ВОЗМОЖНОСТИ РАЗВИТИЯ СЕЛЬСКОГО ХОЗЯЙСТВА В РЕГИОНАЛЬНОЙ ЭКОНОМИКЕ

Аннотация

В статье отражены проблемы и пути решения развития сельского хозяйства, которое считается основным фактором развития экономики региона.Сельское хозяйство является одной из основных отраслей экономики любой страны. Климатические изменения и деградация окружающей среды, наблюдаемые в последние годы, напрямую связаны не только с природными факторами, но и с процессами развития человечества, что приводит к частому повторению засух, постоянному мониторингу пыли и дождей, срыву дождливых сезонов. Это оказывает серьезное влияние на сельскохозяйственную систему страны, доходы сельских жителей, продовольственную безопасность.

Тип источника: Журналы
Годы охвата с 2024
inLibrary
Google Scholar
Выпуск:
f
209-214
10

Скачивания

Данные скачивания пока недоступны.
Поделиться
Хакимов Z. (2024). ВОЗМОЖНОСТИ РАЗВИТИЯ СЕЛЬСКОГО ХОЗЯЙСТВА В РЕГИОНАЛЬНОЙ ЭКОНОМИКЕ. Экономическое развитие и анализ, 2(7), 209–214. извлечено от https://inlibrary.uz/index.php/eitt/article/view/48795
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Аннотация

В статье отражены проблемы и пути решения развития сельского хозяйства, которое считается основным фактором развития экономики региона.Сельское хозяйство является одной из основных отраслей экономики любой страны. Климатические изменения и деградация окружающей среды, наблюдаемые в последние годы, напрямую связаны не только с природными факторами, но и с процессами развития человечества, что приводит к частому повторению засух, постоянному мониторингу пыли и дождей, срыву дождливых сезонов. Это оказывает серьезное влияние на сельскохозяйственную систему страны, доходы сельских жителей, продовольственную безопасность.


background image



Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2024-yil, iyul

www.e-itt.uz

209

HUDUD IQTISODIYOTIDA QISHLOQ XOʻJALIGINI RIVOJLANTIR

ISH

IMKONIYATLARI

PhD

Xakimov Zafar Ibragimovich

Termiz iqtisodiyot va servis universiteti

ORCID: 0009-0007-7581-8498

zafarxakimov39@gmail.com

Annotatsiya.

Mazkur maqolada hudud iqtisodiyotining rivojlanishida asosiy faktor

hisoblangan qishloq xoʻjaligini rivojlantirish boʻyicha muammolar va yechimlar aks etgan.Qishloq

xoʻjaligi har qanday mamlakat iqtisodiyotida asosiy tarmoqlardan biri hisoblanadi. Soʻnggi

yillarda kuzatilayotgan iqlim oʻzgarishlari va

ekologik tanazzul nafaqat tabiiy omillar bilan balki

insoniyat taraqqiyotidagi jarayonlar bilan ham bevosita bogʻliq boʻlib, natijada
qurgʻoqchiliklarning tez

-tez takrorlanishi, chang-

toʻzonlarning doimiy kuz

atilishiga hamda

yogʻingarchiliklar mavsumlarining buzilishiga sabab boʻlmoqda. Bu esa mamlaka

t qishloq

xoʻjaligi tizimiga, qishloq aholisi daromadlariga hamda oziq

-

ovqat xavfsizligiga jiddiy taʼsir

koʻrsatmoqda.

Kalit soʻzlar:

qishloq xoʻjaligi, dehqon xoʻjaligi, fermer xoʻjaligi, rentabellik, ekologi

k

muammolar, iqlim oʻzgarishlari, investitsiya,

innovatsiya.

ВОЗМОЖНОСТИ РАЗВИТИЯ СЕЛЬСКОГО ХОЗЯЙСТВА В РЕГИОНАЛЬНОЙ

ЭКОНОМИКЕ

PhD

Хакимов Зафар Ибрагимович

Термезский университет экономики и сервиса

Аннотация

.

В статье отражены проблемы и пути решения развития сельского

хозяйства, которое считается основным фактором развития экономики
региона.Сельское хозяйство является одной из основных отраслей экономики любой

страны. Климатические изменения и деградация окружающей среды, наблюдаемые в

последние годы, напрямую связаны не только с природными факторами, но и с

процессами развития человечества, что приводит к частому повторению засух,
постоянному мониторингу пыли и дождей,

срыву дождливых сезонов.

Это оказывает

серьезное влияние на сельскохозяйственную систему страны, доходы сельских жителей,
продовольственную безопасность.

Ключевые слова:

Сельское хозяйство, подсобное хозяйство, фермерской хозяйство,

рентабельность, экологические проблемы, изменение климата, инвестиции,

инновации.

UO

K: 332.1:63

VII SON - IYUL, 2024

209-214


background image



Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2024-yil, iyul

www.e-itt.uz

210

AGRICULTURAL DEVELOPMENT OPPORTUNITIES IN THE REGIONAL ECONOMY

PhD

Khakimov Zafar Ibragimovich

Termiz University of Economics and Service

Abstract.

This article reflects the problems and solutions for the development of agriculture,

which is considered the main factor in the development of the

regionʼs economy. Agriculture is one

of the main sectors in the economy of any country. Climate changes and environmental

degradation observed in recent years are directly related not only to natural factors, but also to

the processes of human development, resulting in frequent recurrence of droughts, constant

monitoring of dust and rains, and disruption of rainy seasons. This has a serious impact on the

countryʼs agricultural system, the incomes of rural residents, and food security.

Key words:

agriculture, subsidiary farming, farming, profitability, environmental problems,

climate change, investment, innovation.


Kirish.

Jamiyat taraqqiyotining barcha bosqichlarida inson tabiatga turlicha taʼsir koʻrsatgan,

natijada insonning atrof-

muhitga boʻlgan

munosaba

ti ham shunga mos ravishda oʻzgarib

borgan. Bu davrlarda oʻziga xos fan

-texnika yutuqlari faqatgina inson ehtiyojlarini qondirish

maqsadida amalga oshirilgan. Barcha tabiiy yashash vositalariga tugamaydigan resurs sifatida

isrofgarchilikka yoʻl qoʻ

yilgan oqibatda ekologik muammolar mahalliy, mintaqaviylik

chegarasidan chiqib ijtimoiy, siyosiy va albatta iqtisodiy jihatdan umumbashariy ekologik

muammolar darajasiga yetdi. Oxir oqibat necha ming yillar davomida barqaror boʻlgan ekologik

muvozanat iqtisodiy ji

hatdan zavolga yuz tuta boshladi. Inson bilan tabiat oʻrtasidagi

munosabatlarga zarar yetib insoniyatning umumiy vatani va makoni hisoblangan ona tabiat

falokat yoqasiga kelib qoldi.

Hech kimga sir emaski, bugun inson iqtisodiy faoliyatining atrof-muhitga

taʼsiri biz

bashorat qilgandan kuchliroq tus olmoqda. Buning asosiy sabablaridan biri insoniyatni bir, bir

yarim asrda 1 mlrd.dan 8 mlrd.gacha koʻpayganligi boʻlsa, ikkinchidan tabiiy yashash

vositalarini cheksiz deb tushunganligidadir (Farmon, 2019). Aslida esa inson yashash muhitini

yaxshilash, zarur ehtiyojlarni toʻlaroq qondirish uchun ekosistemalar mahsuldorligi va uning

barqarorligini oshirish lozim boʻladi.

Qishloq xoʻjaligi rivojlanayotgan mamlakatlar iqtisodiyotini shakllantiruvchi asosiy

drayver hamda qishloq hududlarida aholi daromadlarining asosiy manbai hisoblanadi.

Yuqorida taʼkidlanganidek har bir hududda oziq

-ovqat xavfsizligi, aholi farovonligi va ishsizlik

kabi muammolarni bartaraf etishda asosiy tarmoq boʻlish bilan bir qatorda iql

im

oʻzga

rishlari

ga taʼsirchan hisoblanadi.

Jahon metrologiya tashkiloti (JMT) ning maʼlumotlariga koʻra soʻnggi yillar yaʼni 2016

-

2023-

yillar eng harorat koʻtarilgan yillar sifatida tasdiqlanib, mintaqada hududlarning

choʻllanish darajasi ortib bormoqda ha

mda oziq-ovqat xavfsizligiga jiddiy tahlika ostida

qolmoqda

21

.

Mazkur maqolada hudud iqtisodiyotiga oid statistik maʼlumotlar va iqtisodiy qarashlar

aks etadi hamda hudud iqtisodiyotining oʻziga xos jihatlari rivojlantirish xususiyatlari va

geografik joylashuvidan

kelib chiqqan holda qishloq xoʻjaligida innovatsion usullardan

foydalanish boʻyicha tavsiyalar aks etadi.

Adabiyotlar sharhi.

Mustaqillikning dastlabki yillaridan ushbu tarmoqni barqaror rivojlantirish doirasida

muhim tarkibiy islohotlar olib borildi va o

ʻ

z ijobiy natijalarini bermoqda. Ammo, bir tomondan

21

World Metrologial Organization (WMO),

https://public.wmo.int/eng


background image



Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2024-yil, iyul

www.e-itt.uz

211

qishloq

xoʻjaligi

ishlab chiqarishi asosan

sugʻorma

dehqonchilikka asoslanganligi, ikkinchi

tomondan esa suv tanqisligi keskinlashayotganligi, shuningdek

“Oʻzbekistonning 70 foiz erlari

qurgʻoqchil maydonlardan iborat”ligi kelajakda qishloq xoʻjali

gi ishlab chiqarishining iqlim

oʻzgarishiga taʼsirchanligi yuqori ehtimollikda boʻlishligini koʻrsatadi. Zero, Prezidentimiz

Sh.Mirziyoyev dunyo hamjamiyatiga mur

ojaat qilib, “Iqlim jadal oʻzgarmoqda, ommaviy

migratsiya oqimlari koʻpaymoqda, anʼanaviy qadriyatlar zavol topmoqda” (

Mirziyoyev, 2021) -

deb taʼkidlaganlari holda iqlim oʻzgarishining kelgusida ham salbiy taʼsir koʻrsatishini hisobga

olgan holda ish tutish va ushbu masalaga ilmiy yondashish lozimligi

ga alohida eʼtibor qaratdi.

Lerman (2019

) izlanishlariga koʻra sobiq ittifoqni tarqalishi bilan Markaziy Osiyo va

Kavkaz orti mamlakatlarida qishloq xoʻjaligining qontomiri hisoblangan sugʻorish va suv bilan

t

aʼminlash tizimida juda katta buzilishlar kuzat

ildi. Bunga sabab daryo suvlarining endilikda

b

ir necha davlatlar hududidan oʻtib kelishi, sovxoz, kolxoz yerlarini bir necha dehqon, fermer

hattoki oilaviy pudratchilarga boʻlib berilganligi, mavjud infratuzi

lma inshootlari kolxoz va

sovxozlar uchun yirik-yirik loyiha asosida qurilganligi uchun tizimda nomuvofiqlikni keltirib

chiqardi.

Begdullayev (2019) antropogen taʼsir tufayli orolboʻyi mintaqasida tuproq shoʻrlanishi,

hosilning kamayishi va qishloq xoʻjali

k mahsulotlarining sifati yomonlashishi kuzatilmoqda,

deb hisoblaydi. Shu sababli ham bunday sharoitlarda yaxshi oʻsib rivojlanadigan ekin turlarini

yetishtirish maqsadga muvofiqdir. Shunday ekinlardan biri joʻxori hisoblanib, u oʻrta va kuchli
shoʻrlangan

maydonlarda hamda suv tanqis sharoitlarda oʻsi

b rivojlanadi.

Qoʻziyev, Abduraxmonov (2017) tadqiqotlariga koʻra soʻngi yillarda agrar sohani

keragidan ortiqcha kimyolashtirish tufayli yerlarni surunkasiga haydash va ushbu sohadagi

monokultura biotsenozining degradatsiyasiga olib keldi. Buning natijasida foydali hasharotlar

va boshqa jonli organizmlarning turlari keskin kamayib ketdi yoki yoʻqoldi –

oqibatda madaniy

oʻsimliklar hosilining pasayib ketishiga sababchi boʻldi.

Parpiyev va boshqalar (2020) maʼlumotlariga koʻra Surxondaryo viloyati sugʻorila

digan

tuproqlarida irrigatsiya eroziyasiga chal

inmagan yerlar 219 ming gektarni tashkil etib. Yaʼni

jami sugʻoriladigan yerlarga nisbatan 80, 85 % ni tashkil etadi. Viloyatning Termiz tumanida

eroziya jarayoni kuzatilmaydi. Viloyat miqyosida 51,9 ming gektar (19,15%) ni turli darajada

eroziyaga uchragan boʻlib, shundan kuchsiz darajada 34,3 ming gektar (12,68 %), oʻrtacha

darajada 12,6 ming gektar (4,65 %) va kuchli darajada 4,9 ming gektar (1,82 %) irrigatsiya

eroziyasiga uchragan yerlarni tashkil etadi.

Mamlakatimizda 3 million gektar yaylov va ekin yerlari degradatsiyaga uchragan, 2

million gektarga yaqini turli darajada shoʻrlangan. Xorijiy ekspertlar iqlim oʻzgarishi sababli

2030-yilga borib, mintaqamizda suv resurslari qariyb 6 foizga qisqarishini aytmoqda. Buning

choralarini hozirdan koʻrish zarur

(Mirziyoyev, 2021).

Shu bois qishloq xoʻjaligida iqlim oʻzgarishiga moslashish va sohaning iqlimga salbiy

taʼsirini yumshatish boʻyicha 52 banddan iborat

milliy dastur ishlab chiqildi. Dastur doirasidagi

chora-

tadbirlarga 294 million dollardan ortiq grant mablagʻlari jalb qilish nazarda tutilgan

(Farmon, 2019).

Tadqiqot metodologiyasi.

Muallif

tadqiqot ishini bajarishda kuzatish, maʼlumotlarni yigʻish, umumlashtirish,

taqqoslash, mahalliy va xorijiy olimlarn

ing qishloq xoʻjaligiga oid iqtisodiy qarashlari, sohadagi

muammolar va ularning yechimlari boʻyicha izlanishlari ha

mda sohaga doir qonuniy va

meʼyoriy

-

huquqiy hujjatlar oʻrganilib, xulosa va takliflar ishlab chiqildi. E

kologik omil sifatida

iqlim oʻzgari

shlarining agrarsoha iqtisodiyotiga

taʼsirini tahlil qilishda agronomik, integratsion

baholash, regression panel, ishlab chiqarish modellardan foydalanildi.



background image



Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2024-yil, iyul

www.e-itt.uz

212

Tahlil va natijalar muhokamasi.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022

-yil 28-yanvardagi 2022-2026-yillarga

moʻljallangan Yangi Oʻzbekistonning taraqqiyot

strategiyasi PF-60-son farmoniga asosan 80-

maqsad: Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish, shahar va tumanlarda ekologik ahvolni

yaxshilash, "Yashil makon" umummilliy loyihasini amalga oshirish belgilab quyilgan.

Tahlillarga koʻra mamlakatimizda 3 million gektar yaylov va ekin yerlari degradatsiyaga

uchragan, 2

million gektarga yaqini turli darajada shoʻrlangan. Xorijiy ekspertlar iqlim

oʻzgarishi sababli 2030

-yilga borib, mintaqamizda suv resurslari qariyb 6 foizga qisqarishini

aytmoqda. Bu jarayon kelgusida suv resurslariga boʻlgan talab yanada oshishi va hudud

larda

ekologik tang vaziyat hukm surishidan dalolat beradi (Muxtorov, Abdukarimova, 2016).

Shu bois qishloq xoʻjaligida iqlim oʻzg

arishiga moslashish va sohaning iqlimga salbiy

taʼsirini yumshatish boʻyicha 52 banddan iborat milliy dastur ishlab chiqildi.

Dastur doirasidagi

chora-

tadbirlarga 294 million dollardan ortiq grant mablagʻlari jalb qilish nazarda tutilgan.

Jumladan, hududla

r boʻyicha muammolar tahlilida Orolboʻyida 1 million gektardagi

agroekologik landshaftlar hamda degradatsiyaga uchragan yaylovlar holati yaxshilanadi.

Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Xorazm, Buxoro va Qashqadaryo viloyatlarida ihotazorlar

barpo qilinadi. Su

v taʼminoti ogʻir yerlarda qizilmiya, naʼmatak, kunjut, artemiya yetishtirish va

iqlim xususiyatidan kelib chiqib ekinlar parv

arishlanishi yoʻlga qoʻyiladi

(Rustamova,

Babadjanova, 2023).

Ekologik omillar va iqlim oʻzgarishini tahlil va bashorat qilish boʻ

yicha markaz tuzilib, 5

ta viloyatda agrometeorologiya stansiyalari

oʻrnatiladi. Shuningdek, Italiya bilan hamkorlikda

Intensi

v urugʻchilik va koʻchatchilik xalqaro markazi, shoʻrga va suvsizlikka chidamli ekinlar

boʻyicha urugʻchilik xoʻjaligi tashkil eti

lsagina muammo ga yechim topish mum10kin..

Suvni tejash masalasi, ayniqsa, Amudaryoning quyi mintaqasida dolzarb. Shu bois, yana

bir hujjatga koʻra, Qoraqalpogʻistonda yerni lazerli tekislash xarajatlari uchun subsidiya

ajratish orqali qishloq xoʻjaligi subyektlari davlat tomonidan qoʻllab

-

quvvatlanmogʻI lozim

(Mirziyoyev, 2021)

. Yaʼni, paxta, boshoqli don va sholi yetish

tiruvchilarga lazerli tekislangan

har bir gektar maydonga sarflangan yoqilgʻi

-moylash materiallari xarajati 100 foizgacha

qismini qoplash uchun Davlat byudjetidan subsidiya beriladi.

Birinchi bosqichda bu Toʻrtkoʻl, Beruniy va Amudaryo tumanlarida amalga o

shiriladi.

Bunday maydonlarda hosildorlik oʻrtacha 5

-7 sentnerga oshadi va suv sarfi 15-20 foiz tejaladi

(Parpiyev va boshqalar 2020).

Sur

xondaryo viloyatida Akademik M.Mirzayev nomidagi bogʻdorchilik, uzumchilik va

vinochilik ilmiy-tadqiqot institutining yer maydonlaridan samarali foydalanish rejalari ham

bayon qilindi.

Xususan, institutning Bandixon ilmiy-tajriba stansiyasidagi 142 gektar yer qaytadan

foydalanishga kiritiladi. 300 gektar maydonda suv tejaydigan zamonaviy texnologiyalar

oʻrnatilib, eksport

bop meva va uzumzorlar barpo etiladi.

Qiziltepa tumanidagi Navoiy ilmiy-

tajriba stansiyasida uzum koʻchatchiligi boʻyicha

tajriba xoʻjaligi tashkil etilib, Fransiya va boshqa davlatlarning eksportbop navlari koʻchati olib

kelinadi. Har ikki stansiyada suv

taʼminotini yaxshilash uchun energiya tejamkor nasos agregati

va transformator oʻrnatiladi.

Qishloq xoʻjaligi mahsulotlarining uzluksizligida issiqxonalarning alohida oʻrni bor.

Soʻngg

i yillarda ularning maydoni 2,6 baravar, mahsulot yetishtirish hajmi 3 baravardan ziyod

oshgan. Ushbu tarmoqda 80 ming aholi doimiy va 70 ming nafari mavsumiy ish bilan band
(Farmon, 2019).

Issiqxona xoʻjalikla

rining samaradorligini oshirish maqsadida xorijdan malakali

agronom, entomolog va laboratoriya mutaxassislarini jalb qilish xarajatlarining 50

foizini,issiqxonalar uchun koʻmir qozoni sotib olish xarajatlarining 20 foizgacha qismini

qoplash taklif etilmoqda.

Tahlillarga koʻra, mintaqada bugʻdoy ekin maydoni boshqa ekinlarga qaraganda 1991

-


background image



Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2024-yil, iyul

www.e-itt.uz

213

yildan keyingi davrda oʻsish tendensiyasiga ega boʻlgan. Yaʼni, bugʻdoy maydoni 1992

-yilda 600

ming gektardan koʻproq maydonni egallagan. Bu koʻrsatkich yil sayin oshib bo

rgan va 2003-

yilda 1,5 mln. gektardan koʻproqni tashkil etgan. Lekin, qishloq xoʻjaligidagi tarkibiy islohotlar

va diversifikatsiyalar sababli 2021-yilda 1,3 mln. gektarni tashkil etgani holda, oldingi yillarga

nisbatan kamaygan (1-rasm).

1-rasm. O

ʻ

zbekistonda bug

ʻ

doy ekin maydonining o

ʻ

zgarish dinamikasi

(1992-2021-yy).

Maʼlumki, Oʻzbekistonda uzoq yillik paxta

monokulturasi oqibatida tuproq

unumdorligining pasayishi kuzatilgan hamda yirik daryolar Sirdaryo va Amudaryoning quyi

qismidagi hududlarda sugʻoriladigan yerlarning shoʻrlanish darajasi osh

gan.

Tahlillarga koʻra, eng yuqori shoʻrlanish Orol boʻyi havzasiga toʻgʻri

keladi. Sugʻoriladigan

yerlarning shoʻrlanishi koʻrsatkichlari boʻyicha respublikamiz hududi ichida Qoraqalpogʻiston

Respublikasi hudu

dlari eng katta maydonni egallaydi. Ushbu koʻrsatkich boʻyicha keyingi

oʻrinlarda Xorazm va Sirdaryo viloyatlari turadi. Shoʻrlanish eng kam hududlarga esa

Samarqand va Toshkent viloyatlari kiradi. I

qlim oʻzgarishi va yer shoʻrlanishi oqibatida fermer

va d

ehqon xoʻjaliklarida ortiqcha xarajatlar kelib chiqishi

va foyda kamayib, rentabellikning

pasayishiga

sabab boʻladi (1

-jadval).

1-jadval

Respublikamizda iqlim

oʻzgarishi

va tuproq

shoʻrlanishini

bygʻdoy hosiliga taʼsirini iqtisodiy baholash

Koʻrsatk

ichlar

Oʻlchov

birligi

Iqlim

oʻzgarishini

hisobga

olmaganda

Iqlim

oʻzgarishini

hisobga olganda

Harorat,

°С

(16,2%)

Yogʻingar

-

chilik, mm

(2%)

Tuproq

shoʻrlani

shi,

gr (5%)

1 Hosildorlik

s/ga

60

50,3

58,8

57

2 Yalpi hosil

tn/ga

6

5,3

5,8

5,7

3 Ishlab chiqarish xarajatlari

ming soʻm

16483

16800

16883

17500

4 Mahsulot tannarxi

soʻm

2747,2

3169,8

2910,9

3070,2

5 Realizatsiya narxi

soʻm

3100

3100

3100

3100

6 Mahsulot qiymati

ming

soʻm

18600

16430

17980

17670

7 Foyda

ming

soʻm

2117

-370

1097

170

8 Rentabellik

%

12,84

-2,20

6,50

0,97

Maʼlumki, iqlim oʻzgarishi haroratning koʻtarilishiga, yogʻingarchilik shakllarining

oʻzgarishi tufayli esa tuproq shoʻrlanishining oshishiga olib kelishi mumkin. Chunki, yuqori
harorat bugʻlanishning kuchayishiga olib kelsa, yogʻingarchilikning oʻzgarishi

, xususan


background image



Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2024-yil, iyul

www.e-itt.uz

214

kamayishi tuproqda tuzlarning toʻplanishiga olib keladi. Tuproq shoʻrlanishidagi bu kabi jadal

oʻzgarishlar oʻsimlikchalik rivojlanishiga salbiy taʼsir etgani holda pirovard maqsad oziq

-ovqat

xavfsizligini taʼmi

nlash muammosini keltirib chiqaradi.

Xulosa va takliflar

.

Hudud iqtisodiyotini rivojlanishida muhim rol oʻynaydigan qishloq xoʻjaligini

rivojlanishida resurslardan samarali foydalanishga alohida eʼtibor qaratish lozim Bunda:

1.

Ekinlarni diversifikatsiya qilish: fermerlar iqlim

oʻzgarishi bilan bogʻliq xavflarni

kamaytirish uchun oʻz ekinlarini diversifikatsiya qilishlari mumkin. Bu har xil iqlim

sharoitlariga mos keladigan turli xil ekinlarni yetishtirishni oʻz ichiga oladi.

2.

Innovatsion

sugʻorish usullaridan

foydalanish: fermerla

r suvni tejash va qurgʻoqchilik

taʼsirini kamaytirish uchun yanada samarali sugʻorish tizimlarini qoʻllashlari mumkin.

3.

Yer resursini saqlash: tuproqni saqlash usullari, masalan, tuproqni haydamasdan ekin

ekish yoki dehqonchilik qilish, mulchalash va qoplamali ekinlar orqali tuproq namligini saqlab

qolish va eroziyani kamaytirishga yordam beradi.

4.

Agrooʻrmon xoʻjaligi: fermer xoʻjaliklarida daraxt ekish tuproq sifatini yaxshilash,

eroziyani kamaytirish va ekinlar uchun soya yaratishga yordam beradi.

5.

Yaxshilangan ekin navlari: fermerlar iqlim oʻzgarishiga chidamliroq, qurgʻoqchilikka

chidamli yoki issiqlikka chidamli navlardan foydalanishi mumkin.

6.

Ob-havo prognozi: ob-

havo maʼlumotlaridan tez va muntazam xabardorlik f

ermerlarga

oʻz faoliya

tini rejalashtirishda va ekstremal ob-

havo hodisalari bilan bogʻliq xavflarni

kamaytirishda yordam beradi.Ushbu moslashish strategiyalari fermerlarga iqlim oʻzgarishi

taʼsirini yengish va rentabellikni saqlab qolishga yordam beradi.

Adabiyotlar/ Литература/ Reference:

Babaxolov Sh. Qishloq xoʻjaligida iqlim omillari oʻzgarishining taʼsiri va adaptatsiya

jarayonlarini iqtisodiy baholash (Samarqand viloyati misolida): avt…. diss. (PhD).

https://

www.iamo.de/en/research/ projects/ details/ipres/

Begdullayev T. (2019) “Dinamika zasoleniya pochv pod sorgo” Agro himoya va oʻsimliklar

karantini jurnali. №

-1, 47-

49 bet. №11.

Farmon (2019) Oʻzbekiston

Respublikasi Prezidentining 2019 yil 23 oktyabrdagi PF-5853-

con “Oʻzbekiston Respublikasi qishloq xoʻjaligini rivojlantipishning 2020

-2030-yillarga

moʻljallangan strategiyasini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi farmoni,

Lerman, Z. (2019) Agricultural recovery and individual land tenure: Evidence from Central

Asia. Changing landscape of European agriculture. Essays in honour of professor Csaba Csaki. /

Budapest: Agroinform, 95-113.;

Mirziyoyev Sh. (2021) Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Birlas

hgan

Millatlar Tashkilotining Nyu-Yorkdagi bosh qarorgohida 2021-yil 21-sentyabr kuni BMT Bosh

Assambleyasining 76-sessiyasidagi nutqi. https://uzreport.news/politics/prezident-uzbekistana-

vidvinul-vajnie-initsiativi-na-76-y-sessii- generalnoy-assamblei-oon.

Muxtorov, A.

, Abdukarimova M. (2016) “Global iqlim oʻzgarishiga moslashishi boʻyicha xorij

tajribasidan foydalanishning ayrim jihatlari” “Agroilm” jurnali 2(40)

-son, 73-75

Parpiyev Gʻ.T. va boshqalar (2020). “Boʻz tuproqlar mintaqasi sugʻoriladigan tuproqlarning

unumd

orligini yaxshilashga doir tavsiyalar”. Toshkent Zilol

Buloq. 9-15, 21-22, 32-38 b.

Qoʻziyev R.Q., Abduraxmonov T.A. (2017) “Respublika tuproqlarining holati, unumdorligi va

uni yaxshilash yoʻllari”. Re

spublika ilmiy-

amaliy anjumani maqolalar toʻplami. Tos

hkent. -12-23

b.

Rustamova I.B., Babadjanova M.M. (2023) Qishloq xoʻjaligida “Fermerlarning agromaslahat

(ekstenshn) xizmatlari toʻgʻrisidagi bilim va koʻnikmalarini baholash” //Agroiqtisodiyot. 2. 77

-80.

Библиографические ссылки

Babaxolov Sh. Qishloq xoʻjaligida iqlim omillari oʻzgarishining taʼsiri va adaptatsiya jarayonlarini iqtisodiy baholash (Samarqand viloyati misolida): avt…. diss. (PhD). https://www.iamo.de/en/research/ projects/ details/ipres/

Begdullayev T. (2019) “Dinamika zasoleniya pochv pod sorgo” Agro himoya va oʻsimliklar karantini jurnali. №-1, 47-49 bet. №11.

Farmon (2019) Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 23 oktyabrdagi PF-5853-con “Oʻzbekiston Respublikasi qishloq xoʻjaligini rivojlantipishning 2020-2030-yillarga moʻljallangan strategiyasini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi farmoni,

Lerman, Z. (2019) Agricultural recovery and individual land tenure: Evidence from Central Asia. Changing landscape of European agriculture. Essays in honour of professor Csaba Csaki. / Budapest: Agroinform, 95-113.;

Mirziyoyev Sh. (2021) Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Birlashgan Millatlar Tashkilotining Nyu-Yorkdagi bosh qarorgohida 2021-yil 21-sentyabr kuni BMT Bosh Assambleyasining 76-sessiyasidagi nutqi. https://uzreport.news/politics/prezident-uzbekistana-vidvinul-vajnie-initsiativi-na-76-y-sessii- generalnoy-assamblei-oon.

Muxtorov, A., Abdukarimova M. (2016) “Global iqlim oʻzgarishiga moslashishi boʻyicha xorij tajribasidan foydalanishning ayrim jihatlari” “Agroilm” jurnali 2(40)-son, 73-75

Parpiyev Gʻ.T. va boshqalar (2020). “Boʻz tuproqlar mintaqasi sugʻoriladigan tuproqlarning unumdorligini yaxshilashga doir tavsiyalar”. Toshkent Zilol Buloq. 9-15, 21-22, 32-38 b.

Qoʻziyev R.Q., Abduraxmonov T.A. (2017) “Respublika tuproqlarining holati, unumdorligi va uni yaxshilash yoʻllari”. Respublika ilmiy-amaliy anjumani maqolalar toʻplami. Toshkent. -12-23 b.

Rustamova I.B., Babadjanova M.M. (2023) Qishloq xoʻjaligida “Fermerlarning agromaslahat (ekstenshn) xizmatlari toʻgʻrisidagi bilim va koʻnikmalarini baholash” //Agroiqtisodiyot. 2. 77-80.