Авторы

  • Солиха Аллаярова
    Чирчикский государственный педагогический университет

Биография автора

  • Солиха Аллаярова, Чирчикский государственный педагогический университет
    Чирчикский государственный педагогический университет Независимый исследователь

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.entrepreneurship-pedagogy.33505

Ключевые слова:

развивающее образование развитие рост здоровье концепция инновационные технологии Инновации идеальное образование модульное образование непрерывное образование совместное обучение научная педагогика и креативность

Аннотация

Реформы в организации инновационных образовательных
учреждений, реализуемые в нашей республике в последние годы, имеют
большое значение для того, чтобы мы заняли место среди высокоразвитых стран
мира. Инновации в образовании важны, поскольку служат для координации
меняющихся потребностей в ходе исторического развития общества. Однако
социальные мотивы, вызывающие инновационные процессы в этой системе, в
наше время существенно изменились, что привело к развитию инноваций,
затрагивающих основы образования как особого социального института. В
данной статье разработаны концепция, программа и технология повышения
качества обучения в инновационных образовательных учреждениях, построения
развивающегося образовательного пространства.
Ключевые слова: Инновации, развивающее образование, развитие, рост,
здоровье, концепция, инновационные технологии, идеальное образование,
модульное образование, непрерывное образование, совместное обучение,
научная педагогика и креативность.


background image

112

TADBIRKORLIK VA PEDAGOGIKA. ILMIY-USLUBIY JURNAL. ISSN: 2181-2659. [3/2023].

PEDAGOGIKA FANLARI

Azamov Sherzodjon Xusanboy o‘g‘li

Chirchiq davlat pedagogika universiteti mustaqil tadqiqotchisi

Gmail:

sherzodbekazamov95@gmail.com

https://orcid.org/0009-0002-8871-1626

UO‘K: 37.1174

TA’LIM TIZIMI SAMARADORLIGINI OSHIRISHDA INNOVATSION

MAKTABLARNING ROLI VA AHAMIYATI



Annotatsiya:

Respublikamizda so‘nggi yillarda amalga oshirilayotgan

innovatsion ta’lim muassasalarini tashkil etish isloxotlari jahonning yuksak
rivojlangan mamlakatlari qatoridan o‘rin egallashimizda muhim ahamiyat kasb
etmoqda. Ta’limdagi innovatsiyalar jamiyatning tarixiy taraqqiyoti davrida o‘zgarib
borayotgan talablarni muvofiqlashtirishga xizmat qilish bilan ahamiyatlidir. Biroq, bu
tizimda innovatsion jarayonlarni keltirib chiqaradigan ijtimoiy motivlar bizning
davrimizda sezilarli darajada o‘zgardi, bu esa maxsus ijtimoiy institut sifatida
ta’limning asoslariga ta’sir ko‘rsatadigan innovatsiyalarning rivojlanishiga olib keldi.
Ushbu maqolada innovatsion ta’lim muassasalarida o‘qitish sifatini oshirish,
rivojlantiruvchi ta’lim sohasini qurish konsepsiyasi, dasturi va texnologiyasi ishlab
chiqilgan.

Kalit so‘zlar:

Innovatsiya, rivojlantiruvchi ta’lim, rivojlanish, o‘sish, salomatlik,

konsepsiya, innovatsion texnologiya, ideal ta’lim, modulli ta’lim, uzluksiz ta’lim,
qo‘shma ta’lim, ilmiy pedagogika, kreativlik.

THE ROLE AND IMPORTANCE OF INNOVATIVE SCHOOLS IN

INCREASING THE EFFICIENCY OF THE EDUCATIONAL SYSTEM

Azamov Sherzodjon

Independent researcher of Chirchik State Pedagogical University

Gmail:

sherzodbekazamov95@gmail.com

Annotation

:

Reforms in the organization of innovative educational institutions

implemented in our republic in recent years are gaining importance in our ranking
among the highly developed countries of the world. Innovations in education are
important as they serve to coordinate changing demands during the historical
development of society. However, the social motives that cause innovative processes
in this system have changed significantly in our time, which has led to the development
of innovations that affect the foundationsof education as a special institutions. In this
article, the concept, program and technology of building the field of developmental
education, improving the quality of teaching in innovative educational institutions,
have been developed.


background image

113

TADBIRKORLIK VA PEDAGOGIKA. ILMIY-USLUBIY JURNAL. ISSN: 2181-2659. [3/2023].

Keywords:

Innovation, developmental education, development, growth, health,

conception, innovative technology, ideal education, modular education, regular
education, combined education, scientific pedagogy and creativity.

РОЛ И ЗНАЧЕНИЕ ИННОВАЦИОННОЙ ШКОЛЫ В ПОВЫШЕНИЕ

ЭФФЕКТИВНОСТИ ОБРАЗОВАТЕЛЬНОЙ СИСТЕМЫ

Азамов Шерзоджон Хусанбой угли

Чирчикский государственный педагогический университет

Независимый исследователь

Gmail:

sherzodbekazamov95@gmail.com

Аннотация:

Реформы в организации инновационных образовательных

учреждений, реализуемые в нашей республике в последние годы, имеют
большое значение для того, чтобы мы заняли место среди высокоразвитых стран
мира. Инновации в образовании важны, поскольку служат для координации
меняющихся потребностей в ходе исторического развития общества. Однако
социальные мотивы, вызывающие инновационные процессы в этой системе, в
наше время существенно изменились, что привело к развитию инноваций,
затрагивающих основы образования как особого социального института. В
данной статье разработаны концепция, программа и технология повышения
качества обучения в инновационных образовательных учреждениях, построения
развивающегося образовательного пространства.

Ключевые слова:

Инновации, развивающее образование, развитие, рост,

здоровье, концепция, инновационные технологии, идеальное образование,
модульное образование, непрерывное образование, совместное обучение,
научная педагогика и креативность.

KIRISH

Mavzuning dolzarbligi.

Rivojlanayotgan davlatlarning barqaror taraqqiyoti

asosini innovatsion faoliyat tashkil etadi. Tarixdan shuni ko‘rishimiz mumkinki, inson
o‘zining aql-zakovati bilan dastlabki mehnat qurollarini o‘ylab topishdan, zamonaviy
innovatsion kompyuter, quyosh panellari va boshqa yuqori texnologiyalarni kashf
etishgacha bo‘lgan murakkab yo‘lni bosib o‘tdi. Shu bilan bir qatorda ta’lim sohasi
tizimiga, balki jamiyatning barcha sohalarining rivojiga o‘zining aks ta’sirini ko‘rsatdi.

Yurtimizda zamonaviy maktablar faoliyatini samarali tashkil qilish va

rivojlantirishga nisbatan yangicha yondashuvlarning tatbiq etilishi, ilmiy-pedagogik
jihatlari, sifatli faoliyat olib borish mexanizmlarini ishlab chiqish asosiy vazifa
hisoblanadi. Ta’lim tizimida ko‘plab islohatlar kadrlar tayyorlash sohasida ta’lim
turlari o‘rtasida aloqa va uzviylik ta’minlanishidagi kamchiliklarni bartaraf etishga
xizmat qilmoqda. Intellektual salohiyati yuqori bo‘lgan mamlakatlar tajribasidan
ma’lumki, fan, ta’lim va ishlab chiqarish o‘rtasidagi uzviylik va aloqadorlik
mustahkam yo‘lga qo‘yilsa, bu yo‘nalishda malakali kadrlar tayyorlash, ularning


background image

114

TADBIRKORLIK VA PEDAGOGIKA. ILMIY-USLUBIY JURNAL. ISSN: 2181-2659. [3/2023].

bandligini ta’minlash hamda mamlakat iqtisodiyotida tarkibiy o‘zgarishlarni amalga
oshirish mumkin bo‘ladi. Ayniqsa uzluksiz ta’lim tizimini rivojlantirishda yangi
mexanizmlarning yaratilishi bugungi globallashuv jarayonlarining hayotiy zaruratiga
aylandi va bu o‘z navbatida ta’lim sifati samaradorligini oshirish, uni modernizatsiya
qilishni taqozo etadi. Mamlakatimizning barcha jabhalarida amalga oshirilayotgan
keng ko‘lamli islohotlar, huquqiy demokratik davlat va erkin fuqarolik jamiyatini
qurish zamirida, avvalombor, inson manfaatlari, uning intellektual salohiyatini yuzaga
chiqarish, kasb mahoratini oshirish uchun shart-sharoit vazifalari mujassam. Bu borada
barkamol avlodni tarbiyalash, umumta’lim maktablari, oliy va o‘rta maxsus ta’lim
sohasida yuqori malakali kadrlarni tayyorlash, ilm-fan, ta’lim hamda ishlab chiqarish
o‘rtasidagi o‘zaro hamkorlikni yanada rivojlantirishga alohida e’tibor qaratilmoqda.
O‘quv jarayonida samaradorlikka erishish uchun zamonaviy ilg‘or pedagogik
texnologiyalar, noan’anaviy dars usullari va o‘zaro faol o‘quv jarayonini tadbiq qilish
lozim. Umumiy o‘rta ta’lim muassasalarining turmush tarzi ta’sirining o‘quv
jarayonining samaradorligiga ta’siri pedagogikada alohida ahamiyatga ega.

Adabiyotlar

tahlili.

Prezidentimiz

tomonidan

2019-yil

26-noyabrda

“Zamonaviy maktablarni tashkil etish chora tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-4537 sonli
qarori ijrosini taminlash uchun yurtimizda ko‘pgina innovatsion maktablar tashkil
etilmoqda [2]. Buning isboti sifatida Toshkent shahrida “Diplomat International
School” innovatsion maktabi o‘z faoliyatini boshladi. Innovatsion maktabda asosiy
e’tibor aniq fanlarga matematikani o‘rganishga va ingliz tilini chuqur o‘rganish yo‘lga
qo‘yilgan. Ta’limda loyihalash tushunchasi 1980-yillarning oxirida faol joriy etila
boshlandi va dastlab ta’lim sohasidagi tashkiliy-faoliyatli o‘yinlarni ishlab chiqish va
o‘tkazish jarayonida foydalanildi. Ta’limda loyihalash faoliyatini yanada rivojlantirish
Rossiya ta’lim akademiyasining “Pedagogik innovatsiyalar” instituti ishi doirasida
amalga oshirildi [2]. Zamonaviy ta’limning asosiy funksiyasi o‘quvchini ijtimoiy
hayotga tayyorlash jarayonida namoyon bo‘ladi. O‘quvchini ijtimoiy hayotga
tayyorlashning samarali va ilg‘or usullardan biri pedagogik loyihalash usuli bo‘lib,
bugungi kunda ta’lim sifatini oshirishda keng qo‘llanilmoqda. Ta’lim tizimiga
loyihalash metodining kirib kelishi XIX asrga borib taqaladi, aynan shu davrda
AQSHda bu usuldan qishloq xo‘jaligi ishchilarini o‘qitishda keng foydalanilgan.
J.Dyui esa XX asr boshlarida loyihalash metodini bolalarning qiziqishlaridan kelib
chiqib ularni yo‘naltirishga asoslangan pragmatik pedagogika ta’limotiga tatbiq qilgan.

XX asrning birinchi yigirmanchi asri davri Shatskiy maktablarining asl

tuzilmalarini shakllantirish davri deb hisoblaydi. Frumin, Tubelskiy, Selevko,
Yamburg maktab hayotini o‘rganish bo‘yicha tadqiqotlar olib bordi va uni
rivojlantirishning turli yo‘llarini tavsiya qildi. Aleksandrova, Buzrukova, Selevko,


background image

115

TADBIRKORLIK VA PEDAGOGIKA. ILMIY-USLUBIY JURNAL. ISSN: 2181-2659. [3/2023].

Soloviyeva, Ostapenko, Tubelskiy asarlarida maktab hayot tarzini shakllantirish
muammolari, bolaning diniy va etnik qadriyatlarga asoslangan oilaviy hayoti namoyish
etilgan.

ASOSIY QISM

Tadqiqot metodologiyasi.

Har qanday jamiyatda maktab o‘quvchilari o‘qish

davomida jismoniy, ruhiy, va psixologik jihatdan qiyinchiliklarga duch keladi.
Shuning uchun ham ko‘pchilik ota-onalar ulaning muammolarini yechimi borasida
aniq bir to‘xtamga kelishga qiynaladilar. Bugungi innovatsion maktab sharoiti bunday
o‘quvchilar va ularning ota-onalarini o‘ziga xos ta’lim ehtiyojlariga eng mos keladigan
ta’lim turlarini tanlashga xizmat qiladi.

Innovatsion maktablarning paydo bo‘lishi o‘quvchilar va ota-onalarni ta’lim

uzviyligini ta’minlashdagi faoliyati orqali pedagogik jarayonni soddalashtiradi va
ijobiy natijaga erishishiga xizmat qiladi. Innovatsion maktablarning dastlabki
ko‘rinishlari Tolstoyning “Tekin ta’limi”, 1896 yilda Chikago Universiteti o‘qituvchisi
Jon Dyuining “Maktab-laboratoriya” dasturi, 1919 yil Avstriyalik pedagog Rudolf
Shtayner tomonidan tashkil etilgan “Valdorf pedagogikasi” maktabi, 1900 yilda
Italiyada tashkil etilgan “Mariya Montessori maktabi”, 1893 yilda Samarqadda tashkil
etilgan “Mashinali maktab”, 1901 yilda Munavvarqori Abdurashidxonov tomonidan
tashkil etilgan “Usuli jadid” maktablarida o‘z aksini topgan.

Innovatsion maktablar tashkil etish borasidagi dasturlarning ko‘pchiligi o‘z

zamonasida hukumat rahbarlari tomonidan qarshiliklarga uchrashi natijasida butunlay
yo‘q qilingan. Bugungi kunda axborot va tenikaning rivojlanishi zamonaviy
pedagogika fanida ta’limning yangi shakl va uslublarini takomillashtirish uchun xizmat
qilmoqda. Innovatsion maktablar zamonaviy pedagogika fanlari uchun dolzarb bo‘lgan
muammolarni hal qilishda alohida o‘rin tutadi. Shu nuqtai nazardan qaraganda,
innovatsion maktablar faoliyatini maqsadli tahlil qilish pedagogika fani va amaliyotini
rivojlantirishda keyingi qadamlar uchun imkoniyatlarni ochib beradi[2]. Maktabgacha
va maktab ta’limi vazirligi tomonidan chekka va tog‘li hududlar uchun “ Mirzo
Ulug‘bek” onlayn maktabi tashkil etildi. Onlayn maktab doirasida test-sinov tariqasida
3 ta tog‘li va chekka hududdagi maktablar tanlab olingan.
1) Jizzax viloyati Forish tumanidagi 7-sonli maktab,
2) Samarqand viloyati Qo‘shrabod tumanidagi 70-sonli maktab,
3) Surxondaryo viloyati Denov tumanidagi 62-sonli maktablar.

Onlayn maktabni tashkil qilishdan maqsad chekka hududlar va tog‘li joylarda

ta’lim sifatini oshirish hamda iste’dodli yoshlarni qo‘llab-quvvatlashdan iborat.
Onlayn maktabda yuqori sinf o‘quvchilari matematika va ingliz tili fanlaridan
qo‘shimcha ta’lim olishadi.


background image

116

TADBIRKORLIK VA PEDAGOGIKA. ILMIY-USLUBIY JURNAL. ISSN: 2181-2659. [3/2023].

Innovatsion maktablarni yaratish jarayoni zamon talabi bo‘lib, bunday

muassasalarga bo‘lgan talab ortib bormoqda. Hozirgi vaqtda ko‘plab tadqiqotchilar
innovatsiyalardan foydalanadigan har qanday maktabni innovatsion deb hisoblashadi.

Innovatsion maktablarni tashkil qilishning asosiy shartlari o‘quvchilarning bilim

darajasi, intilishi va qobiliyatlarini rivojlantirish asosida zamon talablariga tez
moslashuvchi, mushkul vaziyatlarda qaror qabul qila oluvchi kadrlarni tarbiyalashdir.
Ko‘pgina ta’lim muassasalarida o‘qitish tizimiga olib kiritilayotgan yangi
texnologiyalarni qo‘llanilishi innovatsion maktabni shakllanishi deb hisoblaydilar. Bu
o‘z navbatida o‘quvchining mustaqil va kreativ fikrlashga yo‘naltiruvchi innovatsion
maktablarning innovatsionlik mohiyatiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi [7].

Maktabda yaratilgan qo‘shimcha ta’lim tizimi o‘quvchi umumta’lim standarti

mazmunini o‘zlashtirishi uchun hissiy ahamiyatga ega bo‘lgan keng umummadaniy
muhitni ta’minlashga mo‘ljallangan: uni asosiy faoliyatga ob’ektiv yo‘naltirish
(qadriyatga yo‘naltirilgan, bilim, kommunikativ, estetik, jismoniy madaniyat va
salomatlik); zamonaviy hayotga moslashish, kasbiy yo‘naltirish [3]. Qo‘shimcha
ta’limning o‘ziga xosligi bolaning salohiyatini to‘liq rivojlantirish uchun bo‘sh vaqtdan
ixtiyoriy maqsadli foydalanishda namoyon bo‘ladi.

Natijalar va ularning muhokamasi.

Zamonaviy ilm-fan va amaliyotda turli

ilmiy makonlar yaratilmoqda, ularda maktab faoliyatini samarali tashkil etishning
maqsadli shakllanishi zarurligi to‘g‘risidagi g‘oyalar doirasi yaratilib, muayyan o‘quv
yurtlarining tuzilmalarini yangilash uchun shart sharoitlar yaratilmoqda. Zamonaviy
maktablar amaliyotida maktab rivojlanishining tendensiyasini o‘rganish va maktab
hayotining o‘zgarishi, muayyan o‘qituvchilarning sa’y-harakatlari natijasida
tuziladigan tarkibdagi innovatsiyalar ta’siri ostida yuzaga kelishi mumkin. Maktabda
innovatsiyalarni yaratish va joriy etish muammosi, shuningdek, maktab ichidagi
innovatsiyalarini loyihalash tadqiqotchilardan pedagogikada ilgari o‘rganilmagan yoki
juda kam o‘rganilgan maxsus masalalarni ishlab chiqishni talab qiladi. Innovatsion
maktab va umuman innovatsion jarayonlar, innovatsion faoliyat texnologiyasi,
mahalliy pedagogik innovatsiyalar manbalari, ularni tizimli (maktabga mutanosib)
innovatsiyaga aylantirish jarayoni ta’lim taraqqiyotida muhim vazifa hisoblanadi.

Har qanday maktabda ta’lim jarayonini takomillashtirishga qaratilgan turli xil

mahalliy yangiliklar mavjud. Ta’lim olish uchun tegishli tashqi sharoitlarni
yaratmasdan va bolani ta’lim muassasasining ijtimoiy-madaniy sohasiga kiritmasdan
bolaga shaxsiy yondashuv konsepsiyasini qo‘llash mumkin emas. Yangi ta’lim
sohasidagi har bir yutuq ta’lim mazmunini o‘zgartiradi, uning falsafasini o‘zgartiradi,
uning rivojlanishi uchun yangi madaniy sharoitlar yaratadi.

Ta’lim mazmunining rivojlanishi bilan bir qatorda ijtimoiy-madaniy muhitning,

jumladan, fan, san’at, axloq va salomatlik holatiga bog‘liq bo‘lgan ta’lim qadriyatlari


background image

117

TADBIRKORLIK VA PEDAGOGIKA. ILMIY-USLUBIY JURNAL. ISSN: 2181-2659. [3/2023].

o‘zgaradi. Bu faoliyat sohalarining barchasi maktabda asta-sekin shakllanib, yangi
ijtimoiy-madaniy muhitni tashkil qiladi. O‘quv jarayonini tashkil etishda seminar
darslari alohida o‘rin tutadi. Seminar talabalarning bilimlarini mustahkamlashni
ta’minlovchi, ijodiy qobiliyatlarini namoyon qiluvchi o‘quv jarayoni shaklidir.
Seminar mashg‘ulotlarining maqsadi talabalarning chuqur bilim olishini ta’minlash,
olgan bilimlarini real hayotda qo‘llashga o‘rgatishdir [4]. Madaniyatning shakllanishi
ta’lim sohasining shakllanishi bilan birga boradi. Agar ta’lim maqsadi madaniyat
maqsadlariga to‘g‘ri keladigan bo‘lsa, u holda intellektual-mehnat madaniy sohasini,
axloqiy-estetik madaniy sohani, badiiy-estetik madaniy makonni, ekologik madaniy
sohani, axloqiy-jismoniy madaniy sohani o‘z ichiga olgan maktabning yangi ijtimoiy-
madaniy sohasini yaratadigan ta’lim va madaniy qadriyatlarning ayrim turlarining
o‘zaro bog‘liqligi haqida gapirishimiz mumkin.

Ta’limning yangi shakli bizning bu boradagi an’anaviy tasavvurlarimizni qayta

ko‘rib chiqishni taqozo etadi. Ta’lim - madaniyat sohasida va tarixda shaxs sifatida
shakllanish, insoniy qiyofani egallash yo‘li va shaklidir. Shuning uchun, Viktor
Ivanovich Slobodchikovning so‘zlariga ko‘ra, ta’lim sohasida uchta asosiy vazifa hal
qilinadi:

1. Muayyan madaniy-tarixiy sohada odamlarning mazmunli hayot va faoliyat

tarzini shakllantirish va insonning hozirgi holatini bartaraf etish orqali ildiz otish;

2. Insonni boshpanasiz qoldirmaydigan odamlar jamoalarini yashash

imkoniyatlarini yaratish;

3. Odamlar o‘rtasidagi egosentrik injiqlikka va madaniyatlar ichidagi nisbiylikka

yo‘l qo‘ymaydigan, hayotning qadrli tasvirlari va hayot shakllarini avlodlarga
yetkazish madaniyatini tarbiyalash [5].

Zamonaviy maktab o‘qituvchilari yuqori kasbiy darajaga, yuksak axloqiy

fazilatlarga, rivojlangan aql-zakovatga, umumiy bilimga va ushbu faoliyatga
qiziqishga ega, qo‘shimcha ta’lim dasturlari va rejalarini amalga oshirishga qodir
pedagog-psixolog-koordinator bo‘lishi zarur.

XULOSA

An’anaviy va innovatsion maktablarni farqlash uchun maqsadlarning mazmunini

emas, balki maqsadlarni belgilash, faoliyat va natijadorlik asosida shakllangan
jarayonini ajratib olish zarur. Maqsad o‘qituvchilar tomonidan ta’lim mazmunida
innovatsiyalarning paydo bo‘lishini, texnologik jihatdan, bir tomondan, o‘quv
jarayonining umumiy qonuniyatlari bilan, ikkinchi tomondan, o‘quv jarayonini tashkil
etishda texnologik usullarining o‘ziga xos xususiyatlari bilan cheklangan turli xil
innovatsion texnologiyalarni qamrab oladi. Pedagogik loyihalash o‘qituvchining ko‘p
komponentli murakkab faoliyati bo‘lib, uning malakasi, kasbiyligi va texnologik
samaradorligiga bog‘liq. Shunday qilib yangi innovatsion maktablarda o‘qitish tizimini


background image

118

TADBIRKORLIK VA PEDAGOGIKA. ILMIY-USLUBIY JURNAL. ISSN: 2181-2659. [3/2023].

takomillashtirish o‘qituvchilar oldidagi eng asosiy vazifalardan biri hisoblanadi.
O‘quvchilarning o‘zlashtirtish darajasiga, aqliy rivojlanish ko‘rsatkichi (IQ), ichki
kechinmalariga qarab dars jarayonlarini olib borish zarur. Demak o‘qituvchi pedagog-
psixolog bo‘lishi talab etiladi. Maktablarda o‘quvchilarga zarur bilimlarni berish uchun
birinchi navbatda ma’naviy muhit yo‘lga qo‘yilgan bo‘lishi kerak. Tarbiya bor joyda
ta’lim ham ko‘zlangan darajada bo‘ladi. Biz o‘qituvchilarning oldimizga qo‘yilgan
asosiy maqsad innovatsion maktablarda rivojlantiruvchi ta’lim muhitini tashkil etish
texnologiyalarini ishlab chiqish va uni amaliyot darslariga tadbiq etishdan iborat.

Bizning vazifamiz hozirgi ta’lim jarayonining salbiy tomonlarini aniqlash yoki

kamchiliklarni bartaraf etish emas, balki jismoniy, shaxsiy, shaxslararo, ijtimoiy va
boshqa barcha darajalarda sodir bo‘ladigan shaxsning eng yuqori ijodiy qobiliyatlari
paydo bo‘ladigan tomondan kompensatsiya talab qilmaydigan maktab modelini
yaratishdan iborat edi. Innovatsion maktablarda mana shunday modellarni yaratish
mumkin bo‘ladi.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR;

1.

Mirziyoyev Sh.M. (2019-yil 26-noyabr) Zamonaviy maktablarni tashkil etish

chora tadbirlari to‘g‘risidagi PQ-4537 sonli qarori.

2.

Mirziyoyev Sh.M. (2020). Milliy tiklanishdan-milliy yuksalish sari.

Toshkent:O‘zbekiston. 366-b.

3.

Azamov Sh.X (№2 2023) Дополнительное образование в единой

образовательной среде системы инновatsiонной школы European Journal of
Education and Applied Psychology Scientific journal. 52-b.

4.

Qorayev S.B. (2023) Pedagogika. –T.: “Zebo-Print”. 50-b.

5.

Slobodchikov V.I. (2009) Антропологическая перспектива отечественного

образования. Yekaterinburg. 264 b.

6.

Ergasheva M. T. (2023) O‘quvchilarda funsional savodxonlikni shakllantirishda

XXI asr kompetensiyalarining roli Ilm sarchashmalari 7-son. 58-b.
7. Tubelskiy A.N. Noto‘g‘ri ishlaydigan o‘qituvchi (talabalar va o‘qituvchilarning
individualligini rivojlantirish tajribasi). - M., 1996 yil.


Библиографические ссылки

Mirziyoyev Sh.M. (2019-yil 26-noyabr) Zamonaviy maktablarni tashkil etish

chora tadbirlari to‘g‘risidagi PQ-4537 sonli qarori.

Mirziyoyev Sh.M. (2020). Milliy tiklanishdan-milliy yuksalish sari.

Toshkent:O‘zbekiston. 366-b.

Azamov Sh.X (№2 2023) Дополнительное образование в единой

образовательной среде системы инновatsiонной школы European Journal of

Education and Applied Psychology Scientific journal. 52-b.

Qorayev S.B. (2023) Pedagogika. –T.: “Zebo-Print”. 50-b.

Slobodchikov V.I. (2009) Антропологическая перспектива отечественного

образования. Yekaterinburg. 264 b.

Ergasheva M. T. (2023) O‘quvchilarda funsional savodxonlikni shakllantirishda

XXI asr kompetensiyalarining roli Ilm sarchashmalari 7-son. 58-b.

Tubelskiy A.N. Noto‘g‘ri ishlaydigan o‘qituvchi (talabalar va o‘qituvchilarning

individualligini rivojlantirish tajribasi). - M., 1996 yil.