CURRENT APPROACHES AND NEW RESEARCH IN
MODERN SCIENCES
International scientific-online conference
23
SHAHARLARDA ATROF-MUHITNI MUHOFAZA QILISHGA OID
XALQARO HUJJATLAR VA ULARNING ASOSIY MAZMUN-MOHIYATI
Normatov Ermamat Toyir o‘g‘li
Toshkent davlat yuridik universiteti tayanch doktoranti
normatovermamat@gmail.com
https://doi.org/10.5281/zenodo.15037148
Tadqiqot predmeti shaharlarda atrof-muhitni muhofaza qilishga oid
xalqaro hujjatlar va ularning asosiy mazmun-mohiyati yoritilgan bo‘lib, hozirgi
glabal iqlim o‘zgarishida yuzaga kelayotgan muammolarni xalqar hujjatlar va
normalar bilan hal qilish tartibi va ushbu normalarni asosiy mazmuni yoritib
berilgan.
Kalit so‘zlar:
Habitat I konferensiyasi, Vankuver majburiyatlari, Xabitat-III
konferensiyasi, urbanizatsiya.
Bugungi kunga kelib, shaharlarda atrof-muhitni muhofaza qilishga oid
xalqaro hujjatlar va xalqaro konfrensiyalar tashkil qilinib kelinmoqda. Albatta,
bu hujjatlar shahar rivojlanishining ekologik, iqtisodiy va ijtimoiy jihatlarining
uyg‘unligini ta’minlashni shuningdek, shaharlarda atrof-muhitni muhofaza
qilishning asosini tashkil etishni o‘z oldiga maqsad qilib qoygan. Bundan
tashqari, xalqaro hujjatlar kelajak avlodlarning o‘z ehtiyojlarini qondirish
imkoniyatlarini xavf ostiga qo‘ymagan ekologik muommo va vaziyatlarni oldini
olish hamda hozirgi paytdagi kuzatilayotgan ekologik muommolarni turli yo‘l
bilan hal qilishni o‘zining asosiy yo‘li deb ko‘rsatadi.
Shaharlarda atrof-muhitni muhofaza qilishga oid xalqaro darajadagi
kelishuvlar Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasi tomonidan 1976
yilda Vankuverda Habitat I konferensiyasini chaqirgan. Chunki, hukumatlar
uchun barqaror aholi punktlari zarurligi va tez urbanizatsiya oqibatlari, ayniqsa
rivojlanayotgan mamlakatlarda keng jamoatchilik tomonidan e'tirof qila
boshlandi. O‘sha paytda urbanizatsiya va uning ta'siri xalqaro hamjamiyat
tomonidan deyarli ko‘rib chiqilmagan, ammo dunyo odamlarning shahar va
qishloqlarga tarixidagi eng katta va eng tez migratsiyasiga, shuningdek,
rivojlanish natijasida tabiiy o‘sish orqali shahar aholisining ko‘payishiga guvoh
bo‘la boshladi. Aholining o‘sishi natijasida shaharlarda yerning kamayishi va
aholining turar-joyga nisbatan ehtiyojning keskin oshishiga olib keldi.
Habitat I konferensiyasida ikkita asosiy natija aniqlandi. Bular:
1.
Boshpana va urbanizatsiya birgalikda hal qilinishi kerak bo‘lgan
global muammolar ekanligini tan olish
2.
Birlashgan Millatlar Tashkilotining aholi punktlari markazini
(UNCHS-Habitat) yaratish
CURRENT APPROACHES AND NEW RESEARCH IN
MODERN SCIENCES
International scientific-online conference
24
Vankuver majburiyatlari yigirma yildan keyin Istanbuldagi Habitat II
konferensiyasida yana bir bor tashkilashtirildi. Bu konferensiyada Jahon
yetakchilari Habitat kun tartibini urbanizatsiyalashgan dunyoda rivojlanishni
boshqaradigan barqaror aholi punktlari tushunchasi bilan barcha uchun
munosib boshpana uchun global harakat rejasi sifatida qabul qildindi.
Unda shaharni muayyan funksiyalarni bajaradigan (ijtimoiy, atrof-muhit,
hududiy) va ularga ma’lum shart-sharoitlarni yaratadigan yoki ularga hissa
qo‘shadigan deb tasavvur qilinadi (barchaning ishtirok etish sharoitlari,
huquqlarning tengligi; iqtisodiy o‘sish uchun shart-sharoitlar; shaharning
harakatchanligi uchun rejalashtirish va investitsiyalarni ilgari surish; ofatlar
xavfini kamaytirish va tartibga solish; ekotizimlar, suv resurslari, yashash joylari
va bioxilma-xillikni muhofaza qilish, saqlash, tiklash va shakllantirishni,
o‘zlarining atrof-muhitga ta’sirini minimallashtirishni va iste’mol hamda ishlab
chiqarishning barqaror shakllariga o‘tishni ta’minlash).
Shaharlarning ijtimoiy-iqtisodiy ekologik muammolari masalalari, o‘sib
borayotgan urbanizatsiya ham, BMTning uy-joy va barqaror shahar rivojlanishi
bo‘yicha Xabitat-III konferensiyasi (2016 yil 17–20 oktabr, Kioto, Ekvador)
qatnashchilari tomonidan ham ko‘rib chiqilgan. Kun tartibidagi maqsadni
(shaharlar va aholi punktlarining ochiqligi, xavfsizligi, puxtaligi va ekologik
barqarorligini ta’minlash) amalga oshirish doirasida yangi shaharsozlik dasturi
qabul qilindi (Barcha uchun ekologik barqaror shaharlar va aholi punktlarga
bag‘ishlangan Kioto deklaratsiyasi)
Bosh
Assambleyaga
a'zo
davlatlar,
67/216
rezolyutsiyasida,
Konferentsiyaning maqsadlari barqaror shahar rivojlanishi uchun yangilangan
siyosiy majburiyatlarni ta'minlash, bugungi kunga qadar erishilgan yutuqlarni
baholash, qashshoqlikni bartaraf etish, yangi va paydo bo‘lgan muammolarni
aniqlash va hal qilish edi. Konferentsiya natijasida Yangi shahar kun tartibi —
ixcham, yoʻnaltirilgan, istiqbolga moʻljallangan va harakatga yoʻnaltirilgan
yakuniy hujjat- bu Kioto deklaratsiyasi edi.
Konferentsiya barcha aʼzo davlatlar va tegishli manfaatdor tomonlarning,
jumladan parlament aʼzolari, fuqarolik jamiyati tashkilotlari, mintaqaviy va
mahalliy hukumat va munitsipalitet vakillari, mutaxassislar va tadqiqotchilar,
ilmiy doiralar, jamgʻarmalar, ayollar va yoshlar guruhlari, kasaba uyushmalari va
xususiy sektorning ishtiroki va hissalarini mamnuniyat bilan qabul qildi.
Shuningdek, Birlashgan Millatlar Tashkiloti tizimidagi tashkilotlar va
hukumatlararo tashkilotlar ham ushbu konferensiyada qanashgan holda
CURRENT APPROACHES AND NEW RESEARCH IN
MODERN SCIENCES
International scientific-online conference
25
barqaror rivojlanish dasturi boyicha bir qancha taklif va tafsiyalarni berib
o‘tganligi juda katta ahamiyatga ega.
Konferentsiyada 167 mamlakatdan 30 000 dan ortiq kishi ishtirok etgan va
Habitat III Birlashgan Millatlar Tashkiloti tarixida fuqarolik jamiyati, manfaatdor
tomonlar va mahalliy hokimiyat organlarining eng kuchli ishtirokiga ega bo‘ldi.
Mahalliy va mintaqaviy hokimiyat organlarining 2000 dan ortiq vakillari
akkreditatsiyadan o‘tkazildi. Bu muvaffaqiyat Kiotogacha bo‘lgan ikki yil
davomida inklyuziv va ishtirokchi tayyorgarlik jarayoniga asoslangan edi.
Professor
G.Uzakovning
fikriga
ko‘ra:
BMTning
Shaharlarni
rivojlantirishning yangi dasturini (Xabitat III) amalga oshirish rejasiga mos
holda, barqaror rivojlanish konsepsiyasi doirasida shaharlar hududini
rivojlantirishni va qurishni rejalashtirishda qo‘llanilishi kerak bo‘lgan aniq
ekologik va huquqiy choralar kompleks tizimini yaratish lozim. Xususan,
shaharlarni rivojlantirish va qurishni rejalashtirishda bir qator omillarni hisobga
olish kerak: atrof-muhitning holati (fizikaviy, kimyoviy, biologik ko‘rsatkichlar
bo‘yicha va tabiiy muhit tarkibiy qismlari bo‘yicha atrof-muhitga bo‘lgan bosim;
atrof-muhitda to‘plangan zarar va boshqa omillar); shahar aholisining
salomatlik holati (mehnatga layoqatli va layoqatsiz; yosh guruhlari bo‘yicha
aholi) va uning (aholi) ma’lumot darajasi; shaharlar turi va aholi soni;
shaharning ixtisoslashuvi (iqtisodiyot, fan, texnikaning ustuvor tarmoqlari yoki
bu o‘z hududida noyob tarixiy, madaniy va h.k. yodgorliklarga egaligi); tabiiy va
geografik omillar (atrof-muhit harorati, suv ob’ektlarining mavjudligi, quyoshli
yoki yomg‘irli kunlar soni, eng ko‘p uchraydigan tabiiy hodisalar, shu jumladan
prognoz qilinadigan, hududning seysmik faolligi, suv toshqini zonalari va
boshqalar); shaharsozlik omillari (mavjud qurilishning tabiati, shaharda ustuvor
bo‘lgan kapital qurilish loyihalarining xususiyatlari, jamoat joylari, ko‘cha va yo‘l
tarmoqlari tizimini rivojlantirish va boshqalar).
Habitat III konferensiyasida 2030 yilgacha Barqaror rivojlanish kun tartibi
va Barqaror rivojlanish maqsadlari qabul qilingandan keyin Birlashgan Millatlar
Tashkilotining birinchi global sammiti bo‘ldi desak adashmagan bo‘lamiz. Bu
shaharlar, shaharchalar va qishloqlar barqaror rivojlanishning asosiy yo‘l
boshlovchisi sifatidagi rolini bajarishi va shuningdek, yangi global rivojlanish va
iqlim o‘zgarishi maqsadlarini amalga oshirishni shakllantirish uchun qanday
rejalashtirilishi va boshqarilishi haqidagi muhim muammolarni muhokama
qilish uchun noyob imkoniyatni taqdim etdi.
Biz bilamizki, Shaharda ekologik talablarni hisobga olmasdan turib,
odamlarning xilma-xil ehtiyojlarini qondirish mumkin emas. Shu bilan birga,
CURRENT APPROACHES AND NEW RESEARCH IN
MODERN SCIENCES
International scientific-online conference
26
shahardagi ekologik toza muhit insonning har tomonlama rivojlanishi uchun
imkoniyat yaratadi. Inson nafaqat psixologik jihatdan sog‘lom shahar muhitiga,
balki ekologik jihatdan zararsiz muhitga ham muhtoj, tabiiy muhit ham
insonning ehtiyojlarini qondirish uchun shart-sharoit yaratib, o‘ziga
ehtiyotkorlik bilan munosabatda bo‘lishni talab qiladi.
Habitat III konferensiya bildirilgan Yangi shahar kun tartibi yaxshiroq va
barqaror kelajak uchun umumiy qarashni ifodalaydi. Agar shaharlar yaxshi
rejalashtirilgan va yaxshi boshqarilsa, urbanizatsiya ham rivojlanayotgan, ham
rivojlangan mamlakatlar uchun barqaror rivojlanish uchun kuchli vosita bo‘lishi
mumkin. Shuningdek, Shaharlarning hududlarini rivojlanishi va qurish uchun
ekologik jihatdan sog‘lom rejalashtirish ham barqaror rivojlanishning muhim
tamoyillaridan biri hisoblanadi. Bu shahar rivojlanishining ekologik, iqtisodiy va
ijtimoiy jihatlarini birlashtirish tamoyili bilan uyg‘un bog‘liq, chunki u
shahardagi atrof-muhitning ekologik tarkibiy qismini tabiiy-ijtimoiy tizim
sifatida aks ettiradi va tiyib turuvchi vosita hisobanadi. Mazkur tamoyil inson
ehtiyojlarini tabiat imkoniyatlariga javob bermaydigan darajada oshirishga
imkon bermaydigan chora-tadbir bo‘lib, shu bilan birga hududiy rejalashtirishga
kompleks yondashuvni aks ettiradi.
Konferensiya Bosh kotibi doktor Joan Klos Birlashgan Millatlar
Tashkilotining bir qancha agentliklari va dasturlari markazlashgan markazlari
Habitat III bo‘yicha davom etayotgan sa'y-harakatlarga tizimli tayyorgarlikni
muvofiqlashtiradigan idoralararo guruh yaratishni taklif qildi.
Vazifalar markazlashtirilgan idoralararo guruhi davom etayotgan
jarayonlar va mavjud platformalardan, ayniqsa 2015 yildan keyingi rivojlanish
kun tartibiga tegishli bo‘lgan platformalardan foydalangan holda ish ko‘radi.
Vazifalar guruhi uchun texnik topshiriqlar quyidagilarni o‘z ichiga oladi:
Habitat III nashrlarini ishlab chiqish. Bunga ko‘ra, Konferentsiyaga
tayyorgarlik jarayonida ko‘rib chiqilishi kerak bo‘lgan eng muhim shahar
mavzulari bo‘yicha ma'lumot va bilimlar, asosiy muammolar va tavsiyalar bilan
ta'minlangan yig'ma hujjatlar to‘plami tashkillashtirish;
Birlashgan Millatlar Tashkiloti tizimida davom etayotgan sa'y-harakatlarni
baholash;
Birlashgan Millatlar Tashkilotining barqaror shaharlar bo‘yicha
amaliyotlari/loyihalarining xaritasi rivojlanish;
Habitat III siyosat bo‘linmalari bilan hamkorlik amalga oshirish;
Vazifalar guruhi tomonidan aniqlangan boshqa imkoniyatlarni aniqlash.
CURRENT APPROACHES AND NEW RESEARCH IN
MODERN SCIENCES
International scientific-online conference
27
2017-yil oktabr oyida, Habitat III konferensiyasidan bir yil o‘tib, “Yangi
shahar kun tartibi” Habitat III meros loyihasi doirasida Birlashgan Millatlar
Tashkilotining oltita rasmiy tilida chop etildi. Bundan tashqari, Habitat III
loyihasi brayl alifbosida ya’ni, nogironlar o‘qishi uchun ham imkoniyat qilib
berildi. Qo‘shimcha tarzda, Hujjatlar uy-joy va barqaror shahar rivojlanishi
bo‘yicha tadqiqot ehtiyojlarini aniqlash orqali muhim shahar muammolari va
umumiy aniqlangan yorituvchi va hal qiluvchi investitsiya hujjatlari ko‘rib
chiqildi. Ular Birlashgan Millatlar Tashkilotining Habitat III bo‘yicha Vazifalar
guruhining bir qismini tashkil etgan Birlashgan Millatlar Tashkilotining
agentliklari, jamg'armalari va dasturlari tomonidan boshqarilgan yoki birgalikda
rahbarlik qilgan. Ushbu nashr muommolarni chop etish orqali jarayonini
umumlashtiradi va har bir Habitat III nashrining yakuniy taqdim etilgan
versiyasini o‘z ichiga oladi.
Ushbu yondashuv BMTning Shaharlarni rivojlantirishning yangi dasturini
(Xabitat III) amalga oshirish rejasiga to‘liq mos keladi, unga, raqobatdosh
iqtisodiyot, hayotning yuqori sifati va barqaror atrof-muhitga bo‘lgan
ehtiyojlarda mujassamlashgan va uzoq muddatga mo‘ljallangan natijalarga qisqa
muddatli ehtiyojlar o‘rtasidagi muvozanatni topishga qaratilgan davlatlar shahar
atrof-muhitini
muhofaza
qilish
va
ushbu
sohadagi
qonunchilikni
takomillashtirish sohasida davlat siyosatini ishlab chiqishda rioya qilishlari
kerak.
Xulosa qilib aytadigan bo‘lsak, hozirgi vaqtga kelib, dunyo hamjamiyatining
asosiy muhokama qilayotgan global muommolaridan bittasi bu shaharlarda
atrof-muhitni muhofaza qilish bo‘lib qolmoqda. Chunki, insonning yashash
huquqidek uzviy, ajralmas huquqini ro‘yobga chiqarishda shaharlarning
barqaror rivojlanishini ta’minlash muhim ahamiyat kasb etadi. BMT
ma’lumotlariga ko‘ra, 2022 yilda dunyo aholisi 8 milliard kishidan ortdi . Dunyo
aholisining yarmidan ko‘pi shaharlarda yashaydi, shahar aglomeratsiyalari soni
o‘sib bormoqda. Bu esa shaharlarda yashash uchun mo‘ljalangan turar-joy
masalasi va turli xizmat va sharoitlarni talab qiladi. BMTning taxminlariga ko‘ra,
XXI asrning o‘rtalariga kelib shahar aholisi har kuni o‘rtacha 200 ming kishiga
ko‘payadi, har o‘n kishidan yettitasi shahar hududlarida yashaydi . Bunday
vaziyatda tobora ko‘proq tabiiy resurslar iqtisodiy muomalaga tortiladi, atrof
muhitga yetkaziladigan zarar miqdori ortib boradi, sanoat, transport, energetika
va boshqa xo‘jalik maqsadlari uchun ajratiladigan yer uchastkalari hajmi ham
ko‘payadi. Bundan ko‘rinib turibtiki, dunyo davlatlari birlashgan holda
CURRENT APPROACHES AND NEW RESEARCH IN
MODERN SCIENCES
International scientific-online conference
28
shaharlarni barqaror rivojlanishiga va unda kuzatilishi mumkin bo‘lgan turli
muommolarni oldini olishiga harakat qilishi kerak bo‘ladi.