Авторы

  • Muhayyo Avazova
    Paxta seleksiyasi, urug‘chiligi va yetishtirish agrotexnologiyalari ilmiy-tadqiqot institute Stajyor tadqiqotchi

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.dptms.53055

Ключевые слова:

ingichka tolali Termiz-202 g‘o‘za navi parvarishlash sug‘oriladigan taqirsimon tuproqlar.

Аннотация

Ushbu maqolada janubiy mintaqa sug‘oriladigan taqirsimon tuproqlari sharoitida ingichka tolali Termiz-202 g‘o‘za navini parvarishlash bo‘yicha ma’lumotlar keltirilgan.


background image

DEVELOPMENT OF PEDAGOGICAL TECHNOLOGIES IN

MODERN SCIENCES

International scientific-online conference

21

INGICHKA TOLALI TERMIZ-202 G‘O‘ZA NAVINI PARVARISHLASH

Avazova Muhayyo Ashurali qizi

Paxta seleksiyasi, urug‘chiligi va yetishtirish agrotexnologiyalari ilmiy-tadqiqot

institute Stajyor tadqiqotchi

https://doi.org/10.5281/zenodo.13318997

Annotatsiya.

Ushbu maqolada janubiy mintaqa sug‘oriladigan taqirsimon

tuproqlari sharoitida ingichka tolali Termiz-202 g‘o‘za navini parvarishlash
bo‘yicha ma’lumotlar keltirilgan.

Аннотация.

В данной статье представлена информация о выращивания

тонковолокнистого сорта хлопчатника Термиз-202 в условиях южных
регионов.

Annotation.

Growing fine-stapled cotton variety Termiz-202 in irrigated takyr

soils of southern zones are presented in the article.

Kalit so‘zlar:

ingichka tolali Termiz-202 g‘o‘za navi, parvarishlash, sug‘oriladigan

taqirsimon tuproqlar.

Ключевые слова:

тонковолокнистый сорт хлопчатника Термиз-202,

выращивания, орошаемые такыровидные почвы.

Key words:

fine-stapled cotton variety Termiz-202, growing, irrigated takyr soils.

Kirish

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 18 martdagi «Surxondaryo

viloyatida ingichka tolali paxta yetishtirishni ilmiy asosda amalga oshirish
tizimini takomillashtirish chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi PQ-170 sonli qarorida
ingichka tolali paxta yetishtirishni ilmiy asosda tashkil etish va resurstejamkor
agrotexnologiyalarni keng qo‘llash bo‘yicha bir qator vazifalar belgilangan. Shu
nuqtai nazardan olib qaraganda olimlarimiz tomonidan yaratilgan davlat
reestriga kiritilgan va istiqbolli nav sifatida qabul qilingan ingichka tolali g‘o‘za
navlarini parvarishlash agrotexnologiyalarini ishlab chiqish bilan birga keng
miqyosda joriy etish bo‘yicha ilmiy izlanishlarni jadallik bilan olib borishda ushbu
tadqiqot yuqoridagi qarorlar ijrosini ta‘minlashga xizmat qiladi.Jahonda paxta
tolasi ishlab chiqarishda ingichka tolali g‘o‘zalar o‘rta tolali g‘o‘zalardan keyingi
ikkinchi o‘rinda turadi va ko‘p mamlakatlarda katta maydonlarga ekiladi. Bu
navlar O‘rta Osiyoning keskin kontinental jazirama iqlimiga va boshqa
agroekologik sharoitiga yaxshi moslashgan. Tezpisharligi, issiqqa chidamliligi va
ildiz tarmog‘ining baquvvatligi bilan ajralib turadi. Tolasidan (I, II, III tipli) yuqori
sifatli, nafis gazlamalar, pishiq texnika buyumlari tayyorlanadi. Ingichka tolali
gʻoʻza navlarini etishtirishda iqlim sharoiti juda qulay hisoblangan Misrning
poytaxti Qohirada samarali harorat – 3281oS, Aleksandriyada 3030oS boʻlsa,


background image

DEVELOPMENT OF PEDAGOGICAL TECHNOLOGIES IN

MODERN SCIENCES

International scientific-online conference

22

Sherobodda 3357oS, Termizda 2924oS, Qarshida 2812oS ni tashkil etadi
(http://link.springer.com).

Gossypium Barbadense L. turiga mansub gʻoʻza navlari AQShning Arizona

shtatida 1912 yildan boshlab ekila boshlangan boʻlib, oldinlari ushbu ingichka
tolali gʻoʻza navlari 100 sm qator oraligʻida parvarishlangan boʻlsa, hozirda eng
maqbul qator oraligʻi 76 sm ekanligi aniqlangan. Shuningdek AQShda Pima ya'ni,
ingichka tolali gʻoʻza navlari shoxlanganligi uchun ham koʻchat qalinligi 50
mingdan

120

ming

tupgacha

qoldirilib

kelinmoqda

(ag.arizona.edu/pubs/health/az1242.pdf).

Ingichka tolali gʻoʻza navlari uchun yillik foydali harorat yigʻindisi 2100-2200

gradusdan kam boʻlmasligi talab etiladi. Bu navlarning koʻsaklari etilib pishgunga
qadar 110-120 kundan 140-150 kun vaqt oʻtadi. Tolasi V tipga kiruvchi oʻrta tolali
navlarning 1 tonna tolasidan 8620 m2 gazlama tayyorlansa, tolasi I tipga kiruvchi
ingichka tolali navlarning 1 tonna tolasidan 15150 m2 gazlama tayyorlanadi.
Paxtadan 29-36 % sof tola chiqadi. Tola uzunligi 36-42 mm. Ingichka tolali gʻoʻza
oʻgʻitlarga ancha talabchan boʻlganligi uchun u oʻrta tolali gʻoʻzaga nisbatan 10-15
% ortiq beriladi (http://tadbirkor-fermer.uz/ingichka-tolali-uza-ustirish/).

Sanoatda 227 kg ingichka tolali paxta tolasidan 215 juft jinsi, 250 dona

choyshab, 750 dona koʻylaklar, 1200 dona futbolkalar, 2100 juft bokschilar
kiyimi, 3000 dona maykalar, 4300 juft paypoqlar olish mumkin
(https://cals.arizona.edu/fps/sites/cals.arizona.edu.fps/files/cotw/Pima_Cotto
n.pdf).

S.Raxmonqulov va boshqalarning tajribalarida aniqlanishicha, 2015-2017

yillarda Termiz tumanida tabiiy garmsel sharoitida oʻrta tolali gʻoʻza navlari bilan
birgalikda ingichka tolali gʻoʻza navlarining yuqori harorat va garmselga
bardoshliligini taqqoslanganda, ingichka tolali gʻoʻza navlari ushbu omillarga
bardoshliligi boʻyicha ustunligi yaqqol namoyon boʻlganligini, Termiz-202 va
Termiz-208 gʻoʻza navlari oʻrtacha 25,4 va 28,7 s/ga ni tashkil etib, hosil
elementlarini toʻkilishiga bardoshlilik namoyon etilgan (Raxmonqulov S va
boshqalar., 2018).

B.Joʻraev va boshqalarning tajribalarida shuni koʻrish mumkinki, ingichka

tolali “Surxon-16” gʻoʻza navida oʻsuv shoxlari paydo boʻlmasligi sababli, koʻchat
qalinligini 60x10-1 sxemada gektariga 120-125 ming tupgacha va qoʻshqator
ekilganda 135-145 ming tupgacha qoldirish maqbul ekanligi ta'kidlanib, Surxon
tajriba xoʻjaligida 2012 yilda ekilganda 35,2 s/ga, 2013 yilda 37,1 s/ga, 2017-
2018 yillarda 38-39 s/ga hosil olingan (Joʻraev va boshqalar., 2020).


background image

DEVELOPMENT OF PEDAGOGICAL TECHNOLOGIES IN

MODERN SCIENCES

International scientific-online conference

23

J.Boyniyozov va boshqalarning olib borgan ilmiy ishlarida “Surxon-16”

gʻoʻza navi cheklangan shoxlanishga ega boʻlib, hozirgi kundagi talablarga toʻliq
javob berishi, “Surxon-16” navida oʻsuv shoxlari paydo boʻlmasligi sababli, koʻchat
qalinligini 60x10-1 sxemada gektariga 120-125 ming tupgacha va qoʻshqator
ekilganda 135-145 ming tupgacha qoldirish maqbul ekanligini ta'kidlagan
(Boyniyozov J va boshqalar., 2020).

Prezidentimizning 2019 yil 17-18 oktyabr kunlari Surxondaryo viloyatiga

tashrifi doirasida olimlar va fermerlar bilan ingichka tolali gʻoʻza dalasida boʻlib
oʻtgan uchrashuvda ingichka tolali gʻoʻza navlarini koʻpaytirish va ekin
maydonlarini kengaytirish boʻyicha topshiriga koʻra 2020 yilda Surxondaryo
viloyatida 40 ming, Qashqadaryo viloyatida 6,5 ming, Buxoro viloyatida 5 ming,
Navoiy viloyatida 1 ming gektarga ekilishi ta'minlandi.

Yuqoridagi topshiriq asosida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar

Mahkamasining 2020 yil 30 yanvarda “Ingichka tolali paxta etishtirishni samarali
tashkil qilish, yangi navlarni koʻpaytirish va ragʻbatlantirish mexanizmini joriy
etish toʻgʻrisida”gi 47-sonli qarori qabul qilinib, qarorga koʻra hududlarning
tuproq-iqlim sharoitlarini inobatga olgan holda ingichka tolali gʻoʻzaning tola
sifati yuqori boʻlgan, kasallik va zararkunandalarga chidamli, tezpishar, serhosil
navlarini yaratish, ularning ekin maydonlarini kengaytirish, yangi va istiqbolli
navlari urugʻlarini koʻpaytirish hamda etishtirish agrotexnologiyalarini ishlab
chiqish dolzarb ahamiyatga ega ekanligi ta'kidlangan. Shuningdek, yangi ingichka
tolali gʻoʻza navlarini yaratish, urugʻchiligini tashkil etish hamda
parvarishlashning samarali agrotexnologiyalarini ishlab chiqish boʻyicha
olimlarimiz oldiga bir qator dolzarb vazifalar qoʻyildi. 2019 yilda olib borilgan
tadqiqot natijalariga koʻra, nazorat Termiz-202 gʻoʻza navida terimlar boʻyicha
hosildorlik tegishlicha, 27,4; 5,8; 2,3 s/ga ni, oʻrtacha 35,5 s/ga ni tashkil etdi.
Iolotan-14 gʻoʻza navi ChDNSga nisbatan 65-65-60 % sugʻorish oldi tuproq
namligida sugʻorilib, 110-120 ming tup/ga koʻchat qalinligida terimlar boʻyicha
22,7 s/ga, 7,9 s/ga, 4,2 s/ga, jami 34,8 s/ga ni, xuddi shu koʻchat qalinligi va
ChDNSga nisbatan 70-75-65 % sugʻorish oldi tuproq namligida sugʻorilganda esa
hosildorlik 39,0 s/ga ni tashkil etib, sugʻorish tartiblarining 65-65-60 % dan 70-
75-65 % oshirilishi hosildorlikning 4,2 s/ga oshishini ta'minlaganligi kuzatildi.

Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati:

1.

Boyniyozov J. va boshqalar. Yuqori samarador ingichka tolali “Surxon-16”

gʻoʻza navi. Oʻzbekiston qishloq va suv xoʻjaligi jurnali agroilm ilmiy ilovasi.
Toshkent, - 2020 y. № 3 (66). B– 15-16.


background image

DEVELOPMENT OF PEDAGOGICAL TECHNOLOGIES IN

MODERN SCIENCES

International scientific-online conference

24

2.

Joʻraev B., Xudarganov K., Juraev J. Yuqori samarador ingichka tolali

“Surxon-16” gʻoʻza navi. // Oʻzbekiston qishloq va suv xoʻjaligi jurnali agroilm
ilmiy ilovasi. Toshkent, - 2020 y. № 3 (66). B– 15-16.
3.

Raxmonqulov S., Charieva X., Jalolov X., Ochildiev N., Danabaev A. Ingichka

tolali gʻoʻza navlarining afzaliklari. //“Qishloq xoʻjaligi ekinlari genetikasi,
seleksiyasi, urugʻchiligi va etishtirish agrotexnologiyalarining dolzarb
muammolari hamda rivojlantirish istiqbollari” mavzuidagi Respublika ilmiy-
amaliy konferensiyasi materiallari toʻplami. Toshkent, 2018 y. -B. 102-108.
4.

http://tadbirkor-fermer.uz/ingichka-tolali-uza-ustirish/

7.

ag.arizona.edu/pubs/health/az1242.pdf

8. https://cals.arizona.edu/fps/sites/cals.arizona.edu.fps/files/cotw/Pima_Cott
on . pdf

Библиографические ссылки

Boyniyozov J. va boshqalar. Yuqori samarador ingichka tolali “Surxon-16” gʻoʻza navi. Oʻzbekiston qishloq va suv xoʻjaligi jurnali agroilm ilmiy ilovasi. Toshkent, - 2020 y. № 3 (66). B– 15-16.

Joʻraev B., Xudarganov K., Juraev J. Yuqori samarador ingichka tolali “Surxon-16” gʻoʻza navi. // Oʻzbekiston qishloq va suv xoʻjaligi jurnali agroilm ilmiy ilovasi. Toshkent, - 2020 y. № 3 (66). B– 15-16.

Raxmonqulov S., Charieva X., Jalolov X., Ochildiev N., Danabaev A. Ingichka tolali gʻoʻza navlarining afzaliklari. //“Qishloq xoʻjaligi ekinlari genetikasi, seleksiyasi, urugʻchiligi va etishtirish agrotexnologiyalarining dolzarb muammolari hamda rivojlantirish istiqbollari” mavzuidagi Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi materiallari toʻplami. Toshkent, 2018 y. -B. 102-108.

ag.arizona.edu/pubs/health/az1242.pdf