Chet tili muloqotida pragmatik qobilyatsizlik muammolari

Аннотация

Ushbu maqola chet tilida muloqot samarasiga putur yetkazadigan pragmatik qobilyatsizlik natijasida kelib chiqadigan muammolami ochib berishga mo'ljallangan. Muloqotda uchraydigan bunday muammolar sirasiga pragmatik interferensiya, pragmatik muvaffaqiyatsizlik va pragmatik rivojlanishning orqaga qolishi kabilarni keltirib o'tish mumkin. Pragmatik muammolardan xabardorlik chet tilida so'zlovchilarni turli ijtimoiy noqulayliklar, madaniy tushunmovchiliklar va so'zlovchi qoldirishi mumkin bo'lgan yomon taasurotlar oldini olishiga ko'maklashadi.

Тип источника: Конференции
Годы охвата с 2025
inLibrary
Google Scholar
Выпуск:
CC BY f
51-53
179

Скачивания

Данные скачивания пока недоступны.
Поделиться
Сатторова F. (2025). Chet tili muloqotida pragmatik qobilyatsizlik muammolari. Диалог, интеграция наук и культур в процессе научного и профессионального образования, 1(1), 51–53. извлечено от https://inlibrary.uz/index.php/discpspe/article/view/81208
Феруза Сатторова, Самаркандский государственный институт иностранных языков
Кандидат наук, докторант
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Аннотация

Ushbu maqola chet tilida muloqot samarasiga putur yetkazadigan pragmatik qobilyatsizlik natijasida kelib chiqadigan muammolami ochib berishga mo'ljallangan. Muloqotda uchraydigan bunday muammolar sirasiga pragmatik interferensiya, pragmatik muvaffaqiyatsizlik va pragmatik rivojlanishning orqaga qolishi kabilarni keltirib o'tish mumkin. Pragmatik muammolardan xabardorlik chet tilida so'zlovchilarni turli ijtimoiy noqulayliklar, madaniy tushunmovchiliklar va so'zlovchi qoldirishi mumkin bo'lgan yomon taasurotlar oldini olishiga ko'maklashadi.


background image

ILMIY VA PROFESSIONAL TA’LIM JARAYONIDA MULOQOT, FAN VA MADANIYATLAR

INTEGRATSIYASI

51

Samarkand State Institute of Foreign Languages

CHET TILI MULOQOTIDA PRAGMATIK QOBILYATSIZLIK

MUAMMOLARI

Sattorova Feruza Elmurodovna

PhD, SamDChTI doktoranti

Annotatsiya:

Ushbu maqola chet tilida muloqot samarasiga putur yetkazadigan

pragmatik qobilyatsizlik natijasida kelib chiqadigan muammolarni ochib berishga mo‘ljallangan.

Muloqotda uchraydigan bunday muammolar sirasiga pragmatik interferensiya, pragmatik

muvaffaqiyatsizlik va pragmatik rivojlanishning orqaga qolishi kabilarni keltirib o‘tish mumkin.

Pragmatik muammolardan xabardorlik chet tilida so‘zlovchilarni turli ijtimoiy noqulayliklar,

madaniy tushunmovchiliklar va so‘zlovchi qoldirishi mumkin bo‘lgan yomon taasurotlar oldini

olishiga ko‘maklashadi.

Kalit so‘zlar:

kommunikativ kompetensiya, pragmatik qobilyat, pragmatik bilim,

ijtimoiy me’yorlar, pragmatic interferensiya, pragmatik muvaffaqiyatsizlik

Ma’lumki so‘nggi yillarda allaqachon integrallashib ulgurgan dunyo hamjamiyatida

ingliz tilida muloqot qila olish kasbiy rivojlanishda asosiy vosita bo‘lib xizmat qilmoqda. Zero,

turli ijtimoiy va iqtisodiy hamkorlikning rivojlanish kaliti samarali muloqotga kirisha olish

qobilyatidir. Shuning uchun ham chet tili ta’limining asosiy maqsadi kommunikativ kompetent

kadarlarni tayyorlashdir. Ammo chet tili didaktikasida erishilgan katta yutuqlar bilan bir qatorda,

sohada mavjud bo‘lgan muammolar hali ham o‘z yechimini topganicha yo‘q, yanada aniqroq

gapiradigan bo‘lsak, yoshlarimiz orasida ingliz tili bo‘yicha xalqaro sertifikatlardan IELTS,

TESOL kabi, yoki ingliz tili darajasini baholovchi ko‘p pog‘onali CEFR sertifikatidan yuqori

natija qayd etayotganlar ko‘p sonli bo‘lishiga qaramay, bu zukko yoshlar real hayotda ingliz tili

egalari bilan muloqotga kirishganda ko‘plab tushunmovchiliklarga duch kelishmoqda. Buning

sababini anqilash uchun kommunikativ kopmpetensiyani tarkibiy qismlarini qayta ko‘rib

chiqishni lozim topdik. Kommunikativ qobilyat

lingvistik qobilyat

(tilning turli lisoniy sathlari

yuzasidan bilimga egalik),

sotsiolingvistik qobilyat

(tilning ijtimoiy-me’yoriy qo‘llanilishi

borasidagi bilimlar),

pragmatik qobilyat

(tildan kontekst va ijtimoiy-me’yoriy qoidalarga

tayangan holda o‘rinli foydalanish) va

strategik qobilyat

(tildan foydalanishda duch kelinadigan

qiyinchiliklarni turli lisoniy va nolisoniy usullar bilan bartaraf etish qobilyati) uzvlardan tashkil

topgan. O‘zbekiston muhitida ingliz tili chet tili sifatida o‘qitilar ekan, bizda chet tili ta’limi

rasmiy muloqot muhitida (o‘qituvchi va o‘rganuvchi o‘rtasida) amalga oshiriladi, ammo real

hayotda muloqot turli kontekstlarda amalga oshadi. Ikkinchidan ingliz tili o‘qitishda asosiy nutq

ko‘nikmalari (o‘qish, yozish, tinglab tushunish va gapirish ko‘nikmlari) hamda qo‘shimcha

ko‘nikmalar (grammatika, so‘z boyligi va to‘g‘ri talaffuz)ni o‘rgatishga katta urg‘u beriladi.

Ammo hech bir rasmiy (milliy yoki xalqaro) imtihonlarda tilni hayotiy vaziyatlarda qo‘llash

borasida baholash talabi bo‘lmaganligi bois hamda ingliz tilini faqat sinfda muloqot vositasi

bo‘lib xizmat qilishi, til foydalanuvchilarning pragmatik bilimlardan bebahra qolishga sabab

bo‘lmoqda. Bunday nomaqbul vaziyatlar sababi muloqotda pragmatik bilimlarning ahamiyatidan

bexabarlik oqibati deb hisoblaymiz. Umuman olganda pragmatik qobilyatning muloqotdagi

ahamiyatini eslatib o‘tar ekanmiz, zamonamiz olimi Devid Kristalning pragmatikaga nisbatan

bergan izohini keltirishga qaror qildik: “Pragmatika – tilni undan foydalanuvchilar nuqtayi

nazari bilan o‘rganish, boshqacha aytganda, ijtimoiy o‘zaro munosabatlarda tilni qo‘llashda ular

uchrashi mumkin bo‘lgan cheklovlar, ularning muloqot jarayonida tildan foydalanuvchi boshqa

ishtirokchilarga ta’sirini o‘rganishdan iboratdir.” [1;287 ] Bu ta’rifdan tildan -kontekstda

foydalanishga ko‘proq urg‘u bersa-da, lisoniy tanlovlarning suhbatdoshga yoki tinglovchiga

ta’siri masalasida faqat ijtimoiy madaniy muhitga emas, balki tildan foydalananuvchining tanlovi

muhimroq ekanligi alohida ta’kidlanadi. Shuningdek deyarli barcha pragmatika sohasi bo‘yicha

bajarilgan ishlarda pragmatika o‘zaro aloqador ikki qismdan iborat deb qaraladi:

pragmalingvistika va sotsiopragmatika.


background image

ILMIY VA PROFESSIONAL TA’LIM JARAYONIDA MULOQOT, FAN VA MADANIYATLAR

INTEGRATSIYASI

52

Samarkand State Institute of Foreign Languages

1.3-rasm. Pragmatikaning tarkibiy qismlari

Til foydalanuvchilari pragmatik jihatdan samaraga erishishi uchun ular o‘zlarining turli

maqsadlariga muvofiq bu ikki sohadagi elementlarni ko‘rib chiqib tanlash va birlashtirish

imkoniyatlariga ega bo‘lishlari kerak.[2;41]

Xo‘sh, yuqoridagi pragmatik bilimlar majmuyi yetishmaganda kommunikatorlar qanday

muammolarga uchraydi? Birinchi muammo bu til o‘rganuvchi nutq vaziyatini baholashda o‘z

ana tilisidagi me’yorlarga tayangan holda tog‘ridan to‘g‘ri tarjima orqali salbiy ko‘chim, ya’ni

pragmatik interferensiya

ga yo‘l qo‘yadi. G.Kasper pragmatik interferensiya hodisasiga

quyidagicha ta’rif beradi: “tillararo pragmatikada interferensiya til o‘zlashtiruvchining ikkinchi

chet tilini tushunishi, muloqot olib borishi va o‘rganishi jarayonida shu tilning pragmatik

me’yorlaridan ko‘ra o‘z ona tilidagi madaniyatning ta’siri, boshqacha aytganda, elementlarini

nomuvofiq qo‘llanishi olib kirilgani bilan izohlash mumkin”.[3;207] Ma’lumki, har bir til

o‘zining gapirilish qoidalariga ega va bu qoidalarning ikkinchi bir tilga yo ijobiy yo salbiy

ta’sirini interferensiya hodisasi deb tadqiq etarkanmiz, bu qoidalar nutq aktlari bilan aloqador

bo‘lsa – pragmatik interferensiyani, turli ijtimoiy strategiyalar bilan bog‘liq bo‘lsa –

sotsiolingvistik interferensiyani, salomlashish va nutq paytida navbat alamashish (turn-taking)da

namoyon bo‘lsa diskurs interferensiyani taqozo etadi. Masalan, so‘zlovchi ingliz tilidan chet tili

yoki ikkinchi til sifatida foydalanayotganda, norasmiy suhbatda ham juda rasmiy va

xushmuomala so‘zlar ishlatishi mumkin, natijada suhbat tabiiyligi va samimiyligiga putur yetadi.

Pragmatik qobilyatsizlik orqali chiqib keladigan ikkinchi muammo bu –

pragmatik

muvaffaqiyatsizlik

dir. Til o‘rganishdan maqsad imkon boricha muloqotda

axborot

almashinuvini to‘g‘ri va muvaffaqiyatli amalga oshirishdir, bunday muvaffaqiyatning asosida

albatta pragmatik bilim ham asosiy rol o‘ynaydi. Agar ikki so‘zlovchidan birida bunday qobiliyat

bo‘lmasa, bu yerda muloqot to‘xtaydi. J.Tomasning fikricha, pragmatik muvaffaqiyatsizlik

“shunday qobiliyatsizlikki, aytilgan so‘zlar orqali nima ma’no nazarda tutilganini

tushunmaslikdir”.[4;97] Bunda chet tilidan foydalanuvchilar o‘rganayotgan tilning ijtimoiy va

madaniy kontekstni tushunmasligi yoki e’tiborga olmasligi orqali yuzaga keladi. Masalan, ingliz

tilidan chet tili sifatida foydalanayotgan o‘zbek yuqori lavozimdagi kishiga norasmiy so‘zlarni

ishlatishi tinglovchini noqulay holatga solib, so‘zlovchi imijini hurmatsiz qilib ko‘rsatadi.

Umuman olganda, pragmatik interferensiya va pragmatik muvaffaqiyatsizlik ham muloqot

samarasiga salbiy ta’sir etadi.

Keyingi muammo esa

pragmatik qobilyatni rivojlanishining orqaga qolishi

dir. Bunda

til o‘rganuvchisi turli ijtimoiy va madaniy kontekstlarda tilni samarali ishlatishda

qiyinchiliklarga uchraydi. Bu muammoni keltirib chiqaradigan bir qator sabablar bor. Jumladan,

til o‘rganishda haqiqiy ijtimoiy kontekstnig yetishmasligi, madaniy o‘zgarishlarga

moslashuvchanlikning yetishmasligi, haqiqiy til egasi bilan muloqotning yetishmasligi, ona

tilining salbiy ta’siri kabilar bo‘lishi mumkin. Bu muammoning oldini olish uchun til

o‘rganuvchilar uchun autentik materiallar orqali tabiiy til vaziyatiga yaqin sharoitlarni yaratib

berish zarur.


background image

ILMIY VA PROFESSIONAL TA’LIM JARAYONIDA MULOQOT, FAN VA MADANIYATLAR

INTEGRATSIYASI

53

Samarkand State Institute of Foreign Languages

Xullas, pragmatik qobilyatsizlik natijasida so‘zlovchi va tinglovchi ijtimoiy va madaniy

noqulayliklarga uchramasliklari hamda o‘zaro muloqotda turli xatoliklarni oldini olish uchun

pragmatik bilimlarni o‘zlashtirishlari, o‘qituvchilar esa ingliz tili darslarida pragmatik bilimlarni

aks ettiradigan turli lingvodidaktik materiallar, mashg‘ulotlar ishlab chiqishi va autentik

materiallardan unumli foydalanishlari yuqoridagi muammolarni hal etishi mumkin.

Foydalanilagan adabiyotlar ro‘yxati:

1.

Crystal, D. The Cambridge Encyclopedia of the Englishg Language. Cambridge

University Press, Cambridge, 2019. Part V. 582 p.

2.

Kasper G. Variation in interlanguage speech act realization // S. Gass, C. Madden, D.

Preston, L.Selinker. Variation in second language acquisition: Discourse and pragmatics. –

Clevedon.: Multilingual Matters, 1989. – 260p.

3.

Kasper Gabriele. Pragmatik transfer // Second Language Research, Volume 8(3), 2001. –

P. 203-231.

4.

Thomas J. Cross-cultural pragmatic failure // Applied Linguistics, Volume

4

(2), 1983.

P.91-112. G‘

5.

Холиков, Б. (2018). Детектив романларда воқеликнинг бадиий талқинини тизимли

моделлаштириш (Марио Пьюзонинг «Чўқинтирган ота»(«The godfather») ва Тоҳир

Маликнинг «Шайтанат» асарлари мисолида). Фалсафа доктори илмий даражасини олиш

учун ёзилган докторлик (PhD) диссертацияси автореферати. Фалсафа доктори илмий

даражасини олиш учун ёзилган докторлик (PhD) диссертацияси автореферати. Фaл. фанл.

докт.(PhD) дисс.

6.

Khayrullaev, K. Z. (2001). The relation of word, word composition and sentence to the

predicativeness. Abstract of candidate dissertation.–Tashkent.

7.

Хайруллаев, Х. (2002). Предикативлик ҳодисаси ва унинг ифода объектлари.

8.

Хайруллаев, Х. (2009). О лингвистической природе уровней языка и речи. Вопросы

филологических наук, (2), 78-79.

9.

Турниёзов, Н., Турниёзова, К., & Хайруллаев, Х. (2009). Структур синтаксис

асослари.

10.

Хайруллаев, Х. З. (2001). Сўз, сўз бирикмаси ва гапнинг предикативликка

муносабати. Номзод. дис автореферати. Тошкент.

11.

Turniyozov, N., Turniyozova, K., & Xayrullayev, X. (2009). Struktur sintaksis

asoslari. Samarqand: SamDCHTI.

12.

Хайруллаев, Х. З. (2012). Об иерархических отношениях между языковыми

единицами. Вестник Челябинского государственного университета, (6 (260)), 134-137.

Библиографические ссылки

Crystal, D. The Cambridge Encyclopedia of the Englishg Language. Cambridge University Press, Cambridge, 2019. Part V. 582 p.

Kasper G. Variation in interlanguage speech act realization // S. Gass, C. Madden, D. Preston, L.Seiinker. Variation in second language acquisition: Discourse and pragmatics. -Clevedon.: Multilingual Matters, 1989. - 260p.

Kasper Gabriele. Pragmatik transfer И Second Language Research, Volume 8(3), 2001. -P. 203-231.

Thomas J. Cross-cultural pragmatic failure // Applied Linguistics, Volume 4(2), 1983. P.91-112. G‘

Холиков, Б. (2018). Детектив романларда воқеликнинг бадиий талқинини тизимли моделлаштириш (Марио Пьюзонинг «Чўқинтирган ота»(«Т11е godfather») ва Тохир Маликнинг «Шайтанат» асарлари мисолида). Фалсафа доктори илмий даражасини олиш учун ёзилган докторлик (PhD) диссертацияси автореферати. Фалсафа доктори илмий даражасини олиш учун ёзилган докторлик (PhD) диссертацияси автореферати. Фал. файл. докт.(РЬО) дисс.

Khayrullaev, К. Z. (2001). The relation of word, word composition and sentence to the predicativeness. Abstract of candidate dissertation.-Tashkent.

Хайруллаев, X. (2002). Предикативлик ходисасн ва унинг ифода объектлари.

Хайруллаев, X. (2009). О лингвистической природе уровней языка и речи. Вопросы филологических наук, (2), 78-79.

Турниёзов, Н., Турниёзова, К., & Хайруллаев, X. (2009). Структур синтаксис асослари.

Хайруллаев, X. 3. (2001). Сўз, сўз бирикмаси ва гапнинг предикативликка муносабати. Номзод. дис автореферати. Тошкент.

Tumiyozov, N., Turniyozova, К., & Xayrullayev, X. (2009). Struktur sintaksis asoslari. Samarqand: SamDCHTI.

Хайруллаев, X. 3. (2012). Об иерархических отношениях между языковыми единицами. Вестник Челябинского государственного университета, (6 (260)), 134-137.