DEVELOPMENT OF PEDAGOGICAL TECHNOLOGIES IN
MODERN SCIENCES
International scientific-online conference
5
TA’LIM TIZIMI MARKETING VA MOHIYATI
Mannonov Yusup Otaxonovich
O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti
Kutubxona-axborot faoliyati fakulteti
Kutubxonashunoshlik kafedrasi katta o‘qituvchisi
https://doi.org/10.5281/zenodo.13691364
Annotatsiya:
Bozor iqtisodiyoti sharoyitida marketing faoliyati barcha
sohalarga keng kirib keldi. Ayniqsa Ta’lim tizimi marketing bugungi kunda
iqtisodiyotni rivojlanishiga katta xissa qo‘shmoqda. Maqolada marketing
tushunchasi,rivojlanish tarixi, amalliyotda qollanishi, fan sifatida sakllanishiga
asos solgan mutaxassis-olimlar, Ta’lim tizimi marketing funksiyalari va
tamoyillari haqidagi fikrlar yoritilgan.
Kalit so‘zlari:
Marketing, “Tovarlar marketing”, “Marketing usullari”,
Reklama Milliy Assotsiatsiyasi,Ta’lim marketingi.
Аннотация:
В условиях рыночной экономики маркетинговая
деятельность проникла во все сферы. Особенно большой вклад в развитие
экономики сегодня вносит маркетинг системы образования. В статье
рассмотрено понятие маркетинга, история его развития, его реализации,
специалисты-ученые, заложившие основы его сохранения как науки,
функции и принципы маркетинга в системе образования.
Ключевые слова:
Маркетинг, «Продуктовый маркетинг», «Методы
маркетинга», Национальная рекламная ассоциация, Образовательный
маркетинг.
Abstract:
In the conditions of the market economy, marketing activity has
penetrated into all spheres. Especially the educational system marketing makes
a great contribution to the development of the economy today. The article
covers the concept of marketing, the history of its development, its
implementation, the experts-scientists who laid the foundation for its
preservation as a science, the functions and principles of marketing in the
educational system.
Keywords:
Marketing, "Product Marketing", "Marketing Methods",
National Advertising Association, Educational Marketing.
O‘zbekiston Respublikasi
Mustaqillik va istiqlolga erishgach mamlakatimizda
halq xo‘jaligining barcha sohalarida muhim va katta o‘zgarishlar amalga
oshirildi. Ayniqsa xalq ta’limi, madaniyat, maorif, fan va san’at sohasida samarali
ishlar amalga oshirildi. Ilm-fanni rivojlantirish bo‘yicha muhim qarorlar qabul
qilindi. Respublikamizda «Ta’lim to‘g‘risida»gi qonun, «Kadrlar tayyorlash milliy
DEVELOPMENT OF PEDAGOGICAL TECHNOLOGIES IN
MODERN SCIENCES
International scientific-online conference
6
dasturi»ning qabul qilinishi va amalga tadbiq etilishi O‘zbekistonning buyuk
dasturi bo‘ldi.
Bozor iqtisodiyoti sharoyitida sohalarga yangi yo‘nalishlar,yangi atamalar kirib
keldi. Ayniqsa marketing bugungi kunning asosiy faoliyat turiga aylandi.
Marketing inglizchadan “market” – bozor, bozordagi harakat, faoliyat, ya’ni
bozor faoliyatini o‘rganish ma’nosini anglatadi. Marketing tushunchasi bozor
bilan bog‘liq bo‘lgan istalgan faoliyatni o‘z ichiga oladi. Marketing murakkab,
ko‘p qirrali tushunchadir. Marketing- tashkilotning tovarlar ishlab chiqarish va
sotishni tashkil etish hamda boshqarish shaklidir
Marketing bugunda bozorga yo‘naltirilgan tadbirkorlik faoliyati va fikrlash
uslubi bo‘lib, o‘zining ijodiy yo‘nalganligi va agressiv xarakteri bilan farqlanadi.
Marketing faoliyati falsafasining tub mohiyati tadbirkorlik faoliyati va
biznesda asosiy e’tibor iste’molchiga qaratilishi kerak, degan fikrdan iborat.
Haqiqatdan ham “Iste’molchi - shoh” degan shior bu falsafaning negizidir.
Marketingda eng asosiy narsa bu ikki va bir-birini to‘ldiruvchi
yondashuvdir. Bir tomondan bozorni har tomonlama o‘rganish, iste’molchilar
ehtiyoji, talabi, xohishlarini o‘rganish, so‘ngra ishlab chiqarishni yo‘naltirish
bo‘lsa, ikkinchi tomondan marketingni qo‘llab bozor talabiga ta’sir ko‘rsatishdir.
Marketing atamasi iste’molga XIX asrning 60-yillarida Makkovern
tomonidan kiritilgan. Marketing nazariy konsepsiya va tijorat faoliyatining o‘ziga
xos hodisasi tarzida XX asr boshlarida AQShda ilk bor qo‘llanildi.
1902-yildan boshlab AQShning Michigan, Kaliforniya, Illinoys
universitetlarida “Tovarlar marketingi”, “Marketing usullari”fanlaridan
ma’ruzalar o‘qitila boshlandi. 1910-1925-yillar mobaynida marketing usullari
orqali bozorlar o‘rganila boshlandi. Firmalarda biznes faoliyatini o‘rganish
uchun bozorni o‘rganish bo‘yicha bo‘limlar tashkil qilina boshlandi. 1926-yilda
AQShda Marketing va Reklama Milliy Assotsiatsiyasi tashkil qilinib, keyinchalik
Amerika Marketing jamiyatiga aylantirildi. 1973-yilda bu jamiyat Amerika
Marketing Assotsiatsiyasi mavqeyiga ega bo‘ldi. Ikkinchi jahon urushi og‘ir
sanoat rivojlanishiga va sanoat tarmoqlarini boshqarishga bo‘lgan yangicha
yondashuvni talab etdi. Ommaviy ishlab chiqarishning o‘sishi, sotib olish
qobiliyatining pastligi bozorlarda sotuv siyosatining ishlab chiqilishini va
marketing sohasida tajribaning ortishiga olib keldi. 1948-yildan esa marketing
turli xo‘jalik faoliyatida qo‘llanilib, ishlab chiqarishdan to iste’molchiga yetib
borgungacha bo‘lgan jarayonda tovarlar oqimi va xizmat ko‘rsatishni tashkil
qilishda ishlatildi.
DEVELOPMENT OF PEDAGOGICAL TECHNOLOGIES IN
MODERN SCIENCES
International scientific-online conference
7
1960-yilda Djer Makkarti tomonidan marketingning tub mohiyatini ochib
beruvchi “
4P”
modeli ishlab chiqildi. Bu modelda marketingning asosiy 4
elementlari tovar (product), narx (price), sotuv (place), reklama rag‘batlantirish
(promotion) o‘z aksini topgan. Bu model marketing sohasidagi nazariy
izlanishlarga asos soldi.Turli mamlakatlarda marketing assotsiatsiyalari va
institutlari tashkil qilinib, bozor va marketing izlanishlari olib borila boshlandi.
1965-yilda ingliz Marketing instituti tomonidan marketingga quyidagi tarif
berildi. Marketing – amaliy faoliyat bo‘lib, boshqaruv funksiyalari tizimi
hisoblanadi, uning yordamida iste’molchilarning xarid (sotib olish) qobiliyati
o‘rganilishi natijasida tovar va xizmatlarga bo‘lgan real talabni shakllantirish
orqali foyda olish jarayonidir. Bu tarif ko‘pgina nazariyotchilar tomonidan tan
olindi va amaliy jarayonda unga asoslanib biznes va ishlab chiqarishni
boshqarish olib borildi. 1966-yildan to hozirga qadar marketingning juda ko‘p
tariflari yaratildi. Amerika Marketing Assotsiatsiyasi ma’lumotlariga ko‘ra 2000
dan ortiq tariflar marketingning ko‘p qirrali faoliyatini to‘la – to‘kis ochib
bergan.
Marketing bo‘yicha taniqli mutaxassis F. Kotler marketing faoliyatini
ayirboshlash orqali insonlar talabini qondirishga yo‘naltirilgan faoliyat, deb
tushuntiradi. Ingliz mutaxassisi Dj. Steyner fikricha, marketing strategik
rejalashtirish va boshqaruv jarayonidagi asosiy vazifa bo‘lib, uning maqsadi -
iste’molchilarning ehtiyojlarini qondirish va korxonalar daromadini ta’minlash
hisoblanadi. Korxona faoliyatining barcha yo‘nalishlari, ya’ni ishlab chiqarish,
moliyaviy va sotuv sohasida integratsiyani yo‘lga qo‘yish.
1960-yilda Amerika Marketing Assotsiatsiyasi tomonidan quyidagi tarif
ma’qullandi. Marketing-ishlab chiqaruvchidan to iste’molchigacha yetib
borgunga qadar tovar va xizmatlar oqimini yo‘lga qo‘yish, tashkil qilish bilan
bog‘liq bo‘lgan tadbirkorlik faoliyatidir. 1985-yilga kelib esa bu tarif yanada
to‘liqroq qilib tavsiflandi, ya’ni “Marketing-narx shakllantirish, g‘oyalarni siljitish
va amalga oshirish, tovar va xizmatlarni ayirboshlash orqali sotish natijasida
alohida shaxslar va tashkilotlar talabini qondirishga yo‘naltirilgan jarayon”.
Rossiyada marketingning evolyutsion rivojlanishi bir necha bosqichda
amalga oshirildi.
1-bosqich
. 1970-yildan boshlab marketing haqida ilk ilmiy maqolalar
paydo bo‘la boshladi. G. Abramishvili, V. Voyna, N. Gerchikova, A. Goryachev, V.
Demidova, P. Zavyalov, K. Kostyuxin, I. Kretov, B. Solovyov, Yu.Trusov va
boshqalar Rossiyada marketing nazariyasi va amaliyotini shakllantira
boshladilar.
DEVELOPMENT OF PEDAGOGICAL TECHNOLOGIES IN
MODERN SCIENCES
International scientific-online conference
8
2-bosqich
. 1980-yillarning o‘rtalari va 1990-yillarga to‘g‘ri kelib, bu
davrda marketolog olimlar qatori kengaydi. A.Braverman, I.Gerchikova,
E.Golubkov, N.Kapustin, I.Kretov, N.Moiseyeva, R.Nozdrev, A.Porshnev va
boshqalar bozor sharoitida marketingning ahamiyatini uni firmalar faoliyatiga
qo‘llash samarasini o‘z ilmiy ishlarida o‘rgandilar.
3-bosqich.
1990-yillar o‘rtalari va hozirga qadar hisoblanib, bu davr
marketingning barcha sohalarga tatbiq etilishi bilan xarakterlanadi. Oliy Ta’lim
muassasalarida marketing kafedralari tashkil qilinib, marketing bo‘yicha
mutaxassislar tayyorlana boshlandi. Bu davrda nazariya va amaliyotga yangicha
qarash va yondashuvlarning paydo bo‘lishida bir qator rus olimlari ma’lum hissa
qo‘shdilar. G. Azoyev, G. Bagiyev, D. Barkan, I. Berezin, A. Goltsev, O. Dmitriyev,
V. Domnin, A.Yegorov, B. Zamyatin, A. Pankruxin,E. Popov, M.Sokolova va
boshqalar shular jumlasidandir.
Shuni ta’kidlash lozimki, 90 - yillar o‘rtalarida bozor tarmoqlarida
marketing kommunikatsiyalari to‘g‘risida nazariya va uslubiyotlar yaratildi.
O‘zbekistonda 1980-yillardan boshlab iqtisodiyot o‘quv yurtlarida
marketing kurslari o‘qitila boshlandi. Shu yillari marketing masalalari bilan S.
Salimov, S. G‘ulomov, A. Bekmurodov, J. Jalolov, M. Qosimova,
D.Muhitdinov, X.Raimov, A. Soliyev kabi olimlar ilmiy tadqiqot ishlari
olib bordilar. 1986-yilda “Совпластитал” qo‘shma korxonasida birinchi bo‘lib
marketing bo‘limi tuzildi. Shuningdek, “Toshkent to‘qimachilik mashinasozlik
zavodi” aksiyadorlik jamiyati, V. P. Chkalov nomidagi Toshkent
aviatsiya ishlab chiqarish birlashmasi davlat-aksiyadorlik birlashmasi,
“Toshkent qishloq xo‘jaligi mashinasozligi” aksiyadorlik jamiyati kabi
korxonalarda ham marketing bo‘limlari ochildi.
Mamlakatimizda hozirda faoliyat ko‘rsatayotgan tijorat banklari, yirik
ishlab chiqarish korxonalarining aksariyatida marketing bo‘limlari ish olib
boradi.
Yillar davomida marketingning roli juda o‘zgaradi. Marketingning
rivojlanishini tushunish zamonaviy marketingni tushunishga yordam beradi.
Ayniqsa ta’lim marketing faoliyati bugungi kunda yuqori bochqichlarga
ko‘tarildi. Bir muddat avval ko‘plab Ta’lim muassasalari rahbarlari o‘z faoliyatini
marketing yoki bozor bilan hech qanday bog‘lashmagan. Bugungi kunda ma’lim
jihatlar marketing
faoliyati maktablarda,
universitetlarda,
kollejlar
va
texnikumlarda mavjud. Ta’lim muassasalari rahbarlari birinchi navbatda o‘z
xizmatlarini ilgari surish siyosatini olib boradilar, Ta’lim xizmatlari bozorini
DEVELOPMENT OF PEDAGOGICAL TECHNOLOGIES IN
MODERN SCIENCES
International scientific-online conference
9
marketing tadqiqotlarini o‘tkazadilar, marketing rejalarini tuzadilar va
marketing strategiyalarini ishlab chiqadilar.
Ta’lim xizmatlari va mahsulotlari bozorining paydo bo‘lishi ushbu soha
sub’ektlari uchun yangi samarali boshqaruv usulini tanlash vazifasini qo‘ydi. Bu
aynan marketing bo‘lib, u Ta’lim mahsulotlari va xizmatlarini ishlab chiqarish va
sotishni kompleks boshqarish sifatida qaraladi.
Ta’lim marketingi yaratish, amalga oshirish muhim masala hisoblanadi.
Ta’lim dasturlari, Ta’lim muassasasi va uning mijozlari (talabalari) o‘rtasida
almashinuv munosabatlarini shakllantirish va asosiy Ta’lim va strategik
maqsadlarni amalga oshirish Ta’lim marketingi texnika va harakatlar to‘plami
sifatida tushuniladi Ta’lim muassasasi iste’molchilarning (talabalar, ota-onalar
va umuman jamiyat) istak va ehtiyojlaridan kelib chiqqan holda shakllanadi.
Ta’lim marketingi mamlakat iqtisodiyotini rivojlantirishda muhim ahamiyatga
ega:
-
marketing Ta’limda ilg‘or g‘oyalarni tarqatish bilan chambarchas bog‘liq
(iqtisodiyotning turli tarmoqlarida innovatsiya va texnologiyalarni ishlab
chiqish va joriy etish);
-
ta’lim tizimining rivojlanishi foydalaniladigan marketing vositalariga
bog‘liq (Ta’lim xizmatlarining sifati va mavjudligi ularning ko‘lamining
kengligiga bog‘liq va jamiyat turmush darajasining o‘sishiga bevosita ta'sir
qiladi);
-
pullik Ta’lim xizmatlari marketingini rivojlantirish (ta’lim muassasalari
davlat byudjeti hisobidan mavjud va tijorat asosida xizmatlar ko‘rsatish).
-
ta’limda marketingning xususiyatlari.
Bugungi kunda ta’lim xizmatlari bozori iste’molchiga o‘z mahsulotini qulay
vaqtda va qulay joyda taqdim etishga tayyor. Shunga o‘xshash Ta’lim dasturlari
va Ta’lim yo‘nalishlari raqobatning rivojlanishiga ta’sir qiladi, Ta’lim tashkiloti
imidjidagi farqlarni yo‘q qiladi, potentsial iste'molchilar ongida Ta’lim bozori
sub’ektining brend atributlarini idrok etish, eslab qolish va tan olishni
qiyinlashtiradi. Marketing vositalari metodologiyasini malakali qo‘llash Ta’lim
muassasasini raqobatchilardan ajratish, kerakli miqdordagi talabalarni jalb
qilish va daromad olish imkonini beradi. Ta’lim sohasidagi marketing
munosabatlarining sub’ektlari quyidagilardir:
1.
Ta’lim muassasalari: maktablar, universitetlar, institutlar, kollejlar,
texnikumlar, o‘quv markazlar va qo‘shimcha ta’lim;
2.
Ta’lim xizmatlari iste’molchilari: jismoniy va yuridik shaxslar;
DEVELOPMENT OF PEDAGOGICAL TECHNOLOGIES IN
MODERN SCIENCES
International scientific-online conference
10
3.
Ta’lim tizimi tuzilmasidagi tashqi vositachilar - birinchi: bandlik
xizmatlari, mehnat birjalari, moliya institutlari Ta’lim faoliyatini kreditlash
maqsadida, ikkinchisi: barcha darajadagi Ta’lim organlari, akkreditatsiya va
litsenziyalash organlari;
4.
Ta’lim xizmatlarini ko‘rsatishda ishtirok etuvchi jamoat tashkilotlari:
siyosiy partiyalar, turli uyushmalar va boshqa notijorat tashkilotlar.
Ta’lim xizmatlari va mahsulotlarining asosiy iste’molchilari Ta’lim
muassasalari talabalari hisoblanadi. Ular nafaqat ma’lum xizmatlarni oladilar,
balki o‘quv mahsulotining sifati va xususiyatlariga nisbatan munosabat va fikrni
shakllantiradilar.
Samarali ta’lim marketingi tanlov jarayonida iste’molchining faol
ishtirokini talab qiladi kelajakdagi mutaxassislik, o‘qitish vaqti, joyi va shakli,
moliyalashtirish manbalari, shuningdek, keyingi rivojlanishni tanlash (ta’limning
keyingi bosqichi yoki ish joyi). Ta’lim marketing funktsiyalari quyidagilarni
qamrab oladi:
-
bozor talablarini hisobga olgan holda talab qilinadigan hajm, sifat va
assortimentdagi xizmatlar ko‘rsatish;
-
bo‘lajak mutaxassis shaxsini shakllantirish uchun tegishli Ta’lim
xizmatlarini ishlab chiqarish va ko‘rsatish, maktab va universitet
bitiruvchisida tegishli kompetentsiyalarni mustahkamlash;
-
mavjud va potentsial iste’molchilarga, talabalarning ota-onalariga, ish
beruvchilarga axborot va konsalting xizmatlarini ko‘rsatish (ta’lim
shartlarini muvofiqlashtirish, moliyalashtirish miqdori va tartibi va
boshqalar).
Ta’lim marketing strategiyasi ta’lim muassasasi va mahsulot va xizmatlarni ilgari
surishning samarali strategiyasi bozorni, tashkilotning imkoniyatlari va
resurslarini chuqur tahlil qilishga asoslanadi. Marketing strategiyasining asosiy
maqsadlari quyidagilardan iborat:
-
mijozlarning ko‘payishi (Ta’lim xizmatlari iste’molchilari);
-
foydaning o‘sishi;
-
bozor ulushining o‘sishi;
-
bozor yetakchiligiga erishish.
Ta’lim tashkiloti uchun marketing strategiyasini ishlab chiqish marketing
aralashmasining elementlari negizida amalga oshiriladi, xususan:
1.
tovar strategiyasi;
2.
narx strategiyasi;
3.
sotish strategiyasi;
DEVELOPMENT OF PEDAGOGICAL TECHNOLOGIES IN
MODERN SCIENCES
International scientific-online conference
11
4.
rag‘batlantirish strategiyasi.
Ta’lim marketing xizmati - bu ijtimoiy ehtiyojlarni qondirish va o‘quvchi
shaxsini rivojlantirish uchun bilim, ko‘nikma va malakalarni iste’molchiga
o‘tkazishga qaratilgan murakkab jarayon. Ta’lim xizmatlari bozorda mahsulot
sifatida sotiladi, bu ta’lim xizmatlarini sotuvchilar (ta’lim muassasalari) va
xaridorlari (talabalar, talabalar va ularning ota-onalari) to‘plamidir. Ta’lim
muassasasining mahsulot siyosatini shakllantirish tamoyili talabalar - bu
muassasaning maqsadiga mos keladigan bozor sharoitida xizmatlar narxining
mumkin bo‘lgan dinamikasini tanlash. Ta’limga bo‘lgan talab mehnat bozoridagi
o‘zgarishlar va mutaxassisliklar istiqbollari haqidagi jamoatchilik fikrining
ta’sirida shakllanadi. Talabning oqishi taklifi narxining oshishiga olib keladi.
Xususan, iqtisod va yuridik mutaxassisliklar bo‘lajak abituriyentlarning
ko‘pchiligi tomonidan tanlanadi, mos ravishda bozor talaba o‘qish to‘lovlarining
oshirilganligini belgilaydi. Narxlar strategiyasi ikkita asosiy omil asosida
shakllanadi:
-
maqsadli bozorlarning xususiyatlari;
-
ta’lim muassasasining maqsadlari.
Umumiy narx strategiyalari qatoriga boshqa ta’lim tashkilotlarining
takliflariga javoban xizmatlar narxining keskin pasayishi, shuningdek,
xaridorlarni xizmatlar uchun to‘liq to‘lovni to‘lash hamda chegirma yoki boshqa
imtiyoz (bonus) olishga taklif etish kiradi. Ta’lim muassasalarining aloqa siyosati
to‘g‘ridan-to‘g‘ri reklama - ijtimoiy va ommaviy xarakterga ega bo‘lgan turli xil
tadbirlarni o‘tkazishdan iborat. Ya’ni:
-
ochiq eshiklar kunlari;
-
o‘quv yarmarkalari va ko‘rgazmalari;
-
ta’lim muassasasi tomonidan o‘tkaziladigan ommaviy konferentsiyalar va
seminarlar va boshqalarga bog‘liq.
Xilosa qilib aytganda,Ta’lim tizimi marketingining amaliyotga joriy etilishi
bugungi kunnining talabi, Yangi O‘zbekiston iqtisodiyotini yuksaltirishda muhim
omil bo‘lib bormoqda.
Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati:
1.
О‘zbekiston Respublikasining 2020-yil 23-sentabrdagi 637-sonli “Ta’lim
tо‘g‘risida”gi Qonuni.
2.
О‘zbekiston Respublikasi Prezidentimizning 2019-yil 8-oktabrdagi
“О‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish
konsepsiyasini tasdiqlash tо‘g‘risida” gi Farmoni.-// Xalq sо‘zi, 2019-yil, 9-
oktabr
DEVELOPMENT OF PEDAGOGICAL TECHNOLOGIES IN
MODERN SCIENCES
International scientific-online conference
12
3.
Soliyev A., Buzrukxonov S. Marketing. Bozorshunoslik. Darslik. –T.:
Iqtisod-Moliya, 2010. - 424 b.
4.
Ergashxodjaeva.SH.D. Strategik marketing. Darslik.-T.:“Sano-standart”,
2019. -232bet.
5.
Ergashxodjaeva.SH.D. Innovatsion marketing. Darslik.- T.: Iqtisodiyot,
2019. –191 bet.
6.
Ergashxodjayeva.Sh.Dj., Yusupov M.A., Xakimov Z.A., М.Abduraxmanova.
Товарлар ва хизматлар маркетинги. O‘quv qo‘llanma. –T.: TDIU, Iqtisodiyot,
2019. –440 bet.
7.
www.http://kitob.uz
8.
www.http://natlib.uz
9.
www.http://ziyonet.uz
10.
www.http://google.uz