CURRENT APPROACHES AND NEW RESEARCH IN
MODERN SCIENCES
International scientific-online conference
53
O‘ZBEK XALQINING BAG‘RIKENGLIK AN’ANASI VA UNING
IJTIMOIY AHAMIYATI
Abduraimov Eldor Qurbonboy o’g’li
Oʻzbekiston-Finlandiya pedagogika
instituti o’qituvchisi
https://doi.org/10.5281/zenodo.15730551
Annotatsiya.
Ushbu maqolada o‘zbek xalqining qadimiy bag‘rikenglik
an’anasi, uning tarixiy ildizlari va bugungi ijtimoiy hayotdagi o‘rni tahlil qilinadi.
O‘zbek jamiyati asrlar davomida turli din va madaniyat vakillarini o‘z bag‘riga
sig‘dirib, o‘zaro hamjihatlik, diniy totuvlik va ijtimoiy barqarorlik muhitini
yaratgan. Maqolada zardushtiylik, islom va boshqa diniy-falsafiy oqimlarning
bag‘rikenglik tamoyillariga qo‘shgan hissasi yoritiladi. Shuningdek, bugungi
kunda millatlararo totuvlik va diniy erkinlikni ta’minlashda bu qadriyatlarning
nechog‘li dolzarb ekani ko‘rsatib beriladi. Milliy va umuminsoniy qadriyatlar
uyg‘unligi, ma’naviy merosning tiklanishi, konstitutsiyaviy asoslarda barqaror
jamiyat qurish yo‘lidagi sa’y-harakatlar alohida tahlil qilinadi.
Kalit so’zlar.
Bag‘rikenglik an’anasi, o‘zbek xalqining ma’naviy qadriyatlari,
diniy totuvlik, millatlararo hamjihatlik, ijtimoiy barqarorlik, zardushtiylik
ta’limoti, islomiy insonparvarlik, milliy va umuminsoniy qadriyatlar uyg‘unligi,
Konstitutsiyaviy huquqlar, ma’naviy merosning tiklanishi.
Insonparvarlik millatimiz ma’naviyatining ajralmas qismi, milliy o‘zligining
asosiy negizidir. Insonparvarlik ko‘p qirrali tushuncha bo‘lib, o‘z ichiga
millatlararo totuvlik, ijtimoiy va diniy bag‘rikenglik, o‘zaro hamkorlik,
oliyjanoblik, sahiylik kabi ma’naviy-axloqiy xususiyatlarni qamrab oladi. Milliy
mafkura millati, tili va dinidan qat’iy nazar, har bir fuqaroni yagona Vatan baxt-
saodati uchun, buyuk kelajak va ulug‘vor maqsadlar sari birlashtirish yo‘lida
asosiy g‘oyaviy kuch sifatida o‘rin tutadi.
Mamlakatimiz Birinchi Prezidenti Islom Karimov milliy va diniy
bag‘rikenglikning, turli din vakillari o‘rtasidagi totuvlikning tarixiy ildizi, tabiiy-
iqtisodiy omillari haqida shunday yozadi: “Bu zaminda istiqomat qiladigan
xalqlarning tarqoq bo‘lib yashashga imkoni yo‘q edi. Tabiatning o‘zi, hayotning
o‘zi ularni shu ruhda tarbiyalagan”, “Jamuljam bo‘lib yashash tuyg‘usi biz uchun
hayot qoidasiga aylanib ketgan”.
1
Shu muqaddas ona diyorimiz hududida paydo bo‘lgan dastlabki diniy
tasavvurlarda, keyinchalik Markaziy Osiyo, Eron va boshqa hududlarga keng
yoyilgan zardushtiylik ta’limotida yer, suv, havo, olov hayot manbalari sifatida
e’zozlangan.
1
Каримов И.А. Юксак маънавият-енгилмас куч. -Т.: -2008.- б.б.10-11
CURRENT APPROACHES AND NEW RESEARCH IN
MODERN SCIENCES
International scientific-online conference
54
Zardushtiylik ta’limoti yaxshilik va yomonlik o‘rtasidagi kurash hamda
ezgulikning tantana qilishi bilan ifodalanadi. Shu sababli zardushtiylikning
axloqiy asosini uchta narsa – ezgu fikr, ezgu so‘z va ezgu amal tashkil etadi.
Zardushtiylik jamiyatda odamlar tinch-totuv yashashining, bir-biriga
samimiy, hurmat-izzat asosida munosabatda bo‘lishining, bir-biriga o‘zaro
yordam
ko‘rsatish
tarafdori
bo‘lib,
zo‘ravonlikka,
shafqatsizlikka,
shuhratparastlikka, kibr-havoga berilmaslik, axloq me’yorlari va qonunlariga
rioya qilish, hasad, tuhmat, jahlga yo‘l qo‘ymaslik, aytilgan so‘zning ustidan
chiqish kabi fazilatlar ulug‘lanadi. O‘sha davrlardan beri kishilarning jamiyatdagi
munosabatlarini tartibga solib turuvchi urf-odatlar, an’analar, axloqiy qoidalar
shakllangan va jamiyat taraqqiyotining keyingi bosqichlarida o‘zining muhim
ijobiy rolini o‘ynagan. Hatto bugungi kunda ham zardushtiylik dinidan meros
bo‘lib qolgan va asrlar davomida xalqimizning urf-odatlari, an’analari bilan
qorishib, turmush tarzimizga singib ketgan bir qator qadriyatlar saqlanib
kelinmoqda. Jumladan, suv va havoni toza, musaffo saqlash, yerga mehr qo‘yish,
dehqonchilik va chorvachilikni e’zozlash, yer, tabiat, hosil bilan bog‘liq
bayramlarni nishonlash kabi an’analarning saqlanib qolganligi bu diniy
ta’limotning nechog‘lik yashovchan va bezavol g‘oyalarga asoslanganligidan
dalolat beradi.Azal-azaldan diyorimizda budda, moniylik, yahudiylik, nasroniy
va islom dinlariga odamlar e’tiqod qilib yashab kelishgan. Yurtimiz hududida
masjidlar qatori budda ibodatxonalari, xristian cherkovlari, yahudiy
sinagogalarining mavjud bo‘lganligi turli elat va dinga mansub qavmlarning o‘z
diniy ta’limoti va amallarini erkin bajarib kelganligidan dalolat beradi. Xuddi
shuning uchun ham tariximizning eng murakkab, og‘ir damlarida ham diniy
asosda mojarolar ro‘y bermaganligi xalqimizning dinlararo bag‘rikenglik
borasida tajribali ekanligidan dalolatdir.
Chunki mamlakatimiz hududiga turli tarixiy jarayonlarda kirib kelgan
budda, nasroniy, yahudiy dinlari ta’limotlarida ham, xuddi islom g‘oyalaridagi
kabi o‘g‘rilik, qotillik, gumrohlik, yolg‘on so‘zlash, o‘zgalar haqiga xiyonat, zulm,
jabr-sitam ko‘rsatish, kibr qoralanadi va axloq normalariga zid hodisalar sifatida
nazorat ostiga olinadi hamda gunoh deb belgilanadi.
To‘g‘rilik, yaxshilik, kamtarlik, mehr-shafqatli bo‘lish, odamiylik, donolik
kabi sifatlar ulug‘lanadi. Islomdagi yuksak g‘oyalarning xalqimiz tomonidan
e’tirof etilishida va bu g‘oyalarning dunyoga yoyilishidagi buyuk salaflarimizning
ko‘rsatgan beqiyos ma’rifiy ishlari islomning avvalgi dinlar bilan g‘oyaviy
mushtarakligi, yaqinligi deb qarashga imkon beradi.
CURRENT APPROACHES AND NEW RESEARCH IN
MODERN SCIENCES
International scientific-online conference
55
Agar jamiyat a’zolari umumiy maqsad yo‘lidagi g‘oyalarni bevosita o‘z
taqdiri bilan bog‘liq holda anglasalar, har bir fuqaro o‘z taqdirini jamiyat taqdiri,
o‘zi yashayotgan mamlakat taqdiri bilan bog‘liq holda tushunsa, mamlakat
aholisi o‘rtasida yaxlit ijtimoiy birlik vujudga keladi. Ana shunday ma’naviy —
ruhiy yakdillik holati esa jamiyatda umumiy ijtimoiy — siyosiy barqarorlikni
ta’minlashning asosi bo‘lib xizmat qiladi
2
.
Islom dinining asosiy vazifasi iymon va e’tiqodli insonni tarbiyalash
hisoblanadi. Faqat ezgu- niyat va yaxshi ishlar qilish, o‘z halol mehnati mahsuli
orqali kun kechirish, odamlar bilan munosabatda to‘g‘riso‘z, samimiy,
xushmuomalali bo‘lish, birovlarni, shu jumladan, boshqa millat, boshqa din
vakillarini kamsitmaslik, ayollar, yosh bolalar, yetim-yesir, nogiron va
bechoralarga g‘amxo‘r bo‘lish, ularga yordam ko‘rsatish, to‘g‘ri yashash iymon
talablaridan hisoblanib, ular insonning ma’naviy dunyosini mukammallik sari
yetaklaydi. Bu esa insondan to‘g‘rilikni, mehnatsevarlik, zakovat, mustaqil fikr
yuritish, irodali bo‘lishni, ruhan va aqlan tetik bo‘lishni taqozo etadi. Islomda
yomonlik, munofiqlik qoralanadi. Hadisi sharifda aytilganidek: “Munofiqning
belgisi uchtadir – yolg‘on so‘zlash, va’daning ustidan chiqmaslik va omonatga
xiyonat qilish”dir. Islomdagi bunday g‘oyalar va amallar odamni yolg‘on
so‘zlashdan, va’daga vafo qilmaslikdan, manmanlikdan, ichkilikbozlik,
giyohvandlik kabi hayolni o‘g‘irlovchi narsalarni iste’mol qilishdan tiyilishda,
nafs balosi girdobiga yo‘liqmaslik, axloqsizlik qilishdan saqlanishga chaqiradi.
“Mamlakatimizda diniy erkinlik, millatlararo hamjihatlik borasida ham vaziyat
tubdan yaxshilandi. Bu boradagi faoliyatimizning o‘zagini “Bag‘rikenglik va
millatlararo totuvlik - barqaror taraqqiyot omili”, degan tamoyil tashkil etadi”
3
.
Aziz yurtimiz o‘zining tom ma’nodagi istiqloliga erishgach mamlaktimiz
xalqi hayotidagi barcha o‘zgarish, yangilanish, yutuq va muvaffaqiyatlar
zamirida Asosiy Qonunimiz turadi. Zero, Asosiy Qonun – jamiyatimizning
huquqiy mezoni bo‘lib hisoblanadi.
Bosh Qomusimizda xalqimiz ruhiga hayot tarzi va urf-odatlariga mos
keladigan imon-e’tiqod, adlu-insof, diyonat, mehr-oqibat or-nomus, iffat va hayo
kabi eng ezgu fazilatlar mujassamdir. Asosiy Qonunimizda jinsi, millati, dini, irqi,
yoshi, e’tiqodi, ijtimoiy kelib chiqishi va fuqarolarning teng huquqli ekanligida,
o‘ylaymizki, ajdodlarimizdan meros bo‘lib kelayotgan milliy qadriyatlarimiz va
bebaho an’analarimizning beqiyos o‘rni bor. Ming yilliklar davomida
ajdodlardan avlodlarga, ota-onalardan farzandlarga, vorislarga o‘tib kelayotgan
2
Жўраев Н. Инсон ва жамият. -Т.:- 2005. — б. 181
3
Мирзиёев Ш.М.
Янги Ўзбекистон стратегияси. - Тошкент: “O’zbekiston” нашриёти, 2021. - 58 б.
CURRENT APPROACHES AND NEW RESEARCH IN
MODERN SCIENCES
International scientific-online conference
56
va dunyoning hech bir burchagida takrorlanmaydigan ajoyib munosabatlar,
insoniy fazilatlar Asosiy Qonunimizda o‘z o‘rnini topgan.
Milliy davlatchilik poydevorini barpo etish jarayonida, avvalo, uning
huquqiy asoslari mustahkamlanishi mamlakatning taraqqiyot yo‘li, xalq taqdiri
va kelajagini belgilab beradi. Vatanimizning Asosiy Qonuni tub mohiyatida ana
shunday oliyjanob maqsad mujassam va u amalda o‘zining yuksak samaralarini
berayotganini bugun hayotning o‘zi isbotlab turibdi. Diyorimizning barcha
hududlarida istiqomat qiluvchi mo‘min-musulmonlar ushbu Qomusda belgilab
qo‘yilgan
haq-huquqlardan
va
erkinliklardan
keng
va
bemalol
foydalanmoqdalar.
Bosh Qomusning qabul qilinishi mustaqil davlatimizning davlatchilik
tarixida buyuk voqea bo‘ldi. Asosiy Qonunda fuqarolarning vijdon erkinligi, diniy
e’tiqodi bilan bog‘liq masalalarga alohida e’tibor qaratilgan.
Diyorimizda amaldagi qonunlarga ko‘ra turli dinlarga e’tiqod qiluvchi va
ularga e’tiqod qilmaydigan fuqarolar, har xil e’tiqodlarga mansub diniy
tashkilotlar o‘rtasida o‘zaro murosa va hurmat o‘rnatilishi ta’minlangan. Diniy va
o‘zga mutaassiblik, ekstremizm, munosabatlarni qarama-qarshi qo‘yish va
keskinlashtirishga, turli din toifalari o‘rtasida ziddiyatlar chiqarish hamda ularni
avj oldirishga qaratilgan xatti-harakatlarga yo‘l qo‘yilmaydi.
Muborak islom dini qadriyatlari boy va buyuk ma’naviyatimiz asosi ekanini
e’tirof etib, Yurtboshimiz bunday deganlar: “Biz o‘z millatimizni mana shu
muqaddas dindan ayri holda aslo tasavvur qila olmaymiz. Diniy qadriyatlar,
islomiy tushunchalar hayotimizga shu qadar singib ketganki, ularsiz biz
o‘zligimizni yo‘qotamiz”. Milliy Qomusimiz moddalari nafaqat xalqchil
tamoyillarga, balki ming yillar davomida rivojlanib kelgan milliy ma’naviyatimiz
asoslariga ham tayanadi.
Mamlakatimiz mustaqillikka erishgach, milliy istiqlol haqidagi azaliy orzu
umidlarimiz amalga oshdi. Natijada asriy qadriyatlarimiz tiklandi va rivojlanib
bormoqda. Madaniyatimiz, dinimiz o‘zining tarixiy, milliy, diniy va falsafiy
asoslariga qaytmoqda. Ayniqsa, ma’naviy merosni o‘rganish, ajdodlarimiz
qoldirib ketgan turli sohalardagi asarlarini ommalashtirish, buyuk allomalar va
ulug‘ ajdodlarimizning muborak nomlari va ijodining xalqqa qaytarib berilishi,
ona tili va milliy qadriyatning rivojlanishi uchun sharoit yaratilgani o‘zbek xalqi,
xususan musulmonlar uchun buyuk xaloskorlik va millatning kelajak taraqqiyoti
uchun qudratli kuch va omil bo‘ldi.
Mustaqillik yillarida mamlakatda Islom dini ravnaqi uchun keng
imkoniyatlar ochildi. Barcha islomiy qadriyatlar – masjid va madrasalarning
CURRENT APPROACHES AND NEW RESEARCH IN
MODERN SCIENCES
International scientific-online conference
57
binolari, nodir tarixiy manbalar, osori atiqalar musulmonlarga qaytarib berildi.
Ularning emin-erkin ibodat qilishlari, diniy ta’lim olishlari, diniy adabiyotlar va
ommaviy axborot vositalaridan bahramand bo‘lishlari, Ramazon va Qurbon
hayitlarini bayram qilib keng nishonlashlari, haj va umra ziyoratlarini amalga
oshirishlari uchun qulay sharoitlar yaratildi.
Asosiy Qonunimizda belgilab qo‘yilganidek, davlat barcha fuqarolarga
mehnat qilish, ilm olish, o‘zlari xohlagan kasb-hunur egallash, bilim saviyasini
oshirish uchun zarur shart-sharoitlarni yaratib berish kafolatini ham olgan.
Shuningdek sifatli va zamonaviy tibbiy xizmat ko‘rsatish borasidagi islohotlar
mustaqil yurtimiz siyosatining muhim yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi. Zero,
bugungi kunda har qaysi xalq, davlat va jamiyatning rivojlanish omili inson,
uning sog‘lig‘i va turmush darajasiga berayotgan e’tibori, shu yo‘ldagi sa’yi-
harakati bilan o‘lchanishi barchamizga ayon. Hazrati Inson salomatligini
muhofaza qilish borasida dinimizning “Har bir dardning davosi bor
davolaninglar” – degan ko‘rsatmasi davlatimiz bu sohada olib borayotgan ulkan
ishlar, chunonchi sog‘liqni saqlash sohasini isloh qilish Davlat dasturiga
hamohangdir.
Asosiy Dasturimizda har bir shaxs mehnat qilish, bilim olish huquqiga ega
ekani maxsus moddalar bilan belgilab qo‘yilgan. Yurtimizda bu ikki huquq
sohasida islohat ishlari jadallik bilan amalga oshirilmoqda. Diyorimizning barcha
aholi yashaydigan mintaqalarida aholi uchun ko‘plab ish va mehnat qilish
o‘rinlari tashkil etilmoqda.
Demak, namozdan keyin har bir musulmon kasbu hunuri, ishi sari
shoshilishi mehnatdan bosh tortmasligining zarurligi bayon qilinmoqda.
Bilim olish huquqi ham yurtimizda juda yaxshi yo‘lga qo‘yilgan. Bu sohada
ham keng ko‘lamda islohatlar olib borilmoqda. Ta’lim-tarbiya xususida har yili
yangi dasturlar ishlab chiqib hayotga tatbiq etilmoqda.
Bir so‘z bilan aytganda, milliy va diniy qadriyatlarni tiklash asosida har
tomonlama komil insonni voyaga yetkazish, yoshlarimizni mustaqil fikrli, yurt
tinchligi va xalq farovonligiga o‘z hissasini qo‘shadigan, Vatani va xalqiga sodiq,
ma’naviyati yuksak inson qilib tarbiyalash davlatimiz siyosatining ustuvor
vazifalaridan biri sifatida belgilandi.
Xulosa qilib aytganda, O‘zbekiston xalqi tarixan bag‘rikenglik, mehr-oqibat
va o‘zaro hurmat tamoyillari asosida yashab kelgan. Bu an’ana zamirida turli din
va millat vakillarining bir diyor, bir davlatda tinch-totuv yashashi uchun zamin
yaratilgan. Maqolada qadimiy zardushtiylikdan tortib, islom dini orqali
shakllangan ma’naviy-axloqiy qadriyatlarning jamiyat taraqqiyotidagi ijtimoiy
CURRENT APPROACHES AND NEW RESEARCH IN
MODERN SCIENCES
International scientific-online conference
58
ahamiyati tahlil qilindi. Bag‘rikenglik – o‘zbek xalqining tarixiy, madaniy va dini
ongida chuqur ildiz otgan fazilat bo‘lib, bu yuksak g‘oya zamonaviy davlat
siyosatining asosiy ustunlaridan biri sifatida e’tirof etiladi.
Mustaqillik yillarida ushbu qadriyatlarning tiklanishi va rivojlantirilishi,
diniy erkinlik va millatlararo totuvlikni ta’minlash borasida ulkan yutuqlarga
erishildi. Asosiy Qonunimizda har bir fuqaroning vijdon erkinligi, teng
huquqliligi, mehnat va ta’lim olish huquqlari kafolatlangan. Bag‘rikenglik
jamiyatda ijtimoiy barqarorlik va uyg‘unlikning kafolati bo‘lib xizmat qiladi. U
o‘zbek xalqining milliy o‘zligining negizi, insonparvarlikning amaliy
ko‘rinishidir. Bugungi kunda bu qadriyatlar yosh avlod ongiga singdirilib,
mustahkam g‘oyaviy asos sifatida qaralmoqda. Shu bois, bag‘rikenglikni yanada
targ‘ib qilish, uni jamiyat taraqqiyoti va barqarorligining muhim omili sifatida
saqlab qolish dolzarb vazifa bo‘lib qolmoqda.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1.
Каримов И.А. Юксак маънавият-енгилмас куч. -Т.: -2008.- б.б.10-11
2.
Жўраев Н. Инсон ва жамият. -Т.:- 2005. — б. 181
3.
Мирзиёев Ш.М. Янги Ўзбекистон стратегияси. - Тошкент:
“O’zbekiston” нашриёти, 2021. - 58 б.