ILMIY VA PROFESSIONAL TA’LIM JARAYONIDA MULOQOT, FAN VA MADANIYATLAR
INTEGRATSIYASI
287
Samarkand State Institute of Foreign Languages
XORIJIY TALABALARNI O‘ZBEKISTON OLIY TA’LIM MUHITIGA
ETNOPSIXOLOGIK MOSLASHUVI
Saidov Azamat Ismoilovich
Psixologiya fanlari doktori (DSc),
Professor SamDCHTI
Axmedov Anvar Diyor o’g’li
Psixologiya fanlari bo’yicha falsafa doktori (PhD)
Nukus innavatsion instituti o’qituvchisi
Annotatsiya
: ushbu maqolada xorijiy talabalarni O‘zbekiston oliy ta’lim muhitiga
etnopsixologik moslashuvining hozirgi kundagi dolzarb masalalari tahlili shuningdek tadqiqot
natijalari tahlili keltirib o’tilgan.
Kalit so’zlar:
ijtimoy moslashuv, xorijlik talabalar, etnopsixologik, mahalliy, akademik,
o’quv, motiv
So‘nggi yillarda O‘zbekistonning xalqaro hamkorlik siyosatini kengaytirish, xorijiy
talabalarni jalb etish va ta’lim sifatini xalqaro standartlarga moslashtirishga bo‘lgan intilishi bu
sohada yangi imkoniyatlarni yuzaga keltirdi. Shu bilan birga, xorijiy talabalarni mahalliy ta’lim
tizimi va madaniyatiga moslashtirish jarayoni o‘ziga xos muammolarni ham keltirib
chiqarmoqda.
O‘zbekistonning oliy ta'lim tizimi 2023/2024 o‘quv yilida xorijiy talabalar sonining
sezilarli darajada o‘sishi kuzatilgan. Xorijiy talabalarning O‘zbekistonga kelishi nafaqat ta'lim,
balki madaniyatlararo muloqot va ijtimoiy integratsiya uchun ham yangi imkoniyatlarni
yaratmoqda. Xorijiy talabalar uchun yangi muhitga moslashish — bu nafaqat akademik, balki
psixologik va madaniy integratsiya masalasidir. Xorijiy talabalar uchun O‘zbekistonda oliy ta'lim
olish jarayonida uchraydigan etnopsixologik moslashuv muammolarini va bu muammolarga
qarshi taklif etiladigan yechimlarni o‘rganish, O‘zbekistonning xalqaro ta'lim tizimini
rivojlantirish uchun muhimdir.
Statistika agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, 2023/2024 o‘quv yili boshiga O‘zbekistondagi
oliy ta’lim muassasalarida 10 845 nafar xorijlik talabalar tahsil olmoqda. Xorijlik talabalar
sonining yillik o‘sishi:
2018/2019 yilda – 2,7 ming nafar;
2019/2020 yilda – 3,6 ming nafar (33,3% o‘sish);
2020/2021 yilda – 4,2 ming nafar (16,7% o‘sish);
2021/2022 yilda – 5,1 ming nafar (21,4% o‘sish);
2022/2023 yilda – 5 ming nafar (2% kamayish);
2023/2024 yilda – 10,8 ming nafar (116% katta o‘sish).
Bu raqamlar O‘zbekistonning xalqaro ta’limda raqobatbardoshligini oshirganini ko‘rsatadi,
ayniqsa 2023/2024 yilda talabalar soni sezilarli darajada ko‘paygan.
Davlatlar kesimida taqsimlanish:
1.
Hindiston (5733 nafar) – Talabalar orasida eng ko‘p vakil bo‘lgan davlat, umumiy
xorijlik talabalar sonining qariyb 53%-ini tashkil qiladi.
2.
Pokiston (1358 nafar) – Ikkinchi o‘rinda, 12,5%.
3.
Turkmaniston (904 nafar) – Uchinchi o‘rinda, 8,3%.
4.
Rossiya (750 nafar) – Talabalar soni bo‘yicha to‘rtinchi o‘rinda, 7%.
5.
Qozog‘iston (537 nafar) – 5%.
6.
Tojikiston va Qirg‘iz Respublikasi (285 nafardan) – Har biri 2,6%.
7.
Boshqa davlatlar – Umumiy 315 nafar.
Bu raqamlar asosida O‘zbekistonning ayrim davlatlar, ayniqsa Hindiston va Pokiston bilan
ta’lim sohasidagi hamkorligi kuchli ekanini ko‘rish mumkin. Shu bilan birga, Osiyo
mintaqasidan tashqari davlatlar (masalan, Kanada)dan ham talabalar borligi ta’limning xalqaro
ILMIY VA PROFESSIONAL TA’LIM JARAYONIDA MULOQOT, FAN VA MADANIYATLAR
INTEGRATSIYASI
288
Samarkand State Institute of Foreign Languages
darajadagi
jozibadorligini
ko‘rsatadi.
Xorijiy talabalar uchun O‘zbekistonning ta’lim tizimiga moslashish, avvalo, til muammosi
bilan bog‘liqdir. Ko‘pchilik talabalar mahalliy til – o‘zbek yoki rus tilini bilmasligi sababli
darslarni tushunishda qiyinchiliklarga duch keladi. Bu, albatta, akademik muvaffaqiyatga salbiy
ta’sir ko‘rsatadi. Shuningdek, kundalik hayotda ham til bilmaslik talabalar va mahalliy aholi
o‘rtasidagi muloqotni murakkablashtiradi.
Masalan, talabalar oziq-ovqat sotib olish, transport vositalaridan foydalanish yoki
ma’lumot izlash jarayonida ko‘plab muammolarga duch keladi. Ushbu muammoni hal qilish
uchun oliy ta’lim muassasalarida maxsus til kurslari tashkil etilishi lozim. Bunday kurslar xorijiy
talabalarni qisqa vaqt ichida o‘zbek va rus tillarida muloqot qila olish darajasiga olib chiqishga
yordam beradi.
Ikkinchi muammo madaniy farqlar bilan bog‘liqdir. Har bir mamlakatning o‘ziga xos urf-
odatlari, qadriyatlari va yashash tarzi bor. Xorijiy talabalar O‘zbekistonga kelgach, bu farqlarni
darhol his qilishadi. Masalan, O‘zbekiston aholisi uchun oilaviy qadriyatlar va jamiyatdagi
hurmat muhim ahamiyatga ega. Biroq, ayrim xorijiy talabalar bunday qadriyatlarga
moslashishda qiyinchiliklarga duch keladi. Mahalliy odatlar va madaniyatni bilmaslik ba’zan
tushunmovchiliklarga, hattoki konfliktlarga ham sabab bo‘lishi mumkin.
Bu muammoni hal qilish uchun oliy ta’lim muassasalarida xorijiy talabalar uchun madaniy
moslashuv dasturlari ishlab chiqilishi kerak. Bu dasturlar talabalarga O‘zbekiston madaniyati,
urf-odatlari va an’analarini o‘rgatishga qaratilgan bo‘lishi zarur.
Psixologik moslashuv ham muhim masalalardan biridir. Xorijiy talabalar yangi muhitga
kelgach, ko‘pincha yolg‘izlik va stress his qilishadi. Bu, ayniqsa, dastlabki oylar davomida
yaqqol seziladi. Yangi ijtimoiy muhitga moslashish, do‘stlar orttirish va mahalliy talabalar bilan
muloqot qilish qiyin bo‘lishi mumkin. Shuningdek, ba’zi xorijiy talabalar mahalliy aholi
tomonidan qabul qilinmaslik yoki stereotiplarga asoslangan muomala bilan duch kelishi ham
mumkin.
Bunday holatlarni oldini olish uchun universitetlarda psixologik maslahat markazlari
tashkil etilishi lozim. Ushbu markazlar xorijiy talabalar uchun maxsus xizmatlar ko‘rsatib,
ularning psixologik muammolarini hal qilishga yordam berishi kerak. Tashkiliy jihatlar ham
xorijiy talabalar moslashuviga ta’sir qiladi. Afsuski, ayrim universitetlarda xorijiy talabalar
uchun qulay sharoitlar yetarli darajada yaratilmagan.
ILMIY VA PROFESSIONAL TA’LIM JARAYONIDA MULOQOT, FAN VA MADANIYATLAR
INTEGRATSIYASI
289
Samarkand State Institute of Foreign Languages
Masalan, talabalar yotoqxonalarida joy yetishmasligi, o‘quv dasturlarining moslashuvchan
emasligi va tashkiliy qo‘llab-quvvatlashning cheklanganligi bu boradagi muhim muammolardan
hisoblanadi. Xorijiy talabalar uchun maxsus markazlar tashkil etish, ularni moslashtiruvchi
dasturlarni ishlab chiqish va talabalar uchun qulay yashash sharoitlarini ta’minlash bu
muammolarni hal qilishda muhim ahamiyatga ega.
Ijtimoiy moslashuvni qo‘llab-quvvatlaydigan omillarni ko’rib chiqamiz
Madaniy yaqinlik va o‘xshashlik:
O‘zbekistonning ko‘p davlatlar (masalan, qo‘shni Markaziy Osiyo davlatlari) bilan
madaniy, diniy va tarixiy umumiyliklari bor. Bu talabalar uchun moslashishni osonlashtiradi.
Turkmaniston, Qozog‘iston, Tojikiston kabi davlatlardan kelgan talabalar o‘zlarini "uyda" his
qilishlari ehtimoli yuqori.
O‘zbek xalqining mehmondo‘stligi:
Talabalar ko‘pincha o‘zbek xalqining iliq munosabatini va mehmondo‘stligini
ta’kidlashadi, bu moslashishni osonlashtiradi.
Ta’lim muassasalaridagi yordam:
Ko‘p universitetlarda xorijlik talabalar uchun maxsus xizmatlar, maslahatchilar yoki
madaniy moslashuv dasturlari mavjud. Toshkent va boshqa yirik shaharlar ingliz tilida
so‘zlashuvchi talabalar uchun qulay muhit yaratishga harakat qilishmoqda.
O‘zbek tilini o‘rganish imkoniyati:
Ba’zi talabalar o‘zbek tilini o‘rganishga qiziqadi va bu mahalliy jamiyat bilan muloqotni
osonlashtiradi.
Ijtimoiy psixologik moslashuvdagi qiyinchiliklarni ko’rib chiqamiz
Til to‘sig‘i:
Ingliz tilida ta’lim olayotgan talabalar uchun o‘qish muhitida muammolar bo‘lmasa-da,
mahalliy odamlar bilan aloqa qilishda qiyinchiliklar bo‘lishi mumkin. Ba’zi talabalar rus tilini
o‘rganishga majbur bo‘lishadi, chunki rus tili ham ko‘p joylarda ishlatiladi.
Madaniy tafovutlar:
Hindiston va Pokiston kabi uzoqroq davlatlardan kelgan talabalar uchun O‘zbekiston
madaniyati o‘rganishga vaqt talab qilishi mumkin. Mahalliy qadriyatlar, xususan, an’anaviy urf-
odatlar xorijliklarga boshida notanish tuyulishi mumkin.
Xorijiy talabalarni O‘zbekiston ta’lim tizimiga muvaffaqiyatli integratsiya qilish uchun
ijtimoiy tadbirlar ham katta ahamiyatga ega. Madaniy va sport tadbirlari, talabalar uchun
ekskursiyalar va boshqa ijtimoiy faoliyatlar xorijiy talabalarni mahalliy talabalar bilan
yaqinlashtiradi. Bunday tadbirlar nafaqat xorijiy talabalar uchun yangi do‘stlar topish
imkoniyatini yaratadi, balki ular O‘zbekiston madaniyatini chuqurroq o‘rganishlariga yordam
beradi.
Jahon tajribasi xorijiy talabalarni moslashtirish borasida ko‘plab samarali yechimlarni
taqdim etadi. Masalan, AQSh universitetlarida xorijiy talabalar uchun "Orientation Week" –
yo‘naltiruvchi haftalik dasturlari tashkil etiladi. Bu dasturlar talabalarga universitet
infratuzilmasi, akademik talablar va mahalliy madaniyat haqida tushuncha beradi. Shuningdek,
Yevropa davlatlarida "Erasmus" dasturi orqali talabalar madaniy almashuv jarayonida yangi
bilim va ko‘nikmalarni egallash imkoniyatiga ega bo‘ladi. O‘zbekiston universitetlari ham
bunday dasturlardan o‘rnak olib, xorijiy talabalar uchun maxsus moslashuv dasturlarini ishlab
chiqishi zarur.
O'zbekiston madaniyatiga moslashuvchi Pokiston va Hindistonlik talabalarining ijtimoiy-
psixologik xususiyatlarini so'rovnoma natijalari asosida tahlil qilish, har ikki guruhning
O'zbekistondagi madaniyatga qanday moslashishi, qiyinchiliklarga duch kelishi va o'z
hissiyotlarini qanday ifodalashi haqida qimmatli ma'lumotlar beradi.
O'zbekiston madaniyati, o'zining an'anaviy va islomiy qadriyatlari, ijtimoiy tuzumi, va
tiliga nisbatan o'ziga xos xususiyatlarga ega bo'lgani sababli, Pokiston va Hindistonlik talabalar
uchun turlicha ta'sir ko'rsatadi. Quyida Pokiston va Hindistonlik talabalarning O'zbekistonda
ILMIY VA PROFESSIONAL TA’LIM JARAYONIDA MULOQOT, FAN VA MADANIYATLAR
INTEGRATSIYASI
290
Samarkand State Institute of Foreign Languages
qanday moslashishlari mumkinligi haqida so'rovnoma natijalari tahlilini keltirib o’tamiz.
So’rovnoma asosiy beshta ko’rsatkich bo’yicha tahlil qilingan
Yangi madaniyatga moslashish tajribasi:
Pokistonlik talabalar: Pokiston va O'zbekiston madaniyatlari o'rtasida ko'plab
o'xshashliklar mavjud (masalan, til, diniy qadriyatlar va an'analar). Shunday bo'lsa-da,
O'zbekistonda iqtisodiy va ijtimoiy tuzumi ba'zan Pokistondan farq qiladi, bu esa ba'zi
talabalarga yangi muhitga moslashishning qiyin bo'lishi mumkinligini ko'rsatadi. So'rovnomada
40% Pokistonlik talabalar "qiyin" yoki "yengil aralash" javobini bergan, bu ularning ko'pchiligi
o'z madaniyatiga yaqin bo'lgan O'zbekistonda o'zlarini nisbatan qulay his qilishlarini, lekin ba'zi
farqlarga ham duch kelishlarini ko'rsatadi.
Hindistonlik talabalar: Hindiston va O'zbekiston madaniyatlari o'rtasida ba'zi farqlar
mavjud, ayniqsa, Hindistonning juda rang-barang ijtimoiy tuzumi va o'zaro munosabatlarida
farqlar mavjud. Hindistonlik talabalar 50% "o'rtacha" va "yaxshi moslashdim" deb javob bergan,
bu ularning O'zbekistonda ba'zi ijtimoiy qiyinchiliklarga duch kelishlarini, lekin o'zgartirishlarga
moslashishlari nisbatan oson bo'lishini ko'rsatadi.
Ijtimoiy aloqalar o'rnatish:
Pokistonlik talabalar: Pokistonlik talabalar yangi jamiyatda ijtimoiy aloqalar o'rnatishda
ba'zan qiynalishlari mumkin. So'rovnomada 45% Pokistonlik talabalar "ijtimoiy aloqalarda
qiyinchiliklar bor" deb bildirgan, bu ularning yangi madaniyatdagi aloqalar va muloqotlarda
noqulaylik his qilishlarini ko'rsatadi. Pokistonliklar o'z oilaviy va an'anaviy qadriyatlariga
ko'proq yopiq bo'lishi mumkin, bu esa ular uchun O'zbekistonda yangi ijtimoiy guruhlarga kirish
va ko'proq moslashish qiyin bo'lishi mumkin.
Hindistonlik talabalar: Hindistonlik talabalar O'zbekistondagi ijtimoiy hayotga ko'proq
moslashishi mumkin, chunki Hindiston va O'zbekiston madaniyatlari o'rtasidagi farqlar nisbatan
kichikroq. Ularning 55% "ijtimoiy aloqalarda osonlik bilan moslashaman" deb javob bergan.
Hindistonning ijtimoiy tizimi ko'proq global va O'zbekistondagi talabalar bilan muloqotda
bo'lishda osonlik tug'diradi.
Madaniy farqlarni qabul qilish:
Pokistonlik talabalar: Pokiston va O'zbekiston o'rtasidagi madaniy farqlarni qabul qilishda
ba'zi qiyinchiliklar mavjud. Pokistonlik talabalar 40% "madaniy farqlarni tushunish qiyin" deb
javob bergan, bu ularning an'analar, oila va jamiyatdagi roli bilan bog'liq qadriyatlar farqini his
qilishlarini anglatadi.
Hindistonlik talabalar: Hindistonlik talabalar 30% "madaniy farqlarni tushunish oson" deb
bildirgan. Ularning madaniyatlari o'zgaruvchan bo'lib, ba'zi ijtimoiy va diniy qadriyatlar
O'zbekistonga nisbatan o'xshash. Shunday qilib, Hindistonlik talabalar uchun madaniy
moslashuv nisbatan osonroq bo'lishi mumkin.
Stressni boshqarish va hissiy tajribalar:
Pokistonlik talabalar: Pokistonlik talabalar 50% "stressni boshqarishda qiyinchiliklar bor"
deb bildirgan. Bu ularning madaniyatdagi an'anaviy qadriyatlar bilan moslashishdagi cheklovlar,
yangi jamiyatga qarshi salbiy hissiyotlar va o'zgarishlarga bo'lgan stressni boshqarishda
qiyinchiliklarni anglatadi.
Hindistonlik talabalar: Hindistonlik talabalar 45% "stressni boshqarish yaxshi" deb aytgan,
lekin ba'zida ular yangi muhitda o'zini notanish his qilishlari mumkin. Ularning madaniyatlari
O'zbekistonda o'zgarishlarga ko'proq tayyor bo'lishi mumkin, shuning uchun ular stressni
boshqarishda yaxshiroq natijalar ko'rsatishi mumkin.
Madaniy yordam va resurslarga ehtiyoj:
Pokistonlik talabalar: Pokistonlik talabalar 60% "madaniyatga moslashishda yordam va
qo'llab-quvvatlashni xohlayman" deb aytgan. Bu ularning yangi madaniyatga moslashishda
qo'llab-quvvatlashga bo'lgan ehtiyojini ko'rsatadi.
Hindistonlik talabalar: Hindistonlik talabalar 50% "madaniy moslashuvda yordam olishga
tayyor" deb javob bergan. Ular o'zgarishlarga moslashishda yordam olishga tayyor, lekin ular
ko'proq o'z madaniyatiga mos aloqalar va yordam kutishlari mumkin.
ILMIY VA PROFESSIONAL TA’LIM JARAYONIDA MULOQOT, FAN VA MADANIYATLAR
INTEGRATSIYASI
291
Samarkand State Institute of Foreign Languages
Tahlil: Pokistonlik talabalar: Ular O'zbekistonga moslashishda ba'zi qiyinchiliklarga duch
kelishadi. Pokiston va O'zbekiston madaniyatlari ko'plab o'xshashliklarga ega bo'lishiga qaramay,
ijtimoiy aloqalar, madaniy farqlar va yangi jamiyatdagi rolni tushunishda ba'zi qiyinchiliklar
mavjud. O'zbekistonning ijtimoiy tizimiga moslashish uchun ular ko'proq yordam va qo'llab-
quvvatlashga muhtoj bo'lishlari mumkin.
Hindistonlik talabalar: Hindistonlik talabalar O'zbekistonda madaniy moslashuvni nisbatan
osonroq boshqarishlari mumkin. Ularning ijtimoiy va madaniy tizimlari ko'proq global va
o'zgaruvchan bo'lib, O'zbekiston madaniyatiga moslashish uchun ko'proq tayyor bo'lishlari
mumkin. Shuningdek, Hindistonlik talabalar yangi jamiyatga moslashishda yordam olishga
tayyor.
Umuman olganda, Pokiston va Hindistonlik talabalar O'zbekistonda turli darajadagi
moslashuvni boshdan kechirishadi. Pokistonlik talabalar uchun madaniy farqlarni qabul qilish va
ijtimoiy aloqalar o'rnatish qiyinroq bo'lishi mumkin, Hindistonlik talabalar esa yangi muhitga
ko'proq moslashishga tayyor bo'lishi ehtimol.
Xulosa qilib aytganda, xorijiy talabalarni O‘zbekiston oliy ta’lim tizimiga etnopsixologik
moslashtirish jarayoni ko‘p qirrali yondashuvni talab qiladi. Ushbu jarayon nafaqat til o‘rgatish
yoki madaniy moslashuvni ta’minlash, balki psixologik yordam ko‘rsatish, ijtimoiy
integratsiyani kuchaytirish va tashkiliy sharoitlarni yaxshilashni ham o‘z ichiga oladi. Ushbu
maqolada taklif etilgan yechimlar bu jarayonni samarali tashkil etishga yordam beradi va
O‘zbekistonning xalqaro ta’lim tizimida o‘z o‘rnini mustahkamlashga xizmat qiladi.
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati
1.
Иванова М.А., Титкова Н.А. Социально-психологическая адаптация
иностранных студентов первого года обучения в вузе. - СПб.,1993.
2.
Кривцова И.О. Социокультурная адаптация иностранных студентов к
образовательной среде российского вуза (на примере воронежской государственной
медицинской академии им. н.н. бурденко) // Фундаментальные исследования. – 2011. – №
8-2. – С. 284-288;
3.
Блинова Т.А., Новиков А.В., Руднова Н.Н. Особенности преподавания
информатики на русском языке как иностранном в информационном обществе для стран
со слабым информационным уровнем в области алгоритмизации и программирования. /
Профессионально направленное обучение русскому языку иностранных граждан: сб.
материалов Международной научно-практической конференции. — М., 2010. Т. 1.
С. 38—46.
4.
Сурыгин А.И. Педагогическое проектирование системы предвузовской
подготовки иностранных студентов. — СПб.: Златоуст, 2001.
5.
Родионова И.П. Лингвометодический аппарат как специфическая
особенность учебника по естественно-научной дисциплине для иностранных студентов
предвузовского этапа обучения. / Предвузовская подготовка иностранных студентов в
СПбГПУ. — СПб.: Изд-во Политехнического Университета, 2005.
6.
Кузнецова Т.Е.. Перфилова И.Л., Соколова Т.В., Перфилова С.В.,
Юмашева Л.В. Особенности обучения китайских студентов в вузах РФ / Подготовка
иностранных абитуриетов в вузы Российской Федарации. — СПб.: Изд. Политехнического
Университета, 2010. С. 238—236.
7.
www.kun.uz
