ILMIY VA PROFESSIONAL TA’LIM JARAYONIDA MULOQOT, FAN VA MADANIYATLAR
INTEGRATSIYASI
385
Samarkand State Institute of Foreign Languages
INGLIZ TILINI O`QITISH JARAYONIDA KASBIY LEKSIKANI O`RGANISHGA
ASOSLANGAN MASHQLARNI TANLASH VA TUZISHGA QO`YILADIGAN
ZAMONAVIY TALABLAR
Shamirzayeva Zarifa Xudoyorovna
Chirchiq Davlat Pedagogika Universiteti
Tayanch doktaranti
Annotatsiya:
Ushbu maqola chet tilida o‘qitishda leksik va grammatik kompetensiyani
rivojlantirishga qaratilgan metodik yondashuvlarni tahlil qiladi. Ayniqsa, ko‘p ma'noli so‘zlarni
o‘rganishda o‘quvchilarni xatolardan xalos etish va yangi leksik birliklarni taqdim etishda
umumlashtirishning ahamiyati ko‘rsatilgan. H.Soynazarovning metodik qarashlariga ko‘ra, ko‘p
ma’noli so‘zlar alohida leksik birlik sifatida o‘rganilishi kerak. Maqolada, shuningdek, leksik
minimum tanlash bo‘yicha turli tadqiqotchilarning fikrlari keltirilgan va bu jarayonda psixologik,
didaktik va semantik tamoyillarning o‘rni ta'kidlangan. Chet tili o‘qitishda mashqlar tizimi, shu
jumladan statik va dinamik mashqlar, til materialini o‘zlashtirishda sezgi va analizatorlarning
ishtiroki muhokama qilinadi.
Kalit so‘zlar:
leksik kompetensiya
,
ko‘p ma’noli so‘zlar
,
o`quv metodikasi
,
leksik
minimum
,
retseptiv va reproduktiv nutq
,
mashqlar tizimi
,
didaktik tamoyillar
,
statik va dinamik
mashqlar
,
chet tili o‘qitish.
Nutqni egallash xususiyatiga ko‘ra, aniqrog‘i, sezgi va analizatorlaming ishtirokiga qarab,
retseptiv va reproduktiv nutq mashqlari bajariladi. Nofilologik yo‘nalishlarda ingliz tili leksik
kompetensiyasini rivojlantirish ko‘p ma’noli so‘zlarni taqdimot chog‘ida umumlashtirib berish
ayrim ma’nolarni ajratib o‘rgatish ishidan o‘qituvchini xalos etadi. “Ko‘p ma’noli so‘zlarni
umumlashtirib o‘rgatish usulini” o‘zbek tadqiqotchilaridan H.Soynazarov tadqiq etgan. Ushbu
metodik g‘oyaga binoan fe’l shakllarini o‘rganishda ikki va undan ortiq misol keltirilgandan
so‘ng yangi o‘rganilayotgan o‘xshash shakllar oldingilari asosidagi qoidalarga tayanib, mustaqil
tarzda o‘rganiladi. Reseptiv leksikani o‘rgatish mazmunida til birligi mavqeini birinchi so‘z
egallaydi. Reproduktiv nutqda esa noto‘g‘ri fe’lning har bir zamon shakli alohida til birligi
darajasida qo‘llanadi. Ko‘p ma’noli so‘zni taqdim etishda ham umumlashtirib o‘rgatish tavsiya
etiladi. H.Soynazarovning metodik qarashlariga ko‘ra ko‘p ma’noli so‘zning barcha ma’nolari
alohida leksik birlik bo‘lib, har bir yetakchi ma’no esa leksikani o‘rgatish mazmuniga kiritiladi
[1]. Ingliz tili o‘qitishda leksik minimum tanlash tamoyillari bo‘yicha tadqiqotchilarning fikrlari
turlichadir. Tadqiqotchilardan V.A.Buxbinder va M.Choriyevlar quyidagi tamoyillar asosida
leksik minimumni tanlashni taklif qilganlar: 1. Leksik birliklarni ingliz tili o‘qitishda mavzularga
asosan tanlash; 2. Yangi so‘zlarni o‘zlashtirishning psixologik jihatlarini e’tiborga olish; 3. Ingliz
tili ta’limining psixologik va didaktik qonuniyatlariga rioya qilish; 4. Talabalarning potensial va
real lug‘at boyligini bir-biri bilan bog‘liq holda shakllantirish; 5. Ingliz tili leksik minimumni
rasional cheklash tamoyili [5]. Tadqiqotchilardan N.D.Galskova va N.I.Gezlar leksikani
tanlashda 6ta tamoyilni asos qilib olganlar. Ular: 1. Muvofiqlashtirish tamoyili; 2. Stilistik
jihatdan chegaralanmaganligi; 3. Ingliz tilidagi so‘zlar ma’nosini ochish; 4. So‘zni taqdim
etishda leksik birliklarni fahmlash va mustaqil ravishda ma’nosini anglash; 5. So‘z ma’nolarini
farqlash; 6. Nutqda faol qo‘llanadigan so‘zlarni tanlash; 6. Ingliz tilida nutqda so‘zlarni ko‘p
ishlatilishiga ko‘ra tanlash [2]. Tadqiqotchilardan G.Rahmonov va M.Karimovalar leksik
minimum tanlashda 1. Mavzular bo‘yicha; 2. Ko‘p so‘zlarni qo‘llash va keng tarqalganlik
darajasiga ko‘ra; 3. Til interferensiyasiga binoan xatolarni oldindan olishga ko‘ra; 4. Semantik
(ma’noviy) jihatdan tanlash; 5. Muvofiqlik tamoyiliga ko‘ra; 6. Stilistik jihatdan
chegaralanmaganlik; 7. So‘z yasalishiga ko‘ra tamoyillarni asos qilib olganlar [4; 5]. Shuningdek,
tadqiqotchilardan F.R.Qodirova ham leksik birliklarni tanlashda quyidagi tamoyillarni asos qilib
olgan: 1. Nutqda so‘zning amaliy qimmatini hisobga olinishi; 2. So‘zning og‘zaki nutqda, grafik
matndagi tez-tez qo‘llanilishi; 3. So‘zlardan foydalanish imkoniyatlariga qarab [3]. Tadqiqotchi
ILMIY VA PROFESSIONAL TA’LIM JARAYONIDA MULOQOT, FAN VA MADANIYATLAR
INTEGRATSIYASI
386
Samarkand State Institute of Foreign Languages
F.R.Qodirova “Nutqda yangi so‘zlarni faol qo‘llash ko‘p jihatdan talabalarning ular ma’nosini
qanchalik to‘g‘ri tushunishlariga bog‘liqdir” deb, ta’kidlab o‘tgan. Buning uchun
mashg‘ulotlarni shunday tarzda tashkil etish kerakki, talabalar yangi leksik birliklarni idrok etib,
sekin asta faol nutqqa o‘tishsin [3]. Chet til o‘rganishni mashqlar bajarishdan iborat jarayondir
deyilsa, mubolag‘a yoki xato bo‘lmaydi. Bu — mashqning dinamika (harakat) tarafi. Uning
statika (holat) jihati — darslikda
o‘quv materiali tarzida tashkil etilganligidadir. Statikadagi
mashq deganda, chet til darsligida muayyan raqam yoki harf bilan belgilangan yoki maxsus
ajratib ko‘rsatilgan, ikki qismdan iborat, dars tarkibini tashkil etadigan o‘quv-metodik kategoriya
tushuniladi. Mashqning qismlari metodik adabiyotlarda “mashq talabi (sarlavhasi)“ va „mashq
materiali" deb yuritiladi. Mashq materiali darslikda yozilgan (harf, so‘z, jumla, grafik matn) yoki
o‘quvchi nutqining mahsuli (tovush, so‘z, jumla, og‘zaki matn) bo`lishi mumkin.
Dinamikadagi mashq — chet tilda o‘quvchi bajaradigan, harf yozish yoki tovushni talaffuz
etishdan tortib, to matnni idrok etib tushunish yoki o‘z fikrini bemalol bayon etishgacha bo‘lgan
o‘quv amalidir. Mashqlarning statikadagi ko‘rinishi darslik muallifming ijod mahsulidir,
dinamikada esa nutq ko‘nikma va malakalari hosil qilish yo‘lidagi amaliy xatti-harakatlar va
urinishlardir. ,,Mashq“ tushunchasining qisqacha ta’rif-tavsifidan so‘ng „mashqlar
sistemasi“ terminini ko‘rib chiqamiz. Mazkur mavzu chet til metodistlari orasida to‘xtovsiz
munozaralarga sabab bo‘lib keladi. Prof. Igor Vladimirovich Raxmanov barcha mashqlarni til va
nutq mashqlari nomlari bilan ajratib yuritgan. Ayrim metodistlar asarlarida ikkala termin orasida
„nutqqacha bo‘lgan mashqlar“ nomini ham qo‘llashadi. Prof. Vulf Abramovich Buxbinder
informatsion, operatsion va motivatsion mashqlar haqida tadqiqot olib boigan. Sodda qilib,
ularni bilim, ko‘nikma va malaka berish mashqlari, deyish joizdir. I. V. Raxmanov tasnifi
shveytsariyalik tilshunos olim Ferdinand de Sossyur til va nutq dixotomiyasi ta’limoti ta’siri
natijasi, deb qaralmog‘i ma’qul. V. A. Buxbinder mashqlar nazariyasi psixolingvistika
ma’lumotlariga asoslangan bo‘lib, maktabda chet til o‘qitish voqeligini aniqroq aks ettiradi.
O‘zbekiston chet til metodistlarining 1970—80-yillarda bajargan ilmiy tadqiqotlarida (J. Jalolov,
T. Sattorov, A. Soynazarov va b.) chet til mashqlar sistemasini o‘zbekcha terminlar bilan
shakllantiruvchi, rivojlantiruvchi va takomillashtiruvchi mashqlar turlariga bo‘linishi
aniqlangan.[6] Shakllantiruvchi mashq til materialini o‘zlashtirishda, rivojlantiruvchi mashq
nutqda til materialining qo‘llanilishida va takom illashtiruvchi mashq chet tilda fikr bayon etish
va o‘zga shaxs fikrini idrok etib tushunish maqsadida bajariladi, ya’ni bilim olish, ko‘nikmani
egallash va malakani o‘stirishga mo‘ljallangan mashqlar, deb qaraladi. Mashqlar sistemasi kichik
sistem alar inikosidir. Ular nutq faoliyati turlari (gapirish, tinglab tushunish, o‘qish va yozuv)
mashqlari hamda til materiallari (leksika, grammatika, talaffuz) mashqlari nomlari bilan ataladi.
Nutq jarayonida til materialini egallashda sezgilar ishini aks ettiruvchi retseptiv leksik, retseptiv
grammatik va reproduktiv leksik hamda reproduktiv grammatik mashqlar ham bo‘ladi. Chet tilda
og‘zaki va yozma mashqlar bajariladi. Og‘zaki mashq dialog va monolog mashqlariga hamda
og'zaki bajariladigan leksik, grammatik va talaffuz mashqlariga bo‘linadi. Yozma mashqlar
fikmi yozuvda ifoda etish (yozma nutq)ni va yozish (yozuv texnikasi)ni o‘rgatishga bag
‘ishlanadi. O'qish mashqlari grafik matnni o‘qib axborot olish va o‘qish lexnikasini
o‘zlashtirishga m o‘ljallanadi. Bayon etilganlarga yana shuni ilova qilish mumkinki, mashq va
matn, mashq va she’r, mashq va harf/tovush, mashq va rasm kabi so‘z birikmalari g‘ayrimetodik
tushunchalar sirasiga kiradi, chunki iboralardagi ikkinchi so‘zlar mashqning materiali, ya’ni
mashqning obyekti yoki mahsulidir. Ona tili va ikkinchi tilda bunday ta’birlar erkin
qo‘llanaverishi mumkin. Bunga sabab, ularni o‘qitishda qoidalar muntazam tarzda singdiriladi,
grammatik tahlil qilinadi, she’rlar ifodali o‘qiladi[1] Xulosa qilib aytganda, maqolada chet tilida
o‘qitish jarayonida leksik va grammatik kompetensiyani rivojlantirish uchun samarali metodik
yondashuvlar ko‘rib chiqildi. Ayniqsa, ko‘p ma’noli so‘zlarning o‘rganilishida umumlashtirish
usulining ahamiyati ta'kidlangan. H.Soynazarovning metodik g‘oyasi, ko‘p ma’noli so‘zlarning
har bir ma’nosini alohida leksik birlik sifatida o‘rganish, o‘quvchilarga nutq faoliyatini
rivojlantirishda katta yordam beradi. Shuningdek, leksik minimumni tanlashda psixologik,
didaktik va semantik tamoyillarning ahamiyati yuksakdir. Tadqiqotchilar tomonidan ilgari
ILMIY VA PROFESSIONAL TA’LIM JARAYONIDA MULOQOT, FAN VA MADANIYATLAR
INTEGRATSIYASI
387
Samarkand State Institute of Foreign Languages
surilgan tamoyillar, leksik birliklarning o‘rganilishida to‘g‘ri yo‘l-yo‘riq ko‘rsatib,
o‘quvchilarning nutq qobiliyatlarini rivojlantirishga qaratilgan. Mashqlar tizimi, shu jumladan
statik va dinamik mashqlar, til materiallarini o‘zlashtirishda muhim o‘rin tutadi. Chet tili
o‘qitishda mashqlarni shunday tashkil etish zarurki, bu jarayon talabalarning tilni samarali va
to‘g‘ri o‘rganishiga olib kelsin. Bularning barchasi ingliz tilini o‘rganishda metodik
yondashuvlarni takomillashtirishga xizmat qiladi.
Foydalanilgan adabiyotlar
1. Jalolov. J. Chet tili o’qitish metodikasi. – Toshkent, 2012. – B.434.
2. Butayev Sh.T. Akademik lisey o‘quvchilarining leksik kompetensiyasini rivojlantirishda
lingvistik lug‘atlardan foydalanish metodikasi (ingliz tili misolida). Diss. ... ped. fan. bo‘yicha
falsafa. dokt. − Toshkent., 2018. - 137 b.;
3. Kadirova F.R. Lingvodidakticheskiye osnovi obucheniya detey doshkolnogo vozrasta
vtoromu yaziku (na materiale russkogo i uzbekskogo yazikov): Dis...doktora ped.nauk. –
Tashkent.: 2006, 360s.
4. Nazarova S. Sovershenstvovaniye inoyazichnoy leksicheskoy kompetensii studentov
priobuchenii kitayskomu yaziku. Dis…dokt.filosofii po ped. nauk.– Tashkent., 2018. – 153 s.;
5. Choriyev M. Diss. Ingliz tili leksikasiga o‘rgatishning lingvodidaktik va injener-
lingvistik asoslari: Diss. ...ped. fanl. nom. - Qarshi. 1999. - B. 36-37. - 198 b.
6. Qodirova Z. O‘zbek auditoriyasiga ingliz tili leksikasini o‘rgatish muammolari. Xorijiy
tillarni o‘qitishning buguni va ertasi. – Toshkent., 2016. –466 b.
7. Аноркулов, С. (2021). Хронотоп как отличительная черта романного универсума
ФМ Достоевского. Просвещение и познание, (5 (5)), 16-23.
8. Аноркулов, С. ПРОСВЕЩЕНИЕ И ПОЗНАНИЕ. ПРОСВЕЩЕНИЕ И ПОЗНАНИЕ
Учредители: Прудник Ксения Евгеньевна, (5), 16-23.
