Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2024-yil, aprel
www.e-itt.uz
224
TADBIRKORLIK SUBYEKTLARI FAOLIYATINI BARQARORLIK
REYTINGI ASOSIDA RIVOJLANTIRISH ISTIQBOLLARI
PhD, dots.
Salimov Sherzod Baxtiyorovich
Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti
ORCID: 0000-0002-6131-7074
Annotatsiya.
Ushbu maqolada muallif davlat biznes faoliyatini boshqarish va tartibga
solish uchun soliqlardan qanday foydalanishini hamda “Tadbirkorlik subyektlarining barqarorlik
reytingi”ni biznes muhitining turli jihatlariga ta’sir ko‘rsatishini ko‘rib chiqamiz. Soliqlar
orqali
tadbirkorlik faoliyatini tartibga solish mexanizmlarini tushunish soliq siyosatining iqtisodiy
rivojlanish va ishbilarmonlik muhitini yaxshilashdagi ahamiyatini yaxshiroq tushunishga yordam
beradi.
Kalit so‘zlar
:
tadbirkorlik,
barqarorlik reytingi, JShDS, foyda solig’i, QQS, mezo
n,
rentabellik darajasi,
to‘lov intizomi, aholi bandligidagi o‘rni, ish haqi progressiv, proportsional,
budjet, to’lov, Soliq kodeksi, tendentsiya.
ПЕРСПЕКТИВЫ РАЗВИТИЯ ДЕЯТЕЛЬНОСТИ СУБЪЕКТОВ БИЗНЕСА
НА ОСНОВЕ РЕЙТИНГА УСТОЙЧИВОГО РАЗВИТИЯ
PhD,
доц.
Салимов Шерзод Бахтиёрович
Ташкентский государственный экономический университет
Аннотaция
.
В этой статье мы рассмотрим, как государство использует налоги
для управления и регулирования деловой активности, а также как “рейтинг
устойчивости хозяйствующих субъектов” влияет на различные аспекты деловой среды.
Понимание
механизмов
регулирования
предпринимательской
деятельности
посредством налогов поможет лучше понять значение налоговой политики в развитии
экономики и улучшении делового климата.
Ключевые слова:
предпринимательство, рейтинг устойчивости, НДФЛ, налог на
прибыль, НДС, критерий, норма прибыли, платежная дисциплина, роль в занятости
населения, заработная плата прогрессивная, пропорциональная, бюджетная,
платежная, Налоговый кодекс, тенденция.
PROSPECTS FOR THE DEVELOPMENT OF ACTIVITIES OF BUSINESS
ENTITIES BASED ON SUSTAINABLE DEVELOPMENT RATING
PhD, assoc. prof.
Salimov Sherzod Bakhtiyorovich
Tashkent State University of Economics
Abstract.
In this article, we will look at how the state uses taxes to manage and regulate
business activity, as well as how the “sustainability rating of business entities” affects various
aspects of the business environment. Understanding the mechanisms of business regulation
through taxes will help to better understand the importance of tax policy in economic development
and improving the business climate.
Keywords:
entrepreneurship, sustainability rating, income tax, VAT, criterion, profit
margin, payment discipline, role in employment, progressive wages, proportional, budgetary,
payment, Tax code, trend.
UO
‘
K: 338+334.75
IV SON - APREL, 2024
224-232
Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2024-yil, aprel
www.e-itt.uz
225
Kirish.
Hozirgi davrda zamonaviy iqtisodiyotda davlat ishbilarmonlik muhitini shakllantirish va
tartibga solishda muhim rol o‘ynaydi.
Buning uchun davlat tomonidan ishlatiladigan asosiy
vositalardan biri bu soliq siyosati orqali amalga oshiriladi. Soliqlar orqali tadbirkorlik
faoliyatini tartibga solish davlatning iqtisodiyotga ta’sirining samarali usuli hisoblanadi. Soliq
stavkalari va imtiyozlari davlat soliq stavkalarini o‘zgartirish orqali tadbirkorlik faoliyatini
tartibga solishi mumkin. Soliq stavkalarini oshirish yoki pasaytirish har xil turdagi
korxonalarning rentabelligiga ta’sir qilishi, ularning rivojlanishini rag‘batlantirishi yoki
cheklashi mumkin. Bundan tashqari, ayrim faoliyat turlari yoki muayyan sohalarga sarmoya
kiritadigan kompaniyalar uchun soliq imtiyozlarini berish ushbu tarmoqlarning rivojlanishini
rag‘batlantirishi va investitsiyalarni jalb qilishi mumkin.
Barqarorlik reytingini joriy qilish ahamiyati haqida davlat rahbarining tadbirkorlar bilan
ochiq muloqotida aytilgandi. Shundan so‘ng uni
ng mezonlari va tartib-tamoyillari ishlab
chiqildi. Reyting tadbirkorlar faoliyati uchun “o‘ziga xos rag‘bat” bo‘lishi qayd etilgan.
«Tadbirkorlar sinfi jamiyatda yetakchi kuchga aylanmoqda, yoshlar ularga qa
rab
intilmoqda. Endi ushbu reyting orqali tadbir
korlar o‘rtasida qonunlarga itoat qilish, intizomli
va harakatchan bo‘lishni rag‘batlantirish zarur. Buni joriy qilish va
samaradorligini
ta’minlashda Tadbirkorlikni qo‘llab
-
quvvatlash bo‘yicha jamoat kengashining o‘rni katta
bo‘lishi kerak» (
Mirziyoyev, 2024).
2024 yil 1 fevraldan boshlab tadbirkorlik sub’ektlarining barqarorlik reytingi joriy etiladi.
Reytingi yuqori bo‘lgan tadbirkorlar qo‘shimcha imtiyozlarga ega bo‘ladilar (
Qaror, 2024).
Adabiyotlar sharhi.
Tadbirkorlar reytingi borasida tadqiqot olib borgan va o‘z asarlarida o‘z fikrlarini
bildirgan olimlar ko‘p. Olimalarning ba’zilarini bildirgan fikrlarini ko’rib
chiqamiz:
Robert Solow (1988) o’zining "Growth Theory: An Exposition" (o'sish nazariyasi:
ekspozitsiya) asarida iqtisodiy o'sishga ta'sir etuvchi omillarini tadbirkorlarning roli va
ularning barqarorligini bo’yicha o'rganadi.
Uilyam Baumol (1996) tadbirkorlik nazariyasi bo'yicha olib borgan tadqiqotlarida
Baumol tadbirkorlik faoliyatining iqtisodiy rivojlanish va innovatsiyalar uchun ahamiyatiga
e'tibor qaratadi.
Jeffrey Timmons (1989) "Barqaror tadbirkorlik" kontseptsiyasining muallifi bo’lib,
biznesning muvaffaqiyati tadbirkorning o'zgaruvchan bozor sharoitlariga moslashish va
to'siqlarni yengib o'tish qobiliyatiga bog'liq deb hisoblaydi.
Toivonen, Korhonen, & Jussila, (2019) "Barqarorlik va tadbirkorlik: bibliometrik sharh
va tadqiqot kun tartibi." maqolasida barqaror tadbirkorlik sohasidagi ilmiy adabiyotlarni tahlil
qiladi va keyingi tadqiqotlar uchun tadqiqot dasturini taklif qiladi.
Kuckertz & Wagner (2010) "Barqaror tadbirkorlik ko'rsatkichlarining tizimli adabiyot
sharhi" asarida barqaror tadbirkorlik ko'rsatkichlari va uning samaradorligini baholash
bo'yicha adabiyotlarni tizimli ko'rib chiqishni taqdim etadi.
Kraus, Clauss, Breier, Gast, Zardini, Tiberius & Brem (2019) "Tadbirkorlik yo'nalishi va
barqaror rivojlanish: konfiguratsiya yondashuvi" maqolasida tadbirkorlik yo'nalishi va
barqarorlik o'rtasidagi bog'liqlikni ya’ni
baholash va o'lchash masalalarini ko'rib chiqishgan.
Tadqiqot metodologiyasi.
Maqolada Tadbirkorlik subyektlari faoliyatini barqarorlik reytingi asosida rivojlantirish
istiqbollarini mamlakatlarning iqtisodiy faoliyatiga ta’sirini aniqlash uchun
qiyosiy tahlil va
matematik modellashtirish usullaridan foydalanilgan.
Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2024-yil, aprel
www.e-itt.uz
226
Tahlil va natijalar muhokamasi.
Tadbirkorlik subyektlarining barqarorlik reytingiga ko‘ra, tadbirkorlar faoliyat davri,
rentabellik darajasi, to‘lov intizomi, aholi bandligidagi o‘rni
va ish haqi kabi 23ta mezon asosida
4ta toifaga ajratiladi.
Barqarorlik reytingi soliq, adliya va sud organlari ma’lumotlari asosida
shakllanadi. Har bir tadbirkor o‘z o‘rni va bahosini real vaqtda bilib borishi mumkin bo‘ladi.
Reyting natijalari Savdo-sanoat palatasi say
tida e’lon qilinadi.
1-
rasm. Tadbirkorlik sub’ektlarining barqarorlik reytingi ko‘rsatkichlari
63
Reytingi yuqori tadbirkorlar uchun barcha soliq tekshiruvlari bekor bo‘ladi, QQS summasi
bir kunda va boshqa soliq turlari
bo‘yicha ortiqcha to‘lov uch kun
da qaytarib beriladi.
Tovarlarni import qilishda va sotishda QQSni bojxona va soliq organlarida o‘zaro hisobga olish
imkoniyati yaratiladi.
Auksionda olingan davlat aktivlari va yer uchastkalari qiymatini bo‘lib to‘lash mudd
ati 3
yildan 5 yilgacha uzaytiri
ladi. Bunda kamida 15% miqdorida dastlabki to‘lovni biryo‘la amalga
oshirganda, qolgan summaga yillik foizlar hisoblanmaydi.
1-jadval
Reyting natijalariga ko‘ra tadbirkorlarning toifalarga bo‘linishi
64
63
Muallif ishlanmasi
64
Muallif ishlanmasi
Reyting natijalariga
ko'ra tadbirkorlar
quyidagi toifalarga
bo'linadi
yuqori
barqarorlik
reytingi
«AAA», «AA» va
«A»
o‘rtacha
barqarorlik
reytingi;
«BBB», «BB» va
«B»
qoniqarli
barqarorlik
reytingi
«CCC», «CC» va
«C»
past barqarorlik
reytingi
«D»
YUQORI BARQARORLIK REYTINGI
AAA
100-96 ball
AA
95-91 ball
A
90-86 ball
O‘RTACHA BARQARORLIK REYTINGI
BBB
85-76 ball
BB
75-66 ball
B
65-56 ball
QONIQARLI BARQARORLIK REYTINGI
CCC
55-51 ball
CC
50-36 ball
C
35-26 ball
QUYI (PAST) BARQARORLIK REYTINGI
D
25 ballgacha
Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2024-yil, aprel
www.e-itt.uz
227
Reyting natijasida tadbirkorlar faoliyatiga soliqchilar emas, elektron tizim baho beradi.
Kelgusida subsidiya, imtiyoz va preferensiyalar reytingdan kelib chiqib beriladi. Ko‘rsatkichi
past bo‘lganlar intizomli tadbirkorlar safiga kirish va ko‘proq imkoniyatga ega bo‘lish uchun
harakat qiladi.
Reyting avtomatik ravishda (onlayn) Soliq qo‘mitasining «Tabdirkorlarning barqarorlik
reytingi» elektron platformasida shakllantiriladi. Baholash tadbirkorlik sub’ektining
qonunchilik talablariga rioya qilinishi to‘g‘risidagi ma’lumotlarga asoslanadi. Ushbu ma’lumot
idoralararo ma’lumotlar almashinuvi orqali platformaga kelib tushadi. Reytingni yuritish
tartibi Vazirlar Mahkamasi tomonidan bir haftalik muddat ichida belgilanadi.
Aylanmadan olinadigan soliq to‘lovchilari «AA» toifasidan yuqori bo‘lmaga
n baho
olishlari mumkin.Reyting natijalari har kuni tadbirkorning shaxsiy kabinetiga va Savdo-sanoat
palatasining rasmiy veb-saytiga joylashtirib boriladi. Tadbirkorga past bahoning sabablari va
uni qanday yaxshilash haqida ma’lumot beriladi.
Tadbirkor Sol
iq qo‘mitasiga murojaat qilib, baho ustidan shikoyat qilishi mumkin.
Arizalar 1 kun ichida ko‘rib chiqiladi. Reytingi yuqori tadbirkorlar rag‘batlantiriladi. Bunda
reytingi past tashkilotlar uchun jarimalar nazarda tutilmagan.
ААА
“ААА”
r
eytingga ega bo‘lgan tadbirkorlik sub’ektlari faoliyatida soliq tekshiruvlari
o‘tkazilmaydi (qo‘zg‘atilgan jinoiy ishlar doirasida o‘tkaziladigan tekshiruvlar mustasno),
shuningdek us
hbu sub’ektlarga qo‘shilgan qiymat solig‘i summasi o‘rnini qo
plash
(qaytarish) bir kun muddatda tekshiruvlarsiz amalga oshiriladi.
AA
“AA” va undan yuqori reytingga ega bo‘lganlarda:
4 va 5-
toifadagi tumanlarda faoliyat yuritayotgan «AA» va undan
yuqori toifadagi tadbirkorlik
sub’ektlariga bo‘lib
-
bo‘lib to‘lash sharti bilan sotilgan davlat aktivlari va qishloq xo‘jaligiga
mo‘ljallanmagan yer uchastkalari bo‘yicha kamida 15 foiz miqdoridagi dastlabki to‘lov bir yo‘la
amalga oshirilganda qolgan summaga Markaziy bankning asosiy stavkasi miqdorida yillik foizlar
hisobla
nmaydi hamda bo‘lib
-
bo‘lib to‘lash muddati 5 yilgacha uzaytiriladi.
A
“A” va undan yuqori reytingga ega bo‘lgan tadbirkorlik subyektilariga:
barcha
soliq turlari bo‘yicha (qo‘shilgan qiymat solig‘i bundan mustasno) mavjud ortiqcha to‘lov
summasini qaytarish uch kun muddatda amalga oshiriladi;
tovarlarni import qilishda va tovarlarni (xizmatlarni) realizatsiya qilishda to‘lanadigan qo‘shilgan
qiymat solig‘i summalarini o‘zaro
hisobga olish imkoniyatini beruvchi tartib tatbiq etiladi.
Misol uchun, 2023 yilning 4-
choragining o‘zida “A” va undan yuqori reytingga ega bo‘lgan
9361 ta korxonadan 1201 tasini 356,4 mlrd so‘m hisobga olinishi mumkin bo‘lgan ortiqcha
to‘lovi mavjud bo‘lgan.
2-rasm. Barqarorlik reytingidagi yuqori ko
‘
rsatkichga ega bo
‘
lgan tadbirkorlik
sub
’
ektlariga quyidagi rag
‘
batlantirish choralari joriy etiladi
65
Eng yuqori bahoni olgan va
«
AAA
»
toifasiga kiritilgan tadbirkorlar:
•
soliq
tekshiruvlaridan ozod qilinadi (jinoiy ishlar doirasida o‘tkaziladigan tekshiruvlar
bundan mustasno);
•
QQS su
mmasi o‘rnini qoplash (qaytarish) bir kunda tekshiruvlarsiz amalga oshiriladi.
4 va 5-
toifadagi tumanlarda faoliyat yuritayotgan «AA» va undan yuq
ori toifaga kiritilgan,
bo‘lib
-
bo‘lib to‘lash sharti bilan davlat aktivlari va qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanm
agan yer
uchastkalarini sotib olgan va kamida 15 foiz miqdorida dastlabki to‘lovni bir yo‘la amalga
oshirgan tadbirkorlik sub’ektlariga nisbatan:
•
qolgan summaga Markaziy bankning asosiy stavkasi miqdorida yillik foizlar
hisoblanishidan ozod qilish;
•
bo‘
lib-
bo‘lib to‘lash muddatini 5 yilgacha uzaytirish huquqini berish ko‘zda tutilgan.
«A» va undan yuqori toifadagi tadbirkorlik sub’ektlariga:
•
so
liqlar bo‘yicha (QQS bundan mustasno) ortiqcha to‘lov summasini 3 kunlik
muddatda qaytarishadi;
65
Muallif ishlanmasi
Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2024-yil, aprel
www.e-itt.uz
228
•
tovarlarni i
mport qilishda va tovarlarni (xizmatlarni) realizatsiya qilishda to‘lanadigan
QQS summalarini o‘zaro hisobga olish tartibini qo‘llash huquqi
beriladi. Ushbu imtiyozlar ustav
kapitalida davlat ulushi 50% va undan ko‘proqni tashkil qiladigan davlat korxonal
ari hamda
yuridik shaslarga nisbatan tadbiq qilinmaydi.
Tadbirkorlik subyektlarining barqarorlik reytingi[2] qarorga asosan Vazirlar
Mahkamasining 2024-yil 30-
yanvardagi “Tadbirkorlik subyektlarining barqarorlik reytingini
aniqlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi 55
-son qarori qabul qilindi. Bunda,
tadbirkorlik subyektlari faoliyatini baholash 3 xil koʻrsatkichga boʻlinib, 23
ta baholash mezoni
tasdiqlandi:
–
umumiy koʻrsatkichlar;
–
ballarni kamaytiruvchi koʻrsatkichlar;
–
qoʻshimcha ball beruvchi koʻrs
atkichlar.
2-jadval
Umumiy mezonlar
66
Mezon
Ballar
1
Kompaniya ro‘yxatdan o‘tgan sanadan boshlab
ishlash muddati (bekor turib qolish vaqti hisobga
olinmaydi)
Har bir yil uchun 2 ball (5 yil va undan ko‘proq –
10 ball)
2
EBITDA bo‘yicha
rentabellik darajasi (foizlar,
soliqlar, eskirish va amortizatsiya chegirmasidan
oldingi foyda), hisobot xalqaro standartlar bo‘yicha
hisobga olinadi
25−50
%
–
plyus 2;
50−70
%
–
plyus 5;
70
% dan ko‘proq –
plyus 10
3
Ko‘chmas mulk ob’ektlari yoki yer u
chastkalarining
mavjudligi, foydalaniladigan yer uchastkalari (shu
jumladan
uzoq muddatli ijaradagi qishloq xo‘jaligi
yerlari), shuningdek mulk huquqi yoki ijara
huquqidagi ko‘chmas mulk
ijarada
–
plyus 7;
mulkida
–
plyus 10.
agar mavjud bo‘lmasa, shuning
dek tadbirkor
ko‘rsatilgan manzilda harakat qilmasa
–
minus 5
4
Bitta xodimning mehnatga haq to‘lash
jamg‘armasidagi ulushning
soha bo‘yicha o‘rtacha
ko‘rsatkichiga nisbati
kamida 25 %
–
plyus 2;
25−50 % –
plyus 4;
50−75 % –
plyus 6;
75−99 % –
plyus 8;
100 % va ko‘proq
–
plyus 10,
agar ish haqi mehnatga haq to‘lashning eng kam
miqdoridan kam bo‘lsa, u holda
–
minus 5 ball
5
Soliq hisobotlarini o‘z vaqtida taqdim qilish
O‘z v
aqtida
–
plyus 10;
agar kechikish bilan yoki umuman taqdim
qilinmasa
–
plyus 0
6
Hisoblangan soliqlarni o‘z vaqtida to‘lash (har bir oy
kesimida)
O‘z vaqtida
–
plyus 10;
agar kechikish bilan yoki umuman
to‘lanmasa –
0
7
To‘lov yoki inkasso topshiriqnom
asi asosida
hisoblangan soliqlarni to‘lash
plyus 10 (agar inkasso orqali bo‘lsa, unda
reyting 5 ballaga kamayadi)
8
Belgilangan muddatlarda (summaning EHF
aylanmasiga nisbati) tovarlarni yetkazib
berish,
xizmatlar ko‘rsatish, ishlarni
bajarish
uchun elektron hisobvaraq-fakturani (EHF)
rasmiylashtirish
kamida 25 %
–
plyus 1;
25−50 % –
plyus 2;
50−75 % –
plyus 5;
75−99 % –
plyus 7;
100 %
–
plyus 10
9
O‘sha yili EHF bo‘yicha sotib olingan tovarla
r yoki
xom ashyoni (shu jumladan import qilinganlarni)
realizatsiya qilish (eksport qilish);
tovarlar va xom ashyoni sotib olish va sotish nisbati
50−70 % –
plyus 5;
70 %dan ko‘proq –
plyus 10;
agar sotib olingan tovar va xom ashyolarning 70
%i qoldiqda saqlansa, u holda minus 5
10
Soliq organlarining avvaldan tekshirish tahlili
paytida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish
Xatolarni ixtiyoriy tarzda bartaraf etish
–
plyus 7;
kamchiliklar yo‘q
–
plyus 10;
tuzatilmagan yoki kamchiliklar haqida izoh
yo‘q –
minus 5
66
Muallif ishlanmasi
Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2024-yil, aprel
www.e-itt.uz
229
Umumiy koʻrsatkichlar oʻz ichiga 10 ta mezonni
oladi va bunda, tadbirkorlik subyektlari
tomonidan maksimal 100 ball olinadi, shuningdek, umumiy koʻrsatkichlarga quyidagi mezonlar
kiradi:
–
tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish davomiyligi;
–
EBITDA boʻyicha rentabellik darajasi;
Maʼlumot uchun: EBITDA boʻyicha rentabel
lik darajasi tadbirkorlik subyektining
sof foydasiga foiz toʻlovlari, asosiy vositalar va nomoddiy aktivlar amortizatsiyasi,
hisoblangan foyda soligʻi summasi qoʻs
hilib, tovarlarni (xizmatlarni) sotishdan sof tushumga
boʻlish va 100ga koʻpaytirish orqali aniqlanadi.
–
yer uchastkalari va (yoki) koʻchmas mulk obyektlari mavjudligi;
–
bir nafar xodimga toʻgʻri keladigan ish haqi jamgʻarmasi;
–
soliq hisobotlarining belgilangan muddatlarda taqdim etilishi;
–
hisoblangan soliqlarning belgila
ngan muddatlarda toʻlanishi;
–
hisoblangan soliqlarning toʻlov topshiriqnomasi orqali toʻlanganligi;
–
elektron hisobvaraq-fakturalarni qonunchilikda belgilangan muddatlarda
rasmiylashtirish holati;
–
elektron hisobvaraq-fakturalar orqali xarid qilingan tovarlar realizatsiyasi;
–
soliq organlari tekshiruvidan oldingi tahlil natijasida aniqlagan kamchiliklarning
bartaraf etilish holati.
3-jadval
Pasaytiruvchi mezonlar
67
Mezon
Ballar
1
Oxirgi 12 oy ichida kompaniyaning ish joyini (pochta
manzilini) uch yok
i undan ko‘p marta o‘zgartirish
minus 5
2
So‘nggi 12 oy ichida kompaniya rahbarining uch yoki
undan ko‘p marta almashishi
minus 5
3
So‘nggi 3 yil ichida kompaniya
rahbari yoki
ta’sischisining sudlanganligi yoki bankrotligi
minus 5
4
Ilgari taqdim qilingan soliq hisobotiga tuzatish kiritish
Tuzatish uchun minus 1 ball (maksimum 5)
5
QQS to‘lovchisi guvohnomasining to‘xtatilishi yoki bekor
qilinishi
minus 10
6
Mol-mulk hisobiga soliq qarzdorligini undirish (jarima
to‘lov qilingandan keyin yechiladi)
minus 5
7
Soliqlar bilan bog‘liq qonunbuzilishlar uchun
javobgarlikka tortish
ma’muriy
–
minus 2;
jinoiy
–
minus 5
8
MXIKdan noto‘g‘ri foydalanish
(oyiga kamida 2 marta)
minus 5
9
Kreditorlik qarzlarini undirish bo‘yicha sud jarayoni (12
oy ichida ikki yoki undan ortiq marta)
minus 10
Ballarni kamaytiruvchi ko
ʻ
rsatkichlar o
ʻ
z ichiga 9 ta mezonni oladi va bunda, tadbirkorlik
subyektlari tomonidan maksimal 55 ball chegiriladi. Ballarni kamaytiruvchi ko
ʻ
rsatkichlar
quyidagilar kiradi:
–
joylashgan joy (pochta manzili) o
ʻ
zgarishi ko
ʻ
rsatkichi;
–
tadbirkorlik subyekti rahbarining qo
ʻ
nimsizligi;
–
tadbirkorlik subyekti ta
ʼ
sischisi yoki rahbarining ishonchsizligi ko
ʻ
rsatkichi;
–
taqdim etilgan soliq hisobotlariga soliq to
ʻ
lovchining o
ʻ
zi tomonidan mustaqil
tuzatishlar kiritilishi ko
ʻ
rsatkichi;
–
qo
ʻ
shilgan qiymat solig
ʻ
i to
ʻ
lovchisining maxsus guvohnomasi holatini baholash
ko
ʻ
rsatkichi;
–
soliq qarzini mol-
mulk hisobidan undirish koʻrsatkichi;
67
Muallif ishlanmasi
Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2024-yil, aprel
www.e-itt.uz
230
–
soliqqa oid huquqbuzarliklar uchun maʼmuriy va jinoiy javobgarlik ch
oralari
qoʻllanilganligi koʻrsatkichi;
–
mahsulotlar (tovar va xizmatlar) identifikatsiya kodlaridan notoʻgʻri foydalanish
holat
ini baholash koʻrsatkichi;
–
tadbirkorlik subyektlarining kreditorlik qarzdorligi mavjudligi koʻrsatkichi.
Qoʻshimcha ball beruvchi koʻrsatkichlar oʻz ichiga 4 ta ragʻbatlantiruvchi mezonni oladi
hamda ushbu mezonlar asosida tadbirkorlik subyektlari tomoni
dan qoʻshimcha yana 45 ball
olish imkoniyati beriladi. Ushbu mezonlarga quyidagilar kiradi:
–
ijtimoiy himoyaga muhtoj shaxslar
bandligini taʼminlash koʻrsatkichi;
–
mehnatga haq toʻlashning eng kam miqdoridan ortiq ish haqi toʻlanayotgan xodimlar
sonining
ortishi koʻrsatkichi;
–
qoʻshilgan qiymat soligʻi boʻyicha hisoblangan soliq summasining tegishli sohaga oid
oʻrtacha koʻrsatki
chi;
–
aylanmadan olinadigan soliq boʻyicha hisoblangan soliq summasining tegishli sohaga
oid oʻrtacha koʻrsatkichi.
4-jadval
R
ag‘batlantiruvchi mezonlar
68
Mezon
Ballar
1
Xodimlar orasida ehtiyojmand shaxslar ulushi (Ijtimoiy himoya
yagona reestrida, «temir», «ayollar», «yoshlar» daftarlarida),
shuningdek nogironligi bo‘lgan shaxslar
10−20 % –
plyus 5;
20 % dan ko‘proq –
plyus 10
2
MHTEKMdan yuqori ish haqi oladigan xodimlar sonining yillik
o‘sishi (yangi kompaniyalar uchun o‘sish sur’ati o‘tgan oyga ni
sbatan
ikkinchi oydan hisoblanadi)
1−10 % –
plyus 2;
10−20 % –
plyus 4;
20−30 % –
plyus 6;
30−40 % –
plyus 8;
40−50% –
plyus 10;
50%dan ortiq
–
plyus 15
3
Agar to‘langan QQS summasi sohaning o‘rtacha ko‘rsatkichidan 1,1
baravar yuqori bo‘lsa yoki eksport
daromadlari umumiy
daromadning kamida 50 foizini tashkil etsa (QQS to‘lovchilari uchun
–
oyiga BHMning kamida 10 baravari miqdorida)
plyus 10
4
Agar
aylanmadan to‘langan soliq summasi soha bo‘yicha o‘rtacha
ko‘rsatkichdan 1,1 baravar yuqori bo‘lsa yoki ek
sport daromadlari
umumiy daromadning kamida 50 foizini tashkil etsa (QQS
to‘lovchilari uchun –
oyiga BHMning kamida 10 baravari miqdorida,
aylanmadan soliq to‘lovchilar uchun oyiga BHMning kamida 1
baravari miqdorida)
plyus 10
Tadbirkorlik barqarorlik reytingini joriy qilishdan maqsad
–
respublikamiz hududida
faoliyat yuritayotgan tadbirkorlarda soliq madaniyatini shakllantirish, ishonchli tadbirkorlarni
aniqlash, soliqqa va tashqi iqtisodiy faoliyatga oid huquqbuzarliklarni profilaktika qilish,
qonunga
amal qilayotgan tadbirkorlarni qoʻshimcha ragʻbatlantirish hamda tadbirkorlarni
huquqiy va iqtisodiy savodxonligini oshirish hisoblanadi.
Bundan tashqari, reyting tadbirkorlarga o‘z hamkorlari to‘g‘risida ishonchli ma’lumot
beruvchi himoya tizimiga aylanad
i. Ya’ni, shubhali shartnomalar va insofsiz raqobatga chek
qo‘yilib, “yashirin” iqtisodiyot qisqaradi
.
Tadbirkorlarning barqarorlik reytingini o'rganish va baholash ularning iqtisodiyot va
biznes muhitini rivojlantirishdagi rolini tushunish uchun muhimdir. Bunday baholash natijalari
o'zgarishlar va qiyinchiliklar sharoitida barqaror rivojlanishga qodir bo'lgan muvaffaqiyatli
68
Muallif ishlanmasi
Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2024-yil, aprel
www.e-itt.uz
231
tadbirkorlarni aniqlashga yordam beradi, shuningdek, turli sanoat va mintaqalarda barqarorlik
darajasiga ta'sir etuvchi omillarga e'tiborni qaratadi.
Aniq natijalarni taqdim etish uchun tadbirkorning moliyaviy holati, uning boshqaruv
ko'nikmalari, innovatsion salohiyati, tarmoq aloqalari, bozor o'zgarishlariga moslashish va
boshqalar kabi turli omillarni hisobga olish kerak. Tadbirkorlarning barqarorlik reytingi
potentsial investorlar va hamkorlar uchun ham, tadbirkorlarning o'zlari uchun ham foydali
bo'lishi mumkin, bu ularga kuchli va zaif tomonlarini yaxshiroq tushunish va yaxshilashga
yordam beradi.
Xulosa va takliflar.
Xulosa qilib shuni ta'kidlash mumkinki, biznesning moliyaviy, operatsion va strategik
ishonchliligini baholash vositasi sifatida tadbirkorlarning barqarorligi reytingi ahamiyatlidir.
Ushbu reyting investorlarga, kreditorlarga va boshqa manfaatdor tomonlarga tadbirkorlar va
ularning kompaniyalari bilan o'zaro aloqalar to'g'risida ongli ravishda qaror qabul qilishga
imkon beradi. Tadbirkorlar ushbu reytingdan o'zlarining biznes amaliyotlarini yaxshilash,
investitsiyalar va hamkorlikni jalb qilish uchun foydalanishlari mumkin.
Reytingni tuzish moliyaviy barqarorlik, biznesni diversifikatsiya qilish, xatarlarni
samarali boshqarish, innovatsiya va moslashuvchanlik, obro ' va ishonch, ijtimoiy mas'uliyat va
menejment kabi bir qator mezonlarga asoslanadi. Ushbu mezonlar bo'yicha yuqori
ko'rsatkichlarga ega bo'lgan tadbirkorlarni potentsial investorlar va sheriklar uchun yanada
ishonchli va jozibali deb hisoblash mumkin.
Tadbirkorlarning barqarorlik reytingidan olingan topilmalar turli manfaatdor tomonlar,
jumladan investorlar, kreditorlar, hamkorlar va hatto tadbirkorlarning o'zlari uchun mazmunli
bo'lishi mumkin. Ushbu reyting biznesning moliyaviy va operatsion barqarorligini, uning
iqtisodiy muhitdagi o'zgarishlarga moslashish qobiliyatini, xatarlarni samarali boshqarish va
boshqa muhim jihatlarni baholashga yordam beradi.
Shunga qaramay, shuni yodda tutish kerakki, tadbirkorlarning barqarorlik reytingi
shunchaki baholash vositasidir va biznes bilan o'zaro munosabatlar to'g'risida qaror har doim
mavjud bo'lgan barcha omillar va sharoitlarni har tomonlama tahlil qilish asosida qabul
qilinishi kerak. Shuningdek, reytinglar vaqt o'tishi bilan biznes muhitidagi o'zgarishlar va
tadbirkorning strategiyasiga qarab o'zgarishi mumkinligini hisobga olish kerak.
Umuman olganda, tadbirkorlarning barqarorlik reytingi barqaror va gullab-
yashnayotgan biznes muhitini rivojlantirish uchun asosli qarorlar qabul qilish va biznes bilan
o'zaro aloqada xavflarni minimallashtirish uchun foydali vositadir.
Adabiyotlar/Литература/Reference:
Jeffry A. Timmons (1989) The Entrepreneurial Mind. Brick House Publishing Company, ISBN
0931790840, 9780931790843, pages 187
Kraus, S., Clauss, T., Breier, M., Gast, J., Zardini, A., Tiberius, V., & Brem, A. (2019).
"Entrepreneurial orientation and sustainable development: A configuration approach." Journal of
Business Research, 99, 314-324.
Kuckertz, A., & Wagner, M. (2010). "A Systematic Literature Review of Sustainable
Entrepreneurship Metrics." Journal of Business Venturing Insights, 14, 1-14.
Mirziyoyev Sh. (2024) 2024 yil 5 yanvar kuni Shavkat Mirziyoyev tadbirkorlarning
barqarorlik reytingi
ni joriy qilish bo‘yicha taqdimot bilan tanishtirilishdagi nutqidan
O‘zbekiston Respublikasining “Soliq kodeksi” (yangi tahriri)
, 2019-yil 30-dekabr.
–
402 bet.
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024
-yil 30-
yanvardagi “Tadbirkorlik
subyektla
rining barqarorlik reytingini aniqlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi
55-son qarori
Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2024-yil, aprel
www.e-itt.uz
232
Qaror (2024) Oʻzbekiston
Respublikasi Prezidentining 2024-yil 23-yanvardagi
“Tadbirkorlik subyektlarining barqarorlik reytingini joriy etish chora
-tadbi
rlari toʻgʻrisida”gi 39
-
son qarori
Robert M. Solow (1988) "Growth Theory: An Exposition". Oxford University Press, ISBN
0195056094, 9780195056099109 page
Toivonen, M., Korhonen, J., & Jussila, J. J. (2019). "Sustainability and entrepreneurship: A
bibliometric review and research agenda." Sustainability, 11(9), 2681.
William J. Baumol, (1996) “Entrepreneurship: Productive, unproductive, and destructive”,
Journal of Business Venturing, Volume 11, Issue 1, Pages 3-22, ISSN 0883-
9026,https://doi.org/10.1016/0883-9026(94)00014-X.
https://www.sciencedirect.com/science/article/pii/088390269400014X
