Авторы

  • Husanboy Sultonova

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.canrms.106025

Ключевые слова:

Ilk davlatchilik Xorazmshohlar davlati Baqtriya podsholigi Dovon davlati Qang‘ davlati So‘g‘d davlati Kushonlar davlati quldorlik feodalizm qabila urug‘ qal’alar nomi va ta’rixi Ilk davlatlar Qadimgi O‘zbekiston Davlat tashkil topishi So‘g‘diyona Qadimgi tsivilizatsiyalar Zardushtiylik dini Arxeologik topilmalar Davlat boshqaruvi tizimi Ijtimoiy-iqtisodiy tuzum Markazlashgan hokimiyat Yozuv va hujjat yuritish Sharq madaniyati Qadimgi shahar hayoti Geosiyosiy holat Harbiy-siyosiy tizim Mahalliy boshqaruv organlari .

Аннотация

Hududimizda ilk davlatlarning paydo bo‘lishi. Qadimiy davlatlarning nomlari va ichki va tashqi siyosati to‘g‘risida ma’lumotlar berish. Har bir davlatning rivojlanishi, o‘z taraqqiyotiga va inqiroziga ta’sir qilgan omillarni to‘liq ochib berish. Hududimizda joylashgan qal’alar va ularning o‘z davridagi istiqbollariga nazar solish.


background image

CURRENT APPROACHES AND NEW RESEARCH IN

MODERN SCIENCES

International scientific-online conference

40

O‘ZBEKISTON HUDUDIDA ILK DAVLATLARNING VUJUDGA

KELISHI JARAYONLARI TARIXI

Sultonova Husanboy Qahramon oʻgʻli

Tel. raqam: + 998901137071

Elektron pochta: sultonovhusanboy08@mail.com

https://doi.org/10.5281/zenodo.15631297

Annotatsiya

Hududimizda ilk davlatlarning paydo bo‘lishi. Qadimiy davlatlarning

nomlari va ichki va tashqi siyosati to‘g‘risida ma’lumotlar berish. Har bir
davlatning rivojlanishi, o‘z taraqqiyotiga va inqiroziga ta’sir qilgan omillarni
to‘liq ochib berish. Hududimizda joylashgan qal’alar va ularning o‘z davridagi
istiqbollariga nazar solish.

Kalit so‘zlar:

Ilk davlatchilik, Xorazmshohlar davlati, Baqtriya podsholigi,

Dovon davlati, Qang‘ davlati, So‘g‘d davlati, Kushonlar davlati, quldorlik,
feodalizm, qabila, urug‘, qal’alar nomi va ta’rixi, Ilk davlatlar, Qadimgi
O‘zbekiston, Davlat tashkil topishi, So‘g‘diyona, Qadimgi tsivilizatsiyalar,
Zardushtiylik dini, Arxeologik topilmalar, Davlat boshqaruvi tizimi, Ijtimoiy-
iqtisodiy tuzum, Markazlashgan hokimiyat, Yozuv va hujjat yuritish, Sharq
madaniyati, Qadimgi shahar hayoti, Geosiyosiy holat, Harbiy-siyosiy tizim,
Mahalliy boshqaruv organlari .

Annotatsiya

The emergence of the first states in our territory. Providing information

about the names of ancient states and their internal and foreign policies. Fully
revealing the factors that influenced the development of each state, its progress
and crisis. A look at the fortresses located in our territory and their prospects in
their time.

Keywords:

Early statehood, Khorezm, Bactria, the Dawan state, the Kang

state, the Sogdian state, the Kushan state, slavery, feudalism, tribes, clans, names
and history of fortresses.

Аннотация

Возникновение

первых

государств

на

нашей

территории.

Предоставление информации о названиях древних государств и их
внутренней и внешней политике. Полное раскрытие факторов,
повлиявших на развитие каждого государства, его прогресс и кризис.
Взгляд на крепости, расположенные на нашей территории и их
перспективы в свое время.

Ключевые слова:

Ранняя государственность, Хорезм, Бактрия,

государство Давань, государство Канг, Согдийское государство,


background image

CURRENT APPROACHES AND NEW RESEARCH IN

MODERN SCIENCES

International scientific-online conference

41

государство Кушан, рабство, феодализм, племена, роды, названия и
история крепостей.

O‘zbekiston davlatchiligi borasida gap ketganda ayni Qadimgi Xorazm va

Qadimgi Baqtriya davlati nafaqat O‘zbekiston, balki O‘rta Osiyo hududidagi ilk
davlatlardan sanalishini aytishimiz mumkin. Albatta, har bir fan davlatchilik
tushunchasiga o‘z aspekti doirasida ta’rif berishga harakat qiladi. Masalan,
falsafiy kitoblarning ayrimlarida davlatga berilgan ta’rifda quyidagi mazmundagi
so‘zlar bor: “Jamiyatni tartibga solib turuvchi va boshqaruvchi siyosiy
tashkilotga davlat deyiladi” yoki siyosatshunoslikka oid manbalarda “Jamiyatni
boshqaruvchi va qonun bilan kafolatlovchi siyosiy tashkilotga davlat deyiladi”
deyilgan. Tarixiy nuqtai nazardan aytganda davlat deb - muayyan boshqaruv
apparatiga ega bo‘lgan, mavjud qatlamlar manfaatini himoya qiluvchi tuzilmaga
davlat deyiladi. Bugungi kunda ham davlatlar o‘z tasarrufidagi qatlamlar -
ziyolilar, tadbirkorlar, nafaqaxo‘rlar, talabalar, dehqon va ishchilarni qonuniy
himoya qiladi. Demak, qadimgi davrlar davlatlarida o‘ziga xos boshqaruv shakli
bo‘lib, mavjud qatlamlarni himoya qilgan. Biroq tarixning guvohlik berishicha,
qadimgi davlatlarda ko‘proq amaldorlar (quldorlikda quldorlar, feodalizmda
katta yer egalari va h. k.) manfaati himoya qilingan.

Har bir davlat o‘z davlatchilik tarixiga ega. O‘zbekiston hududida ham

qadimgi davrlardan boshlab davlatchilik poydevoriga asos solingan. Bizda
davlatchilikka xos boy tarixiy tajriba mavjud bo‘lib, bu juda olis davrlarga borib
taqaladi. Albatta, davlatlar o‘z - o‘zidan paydo bo‘lmagan, buning o‘ziga xos
omillari mavjud. Ayni O‘zbekiston hududida davlatchilik poydevori temir asri,
ya’ni 1 - mingyillik bilan chambarchas bog‘liq. Chunki bu davrda
hunarmandchilik yanada rivojlandi, dehqonchilik gurkirab o‘sdi. Temirdan
yasalgan mehnat qurollarining keng tarqalishi mehnat unumdorligini oshirdi. Bu
davr temirchi kasbining paydo bo‘lishi va temirchilikning ixtisoslashuvi bilan
xarakterlanadi. Bu hol ishlab chiqarishning yanada ilg‘or usullariga o‘tish va
ikkinchi mehnat taqsimotining paydo bo‘lishi uchun sharoit yaratdi. Ikkinchi
ijtimoiy mehnat taqsimoti bu - hunarmandchilikning alohida ajralib chiqishi va
ixtisoslashuvi. Urug‘, jamoasi hududiy qo‘shnichilik jamoasiga aylana bordi.
Yangi yerlar va suv manbalari uchun qabilalar o‘rtasida doimo
kelishmovchiliklar bo‘lib turgan. Qabila chegaralarini qo‘riqlash, yangi yerlarni
o‘zlashtirish va boshqa qabilalar ustiga yurish qilish maqsadida qabilaviy harbiy
ittifoqlar tashkil topa boshlagan. Bunday ittifoqlar tepasida urug‘, qabila
boshliqlari turganlar. Ular o‘z obro‘si va ta’siri bilan mashhur kishilardan
saylangan. Mil. avv. 1 - mingyillik boshlarida Markaziy Osiyo aholisi to‘rt


background image

CURRENT APPROACHES AND NEW RESEARCH IN

MODERN SCIENCES

International scientific-online conference

42

guruhga bo‘lingan: zodagonlar, harbiylar, ziroatchilar va hunarmandlar.
Xo‘jalikning ishlab chiqaruvchi shakllari bo’lgan dehqonchilik va chorvachilik,
shuningdek hunarmandchilik va mol ayirboshlashning rivojlanishi urug‘ va
qabilalar ichida ayrim to‘q oilalarning vujudga kelishiga olib keldi. Muntazam
bo‘lib turadigan harbiy to‘qnashuvlar sharoitida urug‘ - qabila boshliqlarining
ta’siri kuchayadi. Jamiyat endi harbiy demokratiya qonun - qoidalariga asosan
yashay boshlaydi. Harbiy demokratiya - davlatga o‘tish davrining boshqaruv
shaklidir. Uni harbiy va qabila boshliqlari boshqarganlar. Davlatlar paydo
bo‘lishining formulasini quyidagicha belgilash mumkin: Qabila - urug‘ - hududiy
qo‘shnichilik jamoasi – davlat hisoblangan. Shunday qilib, davlatlar tashkil
topishidagi omillar quyidagilardan iborat bo‘ldi: ikkinchi mehnat taqsimotining
paydo bo‘lishi; mulkiy tengsizlik (ayrim kishilarning boyib ketishi).

Hozirgi O‘zbekiston hududidagi ilk davlat birlashmalari Qadimgi Xorazm va

Qadimgi Baqtriya davlatlaridir. Qadimgi Xorazm - mil. avv. 1 - mingyillikning VIII
- VI asrlarida tashkil topgan. Bu davlat Xorazmdan tashqarida bo‘lgan yerlarni
birlashtirgan. Qadimgi Xorazm markazlaridan biri Ko‘zaliqir shahri bo‘lgan. U
qalin mudofaa devorlari bilan o‘ralgan. Uning dehqonchilik bilan mashg‘ul
bo’lgan aholisi turli xil uy - qo‘rg‘onlarda va qishloqlarda yashaganlar. Qadimgi
Xorazmda hunarmandchilik, binokorlik va savdo sotiq yuksak darajada
rivojlangan. Baqtriya - hududi hozirgi Surxondaryo viloyati, janubiy Tojikiston
va Shimoliy Afg‘oniston. Bu davlat ham mil. av. VIII - VI asrlarda tashkil topgan.
Baqtriyaning tarkibiga aynan Baqtriyadan tashqari Marg‘iyona va So‘g‘diyona
ham kirgan. Shuning uchun u qadimgi bir - biriga qarindosh bo‘lgan elatlarning
davlat birlashmasi deyilgan. Bu davlatning aholisi asosan dehqonchilik,
chorvachilik va savdo bilan shug‘ullangan. Baqtriyaning shahar xarobalariga
Qiliztepa, Uzunqir, Bandixon va boshqalar kirgan. Mil. avv. 530 yilda Eron
ahamoniylaridan bo‘lgan Kir II massagetlarga qarshi hujum qiladi. U malika
To‘maris bilan to‘qnashadi va undan yengiladi. Undan so‘ng yana Eron
ahamoniylaridan bo‘lgan Doro I mil. avv. 519 - yilda saklarga qarshi hujum qiladi
va uning ham yurishi muvaffaqiyatsiz tugaydi. Lekin ahamoniylar ayrim bosib
olingan mamlakatlarni alohida viloyat - satrapliklarga bo‘lib boshqaradilar.
Satrap forscha “xshatra” ya’ni “viloyat” degan ma’noni anglatadi. Markaziy
Osiyoning bosib olingan viloyatlari uch satraplikka bo‘linadi.

Mil. avv. V - IV asrlarda Markaziy Osiyo hududida dastlabki ahamoniylar

tanga pullari tarqalgan. Mil. avv. 329 yilda Makedoniyalik Iskandar Markaziy
Osiyoga hujum qiladi. Greklarga qarshi Spitamen mardonovar kurashgan.
Aleksandr Makedonskiy Markaziy Osiyoning ko‘plab joylarini bosib oldi va 12 ta


background image

CURRENT APPROACHES AND NEW RESEARCH IN

MODERN SCIENCES

International scientific-online conference

43

shahar qurdirgan. U bu yerda 3 - yil hukmroklik qilgan. Uning vafotidan so‘ng
Markaziy Osiyo yerlarida Salavkiylar davlati tashkil topgan. Shu davrlardan
boshlab ellinistik madaniyat tarkib topgan. Ellinlashtirish - Sharqqa yunon
madaniyatining yoyilishi jarayoni, aralash madaniyatning - yunon va mahalliy
sharq madaniyatining tashkil topish jarayoni. Mil. avv. III asr o‘rtalarida, ya’ni
250 yilda Baqtriya va Parfiya Salavkiylar davlati tarkibidan ajralib chiqadi va
Yunon - Baqtriya deb ataladi. Uning hukmdorlari greklar bo‘lib, birinchi shohi
Diodot bo‘lgan. Parfiyada esa hokimiyat Mitridat I qo‘liga o‘tgan. Mitridat I
Marg‘iyonani bosib olgan, uning tarixi ko‘proq Arshakiylar davri bilan bog‘liq. Bu
vaqtda So‘g‘diyona ham Baqtriya tarkibidan ajralib chiqadi. Yunon - Baqtriya
davlati 120 yil yashaydi.

A. Makedonskiydan keyingi davrlarda, ya’ni mil. avv. III asrlarda Markaziy

Osiyoda bir qancha davlatlar tashkil topadi. Ular quyidagilar: Dovon davlati -
mil.av. III asrdan to milodning II asrlarigacha mavjud bo‘lgan. Uning hududi
hozirgi Farg‘ona vodiysi bo‘lib, Andijon va Namangan ham kirgan. Bu davlat
tarixi ko‘proq Xitoy manbalarida uchraydi, uning boshqa ataladigan nomlari-
Parkana, Boxon, Polona bo‘lgan. U o‘zining uchqur samoviy otlari va vinosi bilan
mashhur bo‘lgan. Xitoyliklar bu davlatga tez - tez hujum qilib turgan va har gal
ularni samoviy otlar bilan o‘lpon to‘lashga majbur etgan. Bu davlatning iqtisodiy
asosini bog‘dorchilik, yilqichilik, dehqonchilik, hunarmandchilik va savdo tashkil
etgan. Dovon davlatining poytaxti Ershi shahri bo‘lib, u hozirgi Andijon
viloyatining Marhamat tumaniga to‘g‘ri keladi. Uning Uchqo‘rg‘on. Sho‘rabashat
kabi shaharlari mavjud bo‘lgan. Qang‘ davlati - bu davlatga mil. avv. III asrlarda
saklar asos solgan. U Xitoy manbalarida Qang‘yuy deb atalgan. Uning poytaxti
hududlari hozirgi Toshkent viloyatining Oqqo‘rg‘on tumaniga to‘g‘ri kelib,
Qang‘dez nomi bilan yuritilgan. Keyinchalik u o‘zining hududlarini kengaytirgan.
Xitoyliklar bu shaharni Bityan deb atashgan. Mil. avv. II asr oxirlarida ular eng
qudratli davlatga aylanadi. Aslida Qang‘ so‘zi ularning turmush tarzidan kelib
chiqqan bo‘lib, “arava” yoki “aravaga ortilgan yuk”, ayrim manbalarda esa ular
Sirdaryo bo‘ylariga yaqin yashaganligi uchun “daryo”, “suv” degan ma’noni
bildiruvchi ikkinchi mazmunga ham ega bo‘lganligi bayon qilinadi. Qang‘liklar
Toshkent viloyati vohalarida asosan dukkakli o‘simliklarni ekish, undan tashqari
savdo va hunarmandchilik bilan shug‘ullanganlar. Milodning 3 asriga kelib
Eftalitlar tomonidan parchalanib ketadi.

So‘g‘d davlati - bu davlat mil. avv. 250 - yillarda Baqtriya tarkibidan ajralib

chiqadi. Uning hududi hozirgi Qashqadaryo va Zarafshon vohalari, Samarqand,
Buxoro va Navoiy viloyatlariga to‘g‘ri keladi (Ungacha bu hududlar Baqtriya


background image

CURRENT APPROACHES AND NEW RESEARCH IN

MODERN SCIENCES

International scientific-online conference

44

tarkibida bo‘lgan). Uning aholisi asosan bog‘dorchilik, polizchilik, dehqonchilik,
chorvachilik, savdo va hunarmandchilik bilan shug‘ullangan. Uning shahar
xarobalaridan biri-Afrosiyobdir. Xorazm - mil. avv. IV asrda bu davlat
ahamoniylardan mustaqil davlatga aylanadi. Biroq bu davlatni A. Makedonskiy
bosib ololmagan. Shuning uchun bu davlat o‘ziga xos an’ana va madaniyatni
saqlab qolgan. Uning yodgorliklari - Jonbosqal’a. Qo‘yqirilganqal’a, Oybuyirqal’a
va Tuproqqal’adir. Tarixchi olimlar Qo‘yqirilganqal’adan aylana shaklida
qurilgan ibodatxona qoldiqlari topishgan. Astronom olimlar fikricha, bu yerda
ulkan rasadxona bo‘lgan. Shuningdek, Oybuyirqal’adan xum sirtiga chekilgan
mahalliy yozuv namunalarini topishdi. Qo‘yqirilganqal’adan ham ba’zi yozuv
namunalari topilgan bo’lib, bu ularda o‘zlarining mahalliy yozuvlari
bo‘lganligidan dalolat beradi. Xorazm davlatining iqtisodiy asosini savdo,
sholikorlik, chorvachilik, hunarmandchilik tashkil etgan.

Kushonlar saltanati - mil. avv. 140 - 130 yillarda yuechji qabilari shimoli -

sharqdan kelib, Yunon - Baqtriya davlatiga yunonlar zulmidan ozod bo‘lishiga
yordam berdilar va shu yerda o‘rnashib qoldilar. Beshta hokimlik - Guyshuan,
Shuanmi, Xisi, Xyumi, Xuanmilarni birlashtirgan Kudzula Qadfiz I bu davlatga
asos soladi. Ularning bu yerdagi dastlabki poytaxti Dalvarzintepa (Surxondaryo
viloyati) bo‘lgan. Keyinchalik Kanishka davrida poytaxt Peshovarga ko‘chiriladi.
Chunki ular sarhadlarini Hindistongacha kengaytiradi. Kushonlar davrida
tangalar oltin, kumush va misdan zarb qilingan. Bu davlat o‘sha davrlarning eng
taraqqiy etgan davlatlari - Rim, Gretsiya, Xitoy, Eron, Hindiston kabi davlatlar
bilan elchilik munosabatlarini yo‘lga qo‘ydi. Tarixchi olimlar yaqinda
Skandinaviya yarim orolidan Kushonlar saltanatiga xos tanga pullarni topishgani
bu davlatning boshqa davlatlar bilan savdo va diplomatik munosabatlari
mustahkam bo‘lganligini anglatadi. Kushonlar saltanatining madaniy
yodgorliklariga - Xolchayon, Dalvarzintepa, Dalvarzin, Ayritom, Zartepa va
Qoratepalar kiradi. Bu davlatda ijtimoiy sohaning hamma turlari - savdo,
hunarmandchilik, zargarlik, me’morchilik (suyak va yog‘och o‘ymakorlik),
hakkoklik (metallga naqsh tushirish), chorvachilik, dehqonchilik yaxshi rivoj
topgan. Bu davlat rivojlangan quldorlik davlati bo’lib, feolizm kurtaklari
namoyon bo‘la boshlagan edi. Kushonlar saltanati eftalitlar tomonidan inqirozga
yuz tutdi.

Vatanimiz hududida milodiy IV asrlardan boshlab feodal munosabatlar

tarkib topa boshlaydi. “Feod” yer degan ma’noni anglatib, bu davrlardan boshlab
yerga egalik qilishning mavqei ortib boradi. Ilgarilari hunarmandchilik yetakchi
bo‘lgan bo‘lsa, endi yeri bor zamindorlar mulkdor va boy kishilar hisoblangan.


background image

CURRENT APPROACHES AND NEW RESEARCH IN

MODERN SCIENCES

International scientific-online conference

45

Bu davrda “dehqon” degan tushuncha “qishloq hokimi” degan ma’noni
anglatgan. Hududimizda zaiflashib borayotgan Qang‘ va Kushonlar saltanatidan
asta - sekin ilk mustaqil feodal davlatlar ajralib chiqa boshlaydi. Bu davlatlarga
Xorazm, So‘g‘d, Toxariston, Choch va Eloq, Farg‘ona kabi hokimliklar kirgan. Bu
davlatlar hokimlari So‘g‘d va Farg‘onada - ixshidlar, Toxaristonda - malikshohlar,
Xorazmda - xorazmshohlar, Choch va Eloqda - budun va dehqonlar deb atalgan.
Mahalliy davlatlardan tashqari vatanimiz hududida Yettisuv va Sharqiy
Turkistondan kelgan ko‘chmanchi chorvadorlarning Xiyoniylar, Sharqiy
Sirdaryo va Orol bo‘ylari orqali kelgan ko‘chmanchi chorvador Kidariylar va
Eftalitlar ham o‘z ma’lum bir muddat davlatchiligini barpo etgan. Undan
tashqari, V asrning ikkinchi va VI asrning birinchi yarmida Oltoy va Janubiy
Sibirdagi turklar birlashib, 558 yildan hududimizga kelib, uni egallaydi. Shu
davrdan boshlab Turk hoqonligi davri boshlanadi. Vatanimiz davlatchiligi
tarixida arablardan keyingi davr ham muhim o‘rin tutadi. O‘rta asrlarda, ya’ni IX
asrlardan boshlab arab xalifaligidan bir qancha mustaqil davlatlar ajralib
chiqadi. Bu davlatlarga - Somoniylar, Qoraxoniylar, Saljuqiylar, G‘aznaviylar,
Xorazmshohlar kabilar kiradi. Bu davlatlarning taraqqiyot davri Sharqda uyg
Azamat Ziyo uyg‘onish davri deb ataydi. Uyg‘onish davrida ilm - fan, san’at,
adabiyot, me’morchilik, musiqa va san’atning boshqa turlari keng rivoj topdi va
bu jarayonlar davlatlar yuksalishiga ijobiy ta’sir qildi.

Xulosa

Xulosa qilib aytganda, bizning jonajon diyorimizda ham bir necha yillar

muqaddam davlatchilik poydevori qo‘yilgan va ular o‘z davrining yuksak
taraqqiyot cho‘qqisiga yetgan. Qolaversa, ular boshqa davlatlar davlatchiligida
o‘ziga xos poydevor bo‘la olgan. Aytishimiz mumkinki, vatanimiz nafaqat ilm -
fan, san’at va amaliy hunarmandchilik markazi, balki dunyoga dong‘i ketgan
davlatchilik tarixiga ega mamlakat hisoblanadi. O‘zbekiston hududi qadimdan
Sharq sivilizatsiyasining muhim markazlaridan biri bo‘lib, bu yerda ilk
davlatlarning vujudga kelishi murakkab ijtimoiy, iqtisodiy va siyosiy jarayonlar
natijasi bo‘lgan. Qang‘ davlati, Baqtriya, So‘g‘d, Xorazm kabi qadimgi davlatlar
O‘rta Osiyoning taraqqiyotida beqiyos o‘rin egallagan.

Bu davlatlar nafaqat hududiy, balki madaniy, diniy va boshqaruv tizimi

jihatdan ham yuksak bosqichlarga ko‘tarilgan. Arxeologik topilmalar, yozma
manbalar va tarixiy yodgorliklar orqali ma’lum bo‘lishicha, O‘zbekiston
hududidagi ilk davlatlar markazlashgan boshqaruv, soliq tizimi, harbiy tuzilma
va qonun - qoidalarning shakllanishiga asos bo‘lgan. Bu esa mintaqada mustaqil
va barqaror siyosiy tuzilmalar rivojiga zamin yaratdi. Shunday qilib, O‘zbekiston


background image

CURRENT APPROACHES AND NEW RESEARCH IN

MODERN SCIENCES

International scientific-online conference

46

hududida ilk davlatlarning vujudga kelishi - bu milliy davlatchilik tarixining
ildizlari, xalqimizning qadimiy davlat tuzish madaniyatining muhim bosqichidir.
Bu meros hozirgi kunda Yangi O‘zbekiston taraqqiyotida tarixiy asos va ruhiy
kuch manbai bo‘lib xizmat qilmoqda.

Adabiyotlar:

1. Mirziyoyev Shavkat Miromonovich Tanqidiy tahlil, qat’iy tartib - intizom va
shaxsiy javobgarlik har bir rahbar faoliyatining kundalik qoidasi bo‘lishi kerak.
“O‘zbekiston” T 2017 - yil
2. Sagdullayev A. S. O‘zbekiston tarixi I kitob “Donishmand ziyosi” Toshkent,
2021
3. Murtazaeva, R. X O‘zbekiston tarixi. “Yangi avlod” Toshkent, 2003
4. Azamat Ziyo “O‘zbek davlatchiligi tarixi” 2000 - yil
5. Iso Jabborov “Ko‘xna xarobalar siri”. T 1961 - yil
6. Академик Э. В. Ртвеладзе Кушанское Царство: Династии, Государство,
Народ, Язык, Письменность, Религии T 2019 - yil
7. Ergashev, Q, Hamidov. H. O‘zbekiston tarixi G‘afur G‘ulom nomidagi nashriyot-
matbaa ijodiy uyi Toshkent, 2015 - yil
8. Usmonov, Q. Sodiqov M, Burxonova. S. O‘zbekiston tarixi Toshkent “Iqtisod -
moliya” 2016 - yil.
9. Anvar To‘rayev - O‘zbekiston hududida qadimgi davlat va davlat
muassasalarining vujudga kelishi. Modern Science and Research xalqaro ilmiy
jurnali. 2025 - yil
10. O‘zbekiston hududida qadimgi davlatlarning vujudga kelishi va huquqiy
munosabatlarning shakllanishi. Arxiv.uz ilmiy portalining huquqshunoslik
bo‘limi. 2019 - yil
11. O‘zbekiston hududida qadimgi davlatlar va muassasalarining vujudga kelishi
Arxiv.uz ilmiy portalining tarix bo‘limi. 2024 - yil.

Библиографические ссылки

Mirziyoyev Shavkat Miromonovich Tanqidiy tahlil, qat’iy tartib - intizom va shaxsiy javobgarlik har bir rahbar faoliyatining kundalik qoidasi bo‘lishi kerak. “O‘zbekiston” T 2017 - yil

Sagdullayev A. S. O‘zbekiston tarixi I kitob “Donishmand ziyosi” Toshkent, 2021

Murtazaeva, R. X O‘zbekiston tarixi. “Yangi avlod” Toshkent, 2003

Azamat Ziyo “O‘zbek davlatchiligi tarixi” 2000 - yil

Iso Jabborov “Ko‘xna xarobalar siri”. T 1961 - yil

Академик Э. В. Ртвеладзе Кушанское Царство: Династии, Государство, Народ, Язык, Письменность, Религии T 2019 - yil

Ergashev, Q, Hamidov. H. O‘zbekiston tarixi G‘afur G‘ulom nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyi Toshkent, 2015 - yil

Usmonov, Q. Sodiqov M, Burxonova. S. O‘zbekiston tarixi Toshkent “Iqtisod - moliya” 2016 - yil.

Anvar To‘rayev - O‘zbekiston hududida qadimgi davlat va davlat muassasalarining vujudga kelishi. Modern Science and Research xalqaro ilmiy jurnali. 2025 - yil

O‘zbekiston hududida qadimgi davlatlarning vujudga kelishi va huquqiy munosabatlarning shakllanishi. Arxiv.uz ilmiy portalining huquqshunoslik bo‘limi. 2019 - yil

O‘zbekiston hududida qadimgi davlatlar va muassasalarining vujudga kelishi Arxiv.uz ilmiy portalining tarix bo‘limi. 2024 - yil.