CURRENT APPROACHES AND NEW RESEARCH IN
MODERN SCIENCES
International scientific-online conference
117
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASINING TURIZM SALOHIYATNI
OSHIRISHDA JOYLASHTIRUV VOSITALARINING ROLI
Xudayberdiyeva Nargiza Nizomiddin qizi
Namangan davlat universiteti katta o‘qituvchisi,
iqtisodiyot fanlari bo’yicha falsafa doktori, PhD
E-mail: shin-set-sunan@mail.ru
https://doi.org/10.5281/zenodo.13919995
Annotatsiya.
Ushbu maqolada
turizm tarmog‘ining jahon iqtisodiyotida
tutgan o‘rni, O‘zbekiston Respublikasining turizm salohiyati xususan, turistlarni
joylashtirish bo‘yicha imkoniyatlari tahlil qilingan. Shuningdek, mamlakatga
tashrif buyuruvchi sayyohlar ichida turkiy davlatlarning ulushi yuqoriligi
alohida ta’kidlangan.
Kalit so’zlar:
Turizm tarmog‘i, joylashtirish vositalari, turistik salohiyat,
yashash va ovqatlantirish xizmatlari, mehmonxona.
Абстракт.
В данной статье анализируется роль туристической сети в
мировой экономике, туристический потенциал Республики Узбекистан, в
частности возможности по размещению туристов. Также была
подчеркнута высокая доля тюркских стран среди туристов, посещающих
страну.
Ключевые слова:
Туристская сеть, средства размещения,
туристский потенциал, услуги по размещению и питанию, гостиница.
Abstract. This article analyzes the role of the tourism in the world
economy, the tourist potential of the Republic of Uzbekistan, in particular the
possibilities for accommodating tourists. The high share of Turkic countries
among tourists visiting the country was also emphasized.
Keywords: Tourist network, accommodation facilities, tourist potential,
accommodation and food services, hotel.
Turizm tarmog‘i jahon savdosining eng yirik tarmog‘iga aylanib bormoqda
va hozirgi kunda yer yuzidagi jami tovar va xizmatlar eksportida daromad
keltirish bo‘yicha uchta yirik tarmoqlar neft qazib olish va avtomobil sanoatidan
keyingi uchinchi o‘rinda turadi. Turizm sohasi jahon yalpi ichki mahsulotining
9,1foizi da bo‘ladigan jami eksportning 10 foizini beradi, xizmatlar savdosining
esa 28 foizi turizmga to‘g‘ri keladi.
Buyuk ipak yo‘lida joylashgan, asrlar davomida o‘z davlat g‘aznasining
katta qismini sayohatchilar va xorijiy savdogarlar hisobidan to‘ldirib kelgan
qadimiy shaharlari bilan mashhur, tarixiy va madaniy o‘tmishga ega O‘zbekiston
CURRENT APPROACHES AND NEW RESEARCH IN
MODERN SCIENCES
International scientific-online conference
118
Respublikasi turizm tarmog‘ini rivojlantirish uchun real imkoniyatlariga ega.
Turizm tarmog’ining kengayib borishi o’z o’rnida keluvchi sayyohlarni
joylashtirish va ularga sifatli xizmatlar ko’rsatish tizimini takomillashtirishni
talab etadi.
So‘nggi yillardagi turizm faoliyati rivojini qisqacha baholaydigan bo‘lsak,
2023-yilda mamlakatimizga 6,6mln.dan ortiq sayyoh kelgan, bu 2022-yildagi
ko‘rsatkichdan 1.4 mln. kishiga ko‘p, ular xududlarda faoliyat olib borayotgan
4879 ta joylashtirish obyekti xizmatlaridan foydalangan. So‘nggi 4 yil ichida
O‘zbekistonda 833 ta yangi mehmonxonalar jumladan yirik, o‘rta va kichik
mehmonxonalar ishga tushirildi. Joylashtirish fondlarining umumiy soni 1442
taga yetdi. Xonalar soni bilan 33,4 ming dona va 71,2 ming o‘rinni tashkil etdi.
Joylashtirish (mehmonxona) xizmatlari yashash va ovqatlanish xizmatlari
tarkibida bo‘lganligini hisobga olgan holda so‘nggi yillarda yashash va
ovqatlanish xizmatlari sohasida yuz bergan o‘zgarish tendensiyalari hamda
alohida joylashtirish (mehmonxona) obyektlarining asosiy ijtimoiy-iqtisodiy
ko‘rsatkichlari tahlil qilamiz (1-jadval).
1-jadval
O‘zbekistonda yashash va ovqatlanish xizmatlari sohasining rivojlanish
ko‘rsatkichlari(mlrd.so‘m)
Ko‘rsatkichlar
Yillar
2023-
yilda
2020 yilga
nisbatan
o‘zgarish,
%
2020
2021
2022
2023
Yashash
va
ovqatlanish
xizmatlari
5878,5 7479,3 15994,2 18300,2 311,3
Shundan:
Oziq-ovqat va ichimliklar
bilan ta’minlash bo‘yicha
xizmatlar
5167,2 6357,4 13755,01 15555,2 301,01
Umumiy ko‘rsatkichlardagi
ulushi, %
87,9
85,0
86,0
85,0
-2.9
Yashash bo‘yicha xizmatlar
711,3 1121,9 2239,2
2745,03 385,9
Umumiy ko‘rsatkichlardagi
ulushi, %
12,1
15,0
14,0
15,0
+2,9
CURRENT APPROACHES AND NEW RESEARCH IN
MODERN SCIENCES
International scientific-online conference
119
Manba: O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi
ma’lumotlari (www.stat.uz)
Jadval ma’lumotlaridan ko‘rish mumkinki, so‘nggi 4 yil davomida yashash
va ovqatlanish xizmatlari hajmi pandemiya sharoitida ham o‘sish tendensiyasini
saqlab qolgan. 2020-yilda soha tomonidan yaratilgan xizmatlar hajmi 5878,5
mlrd. so‘mdan 2021-yilda 7479,3 mlrd. so‘mga ortgan (o‘sish 127,2 %) bo‘lsada,
2020-yildagi global pandemiya ta’sirida uning tarkibidagi oziq-ovqat bilan
ta’minlash bo‘yicha xizmatlar yuqori bo‘lgan(87,9%), pandemiya sharoitlari
yengillashgani sabab, 2021-yilda yashash bo‘yicha xizmatlarning ulushida
sezilarli o‘zgarish yuz bergan, ya’ni yashash bo‘yicha xizmatlar 2020-yildagi
ko‘rsatkichga nisbatan 57,7% ga, umumiy ko‘rsatkichdagi ulushi 2,9 %ga
oshgan. 2023-yilda mamlakatimizda yashash bo’yicha ko’rsatilgan xizmatlar
hajmi 2745,03 mlrd. so’mga yetdi va o’tgan 4 yil mobaynida qariyb 4martaga
ko’paydi.
O‘zbekistonda mehmonxona, joylashtirish vositalari fondini tahlil
qiladigan bo‘lsak, o‘tgan yili 2023-yilda 810 ta yangi turoperator va turfirma
faoliyati yo‘lga qo‘yildi. Turizm va unga yondosh sohalarda 70 mingta yangi ish
o‘rinlari yaratildi. 183 ta ta mehmonxona, 215 ta hostel, 356 ta oilaviy mehmon
uyi ishga tushdi.
2023-yil davomida eng ko‘p tashrif Tojikiston (2 mln 155,2 ming),
Qirg‘iziston (1 mln 757,1 ming) va Qozog‘iston (1 mln 333,3 ming nafar)dan
bo‘ldi. Sayyoh sifatida Rossiyadan 714,3 ming kishi kelgan bo‘lsa, Turkiyaning
ko‘rsatkichi 106,5 ming nafarni tashkil etdi.
CURRENT APPROACHES AND NEW RESEARCH IN
MODERN SCIENCES
International scientific-online conference
120
2.2-rasm. 2019-2023 yillarda O‘zbekiston Respublikasida joylashtirish
vositalari sonining o‘zgarishi
Manba: O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi
ma’lumotlari (www.stat.uz)
2023-yilda jami joylashtirish fondi 5477 tani tashkil qilgan bo‘lib, o‘rinlar
soni 142720 tani tashkil qildi. Oxirgi 5 yil davomida joylashtirish vositalarining
umumiy soni 3314 taga ko‘paydi.
2.3-rasm.
O‘zbekiston
Respublikasi
hududlarida
joylashtirish
vositalarining 2023-yildagi soni
Manba: O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi
ma’lumotlari (www.stat.uz)
2163
2789
4015
5029
5477
0
1000
2000
3000
4000
5000
6000
2019 y
2020 y
2021 y
2022 y
2023 y
Joylashtirish vositalari sonining yillar kesimida
o'zgarishi
107
165
498
197
316
210
673
507
45
227
1122
330
215
865
0
200
400
600
800
1000
1200
CURRENT APPROACHES AND NEW RESEARCH IN
MODERN SCIENCES
International scientific-online conference
121
Joylashtirish vositalarini O‘zbekiston Respublikasi hududlar kesimida
ko‘rsak, barcha turdagi joylashtirish vositalari soni bo‘yicha Toshkent viloyati
(1122ta), Toshkent shahri (865 ta) va Namangan viloyati (673 ta) yuqori
o‘rinlarda tursa, Sirdaryo viloyati (45 ta) va Qoraqolpog‘iston Respublikasi
(107ta) quyi o‘rinlarda turadi.
2.4-rasm.
O‘zbekiston
Respublikasi
hududlarida
mehmonxonalarning 2023-yildagi soni
Manba: O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi
ma’lumotlari (www.stat.uz)
Aynan mehmonxona turidagi joylashtirish vositalari soni bo‘yicha
ma’lumotlarni tahlil qiladigan bo‘lsak, O‘zbekiston Respublikasida 2023-yil
holatiga 1240 ta mehmonxona mavjud bo‘lib, ularning asosiy qismi Toshkent
shahrida (300ta), eng kam soni Sirdaryo viloyatida (14 ta) qayd etilgan.
Xulosa sifatida shuni ta’kidlash mumkinki, O‘zbekiston Respublikasining turizm
tarmog’ini rivojlantirish salohiyati yuqori bo’lib, sohaga berilayotgan e’tibor
natijasida sо‘ngi yillardа mehmоndо‘stlik sаnoati katta sur’atlar bilan
rivojlanmоqda. Bunga sаbаb dаm оlish yoki biznes maqsadlarida sayohat
qiluvchilarning soni keskin oshib borayotganidadir. Bozorda mehmоnxonalar
sоni ortishi bilan mehmоnxona kоrxоnalari raqоbatbardosh, sаmаrali va
mijоzlarga sifatli xizmatlarni taklif etish uchun eng yaxshi amaliyotlarni
qo‘llаshlari talab etilаdi.
0
50
100
150
200
250
300
65
27
203
45 49
34
36
149
14
29
109
98
82
300