Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2024-yil, aprel
www.e-itt.uz
159
KASBIY TAYYORGARLIK TIZIMI VA UNING XOTIN-QIZLARNI
ISH BILAN TA’MINLASHGA TA’SIRI
Nurmuxammidova Muxtabar Xasanovna
Guliston davlat universiteti
muxtabarnurmuxamidova65@gmail.com
Annotatsiya.
Jamiyatda xotin-
qizlar bandligini ta’minlash iqtisodiy taraqqiyotni
ta’minlashning muhim tashkil etuvchilaridan biri hisoblanadi, shundan kelib chiqqan holda mazkur
maqolada yoshlar, xususan, xotin-
qizlar bandligini ta’minlashda kasbiy tayyorgarlikning o‘
rni
muhokama qilingan.
Kalit s
o‘
zlar:
milliy iqtisodiyot, mehnat resurslari, bandlik, kompetentsiyalar, institutsional
muhit, raqamli iqtisodiyot, mehnat bozori, raqamli bandlik.
СИСТЕМА ПРОФЕССИОНАЛЬНОЙ ПОДГОТОВКИ И ЕЕ ВЛИЯНИЕ
НА ЗАНЯТОСТЬ ЖЕНЩИН
Нурмухаммидова Мухтабар Хасановна
Гулистанский государственный университет
Аннотация.
Обеспечение занятости женщин в обществе является одним из
важнейших составляющих обеспечения экономического развития, в связи с чем в данной
статье обсуждается роль профессиональной подготовки в обеспечении занятости
молодежи, в частности женщин.
Ключевые слова:
национальная экономика, трудовые ресурсы, занятость,
компетенции, институциональная среда, цифровая экономика, рынок труда, цифровая
занятость.
THE VOCATIONAL TRAINING SYSTEM AND ITS IMPACT
ON WOMEN'S EMPLOYMENT
Nurmukhammedova Mukhtabar Khasanovna
Gulistan State University
Annotation.
Ensuring the employment of women in society is one of the most important
components of ensuring economic development, in connection with which this article discusses the
role of vocational training in ensuring the employment of young people, in particular women.
Keywords:
national economy, labor resources, employment, competencies, institutional
environment, digital economy, labor market, digital employment.
UO
‘
K: 331.546
IV SON - APREL, 2024
159-170
Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2024-yil, aprel
www.e-itt.uz
160
Kirish.
Jamiyatda gender tengligiga erishish insonning asosiy huquqlaridan biri, jamiyatda tinchlik
va totuvlikka erishish, shuningdek, inson
salohiyatini to‘la
ro‘yobga chiqarish va barqaror
rivojlanishning muhim omilidir. O’zbekiston Konstitutsiyasiga qo‘shimcha va o‘zgartirishlar
kiritilishi asnosida O’zbekiston “ijtimoiy davlat” kontseptsiyasining huquqiy jihatdan
mustahkamlanishi va yangi tahrirdagi Mehnat Kodeksida gender tengligi masalalarining aks etishi
bu borada amalga oshirilayotgan ijobiy ishlarning yaqqol isbotidir. Qonun hujjatlarini gender
tegligi jihatidan huquqiy ekspertizadan o‘tkazishning yo‘lga qo‘yilishi va gender auditi
institutining tashkil etilishi mamlakatimizda gender tengligiga erishish borasida tashlangan
muhim qadamlardan biri hisoblanadi. Shuningdek, mamlakatimizda “Xotin
-qizlar va erkaklar
uchun teng huquq hamda imkoniyatlar kafolatlari to‘g‘risida”, “Xotin
-qizlarni tazyiq va
zo‘ravonlikdan himoya qilish to‘g‘risida”, “Fuqarolarning reproduktiv salomatligini muhofaza
qilish to‘g‘risida” gi muhim qonunlar qabul qilindi.
Gender tengligini ta’minlash maqsadida rahbar lavozimlarga ayollarni tavsiya etish, ularni
moddiy qo‘llab
-quvvatlashga qaratilgan chora-tadbirlar amalga oshirildi. Ayollarning ijtimoiy
faolligini oshirish hamda davlat va jamiyat boshqaruviga jalb qilish, ularni har tomonlama qo‘llab
-
quvvatlash maqsadida Oliy Majlis Senatida Xotin-qizlar va gend
er tenglik masalalari bo‘yi
cha
qo‘mita tashkil etildi; O’zbekiston Respublikasi Senati raisi boshchiligida Xotin
-qizlar gender
tengligini himoya qilish bo‘yicha komissiya tuzildi; hududlarda Xotin
-qizlar tadbirkorlik
markazlari ochildi. So‘nggi yillarda ma
mlakatimizda oilalarni mustahkamlash, xotin-qizlarning
ijtimoiy-
siyosiy faolligini hamda bandligini oshirish, tadbirkorlik ko‘nikmalarini shakllantirish,
gender tengligini ta’minlash borasida keng ko‘lamli islohotlar amalga oshirildi. Xotin
-qizlarning
rahbar lavozim-lardagi ulushi 35 foizga etdi, birgina 2022-2023 yillarda 398 ming nafarining
bandligi ta’minlandi, 100 ming nafari imtiyozli asoslarda oliygohlarga qabul qilindi, 170 ming
nafariga tahsil olayotgan oliygohlarining shartnoma to‘lovlari uchun imtiyozli ta’lim kreditlari
aj
ratildi, 14 ming nafari magistraturada bepul o‘qitilmoqda, 198 ming nafari kasbga o‘qitildi.
Bundan tashqari, ayollar tadbirkorligi dasturlari doirasida 2023 yilda 225 mingdan ziyod
loyihalarga 4,4 trillion so‘mga yaqin kredit, 4
0 mingga yaqin xotin-qizlarga jami 179,1 milliard
so‘m subsidiya ajratildi.
2020 yildan boshlab yo‘lga qo‘yilgan “Ayollar daftari” tizimi orqali qariyb 2,5 milliondan
ortiq xotin-qizlarga ijtimoiy-
iqtisodiy, tibbiy, huquqiy va psixologik ko‘mak berish uchu
n 5,1
trillion so‘mdan ziyod mablag‘ yo‘naltirildi. 11 mingdan ortiq zo‘ravonlikka uchragan xotin
-
qizlarga tibbiy, psixologik va moddiy yordamlar ko‘rsatilib, ular reabilitatsiya markazlarida
ijtimoiy hayotga moslashtirildi.
“O’zbekiston
-
2030” strategiyasida ham jamiyat ijtimoiy
-iqtisodiy hayotida xotin-qizlarning
ishtirokini yanada kuchaytirish, inson kapitali sifatini ta’minlashning muhim tashkil etuvchilari
sifatida xotin-qizlarning turmush shart-sharoitlarini yaxshilashga
alohida e’tibor qaratilgan.
Xususan, “O’zbekiston
-
2030” st
rategiyasida jamiyatda xotin-qizlarning mavqeini yanada
mustahkamlash maqsadida: tazyiq va zo‘ravonlikka nisbatan murosasizlik muhitini yaratish;
ularning huquqiy va qonuniy manfaatlarini ta’minlas
h; xotin-qizlarning ijtimoiy-siyosiy faolligini
oshirish,
ularni qo‘llab
-
quvvatlashga doir islohotlarni amalga oshirish; ayollarning ta’lim va kasbiy
ko‘nikmalar olishlari, munosib ish topishlariga har tomonlama ko‘maklashish; turar joyga
muhtojlarni uy-jo
y bilan ta’minlash, turmush va mehnat sharoitlarini yaxshi
lash, daromadlarini
ko‘paytirish; og‘ir ijtimoiy ahvolga tushib qolganlarga ijtimoiy
-huquqiy, psixologik yordam
ko‘rsatish, ularni manzilli qo‘llab
-
quvvatlash; “ayollar daftari” bilan manzilli ishla
sh, muammolar
o‘z vaqtida bartaraf etilishi ustidan jamoat
chilik nazoratini amalga oshirish kabi vazifalarning
belgilab berilishining o‘ziyoq, fikrimizning yaqqol isbotidir.
Xalqaro mehnat tashkilotining ma’lumotlariga qaraganda, turli davlatlar kesimida
turlicha
bo‘lsada, umuman olganda butun dunyoda ayollar v
a erkaklarning mehnat bozoridagi ishtirokida
katta farqlar saqlanib qolmoqda. 2019 yilda jahon
bo‘ylab
ayollarning iqtisodiy faollik darajasi 48
% bo‘lgan bo‘lsa, erkaklarda bu ko‘rsatkich 75 %ni ta
shkil etdi,
ya’ni
dunyo mamlakatlarida 3,5
Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2024-yil, aprel
www.e-itt.uz
161
mlrd. kishini tashkil etgan ishchi kuchining 5 tadan 3 tasini erkaklar tashkil etayapti. Masalan,
Norvegiyada ayollarning iqtisodiy faolik darajasi o‘rtacha 61 foizni tashkil qiladi.
Sanoatlashuv va globalizatsiya jarayonlari ta’sirida butun dunyoda ayollarga bo‘lgan
mu
nosabat o‘zgarib borib, ularning mehnat bozoridagi o‘rni ham o‘z
garib bormoqda. Lekin
ijtimoiy-iqtisodiy hayot qanchalik modernizatsiyalashib borishiga qaramay, ayollar mehnat
bozori segmenti boshqa segmentlardan farqli o‘ziga xos xususiyatlarga egaligi s
aqlanib qolmoqda.
Bandlik darajasining beqarorligi va ishsizlikning yuqori xavfi, mehnatga xaq
to‘lash
darajasidagi
farqlar, ishga qabul qilinishi va
bo‘shatilishidagi
mehnat qonunchiligiga rioya etilmaslik kabilar
bunga yaqqol misol
bo‘la
oladi.
Adabiyotlar sharhi.
O‘zbekistonda
institutsional muhitni shakllantirish jarayonida iqtisodiyot va boshqaruvda
professional kadrlar tayyorlash tizimi alohida ahamiyat kasb etadi, uning asosiy yo‘nalishi inson
kapitalini jamg‘arish va to‘g‘ri yo‘naltira olishdan i
boratdir (Trofimov va boshq, 2018.). Bunday
vaziyat mamlakatning har bir hududida inson resurslarini boshqarish borasida tizimli
yondashuvni amalga oshirishni talab qiladi (Kolesnikov, 2018).
Gnevasheva (2012) o‘z tadqiqotlarida kasbiy kompetentsiyalar, ya’ni oliy kasbiy ta’lim
hozi
rgi kunda yoshlar uchun ko‘proq atributiv tavsifga ega ekanligi, ya’ni bunda ta’lim jarayonida
olingan bilim va ko‘nikmalar emas, balki universitet, mutaxassislik, diplomning obro‘si
muhimligini ta’kidlaydi. Buning sababi shunda
ki, ushbu imtiyozlar va atributlarning barchasi
allaqachon shaxsga ma’lum bir ijtimoiy maqomni taqdim etadi, ular nufuzli ishga murojaat
qilishlari, o‘zlarini ijtimoiy himoyalangan his qilishlari mumkin. Tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki,
yoshlar uchun ish ta
nlashda ustuvorlik obro‘
- e
’tiborga emas, aksincha ish haqiga qaratiladi, ya’ni
ko‘pchilik o‘z mutaxassisligi bo‘yicha noto‘g‘ri tanlov tufayli emas, balki mutaxassislarga talab
yo‘qligi yoki ish haqining kamligi o‘z sohasida faoliyat ko‘rsatmaydi. Davlat
mazkur muammoni
kasbiy tayy
orgarlikni boshqarish sub’yektlari bilan hamkorlikda yoshlarni ish bilan ta’minlashni
tartibga solish orqali hal qilishi mumkin(Kolesnikov, 2018).
Shu jihatdan olganda, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 13.07.2021 yildagi
PF-6260-
son “Yoshlarni har tomonlama qo‘llab
-quvvatlash va ularning ijtimoiy faolligini yanada oshirishga
oid qo‘shimcha chora
-
tadbirlar to‘g‘risida”gi Farmoni muhim ahamiyat kasb etadi (Farmon,
2021). Xususan, mazkur Farmonda davlat organlari, tashkilot va muassasalarida faoliyat
k
o‘rsatayotgan nufuzli xalqaro reyting tashkilotlarining yuqori 500 talik ro‘yxatiga kiritilgan
xorijiy oliy ta’lim muassasalarini (bakalavriat, magistratura) tamomlagan yoki ularda ilmiy daraja
(PhD va unga tenglashtirilgan boshqa ilmiy daraja) olgan yosh mutaxassislarning lavozim
maoshiga Davlat budjeti mablag‘lari hisobidan qo‘shimcha ustamalar to‘lab borish tartibi joriy
etilishi; 2021 yil 1 sentyabrdan boshlab Toshkent shahrida Yoshlar biznes maktabi, 2022 yildan
boshlab barcha hududlarda uning filiallari tashkil etilishi; 2021 yil 1 sentyabrdan boshlab
hududlarda yoshlarni muntazam sport bilan shug‘ullanishga jalb qilish maqsadida Olimpiya va
Paralimpiya hamda Osiyo va Paraosiyo o‘yinlari, jahon, Osiyo va respublika chempiona
tlarida
oxirgi 5 yilda g‘oli
b va sovrindor (1
—
3 o‘rin) bo‘lgan sportchi
-trenerlarga, shuningdek, olis va
chekka hududlarda faoliyat yurituvchi sportchi-
trenerlarga: sport to‘garaklarini tashkil etish
uchun tuman va shaharlarda bo‘sh turgan davlat mulki h
isoblangan bino va inshootlar elektron
savdolar o‘tkazmagan holda, ushbu ob’yektga nisbatan belgilangan eng kam ijara to‘lovi
stavkasining 50 foizi miqdorida ijaraga berilishi, sport to‘garaklarini tashkil etish uchun sport
inventarlari, buyumlari va jihozlarini xarid qilish uchun bu
djet mablag‘lari hisobidan subsidiyalar
ajratilishi; kamida 100 nafar yoshlarni muntazam sport bilan shug‘ullanishini tashkil etgan
taqdirda mahalliy budjet mablag‘lari hisobidan bazaviy hisoblash miqdorining 10 baravaridan
kam
bo‘lmagan miqdorda har oylik
to‘lov joriy etilishi kabi vazifalar belgilab berilgan (O‘
zR
Prezidentining PF-6260-son Farmoni). Shu bilan bir qatorda, mazkur Farmonning 2-ilovasi bilan
tasdiqlangan “O‘zbekiston yoshlari va talabalari forumida yoshlarga oid
davlat siyosati sohasida
bel
gilab berilgan ustuvor vazifalar ijrosini ta’minlashga doir qo‘shimcha chora
-
tadbirlar Dasturi”
Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2024-yil, aprel
www.e-itt.uz
162
(
O‘
zR Prezidentining PF-6260-
son Farmoni) da paxta va g‘alladan bo‘shagan maydonlarni oziq
-
ovqat ekinlari yetishtirish maqsadida 10
yil muddatga dehqon xo‘jalig
ini yuritish uchun ijaraga
berish
tizimini joriy etish va shu yo‘l bilan
400 ming
nafar yoshlarni doimiy ish bilan ta’minlash;
ta’lim muassasalari
bitiruvchilari bandligini ta’minlashga oid mahalliy, hududiy va respublika
dasturlarini amalga oshirish; xizmatchilarning asosiy lavozimlari va ishchilar kasblari
klassifikatorida kamida 150 ta kasb va lavozimlarga qo‘yilgan oliy ma’lumot talabini bekor qilish;
yoshlarning bilim va kasb-hunar egallashi, ular uchun munosib ish va turmush sharoitini yaratish,
bo‘sh
vaqtini mazmunli tashkil etishga qaratilgan yoshlar dasturlarini ishlab chiqish va amalga
oshirish; yoshlarning axborot texnologiyalariga bo‘lgan qiziqishlarini qo‘llab
-quvvatlashga
qaratilgan “Bir million dasturchi” loyihasini
keng joriy qilish uchun komyuniti-menejerlar
faoliyatini tashkil qilish kabi vazifalar ijrosini ta’minlash ko‘zda tutilgan.
Shuningdek, O‘zbekiston
Respublikasi Prezidentining “Yoshlarning bandligiga
ko‘maklashish hamda ularni doimiy ish bilan ta’minlashga oid qo‘shimcha chora
-tadbirlar
to‘g‘risida”gi Farmonida 2023 yil 1 maydan
boshlab, 2025 yil 1 yanvarga qadar ish beruvchilarga
(budjet tashkilotlari, davlat korxonalari,
ustav jamg‘armasi (kapitali)da davlat ulushi 50 foiz va
undan ortiq bo‘lgan yuridik
shaxslar, shuningdek, ijtimo
iy soliqni 1 foiz stavkada to‘lovchilar
bundan mustasno) ular tomonidan 25 yoshdan oshmagan xodimlar
uchun to‘langan
ijtimoiy soliq
summasi Davlat budjetidan to‘liq qoplab berilishi belgilab berilgan Farmon (2021).
Professional kadrlar tayyorlashni subyekt-
ob’yekt munosabatlarining maxsus majmuiga ega
bo‘lgan mustaqil tizim sifatida, shuningdek, uni kapital bozorining ajralmas qismi sifatida ko‘rib
chiqish mumkin, bunda talabalarning kompetentsiyalari (bilim, ko‘nikma va malakala
r) kapital
ko‘rishiga, boshq
acha aytganda, inson kapitaliga aylanadi (Zotov, 2002.).
Tadqiqot metodologiyasi.
Yoshlar va xotin-qizlar aholi guruhlari
o‘rtasida
katta
e’tibor
talab qiluvchi ijtimoiy guruhlar
hisoblanadi, shu sababli mazkur toifalarning bandligini
ta’minlashda
ilmiy yondashuv usullarini
foydalangan holda, taklif va tavsiyalar ishlab chiqish muhim
o‘
rin tutadi. Shundan kelib chiqqan
holda, mazkur maqolada tizimli tahlil, tarixiylik va mantiqiylik, induktsiya va deduktsiya, analiz va
sintez, qiyosiy tahlil usullari va
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
2023 yil 11 sentyabrdagi
“O‘zbekiston
-
2030” strategiyasini tasdiqlash to‘g‘risidagi PF
-158-sonli farmoni,
O‘zbekiston
Respublikasi Prezidentining 13.07.2021 yildagi PF-6260-
son “Yoshlarni
har tomonlama q
o‘
llab-
quvvatlash va ularning ijtimoiy faolligini yanada oshirishga oid q
o‘
shimcha chora-tadbirlar
t
o‘g‘risida”gi
farmoni (Farmon, 2021),
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 26.04.2023
nli “Yoshlarning bandligiga ko‘maklashish hamda ularni doimiy ish bilan
ta’minlashga oid qo‘shimcha chora
tadbirlar to‘g‘risida”gi farmoni, O‘zbekiston Respublikasi
Prezidentining 08.10.2019 yildagi PF-5847-
son “O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim tizimin
2030 yilgacha rivojlantirish kontseptsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi Farmoni, O‘zbekiston
Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 07.08.2020 yildagi 466-
uzluksiz boshlang‘ich, o‘rta va o‘rta maxsus professional ta’lim tizim
ini tartibga soluvchi normativ-
huquqiy hujjatlarni tasdiqlash to‘g‘risida” Qarori
hamda sohaga tegishli me’yoriy
-huquqiy
hujjatlardan foydalanildi.
Tahlil va natijalar muhokamasi.
Professional kadrlar tayyorlash tizimi o‘zida aholi, turli tashkilotlar,
davlat idoralari kabi bir
qator sub’yektlarning o‘zaro ta’sirini ifoda etadi. Taklif bevosita ta’lim tashkilotlarining ta’lim
xizmatlari sifatida namoyon bo‘luvchi ta’lim xizmatlari bozorida talab va taklifning o‘zaro
nisbatlari qaror topishi asnosida ahol
i tomonidan bunday xizmatlarga talab bildiriladi. Ta’lim
xizmatlari bozorida raqobat kurashining tobora shiddatli tus olishi sharoitida ta’lim xizmatlari
ko‘rsatuvchilar mehnat bozori talablarini, sohadagi ilg‘or tendetsiyalarni doimiy tarzda kuzatib
borishlari talab etiladi (Shoroxov
, 2014.). Shundan kelib chiqqan holda, “O‘zbekiston
-
2030”
strategiyasida 6-
maqsad sifatida “Professional ta’lim tizimini rivojlantirish orqali o‘quvchilarni
Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2024-yil, aprel
www.e-itt.uz
163
zamonaviy bilim va ko‘nikmalarga o‘rgatish” va bunda 700
ta profession
al ta’lim muassasalarida
ta’l
im sifatini oshirish va moddiy-texnika bazasini takomillashtirish. 14 ta hududiy professional
tayyorgarlik markazlarini tashkil etish, malaka toifasiga ega bo‘lgan pedagog kadrlar ulushini
50
foizga, masofaviy yoki aralash shakllarda tashkil etiladigan malaka oshirish kurslari ulushini 30
foizga
yetkazish, o‘rta bo‘g‘in mutaxassislarini tayyorlashda davlat grantini
axborot
texnologiyalari, qurilish, transport va logistika yo‘nalishlarida 100 foizga
yetkazish vazifalarini
ijro et
ish ko‘zda tutilgan (Farmon, 2023). Shuningdek, strategiyada oliy ta’lim bilan qamrovni
kengaytirish, oliy ma’lumotli mutaxassislar tayyorlash sifatini oshirish, oliy ta’lim muassasalari
tashkiliy-boshqaruv faoliyatini takomillashtirish, ularning moddiy-te
xnik ta’minotini
mustahkamlash kabi maqsadlar ham belgilab berilgan.
1-
rasm. O‘zbekistonda oliy ta’lim tashkilotlarida tahsil oluvchi talabalar soni
46
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 08.10.2019 yildagi PF
-5847-
son “O‘zbekiston
Respublikasi oli
y ta’lim tizimini 2030
yilgacha rivojlantirish kontseptsiyasini tasdiqlash
to‘g‘risida”gi Farmoni bilan tasdiqlangan Kontsep
-
tsiyada oliy ta’lim sohasida davlat
-xususiy
sheriklikni rivojlantirish, hududlarda davlat va nodavlat oliy ta’lim muassasalari, shu
ningdek
investitsiyalar
ni jalb qilgan holda nufuzli xorijiy oliy ta’lim muassasalari filiallari faoliyatini tashkil
etish orqali oliy ta’limda raqobat muhitini yaratish kabi ustuvor vazifalarning belgilab berilishi
asnosida oliy ta’lim tashkilotlari soni v
a tahsil olayotgan tala
balar soni ham muntazam o‘sib
borayotganligini ko‘rishimiz mumkin (1
-
rasm). Xususan, bugungi kunda oliy ta’lim bilan qamrov
darajasi 38 foizga y
etganligini ta’kidlash lozim.
Yoshlarning kasbiy tayyorgarligini oshirish, ularda muayyan kompetentsiya-larni
shakllantirish bugungi kunda O‘zbekiston professional ta’lim tizimi oldida turgan eng muhim
vazifalardan biri hisoblanadi. Bu borada “O‘zbekiston
-
2030” strategiyasida 29
-maqsad sifatida
“fuqarolarni davlat hisobidan kasb
-
hunarga o‘qit
ish, ularning zamonaviy texnika va
texnologiyalardan foydalanish bo‘yicha kasbiy ko‘nikma va malakalarini rivojlantirish”, 30
-
maqsad sifatida “yoshlarni zamonaviy kasblar va chet tillariga o‘qitish tizimini yaratish” ko‘zda
tutilgan (Farmon, 2023).
46
Statistika agentligi ma’lumotlari
286222
274520
253026
258343
259290
261332
264291
268281
297689
360204
440991
571512
808439
1042100
0
200000
400000
600000
800000
1000000
1200000
Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2024-yil, aprel
www.e-itt.uz
164
2-rasm.
O‘zbekistonda o‘rta
-maxsus va kasb-
hunar ta’lim muassasa
-lari soni, birlik
47
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 07.08.2020 yildagi 466
-
son “O‘zbekiston
respublikasida uzluksiz boshlang‘ich, o‘rta va o‘rta maxsus professional ta’lim tizimini
tartibga
soluvchi normativ-
huquqiy hujjatlarni tasdiqlash to‘g‘risida” Qarori bilan tasdiqlangan
O‘zbekiston Respublikasida uzluksiz boshlang‘ich, o‘rta va o‘rta maxsus professional ta’lim
to‘g‘risida Nizomda professional ta’limga “ta’lim oluvchilarda ma’
lum bir mutaxassislik va kasblar
bo‘yicha kasbiy kompetentsiyalarni shakllantiradigan va rivojlantiradigan uzluksiz ta’lim tizimi”
sifatida ta’rif berilgan (Qaror, 2020).
2-
rasmda keltirilgan ma’lumotlari tahliliga murojaat qilar ekanmiz O‘zbekistonda o‘r
ta-
maxsus professional ta’lim muassasalari bilan o‘quvchilarni qamrab olish darajasi pasayib
borayotganligiga guvoh bo‘lamiz. Xususan, o‘rta maxsus va kasb
-
hunar ta’limi muassasalari soni
qariyb 2 baravarga,
10000 aholiga nisbatan to‘g‘ri keladigan o‘rta m
axsus, kasb-
hunar ta’limi
muassasalari o‘quvchilari deyarli 5 martaga kamayganligini ko‘rish mumkin (2
-rasm). Bu holat
ko‘p jihatdan 11 yillik umumiy o‘rta ta’lim tizimiga qaytadan joriy qilinishi bilan bog‘liq bo‘lsa
-da,
keyingi yillarda kasb-hunar maktabl
ari va texnikumlarning ta’lim xizmatlari bozoridagi o‘rni
pasayib borayotganligini ham ta’kidlash lozim. Mazkur muammoni hal qilish maqsadida
professional ta’limni yangi bosqichga olib chiqish bo‘yicha milliy dastur ishlab chiqish, bunda
davlat-xususiy she
rikchilik asosida munosabatlarni rivojlantirishga alohida e’tibor qaratish talab
etiladi.
Kasbiy tayyorgarlik va yoshlarni ish bilan ta’minlash tizimi inson kapitalini
rivojlantirishning asosiy maqsadlari nuqtai nazaridan doimiy ravishda o‘zaro
aloqada bo
‘lmog‘i
lozim. Muayyan kasbiy ko‘nikmalarga ega bo‘lgan kadrlar tayyorlash tizimida boshqaruv ob’yekti
sifatida yosh talabalar, abituriyentlar, bitiruvchilar va nson kapitalini muvaffaqiyatli amalga
oshirilgan inson salohiyati sifatida e’tirof et
ishimiz mumkin.
Bunda boshqaruv sub’yektlari sifatida ta’lim muassasalari, markaziy va mahalliy ijro etuvchi
hokimiyat organlari hisoblansa-
da, bugungi kunda boshqaruv sub’yekti sifatida talabalar uchun
milliy malaka doirasini shakllantirish, amaliyotning tashkilotchisi hisoblanuvchi ish beruvchilar
ham faol ishtirok etmoqda. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 15.05.2020 yildagi
47
Statistika agentligi ma’lumotlari
0
200
400
600
800
1000
1200
1400
1600
1800
O‘rta maxsus kasb-hunar ta’limi muassasalari, birlik
ularda oʻquvchilar, ming kishi
10 000 aholiga nisbatan to‘g‘ri keladigan oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi muassasalari
oʻquvchilari
Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2024-yil, aprel
www.e-itt.uz
165
287-
son “O‘zbekiston Respublikasida kasbiy malakalar, bilim va ko‘nikmalarni rivojlantirish
milliy tizimi faoliyatini tashkil e
tish choralari to‘g‘risida”gi Qarori bilan O‘zbekiston Respublikasi
Milliy malakalar ramkasi tasdiqlangan bo‘lib, mazkur malaka ramkasi asbga o‘qitish natijalari va
o‘qitish natijasida olinadigan bilimlar, mahoratlar, ko‘nikmalar va kompetentsiya
larni
uyg‘unlashtirish; kasbga o‘qitish va mehnat bozorining malakalarga ehtiyojlari orasida o‘zaro
aloqadorlikning mustahkam tizimini shakllantirish; kasbga o‘qitish, mehnat tajribasi
natijalarining malaka talablariga va kasb standartlariga mosligini baholash jarayonini amalga
oshirish; milliy va xalqaro darajalarda malakalarni tan olishni ta’minlaydi (
Qaror, 2020).
3-
rasm. Kasbiy tayyorgarlik tizimini boshqarish sub’yektlari o‘rtasidagi
munosabatlarni baholash
48
Shu nuqtai nazardan, tizimlarni
ng ob’yekti va sub’yektini topish nuqtai
nazaridan
yoshlarning bandligi o‘sishiga erishish
muhim ahamiyat kasb etadi. Mehnat sohasida
muvaffaqiyatli amalga oshirilgan inson salohiyati iqtisodiyotga hissa qo‘shadigan kapitaldir, shu
tariqa ta’lim xizmatlari
iqtisodiyot resurs salohiyatining o‘sish
iga yordam beradi. Bandlikni
boshqarish sub’yektlari (davlat va ish beruvchilar) professional kadrlar tayyorlashning ustuvor
vazifalarini hal qilishdan bevosita manfaatdor hisoblanadilar.
Boshqaruv jarayonini takomi
llashtirishning ushbu yo‘nalishi kasbiy k
adrlar tayyorlash
tizimi xizmatlariga talab va taklifni tartibga solish, ushbu xizmatlarni taqdim etish sifati, ta’lim
tashkilotlari siyosatining maqsadli qo‘llanmasi sifatida yoshlar o‘rtasida kasbiy
kompetentsiyal
arni shakllantirish bilan bog‘liq holda ko‘rib chiqiladi.
Kasbiy tayyorgarlik tizimining samarali amalda bo‘lish mexanizmiga murojaat qilar
ekanmiz, shuni ta’kidlash kerakki, mazkur mexanizm ko‘plab subyektlarning o‘zaro munosabati
orqali amalga oshishini
ta’kidlashimiz lozim, bunday subyektlarn
ing xilma-xilligi 3-rasmda
keltirib o‘tilgan.
Talabalar, o‘qituvchilar, ta’lim muassasalari ma’muriyati, davlat, ish beruvchining vakillari
kabi professional kadrlar tayyorlash tizimining boshqarish subyektlarini qu
yida batafsil ko‘rib
chiqamiz.
48
muallif ishlanmasi
Tizim
sub’yektlari
Ijtimoiy
institutlar
Xizmatlarning
iste’molchilari
Vositachilar
Ishlab chiqarish
jarayoni
ta’minotchilari
Xizmat ishlab
chiqaruvchilar
Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2024-yil, aprel
www.e-itt.uz
166
4-rasm. Professional kadrlar tayyorlash tizimi va yoshlarni ish bilan
ta’minlash o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlarga tegishli tashkiliy
- boshqaruv
sohasidagi muammolar
49
Professional kad
rlar tayyorlash tizimining yuqorida sanab o‘tilgan sub’yektlarining har bir
i
o‘zaro aloqada bo‘lsa
-
da, har bir sub’yektning yakuniy maqsadi o‘ziga xos hisoblanadi, shu bois,
davlat inson kapitalini ko‘paytirish, ish beruvchilar esa yosh kompetentli kadrlar
ni ishga qabul
qilish, jahon xizmatlari bozorida ta’lim tashkilotlari ko‘rsatilayotgan xizmatlarga talabni va o‘z
ta’lim tashkilotlarining raqobatbardoshligini oshirishga harakat qiladi, aynan shu maqsadda ular
mehnat bozorining kadrlarga bo‘lgan ehtiyojla
rini qondirishga intilishadi, bunda ular turli usul va
vositalardan keng foydalanadilar.
Shuni
ta’kidlash
kerakki,
ushbu
sohada
ta’lim
tashkiloti
bitiruvchisining
raqobatbardoshligiga ta’sir qiluvchi bir qator muammolar mavjud (
Gerasimov, 2020).
Profession
al kadrlar tayyorlash tizimini boshqarishning barcha sub’yektlari o‘zaro ta’sirini
boshqarish mexanizmini rivojlantirish borasida quyidagi istiqbolli yo‘nalishlarni ajratib
ko‘rsatishimiz mumkin:
49
muallif ishlanmasi
Muammolar
Bir paytning o‘zida muayyan ishchi kuchining tanqisligi va ortiqchaligi
Tarkibiy ishsizlik darajasining o‘sishi
Ta’lim xizmatlari va mehnat bozorlarining bir-biridan alohida faoliyat ko‘rsatishi
Mehnat resurslarining kasbiy jihatdan nomutanosibligi
Ish beruvci, davlat va iqtisodiy faol aholi manfaatlarining mos emasligi
Ta’lim xizmatlarining real ehtiyojlarga mos kelmasligi
Mutaxassis tayyorlash sifatining pastligi
Kasbiy tayyorgarlik sifatini oshirishda ish beruvchilarning yetarlicha ishtirokining
yo‘qligi
Ta’lim tashkilotlari va ish beruvchilar tomonidan yagona talablarning ishlab
chiqilmaganligi
Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2024-yil, aprel
www.e-itt.uz
167
➢
ta’lim tashkilotining obro‘si;
➢
kasbga yo‘naltirish bo‘yicha
ishlarni tashkil qilish;
➢
ta’lim tashkilotlarining narx siyosati;
➢
malakali
o‘qituvchilar tarkibi;
➢
o‘qitish jarayonida qo‘llaniluvchi ilg‘or axborot va innovatsion texnologiyalar;
➢
ta’lim jarayonida ish beruvchilar bilan o‘zaro hamkorlik va hokazo.
Yoshlarni
ish bilan ta’minlash va kasbiy tayyorgarlik xizmatlariga bo‘lgan talab o‘rtasidagi
o‘zaro bog‘liqlik darajasini baholashga tizimli yondashuv ushbu birlashtirilgan tizimlar o‘rtasida
muvozanatni o‘rnatish borasida zarur munosabat
-larni aniqlashtirishga imkon beradi.
Tadqiqot ishini
ni amalga oshirish davomida olingan ma’
lumotlar kasbiy tayyorgarlik tizimi
va yoshlarni ish bilan ta’minlash o‘rtasidagi muvozanatni ta’minlash borasida tizimli chora
-
tadbirlarni amalga oshirish lozimligini ko‘rsatadi. Mehnat boz
ori talabi va yoshlarni ish bilan
ta’minlashni rivojlantirish ehtiyojlarini hisobga olish, shuningdek, ma’lum sohalar bo‘yicha
malakali mutaxassislarga bo‘lgan mehnat bozori ehtiyojlarini prognozini muvofiqlashtirish va
ta’lim dasturlari bo‘yicha o‘qitishg
a talabgorlarni jalb qilish lozim. mazkur shart va talablarni
yosh
larni faol kasbga yo‘naltirish va motivatsiyalash darajasini ko‘tarish orqaligina amalga
oshirish mumkin. Kasbiy tayyorgarlik tizimi va yoshlarni ish bilan ta’minlash o‘rtasidagi o‘zaro
bog‘
liqlik ushbu sohada bir qator tashkiliy va boshqaruv muammolarinin
g mavjudligi bilan bog‘liq
bo‘lib, bu 4
-
rasmda o‘z aksini topgan.
Ijro etuvchi hokimiyat organlari va ta’lim muassasalari tomonidan ish beruvchilar bilan
hamkorlikda amalga oshirilayotgan siyosat mehnat sohasiga yetkazib beriladigan mutaxassislarni
uning
malakali kadrlarga bo‘lgan ehtiyojlari bilan moslashtirishga qaratilgan bo‘lib, shu tariqa,
mehnat bozoridagi ijtimoiy-iqtisodiy tanglikni kamaytirish, shuningdek, ijtimoiy - iqtisodiy
tizi
mda mehnat resurslari salohiyatini ro‘yobga chiqarish rejalashtiri
ladi.
Bugungi kunda bitiruvchilarning kasb tanlash erkinligi masalasini ta’limni kapital shaklida
taqdim etish orqali shakllantirish mumkin, bunda siz avval mablag‘ kiritishingiz, so‘ngra i
loji
boricha mablag‘ni istiqbolli yo‘nalish, ya’ni kelgusida katt
a naf keltiruvchi kasb tanlashga
yo‘naltirish talab etiladi. Taraqqiyot
-
ning hozirgi bosqichida oliy ta’limning o‘rni tobora ortib
bormoqda va u hozirgi avlodning
“
ijtimoiy standarti
”
ga aylanib ulgurdi (Galbraith, 1958).
Aksariyat taraqqiy etgan mamlakat
larda ta’lim sohasi hukumatning doimo diqqat markazida
bo‘lgani holda, sohaga yo‘naltiriluvchi investitsiyalar yil sayin ortib bormoqda (Bezdudnaya,
2018).
Ta’lim tizimini rivojlantirish xalqaro ta’lim faoliyatining asosiy tamoyillariga asoslanadi,
ulard
an biri arzon sifatli ta’limni amalga oshirish uchun sharoit yaratish va ta’minlashdir. Xususan,
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. M. Mirziyoyev BMT Bosh assambleyasi 78
-sessiyasida
so
‘zlagan nutqida ta’kidlaganidek “...biz hamma uchun ochiq va sifatli ta’limni kambag‘allikka
barham berish,xalq farovonligini oshirish va barqaror iqtisodiy o‘sishning eng samarali omili deb
bilamiz... inson kapitalini rivojlantirish va kreativ yosh avlodni tarbiyalash
–
O‘zbekiston o‘z oldiga
qo‘ygan strategik vazifalardan biridir... 2030 yilga qadar har bir bolaning bog‘chaga qatnashi,
maktabni bitirayotgan har ikki o‘quvchining biri esa oliygohda o‘qishi uchun imkoniyat yaratiladi”
(Mirziyoyev, 2023).
O‘zbekistonda ta’limni moliyaviy jihatdan qo‘llab
-quvvatlash masalal
ariga alohida e’tibor
qaratilmoqda. Jumladan, O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti xarajatlarida i
jtimoiy
xarajatlarga 129 891 mlrd so‘m yo‘naltirilishi belgilangan, bu o‘z navbatida jami
Davlat budjeti
xarajatlarining 50,4 foizini tashkil etadi. Ijtimo
iy soha xarajatlarining 45 foizi ta’limga
yo‘naltirilayotganligi fikrimizning isbotidir (5
-rasm).
Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2024-yil, aprel
www.e-itt.uz
168
5-
rasm. O‘zbekiston Respublikasi davlat budjetida ijtimoiy xarajatlar tarkibi,
2023-yil uchun
50
Avvalgi yillar kabi ijtimoiy xarajatlarning aksariyat qismini ta’limga xarajatlar (4
5,0%)
tashkil etmoqda. 2023 yilda ta’limga
58 372 mlrd so‘m
ajratilgani holda, 2022 yilda ajratilgan
xarajatlarga nisbatan deyarli 14%ga ortiqni tashkil etadi. Umuma
n olganda ta’lim xarajatlari
mamlakat yalpi ichki mahsulotining qariyb 7 foizini tashkil qilmoqda.
Talabalarni o‘qitish jarayoni talabalarning kasbiy kompetentsiyalarini shakllantirishni o‘z
ichiga oladi. Ushbu jarayon kelajakdagi kasb, mehnat faoliyatini
me’yoriy
-huquqiy tartibga solish
g‘oyasini o‘z ichiga oladi, ammo ta’lim muassasalarida nazariy bilimlarni egallash jarayonida
bunday bilimlarni o‘zlashtirishga yetarlicha e’tibor va nazorat qilinmaydi. Kasb haqidagi nazariy
bilimlardagi bo‘shliqlar talabaning kelajakdagi kasbiy faoliyati to‘g‘risida noto‘g‘ri tasavvurga olib
kelishi, raqobatdosh ustunliklariga ta’sir qilishi mumkin.
Mutaxassislarning ta’kidlashicha, universitet bitiruvchilarining atigi 30 foizi o‘qishni
tamomlash arafasida mutaxassislik
bo‘yicha ish tajribasiga ega bo‘ladi.
Xulosa va takliflar.
O‘tkazilgan tadqiqotlar shuni ko‘rsatdiki, iqtisodchilar va menejerlar soni ushbu
mutaxassisliklar bo‘yicha bo‘sh ish o‘rinlari sonidan sezilarli darajada ko‘p bo‘lsa
-da, muhandis va
texniklarni
ng soni, aksincha, yetarli emas. Oliy ta’limga qabu jarayonida mazkur muammoni ko‘rib
chiqish lozim, chunki aynan mana shu pallada yoshlar o‘z h
ayotlaridagi eng muhim qarorni qabul
qiladilar va aynan shu qaror ularning kelgusidagi hayot yo‘llarini ko‘p jih
atdan belgilab beradi.
Shu sababli umumiy o‘rta ta’lim maktablarida kasbga yo‘naltirish ishlariga alohida e’tibor qaratish
talab qilinadi. Bu bo
rada “O‘zbekiston
-
2030” strategiyasida “...barcha
umumiy o‘rta ta’lim
muassasalarida kasb-
hunarlarga o‘rgatish k
urslarini
joriy etish” masalasiga alohida e’tibor
qaratilganligini ta’kidlash lozim.
Bugungi kunda kam sonli yoshlar fizika, kimyo kabi fanlarni tanlaydilar, shu bilan birga
ularning ushbu fanlar bo‘yicha to‘plagan ballari ijtimoiy fanlarga qaraganda anc
ha past. Bundan
kelib chiqadiki, bu muammoni hal qilish va kelajakda munosib va raqobatbardosh mutaxassislar
etishib chiqishi uchun aniq fanlarg
a katta e’tibor qaratish va buni eng avvalo maktabdan boshlash
lozim. Shundan kelib chiqqan holda, kelgusi yilla
rda “Prezident maktablari va ixtisoslashtirilgan
maktablarning
ta’lim metodikasini barcha umumiy o‘rta ta’lim muassasalarining o‘quv
50
muallif ishlanmasi
2 2
1
14
11
1
22
45
2
madaniyat
sport
fan
nafaqalar, moddiy yordam va
kompensatsiya to‘lovlari
budjetdan tashqari pensiya
jamg‘armasiga transfertlar
uy-joy bilan ta'minlash
dasturlarini moliyalashtirishga
xarajatlar
Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2024-yil, aprel
www.e-itt.uz
169
jarayonlariga
joriy qilish” masalasi davlat siyosatining ustuvor vazifalaridan biri sifatida
belgilangan (Farmon, 2023).
M
abodo kasbiy kompetentsiyalar haqida gapiradigan bo‘lsak, ular nafaqat ta’lim
muassasasida o‘qish jarayonida, balki mehnat faoliyati
jarayonida ham shakllanadi, bu esa
yoshlarning inson kapitali salohiyatiga ulush sifatida tanlagan kasbi bo‘yicha rivojlani
shini davom
ettirish zarurligi borasida so‘z yuritish imkonini beradi, mazkur jihat ishchi kuchi sifatini
yaxshilash uchun ham muhimdir.
Professional kadrlarni tayyorlash xizmatlariga talabning oshishi kelajakda inson
salohiyatining o‘sishining natijasida
inson kapitalining takror ishlab chiqarilishida ijobiy aks etadi.
Ushbu holat, yoshlarning yuqori sifatli ta’lim olishi, kompetentsiy
aga asoslangan yondashuv
asosida yoshlarning o‘qitilishi sharoitida
-
gina, ijobiy sur’atga ega bo‘ladi va o‘z navbatida yosh
lar
mehnatda avvaldan band bo‘lgan mutaxassislarga raqobatchi sifatida maydonga chiqadilar.
Tadqiqotlar shuni ko‘rsatishicha, oliy ta’lim muassasasini tamomlagandan so‘ng yoshlarni
ish bilan ta’minlashning muvaffaqiyati yosh mutaxassisning ishga joylashish
bo‘yicha kasbiy
tayyorgarligi va malakasiga bog‘liq. Shu nuqtai nazardan, shuni ta’kidlash lozimki, ta’lim
muassasasi yoshlarni kelajakdagi mehnat munosabatlariga tayyorlash joyi, yoshlarning yanada
raqobatbardosh ustunligi va yoshlar bandligini oshirishga mutanosib ravishda sifatli xizmatlar
ko‘rsatiladigan o‘ziga xos maydonchadir.
O‘
zaro hamkorlik qiluvchi ikki soha-bandlik va professional kadrlar tayyorlash bir-biri bilan
chambarchas bog‘liq. Professional kadrlar tayyorlash xizmatlarining iste’molchilar
i mehnat
sohasida ishchi kuchi sifatida taklifga aylanadi, bu o‘z navbatida ikkala tizim jarayonlari
ishtirokchilari:davlat, yoshlar,
ish beruvchilar, ta’lim muassasalari o‘rtasida munosabatlarini
o‘rnatadi.
Yoshlarni ish bilan ta’minlash va prrofessional kadrlar tayyorlash tizimining o‘zaro ta’sirini
batafsil ko‘rib chiqish borasida mazkur tizimlar sub’yektlarining o‘zaro bog‘liqligin
i aks ettiruvchi
modelni yaratish talab qilinadi. Bu o‘z navbatida, muammoli jihatlarni topish va ularning o‘zaro
ta’siri
samaradorligini oshirish borasida yechimlarni taklif qilishga imkon beradi.
Ta’lim muassasalari, ish beruvchilar va abituriyentlar o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlar
professional kadrlar tayyorlash tizimi xizmatlariga talab va taklifni prognoz qilishga asoslangan
o‘zaro aloqalar orqali amalga oshiriladi.
Talab va taklif qonuni bozor mexanizmi bilan uzviy bog‘liq bo‘lib, bunda turli omillar
, shu
jumladan ish haqi, ya’ni mehnat narxi kabi dastaklar tartibga soluvchi sifatida maydonga chiqadi.
Talab va taklif qonuni kasbiy tayyorgarlik xizmatlari bozorida ham ustunlik qiladi, bu yerda taklif
birinchi navbatda o‘z narxiga ega bo‘lgan ta’lim xiz
matlari bilan ifodalanadi. Bunday xizmatlarga
bo‘lgan talabni aholi ifodalaydi, fuqarolar o‘zlari uchun maqbul narxda kerakli mahsulotni (ta’lim
xizmatlarini) tanlaydilar va kasbiy tayyorgarlik xizmatlari bozorida iste’molchiga aylanadilar.
Ushbu xulosa bandlikni rivojlantirish va kasbiy tayyorgarlik tizimi xizmatlariga talabning
o‘zaro ta’sirini aniqlashga xizmat qiluvchi mod
elni yaratishni taqozo qiladi.
Talab va taklif chizmalari asosida mehnat bozori ko‘rib chiqiladi va muvozanat nuqtasi
aniqlanadi. Key
inchalik, kasbiy tayyorgarlik tizimi xizmatlariga talab va taklif egri chizig‘i
yaratiladi. Bandlik darajasi va xizmatlarga
bo‘lgan talab o‘rtasida muvozanatni o‘rnatish uchun
ikkita bozorning (mehnat va professional kadralar tayyorlash xizmatlari) o‘zaro ta’siri ko‘rib
chiqiladi va chizmalar bir-
biri bilan bog‘lanadi.
O‘zaro ta’sir qiluvchi bozorlarda muvozanatga erishilganda, inson kapitalining to‘planishi
sodir bo‘ladi, chizmada ushbu maydon Ms va Xs nuqtalari orasidagi zonada joylashgan bo‘lib, unda
mu
mkin bo‘lgan bo‘sh ish o‘rinlari sonida ifodalanuvchi oliy o‘quv yurtlari tomonidan
mutaxassislarni tayyorlash shartlari is
h beruvchilarning kadrlarga bo‘lgan ehtiyojini qondiradi.
Adabiyotlar / Литература/ Reference:
Abduvoxidov A., Kamilova S. (2023) INSON KAPITALINING RAQAMLI RIVOJLANISHINI
BAHOLASH //Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil.
–
Т. 1. –
№. 2. –
С. 5
-14.
Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2024-yil, aprel
www.e-itt.uz
170
Farmon (2021)
O‘
zbekiston Respublikasi Prezidentining 13.07.2021 yildagi PF-6260-son
“Yoshlarni har tomonlama qo‘
llab-quvvatlash va ularning ijtimoiy faolligini yanada oshirishga oid
q
o‘
shimcha chora-tadbirlar t
o‘g‘risida”gi Farmoni, https://lex.uz/docs/5512119
Farmon (2023)
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 11.09.2023 yildagi “O‘
zbekiston-
2030”
strategiyasini tasdiqlash t
o‘g‘
risidagi PF-158 sonli Farmoni, https://lex.uz/docs/6600413
Farmon (2023)
O‘
zbekiston Respublikasi Prezidentining 26.04.2023 yildagi PF-61-sonli
“Yoshlarning bandligiga ko‘maklashish hamda ularni doimiy ish bilan ta’minlashga oid qo‘shimch
a
chora-tadbirlar t
o‘g‘risida”gi Farmoni,https://lex.uz/docs/6442039
Galbraith J. K. (1958) The affluent society. Boston: Houghton Mifflin Co.
Mirziyoyev Sh.M. (2023)
O‘
zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M. Mirziyoyevning BMT Bosh
Assambleyasi 78-sessiyasida s
o‘
zlagan nutqi,
https://president.uz/uz/lists/view/6679
Qaror (2020)
O‘
zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 07.08.2020 yildagi 466-son
“O‘
zbekiston R
espublikasida uzluksiz boshlang‘ich, o‘
rta va
o‘rta maxsus professional ta’lim tizimini
tartibga
soluvchi
normativ-huquqiy
hujjatlarni
tasdiqlash
t
o‘g‘risida”
Qarori,
Qaror (2020)
O‘
zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 15.05.2020 yildagi 287-son
“O‘zbekiston Respublikasida kasbiy malakalar, bilim va ko‘nikmalarni rivojlantirish milliy tizimi
faoliyatini tashkil etish choralari t
Абдувохидов А.А. (2021) Ислоҳотларнинг Ҳозирги Босқичида Тадбиркорликни
Ривожлантириш Аҳоли Фаровонлигини Оширишнинг Муҳим Асоси Сифатида //Barqaror
lik
va yetakchi tadqiqotlar onlayn ilmiy jurnali.
–
Т. 1. –
№. 6
.
–
С. 388
-399.
Бездудная А.Г., Низовцева Ю.А., Трейман М.Г.
(2018)
Инновационные образовательные
решения в области подготовки кадров по направлениям «менеджмент» и «экономика».
Учебное пособие/А.Г. Бездудная, Ю.А. Низовцева, М.Г. Тейман. –
СПб: СПбГЭУ, –
52 с.
Гневашева В.А.
(2012)
Развитие молодежного сегмента рынка труда на основе
формирования профессиональных компетенций через систему высшего профессионального
образования: дис. докт. экон. наук. 08.00.05/Гневашева Вера Анатольевна –
Москва,. –
362 С.
Зотов В.Н.
(2002)
Разработка стратегии и тактики маркетинговой деятельности
вузов на рынке образовательных услуг и научно–технической продукции: Автореферат.
к.э.н. М.: РЭА им. Г.В. Плеханова.
Колесников А.М., Антохина Ю.А., Храповицкая Е.М.
(2018)
Совершенствование
экономического механизма управления организационной структурой в сфере
образовательных услуг. Монография/ Ю.А. Антохина, А.М. Колесников, Е.М. Храповицкая. –
Санкт
-
Петербургский государственный университет аэрокосмического приборостроения
(Санкт
-
Петербург). –
с. 148.
Трофимов В.В., Барабанова М.И., Ильина О.И., Макарчук Т.А., Кияев В.И., Трофимова Е.В.,
Демченко С.А., Соколова Д.Ю., Газуль С.М.
(2018)
Информационно–образовательная среда
экономического вуза. Монография/В.В. Трофимов, М.И. Барабанова, О.И. Ильина и др. –
СПб.:
Изд–во СПбГЭУ, –
130 с.
Шорохов С.И.
(2014)
Взаимосвязь человеческого капитала и экономического роста в
регионах с различной производственной структурой /С, И. Шорохов//диссер. канд. экон.
Наук.:
