Mualliflar

  • Fazliddin Odinaboboyev
    Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti tayanch

Muallif biografiyasi

  • Fazliddin Odinaboboyev, Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti tayanch
    Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti tayanch doktoranti

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.entrepreneurship-pedagogy.34681

Kalit so‘zlar:

tajriba yaratish ijod imkoniyat vosita tasavvur mahsulot texnika

Annotasiya

Kasbiy tarbiya shakli o‘quvchilarni milliy hunarlar sohasida iqtidorli va mutaxassis, aniq kasbga erishishga yo‘naltiradi. Amaliy ijod orqali o‘quvchilar amallar orqali o‘rganishadi. Ular o‘zlashtirish jarayonida, o‘quvchilar o‘zlarining o‘rgangan asosiy texnikalar va usullarni qo‘llab-quvvatlaydigan, mahsulot tasavvur qilishni amaliyotga o‘tkazadigan va o‘zlashtirishni rivojlantiradigan, o‘zlashtirish vazifalarini bajarganlarning yanada yuqori darajada o‘zlashtirishlarini o‘rganishadi. O‘quvchilarga milliy hunarmandchilik uchun kerak bo‘lgan materiallar va vositalar haqida tushuntirish beriladi. Bu tarzda, ular materiallarni tanish, ularga qanday qilib ishlov berish va ularni qanday ishlatish kerakligini shu bilan birga nima tayyorlash kerakligi haqida tasavvur qilish jarayonini o‘rganishadi, ya’ni o‘z fikrlarini  dizaynlar va ijodiy ishlari bilan namoyon qiladi


background image

137

TADBIRKORLIK VA PEDAGOGIKA. ILMIY-USLUBIY JURNAL. ISSN: 2181-2659. [3/2023].

PEDAGOGIKA FANLARI

Odinaboboyev Fazliddin Bahriddin o‘g‘li

Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti tayanch doktoranti

odinaboboyevf@dtpi.uz

https://orcid.org/0009-0007-0995-2189


BOSHLANG‘ICH SINF O‘QUVCHILARIDA MILLIY

HUNARMANDCHILIKNING DASTLABKI MEXANIZMLARINI

RIVOJLANTIRISH ORQALI KASBIY TARBIYA BERISHNI

TAKOMILLASHTIRISHNING MAZMUNI

Kalit
so‘zlar:

tajriba,
yaratish,
ijod,
imkoniyat,
vosita,
tasavvur,
mahsulot,
texnika.

Annotatsiya:

Kasbiy tarbiya shakli o‘quvchilarni milliy hunarlar

sohasida iqtidorli va mutaxassis, aniq kasbga erishishga
yo‘naltiradi. Amaliy ijod orqali o‘quvchilar amallar orqali
o‘rganishadi. Ular o‘zlashtirish jarayonida, o‘quvchilar o‘zlarining
o‘rgangan asosiy texnikalar va usullarni qo‘llab-quvvatlaydigan,
mahsulot

tasavvur

qilishni

amaliyotga

o‘tkazadigan va

o‘zlashtirishni

rivojlantiradigan,

o‘zlashtirish

vazifalarini

bajarganlarning yanada yuqori darajada o‘zlashtirishlarini
o‘rganishadi. O‘quvchilarga milliy hunarmandchilik uchun kerak
bo‘lgan materiallar va vositalar haqida tushuntirish beriladi. Bu
tarzda, ular materiallarni tanish, ularga qanday qilib ishlov berish
va ularni qanday ishlatish kerakligini shu bilan birga nima
tayyorlash kerakligi haqida tasavvur qilish jarayonini o‘rganishadi,
ya’ni o‘z fikrlarini dizaynlar va ijodiy ishlari bilan namoyon qiladi.

Одинабобоев Фазлиддин Бахриддин угли

Денауский институт предпринимательства и педагогики

odinaboboyevf@dtpi.uz

https://orcid.org/0009-0007-0995-2189

СОДЕРЖАНИЕ СОВЕРШЕНСТВОВАНИЯ ПРОФЕССИОНАЛЬНОГО

ОБРАЗОВАНИЯ ЧЕРЕЗ РАЗВИТИЕ НАЧАЛЬНЫХ МЕХАНИЗМОВ

НАЦИОНАЛЬНОГО МАСТЕРСТВА У УЧАЩИХСЯ НАЧАЛЬНЫХ

КЛАССОВ

Ключевые

слова:
опыт,
творение,
возможность,
инструмент,

Аннотация.

Форма

профессионального

образования

ориентирует учащихся на получение талантливой и
специализированной, специфической профессии в области
народных промыслов. Благодаря практическому творчеству
учащиеся учатся на практике. В процессе освоения учащиеся
поддерживают изученные основные приемы и методы,


background image

138

TADBIRKORLIK VA PEDAGOGIKA. ILMIY-USLUBIY JURNAL. ISSN: 2181-2659. [3/2023].

воображение,
продукт,
техника.

практикуют визуализацию продукта и развивают мастерство,
а также достигают более высокого мастерства в изучаемых
задачах. Студентам будут даны разъяснения о материалах и
инструментах, необходимых для народных поделок. Таким
образом, они знакомятся с материалами, тем, как с ними
работать и как их использовать, а также изучают процесс
воображения того, что сделать, то есть выражения своих
мыслей посредством дизайна и творческих работ.

Odinaboboyev Fazliddin Bahriddin ugli

Denau Institute of Entrepreneurship and Pedagogy

odinaboboyevf@dtpi.uz

https://orcid.org/0009-0007-0995-2189

THE CONTENT OF IMPROVING VOCATIONAL EDUCATION THROUGH

THE DEVELOPMENT OF INITIAL MECHANISMS OF NATIONAL

CRAFTSMANSHIP IN PRIMARY CLASS STUDENTS

Keywords:
experience,
creation,
opportunity,
tool,
imagination,
product,
technique

Annotation.

The form of vocational education directs students to

achieve a talented and specialist, specific profession in the field of
national crafts. Through hands-on creativity, students learn by
doing. In the process of mastery, students support the basic
techniques and methods they have learned, practice product
visualization and develop mastery, and achieve higher mastery of
mastery tasks. they learn. Students will be given an explanation
about the materials and tools needed for national crafts. In this way,
they get to know the materials, how to work with them and how to
use them, while also learning the process of imagining what to
make, that is, expressing their thoughts through designs and
creative works.

Kirish.

Hozirgi zamon kasbiy ta’lim-tarbiya sohasidagi strategik vazifalarning

muhim yo‘nalishlarini belgilash uchun imkoniyatlar yaratildi. “Hunarmandchilikni
yanada rivojlantirish va hunarmandlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash chora-
tadbirlari to‘g‘risida”[1]gi farmonda o‘quvchi-yoshlarning ma’naviy barkamol shaxs
bo‘lib yetishishida, ularda milliy ruh va iftixor hissini uyg‘otishda xalq
hunarmandchiligi va ustoz-shogirdlik maktablarining ustuvor ahamiyati ko‘rsatib
o‘tilgan. Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-2026-yillarga
mo‘ljallangan “Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi” to‘g‘risida”[2]gi
Farmoni 4-yo‘nalish – “Adolatli ijtimoiy siyosat yurutish, inson kapitalini
rivojlantirish”ning 37-maqsadida: “har bir fuqaroga davlat hisobidan aniq kasb-
hunarga o‘qitish imkoniyatini yaratish, kasbga o‘qitish ko‘lamini ikki baravarga
oshirib, jami bir million nafar ishsiz fuqaroni kasb-hunarlarga o‘qitish va bu jarayonda


background image

139

TADBIRKORLIK VA PEDAGOGIKA. ILMIY-USLUBIY JURNAL. ISSN: 2181-2659. [3/2023].

nodavlat ta’lim muassasalarining ishtirokini 30 % ga yetkazish” masalasi qo‘yilgan.
Bu esa o‘z navbatida, aholining kasb-hunar texnikasi shakllantirib ularga kasbiy
tarbiya ko‘nikmalarini takomillashtirishga ko‘maklashadi.

Tadqiqotning o‘rganilganlik darajasi.

Mamlakatimizda A.Xo‘jaev, R.Djuraev,

U.Nishonaliev, N.Muslimov, O‘.Tolipov, Sh.Sharipov, X.Xudayqulov, I.Choriev,
N.Sayidaxmedov, Yu.Maxmudov, B.Muranov, A.Xo‘jaboev, M.Shomirzaev kabi
olimlar texnologiya fanida milliy hunarmandchilikni fanlararo takomillashtirishga
bag‘ishlangan tadqiqot ishlarini olib borishgan. Milliy hunarmandchilik sohalarini
o‘rganishning ta’lim-tarbiyaviy asoslari S.Bulatov, C.Hasanov, I.Karimov,
Q.Qosimov, O.Xudoyorova, A.Turdialiev, D.Zohidova, O.Jamoliddinovalar ilmiy-
tadqiqot ishlarida yoritilgan. Bo‘lg‘usi pedagoglarni tayyorlash, shu jumladan, mehnat
va kasb-hunar ta’limi mutaxassislarini tayyorlashning turli jabhalari N.Shodiev,
P.Magzumov, H.Rashidov, R.Mavlonova, U.Inoyatov, E.Turdiqulov O.Qo‘ysinov
kabilar tomonidan o‘rganilgan.

Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi (MDH) mamlakatlari olimlaridan V.D.Jukov,

V.I.Kachnev, A.V.Yefanov, S.T.Tolstov, V.M.Masson, A.T.Trenojkin, S.Rusakina,
N.N.Baranskiy, G.Ye.Mupaveva, C.P.Pucakina, N. C.Mironenko, N.V.Kuzmina,
N.C.Falkova,

Yu.G.Lipes,

A.G.Nizalievlarning

ta’lim-tarbiyaviy jarayonda

o‘quvchilarning

hunarmandchilikka

oid

kompetensiyalarini

rivojlantirish

mexanizmlari, milliy hunarmandchilikni fanlararo takomillashtirish, shaxsning kasbiy
va kreativ qobiliyatlapning ba’zi jihatlari bo‘yicha tadqiqotlar olib borishgan.

Xorijiy mamlakatlarning D.Bell, D.Medous, P.Kuusi, E.Toffler, J.Masudalar

kabi olimlar texnologik ta’lim mazmunini zamonaviylashtirish, texnologik
kompetentlikni shakllantirish, uni jamiyatdagi ijtimoiy o‘zgarishlarga moslashtirish
masalalari, G.Spenser, B.Blum, R.Mohanlar ta’limda ijodkorlik, pedagoglarning
kasbiy salohiyatini rivojlantirish, kompetentlik masalalari, kasbiy-metodik yetuklik
muammolari, pedagogik dasturiy vositalardan foydalanish ko‘nikma, malaka va
kompetensiyalarini shakllantirish hamda rivojlantirish nazariyalarini yoritib berishgan.

Asosiy qism.

Mamlakatimizda hunarmandchilikni rivojlantirish uchun qulay

shart-sharoitlar yaratish, xususan hunarmandlar tizimini takomillashtirish, ularni zarur
xomashyo va moliyaviy resurslar bilan uzluksiz ta’minlash, hunarmandchilik
mahsulotlarini realizatsiya qilish uchun infratuzilma yaratish va bozorlarni
kengaytirish hamda aholini hunarmandchilikka keng jalb etish maqsadida
hunarmandchilik faoliyatining yo‘nalishlarining quyidagi ro‘yxati tasdiqlangan[3]:

1.2. 1-jadval:

T/r

Faoliyat

yo‘nalishlari

*

Mahsulotlarning asosiy turlari

1. Ganch

o‘ymakorligi

Qandillar, devor shamdonlari, ko‘zgu, naqshlar, stalaktitlar,
muqarnas (friz), karnizlar, ustunlar elementlari, panjaralar,


background image

140

TADBIRKORLIK VA PEDAGOGIKA. ILMIY-USLUBIY JURNAL. ISSN: 2181-2659. [3/2023].

haykalchalar, panno, shift va devor bezaklari va asoslari,
ganchdan yasalgan arxitektura va qurilish elementlari, boshqa
amaliy bezak mahsulotlari.

2. Qo‘lda gilam

to‘qish

Gilam va gilamchalar, paloslar, xurjunlar, kigiz buyumlar,
sholchalar, joynamozlar, o‘tovlar, tabiiy toladan tayyorlangan
buyumlar.

3. Qo‘lda

gazlamalar
to‘qish

Atlas, beqasam, adras, tabiiy ipak, ip kalava, jun va sun’iy
ipdan to‘qilgan gazlamalar.

4. Tosh

o‘ymakorligi

Toshdan tayyorlangan esdalik buyumlar, mayda plastikalar,
qutichalar, yozuv anjomlari, shamdonlar, panno, relyeflar va
kontrrelyeflar, barelyeflar, geraldika va ramzlar, toshni
pardozlash yo‘li bilan tayyorlangan bezaklar va boshqa bezak
buyumlar.

5. Miniatyura,

rangtasvir,
naqqoshlik va
bo‘yoqli naqshlar
tayyorlash

Lok miniatyurasi texnikasida tayyorlangan buyumlar:
qutichalar, suratlar, devor, qog‘oz mato, teri, gazlama, papye-
mashe, yog‘och, qovoq, karton, suyak va emaldagi naqshlar
va rasmlar, miniatyura va tasviriy san’at asarlari, risolalar va
boshqa hunarmandchilik buyumlari, muqovalash.

6. Kandakorlik,

miskarlik
buyumlarini
tayyorlash

Mis, latun, alyuminiydan yasalgan buyumlar (choynak,
qumg‘on, lagan, guldon, shuningdek, bezash va amaliy
maqsadlar uchun mo‘ljallagan boshqa buyumlar).

7 Milliy liboslar

tayyorlash

Chopon, yaxtak, nimcha, bolalar choponlari, to‘y liboslari va
boshqa milliy kiyimlar.

8 Yog‘och

o‘ymakorligi

Yog‘och o‘ymakorligi uslubida bajarilgan barcha amaliy
bezak san’at turlari.

9 Gul bosilgan

gazlamalar va
chokli buyumlar
tayyorlash

Turli xil matolarga gul bosish usulida tayyorlangan buyumlar:
batik, milliy ko‘rpa va ko‘rpachalar, yostiqlar, belbog‘lar,
jiyaklar, sumkalar, tasmalar, bolalar kiyimlari va boshqa
chokli hunarmandchilik buyumlari.


background image

141

TADBIRKORLIK VA PEDAGOGIKA. ILMIY-USLUBIY JURNAL. ISSN: 2181-2659. [3/2023].

10. Kashtachilik

Kashtachilik va to‘qilgan buyumlar, shuningdek, qo‘lda
tayyorlangan bosh kiyimlar qismlari (kashta mashina
yordamida ham tayyorlanishi mumkin).

11. Zardo‘zlik

buyumlari

Metall iplardan foydalangan holda zardo‘zlik uslubida
tayyorlangan barcha hunarmandchilik mahsulotlari.

12. Qimmatbaho

metalldan
zargarlik
buyumlarini
yasash

Qonunchilikka muvofiq tamg‘alanishi shart bo‘lgan probali
oltin, kumush, platina va platina guruhidagi metallardan
ijodiy, mualliflik va milliy uslubda yasalgan buyumlar.

13.

O‘yinchoqlar
tayyorlash

Yog‘och, metall, gips, mato, sopol va boshqa materiallardan
ishlab chiqarishdan tashqari sharoitda yasalgan o‘yinchoqlar.

14. Mualliflik

mebellarini
tayyorlash

Amaliy bezak san’ati predmetlariga kiradigan mebel
(to‘plamlari va alohida qismlari).

15. Yog‘ochdan xalq

hunarmandchiligi
mahsulotlarini
tayyorlash

Oshxona anjomlari (o‘qlov, tuzdon, non quti, juva, keli, osh
taxta, akich), yog‘och, faner va laminatdan tayyorlangan turli
hunarmandchilik

mahsulotlari,

belanchaklar,

bolalar

aravachasi, beshik va uning anjomlari, turli xontaxtalar,
sandiq, javon, eshik, rom, bezakli reykalar, surat uchun romlar
(baget), tokarlik uskunasidan tayyorlangan har xil shaklli
hunarmandchilik mahsulotlari, yog‘och shaxmat taxtasi va
donasi, panno, yog‘ochdan qo‘lda va kichik mexanizatsiya
vositalari yordamida yasalgan boshqa buyumlar.

16. Novdalardan

buyumlar to‘qish

O‘simlik novdalaridan to‘qilgan buyumlar (qamish, tol,
poxol, tok novdalari va boshqa har xil daraxt novdalari).

17. Oddiy

metallardan
milliy uslubda
taqinchoqlar
yasash

Oddiy metallardan milliy uslubda tayyorlangan barcha
taqinchoqlar (tumorlar, ziraklar, zebigardon, bilaguzuk, uzuk,
tillaqosh va boshqalar).

18.

An’anaviy
do‘ppichilik

Hududlarga xos gul va naqshlarda milliy uslubda
tayyorlangan do‘ppi va bosh kiyimlar.


background image

142

TADBIRKORLIK VA PEDAGOGIKA. ILMIY-USLUBIY JURNAL. ISSN: 2181-2659. [3/2023].

19. Zamonaviy

san’at asarlari
yaratish

Chiqindi va qayta ishlangan xomashyolardan foydalanib
dekorativ, noan’anaviy asarlar yaratish.

20.

An’anaviy
dizaynerlik
xizmatlarini
ko‘rsatish

Milliy kiyimlar, to‘y va marosimlarda ishlatiladigan sarpo
idishlar, har xil o‘lcham va ko‘rinishdagi jomadonlar.

21. Quroqchilik

usulida tikish

Ko‘rpa, yopinchiq, panno, yostiq jildlar tayyorlash

1.2. 1-jadval. Hunarmandchilik faoliyatining yo‘nalishlari ro‘yxati

Hunarmandchilik faoliyatini keng yo‘lga qo‘yish maqsadida “Hunarmand”

uyushmasi tashkil etilgan bo‘lib, ushbu uyushmasining ustuvor vazifasi etib
hududlarda hunarmandchilik faoliyatining har bir yo‘nalishini alohida yondashuvlar
asosida rivojlantirish dasturlarini amalga oshirish, ayniqsa, hunarmandchilikning
yo‘qolib ketayotgan turlarini saqlab qolish va kelgusi avlodlarga yetkazish belgilab
qo‘yilgan.

Kuzatish va tahlillarimizdan ma’lum bo‘ldiki, umumiy o‘rta ta’lim

maktablaridagi

o‘quv mashg‘ulotlarda, sinfdan va maktabdan tashqari

mashg‘ulotlarda, unumli mehnatni tashkil etish shakllariga milliylik ruhi va mazmuni
milliy hunarmandchilikning mahalliy sharoitlarda tashkil etilishiga rahbarlikka,
tashkilotchilikka tayyorlanish uslubiyati ishlab chiqilmagan.

Oliy ta’lim muassasalari xalq hunarmandchiligi bo‘yicha o‘quvchilar mehnat

faoliyatini takomillashtirishga moslashtirilmagan. Umumiy o‘rta ta’lim (maxsus,
hunar) maktablarida texnologiya ta’limidan tashkil etiladigan darslar o‘zining quyidagi
bir qancha xususiyatlari bilan boshqa predmetlardan (m: tillar yo‘nalishidagi, fizika,
matematika yo‘nalishidagi ijtimoiy fanlardan) tubdan farq qiladi.

Yoshlarni kelajak hayotga, mehnatga ma’lum kasb hunarga tayyorlash ishida,

ularga xalq xo‘jaligining tuzilishi, hozirgi zamon ishlab chiqarishi, yangi texnika,
ilg‘or texnologiya, avtomatika elementlari, turli materiallar va asbob-uskunalar,
jihozlar, qurilmalar bilan tanishish va ishlash, ishlab chiqarish, unumli mehnat kasblari,
kasb egalari hayoti va faoliyati va h.k. lar bilan tanishtirishda texnologiya darslari,
sinfdan va maktabdan tashqari tadbirlar muhim rol o‘ynaydi[4].

Umumiy o‘rta ta’lim maktablarida texnologiya darslari va darsdan tashqari

mashg‘ulotlarda o‘quvchilarning kasbiy tarbiya berish va kasb tanlashida metodik
ko‘rsatma va maslahatlar berishni kuchaytirish; fan o‘qituvchilarining milliy
hunarmandchilikdan o‘quv-metodik ishlarini rejalashtirish; ta’lim jarayonining ilg‘or
usullaridan, o‘qitishning tashkiliy shakllari va vositalaridan oqilona foydalanish
asosida o‘quvchilarga milliy hunarmandchilik xususida ta’lim berishda innovatsion
metodlardan foydalanish; ta’lim-tarbiya jarayonining mantiqiy uyg‘unligini oshirish,


background image

143

TADBIRKORLIK VA PEDAGOGIKA. ILMIY-USLUBIY JURNAL. ISSN: 2181-2659. [3/2023].

xalq hunarmandchiligi darslarida dasturiy materiallarning takrorlanishiga yo‘l
qo‘ymaslik, ularning mantiqiy ketma-ketligi, izchilligi, uzluksizligi hamda uzviyligini
bo‘lajak xalq hunarmandchilik ustalarining nazariy bilimi, amaliy ko‘nikma va
malakalarini rivojlantirish nuqtai nazaridan ta’minlash; bo‘lajak xalq hunarmandchiligi
ustalarining mustaqil ta’lim olish faoliyatiga metodik rahbarlik qilishni rejalashtirish,
takomillashtirish, nazorat qilishning oqilona shakllarini ishlab chiqish; texnologiya
ta’limi jarayonini zarur jihozlar, jumladan, texnik va ko‘rgazmali vositalar,
shuningdek,

naqsh

kompozitsiyalarini

ishlashda

kompyuter

dasturlaridan

foydalanishni yo‘lga qo‘yish; umumiy o‘rta ta’lim maktablarida texnologiya fanidan
milliy hunarmandchilik mashg‘ulotlarida o‘quvchilarning ongi va tafakkurini
rivojlantirish, nazariy bilimi, amaliy ko‘nikma va malakalarini shakllantirish
o‘quvchilik burchi va majburiyatlarini anglab yetishni o‘rgatib borishda ta’lim-
tarbiyaning turli metod va vositalaridan keng qamrovda foydalanishni nazarda tutish;
har bir dars aniq maqsadni ko‘zlagan holda, puxta rejalashtirilgan bo‘lishi, uning
ta’limiy, tarbiyaviy va rivojlantiruvchi maqsadlarining ahamiyati, dars bosqichlari,
ko‘rgazmali materiallardan foydalanish, g‘oyaviy, mafkuraviy mazmuniga mos
kelishi, nazariyaning amaliyot bilan uzviyligi, ko‘rgazmali vositalar bilan jihozlanishi,
o‘ziga mos usul, metod va vositalardan samarali foydalanilgan holda tashkil etilishi,
o‘qituvchi va o‘quvchining o‘zaro faol munosabatda bo‘lishi hisobga olinishi zarur.

Metodologiyada tajribalar o‘ziga xos xususiyatlariga qarab farqlanadi:

– o‘qitish jarayonida metodlar qo‘llanilishiga nisbatan yaxshi natija ko‘rsatuvchi

tajribasiga;

– o‘quvchilarni boshqara olish, o‘ziga jalb qilish tajribasiga asosan boshqarish

faoliyatiga;

–yangi, noyob bilimlarni yaratuvchilikka, tadqiqotchilikka, ijodkorlikka

yo‘naltirish tajribasiga;

– tajriba, tahlil va ekspert ishlarini o‘tkazish kasbiy mahoratiga qarab tajribalar

almashish kuzatiladi.

Har qanday tajribani to‘g‘ridan to‘g‘ri qo‘llab bo‘lmaydi. Ularni milliy

xususiyatimizdan kelib chiqqan holda, metod bo‘lsa mavzuga, dars bosqichiga;
tadqiqotchilik harakatlari bo‘lsa, o‘quvchilarning o‘zlashtirishiga moslashtirib
qo‘llaniladi. Faqat ilg‘or ish tajribalarni tanlashda uning dolzarbligi, qo‘llash uchun
shart-sharoitning yaratilganligi, tajribaning yaxshi natijaga olib kelishiga ahamiyat
berish lozim[5].

Bo‘lg‘usi kasb-hunar egalarini tayyorlashda pedagogik, psixologik ta’lim-tarbiya

muassasalari doimo katta ahamiyatga ega bo‘lib kelgan va kelmoqda[6].

Bo‘lg‘usi mutaxassislarni tayyorlash tizimi asosan, 3 qismdan iborat bo‘lgan

nazariy asosni (ta’lim maqsadi, mazmuni va uslublari) qamrab olib, o‘quvchilarni
kelajak hayotga, mehnatga, ma’lum kasbga tayyorlashda ta’lim maqsadini
aniqlashtirish – bo‘lg‘usi mutaxassis qanday bo‘lmog‘i, qanday kompetensiyalarga ega


background image

144

TADBIRKORLIK VA PEDAGOGIKA. ILMIY-USLUBIY JURNAL. ISSN: 2181-2659. [3/2023].

bo‘lmog‘i lozim, qanday funksiyalarni bajara olish mumkin, deb nomlangan
muammolarni ta’lim maqsadiga shakllantirishdir. Hozirgi zamon umumiy o‘rta ta’lim
maktablarida amalda qo‘llanilayotgan o‘quv dasturlari mazmuni o‘quvchilarni xalq
hunarmandchiligi asoslarini o‘rgatishga yo‘llash ishi – ta’lim mazmunini
aniqlashdir[7].

Joriy texnologik ta’lim kursini milliy qadriyatlarimiz, xalq hunarmandchiligi

mazmuni bilan boyitish yoki ko‘plab to‘liq yangilash ta’lim mazmuniga qo‘yilgan
davlat talabi, buyurtmasi hisoblanadi.

Ta’lim maqsadini va mazmunini amalga oshirishda o‘quv jarayonida, albatta,

o‘ziga xos usullar qo‘llaniladi. Xalq hunarmandchiligi bo‘yicha o‘quv mashg‘ulotlarni
o‘tkazish uslubiyati – ko‘rgazmalilik, tabiiy va sun’iy ob’ektlarni namoyish qilish,
amaliy mashqlar, bajarilgan operatsiyalarni, usullarni qayta-qayta bajarib ko‘rsatish,
mustaqil ishlarni tashkil etish va boshqalardir.

Bo‘lg‘usi mutaxassislarni tayyorlash ishining ta’lim tizimi maqsadini yozma

ifodalash mutaxassis siymosi, faoliyat siymosi bilan, bilim, ko‘nikma, malakalar turi
bilan uzviy bog‘liqdir[8].

Xalq hunarmandchiligi moddiy madaniyatimizning eng qadimiy muhim

turlaridan hisoblanadi va tasviriy hamda amaliy san’atning ko‘pdan-ko‘p sohalari bilan
uyg‘unlashib ketadi[9]. Tasviriy va amaliy san’at, buyumlarga badiiy ishlov berish
jarayonining hamda xalq hunarmandchiligining o‘ziga xosligi, yo‘llarini, xususiyatlari
bir-biridan farqlanadi. Shuning uchun biz moddiy ma’naviyatning, madaniyatning
ushbu sohalarining mavjud ta’riflarni keltirib, taqqoslab o‘tmoqchimiz.

Tasviriy san’at – san’at turi bo‘lib, rassomlik, grafika, haykaltaroshlik, foto va

boshqa san’at sohalarini o‘z ichiga oladi. Tasviriy san’at real borliqni ko‘rgazmali
obrazlarda, mavjud predmetlarni ularning tabiiy shakli, o‘rni bo‘lishini o‘ziga
o‘xshatib, umumlashtirib va tipiklashtirib ifodalaydi[10].

Amaliy bezak san’ati – tasviriy san’atning eng qadimgi turlaridan biri va

materialga, bezak texnikasiga qarab farqlanadi. Xalq turmush madaniyatini
xarakterlaydi. Amaliy bezak san’ati buyumlarining badiiyligi shu buyumlarning
amaliy funksiyasi bilan bog‘liq[11].

Hunarmandchilik – har xil oddiy mehnat qurollari yordamida xom ashyodan turli

ishlab chiqarish mahsulotlari tayyorlanadigan kasblarning umumiy nomi sifatida talqin
etiladi[12]. Bu sohaga kulolchilik, duradgorlik, temirchilik, misgarlik, binokorlik,
haykaltaroshlik, o‘ymakorlik, toshtaroshlik, ko‘nchilik, pichoqchilik, do‘ppichilik va
boshqalar kiradi. Yuqoridagi ta’riflardan ko‘rinib turibdiki, xalq hunarmandchiligining
mohiyati, mazmuni, tuzilishi, xususiyati, o‘ziga xosdir. O‘zbek xalqining shakllanishi
tarixi bilan uyg‘unlashib ketgan xalq hunarmandchiligining o‘nlab turlari bo‘lishiga
qaramasdan, hozirgi zamon ta’lim tarbiya tizimida ulardan deyarli foydalanmasdan
kelinishi mavjud texnologiya va kasbga yo‘naltirish ta’lim tizimining milliy, mahalliy,
etnik, tarixiy xususiyatlaridan ajralib qolishga sabab bo‘lmoqda.

Respublikamizdagi xalq hunarmandchiligining Toshkent, Samarqand, Buxoro,

Nukus, Xiva, Termiz, Urganch, Namangan, Andijon, Farg‘ona, Qo‘qon, Chust,


background image

145

TADBIRKORLIK VA PEDAGOGIKA. ILMIY-USLUBIY JURNAL. ISSN: 2181-2659. [3/2023].

Shahrisabz va boshqa markazlarning ta’limiy-tarbiyaviy imkoniyatlari beqiyos bo‘lib,
o‘ziga xosligi jihatdan bir-biridan ajralib turadi.

Xalq amaliy bezak san’ati tabiiy jismga badiiy ishlov berish faoliyatidan

boshlangan. Inson badiiy-ijodiy tafakkuri mahsuli bo‘lgan bu faoliyat tosh asrida
paydo bo‘lgan va uning yashashi uchun go‘zal muhit yaratishga xizmat qilgan. Bundan
tashqari, bu faoliyat inson qalbida komillikka va erkinlikka intilishni kuchaytirgan
hamda unga cheksiz imkoniyatlar sohibi ekanligini anglatgan. O‘z navbatida inson
ongi va tafakkuri rivojlanib, ma’naviy ehtiyojlarini ortib borishi bilan mazkur
san’atning mazmuni, turlari hamda badiiy ifoda vositalari boyib, rivoj topib
borgan[13].

Xalq amaliy bezak san’ati naqshlar asosida buyumlarga badiiy ishlov berishdan

iboratdir. Naqshlar jismga turli yo‘llar va vositalar yordamida chizib, o‘yib, zarb bilan,
qadab, qo‘l choklari yordamida, to‘qib, gul bosib tushirilgan. Naqshlarni buyumga
tushirish usullarining boyib borishi xalq amaliy bezak san’ati hamda xalq
hunarmandchiligi turlarining paydo bo‘lishiga olib kelgan: naqqoshlik, yog‘och
o‘ymakorligi, zargarlik, ganchkorlik, kashtachilik, zardo‘zlik, gilamchilik va hokazo.

Ajdodlarimiz tomonidan asrlar davomida shakllantirilgan o‘zbek xalq amaliy

bezak san’ati bugungi kunda umuminsoniyat madaniyatida muhim o‘rin egallaydi.
O‘zbek xalq amaliy san’ati namunalari jahonga mashhur bo‘lib, dunyoning turli
shaharlaridagi san’at va etnografiya muzeylaridan o‘rin olgan. Ayniqsa,
mustaqillikdan so‘ng mazkur san’at asarlari xalqimiz nomini butun dunyoga tanitishda
katta rol o‘ynamoqda. Shubhasiz, bu jabhada yoshlarimizning o‘rni beqiyosdir.
Yoshlarimizning badiiy san’at va hunarmandchilik turlarini ilmiy asosda va amaliy
jihatdan puxta o‘zlashtirsagina, bu muhim vazifani muvaffaqiyatli uddalay oladilar.

Umumiy o‘rta ta’lim maktablari o‘quvchilarini texnologiya ta’limida kasbiy

tarbiya berishni takomillashtirishda, milliy hunarmandchilik namunalaridan
foydalanishning pedagogik sharoitini tadqiq qilishda quyidagi jihatlarga e’tibor berish
lozim:

1.

Texnologiya darslarida o‘quvchilarni milliy hunarmandchilik asosida

tarbiyalash maqsadida mutafakkir, donishmandlar, olimlar asarlarining tarixiy
manbalarida yoritilgan mazmunini o‘rganish, tahlil qilish orqali mazkur sohaning
hozirgi davrdagi ilmiy, nazariy poydevorini yaratish lozim.

2.

Umumiy o‘rta ta’lim maktablari texnologiya darslarida o‘quvchilarni

milliy hunarmandchilikning dastlabki mexanizmlari asosida kasbiy tarbiyalash
maqsadida xalq hunarmandchiligi sohalarining milliy, mahalliy, hududiy
imkoniyatlarini hisobga olgan holda, o‘quvchilar faol ishtirok etadigan sohalarini
tanlab olib, ularning o‘qitilish jihatlari rivojlantirilishi lozim;

3.

Umumiy o‘rta ta’lim maktablarida amalda qo‘llanilayotgan o‘quv

dasturlari mazmunini tanlashda o‘quvchilarni xalq hunarmandchiligi asosida
tarbiyalashda, xalq hunarmandchiligi asoslarini o‘rganishini tarkib toptirish hamda
ularga xalq hunarmandchiligining zamonaviy sohalari misolida o‘rgatish lozim;


background image

146

TADBIRKORLIK VA PEDAGOGIKA. ILMIY-USLUBIY JURNAL. ISSN: 2181-2659. [3/2023].

4.

O‘quv jarayonida o‘quvchilarni xalq hunarmandchiligi asosida

tarbiyalashda ta’limning maqsad va vazifalarini belgilashda, albatta, ularning o‘ziga
xos pedagogik usullari va vositalaridan foydalanish lozim bo‘ladi.

Hozirgi davrda uzluksiz ta’lim-tarbiya tizimida, mehnat va kasb-hunar

pedagogikasida

xalqimizning

milliy,

ma’naviy,

madaniy

meroslaridan,

qadriyatlaridan, tarixiy yutuqlaridan foydalanishning yo‘llarini, pedagogik shart-
sharoitlarini belgilash ishi barcha izlanishlarning asosiy yo‘nalishlaridan hisoblanadi.

Respublikamiz ta’lim tizimida amalga oshirilayotgan islohotlardan kelib

chiqqan holda qo‘yilgan talablar o‘quvchilarni mehnatga tayyorlashning muammolari
yechimini topishga qaratilgan izlanishlar faollashuviga sabab bo‘ldi. Bu boradagi
tadqiqotlarlarning yosh avlodni kasb tanlashga tayyorlashning amaliy yechimini
topishga qaratilgan quyidagi asosiy yo‘nalishlarini qayd etish mumkin:

o‘quvchilarning kasblar olamida yo‘nalish olishiga yordam beruvchi

hamda o‘z individual imkoniyatlarini haqqoniy baholay olish ko‘nikmalari zarur
darajasini ta’minlovchi axborotlar tizimini yaratish;

o‘quvchilarni mehnat tarbiyasiga yordam berish maqsadida shaxsni

o‘rganishning tashxis metodlarini ishlab chiqish;

yoshlarga kasbiy konsultatsiyalar uyushtirishning nazariy va metodik

asoslari;

mehnatga tayyorlashning ijtimoiy ahamiyatli motivlarini asoslash;

Alohida olingan hududiy markazlarda yoshlarni kasb tanlashga yo‘llash

ishini boshqarish xususiyatlari.

To‘garak ishini tashkillashtirish va tarbiyaviy tadbirlarni amalga oshirishda

quyidagi asosiy vazifalarga e’tibor qaratish lozim bo‘ladi:

- tarbiyaviy jarayonni tashkil etishning aniq yo‘nalishlari bo‘yicha tadbirlar

majmuasi va maqsadli dasturlar tuzish;

- tarbiyaviy ishni zamon talablari asosida tashkil etadigan pedagogik hodimlarni

tayyorlash va malakasini oshirish.

Ushbu yo‘nalishlarni hisobga olgan holda, hamda o‘quvchilarga xalq

hunarmandchiligi sirlarini o‘rgatishni umumiy o‘rta ta’lim maktab o‘quv rejasidan
boshlash lozim.

Ta’lim sohasidagi islohotlar natijasi sifatida shakllantiriladigan barkamol

shaxsning mustaqil va ijodiy fikrlash sifatlarini tarbiyalash umumiy o‘rta ta’lim
maktablarining muhim vazifalaridan hisoblanadi[14]. Bu borada o‘quvchilarning
to‘garak ishlarini samarali tashkil qilish muhim ahamiyat kasb etadi. Respublikamizda
qabul qilingan “Ta’lim to‘g‘risida”gi qonun maqsadi ham ta’lim tizimini jahon
talablari darajasida isloh qilishdan iborat bo‘lib, bunda amalga oshirilishi lozim
bo‘lgan

asosiy

yo‘nalishlaridan

biri

o‘quvchilar mehnat tayyorgarligini

takomillashtirishdan iborat.


background image

147

TADBIRKORLIK VA PEDAGOGIKA. ILMIY-USLUBIY JURNAL. ISSN: 2181-2659. [3/2023].

Umumiy o‘rta ta’lim maktablarida tashkil etiladigan texnologiya ta’limi

mashg‘ulotlari ushbu turkum ta’limni amalga oshirishda, o‘quvchilarning
umummehnat, mehnat, maxsus bilim, kasbiy tarbiya ko‘nikmalarini shakllantirish va
rivojlantirishda yetakchi o‘rin egallaydi. Texnologiya ta’limi mazmuni, mohiyati va
vazifalariga ko‘ra barcha ilmiy, tabiiy, ijtimoiy-iqtisodiy bilimlarni umumlashtirib,
uyg‘unlashtirib, mujassamlashgan holda amaliyotga tatbiq etishni ko‘zda tutadi.

Biz tadqiqotimizni olib borish jarayonida avvalo, umumiy o‘rta ta’lim

maktablarida texnologiya fanining maqsad va vazifalarini belgilab olishni nazarda
tutdik: Maktabgacha ta’lim-tarbiya bosqichida bolalarning yosh, ruhiy va individual
xususiyatlarini hisobga olgan holda mehnat dunyosi, jarayoni, kishilari, buyumlari
to‘g‘risidagi dastlabki tushuncha va tasavvurlar uyg‘otish, maqsadli ish-harakat
usullari ko‘proq o‘yinlar tarzida o‘rganib boriladi.

Boshlang‘ich ta’lim (III-IV sinflar) o‘quvchilarni mehnat va hunarmandchilik

dunyosi, o‘simliklarni parvarish qilish, turli materiallar bilan tanishtirish, oddiy ishlov
berish, oddiy mehnat va hunarmandchilik asboblari va mehnat, ish-harakat usullari
to‘g‘risida sodda tasavvurlar hosil qilishni ko‘zda tutadi[15]. Bu davrda o‘quvchilar
texnologiya ta’limidan o‘zlashtirgan bilimlar ko‘lamini o‘zlarining hayotiy
tajribalarida va oiladagi mehnat jarayonida mustahkamlaydilar va kengaytirib
boradilar.

Xulosa va tavsiyalar.

Milliy hunarmandchilikning dastlabki mexanizmlari

orqali boshlang‘ich sinf o‘quvchilariga kasbiy tarbiya berish, kasb tanlash, kasbga
yo‘naltirish borasidagi fikrlarini o‘rganish, ularni amaliy hayotga tadbiq etish, o‘sib
kelayotgan yosh avlodni ongli kasb tanlashga yordam beradi. Bu esa bolalarni
yoshligidanoq kasb-hunarga o‘rgatish jamiyatning asosiy vazifalaridan biri
hisoblanadi. Shuningdek, ularda kasbga xos tushuncha, tasavvur va bilimlar boyishiga
xizmat qiladi. Yosh avlodni kasbga yo‘naltirishda albatta bolaning qobiliyatini hamda
qiziqishlarini inobatga olish, ularning kelajakda o‘z kasbining yetuk mutaxassisi bo‘lib
yetishishiga yordam beradi. Kasb tanlash nazariyasini shakllantirishga munosib hissa
qo‘shganidan dalolat beradi. Umumta‘lim maktablarida kasbga yo‘naltirish jarayonida
ajdodlarimizning boy ilmiy merosidan unumli foydalanish ijobiy samara berishi
shubhasizdir.

Yuqoridagi fikrlarga asoslanagan holatda boshlang‘ich sinf o‘quvchilariga

kasbiy tarbiya berishni takomillashtirishda quyidagi tavsiyalarni kirityapmiz:

Kasbiy tarbiya berishda yo‘naltirishning ijtimoiy-iqtisodiy, ma‘naviy-
axloqiy, pedagogik-psixologik jihatlariga, ota-ona, maktabning roli, kasb
tanlashda yosh avlodning hayot, mehnat yo‘lini mustaqil tanlashiga alohida
e‘tibor bilan qarash lozim.

Bolani kasbiy tarbiya yo‘llashda uning qiziqish, moyilligi, qobiliyatini
o‘rganish, bunday holatda ularning onglilik, izchillik va vorisiylik, yosh va
individual xususiyatlarini hisobga olish zarurligini qayd etgan.


background image

148

TADBIRKORLIK VA PEDAGOGIKA. ILMIY-USLUBIY JURNAL. ISSN: 2181-2659. [3/2023].

Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati

1.

O‘zbekiston

Respublikasi

Prezidentining

2017

yil

17

noyabrdagi

«Hunarmandchilikni yanada rivojlantirish va hunarmandlarni har tomonlama
qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi PF-5242-son farmoni. www.
lex.uz.

2.

O‘zbekiston Respublikasining Prezidentining 2022 yil 28 yanvardagi PF-60-son
Farmoni 2022-2026 yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot
strategiyasi to‘g‘risida.

3.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PF-91-son Farmoni “Aholini
hunarmandchilikka jalb qilish va hunarmandchilik faoliyatini rivojlantirish uchun
qulay shart-sharoitlar yaratish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2023-yil 12-iyun

4.

Батышев С.Я.

Трудовая подготовка школьников: Вопросы теории и методики

/ С.Я. Батышев. - М.: Педагогика, 1981. - 192 с.

5.

Zaripov L.R.

Innovatsion yondashuv asosida 5-7-sinf o‘quvchilarida texnologik

kompetensiyalarni shakllantirish metodikasi. Dis. … p.f.f.d. (PhD) .–T.: 2020. - 150
b

6.

Qo‘ysinov O.A. Kasb ta’limi yo‘nalishi bakalavr o‘qituvchilarini tayyorlashda

mustaqil ta’limning ilmiy -metodik asoslari: Dis. ... ped. fan. nom. – T: TDPU, 2008.
– 160 b.

7.

Sharipov

Sh.

O‘quvchi-yoshlarni

kasb-hunarga

yo‘naltirish

tizimini

rivojlantirishning tashkiliy-metodik muammolari // Uzluksiz ta’lim tizimida
o‘quvchilarni kasb-hunarga yo‘naltirishning ilmiy-pedagogik asoslari: Respublika
ilmiy-amaliy konferensiyasi materiallari. – T: O‘zPFITI, 2002. – B. 67-71.

8.

Arziqulova D.N. Kasbiy kamolotning psixologik o‘ziga xos xususiyatlari:

Psix.fan.nom. … diss. avtoref. – T., 2002. – 22 b.

9.

Muranov B.I. Sohibqiron davri: Xalq hunarmandchiligi va ma’naviyat ravnaqi.
//Uzluksiz ta’lim tizimida huquqiy, badiiy va mehnat madaniyatini
shakllantirishning dolzarb muammolari. – T.: O‘zPFITI, 1997. -B. 3-10.

10.

Muranov B.I. Hozirgi sharoitda yoshlarning kasbiy tayyorgarligi jarayonida xalq
hunarmandchiligining o‘rni. // Problemi stanovleniya i professionalnogo
obrazovaniya. –T.: Fan, 1996. -B. 279-284.

11.

Гузеев В.В. Инновационные идеи в современном образовании // Школьные
технологии. - 1997,- № 1

12.

Igamov S.S. Representation of folk crafts in the interpretation of historical heritage.
International Journal for Innovative Engineering and Management Research Vol 10
Issue

03,

Feb

2021

ISSN

2456-5083

www.ijiemr.org

https://ijiemr.org/downloads/Volume-10/Special

13.

Igamov S.S. Xalq hunarmandchiligining tarixiy taraqqiyoti hamda o‘rganish va
o‘rgatish pedagogik muammo sifatida. SamDU “Ilmiy axborotnoma”ci - S: 2020
№ 2. B. 151-154


background image

149

TADBIRKORLIK VA PEDAGOGIKA. ILMIY-USLUBIY JURNAL. ISSN: 2181-2659. [3/2023].

14.

Yo‘ldosheva D. “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” talablari asosida ta’lim
maqsadini belgilashning didaktik asoslari: Pedagogika fanlari nomzodi... diss. –T.,
2007. –124 b.

15.

Казакевич

В.М.

Теоретико-методические

основы

информационно-

технологического моделирования обучения труду: Автореф. дис... д-ра пед.
наук / В.М. Казакевич. - М., 1997. - 43 с.































Bibliografik manbalar

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 17 noyabrdagi «Hunarmandchilikni yanada rivojlantirish va hunarmandlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi PF-5242-son farmoni. www. lex.uz.

O‘zbekiston Respublikasining Prezidentining 2022 yil 28 yanvardagi PF-60-son Farmoni 2022-2026 yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi to‘g‘risida.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PF-91-son Farmoni “Aholini hunarmandchilikka jalb qilish va hunarmandchilik faoliyatini rivojlantirish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2023-yil 12-iyun

Батышев С.Я. Трудовая подготовка школьников: Вопросы теории и методики / С.Я. Батышев. - М.: Педагогика, 1981. - 192 с.

Zaripov L.R. Innovatsion yondashuv asosida 5-7-sinf o‘quvchilarida texnologik kompetensiyalarni shakllantirish metodikasi. Dis. … p.f.f.d. (PhD) .–T.: 2020. - 150 b

Qo‘ysinov O.A. Kasb ta’limi yo‘nalishi bakalavr o‘qituvchilarini tayyorlashda mustaqil ta’limning ilmiy -metodik asoslari: Dis. ... ped. fan. nom. – T: TDPU, 2008. – 160 b.

Sharipov Sh. O‘quvchi-yoshlarni kasb-hunarga yo‘naltirish tizimini rivojlantirishning tashkiliy-metodik muammolari // Uzluksiz ta’lim tizimida o‘quvchilarni kasb-hunarga yo‘naltirishning ilmiy-pedagogik asoslari: Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi materiallari. – T: O‘zPFITI, 2002. – B. 67-71.

Arziqulova D.N. Kasbiy kamolotning psixologik o‘ziga xos xususiyatlari: Psix.fan.nom. … diss. avtoref. – T., 2002. – 22 b.

Muranov B.I. Sohibqiron davri: Xalq hunarmandchiligi va ma’naviyat ravnaqi. //Uzluksiz ta’lim tizimida huquqiy, badiiy va mehnat madaniyatini shakllantirishning dolzarb muammolari. – T.: O‘zPFITI, 1997. -B. 3-10.

Muranov B.I. Hozirgi sharoitda yoshlarning kasbiy tayyorgarligi jarayonida xalq hunarmandchiligining o‘rni. // Problemi stanovleniya i professionalnogo obrazovaniya. –T.: Fan, 1996. -B. 279-284.

Гузеев В.В. Инновационные идеи в современном образовании // Школьные технологии. - 1997,- № 1

Igamov S.S. Representation of folk crafts in the interpretation of historical heritage. International Journal for Innovative Engineering and Management Research Vol 10 Issue 03, Feb 2021 ISSN 2456-5083 www.ijiemr.org https://ijiemr.org/downloads/Volume-10/Special

Igamov S.S. Xalq hunarmandchiligining tarixiy taraqqiyoti hamda o‘rganish va o‘rgatish pedagogik muammo sifatida. SamDU “Ilmiy axborotnoma”ci - S: 2020 № 2. B. 151-154

Yo‘ldosheva D. “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” talablari asosida ta’lim maqsadini belgilashning didaktik asoslari: Pedagogika fanlari nomzodi... diss. –T., 2007. –124 b.

Казакевич В.М. Теоретико-методические основы информационно-технологического моделирования обучения труду: Автореф. дис... д-ра пед. наук / В.М. Казакевич. - М., 1997. - 43 с.