«Междисциплинарный диалог науки и общества
в эпоху экологических перемен»
66
ENDEMIK BUQOQ KASALLIGINING PROFILAKTIKASI
Matnazarova G.S., Usmanova N.Y., Xamzayeva N.T.
Toshkent tibbiyot akademiyasi, Epidemiologiya kafedrasi
Toshkent, O‘zbekiston
Annotatsiya.
Bugungi kunda global miqyosda aholini sog‘lomlashtirish,
kasalliklarning oldini olish va salomatlikni mustahkamlash davlat siyosatining
ustuvor yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi. Ayniqsa, yod tanqisligi bilan bog‘liq
kasalliklar, jumladan, endemik buqoq inson salomatligiga jiddiy tahdid solayotgan
muhim muammolardan biri bo‘lib qolmoqda. Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti
(JSST) ma’lumotlariga ko‘ra, dunyo bo‘yicha qariyb 2 milliardga yaqin inson yod
tanqisligidan azi
yat chekmoqda, shundan 750 milliondan ortig‘i turli darajadagi
qalqonsimon bez kasalliklariga chalingan va bu holat aqliy rivojlanishga,
qalqonsimon bez faoliyatiga hamda umumiy salomatlikka salbiy ta’sir
ko‘rsatmoqda Ayniqsa, bolalar va homilador ayollar
orasida bu muammo dolzarb
bo‘lib qolmoqda.
Kalit so‘zlar
: endemik buqoq, yod tanqisligi, profilaktika, aholi kasallanishi,
osh tuzi.
Kirish
Endemik buqoq kasalligining oldini olishda aholi xabardorligini oshirish,
sog‘lom
turmush
tarzini
shakllantirish
va
yodli
mahsulotlardan
foydalanuvchanlikni kengaytirish juda muhim hisoblanadi[8,10] .Endemik buqoq
kasalligi odatda yod miqdori yetarli bo‘lmagan suv, tuproq va oziq
-ovqat
mahsulotlari iste’mol qilinadigan hududlarda keng tarqalgan bo‘ladi[1,3]. Yod
moddas
i qalqonsimon bez tomonidan gormonlar sintezida muhim rol o‘ynaydi,
uning tanqisligi esa metabolik jarayonlarning buzilishiga, jismoniy va aqliy
rivojlanishda orqada qolishga olib keladi[6,7,9]. Ayniqsa yod tanqisligi homilador
ayollarda tug‘ma anomaliyalar, chaqaloqlarda go‘dak demensiyasi (aqliy zaiflik)
rivojlanishiga sabab bo‘lishi mumkin [11,15,16,18]. O‘zbekiston Respublikasi
hududining ayrim tog‘li va tog‘ oldi mintaqalarida yod tanqisligi tabiiy omil
sifatida mavjud bo‘lib, bu joylarda endemik buqoq
kasalligi avj olgan [12]. Davlat
darajasida ushbu muammoni hal etishga qaratilgan chora-tadbirlardan
qonunchilik palatasi tomonidan 2006-yil 27-dekabrda qabul qilingan Senat
tomonidan 2007-yil 29-
martda ma’qullangan “Yod yetishmasligi kasalliklari
profila
ktikasi to‘g‘risida” qarori qabul qilingan. Shunga qaramasdan aholi
o‘rtasida kasallik sabablari, asoratlari, oldini olish usullari to‘g‘risida yetarlicha
ma’lumotga ega bo‘lmaslik holatlari kuzatilmoqda [13,14]. Aholining yodli tuzdan
foydalanish madaniya
tining pastligi, noto‘g‘ri ovqatlanish odatlari, sog‘lom
«Междисциплинарный диалог науки и общества
в эпоху экологических перемен»
67
turmush tarziga amal qilmaslik ushbu muammoning chuqurlashishiga olib
kelmoqda. Shu nuqtai nazardan, endemik buqoq kasalligi haqida aholining
xabardorlik darajasini aniqlash va tahlil qilish dolzarb ahamiyat kasb etadi[2,4,5].
Chunki aholining bu boradagi bilim, munosabat va amaliy ko‘nikmalarini
baholash orqali kelgusida sog‘lomlashtirish, profilaktika va ta’lim
-tarbiya
tadbirlarini yanada samarali yo‘lga qo‘yish imkonini beradi. So‘rovnomalar,
testlar va intervyular orqali aniqlangan axborotlar asosida maqsadli
sog‘lomlashtirish dasturlarini ishlab chiqish mumkin bo‘ladi. Ushbu tadqiqot
orqali aholining endemik buqoq kasalligiga oid bilim darajasini aniqlash, mavjud
kamchiliklarni aniqlash va kelajakda samarali profilaktik tadbirlarni ishlab
chiqish uchun zarur bo‘lgan ma’lumotlar to‘planadi [17,18].
Tadqiqot maqsadi
Endemik buqoq kasalligi va uning profilaktik chora tadbirlari haqida
aholining xabardorligini baholashdan iborat.
Tadqiqot natijalari
Biz tadqiqotni keyingi bosqichida endemik buqoq kasalligi va uning
profilaktik chora-tadbirlari haqida aholining xabardorligini aniqlash uchun
aholidan ijtimoiy tadqiqot, ya’ni «GOOGLE Forms» dan foydalanib, so‘rovnoma
o‘tkazdik. So‘rovnoma «GOOGLE FORM» dasturida o‘tkazildi, Endemik buqoq
kasalligini oldini olishga qaratilgan so‘rovnomalarni «Google Form» dasturida
tashkil etish an’anaviy (qog‘oz shaklidagi yoki og‘zaki) so‘rov usullariga nisbatan
bir qator afzalliklarga ega. Eng avvalo, bu usul orqali m
a’lumotlarni qisqa vaqt
ichida keng auditoriyadan yig‘ish, ularni avtomatik tarzda saralash va statistik
tahlil qilish imkoniyati mavjud bo‘ladi. Bu esa sog‘liqni saqlash tizimi va ilmiy
tadqiqotlar uchun juda muhim. «Google Form» respondentlarga anonimlik
ni
ta’minlagani sababli, nozik sog‘liq holatlari haqida ochiq va ishonchli javob olish
imkonini yaratadi. Bundan tashqari, so‘rovnoma internet orqali tezkor
tarqatilishi, istalgan mobil yoki kompyuter qurilmasida ishlashi, resurslarni
(qog‘oz, vaqt, mehnat) tejashi va ekologik jihatdan xavfsiz bo‘lishi bilan ajralib
turadi. Shuningdek, ushbu platforma yordamida so‘rovnomalarni interaktiv
shaklda moslashtirish, ya’ni savollarni javoblarga mos ravishda tartiblab berish,
noto‘g‘ri ma’lumot kiritilishining oldi
ni olish ham mumkin. Umuman olganda,
«Google Form» asosida tuzilgan so‘rovnoma —
endemik buqoq kasalligini erta
aniqlash, aholining xabardorlik darajasini baholash va profilaktika choralarini
samarali rejalashtirishda zamonaviy, qulay va ishonchli vosita hisoblanadi.Ushbu
so‘rovnoma orqali biz aholining buqoq kasalligi haqida xabardorligi, kasallikning
klinik belgilari, profilaktik chora-
tadbirlari, osh tuzidan to‘g‘ri foydalanish,
kasallikni erta aniqlash uchun skrining tekshiruvlari haqida ma’lumotlarni
aholining bilim darajasini aniqladik bunga ko‘ra: So‘rovnoma «GOOGLE FORM»
dasturida 497 nafar aholi o‘rtasida o‘tkazildi (1
-rasm).
«Междисциплинарный диалог науки и общества
в эпоху экологических перемен»
68
1-rasm. Endemik Buqoq Kasalligi Haqida Aholining habardorligini
aniqlash uchun tuzilgan so‘rovnoma –
Anketa
So‘rovnoma
da 497 aholi ishtirok etgan shundan 364 nafari ayol (73.2%),
133 nafar erkaklar (26.8%) ishtirok etgan. So‘rovnomada asosiy ishtirokchilar
ayollardan iborat (2-rasm).
2-
rasm. So‘rovnomada ishtirok etgan aholi guruhining jins bo‘yicha
tahlili
«Междисциплинарный диалог науки и общества
в эпоху экологических перемен»
69
Ishtirok
chilarning yosh bo‘yicha tahlilida aniqlandiki, 18 yoshdan 30
yoshgacha bo‘lganlar 258 (51.9%) nafar, 31 yoshdan 45 yoshgacha bo‘lganlar 196
(39.4%) nafar, 45 yoshdan 60 yoshgacha bo‘lganlar 33 (6.6 %) nafar, eng kam 60
yoshdan yuqori 10 nafar (2%) aholi ishtirok etdi (3-rasm).
3-
rasm. So‘rovnomada ishtirok etgan aholi guruhining yosh bo‘yicha
tahlili
So‘rovnomada ishtirok etgan aholining ma’lumoti to‘g‘risidagi so‘rovda
aholining 215 (43.3%) nafari umumiy o‘rta ta’lim ma’lumotiga ega ekanligi, 225
(4
5.3%) nafari oliy ma’lumotliligi, qolgan 57 (11.5% ) nafar boshqa degan javobni
belgilashgan. Bundan xulosa qilish mumkinki, ishtirokchilarning asosiy qismi oliy
va o‘rta ma’lumotga ega (4
-rasm).
4-
rasm. So‘rovnomada ishtirok etgan aholi guruhining ma’l
umoti
bo‘yicha tahlili
«Междисциплинарный диалог науки и общества
в эпоху экологических перемен»
70
So‘rovnomaning shaxsiy ma’lumotlar haqidagi bandidan so‘ng aholining
endemik buqoq kasalligini bilish darajasi tekshirganimizda 305 (61.4%) nafar
aholi endemik buqoq kasalligi qanday kasallik ekanligi haqida ma’lumotga ega
ekanligini, ammo 192 (38.6%) nafari aholi esa endemik buqoq kasalligi haqida
bilasizmi degan savolga yo‘q deb javob bergan. Endemik buqoq kasalligining
tarqalishi qayerda ko‘proq uchraydi degan savolga 283 (56.9%) nafari endemik
buqoq kasalligi shaharda uchraydi degan javob belgilashgan, 125 (25.2%) nafari
qishloqlarda degan javobni, 59 (11.9%) nafari tog‘li hududlarda, 30 (6%) nafari
daryo bo‘ylarida uchraydi degan javob belgilaganlar. Endemik buqoq
kasalligining sabablari haqida nimalarni bilasiz degan savolga ishtirokchilarning
40.6% i bu kasallikning sababi kelib chiqishini bilmaslgini bildirgan, 39.4% i suv
yoki oziq ovqatdan kelib chiqishini bildirgan, 20% ishtirokchi havo va
bakteriyalardan kelib chiqishini bildirgan. Keyingi bosqichda endemik buqoq
kasalligining klinik belgilari haqida nimalarni bilasiz degan savolga
ishtirokchilarning 66.2% i nafas siqishi, terlash va charchoq deb belgilaganlar,
33.8 % noto‘g‘ri javoblarni belgilashgan yoki bilmasligini bildirgan. Endemik
buqoq kasalligini oldini olish uchun qanday choralardan foydalanish kerak degan
so‘rovimizga 497 nafar aholining 72.8% yodlangan tuzdan foydalanishni
belgilaganlar, 27.2% ishtirokchilar gigiena qoidalariga rioya qilish, toza ichimlik
suvidan foydalanish va bilmadim degan javoblarni belgilagan (5-rasm).
5-
rasm. So‘rovnomada endemik buqoq kasalligi profilaktikasi haqida
xabardorligini aniqlash
Endemik buqoq kasalligiga qarshi qanday profilaktik choralarga o‘zingiz
rioya qilasiz degan so‘rovimizga aholining 46.9% i ba’zida rioya qila
man javobini
belgilagan, 22.7% i bilmasligini, 15.7 %i qat’iy rioya qilishini, 14.7% i ishtirokchi
hech qachon rioya qilmasligini keltirib o‘tgan. Endemik buqoq kasalligini
davolash uchun tibbiy yordamni qayerdan olish mumkin degan savolga
ishtirokchilarning 234 (47.1%) nafari shifoxonada olishni belgilashgan, qolgan
«Междисциплинарный диалог науки и общества
в эпоху экологических перемен»
71
263 (52.9 %) nafari uy sharoitida, poliklinikada tibbiy yordam olish mumkin deb
hisoblaydilar va qolgan 18.5 % i qayerda davolanishni bilmasligini keltirib o‘tgan.
Endemik buqoq kasalligini davolashda qanday davolash usullari samarali deb
bilasiz degan keyingi savolimizga 344 nafari (69.2%) yod preparatlardan
foydalanish javobini belgilagan, 153 nafar (30.8%) ishtirokchi antibiotiklar, xalq
tabobati va qanday davo usulini bilmasligini belgilagan (6-rasm).
6-
rasm. So‘rovnomada endemik buqoq kasalligi davosi haqida
xabardorligini aniqlash
Endemik buqoq kasalligining klinik belgilari, kasallikning oldini olish chora
tadbirlari haqida aholining bilim darajasini aniqlash uchun berilgan so‘rovda
497
nafar ishtirokchidan 66.8% i qisman bilishini 19.9% hech narsani bilmasligini
qolgan 13.3 % bu kasallik haqida to‘liq bilimga ega ekanligini bildirgan.
Buqoq kasalligini qanday oldini olish kerakligini so‘rovnomadagi
ishtirokchilardan 72.4%i yodlangan tuzdan foydalanish kerakligini belgilagan,
qolgan 27.6% aholi noto‘gri javoblarni belgilagan. Yodlangan tuzdan
foydalanishdan maqsad bilamizki endemik buqoqni oldini olish, 497 nafar
ishtirokchining 86.7 %i bu haqda bilimga ega ekanligini aniqladik, qolgan aholi
yani, 13.3 % i bu haqida xabardor emasligini aniqladik (7-rasm).
Buqoq kasalligini oldini olishda qaysi muassasalar muhim ahamiyatga ega
so‘rovimizda
54.3% aholi tibbiy muassasa muhimligini bildirgan qolgan 45.7%
aholi o‘quv muassasalari, mahalliy hokimyatlar degan javobni belgilagan. Bizga
ma’lumki, buqoq kasalligini oldini olish uchun vaksinalar mavjud emas, 46.1%
aholi vaksina mavjud emasligini bildirgan, qolgan 53.9 % aholi vaksina mavjud va
ma’lumotga ega emasligini bildirishgan. Suvi ifloslanishi va buqoq kasalligi
o‘rtasidagi bog‘liqlikni bilasizmi so‘rovimizga 43.9% Ha, suv ifloslanishi kasallikni
tarqatishi mumkin, 21.7% Yo‘q, suv ifloslanish
i kasallikni tarqatmaydi, 34.4%
Bilmadim javoblarni belgilagan.
«Междисциплинарный диалог науки и общества
в эпоху экологических перемен»
72
7-rasm. Endemik buqoq kasalligi profilaktikasida yodning ahamiyati
haqida xabardorligini aniqlash
Buqoq kasalligini oldini olishda aholi habardorligini oshirish uchun qanday
choralarga e'tibor berish kerak so‘rovimizda ishtirok etgan 497 nafar aholining
7%i ma’lumotlar (plakatlar, broshyu
ralar) tarqatish deb hisoblasa, 10.9%
maktablarda kasallik haqida tushuntirish ishlari olib borilishi kerak deb
hisoblashadi, 21.9% televizor va radio orqali reklama va ma'lumotlar berilishi
kerak degan fikrda, qolgan aholi barcha yuqoridagilar degan javoblarini
belgilaganlar.
Buqoq kasalligi oldini olish uchun hukumat qanday chora-
tadbirlar ko‘rishi
kerak so‘rovimizda ishtirokchilarning 14.9% suvni tozalash va filtrlash tizimlarini
yaxshilash, 12.7% aholini xabardor qilish dasturlarini tashkil etish, 10.9%
shifoxonalarni va tibbiy muassasalarni kengaytirish, 61.6% yod difitsit
hududlarda osh tuzini yodlashtirishni to‘g‘ri tashkillashtirish javoblarini
belgilashganini ko’rishimiz mumkin (8
-rasm).
«Междисциплинарный диалог науки и общества
в эпоху экологических перемен»
73
8-rasm. Endemik buqoq kasalligi profilaktikasida tashkilotlarning
roli haqida xabardorligini aniqlash
Aholidan buqoq kasalligini oldini olishda qanday muammolar bilan
to‘qnash kelayotganini aniqlaganimizda, ishtirokchilarning 16.3% suvning
ifloslanishi, 7% gigiena qoidalariga rioya qilmaslik, 35.6% tibbiy xizmatlarga
yetarli kirishning yo‘qligi, 41% yodlangan tuzni to‘g‘ri saqlashga rioya qilish
kerakligini bildirganlar.
Xulosa
1.
So‘rovnomada ishtirok etganlarning 73.2 % ya’ni asosiy qismi ayollar,
90.3% 18-
45 yoshlilarligi, 88,6 % oliy va o‘rta ma’lumotli ekanligi quyidagi
so‘rovnomaga aynan ma’lumo
tga ega aholi ishtirok etgan.
2.
So‘rovnoma natijalariga ko‘ra, aholining 61,4% qismi endemik buqoq
kasalligi haqida ma’lumotga ega ekani, ammo 38,6% aholining bu kasallik
to‘g‘risida umuman bilmasligi aniqlangan. Ishtirokchilarning 40.6% i bu
kasallikning sababi kelib chiqishini bilmaslgini bildirgan, 39.4% i suv yoki oziq
ovqatdan kelib chiqishini bildirgan, 20% ishtirokchi havo va bakteriyalardan
kelib chiqishini bildirgan. Bu holat aholining aksar qismi kasallikning asl sababi
–
yod tanqisligi haqida yetarlicha xabardor emasligini anglatadi.
3.
So‘rovnoma natijalariga ko‘ra, ishtirokchilarning 66,2% qismi endemik
buqoq kasalligiga xos bo‘lgan asosiy klinik belgilardan –
nafas siqishi, terlash va
charchoq kabi simptomlarni to‘g‘ri aniqlagan. Biroq 33,
8% ishtirokchi bu savolga
noto‘g‘ri javob bergan yoki umuman bilmasligini bildirgan. Bu esa aholining
muayyan qismi endemik buqoqning klinik belgilari haqida yetarli bilimga ega
emasligini ko‘rsatadi. Natijada, kasallikni erta aniqlash va shifokorga o‘z va
qtida
murojaat qilish imkoniyati kamayadi. Shuning uchun, aholi o‘rtasida bu
kasallikning belgilari haqida targ‘ibot ishlarini kuchaytirish dolzarb ahamiyat
kasb etadi.
4.
Natijalarga ko‘ra 18,5% ishtirokchi davolanish joyi haqida umuman
ma’lumotga ega em
asligini bildirgan. Ushbu natijalar aholining muayyan qismi
«Междисциплинарный диалог науки и общества
в эпоху экологических перемен»
74
endemik buqoq kasalligini davolash bo‘yicha yetarli bilim va tushunchaga ega
emasligini ko‘rsatmoqda. Bu esa, o‘z vaqtida to‘g‘ri tibbiy muassasaga murojaat
qilmaslik, kasallikning og‘ir darajaga o‘tib ketish xavfini oshiradi. Shuning uchun
aholiga kasallikning og‘irligi, to‘g‘ri davolanish manzillari va ixtisoslashgan tibbiy
yordaming ahamiyati haqida maqsadli sog‘lomlashtirish va tushuntirish ishlarini
kuchaytirish zarur.
Bu natijalar shu
ni ko‘rsatadiki, aholining kasallik haqida xabardorligini
oshirish uchun turli kommunikatsion kanallarni birgalikda qo‘llash zarur.
Ayniqsa, ommaviy axborot vositalari, ijtimoiy tarmoqlar, ta’lim muassasalari va
bosma materiallar orqali kompleks tarzda sog
‘lomlashtirish va profilaktika
bo‘yicha ma’lumotlar berish kasallikni erta oldini olishda muhim rol o‘ynaydi.
Ishtirokchilar plakatlar va broshyuralar tarqatish orqali ma’lumot berish zarur
deb hisoblaydi, maktablarda tushuntirish ishlari olib borilishi kerakligini
bildirgan, televizor va radio orqali reklama va ijtimoiy tarmoqlarda ma’lumotlar
berish eng samarali usul deb hisoblaydi.
Shu sababli, integratsiyalashgan targ‘ibot
strategiyasini ishlab chiqish va amalga oshirish tavsiya etiladi.
Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati:
1.
Usmanova, N. Y., Berdikulova, D. M., & Abdukaxarova, M. F. (2025).
ENDEMIC GOITER WITH THE DISEASE TERRITORIES ACCORDING TO SPREAD.
2.
Esonturdiyev, S. S., & Qarshiboyeva, M. E. (2007). GIGIYENA VA
SANITARIYA TEKSHIRISHLAR TEXNIKASI. Ilm-
ziyo” nashriyoti.
3.
Малкоч, А. В., Бельмер, С. В., Карманов, М. Е., & Конюхова, М. Б. (2008).
Дефицит йода и его профилактика. Вопросы детской диетологии, 6(2), 36
-
40.
4.
Khamzaeva, N. T., Matnazarova, G. S., Saidkasimova, N. S., &
Abdukaxarova, M. F. (2024). Coronavirus in the republic of uzbekistan during
2020-2023 retrospective epidemiological analysis of the disease (tashkent city as
an example). World Bulletin of Public Health, 33, 108-114.
5.
Савченков, М. Ф. (2009). Дефицит йода среди населения г. Иркутска
и его медицинские последствия. Байкальский медицинский журнал, 84(1),
65-67.
6.
Салихов, Ш. К., Яхияев, М. А., Луганова, С. Г., Атаев, М. Г., Курбанова,
З. В., & Алиметова, К. А. (2014). Эндемический зоб в Дагестане как результат
дефицита йода и селена в объектах ее биосферы. Вестник российских
университетов. Математика, 19(5), 1729
-1732.
7.
Toshtemirovna, K. N., Islamovna, S. G., & Sultanovna, M. G. (2023). The
Effectiveness Of A New Food Substance-A Hard Gelatin Capsule-" Sedan Bark" Is
Being Studied In Children Who Have Recovered From The Coronavirus. British
View, 8(3).
8.
Абдулхабирова, Ф. М., Безлепкина, О. Б., Бровин, Д. Н., Вадина, Т. А.,
«Междисциплинарный диалог науки и общества
в эпоху экологических перемен»
75
Мельниченко, Г. А., Нагаева, Е. В., ... & Ширяева, Т. Ю. (2021). Клинические
рекомендации" Заболевания и состояния, связанные с дефицитом йода".
Проблемы эндокринологии, 67(3), 10
-25.
9.
Сапожников, И. С., Шуварова, Е. А., Белик, С. Н., Крючкова, В. В., &
Моргуль, Е. В. (2017). Возможности использования кожного йодного теста
для профилактики дефицита йода. In Аспекты безопасности
жизнедеятельности и медицины (pp.
73-78).
10.
Беспалов, В. Г., & Туманян, И. А. (2019). Дефицит йода в питании как
мультидисциплинарная проблема. Лечащий врач, (3), 8.
11.
Хамзаева, Н. Т., Матназарова, Г. С., & Саидкасимова, Н. С. (2024).
ОЦЕНКА ЭФФЕКТИВНОСТИ ПРИМЕНЕНИЯ МЯГКИХ ЖЕЛАТИНОВЫХ
КАПСУЛ “ҚОРА СЕДАНА” У ДЕТЕЙ С КОРОНАВИРУСНОЙ ИНФЕКЦИЕЙ.
Академические исследования в современной науке, 3(40), 20
-24.
12.
Исламова, Ш. А., Хамзаева, Н. Т., & Хусайинова, Х. Ж. (2023).
ВОЗДЕЙСТВИЯ МАЛЫХ ДОЗ ПИРЕТРОИДНЫХ ПЕСТИЦИДОВ НА
ПОСТНАТАЛЬНОЕ РАЗВИТИЕ ЩИТОВИДНОЙ
ЖЕЛЕЗЫ. In Современная
наука: актуальные вопросы социально
-
экономического развития (pp. 175
-
185).
13.
https://lex.uz/docs/-1184049
14.
https://senat.uz/events/post-2998
15.
Gaitan E., Nelson N. C., Poole G. V. Endemic goiter and endemic thyroid
disorders //World journal of surgery.
–
1991.
–
Т. 15. –
№. 2. –
С. 205
-215.
16.
Zhao J. et al. Endemic goiter associated with high iodine intake
//American journal of public health.
–
2000.
–
Т. 90. –
№. 10. –
С. 1633.
17.
Zimmermann M. B., Boelaert K. Iodine deficiency and thyroid disorders
//The lancet Diabetes & endocrinology.
–
2015.
–
Т. 3. –
№. 4. –
С. 286
-295.
18.
Pearce E. N., Zimmermann M. B. The prevention of iodine deficiency: a
history //Thyroid.
–
2023.
–
Т. 33. –
№. 2. –
С. 143
-149.
