CURRENT APPROACHES AND NEW RESEARCH IN
MODERN SCIENCES
International scientific-online conference
148
O‘ZBYEKISTONDA OZIQ-OVQAT XAVFSIZLIGINING NAZARIY
ASOSLARI VA UNI TA’MINLAShNING USTUVOR YO‘NALIShLARI
Sheraliev Xayitali Ro'zalievich
O‘zbekiston Respublikasi Jamoat Xavfsizligi Universiteti
magistratura tinglovchisi
https://doi.org/10.5281/zenodo.13925184
Annotatsiya:
Prezidentimizning 2018 yil 16 yanvardagi “Mamlakatning
oziq-ovqat xavfsizligini yanada ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi
farmoniga muvofiq, oziq ovqat xavfsizligini ta’minlash, bozorni sifatli, xavfsiz va
arzon mahsulotlar bilan to‘ldirish, aholining xarid imkoniyatini mustahkamlash,
tashqi iqtisodiy faoliyatni liberallashtirish va sog‘lom raqobat muhitini
rivojlantirish bo‘yicha ustuvor vazifalar belgilangan. Shu asosida yurtimizda
talab yuqori bo‘lgan oziq-ovqat tovarlarini import qilishda to‘siq va cheklovlarni
bartaraf etish, tashqi iqtisodiy faoliyat sub’ektlari huquqlarini himoya qilish
kafolatlarini kuchaytirish bo‘yicha izchil chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.
Kalit so‘zlar:
Oziq-ovqat xavfsizligi, oziq-ovqat muammosi, Oziq-ovqat
xavfsizligi konsepsiyasini, oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi tashkiloti.
Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portalida Vazirlar
Mahkamasining “2019-2024-yillarda mamlakatda oziq-ovqat xavfsizligini
ta’minlash milliy dasturini tasdiqlash to‘g‘risida”gi qarori loyihasi joylashtirildi.
Hujjatda qayd etilishicha, mamlakatda oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash
jamiyatning ijtimoiy-iqtisodiy holatini barqaror rivojlantirish, fuqarolarning
sog‘lig‘i va hayotini yaxshilash, milliy xavfsizligi va mamlakat mustaqilligini
barqaror saqlashning asosiy yo‘nalishlaridan biriga aylandi. Mazkur yo‘nalishda
respublikada aholini sifatli oziq-ovqat mahsulotlari bilan barqaror ta’minlash,
qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtiruvchilarni qo‘llab quvvatlash bo‘yicha
strategik jihatdan maqsadli hamda izchil chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.
Mamlakatimiz Prezidenti Sh.Mirziyoyevning O‘zbekiston Respublikasi
Prezidenti Oliy Majlis palatalarining qo‘shma majlisidagi nutqida “Qishloq
xo‘jaligini isloh qilish va oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash masalalari, hech
shubhasiz, biz uchun eng muhim vazifalardan biri bo‘lib qoladi” deb ta’kidlab
o‘tdi [1]. Oziq-ovqat xavfsizligiga erishishning asosiy maqsadi ichki va tashqi
salbiy ta’sirga bog‘liq bo‘lmagan holda qayta ishlovchi korxonalarni xomashyo,
aholini- oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta’minlashdir. U hatto valyutaning
yetishmasligi, chetdan mahsulotlarni olib kirishda embargo (boshqa
mamlakatlar tomonidan to‘siqlar qo‘yish) narxlarning o‘sishiga bog‘liq
CURRENT APPROACHES AND NEW RESEARCH IN
MODERN SCIENCES
International scientific-online conference
149
bo‘lmagan bo‘lishi kerak. Oziq-ovqat xavfsizligiga erishishning muhim shartlari
bo‘lib quyidagilar hisoblanadi:
har bir inson uchun oziq-ovqat mahsulotlarining yetarli bo‘lishi (etarli
miqdorda uning taklifi);
aholi barcha ijtimoiy toifalari, shu jumladan kam taminlangan aholi tomonidan
oziq -ovqat mahsulotlarini sotib olishning iqtisodiy jihatdan imkoniyati
(iste’molchilik talabining to‘lov qobiliyati);
me’yorda ovqatlanish uchun yuqori sifatli mahsulotlarni iste’mol qilishning
yetarli miqdorda bo‘lishi
2
.
FAO mutaxassislari fikriga ko‘ra oziq-ovqat xavfsizligi jihatidan holat oziq-
ovqat xavfsizligi omillari, ko‘rsatkichlari, ta’minot barqarorligi, ega bo‘lish
imkoniyati va sog‘lomligi bilan belgilanadi. Ular quyida batafsil belgilangan.
Barqarorlik: oziq-ovqat ta’minoti uzilmasligi uchun aholi, oila yoki alohida axs
har doim oziq-ovqatga ega bo‘la olishi lozim. Ular kutilmagan hodisalar
(masalan, iqtisodiy yoki iqlimiy bo‘hron) yoki siklik hodisalar (masalan, iqlimiy
oziq-ovqat tanqisligi) tufayli oziq-ovqatdan uzilib qolmasligi lozim.
Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev ShHT sammitining kengaytirilgan
tartibdagi majlisidagi nutqida dunyoda ishonch va o‘zaro bir-birini tushunish
taqchilligi sezilayotgan, qarama-qarshiliklar va mojarolar kuzatilayotgan
bugungi sharoitda barqarorlik va xavfsizlikka nisbatan ko‘plab tahdidlar
kuchayganiga yana bir bor urg‘u berdi. “O‘zaro ishonch, adolat va hamjihatlikka
talab global miqiyosda tobora ortib bormoqda. Shu munosabat bilan ochiq va
konstruktiv muloqotni davom ettirish har qachongidan ham ko‘proq talab
etilmoqda. Xalqaro agentliklar xabariga qaraganda, bu yilgi dehqonchilik
mavsumida Yevropa mamlakatlarida kuzatilgan qurg‘oqchilik va Ukraina
inqirozi tufayli taxminan 3 million tonna don yo‘qotilgan. Qurg‘oqchilik
oqibatida bug‘doy hosili– Vengriya 11 foiz, Ruminiya 20 foiz, Bolgariya 11 foiz
kamaygan. Fransiya, Polsha, Moldava va hatto Italiyada ham g‘alla hosilining
katta qismi boy berilgani oydinlashmoqda. Qishloq xo‘jaligida kuzatilgan yana
bir muammo-azotli o‘g‘itlar taqchilligi va ularning narxi oshib ketganligidir. Bu
nafaqat Yevropa, balki Osiyo mamlakatlarida ikkinchi ekin bo‘lgan sholi
yetishtirish va uning hosiliga xavf tug‘dirmoqda. Masalan, Tailandda
sholizorlarni mineral o‘g‘itlar bilan oziqlantirishning imkoni bo‘lmayapti. Xitoy
va Hindistonda ham deyarli shunga o‘xshash vaziyat. Bu kabi omillar ta’sirida
dunyoda oziq-ovqat mahsulotlari narxi oshishi kutilmoqda[3]. Ukrainadagi
vaziyat esa buni yanada murakkablashtirishi turgan gap. Tasavvur hosil
qilishingiz uchun BMTning Oziq ovqat va qishloq xo‘jaligi tashkiloti (FAO)
CURRENT APPROACHES AND NEW RESEARCH IN
MODERN SCIENCES
International scientific-online conference
150
hisobotidan ayrim raqamlarni keltiramiz. Unda aytilishicha, shupaytgacha jahon
bozoriga kungaboqar yog‘ining 46 foizi, bug‘doyning 9 foizi, arpaning 17foizi,
makkajo‘xorining 12 foizi Ukraina tomonidan yetkazib berilgan. Boshqacha qilib
aytganda, kungaboqar yog‘i eksportining 73 foizi, bug‘doyning 33 foizi, arpaning
27 foizi Ukraina va Rossiya ulushiga to‘g‘ri kelgan Prezidentimiz ShHT
Samarqand sammiti ishtirokchilarning e’tiborini ShHT maydonchasida oziq-
ovqat xavfsizligi masalalari bo‘yicha hali jiddiy hamjihatlik yo‘lga qo‘yilmaganiga
qaratdi. Ya’ni oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlashning umumiy tamoyillari va
yondashuvlarini ishlab chiqishga, qishloq xo‘jaligi ekinlarini yetishtirish va qayta
ishlash dasturlariga, to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘zaro ta’minotning muvofiqlashtirilgan
sxemalarini shakllantirishga, yuqori sifatli va arzon oziq-ovqat mahsulotlarini
yetkazib berish uchun samarali logistika, “yashil” va ekspress-yo‘laklarni tashkil
etishga chaqirdi. Ushbu hayotiy masalalarni keng muhokama qilish maqsadida
kelgusi yili Oziq-ovqat xavfsizligi bo‘yicha xalqaro konferensiya o‘tkazishni taklif
etildi[4].
Milliy darajada oziq-ovqat xavfsizligiga darajasining tahlili oziq-ovqat
balansi (OOB) da, ya’ni mamlakatda oziq-ovqat mavjudligida aks ettiriladi. OOB
muayyan davrda mamlakatda oziq-ovqat ta’minoti va inson iste’moli uchun
mavjud oziq-ovqat miqdori va ularning ozuqaviy qiymatiga oid statistik
ma’lumotlarning hisob-kitoblarini ta’minlaydi. Oziqovqat balansida oziq-ovqat,
qishloq xo‘jaligi va importga oid ma’lumotlar yig‘ilgan bo‘lib, mamlakatda oziq-
ovqat va qishloq xo‘jaligi sharoitini hamda mamlakat qay darajada importga
qaramligini (importga qaramlik ko‘rsatkichi) baholashga imkon beradi.
Aholining oziq-ovqat xavfsizligi holatini baholash quyidagi ko‘rsatkichlar
yordamida amalga oshiriladi:
mamlakatning barcha hududida to‘lovga qobil talabga mos keladigan
miqdorda va assortimentda oziq-ovqat mahsulotlarining doimiy ravishda
mavjudligi;
barcha iste’molchilar uchun uning ijtimoiy maqomi va yashash joyidan qat’iy
nazar oziq-ovqat mahsulotlarini minimal darajada iste’mol qilish imkoniyatining
mavjudligi;
oziq-ovqat mahsulotlarining xavfsizligi – inson uchun ushbu mahsulotni
yaroqsiz holga keltiruvchi yoki xavfli bo‘lgan moddalarning mavjud emasligi;
oziq-ovqat mahsulotlarining sifati, ya’ni har kuni inson tomonidan unga zarur
bo‘lgan miqdordagi kaloriya va ozuqaviy komponentlarning uning yoshi va
faoliyat sohasiga bog‘liq ravishda iste’mol qilinishi. Bunda ovqatlanish sifati
ovqatda mutasaddi organlar tomonidan tavsiya qilingan ratsional me’yorlarga
CURRENT APPROACHES AND NEW RESEARCH IN
MODERN SCIENCES
International scientific-online conference
151
muvofiq keladigan oqsil, yog‘, uglevodlar, vitaminlar, makro va
mikroelementlarni uyg‘unlashtirish orqali ta’minlanadi
5
.
Oziq-ovqat xavfsizligining muhim natijaviy ko‘rsatkichi bo‘lgan
oziqovqatlar savatining qiymati aynan o‘sha iste’mol savatidagi mahsulot
to‘plamiga bog‘liqdir. Uning miqdori aholining muayyan guruhlari uchun
ularning jinsi va yoshini inobatga olgan holda minimal iste’mol me’yorlarini
tovar ishlab chiqariladigan tarmoqda: ishlab chiqarish vositalarini ishlab
chiqarish -qishloq xo‘jaligi-qayta ishlash-mahsulotni pirovard iste’molchiga
sotish sohasida qaror topgan o‘rtacha narxlarga ko‘paytirish yo‘li bilan hisoblab
chiqiladi. Bunda shuni nazarda tuti sh lozimki, turli mamlakatlarda minimal
iste’mol savatining me’yorlari ilmiy asoslangan ovqatlanish me’yorlaridan
ahamiyatli darajada farqlanishi mumkin. Minimal iste’mol savatining tovar va
xizmatlar to‘plamidan kelib chiqqan holda yashash minimumi aniqlanadi, u bir
kishi uchun insonning minimal bioijtimoiy ehtiyojlarining qondirilishini
ta’minlaydigan minimal iste’mol savatining qiymatiga teng bo‘lgan minimal
daromaddan iborat. Shuni inobatga olgan holda yashash minimumi quyidagilar
uchun mo‘ljallangan: Ko‘rsatib o‘tilgan omillarning oziq-ovqat xavfsizligiga
ta’sirini oziq-ovqat mahsulotlarini iste’mol qilishning quyidagi ko‘rsatkichlari
asosida baholash mumkin:
-
aholi daromadlarining xarid qobiliyatini baholash:
minimal va o‘rtacha oylik ish haqining, minimal pensiyaning yashash
minimumiga nisbati:
- agar ushbu nisbatning qiymati 1 ga teng bo‘lsa, oziqovqat tovarlarini
iste’mol qilish darajasi minimal iste’mol savatiga mos bo‘ladi. agar nisbatning
qiymati 1 dan katta bo‘lsa, oziqovqat mahsulotlarini iste’mol qilish darajasi
minimal iste’mol savatidan kattaroq bo‘ladi. asosiy oziq-ovqat mahsulotlarini
amalda jon boshiga iste’mol qilinishi miqdori.
O‘zbekistonda oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash va oziq-ovqat zahiralarini
yanada ko‘paytirish maqsadida quyidagi taklif va tavsiyalar ishlab chiqilgan:
1. O‘zbekiston Respublikasida oziq- ovqat xavfsizligini ishonchli tarzda, barqaror
ta’minlash maqsadida qishloq xo‘jaligi sug‘oriladigan yerlarning meliorativ
holatini yaxshilash uchun quyidagilarni amalga oshirish lozim bo‘ladi: -qishloq
xo‘jaligi ekinlarini sug‘orishda ilg‘or texnologiyalarni qo‘llash hamda suvdan
foydalanuvchilarning mas’uliyatini yanada oshirish orqali suv resurslaridan
samarali foydalanish;
- qishloq xo‘jaligi sug‘oriladigan yerlarning meliorativ holatini doimiy
monitoring qilib borish, yerdan maqsadsiz va xo‘jasizlarcha foydalanish
CURRENT APPROACHES AND NEW RESEARCH IN
MODERN SCIENCES
International scientific-online conference
152
holatlariga nisbatan keskin choralar ko‘rish hamda yerlardan aholi
daromadlarining xarid qobiliyatini baholash: minimal va o‘rtacha oylik ish
haqining, minimal pensiyaning yashash minimumiga nisbati: agar ushbu
nisbatning qiymati 1 ga teng bo‘lsa, oziqovqat tovarlarini iste’mol qilish darajasi
minimal iste’mol savatiga mos bo‘ladi. agar nisbatning qiymati 1 dan katta
bo‘lsa, oziqovqat mahsulotlarini iste’mol qilish darajasi minimal iste’mol
savatidan kattaroq bo‘ladi. Asosiy oziq-ovqat mahsulotlarini amalda jon boshiga
iste’mol qilinishi miqdori. yomon foydalanish oqibatida uni yaroqsiz holatga
keltirgan sub’ektlarga nisbatan qat’iy choralar ko‘rish maqsadga muvofiqdir.
2. Oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqarishni ko‘paytirish maqsadida
respublika qishloq xo‘jaligida tarkibiy tuzilishini o‘zgartirish uchun
quyidagilarni amalga oshirish lozim bo‘ladi:
- qishloq xo‘jaligi oziqaviy mahsulotlarni ishlab chiqarish va ularni
iste’molchilarga nest-nobud qilmasdan yetkazib berish borasida xorijiy
mamlakatlarning ilg‘or tajribasini o‘rganish va uni amalda qo‘llash lozim bo‘ladi;
- qishloq xo‘jaligi ekinlari navlarini respublika mintaqalari va hududlarining
tabiiy-iqlim sharoitlarini hisobga olgan holda oqilona joylashtirish, mahsulotlar
sifati va ekinlar hosildorligini oshirish;
- zararkunandalar va kasallikka chidamli, tezpishar va yuqori hosildor qishloq
xo‘jaligi ekinlarining urug‘lari bilan ta’minlash;
-qishloq xo‘jaligi ekinlarini almashlab ekishning ilmiy asoslangan tizimini ishlab
chiqish va amaliyotga qo‘llash; - mineral o‘g‘itlardan samarali foydalanish,
zararkunandalarga qarshi biologik i vositalardan foydalanish ko‘lamini
kengaytirish.
3. Xo‘jalik yuritishning ilmiy asoslangan tizimini ishlab chiqarishga tadbiq etish
amaliy jihatdan qishloq xo‘jaligida yer maydonlaridan unumli foydalanishning
muhim yo‘nalishi hisoblanadi. Buning natijasida ekin maydonlarini
kengaytirmasdan, ulardan intensiv va unumli foydalanishga erishiladi.
4.Qishloq xo‘jaligi yer turlarini oqilona, to‘g‘ri joylashtirish natijasida tuproq-
iqlim sharoitlarini, joyning relefini, ishlab chiqarishni iqtisodiy rentabelli tashkil
etish talablarini va boshqalarni hisobga olish maqsadga muvofiq. Iqtisodiy
jihatdan asoslangan va ishlab chiqarish nuqtai-nazaridan, yerdan o‘ta samarali
foydalanishga erishiladi. Bu esa, o‘z navbatida qishloq xo‘jaligida yer
maydonlarining ko‘payishi bilan barobardir.
Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati:
1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasini yanada
rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasi to‘g‘risida” PF-4947-son Farmoni.
CURRENT APPROACHES AND NEW RESEARCH IN
MODERN SCIENCES
International scientific-online conference
153
2. Karimov I.A. “O‘zbekistonda oziq-ovqat dasturini amalga oshirishning muhim
zahiralari” mavzuida xalqaro konferensiya ning ochilish marosimidagi
nutqi.//Xalq so‘zi, 2019 yil.
3. Mirziyoyev Sh.M. Erkin va farovon, demokratik O‘zbekiston davlatini mard va
oliyjanob xalqimiz bilan quramiz. Sh.Mirziyoyevning O‘zbekiston Respublikasi
Prezidenti lavozimiga kirishish tantanali marosimiga bag‘ishlangan Oliy Majlis
palatalarining qo‘shma majlisidagi nutqi. Xalq so‘zi, 2016 yil 15 dekabr.
4. O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi
bo‘yicha Harakatlar strategiyasini “Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari
yili”da amalga oshirishga oid Davlat dasturini o‘rganish bo‘yicha ilmiyommabop
risola. – Toshkent: “Ma’naviyat”, 2019. – 268 b.
5. D.N.Saidova, I.B.Rustamova, Sh.A. Tursunov. “Agrar siyosat va oziq-ovkat
xavfsizligi”. O‘quv qo‘llanma. T.: “O‘zR Fanlar Akademiyasi Asosiy kutubxonasi”
bosmaxonasi nashriyoti, 2019. – 257 b.
6. Namozov A.. Agrar sohada investitsiyalardan unumli foydalanish-davr talabi
//O’zbekiston qishloq xo’jaligi Toshkent, 2019.- №6.-. B. 29.
7. www.icarda.org - Qurg‘okchilik hududlarda qishloq xo‘jaligi tadqiotlari
bo‘ytchp xalqaro markazi (ICARDA)ning rasmiy sayti
8. World Population Prospects, the 2020 Revision
9. Gary Bickel, Mark Nord, Cristofer Price, William Hamilton, John Cook
Measuring Food Security in the United States. Guide to Measuring Household
Food Security. USA ,USDA, 2020.
10. N.I.Saidaxmedova. Oziq-ovqat xavfsizligini ta'minlash bo'yicha xorijiy
davlatlar tajribasi va ularni O'zbekistonda foydalanish yo'llari. – T., 2019 yil.
11.https://en.wikipedia.org/wiki/World_Food_Summit#cite_note-1
12. Fazilov F.M. Jahon iqtisodiyotining globallashuvi sharoitida O'zbekiston oziq-
ovqat xavfsizligini ta'minlash: iqtisod fan. nom. dis. Avtoref.-T.: JIDU, 2020.