ЖУРНАЛ КАРДИОРЕСПИРАТОРНЫХ ИССЛЕДОВАНИЙ | JOURNAL OF CARDIORESPIRATORY RESEARCH
№1 | 2021
74
УДК 616.24-002.5-053.71
Mamatova Nargiza Toirjonovna
Samarqand Davlat Tibbiyot Instituti
ftiziatriya kafedrasi assistenti
Samarqand, O`zbekiston
Ashurov Abduvaliy Abduhakimovich
Samarqand viloyat ftiziatriya va pulmonologiya markazi
oliy toifali ftiziatri. Samarqand, O`zbekiston
Abduhakimov Baxrombek Abduvaliyevich
Samarqand Davlat Tibbiyot Instituti
tibbiy profilaktika fakulteti talabasi. Samarqand, O`zbekiston
GIJJA INVAZIYASI KUZATILGAN BOLALARDA O’PKA SILINING KECHISH XUSUSIYATLARI
For citation:
Mamatova N.T., Ashurov A.A., Abduhakimov B.A. Peculiarities of the course of pulmonary tuberculosis in children in
combination with clay invasion. Journal of cardiorespiratory research. 2021, vol. 2, issue 1, pp.74-77
http://dx.doi.org/10.26739/2181-0974-2021-1-14
ANNOTATSIYA
Bolalar va o’smirlar sil kasalligining rivojlanishiga eng ko’p moyil bo’lishadi, ayniqsa, ularda yo’ldosh kasalliklar kuzatilganda, bu
ham gumoral, ham hujayraviy immunitetning pasayishiga olib keladi. Ushbu yo’ldosh kasalliklardan biri bu gijja invaziyasidir. Organizmning
gijja invaziyasi bilan immunologik reaktivligining pasayishi isbotlangan, bu esa o’z navbatida turli infeksiyalarni, shu jumladan sil kasalligini
qo’shilishiga yordam beradi. Ishning maqsadi Samarqand viloyati ftiziatriya va pulmonologiya markazida davolanayotgan gijja invaziyasi
kuzatilgan bolalarda birlamchi sil kasalligining klinik kechishining o’ziga xosligini bemorlarning kasallik tarixini va arxiv kasallik tarixini
o’rganish. Gelmintozning eng keng tarqalgan turi gimenolepidoz - 40%, enterobioz - 33%, kamroq - lyamblioz (22%) va askaridoz (5%).
Birlamchi sil kasalligi bilan kasallangan bemorlarda gijja invaziyasi kuzatilganda intoksikasiya va bronx-o’pka tizimining zararlanish belgilari
aniqlanadi. Gijja invaziyasining mavjudligi o’pka sili bilan kasallangan bemorlarning davolanishiga salbiy ta’sir ko’rsatadi, shuning uchun
davolash choralari har ikkala kasallikning kechishiga ham to’g’ri kelishi kerak.
Kalit so’zlar:
birlamchi sil, gijja invaziyasi, bolalar, bemor, kimyoviy terapiya.
Маматова Наргиза Тоиржоновна
ассистент кафедры фтизиатрии
Самаркандский государственный медицинский институт
Самарканд, Узбекистан
Ашуров Абдувалий Абдухакимович
фтизиатр высшей категории Самаркандского областного
центра фтизиатрии и пульмонологии
Самарканд, Узбекистан
Абдухакимов Бахромбек Абдувалиевич
студент факультета медицинской профилактики
Самаркандский государственный медицинский институт
Самарканд, Узбекистан
ОСОБЕННОСТИ ТЕЧЕНИЯ ТУБЕРКУЛЕЗА ЛЕГКИХ У ДЕТЕЙ В СОЧЕТАНИИ С ГЛИСТНОЙ ИНВАЗИЕЙ
АННОТАЦИЯ
Наиболее подвержены развитию туберкулеза дети и подростки, особенно при наличии сопутствующих заболеваний,
которые приводят к снижению как гуморального, так и клеточного иммунитета. Одно из таких сопутствующих заболеваний –
глистная инвазия. Было доказано, что иммунный ответ организма на заражение глистами снижается, что, в свою очередь,
способствует появлению различных инфекций, включая туберкулез. Целью исследования
является изучение на основании анализа
историй болезни больных, находящихся на лечении в Самаркандском областном центре фтизиатрии и пульмонологии и архивных
историй болезни структуры и особенностей клинического течения первичного туберкулеза в сочетании с глистной инвазией у детей.
ЖУРНАЛ КАРДИОРЕСПИРАТОРНЫХ ИССЛЕДОВАНИЙ | JOURNAL OF CARDIORESPIRATORY RESEARCH
№1 | 2021
75
Наиболее частыми видами гельминтозов являются гименолепидоз - 40%, энтеробиоз - 33%, реже - лямблиоз (22%) и аскаридоз (5%).
Признаки интоксикации и поражения бронхо-легочной системы выявляются при заражении глистами у больных первичным
туберкулезом. Наличие заражения глистами отрицательно сказывается на лечении больных туберкулезом легких, поэтому меры
лечения должны соответствовать течению обоих заболеваний.
Ключевые слова:
первичный туберкулез, глистная инвазия, дети, больной, химиотерапия.
Mamatova Nargiza Toirjonovna
assistant of the department of phthisiology of the
Samarkand State Medical Institute
Samarkand, Uzbekistan
Ashurov Abduvaliy Abduhakimovich
phthisiatrician of the highest category of the Samarkand regional
Center for Phthisiology and Pulmonology
Samarkand, Uzbekistan
Abduhakimov Baxrombek Abduvaliyevich
medical prevention student
Samarkand State Medical Institute
Samarkand, Uzbekistan
PECULIARITIES OF THE COURSE OF PULMONARY TUBERCULOSIS IN CHILDREN IN COMBINATION WITH CLAY
INVASION
ANNOTATION
Children and adolescents are most susceptible to the development of tuberculosis, especially in the presence of concomitant diseases
that lead to a decrease in both humoral and cellular immunity. One of these concomitant diseases is helminthic invasion. It has been shown
that the div's immune response to infection with worms is reduced, which, in turn, contributes to the emergence of various infections,
including tuberculosis. The aim of the study is to study, based on the analysis of case histories of patients undergoing treatment in the
Samarkand regional center of phthisiology and pulmonology and archival case histories, the structure and features of the clinical course of
primary tuberculosis in combination with helminthic invasion in children. The most common types of helminthiasis are hymenolepiasis - 40%,
enterobiasis - 33%, less often - giardiasis (22%) and ascariasis (5%). Signs of intoxication and lesions of the bronchopulmonary system are
detected during infection with worms in patients with primary tuberculosis. The presence of infection with worms adversely affects the
treatment of patients with pulmonary tuberculosis, therefore, treatment measures should be consistent with the course of both diseases.
Keywords:
primary tuberculosis, helminthic invasion, children, patient, chemotherapy.
Jamiyat va sog’liqni saqlashni rivojlantirishning hozirgi
bosqichida biz sil kasalligi aholining deyarli barcha qatlamlariga,
barcha yosh guruhlariga ta’sir qilishi mumkinligi va ayniqsa bolalar
va o’smirlar uchun xavfli ekanligini ta’kidlashimiz mumkin [1, 4].
O’zbekiston Respublikasida sil kasalligining oldini olish bo’yicha
keng ko’lamli davlat amaliyoti qo’llanilishi tufayli epidemiologik
vaziyat yaxshilandi, bolalar va o’smirlar orasida sil kasalligi
tarqalishining sezilarli pasayishi kuzatilmoqda [2, 4]. Silga qarshi
emlangan tanada kerakli immunologik qayta tuzilishlar sodir bo’ladi,
ammo BSJga qarshi emlash amalga oshirilmaydigan va sil kasalligi
bilan og’rigan bemor bilan aloqa qilishni istisno qilmaydigan
holatlarda, ayniqsa, yosh bolalarda kasallikning og’ir kechishi
kuzatilishi mumkin. Bolalar orasida sil kasalligi holati kattalar
orasida epidemiologik vaziyatning qay darajada ekanligini
ko’rsatuvchi omil bo’lib hisoblanadi. Bolalar va o’smirlarda sil
kasalligining og’ir kechishi, ehtimol ularning immunologik
reaktivligining o’ziga xos xususiyatlari [2, 5], infeksiyaning
massivligi, emlash natijasida immunitetining yo’qligi va boshqa
kasalliklar ta’sirida organizmning zaiflashishi bilan bog’liq.
Mikobakteriyalarning
dori-darmonlarga
chidamli
shtammlari
sonining o’sishi ham muhimdir.
Ma’lumki,
bolalar
va
o’smirlar
sil
kasalligining
rivojlanishiga eng ko’p moyil bo’lishadi, ayniqsa, ularda yo’ldosh
kasalliklar kuzatilganda, bu ham gumoral, ham xujayraviy
immunitetning pasayishiga olib keladi [3, 5]. Ushbu yo’ldosh
kasalliklardan biri bu gijja invaziyasidir. Organizmning gijja
invaziyasi bilan immunologik reaktivligining pasayishi isbotlangan,
bu esa o’z navbatida turli infeksiyalarni, shu jumladan sil kasalligini
qo’shilishiga yordam beradi.
Yevropa aholisida har uchinchi gijja invaziyasi bilan
kasallangan. O’zbekistonda yillik kasallanish ko’rsatkichiga ko’ra,
har yuz ming aholidan mingtasida gijja invaziyasi aniqlanadi [3].
O’zbekistonda eng ko’p tarqalgan gelmintozlar: enterobioz,
askaridoz, trematodoz. Mamlakatda enterobioz bilan kasallanish
darajasi yuz ming aholiga nisbatan bir ming yuz holat. Ushbu
bemorlar orasida 90% bolalar tashkil etib, ularning yoshi bir yoshdan
3 yoshgacha.
So’nggi yillardagi adabiyotlarda kattalardagi gijja invaziya
fonida sil kasalligining klinik kechishi masalalari juda keng yoritilgan
[1,4], ammo bolalarda ushbu masalalarni o’rganishga bag’ishlangan
asarlar yetarli emas va shuning uchun biz o’zimizga quyidagi maqsad
va vazifalarni qo’ydik.
Tadqiqotning maqsadi
. Samarqand viloyati ftiziatriya va
pulmonologiya markazida davolanayotgan gijja invaziyasi kuzatilgan
bolalarda birlamchi sil kasalligining klinik kechishining o’ziga
xosligini bemorlarning kasallik tarixini va arxiv kasallik tarixini
o’rganish.
Materiallar va tekshiruv usullari.
Ushbu ishda 2017-
2020 yillar davomida Samarqand viloyat ftiziatriya va pulmonologiya
markazining bolalar bo’limida davolangan 60 nafar kasal bolalar
o’rganilib, bemorlar 2 guruhga bo’lingan: birinchi guruhga gijja
invaziyasi kuzatilgan birlamchi sil bilan kasallangan 40 nafar bola
kiritilgan. Ikkinchi guruhga sil kasalligining birlamchi shakllari bilan
kasallangan 20 nafar bemor tashkil etdi. Bemorlarning ikkala
guruhida 3 yoshdan 14 yoshgacha bo’lgan bolalar va o’smirlar
ustunlik qildilar. Ikkala guruhning bemorlari jinsi jihatidan bir xil
edilar, o’g’il bolalar mos ravishda 42,5 va 35%, qizlar esa 57,5 va
65%. I va II guruhdagi bemorlarda birlamchi sil kasalligining
dastlabki klinik shakllari, ya’ni birlamchi sil kompleksi, tarqoq o’pka
sili, ko’krak ichi limfa tugunlari sili bilan ifodalangan. Bemorlarning
birinchi guruhida yallig’lanish bosqichi 33 (82,5%) bemorda,
so’rilish bosqichi - 7 (17,5%) nafar bemorga tashxis qo’yilgan,
nazorat guruhida 14 (70%) bemorda yallig’lanish bosqichi, so’rilish
bosqichi esa - bemorlarning 6 tasida (30%) mavjudligi rentgenologik
tasdiqlangan. Shunga ko'ra, bemorlarning asosiy guruhida nazorat
guruhidagi bemorlar bilan taqqoslaganda birlamchi sil kompleksi va
tarqoq sil kasalligi ko'proq uchraydi - 20 va 15% , 10 va 10%; ko'krak
ichi limfa tugunlarining sil kasalligi sezilarli darajada kam tarqalgan
- 65% va 80%.
Tekshiruv natijalari va ularning muhokamasi.
Sil
jarayonining o’pkadagi rentgenologik xususiyatlariga ko’ra,
bemorlar quyidagicha taqsimlandi: birinchi guruhda 28 (70%)
bemorda o’pkada o’ziga xos o’zgarishlar sanoqli o’choqlar shaklida,
yumaloq yoki chegaralangan yallig’langan soyalar yoki ildiz
ЖУРНАЛ КАРДИОРЕСПИРАТОРНЫХ ИССЛЕДОВАНИЙ | JOURNAL OF CARDIORESPIRATORY RESEARCH
№1 | 2021
76
yallig’lanishi ko’rinishida namoyon bo’ldi. Bunday o’zgarishlar II
guruhdagi 18 (90%) bemorda rentgen tekshiruvi bilan aniqlandi.
Qolgan hollarda, I guruhda 6 (30%) bemorda va II guruhda 2 (10%)
bemorda sil kasalligi jarayoni tarqalgan o’pka zararlanishlari va keng
yallig’langan soyalar ko’rinishida namoyon bo’ldi. Binobarin, sil
kasalligi jarayoni va gijja invaziya bilan og’rigan bemorlar guruhida
jarayonning tarqalishi o’pkaning bitta bo’lagini yoki undan
ko’prog’ini qoplash bilan 3 marta ko’proq uchrashi aniqlandi.
Gelmintozning mavjudligi yoki yo’qligi anamnez ma’lumotlari,
koprologik tahlillar natijalari bilan tasdiqlandi. Gelmintozning eng
keng tarqalgan turi gimenolepidoz - 40%, enterobioz - 33%, kamroq
- lyamblioz (22%) va askaridoz (5%). Tadqiqotlar shuni ko’rsatdiki,
kasalxonaga yotqizish va davolanishning dastlabki 6 oyi davomida
asosiy va nazorat guruhlari bemorlarida klinik alomatlar dinamikasi
va obyektiv tadqiqot ma’lumotlari turlicha bo’lgan.
Silni aniqlashda alohida simptomlar (terlash, holsizlik,
ko’krak qafasidagi og’riqlar, yo’tal, quruq va ho’l xirillash) ko’pincha
asosiy guruhdagi bemorlar orasida aniqlangan. Intoksikasiya
alomatlari sil kasalligi va uzoq muddatli gijja invaziyasi ta’sirida
yuzaga kelgan deb o’ylaymiz. Bronx-o’pka tizimning mahalliy
zararlanish alomatlarini ko’p kuzatilishi va ularning sekin so’rilishi
o’pkada spesifik yallig’lanish jarayonining o’ziga xos xususiyatlari,
traxeobronxial daraxtdagi o’zgarishlar tabiati bilan izohlanadi.
Antibiotikoterapiyaning dastlabki 3-4 oyida gepatobiliar tizimining
zararlanishi natijasida kelib chiqadigan shikoyatlar dinamikasi va
obyektiv alomatlar tahlil qilindi. "Sil-gijja invaziyasi" aralash
patologiyasi bo’lgan bemorlarda shikoyatlarning sezilarli darajada
oshganligi aniqlandi: ko’ngil aynish, qusish, bosh og’rig’i, bosh
aylanishi, terlash, holsizlik, titroq, ishtahaning pasayishi, ko’krak
qafasidagi og’riq, nafas qisishi, yo’tal, o’pkada quruq yoki nam
xirillash, qichishish va terida toshmalar. O’ng qovurg’a ostida yoki
epigastral sohada og’riq chastotasi oshdi (p <0,05) 42,5% dan 50%
gacha. Qorin bo’shlig’i a’zolarini yuzaki va chuqur palpasiya qilishda
bemorlarning 32,5% o’ng qovurg’a osti sohasida, kimyoviy terapiya
paytida esa 41,1% og’riq reaksiyasi kuzatildi (p <0,05). Ortner va
Myussining ijobiy simptomlari qabul qilinganida bemorlarning 17,5
foizida aniqlandi, keyingi 3 oy ichida bemorlarning 26 foizida
aniqlandi (p <0,01). Qabul paytida 6 (15%) bolalar va o’smirlarda
terining sarg’ayishi va subikterik skleralar aniqlandi va 2 (5%)
bemorlarda ushbu alomatlar davolanish paytida paydo bo’ldi (p>
0,05). Nazorat guruhidagi kasalxonaga yotqizilgan bemorlar
qichishish va teri toshmalarini sezishmadi. 3 oylik davolanish
jarayonida shikoyatlar ilk marta faqatgina 4 nafar bemorda
gepatobiliar tizimining shikastlanishidan kelib chiqadigan obyektiv
alomatlarsiz o’zgarishlar kuzatildi. Laborator ma’lumotlarini
baholashda gemogramma va EChT ko’rsatkichlarining dinamikasi
tahlil qilindi. Nazorat guruhi bilan taqqoslaganda gijja invaziyasi
kuzatilgan o’pka sili bilan og’rigan bemorlarda nafaqat gemogramma
va EChTda sezilarli o’zgarishlar, balki ularni normallashish jarayoni
ham susayganligi aniqlandi. Shunga qaramay, shuni ta’kidlash
kerakki, gemogramma va EChTdagi o’zgarishlar darajasi, asosan,
eozinofillar tarkibidan tashqari, asosiy kasallik - o’pka sili bilan
belgilanadi. Shunday qilib, birinchi guruhdagi bemorlar o’rtasida
davolanishdan oldin 33 (82,5%) holatlarda qonda 5-11%
eozinofillarning mavjudligi va 7 (17,5%) nafar bemorda 10% dan
ortiq eozinofiliya holati qayd etilgan. Kimyoviy terapiya paytida gijja
invaziyasi kuzatilgan sil kasalligi bilan kasallangan 17 (42,5%)
bemorda eozinofillar o’rtacha darajada oshdi, 9 (22,5%) nafar
bemorda esa eozinofiliya (10% dan ortiq) oshishi holati kuzatildi.
Birinchi guruhdagi bemorlarda qonda eozinofillarning o’rtacha
miqdori nafaqat davolanishning ikkinchi oyida (6-15,0%) oshdi, balki
uchinchi (5-12,5%) va to’rtinchi (3-7,5%) oyda deyarli o’zgarmadi.
Gijja invaziyasi kuzatilmagan o’pka sili bilan kasallangan bemorlar
gemogrammasi va EChTda yaqqol o’zgarishlar aniqlandi va ularni
meyyorlashishi normal darajada saqlanib qoldi. Gemogramma va
EChTdagi o’zgarishlar darajasi birinchi navbatda birlamchi o’pka sili
bilan belgilanadi. Qon bioximik tahlilida birinchi navbatda, asosiy
guruhdagi bemorlarda gipoproteinemiya va disproteinemiya borligi
aniqlandi. Shunday qilib, tekshirilayotgan yo’ldosh kasalligi mavjud
shaxslarning 32 foizida gipoproteinemiya 62,0 + 1,6 g/l gacha
ko’rsatkichga ega edi. Timol sinamasi, qonda billirubin miqdori
me’yorning yuqori chegaralarida, nazorat guruhidagi bemorlarda esa
disproteinemiya
holati
kuzatildi.
Shunday
qilib,
davolash
boshlangunga qadar AlAT ko’rsatkichi bemorlarning 10 foizida,
davolashning birinchi oyida - bemorlarning 30 foizida, ikkinchi oyda
- bemorlarning 75 foizi, uchinchi oyida - bemorlarning 25 foizida
me’yordan oshdi. Timol sinamasi, qonda bilirubin miqdori,
aminotransferaza faolligi kabi jigar ko’rsatkichlari meyyor darajasida
yedi. Billiar yo’llarini kompleks o’rganish (jigar va o’t pufagini
ultratovush tekshiruvi) o’t pufagining diskinetik buzilishlarining
giperkinetik 6 (15%) va gipokinetik 3 (7,5%) turlarida ekanligi
aniqlandi. 31 ta (77,5%) holatlarda ultratovush tekshiruvidan o’tgan
asosiy guruh bemorlari orasida o’t pufagining harakat funksiyasi
me’yordan chetga chiqmagan edi. Nazorat guruhidagi bemorlarda
jigar va o’t pufagining ultratovush tekshiruvida o’t pufagining
diskinezik buzilishi aniqlanmadi. Barcha 20 ta (100%) holatlarda
ultratovush tekshiruvidan o’tgan nazorat guruhidagi bemorlar orasida
o’t pufagining harakat funksiyasi me’yordan chetga chiqmaganligi
aniqlandi. Asosiy guruhdagi bemorlarni kompleks davolash
samaradorligini o’rganayotganda biz dorilarning tolerantligiga qarab
bemorlarning ikkita toifasini shartli ravishda ajratdik. Birinchi toifa –
antibakterial dorilarni yaxshi ko’tara oladigan bemorlar. Ikkinchi
toifaga esa antibakterial dorilarga javoban salbiy reaksiyalarga ega
bo’lgan bemorlar kiritildi. Gijja invaziyasi kuzatilgan birlamchi sil
bilan kasallangan har ikkinchi bemorda silga qarshi dorilarga nisbatan
nojo’ya ta’sir kuzatilishi aniqlandi.
Shunday qilib, 7 (17,5%) bemorda qonda doimiy
eozinofiliya bilan namoyon bo’lgan allergik reaksiyalar kuzatildi. 10
(25%) bemorda gepatotoksik va neyrotoksik nojo’ya reaksiyalar, 3
(7,5%) bolalarda dorilarning toksik-allergik nojo’ya ta’siri kuzatildi.
O’pka parenximasi va ildizidagi yallig’langan o’zgarishlar so’rilish
tezligiga qarab involyusiyaning uch turi ajratiladi: tez, o’rta va sekin.
Involyusiyanning tez turi o’pka parenximasida va ildizida 1-2 oylik
kimyoviy terapiya davomida o’choqli yallig’lanish o’zgarishlarining
so’rilishi, o’rta turida - 2-4 oydan keyin involyusiya kuzatilishi, sekin
turida - 6 oydan keyin so’rilish kuzatiladi. Ko’rinishidan, gijja
invaziyasining mavjudligi o’pka sili bilan kasallangan bemorlarning
davolanishiga salbiy ta’sir ko’rsatadi, shuning uchun davolash
choralari har ikkala kasallikning kechishiga ham to’g’ri kelishi kerak.
Xulosa.
Gelmintozning eng
keng tarqalgan turi
gimenolepidoz - 40%, enterobioz - 33%, kamroq - lyamblioz (22%)
va askaridoz (5%). Birlamchi sil kasalligi bilan kasallangan
bemorlarda gijja invaziyasi kuzatilganda intoksikasiya va bronx-
o’pka tizimining zararlanish belgilari aniqlanadi. Bu belgilarning
yo’qolishi "toza" sil kasalligiga qaraganda uzoqroq davom etadi.
Aralash patologiya aniqlangunga qadar, bemorlarning 82,5% qonda
doimiy eozinofiliya aniqlangan. Kimyoviy terapiya jarayonida u o’sib
boradi va pasayish xususiyatiga ega emas. AlAT ko’rsatkichi
davolash choralari boshlanishi bilan bemorlarning 10 foizida,
davolashning birinchi oyida - bemorlarning 30 foizida, ikkinchi oyda
- bemorlarning 75 foizi, uchinchisida - bemorlarning 25 foizida
me’yordan oshib ketdi. Bemorlarning birinchi guruhida nazorat
guruhi bilan taqqoslaganda, gipoproteinemiya va disproteinemiya
miqdori 2,5 marta ko’proq kuzatildi. Billiar tizimidagi diskinetik
buzilishlar giperkinetik turda (15%) kuzatildi. Gijja invaziyasining
mavjudligi o’pka sili bilan kasallangan bemorlarning davolanishiga
salbiy ta’sir ko’rsatadi, shuning uchun davolash choralari har ikkala
kasallikning kechishiga ham to’g’ri kelishi kerak.
Iqtiboslar/Список литературы/ References
1.
Абдухакимов Б.А. Сил билан касалланган беморлар ва уларнинг оила аъзоларининг эмоционал ҳолати. // Modern scientific
challenges and trends. – 2020. -Issue 12(34). –P. 56-60.
ЖУРНАЛ КАРДИОРЕСПИРАТОРНЫХ ИССЛЕДОВАНИЙ | JOURNAL OF CARDIORESPIRATORY RESEARCH
№1 | 2021
77
2.
Аксенова В.А., Клевно Н.И., Кавтарашвили С.М. Очаг туберкулезной инфекции и его значение в развитии туберкулеза у
детей. Туберкулез и болезни легких. 2015;(1):19-24.
3.
Лысенко А.Я. Клиническая паразитология / Лысенко А.Я.,. Владимирова М.Г., Кондрашкин А.В., Руководство. Женева, ВОЗ.
2002. - 752 с.
4.
Мяндина, Г.И. Медицинская паразитология / Г.И.Мяндина, Е.В.Тарасенко. – М.: Практич. медицина, 2013. – 251 с. 21.
5.
Печкуров Д. В., Тяжева А. А. Глистные инвазии у детей: клиническое значение, диагностика и лечение // РМЖ (Русский
медицинский журнал), 2014. № 3. 242 с.
6.
Ходжаева С.А. Выявление туберкулёза лёгких у больных с психическими расстройствами. // Журнал
молодёжный инновационный вестник. 2018. №1(7). -С. 68.
7.
Ходжаева С.А. Отрицательные социальные факторы и их влияние на возникновение туберкулёза у детей. //
Журнал молодёжный инновационный вестник. 2018. №1(7). -С. 67.
8.
Abduhakimov B.A. Effects of anti- tuberculosis treatment on the functional status of the thyroid gland. Journal of cardiorespiratory
research. 2020, vol. 3, issue 1, pp.24-27.
9.
Ataxanovna, K.S., Toirjonovna, M.N., Urinovich, K.K., Nazarovich, S.G., Murodullayevich, B.U. The Effectiveness of Short-Term
Treatment Regimens In The Treatment Of Drug-Resistant Forms Of Tuberculosis. European Journal of Molecular & Clinical
Medicine, 2020, Volume 7, Issue 3, Pages 5236-5240.
10.
Hasan S.M.T. Human secretory immune response to fatty acid-binding protein fraction from Giardia lamblia / S.M.T. Hasan, M.
Maachee, O.M Cyr-dova // Infect. Immun. - 2002. - № 70. - P. 2226 – 2229.
11.
Xaydarovna, M.F., Narzullaevna, R.O. (2020). Prevention Of Anemia In Patients With Tuberculosis. The American Journal of Medical
Sciences and Pharmaceutical Research, 2(11), 62-65. https://doi.org/10.37547/TAJMSPR/Volume02Issue11-11.