Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2024-yil, iyul
www.e-itt.uz
66
MARKAZIY OSIYODAGI AYRIM MAMLAKATLARDA ISLOMIY BANK TIZIMI
QONUNCHILIK ASOSINI YARATISHNING OʻZIGA XOS JIHATLARI
PhD
Joʻrayev Botirxoʻja
“Uzbek Leasing International AO”
lizing kompaniyasi
ORCID: 0000-0002-5630-5853
Annotatsiya
:
Ushbu maqolada jahon moliya bozorida oʻz oʻrniga ega boʻlib borayotgan va
barqaror oʻsish surʼatlarini namoyon etgan i
slomiy banklar uchun qonunchilik asosini
yaratishning ayrim mamlakatlardagi tajribasi oʻziga xos jihatlari koʻrib chiqilgan. Davlat tuzili
shi
Oʻzbekistonga yaqin boʻlgan, demokratik tizimni iroda qilgan Tojikiston hamda Qozogʻiston
singari qoʻshni davlatl
ar hamda bu boradagi jahon tajribasiga doir ilmiy mulohazalar bayon
etilgan. Islomiy bank qonunchilik asosini yaratishga kirishgan mamlaka
t eʼtibor berishi lozim
boʻlgan ayrim nuqtalar yoritib berilgan. Yetakchi mamlakatlarda qonunchilikka kiritilgan bu
bo
radagi oʻzgarishlar qanday samara berayotgani tadqiq etilgan.
Kalit soʻzlar
:
islomiy moliya, islomiy banklar, ribo, moliya bozori, investitsiyaviy depozit,
sherikchilik, islomiy kredit, islomiy darcha, qonunchilik, ijara, islomiy kredit tashkilotlari.
ОСОБЕННОСТИ СОЗДАНИЯ ПРАВОВОЙ ОСНОВЫ ИСЛАМСКОЙ БАНКОВСКОЙ
СИСТЕМЫ В ОТДЕЛЬНЫХ СТРАНАХ ЦЕНТРАЛЬНОЙ АЗИИ
PhD
Жўраев Ботирхўжа
Лизинговая компания
“Uzbek Leasing International AO”
Аннотация:
В данной статье рассматриваются уникальные аспекты опыта
некоторых стран по созданию правовой базы для исламских банков, которые завоевали
своё место на мировом финансовом рынке и показали стабильные темпы роста.
Представлены научные комментарии к опыту соседних стран, таких как Таджикистан
и Казахстан, чья система государственного управления близка к Узбекистану и которые
хотят демократического строя. Выделены некоторые моменты, на которые следует
обратить внимание стране, приступившей к созданию правовой базы исламского
банкинга. Проведено исследование влияния законодательных изменений в ведущих
странах.
Ключевые слова
:
исламские финансы, исламские банки, ростовщичество,
финансовый рынок, инвестиционный вклад, партнерство, исламский кредит, исламское
окно, законодательство, иджара, исламские кредитные организации.
UO
‘
K: 336.717
VII SON - IYUL, 2024
66-73
Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2024-yil, iyul
www.e-itt.uz
67
FEATURES OF CREATION OF A LEGAL FRAMEWORK FOR THE ISLAMIC
BANKING SYSTEM IN SELECTED CENTRAL ASIA COUNTRIES
PhD
Botirhoja Jurayev
Leasing company “Uzbek Leasing International AO”
Abstract:
This article examines the unique aspects of the experience of some countries in
creating a legal framework for Islamic banks, which have gained their place in the global financial
market and have shown stable growth rates. Scholarly commentary is presented on the
experiences of neighboring countries such as Tajikistan and Kazakhstan, whose systems of
government are similar to those of Uzbekistan and which want a democratic system. Some points
are highlighted that should be paid attention to by a country that has begun to create a legal
framework for Islamic banking. A study was conducted of the impact of legislative changes in
leading countries.
Key words
:
Islamic finance, Islamic banks, usury, financial market, investment deposit,
partnership, Islamic credit, Islamic window, legislation, Ijarah, Islamic credit organizations.
Kirish
.
Islomiy bank tizimi
–
islom fiqhi yoki shariat qonunlari asosida faoliyat yuritish va ishlash
tamoyiliga ega bank tizimidir. Yaʼni bankning barcha amaliyotlari, masalan, depozit
omonati
yoki moliyalashtirish bilan bogʻliq amaliyotlar xam shariat tamoyillariga muvofiq boʻlishi lozim.
Bu bankning boshqa amaliyotlari: pul oʻtkazm
alari, kafolat xatlari, akkreditivlar va chet el
valyutasini sotish kabi amaliyotlariga nisbatan xam oʻz taʼsirini koʻrsatadi. Islomiy banklarning
anʼanaviy banklardan farq qiladigan eng asosiy jihati ular amaliyotlarida islomda man qilingan
–
ribo (sudxoʻ
rlik) unsurlarining mavjud emasligidir (Xaron, Azmi, 2014).
Bank tizimi oʻzining vositachilik vazifalarini bajarish yoʻlida, jamiyatdagi moliyaviy
resurslarni jalb etish va ularni qarz mablagʻi sifatida qayta yoʻnaltirish orqali, iqtisodiy
taraqqiyotni ra
gʻbatlantirishda muhim rol oʻynaydi. Islomiy banklar ham innovatsion
moliyalashtirish usullarini oʻziga jo etib, jahon moliya bozorida oʻz oʻrniga ega boʻlib bormoqda.
Islomiy moliyaning eng yirik boʻgʻini sanalgan islomiy bankchiligi ham anʼanaviy ba
nk
tizimining muqobili sifatida yashovchanligini koʻrsatdi va bozordagi oʻz ulushini muttasil
oshirib bormoqda. Ularning faoliyati anʼanaviy banklardan butkul farq qiladi, islomiy banklar
moliyaviy vositachi va savdo agenti sifatida ham ish olib boradi. An
ʼ
anaviy banklarga nisbatan
ishlab chiqarish va vositachilik faoliyatiga oʻziga xos kreativ yondashuvi, islomiy banklarning
iqtisodiy jihatdan samarali ekanligi musulmon iqtisodchilar tomonidan ilmiy jihatdan asoslab
berilgan. Islomiy banklarning savdoda
gi sherik sifatida oʻz mijozlari bilan munosabati
voqelikda iqtisodiy faoliyatni ragʻbatlantiradi, bu iqtisodiy oʻsish uchun muhim omillardan
hisoblanadi.
XX asrning yakuniga kelib, islomiy banklarning barqaror surʼatlarda rivojlanishi
moliyaviy dunyoda yangi munozaralarni paydo qildi. Bir nechta tadqiqotlar islomiy
banklarning samarali va barqaror ekanligi, aktivlari sifati yuqoriligi, xarajatlar va kredit
xatarini kamaytirish nuqtai-
nazaridan samaraliroq ekanligini koʻrsatdi.
Adabiyotlar sharhi.
XX asrn
ing ikkinchi yarmida jahon moliya bozorida bank xizmati koʻrsatishning anʼanaviy
shaklidan farqli boʻlgan islomiy bank xizmatlari taqdim etildi. Dastlabki islomiy bank Misrdagi
“Mit Gamr” jamgʻarma banki boʻlib, u 1963
-
yilda oʻz faoliyatini boshladi. B
u islomiy bankchilik
tarixidagi eng muhim voqealardan biri boʻldi. Bank jamgʻarma va kredit hisob varaqlarini
ochish, hissadorlik kapitalida ishtirok etish, bevosita investitsiyalar va ijtimoiy xizmatlar
koʻrsatish boʻyicha oʻz xizmatlarini taklif eta bos
hladi.
Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2024-yil, iyul
www.e-itt.uz
68
Gieraths, Christine va Rodney
Wilson oʻzlarining “Pokiston: Asosiy ishtirokchilar va
islomiy moliya bozorida moliyaviy mahsulotlarni islomiylashtirish jarayonining yakuni”
(1990) deb nomlangan maqolada “resurslar erishib boʻlmaydigan va taqchil shar
oitda islomiy
bank faoliyati nazariy bazasini shakllantirish va amalda qoʻllash tavsiyalarini ishlab chiqish eng
birinchi galdagi vazifa boʻlib qoldi. Nazariy baza va tavsiyalarni ishlab chiqish musulmon
olimlari va iqtisodchilari qoʻlida edi. Koʻp holatla
rda islom huquqini yaxshi tushunadigan
ulamolar iqtisodchi emas va aksincha edi” deya davr murakkabliklarini bayon etgan.
Ali Muazzam va John Presley (1988)
“Islomiy moliya muassasalari safida islomiy
bankning tarkibi” nomli maqolasida Saudiya Arabistonid
a is
lomiy bank tuzish gʻoyasi qirolning
shaxsiy tashabbusi bilan amalga oshgani, Islom hamkorlik tashkilotini tashkil etish tashabbusi
ham aynan shu shaxsga tegishli ekani, aʼzo
-
mamlakatlar ribodan holi boʻlgan moliyalashtirish
muassasalari tuzishlari lozimligi bayon qilingan.
Connors Jane va Chibli Mallat (1988) “Malayziyaning islomiy moliya tizimidagi yoʻli”
nomli nashr etilgan maqolasida Malayziya hukumati huzuridagi maxsus qoʻmita oldiga
qoʻyilgan bir qancha vazifalar haqida soʻz yuritilgan. 1982
-yildan boshlab mamlakatda faoliyati
shariat tamoyillariga muvofiq keladigan islomiy bank tuzilishi lozimligi; islomiy banklar 1965-
yildagi “Kompaniyalar toʻgʻrisida”gi qonun himoyasidagi kompaniya sifatida roʻyxatdan
oʻtkazilishi shartligi; 1973
-yilda qabul qilingan
“Bank faoliyati toʻgʻrisida”gi qonun islomiy
banklarga tatbiq etilmaganligi sababli, 1982-
yildagi “Islomiy bank faoliyati toʻgʻrisida”gi yangi
qonunga islomiy banklarni nazorat qilish va ruxsatnoma berish masalalari kiritilishi lozimligi;
yangi qonun
boʻy
icha Malayziya Markaziy banki nazorat va tartibga solish imtiyozli huquqiga
ega boʻlishi va boshqa muhim masalalar koʻrib chiqilgan.
Shuningdek, mamlakatimizda islom sugʻurtasi boʻycha Abdurahmonov (2020
-2024)
sugʻurta bozori va uning iqtisodiy koʻrsat
kich
larini tahlil qilgan, kredit tashkilotlariga sugʻurta
xizmatlarini koʻrsatish boʻyicha tadqiqotlar olib borgan.
Tadqiqot metodologiyasi
Maqolani tayyorlashda xalqaro nashrlar va hisobotlarda chop etilgan turli ilmiy
maqolalar, asarlar, maʼlumotlar va
sharhlardan foydalanilgan. Ayrim mamlakatlar qabul
qilingan qonunchilik hujjatlari atroflicha tahlil etilgan. Ushbu maʼlumotlarning aksariyati
islomiy bankchilik, uning huquqiy asosini yaratish orqali tizimni yangi darajaga olib chiqishga
aloqador hisoblanad
i. Tadqiq etilgan maʼlumotlar asosida ilmiy taxmin va xulosalar
shakllantirilgan. Foydalanilgan statistik maʼlumotlar ilmiy usullar bilan umumlashtirilgan.
Tahlil va natijalar muhokamasi
2022-
yilda ham islomiy bank aktivlari oʻtgan yilga nisbatan 13%ga oʻ
sdi hamda islomiy
moliya aktivlarining 72% i aynan shu sektorga toʻgʻri keldi.
Jadvalda jahonning yetakchi 10 mamlakati islomiy bank aktivlari borasida maʼlumotni
koʻrish mumkin. Yetakchi mamlakatlar islomiy bank aktivlari tizimli koʻrinish olgan (Ero
n,
S
audiya Arabistoni, BAA) hamda koʻlamli miqyoslarni tashkil etmoqda. Jahonning 100 eng yirik
banklari sirasiga 40 ta islomiy banklar kirishi bejiz emas, albatta.
Bugungi kunda Qozogʻiston Markaziy Osiyo mamlakatlari oʻrtasida islomiy bank faoliyati
yetakchisi deb ayta olamiz. 2024-yil 1-
may holatiga islomiy bank aktivlari salmogʻi bank sektori
aktivlari hajmining 0,4%ini yoki 195 mlrd.tengeni, kredit portfeli ulushi esa 0,4%ni yoki 126
mlrd.tengeni tashkil etdi. Markaziy Osiyo davlatlaridagi islomiy moliyaning 68% ulushi aynan
Qozogʻistonga toʻgʻri keladi
4
Qozogʻiston Markaziy Osiyoda islomiy bankchilik boʻyicha qonunchilik asosini yaratgan
dastlabki mamlakat boʻldi. Qonunga koʻra, islomiy bank —
vakolatli tashkilot ruxsatnomasi
asosida bank faoliyatini amalga oshiruvchi ikkinchi darajadagi bankdir. Islomiy bank
Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2024-yil, iyul
www.e-itt.uz
69
qonunchiligini yaratish mavjud “Bank va bank faoliyati toʻgʻrisida”gi qonunga qoʻshimcha va
oʻzgartirish kiritish orqali amalga oshirildi(12.02.2009
-
yildagi №133
-IV raqamli qonunga
koʻra). Qonunn
ing alohida bobi islomiy banklarni tashkil etish va ular faoliyatini yuritish
xususiyatlariga bagʻishlangan (Қонун
, 2009).
1-jadval
2022-yilda yetakchi
mamlakatlar boʻyicha islomiy bank aktivlari
5
Mamlakatlar
Aktivlar(mlrd.dollarda)
Eron
1312
Saudiya Arabistoni
723
Malayziya
278
BAA
213
Quvayt
188
Qatar
142
Bahrayn
96
Turkiya
63
Bangladesh
52
Indoneziya
46
Qonunda islomiy bank foiz koʻrinishi
da daromad olishga, investitsiyaviy depozit
qaytarilishini yoki u boʻyicha daromad olishni kafolatlashga, tamaki ishlab yoki uni sotish,
alkogol mahsulotlari, qurol-
yaroq va oʻq
-dori ishlab chiqarish, qimor biznesi hamda islomiy
moliyalashtirish boʻyicha
kengash man etgan boshqa tadbirkorlik shakllarini
moliyalashtirishga haqli emasligi belgilab qoʻyilgan.
Qonunda islomiy bankda amalga oshiriladigan amaliyot va bitimlarni islomiy moliya
talablariga muvofiqligini aniqlaydigan kengash faoliyatini tuzish majburiyligi belgilab
qo
ʻyilgan. Shuningdek, qonunning alohida moddasida islom banklari nizomiga boʻlgan
qoʻshimcha talablar oʻrnatilgan: unda islomiy bank faoliyati maqsadlari hamda kengashni
tuzish tartibi, kengash aʼzolariga boʻlgan talablar, uning vakola
tlari, vazifalari ko
ʻ
rsatilgan
boʻlishi kerak. Demak, bundan islomiy bank faoliyati ham anʼanaviy banklar kabi mamlakatning
ikkinchi darajadagi banki sifatida qonun bilan tartibga solinishi hamda faoliyat taqozosiga
koʻra, oʻzigagina xos boʻlgan alohida ta
rkiblarni tuzish bilan olib borilishi shart ekanini xulosa
qilish mumkin. 2-jadvalda mamlakat islomiy bank qonunchiligi doirasida, islomiy bankning
bank va boshqa amaliyotlarini anʼanaviy bank amaliyotlari bilan taqqoslama maʼlumotlar
berilgan.
Jadvalda
n koʻrinib turibdiki
, faqat bank hisob varaqlarini yuritish amaliyoti har ikki
tizimda bir-
biriga oʻxshab ketadi. Qolgan barcha islomiy bank amaliyotlari tarkibi va mohiyati
jihatidan anʼanaviy bank amaliyotidan butkul farqli hisoblanadi hamda oʻziga xos,
noyob
amaliyotlar sa
naladi. Shu bilan birga ikki tizimni oʻzaro yaqinlashtiradigan bir jihat bor –
bu
anʼanaviy banklar mijozlari uchun ular tarkibida “islomiy darcha”larni ochish imkoni
mavjudligidir. Aksincha, islomiy banklar tarkibida anʼanaviy bank ama
liyotlarining biror-bir
elementi boʻlishi mumkin emas, bu islomiy banklarni tashkil etish maqsadlariga ham muvofiq
kelmaydi.
Qonunda anʼanaviy bankni ixtiyoriy ravishda islomiy bankka aylantirishga doir alohida
bob kiritilgan. Bank faoliyatini islomiy bank
yoʻnalishiga oʻtkaz
ish bank hissadorlari umumiy
yigʻilish qaroriga koʻra, vakolatli tashkilot ruxsatnomasi bilan amalga oshiriladi.
5
https://api.zawya.atexcloud.io/file-delivery-
service/version/c:NWI4OWQ5MjctNWQ3NS00:NWM3MjBmN2ItYjNjMS00/IFDI%202023%20Report%20-
%20Nov%2030.pdf
Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2024-yil, iyul
www.e-itt.uz
70
Mazkur qonunda bank faoliyatini islomiy bankka aylantirish bosqichlari, tadbirlar rejasi,
oʻtkazish jarayonida bank faoliya
ti, adliya organlari
da qayta roʻyxatdan oʻtkazish kabi qadamlar
boʻyicha ishlar batafsil koʻrsatib oʻtilgan.
Tojikiston Respublikasi prezidenti tarafidan 2014-yilning 26-iyuli kuni mamlakat
parlamenti qabul qilgan “Islomiy bank faoliyati toʻgʻrisida”gi qo
nun imzolanishi bilan Tojikiston
ham islomiy bankchilik boʻyicha oʻz qonunchiligini yaratdi (Закон, 2014)
.
2-jadval
Islomiy bankning bank va boshqa amaliyotlarini anʼanaviy bank amaliyotlaridan
tafovutli jihatlari boʻyicha taqqoslama maʼlumot
Qonunchi
lik boʻyicha
islomiy bank amaliyotlari
mazmuni
Islomiy bank
amaliyotlari
xususiyatlari
Anʼanaviy bank
amaliyotlari
xususiyatlari
Tafovutlari
Foizsiz depozitlarni qabul
qilish va bank h/v ini
yuritish
Foizsiz depozitlar
islomiy banklarning
oʻzigagina xos
Faqat bank h/v ini
yuritish monand
Farqli
Investitsiyaviy depozitlarni
qabul qilish
Islomiy banklarning
oʻzigagina xos
Mavjud emas
Farqli
Bankning qarzga doir
amaliyotlari
Muddatlilik,
qaytarishlilik va
ustama olmaslik
shartlari bilan
beriladi
Mudd
atlilik, toʻlovlilik,
qaytarishlilik,
maqsadlilik,
taʼminlanganlik asosida
beriladi
Farqli
Ishlab chiqarish va savdo
amaliyotini sherikchilik
asosida moliyalashtirish
Sherikchilik asosida
foyda va zararni
taqsimlash orqali
moliyalashtiriladi
Mavjud emas
Farqli
Savdo vositachisi sifatida
tijorat kreditini berish
Tovarni keyinchalik
uchinchi shaxsga
sotishni taqiqlash
yoki bunga ruxsat
berish orqali
Savdo vositachisi boʻla
olmaydi, savdo faoliyati
uchun foiz asosida
kredit beradi
Farqli
Ijara(lizing) asosida
investitsiyaviy faoliyat
Ijara shartnomasi
hamda alohida oldi-
sotdi shartnomasi
tuzish asosida
Lizing bitimi tuzish
orqali, oldi-sotdi bitimi
lizing bitimining
tarkibiy qismi boʻladi
Farqli
Islomiy bank amaliyotini
amalga oshirishda agentlik
faoliyati
Islomiy bank
ishonchli
boshqaruvchi
sifatida ayrim
vakolatlarga ega
boʻladi
Mavjud emas
Farqli
Manba:
«Bank va bank faoliyati toʻgʻrisida”gi QRning qonuni(
adilet.zan.kz/rus/docs/Z950002444.
31.08.1995 №2444 (oʻzgarish va qoʻshimchalar bilan))
asosida muallif ishlanmasi.
Mazkur qonunda “islomiy bank faoliyati”, ”islomiy moliyalashtirish tamoyillari”, “islomiy
bank faoliyati standartlari”, “islomiy kredit tashkilotlari”, “islomiy bank”, “islomiy bank
xizmatlari boʻyicha Maslahat kengashi”, “islomiy moliyaviy xizmatlar boʻyicha qoʻmita” va
boshqa eng muhim tushunchalarga taʼrif berilgan. Shuningdek, anʼanaviy bank tizimida mavjud
boʻlmagan, islomiy banklarning oʻzigagina xos boʻlgan “investitsiyaviy hisob varaq”, “islomiy
kredit”, “islomiy depozit yoki jamgʻarma” amaliyotlari
hamda “daromad yoki foyda”,
“prudensial meʼyorlar”, “ijara” kabi atamalarga batafsil tavsiflar bayon etilgan. Atamalar
masalasi tushunchalarning amaliyotda ishlatilishi va adabiyotda qoʻllanishi boisidan ham
Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2024-yil, iyul
www.e-itt.uz
71
ahamiyatli hisobl
anadi, sohaga xos boʻlgan mazk
ur atamalar ilmiy hamjamiyat tomonidan
ijobiy qabul qilinadi hamda ikki yoqlama talqin etilishni oldini oladi.
Qonunda Tojikiston Respublikasining islomiy bank faoliyati toʻgʻrisidagi qonunchiligi
mamlakat konstitutsiyasiga hamda ushbu qonundan va Tojikist
onda eʼtirof etilgan xalqaro
meʼyoriy hujjatlar, boshqa meyoriy
-
huquqiy hujjatlarga asoslanishi alohida taʼkidlangan,
bizning fikrimizcha bu oʻta muhim qadam hisoblanadi. Chunki, xalqaro amaliyotda ham biron
-
bir mamlakatda is
lomiy bank faoliyati boʻyicha
qonun qabul qilinishi boshqa qonunchilik
hujjatlarini(fuqaroviy, soliq, bojxona, bank faoliyatiga oid va h.k.) mazkur qonunga
muvofiqlashtirish lozimligini anglatadi hamda islomiy banklarning faoliyat boshlashi
konstitutsiya
nizomlaridan chetda boʻlmaslig
ini, islomiy bank xizmatidan foydalana olish
huquqi fuqarolarning konstitutsiyaviy huquqi ekanligining yorqin ifodasi hisoblanadi.
Tojikistonda islomiy bank amaliyotlari va islomiy kredit tashkilotlarining boshqa
bitimlari an
ʼ
anaviy bank tizimi bajaradiga
n bank amaliyotlariga oʻxshab ketadi: islomiy kredit
tashkilotlari amalga oshiradigan islomiy bank amaliyotlari depozitlarni qabul qilish, jismoniy
yoki yuridik shaxslarning investitsiyaviy yoki jamgʻarma hisob
-varaqlarini yuritish, mijozlarga
hisob varaq
ochish va xizmat koʻrsatish, kassa amaliyotlarini oʻtkazish, hisob va mablagʻ
oʻtkazish amaliyotlarini bajarish shular jumlasidandir. Shuni taʼkidlab oʻtishimiz lozimki,
islomiy banklar amalga oshiradigan amaliyotlar mamlakat Milliy banki( regulyator)ning
meʼyoriy
-
huquqiy hujjatlariga hamda islomiy moliyalashtirish qoidalariga muvofiq boʻlishi
kerak.
Mamlakatda islomiy bank faoliyatini olib boruvchi kredit tashkilotlari Milliy bankning
ruxsatnomasiga ega boʻlishlari loz
im. Faoliyat shakllariga berilgan ruxsatnoma faqat tegishli
tartibda davlat roʻyxatidan oʻtgan islomiy kredit tashkilotlariga beriladi. Islomiy bank
amaliyotlarini amalga oshirish tartibi islomiy bank faoliyati standartlari bilan aniqlanadi.
Demak, bu yerda islomiy ban
klarni tartibga solish boʻyicha Milliy bank muvofiq tarkibi islomiy
kredit tashkilotlari uchun aniq standartlarni ishlab chiqishi, unga rioya etishni talab etishga
vakolatli ekanini xulosa qilishimiz mumkin. Boshqacha aytganda, islomiy banklar faoliyati
nafaqat regulyator tomonidan tartibga solinadi, balki ularning bank amaliyotida ishlatiladigan
standartlar Milliy bank tomonidan amaliyotda qoʻllash uchun takomillashtirib boriladi. Bu esa
x
alqaro amaliyot tajribasini oʻrganish yoʻli bilan amalg
a oshiriladi.
Qonunda islomiy kredit tashkilotlari faoliyatining xususiyatlari alohida koʻrsatib oʻtilgan.
Islomiy kredit tashkilotlari oʻz mijozlariga islomiy moliyalashtirish tamoyillariga asoslangan
bank amaliyotlari, unga daxldor xatarlar xususiyati haqida tushuntirishlar olib borishga
majburligi belgilab qoʻyilgan. Bunga mijozlar orasida keng targʻibot ishlarni olib borish, oʻquv
dasturlarini ishga tushirish, ommaviy axborot vositalaridagi chiqishlar orqali erishiladi.
Qonun talabiga koʻra islomiy kr
edit tashkilotlari:
a) foiz koʻrinishidagi daromad undirish
;
b) investitsiyaviy depozit yoki u boʻyicha daromadlarni qaytarilishini kafol
atlash;
v) tamaki, alkogol mahsulotlari, qurol-
yarogʻ ishlab chiqarish va qimor biznesi, narkotik
vositalarni noqonuniy aylanmasini moliyalashtirish;
g) shariat man etgan tadbirkorlikning boshqa shakllarini moliyalashtirish huquqiga ega
emasligi aniq koʻrsatib oʻtilgan.
Mazkur omillarga urgʻu berilishi Tojikistonda islomiy bankchilikni joriy etishda uzoq
muddatli istiqbol
eʼtiborga olingani, islomiy banking anʼanaviy bankingning teng muqobili boʻla
olishi uchun islomiy banklar faoliyatida har qanday salbiy holatlarga yoʻl qoʻymaslik, jamiyatda
islomiy banklari mijozlari, xususan aholining musulmon qatlami manfaatlarini eʼti
borga
olinishi muhim ekanligi idrok etilgan.
Qonunda davlat hokimiyati idoralarining islomiy kredit tashkilotlari bilan
munosabatlariga doir alohida modda kiritilgan boʻlib, davlat idoralari ularning faoliyatiga
aralashish huquqiga ega emasligi qatʼiy taʼ
kidlangan.
Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2024-yil, iyul
www.e-itt.uz
72
M
azkur qonun bilan islomiy banklar amalga oshirishi mumkin boʻlgan bank amaliyotlari
belgilab qoʻyilgan. Bank amaliyotlari koʻlami tafsiloti tavsiflangan boʻlsa
-da, ayrim amaliyotlar
boʻyicha bahsli holatlar ham mavjud. Masalan, ushbu qonunda i
slomiy bank faktoring
6
va
forfeyting
7
amaliyotlarini moliyalashtirishi mumkinligi koʻrsatib oʻtilgan. Qozogʻiston
Respublikasi qonunchiligida aynan mana shu ikki amaliyot
–
faktoring va forfeytingni islomiy
bank amaliyotlari tarkibiga kiritish man etilgan. Tojikiston islomiy bank qonunchiligida
anʼanaviy banklar “islomiy darcha”lar ochishi mumkin ekanligi koʻrsatilgani holda, Qozogʻiston
qonunchiligida bu qonunan man etilgan.
Tojikiston islomiy bank qonunchiligining yana bir oʻziga xos tarafi –
Milliy
bank(regulyator) huzurida islomiy bank x
izmatlari boʻyicha maslahat Kengashining mavjudligi
hisoblanadi(Qozogʻistonda bunday organ mavjud emas). Qonun bilan maslahat Kengashiga bir
qator vakolatlar berilgan:
1)
Tojikiston Milliy bankining islomiy moliyalashtiris
h bilan bogʻliq meʼyoriy huquqiy
hujjatlarini ishlab chiqishda qatnashish;
2)
islomiy bank faoliyatiga doir turli masalalarda Milliy bankka maslahatlar berish;
3)
islomiy kredit tashkilotlari oʻz mijozlariga islomiy bank xizmatlari koʻrsatish
jarayonidagi moliyalashtirish amaliyotlarining islomiy moliyalashtirish tamoyillariga
muvofiqligini tahlil qilish va tasdiqlash;
4)
islomiy moliyalashtirish masalalari boʻyicha jismoniy va yuridik shaxslarga
maslahatlar berish va h.k.
2022-
yildagi maʼlumotlarga koʻra, mamlakatda birinchi islomiy bank “Tavhidbank”
yilni
4,4 mln.somoni miqdorida sof foyda bilan yakunlagan va oʻtgan yilga nisbatan 4 baravar
koʻproq oʻsishni taʼminlagan. 01.01.2022
-
yil holatiga bank nizom jamgʻarmasi oʻtgan yilga
nisbatan 31%ga oshgan va 109,2 mln
.somoniyni tashkil etdi. Soʻnggi uch
yilda bank kapitali
70%ga oʻsdi. Bank aktivlari 185,6 mln.somoniyni tashkil etgan holda, 34% oʻsishga erishdi
8
.
Xulosa va takliflar
.
1975-yilda tuzilgan Islom Taraqqiyot banki boshqa musulmon mamlakatlarda islomiy
banklar tuzish uchun asos
yaratdi. ITB dan soʻng 1975
-yilda xususiy Dubay Islamik Benk (Dubai
Islamic Bank) roʻyxatga olindi. 1977
-
yilda yana uchta islomiy bank oʻz faoliyatini boshladi:
Faysal Islamik Benk of Idjipt (Faisal Islamic Bank of Egypt), Faysal Islamik Benk of Sudan (Faisal
Islamic Bank of Sudan) va Kuveyt Faynens Xaus (Kuwait Finance House).
Misr islomiy banklar rivojlanishini boshlab bergan mamlakatdir. Sudanda islomiy banklar
dastlab maxsus idora usuliga ega edilar, keyinchalik hukumat almashishi natijasida ushbu
imtiy
oz bekor boʻldi. Turkiya dunyoviy konstitutsiyaga ega boʻlgani xolda siyosat va dinning
aralashishiga yoʻl qoʻymaydi. Eron va Pokiston oʻz bank tizimlarini butkul islomiy andozaga
almashtirdilar. Malayziya esa islomiy bank tizimini samarali faoliyat yuritishiga erishdi.
Mamlakatimizda ham islomiy moliyani joriy etish boʻyicha bir muncha harakatlar amalga
oshirilmoqda. Xalqaro tajribada koʻrib oʻtganimizdek, islomiy banklar faoliyatini samarali
yoʻlga qoʻyish uchun bir qator nuqtalarga eʼtibor qaratish lozim boʻladi:
-
islomiy bankchilik uchun alohida qonun qabul qilinishi(Tojikiston tajribasi) mavjud
qonunchilikka qisman oʻzgartirish(Qozogʻiston tajribasi)ga nisbatan samarali ekanligini
koʻplab ekspertlar eʼtirof etishdi, chunki, koʻp sonli oʻzgartirishlar ku
tilayotgan samaradorlikka
salbiy taʼsir koʻrsatadi;
-
islomiy banklarni tartibga solish vakolati berilgan davlat organi qoshida alohida
shoʻba(boshqarma, departament)ning mavjudligi moliya muassasalar faoliyatini qoʻllab
-
6
Faktoring
–
toʻlovsizlik xatarini qabul qilish yoʻli bilan mahsulot(bajarilgan ish, koʻrsatilgan xizmat) sotib oluvchidan toʻlovni
talab qilish huquqini sotib olish
7
Forfeyting
–
mahsulot( bajarilgan ish, koʻrsatilgan xizmat) xaridorining qarz majburiyatini sotuvchining aylanmasiga olmaslik
sharti ila veksel sotib olish yoʻli bilan toʻlab berish
8
https://asiaplustj.info/ru/news/tajikistan/economic/20220127
Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2024-yil, iyul
www.e-itt.uz
73
quvvatlashda va bank xizmatidan foydalanuvchilar manfaatini himoya qilishda muhim
hisoblanadi;
-
islomiy banklarga muvaffaqiyatli faoliyat yuritish uchun davlat byudjetidan uzoq
muddatli foizsiz qarzlarni berilishi(Malayziya tajribasi) bank sektorining ushbu muqobil
yo
ʻ
nalishi yuqori darajada
qoʻllab
-
quvvatlanishini taʼminlaydi;
-
islomiy banklardagi shariat kuzatuv kengashlari ishini tashkil etish serxarajat faoliyat
boʻlgani sababli, biror
-bir vakolatli idora yoki muassasa qoshida markazlashgan shariat
kengashi ishini tashkillashtirish moliyaviy muassasalar ishini yengillashtiradi va faoliyat
davomiyligini taʼminlaydi;
-
tajriba tariqasida mamlakatimizda Islom Taraqqiyot bankining muassasalari kapitali
ishtirokida islomiy bankni tashkil etishga( Bosniya tajribasi) erishish Markaziy Osiyoda mazkur
sektor rivojlanishida muhim qadam boʻlar edi.
Adabiyotlar /Литература / Reference:
Ali, Muazzam. (1988) A Framework of Islamic Banking. In Directory of Islamic Financial
Institutions, edited by John R. Presley, 3-13. London: Groom Helm.
Connors, Jane. (1988) Towards a System of Islamic Finance in Malaysia. In Islamic Law
and Finance, edited by Chibli Mallat, 57- 67. London: Graham & Trotman.
Gieraths, Christine. (1990) Pakistan: Main Participants and Final Financial Products of the
Islamization Process. In Islamic financial Markets, edited by Rodney Wilson, 171-195. London
and New York: Routledge.
Xaron S., Van N. Azmi. (2014) Islomiy moliya va bank tizimi. Falsafasi, tamoyillari va
amaliyoti. Toshk
ent. Oʻzbekiston NMI
U. -51-b.
Абдурахмонов И.Х. (2020) Ислом суғуртаси ёки такафулнинг назарий
-
иқтисодий
асослари ва амалга ошириш моделлари таҳлили. “Moliya va bank ishi” илмий журнал. № 6
(2020). 80-87.
Абдурахмонов, И. (2024). Суғурта бозори: замонавий
ҳолат ва ривожланиш
тенденциялари. Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2(4), 309
-319.
Абдурахмонов, И. (2024). Такафул: назарий
-
иқтисодий асослар ва амалга ошириш
механизмлари. Iqtisodiy Taraqqiyot Va Tahlil, 2(6), 298–
307.
Абдурахмонов, И.Х. (2024). Суғурта
соҳасининг самарадорлигини баҳолаш.
TADQIQOTLAR. UZ, 37(6), 161-167.
Закон
(2014)
Республики Таджикистан. Об исламской банковской деятельности.
Ахбори Маджлиси Оли Республики Таджикистан, №7.
Қонун
(2009) Қозоғистон Республикасининг “Банк ва банк фаолияти
тўғрисида”ги
қонунига қўшимча ва ўзгартиришлар (12.02.2009 йилдаги №133
-
IV рақамли қонунга
кўра) adilet.zan.kz/rus/docs/Z950002444).
