Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2024-yil, iyul
www.e-itt.uz
130
XORAZMDA JOYLASHGAN TURISTIK OBYEKTLARNING TARIXIY JIHATLARI
Raximova Nigora Umid qizi
Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti
ORCID: 0009-0003-4161-0438
nigora.rakhimova7228@gmail.com
Аnnotatsiya.
Maqolada Xorazm turizm infratuzilmasini rivojlantirish, hududning sayyohlik
yoʻnalishlari va
xizmatlarini takomillashtirish, sayyohlik imkoniyatini namoyish qilish ishlarini
amalga oshirish, sayyohlar uchun qoʻshimcha o
byektlar infratuzilmasini yaxshilash, turizm sohasi
mutaxassislarini tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish haqida fikr yuritilgan.
Kalit soʻzlar:
Avesto,
Turon oʻlkasi,
Arianam Vayja, Prourata (Parfiya), Mouru (Marv), Gava
(Suqdiyona), Xvayrezm (Xorazm), Baqtriya, Ichan-
Qalʼa, muzey qoʻriqxona, Shahriston,
Qoʻyqirilgan qalʼa, Xiva raboti, Buyuk Ipak yoʻli, Bogʻcha darvoza, Polvon darvoza, Tosh darvoza,
Ota darvoza, Nurullaboy, YUNESCO
.
ИСТОРИЧЕСКИЕ АСПЕКТЫ ТУРИСТИЧЕСКИХ ОБЪЕКТОВ,
РАСПОЛОЖЕННЫХ В ХОРЕЗМЕ
Рахимова Нигора Умид кизи
Ташкентский государственный
экономический университет
Аннотация.
В
статье
рассматривается
развитие
туристической
инфраструктуры Хорезма, совершенствование туристических маршрутов и услуг
региона,
демонстрация
туристических
возможностей,
совершенствование
инфраструктуры
дополнительных
объектов
для
туристов,
подготовка,
переподготовка и повышение квалификации специалистов туризма.
Ключевые слова:
Авеста, Туранская земля, Арианам Вайджа, Проурата (Парфия),
Муру (Марв), Гава (Сугдияна), Харезм (Харезм), Бактрия, Ичан
-
Кала, музей
-
заповедник,
Шахристан, Куйкирилган Кала, Хивинский работ, Великая шелковая дорога, Бахча
дарваза, Палван дарваза, Таш дарваза, Ата дарваза, Нуруллабай, ЮНЕСКО.
HISTORICAL ASPECTS OF TOURIST SITES LOCATED IN KHOREZM
Rakhimova Nigora Umid kizi
Tashkent State University of Economics
Abstract.
The article discusses the development of the tourism infrastructure of Khorezm,
improvement of tourist routes and services in the region, demonstration of tourism opportunities,
improvement of the infrastructure of additional facilities for tourists, training, retraining and
advanced training of tourism specialists.
Keywords:
Avesta, Turanian land, Arianam Vaidzha, Prourata (Parthia), Muru (Marv),
Gava (Sugdiyana), Kharezm (Kharezm), Bactria, Ichan-Kala, museum-reserve, Shakhristan,
Kuikirilgan Kala, Khiva works, Great silk road, Bakhcha darvaza, Palvan darvaza, Tash darvaza,
Ata darvaza, Nurullabay, UNESCO.
UO
‘
K: 379.85
VII SON - IYUL, 2024
130-135
Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2024-yil, iyul
www.e-itt.uz
131
Kirish.
Xorazm - Markaziy Osiyoning Turon pasttekisligida, Amudaryo deltasida joylashgan
qadimiy tarixiy oʻlkadir. "Xorazm" soʻzi dastlab "Avesto"da uchraydi, "Avesto" Sharq yozma
adabiyotimizni eng qadimgi manbasi sifatida alohida ahamiyat kasb etadi. "Avesto"da qadimiy
Turon oʻlkasi va Eronning oʻziga xos tarixiy geografiyasi bayon etiladi. "Avesto" Sharqiy Eron
va Markaziy Osiyoda istiqomat qiluvchi qadimiy qabilalarning ijtimoiy tuzumi, diniy qarashlari
hamda jamiyatda roʻy berayotgan tabaqalanish haqida qimmatli maʼlumotlar beradi. Oʻsha
davrlarda jamiyat turli tabaqalarga boʻlinib, boylar va kambagʻallar sinflari paydo boʻla
boshlagan. "Avesto" ruhoniylar, jang aravalarida yuruvchi harbiylar, dehqon-chorvadorlar,
hunarmandlar, qullar mavjudligi haqida xabar be
radi. Jamiyatning sinflarga boʻlinishi
natijasida dastlabki davlatchilik ham vujudga keladi. "Avesto"da bayon qilingan voqealar
asosan, "Arianam Vayja" mamlakatida, yaʼni olimlar tomonidan "Katta Xorazm" deb atalgan
davlatda roʻy beradi. Bu davlat Prourata
(Parfiya), Mouru (Marv), Gava (Suqdiyona), Xvayrezm
(Xorazm)ni oʻz ichiga olgan. Miloddan avvalgi I ming yillikning boshlariga kelib, Markaziy
Osiyoning nisbatan rivojlangan hududlarida ilk davlat uyushmalari paydo boʻldi. Miloddan
avvalgi IX-VIll asrlarga kelib, Baqtriya va miloddan avvalgi VII-
VI asrlarda Amudaryoning oʻrta
oqimi qismidan Orolga yaqin boʻlgan yerlarda (Shimoliy gʻarbiy Oʻzbekiston, Shimoliy gʻarbiy
Turkmaniston) hududlarida Xorazm nomi bilan ataluvchi davlatlar vujudga kelgan.
Adabiyotlar sharhi.
Anatoliy Yershov (1988) Moʻjazgina Xiva shahrini koʻpchilik yashi biladi. Bu orasta
shaharcha ming-
minglab sayohat ishqibozlarini oʻz bagʻriga ohanraboday tortib turadi. Kishilar
uni koʻrish uchun Amerika va Avstraliyadan, Yevropa va Osiyodan,
jahonning eng uzoq
burchaklaridan kelishadi. Sharq moʻjizasini oʻz koʻzlari bilan bir bor tomosha qilish uchun
qadam ranjida qilishadi, deya fikr bildirgan.
Muhammad Yusuf Bayoniy Shajarayi Xorazmshohiy (1918) asarida Xorazm Imperiyasi
(1097-1231) Baqtriya
va Xorazm davlatining hududiy chegaralari, Xorazmning yirik sugʻorish
inshootlari,oʻlkada yashagan aholi,uning turmush tarzi, dehqonchilik va chorvachilik bilan
shugʻullanganligi haqida maʼlumotlar bergan. Shaharlarda hunarmandchilik, savdo
-sotiq
rivojlanganligi, qadimgi xorazmliklar ilm-
fan sohasida oʻz davri uchun ilgʻor boʻlgan yutuqlarga
erishganligini va hayotga tatbiq qila olganliklarini asarda uchratish mumkin.
Turkiya universiteti siyosatshunoslik va davlat boshqaruvi fakulteti dotsenti, tarix fanlari
doktori Yildirim Beyazit Ayshe Cholpan Yaldiz (2020) maxsus ochiq osmon ostidagi muzey
—
Xiva shahriga bagʻishlangan maqolasida Xiva 2020 yilda turkiy dunyoning madaniy poytaxti
deb eʼlon qilinganligini haqidagi fikrni aytgan.
Qudrat Masharipov(2021)ning fikricha
—
Xorazm viloyatini vaqtning ehtiyotkor posboni
deyish mumkin. Mintaqa oʻz hayoti davomida "yigʻib olgan" koʻplab qadimiy xazinalar bugungi
kungacha saqlanib qolgan va koʻrish uchun mavjud. Gap, birinchi navbatda, qadimiy
manzilg
ohlar, saroylar, masjidlar, minoralar haqida ketmoqda. Qadimiy obidalarning koʻpligi
uchun Xorazm viloyati “Ming qalʼalar oʻlkasi” deb ataladi.
Tadqiqot metodologiyasi.
Mamlakatimizda turizm sohasini rivojlantirishga eʼtibor yildan yilga oshib bormoqda.
2
017 yilda bu sohani rivojlantirish boʻyicha alohida mintaqa va hududlarning iqtisodiy
salohiyatidan kelib chiqqan holda, alohida turizmni rivojlantirish boʻyicha dasturlar ishlab
chiqilmoqda. Hususan, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 4 maydagi «2017–
2021 yillarda Xorazm viloyati va Xiva shahrining turizm salohiyatini kompleks rivojlantirish
Dasturi toʻgʻrisida» gi PQ
-2953-
sonli qarori bunda yaqqol misol boʻladi (Qaror, 2017). Bunda
mintaqa turizm salohiyatini oshirish va uni xalqaro miqyosda raqobatbardoshligi oshirishga
alohida eʼtibor qaratilgan.
Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2024-yil, iyul
www.e-itt.uz
132
Tahlil va natijalar muhokamasi.
Xorazm viloyatida turizm sohasi respublikada eng rivojlangan viloyatlardan biridir.
Ushbu viloyatda turizmni rivojlanishi oʻziga xos jihatlarga ega boʻlib, sohani
yanada
rivojlantirish uchun yetarlicha imkoniyat va salohiyatlarga ega. Viloyatda 255 madaniy meros
obyektlari davlat roʻyxatiga olingan boʻlib, shundan 18 tasi arxeologiya, 133 tasi arxitektura, 66
tasi haykaltaroshlik yodgorliklari, 32 tasi muqaddas qadamjolardir. Ulardan 53 ta madaniy
meros obyektlari Xiva «Ichan
-
Qalʼa» Davlat muzey qoʻriqxonasi hududida joylashgan. Qolgan
obyektlar viloyatning turli tumanlarida joylashgan. Bu esa viloyatda turizmni rivojlantirish
potensiali, uning imkoniyatlari kengligi
dan dalolat beradi. Kuzatishlar shuni koʻrsatdiki, hozirgi
kunda viloyatda joylashgan ayrim turistik obyektlar taʼmirtalab ahvolga kelib qolgan. Baʼzi
obyektlar turistik yoʻnalishlar dasturiga kiritilmagan. Taʼmirtalab ahvoldagi obyektlarni
taʼmirdan chiqarib, turistik yoʻnalishlar dasturiga kiritilsa viloyatga turistlar oqimni
koʻpaytirish imkoniyati yuzaga keladi. Bu bilan qoʻshimcha valyuta tushumiga erishiladi,
mahalliy aholi vakillarining ish bilan taʼminlanish imkoniyati yuzaga keladi. Hozirgi kunda
viloyatni tarixiy-madaniy merosi asosan BMT ning YUNESCO moddiy meroslarni asrash
roʻyxatiga kiritilgan boʻlib, Xiva shahrining asosiy obyektlari ulardan joy olgan.
2012 yilga nisbatan viloyatimizda sayyohlik tashkilotlari soni 36 tadan 72 taga, shundan
mehmonxonalar soni 26 tadan 52 taga, turoperator va turagentlik faoliyati bilan
shugʻullanuvchi tashkilotlar soni 10 tadan 20 taga etdi. Xususan, 2016 yilning oʻzida 10 ta
mehmonxona va 3 ta turoperatorlik faoliyati bilan shugʻullanuvchi sayyohlik tashkilotla
ri ish
boshlashdi. Bugungi kunda chet el investitsiyasini jalb qilgan holda tashkil etilgan 5 ta
mehmonxona faoliyat koʻrsatmoqda. Mehmonxonalardagi oʻrinlar soni 1477 tadan 2300 taga
etdi. Viloyatda turizm sohasidagi oʻzgarishlar hamda yangi ish oʻrinlari
ning yaratilishi
natijasida bugungi
kunda jami sayyohlik tashkilotlarida 450 nafardan ortiq xodimlar mehnat qilib kelmoqda.
Xorazm viloyatida turizm sohasi respublikada eng rivojlangan viloyatlardan biridir. Ushbu
viloyatda turizmni rivojlanishi oʻziga xos jihatlarga ega boʻlib, sohani yanada rivojlantirish
uchun yetarlicha imkoniyat va salohiyatlarga ega. Mintaqada turizm industriyasining
raqobatbardoshligini bevosita baholash uchun biz Xorazm viloyatiga tashrif buyurgan
sayyohlar tashrifi statistikasiga
bevosita toʻxtalib oʻtamiz. Bu 2017 yil 1 yanvar holatiga koʻra
jami xorijiy sayyohlar soni 46 600 kishini tashkil qiladi. Bu koʻrsatgich oʻtgan yilning shu
davriga nisbatan 15 foizda ortganligi kuzatiladi. Viloyatda turizmni rivojlantirish dasturiga
asosan 2013
–2015 yillarda jami 214,3 mlrd. soʻmlik 200 ta loyihani amalga oshirish
rejalashtirilgan. Bugungi kungacha 108 ta loyiha toʻliq bajarilib, 49,3 mln. dollarga teng
investitsiya mablagʻlari oʻzlashtirildi, 36,5 mln. dollarlik 46 ta loyihada ishlar davo
m etmoqda.
«Turizm infratuzilmasini rivojlantirish, hududning sayyohlik yoʻnalishlari va xizmatlarini
takomillashtirish, sayyohlik imkoniyatini namoyish qilish ishlarini amalga oshirish, sayyohlar
uchun qoʻshimcha obyektlar infratuzilmasini yaxshilash, tur
izm sohasi mutaxassislarini
tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish» boʻyicha dastur doirasida bir qator ishlar
amalga oshirildi.
Shu jumladan, MDH mamlakatlaridan 2015 yil davomida 5767 nafar sayyoh tashrif
buyurgan boʻlsa, 2016 yilda bu koʻrs
atgich 6598 nafar kishini tashkil qilib, 15 foizga oshgan.
Birgina, 2015 yilning oʻzida dunyoning 80 dan ortiq davlatidan 40,6 mingga yaqin xorijiy
sayyohlar viloyatimizga tashrif buyurishgan boʻlishsa, 2016 yil yakuni bilan, bu koʻrsatkich 46,6
mingdan or
tiqni tashkil qilib, oʻtgan yilning shu davriga nisbatan 15 % ga oshgan. 2017
-2021
yillarda Xorazm viloyati va Xiva shahrining turistik salohiyatini oshirish boʻyicha kompleks
chora-tadbirlar dasturi ishlab chiqilgan. Unda chora-tadbirlar quyidagi guruhlar
ga boʻlingan
holda amalga oshiriladi: Xorazm viloyati va Xiva shahrining turizm infratuzilmasini
rivojlantirish; Turizm yoʻnalishlari va xizmatlarini takomillashtirish; Hududning turizm
salohiyatini targʻib qilish; Turistlar uchun yondash infratuzilma obye
ktlari holatini yaxshilash;
Turizm sohasida mutaxassislar tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish.
Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2024-yil, iyul
www.e-itt.uz
133
Xorazm viloyatida turizm xizmatlari va ushbu sohaning infratuzilmalari Oʻzbekistonning
boshqa tarixiy joylariga nisbatan sust darajada rivojlang
anligi taʼkidlab oʻtiladi. Aslida esa, bu
holat viloyatda turizm sohasi boʻyicha axborotlashuv past darajada ekanligi natijasidir.
Tahlillar xorijlik turistlar baʼzan Xorazmga tashrif buyurishni rejalashtirmasliklariga bu
yerdagi mavjud afzalliklar haqida
yetarlicha maʼlumotlarga ega emasliklari asosiy sabab
sifatida koʻrsatilgan. Ayni paytda Xorazmga tashrif buyurgan xorijiy sayyohlar olingan
taassurotlarni Samarqand va Buxoro shaharlaridagidan aslo kam emasligini taʼkidlashadi.
Bundan tashqari, xalqaro turizm axborot vositalarida turli xalqlar ovqatlarini tayyorlash faqat
Toshkent shahrida yaxshi rivojlanganligi, boshqa joylarda, xususan Xorazm viloyatida chet ellik
sayyohlar uchun ovqatlanish uchun joylar nisbatan chegaralanganligi aytib oʻtilgan. Xorazm
viloyatiga turizm industriyasini jadal surʼatlar bilan rivojlanishi uchun bu sohada xizmatlar
sifatini oshirish eng ustuvor vazifalardan biri hisoblanadi.
Bunda tashrif buyurgan har bir sayyohning xohish-istagini hisobga olish va xizmatlar
sifatini yaxsh
ilash uchun bu boradagi xalqaro standartlarni oʻrgatish, hamda ularni soha
vakillariga yetkazish darkor. Turizm sohasida kadrlar tayyorlash sifatini oshirish, xalqaro
andoza boʻyicha sifatga qoʻyiladigan yangi talablar bilan turizm sohasi va boshqa tegishl
i soha
vakillarini muntazam tanishtirib borish lozim. Xizmatlar sifatini oshirish uchun
mamlakatimizda professional malaka sertifikatlash tizimini joriy qilish,hamda turizm,
ovqatlanish va boshqa xizmat koʻrsatish sohalarida «Isteʼmolchiga yoʻnaltirilgan x
izmat
koʻrsatish» konsepsiyasi keng targʻib qilinadi. Mehmonxona va boshqa joylashtirish vositalari
uchun xalqaro standartlar asosida milliy talablarni oʻrnatish va turizm sohasida faoliyat olib
borayotgan nodavlat notijorat tashkilotlari yordamida xizmat
koʻrsatish sifatini uzluksiz
monitoring qilib borish maqsadga muvofiqdir.
Ichan qalʼa —
Oʻrta Osiyodagi yirik va noyob meʼmoriy yodgorlik.Xivaning ichki qalʼa
(Shahriston) qismi. Ichan qalʼa shaharning Dishan qalʼa (tashqi qalʼa) qismidan kungurador
devor
bilan ajratilgan. U Xiva raboti (Dishan qalʼa)dan baland Qoʻrgʻontepaga oʻxshab koʻrinadi.
Ichan qalʼaga 4 darvoza (Bogʻcha darvoza, Polvon darvoza, Tosh darvoza, Ota darvoza)dan
kiriladi. Devor aylanasining uzunligi qariyb 2200 metrgacha, balandligi 7
–
8 metrga,
poydevorining qalinligi esa 5
–6 metrga teng. Ichan qalʼa toʻgʻri toʻ
rtburchak shaklida qurilgan
boʻlib, uzunligi 650 metr, eni 400 metr, yaʼni 26 gektar maydonni egallaydi. Xorazm xalq
meʼmorligining ajoyib obidalari: madrasa, masjid, saroy va minoralar, asosan, Ichan qalʼada.
Ichan qalʼa ansambli meʼmoriy yodgorlik sifat
ida muhofazaga olinib, muzeyga aylantirilgan
(1961). 1990 yildan Ichan qalʼa Butun jahon yodgorliklari roʻyxatiga kiritilgan.
2012 yilga nisbatan viloyatimizda sayyohlik tashkilotlari soni 36 tadan 72 taga, shundan
mehmonxonalar soni 26 tadan 52 taga, turoperator va turagentlik faoliyati bilan
shugʻullanuvchi tashkilotlar soni 10 tadan 20 taga etdi. Xususan, 2016 yilning oʻzida 10 ta
mehmonxona va 3 ta turoperatorlik faoliyati bila
n shugʻullanuvchi sayyohlik tashkilotlari ish
boshlashdi. Bugungi kunda chet el investitsiyasini jalb qilgan holda tashkil etilgan 5 ta
mehmonxona faoliyat koʻrsatmoqda. Mehmonxonalardagi oʻrinlar soni 1477 tadan 2300 taga
etdi. Viloyatda turizm sohasidagi
oʻzgarishlar hamda yangi ish oʻrinlarining yaratilishi
natijasida bugungi kunda jami sayyohlik tashkilotlarida 450 nafardan ortiq xodimlar mehnat
qilib kelmoqda. Xorazm viloyatida turizm sohasi respublikada eng rivojlangan viloyatlardan
biridir. Ushbu vil
oyatda turizmni rivojlanishi oʻziga xos jihatlarga ega boʻlib, sohani yanad
a
rivojlantirish uchun yetarlicha imkoniyat va salohiyatlarga ega. Mintaqada turizm
industriyasining raqobatbardoshligini bevosita baholash uchun biz Xorazm viloyatiga tashrif
buyur
gan sayyohlar tashrifi statistikasiga bevosita toʻxtalib oʻtamiz. Bu 2017 y
il 1 yanvar
holatiga koʻra jami xorijiy sayyohlar soni 46 600 kishini tashkil qiladi. Bu koʻrsatgich oʻtgan
yilning shu davriga nisbatan 15 foizda ortganligi kuzatiladi. Viloyatda turizmni rivojlantirish
dasturiga asosan 2013
–
2015 yillarda jami 214,3 mlrd.
soʻmlik 200 ta loyihani amalga oshirish
rejalashtirilgan.
Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2024-yil, iyul
www.e-itt.uz
134
Bugungi kungacha 108 ta loyiha toʻliq bajarilib, 49,3 mln. dollarga teng investitsiya
mablagʻlari oʻzlashtirildi, 36,5 mln. dollarlik 46 ta loyihada ishlar davom etmoqda. «Turizm
infratuzilmasini
rivojlantirish, hududning sayyohlik yoʻnalishlari va xizmatlarini
takomillashtirish, sayyohlik imkoniyatini namoyish qilish ishlarini amalga oshirish, sayyohlar
uchun qoʻshimcha oby
ektlar infratuzilmasini yaxshilash, turizm sohasi mutaxassislarini
tayyorla
sh, qayta tayyorlash va malakasini oshirish» boʻyicha dastur doirasida bir qator ishlar
amalga oshirildi. Ichan qalʼa —
Oʻrta Osiyodagi yirik va noyob meʼmoriy yodgorlik.
Xivaning
ichki qalʼa (Shahriston) qismi. Ichan qalʼa shaharning Dishan qalʼa (tashqi
qalʼa)
qismidan kungurador devor bilan ajratilgan. U Xiva raboti (Dishan qalʼa)dan baland
Qoʻrgʻontepaga oʻxshab koʻrinadi. Ichan qalʼaga 4 darvoza (Bogʻcha darvoza, Polvon darvoza
,
Tosh darvoza, Ota darvoza)dan kiriladi. Devor aylanasining uzunligi qariyib 2200 metrgacha,
balandligi 7
–
8 metrga, poydevorining qalinligi esa 5
–6 metrga teng. Ichan qalʼa toʻgʻri
toʻrtburchak shaklida qurilgan boʻlib, uzunligi 650 metr, eni 400 metr, yaʼ
ni 26 gektar maydonni
egallaydi. Xorazm xalq meʼmorligining ajoyib obidala
ri: madrasa, masjid, saroy va minoralar,
asosan, Ichan qalʼada. Ichan qalʼa ansambli meʼmoriy yodgorlik sifatida muhofazaga olinib,
muzeyga aylantirilgan (1961). 1990 yildan Ichan q
alʼa Butun jahon yodgorliklari roʻyxatiga
kiritilgan.
Xiva shahrida 64 ta
madrasa mavjud boʻlib, shular ichida eng yirigi va chiroylisi Xiva xoni
Muhammad Aminxon tomonidan qurilgan madrasa hisoblanadi. Madrasa Ichan qalʼaning
gʻarbiy qismida joylashgan boʻlib, shaharning bosh darvozasi Ota darvozadan kirib kelganda,
oʻng tomonda joylashgan. Bu meʼmorchilik obidasi oʻz davriga xos uslubda eng katta va
hashamatli qilib qurilgan. Madrasa pishiq gʻishtdan qurilib, uning devorlarining qalinligi 1,5
metrga etadi. Madrasa 130 hujradan iborat.
Derazalarda ganchdan ishlangan panjaralar qurilgan. Muhammad Aminxon minorasi:
Xivada qurilgan mashhur minoralardan biri nihoyasiga yetkazilmagan Muhammad Aminxon
minorasidir. Minora hozirgi paytda kesik konus shaklida boʻlib hozirni oʻzida ham haybatli
koʻrinishga ega. Dinamik qisqarishiga qarab
xulosa qilinadigan boʻlsa, bitganidan soʻng uning
balandligi 100 metrga yaqin boʻlib Oʻrta Osiyoda eng katta va baland minora boʻlishi mumkin
edi. Minora qancha vaqt oʻtgan boʻlsa
ham xuddi yangi qurilganday saqlanib turibdi. Minora
1853 yilda Muhammad Aminxon tomonidan qurila boshlangan va 1855 yil Shimoliy Eronga
yurish paytida xonning oʻldirilishi va Abdullaxonning taxtga oʻtirishi bilan qurilish ishlari
toʻxtab qolgan.
Pahlavon
Mahmud maqbarasi XIV asrda kichik goʻrxona shaklida qurilgan boʻlib, unda oʻ
z
davrining katta “Piri” –
Pahlavon Mahmud jasadi koʻmilgan. Pahlavon Mahmud 1247 yilda Xiva
shahrida poʻstindoʻz oilasida tugʻilgan. Yoshlik yillarda ota kasbi poʻstindoʻzlik bila
n
shugʻullangan, soʻngra xat
-savod chiqarib, buyuk shoir, faylasuf darajasiga erishgan. U juda ham
zabardast pahlavon boʻlib 79 yillik hayotida biron marta kuragi erga tegmagan. Pahlavon
Mahmud maqbarasi vaqt oʻtishi bilan koʻpgina hukmdorlar tomonidan azi
z sanalib obod
qilingan. Tarixiy manbalarda maqbaraga Amir Temur tomonidan
eshik oʻrnatilgani yoziladi.
Maqbara 3 ta qismdan iborat: qabrxona, xonaqo va yoʻlak. Maqbaraning gʻarbiy qismida
joylashgan xonaga Pahlavon Mahmud dafn qilingan. Hozirgi vaqtda bin
oda Oʻzbekiston
Musulmonlarning diniy idorasi, “Pahlavon Mahmud jamgʻarmasi” faoliyat koʻrsatmoqda.
Inshootning ayrim joylari taʼmirtalab boʻlganligi uchun 2007 yilda, ayvon ustunlari, yoʻlaklar,
quduq atrofi va uning tepasidagi chiroyli oshyonli yogʻoch gumbaz, peshtoqning baʼzi tushib
ketgan sirli koshinlari qayta taʼmirlandi.
Xivadagi Nurullaboy saroyi eng hashamatli, eng jozibali, eng koʻrkam va maftunkorligi
bilan boshqa saroylardan ajralib turadi. Muhammad Rahimxon II (1864-1910) xivalik savdogar
boy
Nurullaboydan bogʻini sotishini soʻraydi. Nurullaboy xonga, u avvaldan xalq
oʻrtasida boʻlib
kelgan Nurullaboy bogʻi nomini oʻzgartirmasa sotishini aytadi. Xon rozilik bildiradi va bogʻni
sotib oladi. Shunday qilib Nurullaboy nomi saqlanib qoladi. Muhammad Rahimxon II
Nurullaboy bogʻi ichida oʻgʻli Isfandiyorxon uchun katta bir s
aroy qurdiradi. Bu ichki saroy
Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2024-yil, iyul
www.e-itt.uz
135
1896-
1904 yillarda qurilgan boʻlib, baland devor bilan oʻrab olingan. Saroydagi Isfandiyor toʻra
uchun moʻljallangan xonalarga Rossiyadan keltirilgan chinni pechkalar oʻrnatilgan. Shiftlardagi
Yevropa usulida yasalgan gullar va farishtalar rasmini rus rassomlari yasashgan.Binoda keyingi
davrlarda Maorif uyi va muzey binosi sifatida foydalanilgan, hozirgi kunlarimizda saroy qayta
taʼmirlanib, asl holiga
keltirilgan.
Xulosa va takliflar.
Xiva shahrini ochiq osmon ostidagi muzey
desak mubolagʻa boʻlmaydi.Xorazm xalq
meʼmorligining ajoyib obidalari: madrasa, masjid, saroy va minoralar, asosan, Ichan qalʼada.
Ichan qalʼa ansambli meʼmoriy yodgorlik sifatida
muhofazaga olinib, muzeyga aylantirilgan
(1961). 1990 yildan Ichan qalʼa Butun jahon yodgorliklari roʻyxatiga kiritilgan. Xulosa qilib
shuni taʼkidlash mumkinki Xiva nafaqat oʻzbek xalqining, balki butun dunyo xalqlarini boyligi
sanaladi.Bugungi kunda prez
identimiz turizm sohasini rivojlantirishga katta eʼtibor
qaratmoqda. “Turizm yoʻnalishidagi islohotlarni yanada jadallashtirish va sohada davlat
boshqaruvi tizimini samarali tashkil qilish chora-
tadbirlari toʻgʻrisida”gi 27.07.2023 yildagi PQ
-
238-
sonli, “
Respublikaning turizm salohiyatini jadal rivojlantirish hamda mahalliy va xorijiy
turistlar sonini yanada oshirishga doir qoʻshimcha chora
-
tadbirlar toʻgʻrisida”gi 26.04.2023
yildagi PQ-135-sonli qarorlari soha rivoji uchun xizmat qilmoqda. Yurtimiz jahon sayyohlik
bozorida oʻz oʻrniga ega boʻlishiga qaramasdan, turistlarga qulay
sharoit yaratish, servis
xizmatini yaxshilash, sayyohlik obidalarining jozibadorligini oshirish va reklamani
kuchaytirish darajasi juda past. Maqsadimiz yurtimizni jahon sayyohlik
bozoridagi oʻrnini
oldinga koʻtarib, chet ellik sayyohlarga qulay sharoit y
aratish,servis xizmatlarini
yaxshilash,sayyohlik obidalarini qayta taʼmirlab koʻrkam holga keltirish.Bu borada sezilarli
oʻsish haqida fikr yuritish ana shu omillarga bogʻliq.
Adab
iyotlar/ Литература/ Reference:
Anatoliy Yershov. Xiva-
qo‘riqxona shahar (1988)
“Sharq yulduzi” jurnali,1988 yil, 7
-son.
Masharipov Qudrat Yuldashevich. (2019) Jaloliddin Manguberdi-buyuk vatanparvar
sarkarda, -400-bet.
Muhammad Yusuf Bayoniy. (1994) "Shajarayi Xorazmshohiy". Ga'fur G'ulom nomidagi
adabiyot va san'at nashriyoti. Toshkent, -104 bet bet.
Qaror (2017) «2017–
2021 yillarda Xorazm viloyati va Xiva shahrining turizm salohiyatini
kompleks rivojlantirish Dasturi toʻg
֥
‘rida» gi PQ
-2953-sonli Qarori.
Qaror (2023)
“Respublikaning turizm salohiyatini
jadal rivojlantirish hamda mahalliy va
xorijiy turistlar sonini yanada oshirishga doir qoʻshimcha chora
-
tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ
-135-
sonli Qarori.
Qaror(2023)
“Turizm yoʻnalishidagi islohotlarni yanada j
adallashtirish va sohada davlat
boshqaruvi tizimini samarali tashkil qilish chora-
tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ
-238-sonli Qarori.
Йылдырым Беязыт Айше Чолпан Ялдыз.
(
2020
)
Хива обладает чрезвычайной
значимостью для всего тюркского мира, 16 июнь.
