27
TADBIRKORLIK VA PEDAGOGIKA. ILMIY-USLUBIY JURNAL. ISSN: 2181-2659. [3/2023].
IJTIMOIY FANLAR
Berdiev Norali
Falsafa fanlari nomzodi, Termiz davlat universiteti dotsenti
Qoraboyev Nodirbek
Termiz davlat universiteti tayanch doktoranti
UO‘K: 122-029.1(092)(045)
“FALSAFA VA UNING JAMIYAT HAYOTIDAGI ROLI” MAVZUSIDA
SEMINAR MASHGʻULOTI OʻTKAZISHNING USLUBIY ASOSLARI
Kalit sozlar:
falsafaning ob’yekti,
predmeti, tarkibi,
funksiyalari,
ahamiyati.
Annotatsiya.
Ushbu ilmiy-uslubiy maqolada oliy o‘quv
yurtlari falsafa kursida “Falsafa va uning jamiyat hayotidagi
roli” mavzusida seminar mashg‘uloti o‘tkazishning ba’zi
uslubiy masalalari bayon etilgan. Mashg‘ulot rejasi bo‘yicha
falsafaning
obyekti,
predmeti,
tarkibi,
funksiyalari,
jamiyatdagi ahamiyati kabi savollar ko‘rib chiqilgan.
НЕКОТОРЫЕ МЕТОДИЧЕСКИЕ ВОПРОСЫ ПРОВЕДЕНИЯ
СЕМИНАРСКОГО ЗАНЯТИЯ НА ТЕМУ “ФИЛОСОФИЯ И ЕЁ РОЛЬ В
ЖИЗНИ ОБЩЕСТВА
”
Бердиев Норали
Кандидат философских наук, доцент
Термезского государственного университета
Корабоев Нодирбек
Докторант Термезского государственного университета
Ключевые слова:
объект, предмет,
структура, основной
вопрос, функции,
значение
философии.
Аннотация
. В данной научной статье изложены
некоторые методические вопросы по проведению
семинарского занятия на тему “Философия и её роль в
жизни общества” по вузовскому курсу философии. В
соответствии с планом занятия рассмотрены вопросы
объекта, предмета, структуры, основного вопроса,
функции и роли философии в жизни общества.
SOME METHODOLOGICAL ISSUES IN CONDUCTING A SEMINAR
LESSON ON THE TOPIC “PHILOSOPHY AND ITS ROLE IN THE LIFE OF
SOCIETY”
Berdiev Norali
Candidate of Philosophy, Associate Professor, Termez State University
Koraboev Nodirbek
Doctoral student at Termiz State University
28
TADBIRKORLIK VA PEDAGOGIKA. ILMIY-USLUBIY JURNAL. ISSN: 2181-2659. [3/2023].
Keywords
: object,
subject, structure,
functions, meaning of
philosophy.
Annotation.
This
scientific
article
outlines
some
methodological issues for conducting a seminar lesson on
the topic: “Philosophy and its role in the life of society” in a
university philosophy course. In accordance with the lesson
plan, issues of object, subject, structure, main issue, function
and role of philosophy in the life of society are considered.
KIRISH
Mavzuning dolzarbligi.
Jahonda shiddat bilan sodir bo‘layotgan globallashuv
sharoitida talaba-yoshlar dunyoqarashi, ma’naviy-axloqiy madaniyatini shakllantirish
masalalari muhim nazariy va amaliy ahamiyat kasb etadi. Hozirgi kunda O‘zbekiston
Respublikasi ijtimoiy hayotining barcha sohalarini isloh qilish va yangilash, jamiyat
taraqqiyoti strategiyasi vazifalarini amalga oshirish bilan belgilanadi. Binobarin, Yangi
O‘zbekistonda “Milliy tiklanishdan – milliy yuksalish sari” bosh g‘oyasiga tayanib,
Uchinchi Renessans poydevorini yaratish vazifasi qoyilgan. Bu vazifani bajarishda
mamlakatimizda yoshlar faolligini oshirish muhim ahamiyat kasb etadi. Shu maqsadda
Ozbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoev ta’kidlaganidek, “Yosh
avlodning fuqarolik pozitsiyasi va faolligini kuchaytirish, farzandlarimizni mustaqil
fikrlaydigan, zamonaviy bilim va kasb-hunarlarni puxta egallab, xalqaro maydonda
raqobatga kirisha oladigan barkamol shaxslar, yetuk mutaxassislar etib tarbiyalasah
boyicha keng kolamli ishlarni olib bormoqdamiz” [1].
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 8 oktyabrdagi PF-5847-sonli
“Oliy ta’lim tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash
to‘g‘risida”gi Farmoni, 201 yil 26 martdagi PQ-5040-sonli “Ma’naviy-ma’rifiy ishlar
tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori, O‘zbekiston
Respublikasi
Prezidentining
“2022–2026
yillarga
mo‘ljallangan
Yangi
O‘zbekistonning Taraqqiyot strategiyasi tog‘risida”gi 2022 yil 28 yanvardagi PF-60-
sonli qarori, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 20 dekabrdagi Oliy
Majlisga Murojaatnomasi va boshqa me’yoriy-huquqiy hujjatlarda belgilangan
vazifalarni amalga oshirish kop jihatdan ta’lim-tarbiya ishlari saviyasi, mazmuni,
forma-metodlarini takomillashtirishni taqozo etadi. Bunda, ayniqsa, oliy oquv
yurtlarida o‘qitilayotgan ijtimoiy-gumanitar fanlar, jumladan falsafa fanining
ahamiyati kattadir. Shu maqsadda ushbu maqolada oliygohlarda oqitiladigan falsafa
fani 1-mavzusi boyicha seminar mashg‘uloti o‘tkazishning ayrim uslubiy masalalarini
yoritib berishni lozim topdik.
Maqolaning ilmiy yangiligi
shundan iboratki, unda falsafa fani ob’yekti,
predmeti, asosiy masalasi, funktsiyalari va jamiyatdagi ahamiyati masalalari boyicha
seminar mashg‘uloti otishda mualliflar ozlarining ijodiy fikr-mulohazalari, tajribalarini
bayon etishgan.
29
TADBIRKORLIK VA PEDAGOGIKA. ILMIY-USLUBIY JURNAL. ISSN: 2181-2659. [3/2023].
Tadqiqotning maqsadi
– seminar mashg‘ulotini samarali tashkil etish va olib
borish tartibi, yo‘llari va usullarini yoritib berish.
ASOSIY QISM
Seminar mashg‘ulotini o‘tish uchun quyidagi rejani tavsiya etamiz:
Dars rejasi:
1. Falsafaning ob’yekti, predmeti va tarkibi.
2. Falsafaning funktsiyalari.
3. Falsafaning jamiyatdagi ahamiyati.
Mashgʻulotning metodik taʼminoti.
Seminar mashgʻuloti boshida eng avvalo
falsafa atamasi
ning maʻnosi va kelib chiqishi masalalarini aniqlab olish zarurdir.
Binobarin, “Oʻzbek tilining izohli lugʻati”da “falsafa” atamasining qoyidagi maʻnolari
koʻrsatilgan: 1. Tabiat, jamiyat va tafakkur taraqqiyotining umumiy qonuniyatlari
haqidagi fan; olam va unda insonning tutgan oʻrni haqidagi gʻoyalar, dunyoqarashlar
tizimi. 2. Eshitish va mulohaza qilishga undovchi bilimlar. 3. Shaxsiy tajriba, fikr-oʻy
asosida yuzaga kelgan ishonch, eʻtiqod [10].
Abu Nasr al-Forobiy (873–950) “Falsafaning maʻnosi va kelib chiqishi haqida”
nomli asarida arabcha “
falsafa” termini
yunon tilidan kelib chiqqanligini tasdiqlaydi.
Arablar qadimgi yunoncha “filosofiya” (phileo – sevaman va sophia – donishmandlik,
yaʻni donishmandlikni sevaman) degan soʻzni oʻz talaffuzlariga moslashtirib, “falsafa”
deb qabul qilganlar. Shu shaklda u Yaqin Sharq va Oʻrta Osiyo, jumladan, Markaziy
Osiyo xalqlari tillariga kirib kelgan.
“Falsafa” terminining kelib chiqishini qadimgi yunon faylasufi va olimi Pifagor
(er. avv. 580–500 ga yaqin)ga nisbat berishadi. Pifagordan: “Seni donishmand
deyishadi, shu rostmi?” deb soʻraganlarida, u: “Yoʻq, men donishmand emasman, men
faylasufman (filosofman),” deb javob bergan.
Qadimgi yunonlar donishmand deganda Xudoni nazarda tutganlar. Xudo
hamma narsani bilishga va yaratishga qodir, inson esa Xudoning mohiyatini bilib
olishga harakat qiladi, deb tushunganlar. Shu maʻnoda qadimgi yunonlar tasavvurida
falsafa donishmandlik sifatida qandaydir ulugʻvor, hatto ilohiy maʻno kasb etgan.
Mavzuning 1-savoliga javob berish jarayonida “falsafa” terminining turli
davrlarda turlicha maʻno kasb etib borganligi, olimlarning “
falsafa nimani oʻrganadi
?”
degan savolga turlicha javoblar berganliklariga eʻtiborni qaratish lozim. Chunonchi,
qadimgi yunon faylasufi Platon (er. avv. 428/427–347) birinchi boʻlib “falsafa”
terminini maxsus fanning nomi sifatida ishlatgan. Aristotel (er. avv. 384–322) esa
falsafani nazariy bilimning maxsus sohasi sifatida ajratib koʻrsatishga uringan. U
falsafani “barcha borliqning asoslari va sabablari toʻgʻrisidagi fan”, deb hisoblagan,
oʻz davri talablariga muvofiq ravishda uni atroflicha ishlab chiqqan. Falsafani eng
toʻliq bilimlar sistemasi sifatida, garchi obyektiv idealistik asoslarda boʻlsa-da, buyuk
30
TADBIRKORLIK VA PEDAGOGIKA. ILMIY-USLUBIY JURNAL. ISSN: 2181-2659. [3/2023].
nemis faylasufi G.V.F.Gegel (1770–1831) ishlab chiqqan. Falsafa masalalarini
dialektik-materialistik asoslarda K.Marks (1818–1883) va F.Engels (1820–1895)
tushuntirib berishgan.
O‘rta asrlarda “falsafa fanlarning fanidir” degan fikr hukmronlik qilgan.
Chunonchi, Abu Nasr al-Forobiy falsafani Koinotning mohiyati, barcha mavjud
narsalarning mazmuni to‘g‘risida to‘liq bilimlar beruvchi fan, deb tushungan. Abu Ali
ibn Sino (980–1037), Forobiy fikrlarini rivojlantirib, “falsafa mutloq borliq
to‘g‘risidagi oily fandir,” deb yozgan. Bu fikrlarga qarama-qarshi ravishda yirik
musulmon ilohiyotchisi al-G‘azzoliy (1058–1111) falsafani bosh sabablarni
o‘rganishdan mahrum qilgan. Uning fikricha, bu faqat Xudoga taalluqlidir.
O‘rta asrlarda falsafa va fanlar ustidan dinning cheksiz hukmronligiga
qaramasdan, faylasuflar va olimlar tabiat, inson va jamiyat, umuman borliq, uning
tuzilishi va taraqqiyot qonunlari masalalarini ilmiy tatqiq etdilar.
Yangi davrga kelib, kapitalistik ishlab chiqarish munosabatlari va
tabiatshunoslik ilmining gurkirab rivojlanishi natijasida falsafa o‘rganadigan
muammolar doirasi butun olam: tabiat, jamiyat va tafakkurni qamrab olgan holda
kengayib ketdi.
Falsafaning fan sifatidagi
ilmiy ta’rifini
berish ancha murakkab ish bo‘lib,
buning uchun uning obyekti va predmetini aniqlab olish talab etiladi. Bu masalani hal
qilishda ko‘pincha dunyoqarash tushunchasidan kelib chiqadilar [3–10]. Fikrimizcha,
bu noto‘g‘ridir. Chunki “dunyoqarash” tushunchasi “falsafa” tushunchasidan ancha
keng bo‘lib, u falsafani o‘z ichiga qamrab oladi, falsafa dunyoqarashning faqat bir
qismi, tarixiy tipi, dunyoqarashlik funktsiyasai esa falsafaning asosiy funktsiyalaridan
biridir. Shu sababli ularni tenglashtirmaslik, aynanlashtirmaslik kerak.
Bizningcha, falsafaning obyekti va predmetini aniqlashda fan tushunchasidan
kelib chiqish maqsadga muvofiqdir.
Hozirgi kunda 2000 dan ortiq turli fanlar mavjud.
Fan olam to‘g‘risidagi
haqqoniy, chin bilimlar sistemasi, majmuidir. Fanlar eng avvalo o‘zlarining o‘rganish
obyektlariga ko‘ra turli guruhlarga bo‘linadi.
Obyekt
(lot. obyektum – buyum, lot. objicia – oldinga tashlayman, qarama-
qarshi qo‘yaman) – subyektga qarama-qarshi turgan, uning buyumlashgan-amaliy va
bilish faoliyati qaratilgan soha, нарса va hodisalar. Falsafa
fanining o‘rganish
obyektini butun olam, borliq, ya’ni tabiat, jamiyat, inson va tafakkur tashkil etadi.
Matematika miqdoriy va hajmiy-makoniy o‘zgarishlarni organadi. Tabiatshunoslik
fanlarining o‘rganish obyekti tabiat, tabiiy hodisalar va jarayonlardir. Texnika
fanlarining o‘rganish obyekti texnika va texnologiyadir. Ijtimoiy-gumanitar fanlarning
o‘rganish obyekti jamiyat, ijtimoiy hodisalar hisoblanadi.
31
TADBIRKORLIK VA PEDAGOGIKA. ILMIY-USLUBIY JURNAL. ISSN: 2181-2659. [3/2023].
Fanlarning turli guruhlarga bo‘linishining yana bir asosi ular o‘rganadigan
predmetdir.
Predmet
– bu buyum, mavjud narsalarning qismi, birligi, obyektning
muayyan tomoni. Fanlarning predmeti bo‘lib ular o‘rganadigan borliq qonunlari
hisoblanadi.
Qonun
buyum va hodisalarning ichki, muhim, barqaror aloqa va bog‘lanishlarini
ifodalaydi. Qonunlar namoyon bo‘lish sohalariga ko‘ra tabiat, jamiyat va tafakkur
qonunlariga bo‘linadi. Borliqning turli sohalarida namoyon bo‘ladigan miqdoriy va
hajmiy-makoniy o‘zgarishlarga xos qonunlarni matematika, tabiat qonunlarini
tabiatshunoslik, texnika va texnologiya sohasidagi qonunlarni texnika fanlari, jamiyat
va tafakkur qonunlarini ijtimoiy-gumanitar fanlar o‘rganadi.
Qonunlar namoyon bo‘lish ko‘lami jihatidan uch guruhga bo‘linadi: 1) eng
umumiy, 2) umumiy yoki xususiy, 3) yakka yoki juz’iy qonunlar.
Eng umumiy qonunlar
borliqning barcha sohalarida: tabiat, jamiyat va tafakkur
taraqqiyotida amal qiladi. Ularni universal, fundamental qonunlar deb ham atashadi.
Ular falsafa fanining o‘rganish predmeti bo‘lib hisoblanadi.
Umumiy yoki
xususiy qonunlar
borliqning muayyan kattaroq sohalarida amal
qiladi. Ularni umumiy fanlar (umumiy fizika, umumiy ximiya, umumiy biologiya,
umumiy tarix, umumiy psixologiya va h. k.) o‘rganadi.
Yakka yoki juz’iy qonunlar
borliqning ayrim, konkret sohalarida amal qiladi, ular
juz’iy, ayrim fanlarning predmetidir (masalan, yadro fizikasi, organik ximiya,
botanika, qadimgi dunyo tarixi, yoshlar psixologiyasi va h. k.).
Shunday qilib, o‘rganish obyektlari va predmetlariga ko‘ra hozirgi zamon fanlari
falsafa, matematika, tabiatshunoslik, texnika va ijtimoiy-gumanitar kabi fanlarga
bo‘linadi.
Falsafa boshqa fanlardan farqli ravishda tabiat, jamiyat va inson tafakkuri
taraqqiyotining eng umumiy qonunlarini o‘rganadi. Bu qonunlar quyidagilardir: 1)
qarama-qarshiliklar birligi va kurashi qonuni, 2) miqdor va sifat o‘zgarishlsarining
o‘zaro o‘tishi qonuni, 3) inkorni inkor qonuni. Shuning uchun falsafa barcha fanlarga
yagona, umumiy ilmiy metodologiya bo‘lib xizmat qiladi.
Falsafa va boshqa fanlar
o‘rtasida ikki tomonlama, o‘zaro aloqa va
munosabatlar mavjuddir. Boshqa fanlar o‘z sohalariga oid konkret ma’lumot va
faktlarni falsafaga to‘plab beradi, falsafa esa ularni nazariy-mantiqiy jihatdan
umumlashtirish, sistemaga solish orqali yangi nazariy-metodologik usullar, prinsiplar
va yo‘l-yo‘riqlarni ishlab chiqib, boshqa fanlarga beradi. Falsafa bergan bu
metodologik yo‘l-yo‘riqlar asosida boshqa fanlar muaffaqiyatli ish ko‘rib,
rivojlanlanadi. Shunday qilib, falsafa va boshqa fanlar bir-birini o‘zaro taqozo etadi,
ular o‘rtasida uzviy aloqa mavjud bo‘ladi.
32
TADBIRKORLIK VA PEDAGOGIKA. ILMIY-USLUBIY JURNAL. ISSN: 2181-2659. [3/2023].
Falsafa insoniyat yaratgan eng qadimgi, birinchi, ko‘p asrlar davomida yagona
fan sifatida mavjud bo‘lgan, u qariyb uch ming yillik tarixga ega.
Falsafafiy bilimlar
tarkibi
ni uning turli sohalari, qismlari tashkil etadi. Bular quyidagilardir: ontologiya,
gnoseologiya, metodologiya, mantiq, aksiologiya, ijtimoiy falsafa, falsafiy
antropologiya, etika, estetika, falsafa tarixi, tabiatshunoslik falsafasi, din falsafasi,
huquq falsafasi, fan falsafasi, texnika falsafasi, tarix falsafasi, madaniyat falsafasi,
global muammolar falsafasi, ta’lim falsafasi va h. k. Darsda bu sohalar, qismlarning
har biriga alohida izohlar berib, ularning ko‘pchiligi hozirgi kunda nisbatan mustaqil
fanlar sifatida rivojlanib borayotganligini qayd qilish zarur [11].
Barcha fanlardagidek falsafada ham integratsiyalashish (yaqinlashish) va
differentsiyalashish (tabaqalanish) jarayonlari sodir bo‘lib turibdi.
Seminar mavzusining
2-savoli
bayonida
falsafaning funktsiyalari
(lot. functio –
bajarish, ish, faoliyat, vazifa) ko‘rib chiqiladi. Falsafaning funktsiyalari uning jamiyat
va inson hayotodagi, fan va bilish taraqqiyotidagi ahamiyatini ko‘rsatadi [2].
Falsafaning bosh, birinchi funktsiyasi
dunyoqarash funktsiyasi
dir. Bu
funktsiyaning mohiyati shundaki, falsafa insonning dunyoga bo‘lgan qarashlari, u
to‘g‘risidagi bilimlarini nazariy jihatdan sistemaga soladi, mantiqiy jihatdan asoslaydi,
metodologik va maqsadga muvofiq tarzda bir butun, yaxlit holda tartibga solib,
boshqaradi.
Dunyoqarashning 1) mifologik, 2) diniy va 3) falsafiy kabi uch tarixiy tipi
mavjud.
Mifologiya
(grek. muthos – rivoyat, afsona) – borliqning xalq og‘zaki ijodida
rivoyatlar, afsonalar, ertaklarda aks etishi. Unda insonni o‘rab turgan olam afsonaviy,
mifologik obrazlar, allegoriyalar, tabiat kuchlari va ijtimoiy hodisalarning jonlanishi
tarzida, turli xudolar va qahramolar ishtirokida aks etgan. Mifologiyada atrof-muhitni
o‘ziga xos ravishda idrok etish bilan birgalikda qadimgi odamlarning ruhiy-ma’naviy
dunyosi, san’ati, axloqi va diniy qarashlari ham o‘z ifodasini topgan.
Diniy dunyoqarash
dunyoni ilohiy, g‘ayri-tabiiy kuchlar bilan bog‘liq holda aks
ettirishdir. U diniy e’tiqod, diniy xulq-atvor va marosimlar bilan chambarchas
bog‘liqdir.
Dunyoqarashning tarixiy tiplarining mohiyati va o‘ziga xos xususiyatlarini tahlil
qila turib,
falsafiy dunyoqarash
ning mifologik va diniy dunyoqarashlardan farqli
ravishda haqiqiy, ilmiy dunyoqarash ekanligini asoslab berish lozim.
Falsafaning
metodologik funktsiyasi
(grek. method – yo‘l, vosita, usul va logos
– fan, ta’limot) shundaki, u yagona ilmiy metod, metodologiya sifatida barcha fanlar
va inson faoliyatining barcha sohalari uchun zarur yo‘l-yo‘riqlar ko‘rsatadi, olamni
bilish va o‘zgartirishning ilmiy yo‘llari, usullari va metodlarini ishlab chiqadi.
33
TADBIRKORLIK VA PEDAGOGIKA. ILMIY-USLUBIY JURNAL. ISSN: 2181-2659. [3/2023].
Falsafa olamni bilish yo‘llari, shakllari va usullarini o‘rganadi, ular bilan boshqa
fanlarni qurollantiradi. Bu falsafaning
gnoseologik (bilish) funktsiyasi
da o‘z ifodasini
topadi.
Falsafa olam va undagi buyum-hodisalarning inson va jamiyat uchun
ahamiyatdorligi, qadriyat ekanligini, inson hayotini yanada mazmundor, farovon va
qiziqarli qilishga chaqiradi. Bu uning
aksiologik funktsiyasi
dir (grek. axsia – qimmat,
qadriyat va logos – fan, ta’limot).
Falsafaning
tanqidiy funktsiya
si. U olamga doimo shubha bilan qarab, undagi
kamchilik va nuqsonlarni tanqid qilish asosida uni o‘zgartirishga, yanada
mukammallashtirishga yordam beradi. Falsafaning tanqidiy funktsiyasi nigilizm va
quruq tanqidbozlikdan tubdan farq qiladi, olamga ijodiy, faol yaratuvchilik nuqtai
nazaridan qaraydi.
Falsafa
praksiologik funktsiya
ga (grek. praktikos – faol) ega. U olamni nazariy
tushuntirish bilan cheklanib qolmasdan, balki uni amaliy jihatdan inson manfaatlariga
muvofiq tarzda o‘zgartirish, qayta qurish masalalari bilan ham shug‘ullanadi.
Falsafa olam va inson hayotini o‘zgartirishning muhim omili uning kelajagini
bashorat qilish, rejalashtirish deb biladi. Bu uning
prognostik funktsiyasi
da (grek.
prognosis – oldindan bilish, ko‘ra olish) o‘z ifodasini topadi.
Barcha fanlar singari falsafa ham
evristik funktsiya
ga (grek. heurikos – izlayman,
kashf etaman) ega bo‘lib, ilmiy kashfiyotlar, yangi bilimlarni hosil qilishda ishtirok
etadi.
Falsafa insonning madaniyati, dunyoqarashi, xarakteri, irodasi, xulq-atvori,
ongi, tafakkurini shakllantirishga, o‘zgartirishga mo‘ljallangan bo‘lib,
tarbiyaviy
funktsiya
ga egadir [3].
Turli jamiyatlarda falsafa muayyan ijtimoiy kuchlar, sinflar, siyosiy partiyalar,
xalqlar, davlatlar manfaatlarini ifodalaydi va himoya qiladi. Bu uning
ideologik
(
mafkuraviy)
funktsiyasi
dir (grek. idea – g‘oya, obraz, tushuncha va logos – fan,
ta’limot).
3-savolga berilgan javoblarga yakun yasab, falsafaning turli funktsiyalari orqali
inson va jamiyat hayotida muhim vazifalarni bajarib kelganligini qayd qilish zarur.
Seminar mashg‘ulotining oxirgi
3-savoli
bayonida falsafaning turli jamiyatlarda
tutgan
o‘rni va amaliy ahamiyati
masalalari tahlil etiladi. Bu masalani asosli yoritishda
falsafaning ijtimoiy ongning, dunyoqarash va fanning maxsus shakli sifatida jamiyat
hayotining turli sohalari, binobarin, fan, san’at, din bilan o‘zaro aloqalari va ta’sirlari
masalasini atroflicha ko‘rib chiqish kerak [2].
Dars oxirida falsafaning jamiyat va inson hayotidagi, fan taraqqiyotidagi ulkan
ahamiyatini inkor etuvchi pozitivizm, neopozitivizm, tanqidiy ratsionalizm,
ekzistensializm, fenomenologik maktab kabi turli yo‘nalishlar vakillarining asossiz
34
TADBIRKORLIK VA PEDAGOGIKA. ILMIY-USLUBIY JURNAL. ISSN: 2181-2659. [3/2023].
qarashlarini keskin tanqid qilish, ularga qarshi falsafaning ahamiyati va zarurligi
haqidagi taraqqiyparvar olim va faylasuflarning ijobiy fikrlarini qarama-qarshi qo‘yish
maqsadga muvofiqdir.
XULOSA
Dars jarayonida O‘zbekiston Respublikasi ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy-
ma’naviy taraqqiyoti jarayonida falsafa fanining ahamiyati, bu borada fan oldida
turgan muhim, ayniqsa, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyevning
“Yangi O‘zbekiston strategiyasi” (2021) kitobida belgilangan vazifalar bayonidan
kelib chiqish zarur [1].
Seminar mashg‘uloti savollarini bayon etish jarayonida taqdimot sifatida ilova
qilingan chizmalardan o‘rinli foydalanish ko‘rgazmalilikni ta’minlashga imkon beradi.
O‘qituvchi seminar mashg‘uloti savollarini yanada chuqurroq va konkret
yoritish uchun talabalarga qo‘shimcha aniqlovchi va to‘ldiruvchi savollar berishi,
ularning javoblarini umumlashtirishi, yutuq va kamchiliklarini tahlil qilishi, bilimlarini
baholashi lozim.
Seminar mashg‘ulotida ma’ruzada bayon etilgan nazariy bilimlarni
mustahkamlash, ularni kengaytirish va chuqurlashtirish, talabalarning dunyoqarashi,
bilish qobiliyatlari, mustaqil fikrlashini o‘stirish, olingan nazariy bilimlarini
amaliyotga tatbiq etishiga alohida e’tibor qaratiladi.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR:
1.
Mirziyoyev Sh.M. Yangi Oʻzbekiston strategiyasi. – Toshkent: “Oʻzbekiston”,
2021.
2.
Shermuhamedov Said. Falsafa va ijtimoiy taraqqiyot. – Toshkent: “FAN”, 2005.
3.
Davronov Z., Shermuhamedova N. Qahhorova M., Nurmatova M., Husanov B.,
Sultonova A. Falsafa. – Toshkent: TMU, 2019.
4.
Shermuhamedova N. Falsafa. 2-nashr. – Toshkent: Idris Abdurauf Nashr, 2020.
5.
Falsafa asoslari. Darslik. A.M.Axmedova va V.S.Xan tahriri ostida. 2-nashri. –
Toshkent: “Mehnat”, 2014.
6.
Falsafa asoslari: oʻquv qoʻllanmasi. Q.Nazarov va bosh. – Toshkent: Oʻzbekiston
faylasuflari milliy nashriyoti, 2018.
7.
Falsafa: oʻquv qoʻllanmasi. Sh.Madayeva va boshq. – Toshkent: Mumtoz soʻz,
2013.
8.
Yaxshilikov J., Muhammadiyev N.E. Falsafa. Darslik. – Samarqand: SamDU,
2021.
9.
Oʻzbekiston falsafasi tarixi. Masʼul muharrir H.Aliqulov. – Toshkent: Noshir,
2013.
35
TADBIRKORLIK VA PEDAGOGIKA. ILMIY-USLUBIY JURNAL. ISSN: 2181-2659. [3/2023].
10.
Oʻzbek tilining izohli lugʻati: 80 000 ga yaqin soʻz va soʻz birikmasi. Tuzatilgan
2-nashri. 5 jildli. IV j. – Toshkent: “Oʻzbekiston”, 2020, 323-bet.
11.
Турабова С. Тематические планы и учебно-методические рекомендации по
организации лекционных и семинарских занятий по предмету “Философия”.
Для студентов бакалавриата очного обучения. – Термез: Сурхон-Нашр, 2020.
