CURRENT APPROACHES AND NEW RESEARCH IN
MODERN SCIENCES
International scientific-online conference
17
O’ZBEK TILI MULOQOTIDA PRAGMATIC BAHONING O’RNI
Azamat Mehmonaliyevich Toshpo‘latov
Qo‘qon davlat pedagogika instituti dotsenti, filologiya fanlari bo‘yicha falsafa
doktori (PhD). e.mail: azamatjonqdpi@gmail.com
Tel: +99893 981 01 82
https://doi.org/10.5281/zenodo.12604401
Annotatsiya:
Ushbu maqolada ona tili ta’limining bugungi kundagi
dolzarb vazifasi – tilga oid nazariy bilimlarni amaliy qo‘llash malakasini
shakllantirish borasida fikr yuritilgan. Bu borada jahon va o‘zbek tilshunosligi
namoyandalarining e’tiborga molik qarashlari tahlil etilgan.
Kalit so‘zlar:
ona tili, ona tili ta’limi, pragmatika, muloqot malakasi,
ijtimoiy-iqtisodiy samaradorlik.
Аннотация:
В данной статье рассмотрена актуальная задача
сегоднешного
преподавания
родного
языка
–
формирование
компетентности при использовании теоретических знаний по языку в
практике.
Анализированы
значительные
концепции
видных
представителей узбекского и мирового языкознания и философии.
Ключевые слова:
родной язык, преподавание родного языка,
прагматика,
компетентность
общения,
социально-экономическая
продуктивность
Annotation:
in the article the following things are discussed, such as, the
actual task of education of the mother language at present time — forming skill
of practical using of the theoretical knowledge concerning the language.
Key words:
mother language, the education of mother language,
pragmatics, communication skill, social-economic fruitfulness
Ona tili ta’limi mazmuniga qo‘yiladigan talablarni o‘zgartirish zaruriyati
o‘tgan asrning 80-yillari oxiri va 90-yillari boshida yuzaga kelgan yirik ijtimoiy
o‘zgarishlar davriga kelib pishib yetildi. O‘zbek xalqi tarixida butunlay yangi
bosqichni boshlab bergan Mustaqillik g‘oyasining ilk amaliy ko‘rinishlaridan biri
o‘zbek tiliga davlat tili maqomining berilishi bo‘lganligi bejiz emas, albatta.
Ona tili indvidning shaxs bo‘lib shakllanishidagi eng yetakchi omillardan
ekanligini barcha mutafakkirlar ta’kidlab kelganlar. Tildan foydalanish
imkoniyati faqat insonga berilgan ne’matdir. Undan foydalana bilish insonni
boshqa mavjudotlardan farqlovchi eng asosiy xususiyatdir (
Insonni so‘z ayladi
judo hayvondin
. A.Navoiy). Tilning barcha uchun ochiqligi (foydalanish
imkoniyati barcha uchun tengligi) aslo undan foydalanishda ham barcha
tengligini bildirmaydi. Ona tilidan foydalanishdagi bu o‘ziga xoslik ham
CURRENT APPROACHES AND NEW RESEARCH IN
MODERN SCIENCES
International scientific-online conference
18
mutafakkirlar diqqatini tortib kelgan. Tilda barcha ma’lumotlar shakllantiriladi
va saqlanadi (bu jihat esa asrlar mobaynida til va tafakkur munosabatiga doir
falsafiy mubohasalar uchun asos berib keladi). Nasroniy dinining muqaddas
kitobida “Avvalda so‘z bo‘lgan edi” deb yozilgan bo‘lsa, yozma turkiy
adabiyotning ilk namoyandasi Yusuf Xos Xojib shunday deydi:
Yashil ko‘kdan indi bu bo‘z yerga so‘z,
So‘z bilan insonda yorug‘ bo‘ldi ko‘z. [1, 14]
So‘zning ilohiyligi borasidagi diniy qarashlar so‘z mazmunining ko‘p qirraliligi,
imkoniyatlarining kengligi va tavsiflash mushkulligi borasidagi dunyoviy
qarashlar bilan mutanosibdir. Ona tili shunday ajoyib xususiyatga egaki, undan
barcha til tashuvchilari foydalana oladi, biroq eng yetuk tilshunoslar ham uni
bekamu ko‘st tavsiflab bera olmaydi.
Ta’lim mazmuniga ilk qarashlar shakllantirilayotgan davrlardanoq ona
tili ta’limiga alohida e’tibor qaratilgan. Ta’limda xususiyliklargagina asoslanish
yaxshi natija bermasligi aniq. Gegelь bu xil ta’lim bolani hamma narsaga
pisandsizlik bilan qarashga o‘rgatadi.[2, 93] deb ta’kidlaydi. SHuning uchun
ta’limni bola ongi qabul qilishi mumkin bo‘lgan mavhumotlarga asoslash to‘g‘ri
bo‘ladi. Bola ongiga eng yaqin mavhumot, albatta, tildir. “Til uni bilish bola
ruhini xususiyliklar va yakkaliklardan umumiylikka tomon, ongga tomon
ko‘tarib boradigan o‘sha havo yangliq hissiy-nohissiy hilqatdir”[2, 93] Ona tilini
insoniyat tarixining o‘ziga xos fenomeni sifatida tavsif etish til falsafasining
yangi gumbolьdchilik yo‘nalishining o‘zagidir. Nemis tilshunos faylasufi
Vaysgerber ikki jahon urushi oralig‘ida aynan ona tili fenomenining lisoniy va
falsafiy tadqiqotlar uchun asosiy tadqiq predmeti bo‘lib qolishi sabablari
borasida fikr yuritar ekan, aynan til xalq yaratuvchi kuch(narodosozidayushaya
sila – volksbildende Kraft)dir degan xulosaga keladi. [3, 105]
Millatning asosiy tasniflovchi belgisi ona tilisi ekanligi shak-shubhasiz.
Xususan, o‘zbek xalqi misolida ko‘rsak. O‘zbeklar turlicha antropologik
belgilarga ega. Bosh chanog‘ining tuzilishi, gavda o‘lchamlari va qurilishi, soch
hamda ko‘z rangiga ko‘ra turli-tuman millat vakillarini uchratishimiz mumkin.
Ammo o‘zbeklarning barchasi o‘zbek tilida gapiradi. Sochi malla va ko‘zi ko‘k
bo‘la turib o‘zbek tilini asosiy muloqot tili deb bilsa, o‘zbek tilida fikrlasa, u ana
shu millatning vakili deb sanalishga, qora soch, qora ko‘z, biroq o‘zbek tilida fikr
yurita olmaydigan insondan ko‘ra ko‘proq haqlidir. Ona tili inson ongida
olamning lisoniy manzarasi yaratilishi uchun material bo‘ladi. Ushbu manzara
qaysi tilda yaratilganligi mentalital xususiyatlar shakllanishiga qat’iy ta’sir
ko‘rsatadi. “Til xususiyliklari kundalik nutq faoliyatida doim bizga kerakli
CURRENT APPROACHES AND NEW RESEARCH IN
MODERN SCIENCES
International scientific-online conference
19
hamroh. Ular ortida turgan umumiylikni tekshirish, topish uchun bizga na
maxsus qurol, asbob-uskuna, na alohida sharoit zarur. SHu bilan birga biz
qo‘lga kiritgan natijalar qurilishi olam qurilishi, inson hayoti asosini tashkil
etuvchi boshqa umumiyliklar tahlilida qo‘l kelaveradi. CHunki dunyo o‘xshash
tarxlar, umumiy tektologik qonuniyatlar asosiga qurilgan:
Sonie’kim chekti chun sun’i qalam,
Ofarinish tarxini qildi raqam” [4, 3-4]
Ya’ni til nafaqat o‘zi haqida, balki olam haqida ma’lumotlarni o‘zida saqlab
turadi. Til qurilishi millat uchun uning atrofidagi olam haqidagi tasavvur bilan
mos tushadi. Turli morfologik tipdagi tillarning mavjud bo‘lishi, muayyan
kategoriyalarning ayrim tillarda mavjud bo‘lishi, boshqalarida esa uchramasligi
kabilar ana shu dunyoqarash bilan chambarchas bog‘liq. Masalan, nega ruslar
nafaqat jonli, balki jonsiz predmetlarni ham jins (rod) tushunchasi bilan
tavsiflaydilar? Nega o‘zbeklar zamon, mayl, shaxs-son tushunchalarini bir-biriga
bog‘laydilar? Nega inglizlar egasiz gap qura olmaydilar? Yoki turli millat vakillari
bir xil narsaga turlicha baho berishining sababi nima? Masalan,
terak
daraxti
nega ruslar uchun
kelishganlik
, o‘zbeklar uchun
beso‘naqaylik
belgisi? Bularning
barchasi inson o‘z ongida til yordamida yaratib olgan dunyoning kichik
voqelanishlaridir. Bizningcha, bugungi ona tili ta’limi ana shu voqelanishlarni
izchil o‘rgatish va amalda qo‘llash imkonini berishga yo‘naltirilishi lozim.
Alohida ta’kidlab o‘tish lozimki, ona tilini his qilish va undan amaliy foydalanish
ko‘nikmasi bolada tug‘ma bo‘ladi: bu tug‘ma xususiyat uning maishiy va ijtimoiy
qurshovi tomonidan shakllantirib boriladi. Bola maktabga bu boradagi o‘ziga xos
tajriba bilan keladi. Biroq aynan maktab unda bu ibtidoiy tajribani sayqallashi,
tizimga solishi va voqelantirish imkoniyatlarini kengaytirib jamiyat talablariga
moslashtirishi lozim.
Mustaqillikdan so‘ng ona tili ta’limi mazmuni va sifatini yaxshilash borasida bir
qator ishlar amalga oshirildi: darsliklar tubdan yangilandi, ona tili ta’limi davlat
ahamiyatiga molik hodisa sifatida ko‘rila boshlandi, ta’limga berilayotgan
alohida e’tibor tufayli ona tili ta’limi ham yangi bosqichga ko‘tarildi. SHu bilan
birga o‘tgan davr ona tili ta’limi oldiga yangidan-yangi vazifalarni qo‘ymoqda.
Ushbu davrda o‘zbek tilshunosligi katta nazariy yutuqlarga erishdi. Bu nazariy
bilimlar ijtimoiy-iqtisodiy naf keltiruvchi tatbiqiy yo‘nalishlar material bo‘la
oladi. Tilshunoslikni aynan ijtimoiy-iqtisodiy naf keltiruvchi fan sifatida
shakllantirish uchun barcha sharoitlar yetildi. Tatbiqiy yo‘nalishlar bo‘yicha
jahonda to‘plangan katta tajribani o‘zbek tili materiallari asosida qayta ishlash
zamon talabidir.
CURRENT APPROACHES AND NEW RESEARCH IN
MODERN SCIENCES
International scientific-online conference
20
XX asrning ikkinchi yarmidan boshlab jahonda barq urib rivojlanayotgan
pragmatik tilshunoslik keyingi 10-20 yilda o‘zbek tilshunosligida ham muayyan
tadqiqotlarda aks eta boshladi. Ona tili ta’limi mazmunida ushbu nazariy
natijalardan foydalanish yosh avlodni komil shaxs bo‘lib ulg‘ayishida muhim
omillardan biri bo‘lardi. “Insonning ob’ektiv olamdagi barcha ijtimoiy xatti-
harakatlari uning nutqiy faoliyatida o‘z ifodasini topadi. Shuning uchun ham
inson nutqini o‘rganish uning ma’naviy olami bilan tanishish imkoniyatini
beradi. Pragmatika tilshunoslik fanining yangi bir nazariy va amaliy tarmog‘idir.
U insonning ijtimoiy faoliyatini o‘zida aks ettiruvchi nutqiy jarayon, nutq
ishtirokchilariga xos kommunikativ niyat, nutqiy vaziyatning ta’siri bilan
aloqador masalalarni o‘rganadi”.[5, 8] Demak, ona tili ta’limida aynan pragmatik
bilimlarga asoslanish o‘quvchi nutqiy faoliyatini ijtimoiy korrektsiya qiladi,
sayqallaydi.
O‘zbek tilining sintetik tabiati uning pragmatik tavsifida ham aynan morfologik
shakllar yetakchiligini shartlashi shubhasiz: “...lug‘aviy mohiyatlarni
oydinlashtirish va voqelantirish jarayonida sathlararo hamkorlik o‘ta zich
holatda bo‘lib, leksika va morfologiya hamkorligi leksika va sintaksis
hamkorligiga nisbatan ustunroqdir”. [6, 24] Turkiy tillarda morfologik
kategoriyalar yuqori darajada shakllangan yopiq tizimlar bo‘lgani holda o‘z
atrofida lug‘aviy va sintaktik vositalarni jamlashi turkologlar diqqatini doim
tortib kelgan.[ 7, 7-8] Til birliklari o‘z mohiyatiga immanent ega bo‘lsa-da, faqat
nutqda uni namoyon qila oladi. Turkiy tillarda, jumladan o‘zbek tilida ham,
lug‘aviy birliklarni nutqqa olib kiruvchi va ularni sintaktik tizmalarga jamlovchi
vositalar asosan morfologik tabiatga ega. Pragmatika nutqiy voqelanishlarni
tadqiq qiluvchi yo‘nalish [8, 389] sifatida o‘zbek tili tavsifida morfologik
vositalarni asosiy tadqiq predmeti sifatida ko‘rishi lozim, bizningcha.
Tahlilga qiyin beriluvchi, biroq nutqda faol qo‘llaniluvchi morfologik
birliklarning ayrim qo‘llanilishlariga e’tibor qaratsak:
Do‘konchiga berilgan savol:
-
Non bormi?
Do‘konchi javobining variantlari:
-
Yo‘q.
-
Yo‘q edi.
-
Yo‘q edi-ya.
-
Yo‘q -da.
Bu berilishi mumkin bo‘lgan javoblarning to‘liq tizimi emas, albatta. So‘ralgan
mahsulotning yo‘qligi bu javoblarning mazmunini tashkil etadi. Qo‘llanilgan
CURRENT APPROACHES AND NEW RESEARCH IN
MODERN SCIENCES
International scientific-online conference
21
yordamchi fe’l va yuklamalar ularga muayyan pragmatik tus beradi. Birinchi
jumla(
yo‘q
)ning o‘zi savolga to‘liq javob yetkazadi. Keyingi xil jumlalarning
qurilishi aynan mazmunga emas, uning pragmatik tusiga e’tiborni kuchaytiradi.
Pragmatiklar “Yo‘q” so‘ziga “suhbatdosh yuziga tortilgan tarsaki” deb baho
berganlar. Ana shu tarsakini yumshatish vazifasi ikkinchi jumla(
yo‘q edi
)dagi
edi
to‘liqsiz fe’liga yuklatilgan.
Edi
ning ushbu xususiyatini tahlilga tortish pragmatik
morfologiyaning vazifasidir.
Keyingi jumla(
yo‘q edi-ya
)dagi
-ya
yuklamasi edi bilan yuzaga kelgan yumshoqlik
ottenkasiga mulozamat tusini ham qo‘shadi va quyidagicha bir nechta jumlaning
o‘rnini bosadi:
Afsus, yo‘q. Qaniydi bo‘lsa. Ovora bo‘ldingiz.
Oxirgi jumla(
yo‘q-da
) esa so‘zlovchining biroz zardasini ifodalab,
yo‘q
ning o‘zida
ifodalanmaydigan emotsional tus bilan boyigan.
Aytilganlar pragmatik baho bo‘lgani uchun nutq momenti, sharoiti va
qatnashchilari bilan bog‘liq ravishda yana yangi qirralar kasb etishi mumkin.
Aynan shu jihat ularni tahlilga tortishni qiyinlashtiradi. Biroq zamon ona tili
ta’limi oldiga qo‘yayotgan talablar o‘quvchida bu xil holatlarni tahlil etgan holda
ishlata bilish malakasini shakllantirishni dolzarb vazifa qilib qo‘yadi.
Adabiyotlar ro‘yxati:
1.
Yusuf Xos Xojib. Qutadg‘u bilig. – Toshkent: Yulduzcha.1990.
2.
Гегель. Философия духа // Гегель. Сочинения. т. III. -М., 1956.
3.
Радченко О.Я. Язык как миросозидание. – Москва: URSS, 2006.
4.
SHahobiddinova SH.H. O‘zbek tili morfologiyasi. – Andijon, 2012.
5.
Hakimov M. O‘zbek pragmalingvistikasi asoslari. –T.: Akademnashr. 2013.
6.
Mengliev B.R. Lisoniy tizim yaxlitligi va unda sathlararo munosabatlar.
Filol.fanl.dokt.... diss. avtoref. – Toshkent, 2002.
7.
Нигматов Х.Г. Функциональная морфология тюркоязычных
памятников XI - XII вв. - Т.: Фан, 1989.
8.
Лингвистический энциклопедический словарь - М.: Сов. энц-я, 1990.