Авторы

  • N. Egamberdiyeva
    tadqiqotchi

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.canrms.113246

Аннотация

Vatanimiz Mustaqillikka erishgandan so‘ng har jabhada ijobiy o‘zgarishlar, yuksalishlar sari borayotganimiz quvonarli holdir. Milliy qadriyatlarimizni tiklash, o‘zligimizni anglash, ota-bobolarimiz qolidirgan boy merosni qadriga etish va ulardan o‘z hayotimizda, faoliyatimizda unumli foydalanish, ularning ruhi har doim bizga madadkor ekanligini dildan his qilib turish bugungi biz erishgan va erishayotgan yutuqlarimizning garovi ekanligini qayd etib o‘tishimiz joiz bo‘lmasa kerak.


background image

CURRENT APPROACHES AND NEW RESEARCH IN

MODERN SCIENCES

International scientific-online conference

38

HUNARMANDCHILIKNING TARAQQIYOTI YO‘LIDA

N.Egamberdiyeva

tadqiqotchi

https://doi.org/10.5281/zenodo.15726793

Vatanimiz Mustaqillikka erishgandan so‘ng har jabhada ijobiy o‘zgarishlar,

yuksalishlar sari borayotganimiz quvonarli holdir. Milliy qadriyatlarimizni
tiklash, o‘zligimizni anglash, ota-bobolarimiz qolidirgan boy merosni qadriga
etish va ulardan o‘z hayotimizda, faoliyatimizda unumli foydalanish, ularning
ruhi har doim bizga madadkor ekanligini dildan his qilib turish bugungi biz
erishgan va erishayotgan yutuqlarimizning garovi ekanligini qayd etib o‘tishimiz
joiz bo‘lmasa kerak. Chunki bugungi kunga kelib hukumatimiz tomonidan
amalga oshirilayotgan bir qator xayrli ishlarni ta’kidlab o‘tish kishi ruhiyatida
faxrlanish tuyg‘usini uyg‘otadi. Yaqin o‘tmishda o‘zbek amaliy bezak san’ati va
xalq hunarmandchiligining eng rivojlangan ganchkorlik, naqqoshlik, yog‘och,
tosh va suyak o‘ymakorligi, kandakorlik, pichoqchilik, zargarlik, kashtachilik,
zardo‘zlik, gilamchilik, kigizchilik, savatchilik, bo‘yrachilik kabi turlarining o‘ziga
xos bajarish texnologiyalari, haqiqiy milliy nomlari, ularga xos atamalar, bu
san’atlarga xos maktablar, uslublar hamda shu sohalarda nom qozongan
ustalarning xizmatlari unuta borilib, yo‘qolib ketish xavfi ostida qolgan edi.

1995-yil BMT yordamida hunarmandchilik mahsulotlari yarmarkasi

oʻtkazildi. BMTning “Madaniy-ma’rifiy turizm va hunarlarni rivojlantirish”
loyihasi hamda Kaunterpart Kontsorsium xuzuridagi “Hunarmandlarga yordam”
loyihasi boʻyicha katta ishlar amalga oshirildi va davom qildirilmoqda. 1998-yil
noyabrda “Oʻzbekiston hunarmandchilik buyumlari” koʻrgazma-savdosi
oʻtkazildi.

Mustaqillik sharofati bilan vatanimizning o‘tmish tarixi, boy madaniyatini

o‘rganish uchun zamin yaratildi. Shu o‘rinda hozirgi kunda Gulnora Karimova
boshchiligida Fond forum,Kelajak ovozi, Bazar ART, Asrlar sadosi kabi bir
qancha jamg‘arma va loyihalar tashkil etilgan.

“Asrlar sadosi” an'anaviy

madaniyat festivali an'anaviy madaniyat festivali xalqimizning an'ana va
udumlari, amaliy san'ati va milliy oshxonasi, xalq og‘zaki ijodi kabi
yo‘nalishlarining turfa va xilma-xil ekanligini namoyon etadi. Ushbu festival har
yili mamlakatimizning turli madaniy va tarixiy markazlarida xalq sayli tarzida
o‘tkazilib, hududlarning har biri avloddan avlodga asrab-avaylab
yetkazilayotgan noyob ma'naviy meros, asrlarga tatigulik an'analarga ega.Ushbu
festival har yili mamlakatimizning turli madaniy va tarixiy markazlarida turli
mutahassislar, olimlar va xalqaro mehmonlar ishtirokida o‘tkaziladi.


background image

CURRENT APPROACHES AND NEW RESEARCH IN

MODERN SCIENCES

International scientific-online conference

39

2008-yilda festival Shahrisabz yaqinida, 2009-yilda esa Toshkent viloyatida

o‘tdi. 2009-yildan boshlab “Asrlar sadosi” ana'anaviy san'at Festivali YuNESKO
xamkorligida o‘tkazilmoqda. 2010-yili Festival Xivada Ichan-qal'a tarixiy
yodgorligi hududida o‘tkazildi. 2011-yili “Asrlar sadosi” Buhoro shahrida bo‘lib
o‘tdi. 2012-yilda "Asrlar sadosi" an'anaviy madaniyat festivali Qoraqalpog‘iston
Respublikasi Ellikqal'a tumanidagi qadimiy Tuproqqal'a yodgorligida o‘tkazildi.

Festivalda folklor va teatr guruhlari, xonandalar, musiqachilar, raqqoslar,

xalq baxshilari, masxarabozlar, dizaynerlar, rassomlar, amaliy san'atning atoqli
vakillari, mahoratli oshpazlari ishtirok etishadi. Festival dasturi shuningdek,
xalq o‘yinlari, ko‘pkari, kurash, xo‘roz jangi, dorbozlar chiqishi, mamlakatning
turli chekkalaridan kelgan oshpazlar tanlovini ham o‘z ichiga olgan. Festivalda
amaliy san'at yarmarka-ko‘rgazmasi ham o‘tkaziladi, unda kulolchilik,
kandakorlik, kashtachilik, miniatyura, tikish va o‘ymakorlik ustalari o‘z
mahsulotlarini va ularning yaratilish jarayonini namoyish etadilar. Folklordan
tashqari 2009-yildan boshlab Festival dasturi ilmiylikni ham qamrab oladi.

An'anaviy hunarmandchilikni rivojlantirish uchun grantlar ajratilgan.

“Bazar-Art” loyihasi doirasida Fond Forum va “Mehr nuri” jamg‘armasi
ko‘rgazma laureatlariga aylangan hunarmandlarga grantlar ajratildi. Grantlar
amaliy san'atni rivojlantirish, hunarmandlikning yo‘qolib borayotgan turlarini
va mamlakatimiz san'atining an'anaviy shakllarini qayta tiklashdir.

Poytaxtimizning eng yorqin loyihalaridan biri – “Bazar-art” ko‘rgazma-

yarmarkasi bo‘lib, har yili Milliy san'at markazid o‘tkaziladi. Mazkur loyiha
an'anaviy va zamonaviy amaliy san'at sohasidagi ijodiy salohiyatni yuzaga
chiqarish, keng jamoatchilikni ushbu sohadagi axamiyati o‘zgarish va yangiliklar
bilan tanishtirish, ijodkor sulolalar va iste'dodli hunarmandlarni qo‘llab-
quvvatlash hamda milliy merosni saqlashga yo‘naltirilgan.

Ko‘rgazma-yarmarka O‘zbekistonning turli chekkalaridan kelgan mahoratli

usta va xunarmandlarni Toshkentga yig‘adi. Ular orasida ota-bobolarining ishini
davom ettirib kelayotgan ustalar, akademiklar bilan birga endigina bu sohada
ish boshlagan yosh iste'dodlar ham bor. Loyiha O‘zbekistondagi milliy amaliy
san'atning hozirgi darajasini o‘rganish, uning yo‘qolib ketayotgan yo‘nalishlarini
qayta tiklash va rivojlantirish, ijodkor sulolalar, mahoratli ustalarni qo‘llab-
quvvatlash, milliy merosni saqlab qolish va ko‘paytirishga qaratilgan.

Adabiyotlar:

1.

Atlas of Central Asian artistic crafts and trades. A. Khakimov – author of

the scientific project and author of the next chapters – Introproduction,
Ceramics, Copper Embossing, Knife making.. Қаранг: Atlas of artistics and trades
of Central Asia. Vol. I. – Tashkent, 1997. – P. 158.


background image

CURRENT APPROACHES AND NEW RESEARCH IN

MODERN SCIENCES

International scientific-online conference

40

2.

Ҳакимов А. Ўзбекистоннинг бадиий кулолчилик мактаблари //

Восток. – Тошкент, 1999. – № 1. – Б. 76-79; Гюль Э. Ҳунармандчилик
анъаналарини сақлаб // San’at. – Тошкент, 1999. – № 2. – Б. 32;
3.

Булатов С. Ўзбек халқ амалий безак санъати. – Тошкент: Меҳнат,

1991. – 384 б.
4.

Davlatova S.T. O‘zbekistonning an’anaviy hunarmandchiligi tarixiy

jarayonlar kontekstida (O‘zbekistonning janubiy hududlari misolida XIX asrning
ikkinchi yarmi – XXI asr boshlari). – Toshkent. Yangi nashr, 2018. – 368 b.

Библиографические ссылки

Atlas of Central Asian artistic crafts and trades. A. Khakimov – author of the scientific project and author of the next chapters – Introproduction, Ceramics, Copper Embossing, Knife making.. Қаранг: Atlas of artistics and trades of Central Asia. Vol. I. – Tashkent, 1997. – P. 158.

Ҳакимов А. Ўзбекистоннинг бадиий кулолчилик мактаблари // Восток. – Тошкент, 1999. – № 1. – Б. 76-79; Гюль Э. Ҳунармандчилик анъаналарини сақлаб // San’at. – Тошкент, 1999. – № 2. – Б. 32;

Булатов С. Ўзбек халқ амалий безак санъати. – Тошкент: Меҳнат, 1991. – 384 б.

Davlatova S.T. O‘zbekistonning an’anaviy hunarmandchiligi tarixiy jarayonlar kontekstida (O‘zbekistonning janubiy hududlari misolida XIX asrning ikkinchi yarmi – XXI asr boshlari). – Toshkent. Yangi nashr, 2018. – 368 b.