Авторы

  • Дилфуза Содиқова
    Денауский институт предпринимательства и педагогики https://orcid.org/0000-0003-4734-1526
  • Гавҳар Турдиева
    Денауский институт предпринимательства и педагогики
  • Зуҳра Мамурова
    Денауский институт предпринимательства и педагогики

Биографии авторов

  • Дилфуза Содиқова, Денауский институт предпринимательства и педагогики
    Преподаватель кафедры "Биология и технологии сельскохозяйственной продукции," Доктор философии по биологическим наукам (PhD)
  • Гавҳар Турдиева , Денауский институт предпринимательства и педагогики
    Преподавателя кафедры "Биология и технологии сельскохозяйственной продукции"
  • Зуҳра Мамурова , Денауский институт предпринимательства и педагогики
    Преподавателя кафедры "Биология и технологии сельскохозяйственной продукции"

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.entrepreneurship-pedagogy.107092

Ключевые слова:

Денауский дендрарий цитоспороз возбудитель микромицет дефолианты Juglandaceae Salicaceae Oleaceae Топсин-М Топаз

Аннотация

Под влиянием внешних факторов и патогенных микроорганизмов на декоративных деревьях и кустарниках наблюдается развитие различных заболеваний. Для предотвращения таких негативных явлений можно внести вклад в охрану окружающей среды путем изучения видового состава биоты микромицетов, выявления вызываемых ими заболеваний и совершенствования мер борьбы с ними. В процессе изучения микромицетов высших растений Денауского дендрария было установлено, что в этом районе широко распространены такие грибковые заболевания, как мучнистая роса, ржавчина, цитоспороз, септориоз, филлокситоз, морсониоз. В данной статье представлена информация о грибковых заболеваниях, встречающихся на деревьях и кустарниках в Деновском районе, в частности о цитоспорозе и мерах борьбы с ним.


background image



58

2025/№ 3

TABIIY FANLAR

DENOV TUMANI DARAXT VA BUTALARIDAGI SITOSPOROZ

KASALLIKLARI VA ULARGA QARSHI KURASH CHORALARI

SODIQOVA DILFUZA G‘AFFORONVA

Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti

“Biologiya va q/x mahsulotlari texnologiyalari” kafedrasi o‘qituvchisi

Biologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD)

E-mail:

dsodiqova@dtpi.uz

UDK: 582.28.581.2.(575.1141)

https://orcid.org/0000-0003-4734-1526

TURDIYEVA GAVHAR INOTULLAYEVNA

Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti

“Biologiya va q/x mahsulotlari texnologiyalari” kafedrasi o‘qituvchisi

E-mail:

gturdiyeva@dtpi.uz

MAMUROVA ZUHRA MUHAMADOVNA

Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti

“Biologiya va q/x mahsulotlari texnologiyalari” kafedrasi o‘qituvchisi

E-mail:

zmamurova@dtpi.uz

Kalit so‘zlar:

Denov dendrariysi,
sitosporoz, patogen,
mikromitset,
defoliantlar,
Juglandaceae,
Salicaceae,
Oleaceae,
Topsin-M,
Topaz.

Annotatsiya:

Tashqi

omillar

hamda

patogen

mikroorganizmlar ta’sirida manzarali daraxtlar va butalarda
turli kasalliklarning rivojlanishi kuzatiladi. Bunday salbiy
hodisalarning oldini olish uchun mikromitset biotasining tur
tarkibini o‘rganish, ular keltirib chiqaradigan kasalliklarni
aniqlash va ularga qarshi kurash choralarini takomillashtirish
orqali atrof-muhit muhofazasiga hissa qo‘shish mumkin.
Denov dendrariysidagi yuksak o‘simliklar mikromitsetlarini
o‘rganish jarayonida ushbu hududda un-shudring, zang,
sitosporoz, septorioz, filloksitoz, morsonioz kabi zamburug‘li
kasalliklar keng tarqalganligi aniqlangan. Ushbu maqolada
Denov tumani hududidagi daraxt va butalarda uchraydigan
zamburug‘li kasalliklar, xususan sitosporoz kasalligi va unga
qarshi kurash choralari haqida ma’lumotlar keltirilgan.



background image



59

2025/№ 3

БОЛЕЗНИ ЦИТОСПОРОЗА ДЕРЕВЬЕВ И КУСТАРНИКОВ

ДЕНАУСКОГО РАЙОНА И МЕРЫ БОРЬБЫ С НИМИ

Ключевые слова:

Денауский
дендрарий,
цитоспороз,
возбудитель,
микромицет,
дефолианты,
Juglandaceae,
Salicaceae,
Oleaceae,
Топсин-М,
Топаз.

Аннотация:

Под влиянием внешних факторов и

патогенных микроорганизмов на декоративных деревьях
и кустарниках наблюдается развитие различных
заболеваний. Для предотвращения таких негативных
явлений можно внести вклад в охрану окружающей среды
путем изучения видового состава биоты микромицетов,
выявления

вызываемых

ими

заболеваний

и

совершенствования мер борьбы с ними. В процессе
изучения микромицетов высших растений Денауского
дендрария было установлено, что в этом районе широко
распространены такие грибковые заболевания, как
мучнистая роса, ржавчина, цитоспороз, септориоз,
филлокситоз, морсониоз. В данной статье представлена
информация о грибковых заболеваниях, встречающихся
на деревьях и кустарниках в Деновском районе, в
частности о цитоспорозе и мерах борьбы с ним.

CYTOSPOROSIS DISEASES OF TREES AND SHRUBS IN THE DENAU

DISTRICT AND MEASURES TO COMBAT THEM

Keywords:

Denau arboretum,
cytosporosis,
pathogen,
micromycete,
defoliants,
Juglandaceae,
Salicaceae,
Oleaceae,
Topsin-M,
Topaz.

Abstract:

Under the influence of external factors and

pathogenic microorganisms, the development of various
diseases is observed in ornamental trees and shrubs. To
prevent such negative phenomena, it is possible to contribute
to environmental protection by studying the species
composition of the micromycete biota, identifying the
diseases they cause, and improving measures to combat them.
In the process of studying the micromycetes of higher plants
of the Denau dendrarium, it was established that fungal
diseases such as powdery mildew, rust, cystosporosis,
septoria, phylloxytosis, and morsonia are widespread in this
area. This article provides information on fungal diseases
found in trees and shrubs in the Denau district, in particular,
the disease cytospora and measures to combat it.


background image



60

2025/№ 3

KIRISH

O‘simliklarda kechadigan hayotiy jarayonlar, shu jumladan, ularning turli

organizmlar tomonidan zararlanishi, hosildorligining kamayishi yoki butunlay nobud
bo‘lishi mikolog va fitopatolog olimlarning doimiy e’tiborini tortib kelmoqda.
Mamlakatimiz hududlarini hamda aholi yashash joylarini ko‘kalamzorlashtirish
bugungi kunda dolzarb muammolardan biri hisoblanadi. Ko‘kalamzorlashtirish
natijasida atrof-muhitning sanitariya-gigiyenik holati yaxshilanadi, shamol kuchi
kamayadi, havo kislorod bilan boyiydi va aholi salomatligi yaxshilanadi.

Hozirda ko‘kalamzorlashtirish uchun muhim ahamiyatga ega bo‘lgan istiqbolli

o‘simliklarning ekologik, biologik, morfologik va o‘ziga xos xususiyatlarini
o‘rganish, shuningdek, ushbu o‘simliklarga salbiy ta’sir ko‘rsatadigan
mikromitsetlarni aniqlash va ularga qarshi kurash choralarini ishlab chiqish – tabiatni
muhofaza qilishning muhim yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi.

MUAMMONING O‘RGANILGANLIK DARAJASI

Xorijda yuksak o‘simliklar, jumladan, daraxt va butalarda parazitlik qiluvchi

mikromitsetlarni o‘rganish bo‘yicha P.E.Nelson (1993), E.B.Allen va boshqalar
(1995), R.P.Baayen va boshqalar (2002), N.Barengo va boshqalar (2005), X.Fan va
boshqalar (2015), C.Glienke va boshqalar (2011), J.Kleemann va boshqalar (2012),
V.Lombard va boshqalar (2014) tomonidan tadqiqotlar olib borilgan. MDH
mamlakatlarida esa N.N.Kolemasova va boshqalar (2000), Yu.A.Litovka (2003),
I.V.Bilder (2004), V.P.Isikov (2006), A.M.Jukov (2009), M.A.Tomoshevich (2009,
2015),

V.A.Yarmolovich

va

boshqalar

(2015),

Z.M.Azbukina

(2005),

A.M.Beksultanova (2019) kabi olimlar tomonidan ushbu yo‘nalishda ilmiy ishlar
amalga oshirilgan.

Respublikamizda esa mazkur yo‘nalishdagi tadqiqotlar T.K.Rotkevich (1960),

T.S.Panfilova

(1963),

N.I.Gaponenko

(1965),

F.G.Axmedova

(1966),

S.S.Ramazanova (1975), Y.S.Soliyeva (1989), Sh.G.Kamilov (1991), X.X.Nuraliyev
(1998), Y.Sh.G‘afforov (2004), I.M.Mustafaev (2018), J.P.Sherqulova (2018) va
boshqa olimlar tomonidan olib borilgan.

Fitopatogen zamburug‘lar o‘simlik hosildorligiga salbiy ta’sir ko‘rsatishi

mumkin bo‘lgan jiddiy kasalliklarning kelib chiqishiga sabab bo‘ladi [1]. Ushbu
zamburug‘larning ba’zilari immuniteti zaif insonlarda infeksion kasalliklarni keltirib
chiqaruvchi patogenlar sifatida ham qayd etilgan. Shu nuqtayi nazardan,
zamburug‘larning boshqa organizmlar bilan o‘zaro ta’siri katta qiziqish uyg‘otadi.
Chunki ular ozuqa moddalari bilan ta’minlanish va tarqalish jarayonida bir qator
biokimyoviy hamda mexanik strategiyalarni qo‘llaydi [2]. Zararlash vaqtida ular


background image



61

2025/№ 3

virulentlik omillari sifatida polimerlarni parchalovchi fermentlar yoki ikkilamchi
metabolitlar ishlab chiqaradi. Bundan tashqari, zamburug‘lar o‘simliklarda
mikotoksinlar ishlab chiqaradi, bu esa odamlar va hayvonlar salomatligi uchun jiddiy
xavf tug‘diradi [3].

NATIJALAR VA ULARNING MUHOKAMASI

O‘simliklarda sitosporoz kasalligini Ascomycota bo‘limi, Diaporthales tartibi,

Cytospora turkumiga mansub zamburug‘lar keltirib chiqaradi. Cytospora turkumi
vakillari ko‘pincha endofitlar, saprotroflar yoki fitopatogenlar sifatida kuzatiladi.
Ular, ayniqsa, yog‘ochli o‘simliklarda rak kasalligini keltirib chiqarishi bilan ajralib
turadi. Bu zamburug‘lar turli xil o‘simliklarda uchraydi va butun dunyo bo‘ylab keng
tarqalgan.

Cytospora turkumi ilk bor Erenberg tomonidan 1818-yilda ilmiy adabiyotga

kiritilgan. Sitospora turlari odatda jinssiz meva tanachalarini hosil qiladi; bu
tanachalarda bitta yoki labirintsimon lokulalar, filamentli konidioforlar (yoki askalar)
va konidiyalar (yoki askosporalar) mavjud bo‘ladi. Nam sharoitda ushbu meva
tanachalardan sariq, to‘q sariq yoki qizil rangli konidiyalar ajralib chiqadi [4].

Denov dendrariysining yuksak o‘simliklarida sitosporoz kasalligi asosan

daraxtlarning tanasi, shoxlari va novdalarining po‘stlog‘i hamda yog‘ochli
qismlarining zararlanishi bilan ifodalanadi. Barglari va mevalarining esa
zararlanmasligi kuzatildi [5].

Kasallikning dastlabki belgilari qopa rak kasalligiga o‘xshash bo‘ladi.

Keyinchalik daraxt po‘stlog‘ida qoramtir-qizg‘ish, o‘rtasi och rangdagi dog‘lar paydo
bo‘ladi. Bu dog‘lar o‘sib, ellipssimon yoki uzunchoq shakldagi qoramtir-qizg‘ish
yaralarga aylanadi. Ushbu yaralar ostidagi po‘stloq yog‘och qismigacha quriydi yoki
qattiqlashadi hamda uvalanadigan holga keladi. Qora rakdan farqli o‘laroq,
kasallangan o‘simlikning po‘stlog‘i qoraymaydi. Yaralarning ustida esa daraxt
po‘stlog‘ini yorib chiqqan konus shaklidagi stromalar paydo bo‘ladi. Agar bu yaralar
daraxt tanasi yoki shoxlarini to‘liq qamrab olsa, shoxlar yoki butun daraxt qurib
qoladi va nobud bo‘ladi.

Tadqiqotlarimiz davomida sitosporoz kasalligini keltirib chiqaruvchi Cytospora

chrysosperma, Cytospora juglandina, Cytospora cercidicola, Cytospora elaeagnicola,
Cytospora fraxini, Cytospora salicis, Cytospora translucens, Cytospora sophorae va
Cytospora ulmi kabi zamburug‘ turlari aniqlangan. Mazkur turlar Populus bolleana
Mast., Juglans regia L., Cercis canadensis L., Elaeagnus angustifolia, Fraxinus
excelsior L., Salix alba L., Salix babylonica L., Styphnolobium japonicum (Sophora
japonica) va Ulmus pumila kabi daraxt o‘simliklarini turli darajada zararlashi qayd


background image



62

2025/№ 3

etilgan [6].

Jumladan, Cytospora cercidicola – Cercis canadensis L., C. juglandina – Juglans

regia L., C. fraxini – Fraxinus excelsior L., C. salicis esa Salix alba L. o‘simligiga
kuchli (4 ballgacha) darajada zarar yetkazganligi kuzatilgan (1-jadval).

1-jadval

Denov dendrariysida tarqalgan sitosporoz kasalliklarining ro‘yxati

Qo‘zg‘atuvchi

zamburug‘

O‘simlik

oilasi

O‘simlik

turkumi

O‘simlik

nomi

Kasallang

an qismi

Kasallanish

darajasi,

ball

Cytospora ulmi

Ulmaceae

Ulmus

Ulmus

pumila

Tanasi,

novdasi

3

Cytospora

chrysosperma

Asteraceae

Cousinia

Cousinia

radians

Tanasi,

novdasi

3

Cytospora

sophorae

Fabaceae

Styphnol

obium

Styphnolobi

um

japonicum

(=Sophora

japonica)

Tanasi,

novdasi

3

C.juglandina

Juglandacea

e

Juglans

Juglans

regia

Tanasi,

novdasi

4

Cytospora

salicis

Salicaceae

Salix

Salix alba

Barg

4

Cytospora

fraxini

Oleaceae

Fraxinus

Fraxinus
excelsior

Barg

4

Cytospora

translucens

Salicacea

e

Salix

Salix

babylonica

Tanasi,

novdasi

3

Cytospora

cercidicola

Fabaceae

Cercis

Cercis

canadensis

Tanasi,

novdasi

4

Cytospora

elaeagnicola

Elaeagnaceae

Elaeagnus Elaeagnus

angustifolia

Tanasi,

novdasi

2

Mazkur mikromitsetlarning yuksak o‘simliklar oilalari bo‘yicha tarqalishi va

kasallantirishini tahlil qilganimizda, 7 oilaga mansub o‘simliklarda tarqalib, eng ko‘p
Juglandaceae, Salicaceae, Oleaceae oilalari vakillarini zararlashi ma’lum bo‘ldi.
Elaeagnaceae oilasiga mansub Elaeagnus angustifolia o‘simligi sitosporoz bilan
nisbatan kuchsizroq (1-2 ball) zararlanishi aniqlandi.


background image



63

2025/№ 3

Bundan tashqari, Ulmus pumila, Cousinia radians, Styphnolobium japonicum

(Sophora japonica), Salix babylonica o‘simliklari sitosporoz bilan o‘rtacha (3 ball)
zararlanishi kuzatildi.

O‘zbekiston Respublikasi qishloq xo‘jaligida o‘simlik kasalliklariga qarshi

kurashda foydalanish uchun ruxsat etilgan biologik va kimyoviy himoya vositalari,
defoliantlar hamda o‘simliklarning o‘sishini boshqaruvchi vositalar tavsiya etiladi
(Davlat kimyo komissiyasi, 2022).

O‘simliklarni asrash uchun kimyoviy vositalardan foydalanish ham yaxshi natija

beradi. Bunda natijaga tez erishish mumkin bo‘ladi. Tadqiqotlarimizda yuksak
o‘simliklarni sitosporoz kasalligidan himoya qilish bo‘yicha, kimyoviy vositalar
sinovdan o‘tkazildi. Sitosporoz kasalligiga qarshi kimyoviy vositalarni sinovdan
o‘tkazish uchun kasallik eng ko‘p tarqalgan va kuchli rivojlangan yong‘oq va
shumtol. o‘simliklari tanlab olindi.

Sitosporozning rivojlanishiga qarshi tarkibida 700 g/kg tiofanat-metil bo‘lgan

Topsin-M 70%, n.kuk., tarkibida 100 g/l penkonazol bo‘lgan Topaz 10% em.k.
preparatlari hamda andoza sifatida tarkibida 980 g/kg mis sulfati bo‘lgan Mis
kuporosi 98% e.kuk. preparati tanlab olindi. Nazorat variantida esa toza suvdan
foydalanildi.

Yong‘oqda olib borilgan tadqiqotlarning natijalariga ko‘ra, nazorat variantida

kasallikning tarqalishi 19,8% ni hamda rivojlanishi 12,8% ni tashkil etdi.Tajriba
variantlarida eng yuqori biologik samaradorlik Topsin-M 70%, n.kuk. preparati bilan
1,2 kg/ga sarf meʼyorda ishlov berilgan variantda qayd etildi. Jumladan, kasallikning
tarqalishi 15,5% ni, rivojlanishi 1,5% ni hamda biologik samaradorlik 88,3% ni
tashkil etdi.

Ushbu preparat bilan 1,0 kg/ga sarf meʼyorida ishlov berilgan variantda

kasallikning tarqalishi 15,8%, rivojlanishi 1,8% hamda biologik samaradorlik 85,9%
ni tashkil etdi. (2-jadval).

Topaz 10% em.k. preparati bilan 0,5 l/ga sarf meʼyorda ishlov berilgan variantda

kasallikning tarqalishi 16,2%, rivojlanishi 2,2% hamda biologik samaradorlik 82,8%
ni tashkil etdi. Mazkur preparat bilan 1,0 l/ga sarf meʼyorda ishlov berilganda esa
kasallikning tarqalishi 15,7%, rivojlanishi 1,6% hamda biologik samaradorlik 87,5%
ni tashkil etdi.






background image



64

2025/№ 3

2-jadval

Yong‘oq va shumtol o‘simliklarida sitosporoz kasalligiga qarshi qo‘llanilgan

kimyoviy vositalarning biologik samaradorligi

Variantlar

Sarf meyori

l/ga, kg/ga

T, %

R, %

Bs, %

Yong‘oq

1

Topsin-M 70%,

n.kuk.

1,0

15,8

1,8

85,9

Topsin-M 70%,

n.kuk.

1,2

15,5

1,5

88,3

2

Topaz 10% em.k.

0,5

16,2

2,2

82,8

Topaz 10% em.k.

1,0

15,7

1,6

87,5

3

Mis kuporosi 98%

e.kuk. (Аndoza)

15,0

16,1

2,0

84,4

4

Nazorat

-

19,8

12,8

-

Shumtol

1

Topsin-M 70%,

n.kuk.

1,0

20,3

2,6

86,2

Topsin-M 70%,

n.kuk.

1,2

19,4

2,0

89,4

2

Topaz 10% em.k.

0,5

20,7

3,1

83,5

Topaz 10% em.k.

1,0

20,2

2,7

85,6

3

Mis kuporosi 98%

e.kuk. Andoza

15,0

22,6

4,1

78,2

4

Nazorat

-

29,1

18,8

-


Izoh

: T, % – kasallikning tarqalishi; R, % – kasallikning rivojlanishi; Bs, % –

biologik samaradorlik.

Аndoza sifatida tanlangan Mis kuporosi 98% e.kuk. preparati bilan 15,0 kg/ga

sarf me’yorda ishlov berilgan variantda eng past natija ya’ni 84,4% biologik
samaradorlik qayd etildi. Bunda kasallikning tarqalishi 16,1% ni, rivojlanishi esa
2,0% ni tashkil etdi.

Shumtol o‘simligida olib borilgan tadqiqotlarning natijalariga ko‘ra, nazorat

variantida kasallikning tarqalishi 29,1% ni, rivojlanishi esa 18,8% ni tashkil etdi.


background image



65

2025/№ 3

Tajriba variantlarida eng yuqori biologik samaradorlik (89,4%) Topsin-M 70%,

n.kuk. preparati bilan 1,2 kg/ga sarf me’yorda ishlov berilgan variantda qayd etildi.
Bunda kasallikning tarqalishi 19,4% ni hamda rivojlanishi 2,0% ni tashkil etdi. Ushbu
preparat bilan 1,0 kg/ga sarf me’yorda ishlov berilgan variantda kasallikning
tarqalishi 20,3%, rivojlanishi 2,6% hamda biologik samaradorlik 86,2% ni tashkil
etdi.

Topaz 10% em.k. preparati bilan 0,5 l/ga sarf me’yorda ishlov berilgan variantda

kasallikning tarqalishi 20,7%, rivojlanishi 3,1% hamda biologik samaradorlik 83,5%
ni tashkil etdi. Topaz 10% em.k. preparati bilan 1,0 l/ga sarf me’yorda ishlov
berilganda esa kasallik rivojlanishining 85,6% gacha to‘xtatilishi kuzatildi. Andoza
sifatida tanlangan Mis kuporosi 98% e.kuk. preparati bilan 15,0 kg/ga sarf me’yorda
ishlov berilgan variantda kasallikning tarqalishi 22,6%, rivojlanishi 4,1% hamda
biologik samaradorlik 78,2% ni tashkil etdi.

XULOSA

Xulosa qilib aytganda, yong‘oq va shumtol kabi o‘simliklarda sitosporoz

kasalligiga qarshi kurashish uchun kasallikning dastlabki belgilari namoyon bo‘lishi
bilanoq Topsin-M 70%, n.kuk. preparati bilan 1,0-1,2 kg/ga sarf me’yorida yoki
Topaz 10% em.k. preparati bilan 0,5-1,0 l/ga sarf me’yorda ishlov berilsa,
kasallikning rivojlanishini 83,5-89,4% gacha to‘xtatish mumkin. Mazkur
preparatlarni kasallikning tarqalishi va rivojlanishiga qarab mavsumda 3-4 marta
purkashni tavsiya etish mumkin.

ADABIYOTLAR RO‘YXATI

1.

Панфилова Т.С., Гапоненко Н.И. Микофлора бассейны р. – Ангрен,

Ташкент: Фан, 1963. – С. 68-168.

2.

Роткевич Т.К. Материалы к микофлоре бывшего горно-арчового

заповедника Гуралаш (северные отроги Туркестанского хребта) //
Материалы 1 координационного совещания микологов республик
Средней Азии и Казахстана. – Фрунзе, 1960. – С.142-143.

3.

Salvatore M.M., Andolfi A. Phytopathogenic fungi and toxicity //

Toxins,

13

(10), 2021. – P. 689.

4.

Fan X. et al. Cytospora species associated with walnut canker disease in China,

with description of a new species C. gigalocus // Fungal biology, 2015. 119.
(5). – P. 310-319.


background image



66

2025/№ 3

5.

Sodikova D.G. et al. Ecology of micromycetes of higher plants of the Denov

Arboratory // BIO Web of Conferences. – EDP Sciences, 2024. Т. 105. – С.
06003.

6.

Sodikova D.G., Sodikov B.S., Mardonov S.U. Taxonomic analysis of

micromycetes of the highest plants of the Denau arboretum // In

IOP

Conference Series: Earth and Environmental Science

, 2022, December. Vol.

1112. No. 1. – P. 012120.



























Библиографические ссылки

Панфилова Т.С., Гапоненко Н.И. Микофлора бассейны р. – Ангрен, Ташкент: Фан, 1963. – С. 68-168.

Роткевич Т.К. Материалы к микофлоре бывшего горно-арчового заповедника Гуралаш (северные отроги Туркестанского хребта) // Материалы 1 координационного совещания микологов республик Средней Азии и Казахстана. – Фрунзе, 1960. – С.142-143.

Salvatore M.M., Andolfi A. Phytopathogenic fungi and toxicity // Toxins, 13(10), 2021. – P. 689.

Fan X. et al. Cytospora species associated with walnut canker disease in China, with description of a new species C. gigalocus // Fungal biology, 2015. 119. (5). – P. 310-319.

Sodikova D.G. et al. Ecology of micromycetes of higher plants of the Denov Arboratory // BIO Web of Conferences. – EDP Sciences, 2024. Т. 105. – С. 06003.

Sodikova D.G., Sodikov B.S., Mardonov S.U. Taxonomic analysis of micromycetes of the highest plants of the Denau arboretum // In IOP Conference Series: Earth and Environmental Science, 2022, December. Vol. 1112. No. 1. – P. 012120.