIZM VA UNING XUSUSIYATLARI

Z.B.Djalilova

Ingliz tilshunosligi kafedrasi

Buxoro davlat universiteti

z.b.djalilova@buxdu.uz

Z.J.Sadilloyeva

Xorijiy tillar fakulteti talabasi

https://doi.org/10.5281/zenodo.15661502

Anotatsiya:

Ushbu tezis jahon adabiyotda postmodernizm oqimini vujudga

kelishi, yozuvchilarning postmodernizm haqidagi fikrlari shuningdek bu
oqimning xususiyatlari haqida bayon qiladi.

Kalit s‘ozlar:

postmodernism. Intertekstullik, kinoya, simvolizm,

metahikoya.

Adabiyot tushunchasi asrlar davomida shakllangan, shuningdek haliyam

shakllanishda davom etayotgan bir okean hisoblanadi. Di Yanning takidlashicha,
adabiyot bu ijod namunasi ya’ni hikoyalar aytadigan, tuyg’ularni bayon qiladigan
va fikrlarni yaxshilab tekshirib ularni qo‘llab quvvatlaydigan ijodiy ishi.
Postmodernizm esa mana shu katta okeanning bir oqimi hisoblanadi.

Yozuvchilarning fikriga qaraganda, postmodernizm undan oldingi oqim

bo‘lmish modernizm doirasida namoyon bo‘lishi mumkin bo‘lmagan narsani
aynan namoyish orqali ilgari suradigan oqimdir . Postmoderniszm XX asrning
50-60yillarida shakllana boshlagan na falsafiy na badiiy yo‘nalish. U nisbiylik,
ironiya, fragmentatsiya va intertekstuallik kabi xususiyatlarga ega. Jean-
François Lyotardning fikricha, postmodernizm bu modernizmning davomi
bo‘lib, unga chambarchas bog‘liqdir. Faylasuf postmodernizmni avangard
timsolida tasvirlaydi, ya’ni har qanday davr uchun belgilangan an’analar va
qoidalarga qarshi chiqish sifatida namoyon bo‘ladi. Bu mavjud qoidalarni yo‘q
qilish va yangi asosda boshlash orqali amalga oshiriladi.

Postmodernizm oqimining aniq belgilangan tushunchasi yo‘qligini

isbotlash uchun Raymond Federman o’zining “Aunt Rachel’s Fur” asaridagi
qahramonini tavsiflab, “Postmodernizm oqimining tushunchasi aniq bo‘lmagan
va biz uni to‘liq tushunib olgunimizcha, uning yo‘q bo‘lib ketishi mumkinligidan
afsusda ekanligini ,”- deya asar qahramoni orqali ta’kidlaydi. Qahramon
postmodernizmga ko‘nikib undan zavq olganini lekin uning yo‘qolib
ketganligidan afsusdaligini aytadi va postmodernizmdan keyingi keladigan
davrni qanday atash mumkinligi haqida o‘ylab ko‘radi. Postmodernizm
allaqachon chegaralari noaniq bo‘lgan oqim edi, undan keyingi davr esa yanada
mavhum bo‘lib, uni na aniq tushuntirish, na izchil nomlash imkoni bor:


background image

CURRENT APPROACHES AND NEW RESEARCH IN

MODERN SCIENCES

International scientific-online conference

91

“postpostmodernizm” haddan tashqari murakkab va sun’iy tuyulsa,
“popomomo” esa jiddiylikdan yiroq bo‘lib,juda yengil va jiddiy emasdek
ko‘rinadi . Ya’ni bu bilan yozuvchi postmodernizmdan keyingi davrni atash
hattoki qiyinligini tushuntirib bergan hisoblanadi. Postmodernizmga aniqlik
yetishmaganidek undan keyin keladigan davrni ham aniq ta’riflab bo‘lmaydi.

Terry Eagletonning fikriga ko‘ra, “Postmodernizm shunday qo‘shma

hodisaki, uning bir qismi haqida aytilgan har qanday fikr deyarli boshqa bir
qismi uchun noto‘g‘ri bo‘lib chiqadi.” Olim bu bilan postmodernizm yagona
tushuncha emasligini ochib berib, undagi ba’zi qarashlar potmodernizmning
biror qismida to‘g‘ri bo‘lishi mumkin lekin boshqa bir qismiga to‘g‘ri
kelmasligini tushuntiradi. Postmodernizm universal haqiqatlarga shubha bilan
qaraydi, lekin shu bilan birga, ba’zi oqimlar o‘z haqiqatlarini ilgari suradi.
Masalan, postmodern san’at eksperimental va radikal bo‘lishi mumkin, lekin
postmodern arxitektura an’anaviy unsurlarni qayta ishlaydi.

Olimlarning fikridan kelib chiqqan holda aytishimiz mumkinki,

postmodernizm — bu aniq chegaralarga ega bo‘lmagan, doimiy o‘zgarib
turadigan va ziddiyatlarga to‘la hodisa. U modernizmning davomi bo‘lsa-da,
shunga qarshi chiqishi va eski qoidalarni buzib, o‘zini qayta yaratish orqali
mavjudlikni davom ettirishi mumkin. Postmodernizmning eng muhim
xususiyatlaridan biri shundaki, u aniq ta’rifga sig‘maydi, chunki uning ichida
turli va ba’zan bir-biriga zid qarashlar mavjud.

Umuman olganda, postmodernizmni tushunish uchun uni statik yoki qat’iy

chegara bilan o‘ralgan hodisa sifatida emas, balki harakatdagi, doimiy
o‘zgaruvchan jarayon sifatida ko‘rish kerak. Uning mohiyati aynan o‘zgarish va
turli yondashuvlarning doimiy kurashi bilan belgilanadi.

Postmodern adabiyotning asosiy maqsadi haqiqatni noaniqlik va noreallik

orqali aks ettirishdir. Undagi voqealar an’anaviy tartib va mantiqiy bog‘liqlikdan
uzoqlashgan holda, parchalangan va uzluksiz shaklda tasvirlanadi. Uning eng
muhim jihatlaridan biri intertekstuallik bo‘lib, unda bir adabiy asar boshqa bir
asarning asosiy g‘oyasiga asoslanib yoziladi. Yangi yozilgan kitob avvalgi
asarlarga murojaat qiladi va shu orqali ularning g‘oyalarini davom ettiradi yoki
yangicha talqin qiladi. Misol qilib aytadigan bo‘lsak, Set Grehem-Smitning
“Andisha va G’urur va Zombilar” asari Jeyn Ostinning “Andisha va G’urur ” asari
asosida yozilgan hisoblanadi. Jeyn Ostinning asarida 19-asrda insonlarning
ijtimoiy kelib chiqishi va iqtisodiy ahvoli ularning turmush qurushiga ta’sir
qilishi shuningdek, jamiyatda boy, qashshoq tabaqalar o‘rtasidagi farqlar
ko‘rsatilgan. Set Grehem-Smitning asarida hikoyaning asosiy qismi “Andisha va


background image

CURRENT APPROACHES AND NEW RESEARCH IN

MODERN SCIENCES

International scientific-online conference

92

G’urur” asari bilan bir xil qoladi, asl qahramonlarning fe’l atvori saqlanadi. Unga
zombi mavzusi qo’shilib, qahramonlar Angliyada tarqalgan epidemiyada
zombilarga qarshi kurashadi. Asarda 19-asr romantik uslubi va zamonaviy
harakat sahnalari aralashadi, bu esa kitobni hajviy va kulgili qiladi.

Shuningdek, postmodern adabiyotning asosiy xususiyatlaridan biri qora

yumor va kinoyadir. Unda zamonaviy texnologiyalarga shubha bilan qarash ham
uchraydi. Postmodern adabiyotda muallif “o‘lgan” hisoblanadi, ya’ni asar
yozuvchi nuqtayi nazaridan emas tavsiflanmay, o‘quvchi ixtiyoriga qo‘yiladi.
Yozuvchini to‘g‘ri tushunish va asarga ma’no berish bevosita o‘quvchining
dunyoqarashiga bog‘liq bo‘ladi. Postmodern asarlarni tushunish uchun o‘quvchi
ham muallifga aylanadi, ya’ni u matnni tushunib, uni o‘z talqiniga ko‘ra “yozib
chiqishi” kerak bo‘ladi.

Ramzlardan foydalanish ham postmodern adabiyotining muhim

jihatlaridan biri bo‘lib, unda har bir narsa o‘ziga xos metaforik ma’noga ya’ni
ko’chma ma’noga ega bo‘ladi. Bu o‘quvchidan chuqur fikrlashni, yashirin
ma’nolarni izlashni va o‘zi mustaqil tarzda xulosa chiqarishni talab qiladi. Haruki
Murakamining “1Q84” romani – postmodernizm ruhida yozilgan va ramziy
ma’nolarga boy asar bo‘lib, undagi yashirin simvollar haqiqatni anglash
jarayoniga chuqur ta’sir ko‘rsatadi. Asarning nomi ham o‘ziga xos ma’noga ega:
undagi “Q” harfi ingliz tilidagi question (savol) so‘zini ifodalashi yoki yapon tilida
“kyu” – ya’ni 9 raqamiga ishora qilishi mumkin. Bu esa haqiqatning mavhumligi
va noaniqligini ta’kidlaydi.Asardagi asosiy ramzlardan biri – osmondagi ikkita oy
bo‘lib, qahramon Aomame ushbu g‘ayritabiiy hodisa orqali muqobil dunyoga
tushib qolganini anglaydi. Bu motiv haqiqatning ikkiga ajralishi, insonning o‘z
olamidan uzilishi yoki yangi haqiqatga qadam qo‘yishini ifodalaydi. Mazkur
g‘oya Jorj Orvelning 1984 romaniga ham ishora bo‘lib, u yerda totalitarizm va
manipulyatsiya mavzulari o‘rtaga tashlanadi.

Parodiya va pastish (boshqa asarlarda ko’chirib yaratilgan asar):

Postmodern adabiyotda boshqa janr yoki uslublar taqlid qilinadi yoki kulgili
tarzda o‘zgaradi. Bunda eski adabiy shakllar qayta ishlanishi va hazil yoki
istehzo qo‘shilishi mumkin. Maqsad – mavjud janr va uslublarni savol ostiga
qo‘yish yoki ulardagi kamchiliklarni ko‘rsatish.

Metahikoya (meta-narrative): Hikoya ichida boshqa bir hikoyaga murojaat

qilinishi yoki muallifning bevosita asar tuzilishini sharhlashi postmodern
adabiyotning muhim xususiyatlaridan biridir. Masalan, Don Kixot asarida bosh
qahramon ritsarlik romanlarini o‘qib, o‘zini ana shu romanlarning qahramoni
sifatida tasavvur qiladi. Bu nafaqat adabiyotning inson ongiga ta’sirini ochib


background image

CURRENT APPROACHES AND NEW RESEARCH IN

MODERN SCIENCES

International scientific-online conference

93

beradi, balki asarning o‘zini ham adabiy jarayonning bir qismi sifatida namoyon
qiladi. Postmodern adabiyoti odamlarni haqiqat va katta tushunchalarni o‘z fikri
va hayotiy tajribasiga qarab tushunishga chaqiradi.

Xulosa qilib aytadigan bo‘lsak, postmodernizm – bu adabiyot va san’atga

yangicha qarash, eski qoidalarga bog‘lanmaslik va har narsani erkin talqin qilish
demakdir. Bu oqim haqiqatni bitta aniq tushuncha emas, balki har kim o‘zicha
anglaydigan narsa deb hisoblaydi. Fikrimizcha, postmodernizm insonni o‘zgacha
fikrlashga, hamma narsaga turli tomondan qarashga o‘rgatadi. Garchand,
postmodernizmning murakkab va chalkash tomonlari mavjud bo‘lsada, uning
o‘ziga xosligi, bu ironiyaga boyligi va turli asarlarning o‘zida mujassamlashtirishi
hamda ijod va fikrlash erkinligi uchun katta imkoniyat yaratishidadir .

Foydalanilgan adabiyotlar:

1Djalaldinova, M. Z. (2023). Ikkinchi Jahon urushidan keyin postmodernizmning
paydo bo‘lish xususiyatlari. Zenodo.p:9
2.Ferdinal,Seswita,&

Sandika,E.(2020).Introduction

to

literary

studies.CV.Panama Jemboan. p:165
3.Jean-François Lyotard.(1979) .The Postmodern Condition: A Report on
Knowledge .Minneapolis: University of Minnesota Press. p:144
4.Matthias Stephan.(2019).Defining literary postmodernism for the twenty-first
century. Springer nature Switzerland . p:206
5. Quronov D. (2010). Adabiyotshunoslik lug‘ati. Toshkent: Akademnashr.
6.Ulug’bek.Hamdamov.(2020)Jahon Adabiyoti.Modernizm va Postmodernizm
Toshkent: Akademnashr.p:145
7.https://cyberleninka.ru/article/n/jahon-adabiyotida-postmodernizmning-
kelib-chiqishi-tarixi-va-hozirgi-holati/viewer.
8..https://prezi.com/p/uas4ulrjnowt/postmodernism/
9.https://www.tate.org.uk/art/art-
terms/p/postmodernism#:~:text=While%20modernism%20was%20based%2
0on,are%20universal%20certainties%20or%20truths

Библиографические ссылки

Djalaldinova, M. Z. (2023). Ikkinchi Jahon urushidan keyin postmodernizmning paydo bo‘lish xususiyatlari. Zenodo.p:9

Ferdinal,Seswita,& Sandika,E.(2020).Introduction to literary studies.CV.Panama Jemboan. p:165

Jean-François Lyotard.(1979) .The Postmodern Condition: A Report on Knowledge .Minneapolis: University of Minnesota Press. p:144

Matthias Stephan.(2019).Defining literary postmodernism for the twenty-first century. Springer nature Switzerland . p:206

Quronov D. (2010). Adabiyotshunoslik lug‘ati. Toshkent: Akademnashr.

Ulug’bek.Hamdamov.(2020)Jahon Adabiyoti.Modernizm va Postmodernizm Toshkent: Akademnashr.p:145