CURRENT APPROACHES AND NEW RESEARCH IN
MODERN SCIENCES
International scientific-online conference
75
ISHQALANISH SHAROITIDA ISHLAYDIGAN DETALLARINING
YEYILISHGA CHIDAMLILIGINI OSHIRISHDA LEGIRLOVCHI
ELEMENTLARNING AHAMIYATI
Komolov Azizbek Zokirjon o‘g‘li
assistent, Andijon Mashinasozlik instituti
E-mail: akamolov1797@gmail.com
+998 93 060 56 44
Umarov Abduraximjon Maxammadumar o‘g‘li
t.f.f.d.,dotsent, Andijon Mashinasozlik instituti
E-mail: abdurahimumarov27@gmail.com
+998 99 910 04 27
Asadbek Mannopjonov
Ta’lim ustasi, 1-son Kasb-hunar maktabi
E-mail: asadbekdavronov6@gmail.com
+998973399949
https://doi.org/10.5281/zenodo.13910969
Legirlovchi elementlarning po’latlarning strukturasiga ta’siri.
Po’latga legirlovchi elementlarni kiritishdan kо‘zda tutilgan asosiy maqsad,
payvand qatlamning xossalarini zarur tomonga qarab о‘zgartirishdan iborat.
Legirlovchi elementlarning pо‘lat xossalariga ta’siri, ularning temir va uglerod
bilan о‘zaro ta’sir etish xarakteriga hamda legirlovchi elementlar miqdoriga
bog‘liq bо‘ladi. Legirlovchi elementlar payvand qatlam puxtaligini,
qovushqoqligini, yeyilishga chidamliligini va boshqa mexanik xossalarini,
shuningdek yо‘nib ishlanuvchanlik, toblash chuqurligi kabi texnologik
xossalarini oshiradi, fizik (magnit va elektr) xossalarini о‘zgartiradi, yuqori
haroratlarda va odatdagi sharoitlarda karroziyabardoshlik xususiyatlarini
yaxshilaydi [1].
Legirlovchi elementlarning ferritga ta’siri.
Legirlovchi elementlarning
α-temirda erishi, temirning kristal panjarasidagi temir atomlari о‘rnini
legirlovchi element atomlari olishidan iborat, demak, bunda о‘rin olish qattiq
eritmasi hosil bо‘ladi. Legirlovchi elementlar atomlarining о‘lchamlari temir
atomlarining о‘lchamlaridan farq qilganligi uchun legirlovchi element atomlari
temirning kristall panjarasidagi temir atomlari о‘rnini olganda, panjarada
kuchlanishlar hosil bо‘lib, buning oqibatida panjaraning parametri (davri)
о‘zgaradi: legirlovchi element atomining о‘lchami temir atominikidan kichik
bо‘lsa, panjaraning parametri kichrayadi, legirlovchi element atomining о‘lchami
temir atominikidan katta bо‘lgan taqdirda esa panjara parametri kattalashadi
[1].
CURRENT APPROACHES AND NEW RESEARCH IN
MODERN SCIENCES
International scientific-online conference
76
α-panjara parametrlarining о‘zgarishi natijasida ferritning xossalari ham
о‘zgaradi.
Kristall panjarasi, xuddi α-temirniki kabi, ya’ni hajmi markazlashgan kub
bо‘lgan Cr, W va Mo elementlari ferritning puxtaligini boshqa tur panjarali
elementlaridan (Mn, Si va Ni dan) kо‘ra kamroq oshiradi. Bir foizdan ortiq
marganets va bir foizdan ortiq kremniy, shuningdek volfram va molibden
ferritning zarbiy qovushqoqligini pasaytiradi. Bir foizdan ortiq xrom ferritning
qovushqoqligini nisbatan kam pasaytiradi, nikel esa mutlaqo pasaytirmaydi,
balki bir muncha oshiradi. Demak yuqorida kо‘rsatib о‘tilgan elementlar ichida
eng qimmatlisi nikeldir, chunki nikel ferritini yetarli darajada puxta qilish bilan
birga, uning qovushqoqligini pasaytirmaydi, boshqa elementlar esa ferritning
qovushqoqligini uncha pasaytirmasa ham, lekin ferritni yetarli darajada puxta
qilmaydi (masalan Cr) yoki ferritni juda puxta qilgani bilan uning
qovushqoqligini pasaytirib yuboradi (masalan Mn va Si) [2.].
a-qattiqlik b-zarbiy bardoshlik
1-rasm. Legirlovchi elementlarning ferritning xususiyatlariga ta’siri
Volfram, molibden yoki kremniyni eritgan ferritning xossalari
qotishmaning tez yoki sekin sovitilishiga bog‘liq bо‘lmaydi, marganetsni yoki
nikelni eritgan ferritning xossalari esa qotishmaning sovitish tezligiga bog‘liqdir,
ya’ni tez sovitilgan ferritning qattiqligi sekin sovitilgandagiga qaraganda ancha
yuqori bо‘ladi [3.].
Xulosa.
Quyma detallarning yeyilishga chidamliligini oshirishda legirlaydigan
(qotishma) elementlarning ahamiyati katta, chunki ular metallning fizik va
mexanik xususiyatlarini sezilarli darajada yaxshilaydi.
Легирловчи элементларнинг миқдори, %
Қ
атти
қлик
,
HB
CURRENT APPROACHES AND NEW RESEARCH IN
MODERN SCIENCES
International scientific-online conference
77
Foydalanilgan adabiyotlar:
1. K. Qosimov, Umarov A., Raxmonov M. Legirlovchi elementlarning payvand
chok strukturasiga ta’siri // Oriental Renaissance: Innovative, educational,
natural and social sciences Vol.3 iss.4/2, April 2023 560-566-betlar ISSN: 2181
2. А.М. Умаров, Мўйдинов А.Ш. Резултаты испытаний наплавленных
образсов на контактный износ плоских деталей автоссепки вагонов” //
Универсум: Технические науки Выпуск: 10(115) Октябр 2023. Част 2,
Москва 2023. – С. 26-29.
3. A.M. Umarov. Avtotsepka qulf detallarini yeyilishga sinashda o‘tkazilgan ko‘p
omilli eksperimental tadqiqotlarning natijalari // Zamonaviy ta’lim tizimini
rivojlantirish va unga qaratilgan kreativ g‘oyalar, takliflar va yechimlar
mavzusidagi 58-sonli respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi. 2023-yil 1-noyabr.
13-17-betlar.