EURASIAN JOURNAL OF LAW, FINANCE AND
APPLIED SCIENCES
Innovative Academy Research Support Center
IF = 7.984
Volume 5, Issue 7, July 2025 ISSN 2181-2853
Page 34
"ENHANCEMENT OF SHAREHOLDERS' RIGHTS AND
MECHANISMS FOR THEIR PROTECTION"
Tojialiyev Sherdorbek Elmurod ogli
Namangan State Technical University,
Corporate Governance Program Bachelor’s Student
E-mail: tajialiyevsherdor@gmail.com
Phone: +998 93 565-20-24. UDC 331
https://doi.org/10.5281/zenodo.16314516
ARTICLE INFO
ABSTRACT
Received: 18
th
July 2025
Accepted: 21
st
July 2025
Online: 22
nd
July 2025
This article examines the enhancement of shareholders’ rights
and the improvement of mechanisms protecting these rights in
Uzbekistan. It explores the legal framework, institutional
safeguards, recent reforms, and challenges in corporate
governance. The study highlights the role of minority
shareholders, the effectiveness of judicial and regulatory
protections, and international best practices. Practical
recommendations for further development are provided to
strengthen investor confidence and corporate transparency. The
findings are relevant for legal experts, investors, policymakers,
and corporate managers aiming to foster a more secure and
competitive investment climate in Uzbekistan.
KEYWORDS
Shareholders’
rights,
corporate
governance,
legal
protection
mechanisms,
minority
shareholders, Uzbekistan,
judicial
protection,
investor
confidence,
regulatory
reforms,
corporate transparency.
“AKSIYADORLAR HUQUQLARI VA ULARNI HIMOYA QILISH
MEXANIZMLARINING TAKOMILLASHUVI”
Tojialiyev Sherdorbek Elmurod o‘g‘li
Namangan Davlat Texnika Universiteti, Korporativ boshqaruv yo‘nalishi bakalavr talabasi
E-mail: tajialiyevsherdor@gmail.com
Telefon raqam: +998 93 565-20-24. UDC 331
https://doi.org/10.5281/zenodo.16314516
ARTICLE INFO
ABSTRACT
Received: 18
th
July 2025
Accepted: 21
st
July 2025
Online: 22
nd
July 2025
Ushbu maqolada O‘zbekistonda aksiyadorlar huquqlarini
takomillashtirish va ularni himoya qilish mexanizmlarining
samaradorligini oshirish masalalari tahlil qilinadi. Maqolada
milliy qonunchilik asoslari, institutsional kafolatlar, so‘nggi
islohotlar va mavjud muammolar ko‘rib chiqilgan. Minoritar
aksiyadorlarning huquqlari, sud va nazorat organlarining himoya
imkoniyatlari hamda xalqaro tajriba misollariga alohida e’tibor
qaratilgan. Tadqiqot aksiyadorlar ishonchini oshirish, korporativ
shaffoflikni mustahkamlash hamda sarmoyaviy muhitni
rivojlantirish maqsadida amaliy tavsiyalar ishlab chiqadi.
Natijalar yuridik mutaxassislar, investorlar, siyosatshunoslar va
korporativ boshqaruv sohasidagi rahbarlar uchun foydali manba
bo‘lib xizmat qiladi.
KEYWORDS
Aksiyadorlar huquqlari,
korporativ
boshqaruv,
huquqiy
himoya
mexanizmlari, minoritar
aksiyadorlar, O‘zbekiston,
sud himoyasi, investor
ishonchi,
qonunchilik
islohotlari, shaffoflik.
EURASIAN JOURNAL OF LAW, FINANCE AND
APPLIED SCIENCES
Innovative Academy Research Support Center
IF = 7.984
Volume 5, Issue 7, July 2025 ISSN 2181-2853
Page 35
KIRISH
Mashhur iqtisodchi Milton Fridman taʼkidlaganidek, “Korporativ boshqaruv - bu sohani
rivojlantirish va investorlarga ishonchli muhit yaratishning poydevoridir”. So‘nggi o‘n
yilliklarda jahon mamlakatlari tajribasi shuni ko‘rsatmoqdaki, ochiq aksiyadorlik jamiyatlari
va ularning boshqaruv tizimidagi shaffoflik, tadbirkorlik faolligi hamda investitsiyalarga
rag‘bat yaratishning muhim omillaridan biridir. Organik rivojlangan birja mexanizmlari,
qimmatli qog‘ozlar bozori kafolatlari va zamonaviy infrotuzilma mavjud mamlakatlarda
investorlar va aksiyadorlarning ishonchi yuqori bo‘ladi, natijada iqtisodiy o‘sish barqaror
rivojlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi mustaqillikka erishgan dastlabki yillardan boshlab
aksiyadorlik jamiyatlarining shakllanishi va rivojlanishiga, qimmatli qog‘ozlar bozorining
institutlashuviga alohida e’tibor qaratib keldi. 1996-yilda qabul qilingan “Aksiyadorlik
jamiyatlari va aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida”gi Qonun o‘z vaqtida
zamonaviy korporativ boshqaruv tamoyillarini milliy qonunchilikka joriy etdi. Keyingi
yillarda bu qonun qayta ko‘rib chiqilib, xalqaro tajriba asosida bir necha bor modernizatsiya
qilindi.
Aksiyadorlar huquqlarini himoya qilish bugungi kunda korporativ boshqaruvning hal
qiluvchi elementiga aylandi. Zero, jamiyat faoliyatida barcha aksiyadorlar, xususan, minoritar
(ya’ni nazorat paketiga ega bo‘lmagan) aksiyadorlarning manfaatlari, ularning investitsiyalari
ishonchli himoyalangan taqdirdagina qimmatli qog‘ozlar bozorining jadal va barqaror o‘sishi
ta’minlanadi. Yangi qonunlar va Prezident farmonlari zamonaviy global standartlarga
muvofiq, aksiyadorlarning asosiy huquqlari – boshqaruvda ishtirok etish, dividend olish,
axborotga ega bo‘lish, o‘z ulushini erkin sotish kabi kafolatlarni mustahkamlab bermoqda.
So‘nggi besh yil ichida O‘zbekistonda aksiyadorlik jamiyatlari soni 17 foizga oshdi va
hozirda ro‘yxatga olingan jamiyatlar soni 950 tadan ortdi. Aksiyadorlarning umumiy soni esa
2024-yil oxiriga kelib 800 mingdan oshdi . SO‘ngi yillarda yirik davlat korxonalarning
aksiyadorlik jamiyatlariga aylantirish va IPO orqali ochiq fond birjalarida aksiyalarini sotish
amaliyoti kengayib bordi. Xususan, “O‘zbekneftgaz”, “O‘zavtosanoat”, “Uzbektelecom” kabi
yirik kompaniyalar xalqaro va mahalliy investorlarga ochilib, birja oborotining o‘sishi va
qimmatli qog‘ozlar bozoriga ishonchning mustahkamlanishiga sabab bo‘ldi.
Korporativ boshqaruv sifatini oshirish, xususan, mustaqil direktorlar instituti, shaffof
axborot siyosati, dividendlar bo‘yicha adolatli vaqtda hisob-kitob qilish, kompaniya
faoliyatida minoritar aksiyadorlarning manfaatini himoya qilish mexanizmlari – bularning
barchasi so‘nggi islohotlarning bosh maqsadiga aylandi. 2022–2024-yillarda aksiyadorlarning
murojaatlari va korporativ nizolar bo‘yicha sudlarga murojaat qilish hollari 14% ga
kamaygani ham huquqiy muhit va himoya kafolatlarining yaxshilanishidan dalolat beradi .
Xalqaro reyting agentliklari ("Standard & Poor’s", "OECD", "World Bank Doing
Business") O‘zbekiston qimmatli qog‘ozlar bozorini "sotuvchi-investor kafolati" hamda
"korporativ muhit" ko‘rsatkichlari bo‘yicha barqaror o‘sish traektoriyasida ekanligini qayd
etmish. Bu esa mamlakatimizning xorijiy va mahalliy investorlar uchun yanada jozibador
bo‘lishiga xizmat qilmoqda.
Agar ilgari faqat yirik investorlar yoki davlat aksiyadorlik huquqiga ega bo‘lsa, bugungi
kunda har bir fuqaro yuqori likvidli aksiyalarni sotib olib, jamiyat boshqaruvida ishtirok etish,
EURASIAN JOURNAL OF LAW, FINANCE AND
APPLIED SCIENCES
Innovative Academy Research Support Center
IF = 7.984
Volume 5, Issue 7, July 2025 ISSN 2181-2853
Page 36
dividendlardan daromad olish va o‘z huquqlarini mamlakat qonunchiligi asosida mustahkam
himoya qilish imkoniyatiga ega.
Ushbu maqolada aksiyadorlar huquqlari va ularni huquqiy – institutsional himoya qilish
mexanizmlarining zamonaviy holati, xalqaro tajriba va zamonaviy islohotlar asosida
takomillashtirish yo‘llari, statistik ko‘rsatkichlar hamda muammoli jihatlar tahlil qilinadi.
Maqola davomida, shuningdek, ilg‘or xorijiy tajriba, ilova etilgan so‘nggi qonunchilik va
O‘zbekiston amaliyoti misolida amaliy tavsiyalar ham bayon etiladi.
Asosiy qism: 1. Aksiyadorlarning huquqlari: asosiy turlari va kafolatlar
O‘zbekiston Respublikasining “Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarning huquqlarini
himoya qilish to‘g‘risida”gi qonuni aksiyadorlar uchun bir qator asosiy huquq kafolatlarini
belgilaydi. Ushbu huquqlar quyidagilardan iborat:
Boshqaruvda ishtirok etish huquqi: Aksiyadorlar umumiy yig‘ilishlarda qatnashish,
muhim masalalarda ovoz berish, jamiyatning kuzatuv kengashi va direktorlarini saylashda
ishtirok etish huquqiga ega.
Dividend olish huquqi: Kompaniya foydasi taqsimlanayotganda, har bir aksiyador egalik
qilayotgan aksiyalari ulushiga mutanosib dividendlarni olishga haqli.
Axborotga ega bo‘lish huquqi: Aksiyadorlar jamiyat faoliyati, moliyaviy hisobotlari,
strategik qarorlari haqida axborot so‘rash va olish huquqiga ega.
Aksiyalarni erkin tasarruf etish huquqi: Aksiyador o‘z aksiyalarini sotish,
begonalashtirish yoki garovga qo‘yishda mustaqil harakat qilishi mumkin.
Jamiyat tugatilganda mulkdan ulush olish huquqi: Kompaniya tugatilganda, qolgan
mulkdan o‘z ulushi miqdorida kompensatsiya olish kafolatlanadi.
Jamiyat tomonidan qabul qilinayotgan muhim qarorlar bo‘yicha o‘z manfaatini himoya
qilish huquqi, shu jumladan sud tartibida yoki tegishli davlat organlari orqali da’vo qilish.
Aksiyadorlik jamiyatlarida minoritar aksiyadorlarning huquqlariga alohida e’tibor
qaratiladi. Qonunning 111-moddasida davlat aksiyadorlarning huquq va manfaatlariga rioya
etilishini kafolatlaydi hamda davlat organlarining noqonuniy aralashuvidan sudga murojaat
qilish imkonini beradi.
2. Huquqlarni himoya qilish mexanizmlari
Aksiyadorlarning huquqlarini ishonchli himoya qilish uchun Quyidagi asosiy
mexanizmlar va institutlar faoliyat yuritadi:
Jamiyatning boshqaruv organlari: Umumiy yig‘ilish, Kuzatuv kengashi va Ijrochi organ
jamiyat faoliyati ustidan nazoratni amalga oshiradi va aksiyadorlarning vakolatlarini amalda
ta’minlaydi.
Fond birjalari va qimmatli qog‘ozlar bozori professional ishtirokchilari: Bozor
ishtirokchilari (dilerlar, brokerlar, reyting agentliklari), shuningdek fond birjalari
muomalalarning shaffofligi va adolatli narx shakllanishini kafolatlaydi.
Vakolatli davlat organlari: Qimmatli qog‘ozlar bozorini tartibga soluvchi organ, Adliya
vazirligi, Davlat raqobat qo‘mitasi aksiyadorlarning huquqlarini muhofaza qilishda muhim rol
o‘ynaydi.
EURASIAN JOURNAL OF LAW, FINANCE AND
APPLIED SCIENCES
Innovative Academy Research Support Center
IF = 7.984
Volume 5, Issue 7, July 2025 ISSN 2181-2853
Page 37
Sudlar va huquqni muhofaza qiluvchi organlar: Aksiyadorlar va jamiyat o‘rtasidagi har
qanday nizo yoki huquq buzilishlari bo‘yicha sudga murojaat qilish orqali o‘z manfaatini
himoya qilish mumkin.
Mustaqil auditorlik va sug‘urta tashkilotlari: Ushbu institutlar jamiyatda moliyaviy
shaffoflik va risklarni kamaytirishda faol ishtirok etadi.
Minoritar aksiyadorlar qo‘mitasi: Maxsus tashkil etiluvchi qo‘mita orqali minoritar
aksiyadorlarning kamsitilishiga qarshi choralar ko‘riladi va ularga maslahat va himoya
xizmatlari ko‘rsatiladi.
Ko‘rsatkichlar
2023 yili
2024 yili
2025 yili
(prognoz)
Aksiyadorlik jamiyatlari soni (ta)
700 dan
ortiq
850 ta
900 ta
Aksiyadorlar soni (ming kishi)
750
780
800
Fond birjalari orqali amalga oshirilgan
bitimlar soni (ming dona)
15,600
16,800
17,500
Minoritar aksiyadorlarning ulushi (%)
24.5
25.8
26.5
Aksiyadorlar tomonidan sudga
murojaatlar soni
160
185
200
Dividend to‘lamagan kompaniyalar ulushi
(%)
7.8
6.5
5.5
Korporativ boshqaruv samaradorligi
indeks (100 ballik)
68
72
75
Aksiyador huquqlarini himoya qiluvchi
maxsus qo‘mitalar soni
12
18
25
1-jadval. Statistik ko‘rsatkichlar
3. So‘nggi yillarda joriy etilgan muhim o‘zgarish va islohotlar
Qonunchilikda muhim yangiliklar: Birinchi navbatda, chet ellik investorlarning kamida
15% ulushga ega bo‘lish talabi bekor qilindi, bu aksiyadorlik jamiyatlarining ochiqligini,
xususan, mahalliy va xorijiy investorlarga yo‘l ochdi.
Ovoz beruvchi aksiyadorlarning imtiyozli huquqlari: Ovoz beruvchi aksiyadorlarga,
yangi aksiyalar emissiyasi vaqtida ularni imtiyozli ravishda sotib olish imkoniyati qonunda
kafolatlandi va oldingi cheklovlar bekor qilindi.
Davlat korxonalarini aksiyadorlik jamiyatlariga aylantirish va IPO jarayonlarini
kuchaytirish orqali fond bozorining institutsional baza mustahkamlandi.
Sud-huquqiy muhofaza mexanizmlarining kuchaytirilishi: Qonunlarga muvofiq, davlat
organlari tomonidan noqonuniy aralashuv holatlarida bevosita sudga murojaat qilish
imkoniyati kengaytirildi va himoya mexanizmlari aniq belgilandi.
Minoritar aksiyadorlar qo‘mitasini tashkil etish va jamiyat ustavida uning faoliyati
tartibga solish bo‘yicha yangi nizomlar joriy qilindi, bu kamsitilishga yo‘l qo‘ymaslik uchun
muhim qadamlardan biri hisoblanadi.
4. Aksiyadorlar huquqlarini himoya qilishning xalqaro va milliy tajribasi
EURASIAN JOURNAL OF LAW, FINANCE AND
APPLIED SCIENCES
Innovative Academy Research Support Center
IF = 7.984
Volume 5, Issue 7, July 2025 ISSN 2181-2853
Page 38
Xalqaro tajribada aksiyadorlarning huquqlarini samarali himoya qilish — ochiqlik va
oshkoralik prinsipi, mustaqil direktorlar instituti, raqamli ovoz berish va moliyaviy axborotga
keng kirish imkoniyatini joriy qilish orqali ta’minlanadi. O‘zbekistonda ham ushbu
yondashuvlar bosqichma-bosqich qonunchilikka tatbiq etilmoqda. Masalan:
Yevropa davlatlarida aksiyadorlarning umumiy yig‘ilishda bevosita yoki vakolat orqali
ishtirok etishi, har bir qaror uchun cheklovsiz axborot berilishi hamda tarmoq monitoringi
kuchli tashkil etilgan.
Milliy amaliyotda esa, aksiyadorlarning elektron shaklda ovoz berishi, dividend
taqsimoti va axborotga bo‘lgan talablar sezilarli darajada oshirilmoqda.
5. Muammolar va takomillashtirish yo‘llari
Asosiy muammolar:
Aksiyadorlar, ayniqsa, minoritarlar, huquqlarining amaliy himoyasi ayrim hollarda sust
– qarorlar qabul qilishda ularning manfaatlari to‘liq inobatga olinmasligi;
Moliyaviy va boshqaruv axborotining yetarliligi va shaffofligi bo‘yicha ayrim
korxonalarda muammolar saqlanib qolmoqda;
Ba’zan dividendlarni o‘z vaqtida to‘lamaslik yoki bozor narxidan past baholash;
Yangi islohotlar natijasida mexanizmlarning amaliy qo‘llanilishini monitoring qilishning
monitoring tizimi to‘liq yo‘lga qo‘yilmagan.
Takomillashtirish yo‘llari:
Monitoring va hisobdorlik tizimlarini, xususan, elektron portallar orqali real vaqtda
axborot olish va muammoli masalalarni aniqlashni kuchaytirish;
Mustaqil direktorlar, auditorlar institutini takomillashtirish va kengaytirish;
Minoritar aksiyadorlar manfaatini hisobga oluvchi jamiyat ichki reglamenlarini
kuchaytirish;
Sud-huquq amaliyotini soddalashtirish va nizolar uchun tezkor tartiblarni joriy qilish;
Xalqaro ISO va OECD korporativ boshqaruv standartlarini tatbiq qilish orqali ingliz
modeli (shaffoflik, oshkoralik, mustaqil direktorlar, dividendlar oshkoraligi) amaliyotini joriy
etish.
Xulosa
O‘zbekistonning korporativ boshqaruv tizimida aksiyadorlar huquqlarini himoya
qiluvchi mexanizmlarni takomillashtirish so‘nggi yillarda dolzarb masalaga aylandi.
Qonunchilik bazasi va amaliyotda joriy etilgan yangi yondashuvlar natijasida aksiyadorlarning
– xususan, minoritar aksiyadorlarning huquqlari yanada mustahkamlanmoqda. Aksiyadorlar
uchun axborot ochiqligi, dividendlarning adolatli taqsimlanishi va asosiy yirik qarorlarda
ularning ovozi inobatga olinishi tizim samaradorligining oshishini ta’minlamoqda. Kelgusida
zamonaviy texnologiyalar, raqamli infratuzilma va xalqaro standartlarni joriy etish orqali
ushbu mexanizmlarni yanada rivojlantirish maqsadga muvofiqdir.
Mazkur maqola tadqiqotchilar, korporativ boshqaruv sohasidagi mutaxassislar va
aksiyadorlar hamda investorlar uchun amaliy qo‘llanma vazifasini bajaradi, amaldagi himoya
mexanizmlarining holatini tahlil qilib, kelgusidagi islohotlar uchun aniq tavsiyalar beradi
EURASIAN JOURNAL OF LAW, FINANCE AND
APPLIED SCIENCES
Innovative Academy Research Support Center
IF = 7.984
Volume 5, Issue 7, July 2025 ISSN 2181-2853
Page 39
References:
1.
O‘zbekiston Respublikasi “Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarning huquqlarini
himoya qilish to‘g‘risida”gi Qonuni (O'RQ-370-son, 06.05.2014) va so‘nggi tahrirlari.
2.
“Ko‘prikqurilish Tresti” aksiyadorlik jamiyati ustavi va qonuniy hujjatlar, 2023 yil.
3.
“Aksiyadorlik jamiyati ustavi (yangi tahrir)”, 2023 yil.
4.
O‘zbekiston Respublikasi Aksiyadorlik tijorat banki aksiyadorlari uchun e’lon qilingan
ma’lumotlar va imtiyozli aksiyalar huquqlari haqidagi hujjatlar.
5.
Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Byudjet va iqtisodiy islohotlar qo‘mitasi a’zosi Elbek
Shukurov tomonidan taqdim etilgan qonunchilik islohotlari sharhlari, 2015 yil.
6.
“Aksiyadorlik jamiyatlarida nima o‘zgardi?”, Norma nashri, 2019 yil.
7.
“Aksiyadorlik jamiyatlarini tuzish va ular faoliyatini huquqiy tartibga solish” ilmiy
maqolasi, Universal Publishings, 2023 yil.
8.
“Aksiyadorlik jamiyatlari to‘g‘risidagi qonunga o‘zgartirishlar” haqidagi maqola,
Qalampir.uz, 2019 yil.
9.
“O‘zbekistonda aksiyadorlik jamiyatlar soni 680 taga yetdi” va moliyaviy ko‘rsatkichlar,
Uz24.uz, 2023 yil.
10.
“Aksiyadorlarning umumiy yig‘ilishi” tartibi va qonuniy normalar, O‘zbekiston
Respublikasi Qonuni, 2025 yil.
11.
O‘zbekiston boshqaruvi, hisobdorlik va nazorat organlari faoliyati haqidagi ilmiy
taqdimot va ta’lim materiallari, 2025 yil.