169
TADBIRKORLIK VA PEDAGOGIKA. ILMIY-USLUBIY JURNAL. ISSN: 2181-2659. [3/2023].
PEDAGOGIKA FANLARI
10-11-SINF O‘QUVCHILARI MA’NAVIY KOMPETENTLIGINI “IJTIMOIY
ODOBLAR” ASARI VOSITASI ASOSIDA RIVOJLANTIRISH MAZMUNI
To‘raqulov Akbar Rustam o‘g‘li
Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti
Boshlang‘ich ta’lim metodikasi kafedrasi o‘qituvchisi
Abdullayeva Kamola Mashrab qizi
Denov tadbirkorlik va Pedagogika instituti
Boshlang‘ich ta'lim yo‘nalishi talabasi
UDK: 37. 371. 57
Kalit so‘zlar:
ma’naviyat,
kompetentlik,
ma’naviy
kompetentlik,
rivojlantirish,
telefon odobi,
internet odobi,
tarbiya, yoshlar
odobi, elektron
pochta odobi, kasb
odobi, ijtimoiy
odoblar klasteri.
Annotatsiya.
Ushbu maqolada 10-11-sinf o‘quvchilari
ma’naviy kompetentligini zamondoshimiz Shayx Muhammad
Sodiq Muhammad Yusufning ibratli pand-u nasihatlari
“Ijtimoiy odoblar” asari vositasi asosida rivojlantirish
mazmuni, o‘ziga xos xususiyatlari haqida so‘z yuritilgan.
“Ijtimoiy odoblar” asari orqali o‘quvchi-yoshlarni ma’naviy-
kompetentlik shakllantirish, tayanch kompetensiyalarini
rivojlantirishda fanlararo integratsiyasi, ijtimoiy odoblar
klasteri, yuqori sinf o‘quvchilari ma’naviy kompetentligini
rivojlantiruvchi ijtimoiy odoblarning bir necha ko‘rinishlari
haqida bayon etilgan.
СОДЕРЖАНИЕ РАЗВИТИЯ ДУХОВНОЙ КОМПЕТЕНТНОСТИ
УЧАЩИХСЯ 10-11 КЛАССОВ НА ОСНОВЕ РАБОТЫ «СОЦИАЛЬНЫХ
МАНЕРОВ»
Туракулов Акбара Рустам угли
Денауский институт предпринимательства и педагогики
Преподаватель кафедры начального образования
Абдуллаева Камолы Машраб кизи
Денауский институт предпринимательства и педагогики
170
TADBIRKORLIK VA PEDAGOGIKA. ILMIY-USLUBIY JURNAL. ISSN: 2181-2659. [3/2023].
Студентка по направлению «Начальное образование»
Ключевые
слова:
духовность,
компетентность,
нравственная
компетентность,
развитие, телефонный
этикет,
интернет-
этикет,
воспитание,
молодежный этикет,
этикет
электронной
почты,
профессиональный
этикет,
кластер
социального этикета.
Аннотация.
В данной статье говорится о содержании
и особенностях развития духовной компетентности
учащихся 10-11 классов на основе инструмента
«Социальные манеры» нашего современника шейха
Мухаммада Садика Мухаммада Юсуфа. Через работу
«Социальные
манеры»
рассказывается
о
формировании
нравственной
компетентности
учащихся,
междисциплинарной
интеграции
в
развитии базовых компетенций, кластере социальных
манер, нескольких формах социальных манер,
развивающих
нравственную
компетентность
старшеклассников.
THE CONTENT OF THE DEVELOPMENT OF THE SPIRITUAL
COMPETENCE OF CLASS 10-11 PUPILS BASED ON THE WORK OF
"SOCIAL MANNERS"
Turakulov Akbar Rustam ugli
Denau Institute of Entrepreneurship and Pedagogy
Teacher of the Department of Primary Education Methodology
Abdullayeva Kamola Mashrab kizi
Denau Institute of Entrepreneurship and Pedagogy
Student of primary education
Key
words:
spirituality,
competence,
moral
competence,
development,
telephone
etiquette,
internet
etiquette,
upbringing,
youth
etiquette,
etiquette, professional
etiquette,
social
etiquette cluster.
Annotation.
This article talks about the content and
specific features of developing the spiritual competence of
10-11th grade pupils based on the "Social Manners" tool of
our contemporary Sheikh Muhammad Sadiq Muhammad
Yusuf. Through the work “Social manners” it is described
about the formation of moral competence of students,
interdisciplinary integration in the development of basic
competencies, cluster of social manners, several forms of
social manners that develop the moral competence of high
school pupils.
171
TADBIRKORLIK VA PEDAGOGIKA. ILMIY-USLUBIY JURNAL. ISSN: 2181-2659. [3/2023].
KIRISH
Jahon umumta’lim tizimi jarayonida o‘quvchilarning ma’naviyat va madaniyat
uyg‘unligida shaxsiy va kasbiy ijtimoiylashuv jarayonlarini takomillashtirishga katta
e’tibor qaratilmoqda. Shuningdek, talabalarda ijtimoiy-emotsional va ma’naviy-
axloqiy malakalarni tarkib toptirish yo‘llar, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari
vositasida talabalar ma’naviy kompetentligining rivojganligini tashxis etishning
interaktiv tizimini ishlab chiqish dolzarb ahamiyat kasb etmoqda. Iqtisodiy rivojlangan
davlatlarda bo‘lajak mutaxassislarda hozirgi zamon talablari xos fazilatlar majmuining
yaratilganligini alohida e’tirof etish lozim.
Dunyoda umumta’lim maktab o‘quvchilarida ochiqko‘ngillik, o‘zgalarga
hurmat, qonunga itoat qilish, masalalarga tanqidiy baho berish va har tomonlama fikr
yuritish kabi ijtimoiy fazilatlarni rivojlantirish, maktab talimida tarbiyaviy faoliyatni
tashkil etishning pedagogik dasturlar va yo‘llarini takomillashtirishga doir qator ilmiy
izlanishlar olib borilmoqda. Ayniqsa, o‘quvchilarda ijtimoiy-siyosiy vaziyatlarga
daxldorlik tuyg‘usini rivojlantirish orqali kasbiy-ma’naviy sifatlarni tarkib toptirish,
ma’naviy komptentlik modelini samarali qo‘llash asosida umumta’lim maktablarida
ma’naviy-axloqiy tarbiya jarayonlarini tashkil etish muhim ahamiyat kasb etadi.
ASOSIY QISM
Mamlakatimizda ma’naviy-ma’rifiy jarayonlarni tashkil etishning yaxlit
tizimini yaratish, o‘quvchilarni ma’naviy tahdidlardan himoya qilishning tashkiliy va
ilmiy jihatlarini takomillashtirish, maskur yo‘nalishda davlat tashkilotlari:
umumta’lim maktablablari, ijtimoiy institut hisoblanmish mahalla hamda ota-
onalarning ijtimoiy hamkorligini samarali yo‘lga qo‘yishga katta ahamiyat
qaratilmoqda. O‘zbekistonning yangi taraqqiyot davrida ma’naviy-ma’rifiy ishlarning
samarasi va ta’sirchanligini oshirish, ularning ko‘lami va miqyosini yanada
kengaytirish, yoshlar qalbida amalga oshirilayotgan islohotlarga daxldorlik hissini
kuchaytirish, targ‘ibot-tashviqot va tarbiya yo‘nalishidagi ishlarni ilmiy asosda tashkil
etish, mazkur sohaga doir ilmiy va uslubiy tadqiqotlar samaradorligini oshirish
,
ijtimoiy-ma’naviy muhit barqarorligini mustahkamlashga qaratilgan doimiy
monitoring tizimini joriy qilishga[1]
katta e’tibor qaratilmoqda. Ana shu nuqtai
nazardan o‘quvchilarda ma’naviy kompetentlikni Shayx Muhammad Sodiq
Muhammad Yusufning “Ijtimoiy odoblar” asaridan foydalanib rivojlantirish
maqsadida joriy tizimga yangi vaziyatlarni ishlab chiqish muhim ahamiyat kasb etadi.
172
TADBIRKORLIK VA PEDAGOGIKA. ILMIY-USLUBIY JURNAL. ISSN: 2181-2659. [3/2023].
Ma’naviyat barkamol insonni tarbiyalaydi, shuningdek, o‘quvchilarni haqiqiy
vatanparvar bo‘lishi, ona Vatanga cheksiz mehr-muhabbatni qaror toptirish,
O‘zbekistonning buyuk kelajagini yaratishda eng oliyjanob ishlarda faol qatnashishga
undaydi. Chunki «Ma’naviyat (arabcha «ma’nolar majmui») - kishilarning falsafiy,
huquqiy, ilmiy, badiiy, axloqiy, diniy tasavvurlari va tushunchalari majmui.
Ma’naviyat mafkura, tafakkur tushunchalariga yaqin va ular bir-birlarini taqozo
etadilar” [2, 144 b].
Ma’naviyat insonning diniy-axloqiy, huquqiy-falsafiy tasavvurlarini o‘zida
namoyon etuvchi ma’naviy manba hisoblanadi, u kishilarni bir-birlariga
yaqinlashtiradigan va ularni hamjihatlikka bolishiga yordam beradigan, hamkorlikning
yangi qirralarini ochadigan omildir. Ma’naviyat tariximiz, qadriyatlarimiz asosini
tashkil etib, yoshlarni madaniy boyliklarga hurmat-e’tibor va ularni yanada
rivojlantirish, iqtisodiy rivojlangan kuchli mamlakatni qurishga undab, zamonaviy
bilimlarni, yuksak tajribalarni egallashga chorlaydi.
Kompetentlik
–
ma’lum holat xususida to‘g‘ri mulohaza yuritishga
imkon
beradigan bilimga ega bo‘lish, dalil-isbotli fikr, kishining muayyan sohada saviyasini
ifoda etadigan atama. Kompetentlik shaxs xususiyatlari va holatining murakkab
majmui bo‘lib, ma’lum sohadagi bilim, ko‘nikma va tajribani mujassamlashtiradi.
Kompetentlik insonga muayyan masalalarda fikr bildirish, ma’lum qarorlarni ishlab
chiqishda ishtirok etish yoki o‘zi qaror qabul qilish imkonini beradi. Hozirgi zamon
fanida kasbiy kompetentlik ilmiy, boshqaruv, pedagogik, didaktik, metodik, ijtimoiy-
psixologik kompetentlikka oid tadqiqotlarda keng qo‘llanadi. Boshqaruvga oid
kompetentlik ana shu sohaga taalluqli bilim va ko‘nikmalarning, rahbarlik faoliyatida
amaliy tajribaning mavjudligi bilan belgilanadi [3].
“Kompetentlik
– bilimdonlik,
kasbga moslik, malakalilik, tajribalilik, rahbarlik faoliyatiga singdirib borish”
.
Kompetentlik
– biror sohani chuqur bilish, ko‘p narsalardan xabardorlik, o‘z
mutaxassisligi bo‘yicha ta’limning yakuniy natijalarini tasvirlashda foydalangan
bo‘lsa, ba’zi olimlar rivojlangan shaxsning turli xususiyatlarini ifodalashda
qo‘llashgan.
Yuqoridagi fikrlardan kelib chiqib shuni aytish mumkinki, mazmunan ma’naviy
kompetentlik madaniy hodisa sifatida integrativ tavsifga ega bo‘lib, umuminsoniy
qadriyatlar va zamonaviy sharoitda muhim hisoblangan axloqiy me’yorlarni
o‘zlashtirishning muayyan darajasini o‘zida aks ettiradi.
Ma’naviy kompetentlik shaxs integrativ xususiyati sifatida o‘zida ma’naviy
bilimdonlik, ma’naviy qadriyatlar tizimida o‘z o‘rnini aniqlash imkoniyati va hayotiy
vaziyatlarning keng ko‘lamida ma’naviy yetuklikni namoyon qilish qobiliyatini
birlashtiradi.
173
TADBIRKORLIK VA PEDAGOGIKA. ILMIY-USLUBIY JURNAL. ISSN: 2181-2659. [3/2023].
Respublikamizda ta’lim markazlarida kitoblar ta’minoti, ularni o‘quvchilar
auditoriyasiga yetkazib berish, xorij namunalari asosida so‘nggi texnologiyalar bilan
o‘quv adabiyotlarni nashrga tayyorlash yuqori sifat darajasini bevosita ko‘rishimiz
mumkin. Biz tadqiqot olib borayotgan “Ijtimoiy odoblar” asari yuzasidan ijtimoiy
odoblar tushunchasiga tarif berib o‘tishni zarur deb bildik. Odob so‘zi arabcha “adab”
so‘zidan olingan bo‘lib yaxshilikka chaqirishni anglatadi. Odobning quyidagi ta’riflari
ham bor: “Maqtovga sazavor so‘z va amalni ishlatish, qilish odobdir”, Karamli
axloqlarni ushlash odobdir”, “O‘zingdan kattani ulug‘lab, o‘zingdan maydaga mehr
ko‘rsatishing odobdir”. Demak, odob yaxshilik demakdir. “Falon kishi odobli ekan”
o‘sha kishining yaxshiliklari ko‘p ekan, deganidir. “Kiyinish odobi” deganda yaxshilab
kiyinish tushuniladi, “Suhbat odobi” deganda suhbatni eng yaxshi saviyada olib borish
ko‘zda tutiladi. “Ijtimoiy odoblar” ijtimoiy muammalarni eng yaxshi tarzda olib borish
deganidir.
Umumta’lim muassasalarida 10-11-sinflar mo‘ljallangan fanlar doirasida
o‘quvchilarda ma’naviy kompetetnlikni rivojlantirish uchun “Tarbiya”, “Adabiyot”,
“Ona tili”, “O‘zbekiston tarixi”, “Iqtisod”, “Informatika” fanlari doirasida
integratsiyalashgan ta’lim asosida biz ma’naviy kompetentlikni tadqiq etishimiz
mumkin. Ko‘rsatib o‘tilgan fanlar o‘zaro bir-biri bilan bog‘liq. Ularning barchasida
uyg‘unlik mujassamlangan. Tadqiqot mavzuyimiz yuzasidan oladigan bo‘lsak, Biz 10-
11-sinf o‘quvchilari ma’naviy kompetentligini rivojlantirishda Muhammad Sodiq
Muhammad Yusuf asarlaridan foydalanish “Ijtimoiy odoblar” asari misolida tadqiq
etmoqdamiz. “Ijtimoiy odoblar” asari orqali o‘quvchi-yoshlarni ma’naviy-
kompetentlik shakllantirish, tayanch kompetensiyalarini rivojlantirishda fanlararo
integratsiyani targ‘ib etmoqchimiz.
“Ijtimoiy odoblar” asari odob-axloq, axloq qoidalari to‘g‘risidagi Islom
ta’limotining zamonaviy asarlarimiz sirasiga kiradi. Muhammad Sodiq Muhammad
Yusuf (r.a.) hazratlari zamondosh shayxlarimizdan biri hisoblanadi. Biz bu inson bilan
bir diyorda yashab istiqomat qilib, ul kishining o‘rgatgan pand-u nasihatlari asosida
jamiyatimizdagi yomon illatlarni bartaraf etishda daxldorlik tuyg‘usini his eta oldik.
Bu insonning nafaqat mamlakatimiz oldida balki butun islom olami uchun qilgan
xizmatlari tahsinga loyiq. Shuning uchun ko‘pchilik insonlar qalbida chuqur o‘rin
egallaganlar. “Ijtimoiy odoblar” asari orqali bugungi bizga lozim bo‘ladigan ma’naviy-
axloqiy fazilatlar keltirilgan. Biz asarda keltirilgan “Ijtimoiy odoblar”ni bir butunlikda
jamladik. Quyidagi ko‘rinishda tarmoqlab chiqdik (1-rasmga qarang).
174
TADBIRKORLIK VA PEDAGOGIKA. ILMIY-USLUBIY JURNAL. ISSN: 2181-2659. [3/2023].
1-rasm. “Ijtimoiy odoblar klasteri”.
Ushbu klaster orqali biz asarda keltirilgan odob turlarini keltirib o‘tdik. Misol
uchun “Ijtimoiy odoblar” asarida berilgan yoshlar odobiga to‘xtaladigan bo‘sak,
“Inson hayotining har bir bosqichi muhimdir, Maskur muhim bosqichlar ichida
umrning yoshlik bosqichi alohida ahamiyatga egadir. Yoshlik inson umrida eng nozik
davr hisoblanadi. Yoshlik insonning quvvatga to‘lgan va xarakatchanligi zioyoda
bo‘lgan vaqtdir. Shu bilan birga yoshlik davri insonning hayot yo‘llari chorraxasida
turgan payti hamdir. Agar o‘sha chorraxada inson yaxshi yo‘lga kirib qolsa, o‘zi,
oilasi, qarindoshlari, xalqi, vatani uchun juda katta yaxshilikka yuz burgan bo‘ladi,
bu ini dunyo va oxirat baxtiga, saodatiga erishtiradi. Agar, Alloh taolo ko‘rsatmasin,
mazkur chorrahada yomon yo‘lga burilib ketsa, o‘zi, oilasi, qarindoshlari, xalqi v
avatani uchun o‘ta ko‘ngilsiz hodisa sari qadam qo‘ygan bo‘ladi. Bu bilan uning
dunyo va oxirati yaxshilikka erishishi qiyinlashib qoladi.
Yoshlar har bir millatning kelajagi ekanligini hisobga oladigan bo‘lsak, ularga
e’tibor berishning ahamiyat yana ham ziyodalashadi. Zotan har bir shaxsning kim
bo‘lishi yoshligidan ayon bo‘ladi, ularning kamoloti aynan yoshligidan
boshlanadi.Yoshlik paytida shakllanib qolgan sifatlariinsonga umr bo‘yi hamroh
bo‘ladi. Shuning uchun ham yoshlarning odobli bo‘lishlari uchun harakat qilish juda
ahamiyatli ish hisoblanadi [4].” “Ijtimoiy odoblar” asarida yoshlarga xos odoblardan
biri sifatida katta yoshdagi har bir kishini ehtirom qilish nazarda tutiladi. “Yoshlar
175
TADBIRKORLIK VA PEDAGOGIKA. ILMIY-USLUBIY JURNAL. ISSN: 2181-2659. [3/2023].
o‘zidan katta yoshdagi har bir kishini, hususan, qari yoshdagi otaxon va onaxonlarni
ehtirom qilishi zarurligi dinimizdagi katta ahamiyat berilgan odoblardan biridir.
Bugungi
axborot
texnologiyalari
jadal
rivojlanayotgan
zamonda
yaxshamoqdamiz. So‘ngi yillarda olomshumul ilm-fan yutuqlaridan bir hisoblangan
“telefon” yaratildi. “Telefon” so‘zi ovozni uzoq masofaga uzatish ma’nosini bildiradi.
Uyali aloqa vositasi hisoblanmish telefon nafaqat ovozni uzoq masofaga yetkazish
vositasi, balki, surat olish, videotasvir olish, ovoz yozish, ularni boshqalarga yuborish,
turli o‘yinlar o‘ynash, internetga kirish, qisqa maktublar yuborish kabi bir qancha
ishlarni amalga oshirish vositasiga aylanib qoldi. Bu esa yoshlarning ta’lim olishga
ketgan vaqtini o‘g‘irlab turli o‘yinlar o‘ynab, behoya surat va sahnalar
ko‘rishmoqdaligi ayni achchiq haqiqatdir. Foydali narsalarning o‘ziga yarasha ziyon
tarafi bo‘lganidek, uyali aloqa vositasining ham manfaatli va zarali taraflari bor. Ushbu
ijtimoiy muammoni darhol anglagan fazilatli shayx Muhammad Sodiq Muhammad
Yusuf o‘zining “Ijtimoiy odoblar” asarida “Uyali telefon odoblar” deb nomlangan
bo‘limda ushbu muammoga alohida to‘xtalib o‘tadi. Biz o‘z tadqiqotimiz davomida
yoshlarni ma’naviy kompetentligini rivojlantirishda “Uyali telefon odoblar” bo‘limini
juda muhim vosita deb hisobladik. Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf
hazratlari “Ijtimoiy odoblar” asarida shunday yozadi:
“Bu muammoni hal qilishimiz uchun asosan, odob-ahloqni, ta’lim-tarbiyani
yo‘lga qo‘yishimiz kerak. Tarbiyali va odobli inson har qanday vaziyatda ham gunoh
va beodoblikni o‘ziga ep ko‘rmaydi” [3, 313 b].
Ushbu muamolarni chuqur his qilgan fazilatli Shayx Muhammad Sodiq
Muhammad Yusuf hazratlari uyali aloqa vositasiga oid odoblar deb quyidagilarni
nazarda tutadi:
Telefon sotib olishda uni yaxshiliklarga, dunyo va oxirat uchun manfaatli
narsalarga ishlatish niyatini qilish kerak;
Uyali aloqa jihozini o‘z ehtiyojiga yarashasini olish kerak;
Uyali aloqa vositasi oynasiga Alloh kafzini va Qur’oni karim oyatlarini
qo‘ymaslik odobdandir;
Uyali aloqa jihosining qo‘ng‘iroq tovushlariga Qur’on oyati, azon yoki
Allohning zikrlarini qo‘yish mumkin emas;
Uyali aloqa jihozida Islom ta’limotida tinglash yoki tomosha qilish man
qilingan nasrsalarni joylashtirish haromdir;
Uyali aloqa vositasi o‘zgaga tegishli bo‘lsa uni ruxsatsiz olish, undan birobga
qo‘ng‘iroq qilish, uning ichidagi narsalarni ochib ko‘rish mutloqa mumkin emas;
Uyali aloqa vositasi bilan o‘zining ruxsatisiz nirovni suratga olish yoki ovozini
yozish mutloqa mumkin emas;
176
TADBIRKORLIK VA PEDAGOGIKA. ILMIY-USLUBIY JURNAL. ISSN: 2181-2659. [3/2023].
Bolalarga uyali oloqa jihozini olib berishga shoshilmaslikm olib berganda ham,
faqat zarurat yuzsidan ishlatilishini yulga qo‘yish lozim.
Biz ham ushbu odoblarni ma’naviy kompetentlikni rivojlantiruvchi vositalar
deb hosibladik.
“Ijtimoiy odoblar” asarining eng qiziqarli tomoni shundaki, bu asarda boshqa
kitoblarda yoritilmagan odob turlarini ko‘rishimiz mumkin. Misol uchun “Internet
odoblari” nomli bobda “Internetdan foydalanish odobi”, “Internetdagi aloqa odoblari”,
“Elektron pochta odoblari” nomli qismlarda internet tarmoqidan qanday foydalanish
yo‘l-yo‘riqlari to‘g‘risida qimmatli ma’lumotlar keltirilgan: “hozirda hamma xalqlar
internetni rivojlantirish borasida qo‘lidan kelgan barcha choralarni ko‘rmoqda.
Internetdan foydalanuvchilar soni kun sayin ko‘payib bormoqda. Hamma ushbu
osonlik va qulaylikdan bahramand bo‘lishga oshiqmoqda. Ammo shu bilan birga,
internetga bog‘liq muammolar ham ko‘payib va jiddiylashib bormoqda. Barcha
sohalardagi kabi internetning foydalari muqobilida zararlari ham ko‘payib bormoqda.
Intetnetda foydali ma’lumotlar bilan bir qatorda zararli, buzuq ma’lumotlar ham
tarqalmoqda. Bundan ko‘rinib turubdiki, internet ham ikki taraflama – ham
yaxshilikka, ham yomonlikka xizmat qilishi mumkin bo‘lgan vositaga aylandi. Bizning
vazifamiz uni yaxshilikka xizmat qildirib , yomonlikka boshlamasligi choralarini
ko‘rish, uning zararlaridan chetlanishga harakat qilishdir. Buning uchun esa
dinimizning umumiy ta’limotlari asosida internetdan foydalanish odoblarini yo‘lga
qo‘yishimiz kerak bo‘ladi [4, 153 b]”.
“Ijtimoiy odoblar” asari vositasida 10-11-sinf o‘quvchilarida ma’naviy
kompetentlikni rivojlantirishda o‘quvchilarning tarbiyaviy faoliyatga tayyorgarligini
takomillashtirishda ta’limiy-tarbiyaviy ishlarni amalga oshiruvchi, ta’lim oluvchi
qabul qiluvchi sifatida yuksak axloqli, kreativ, tashkilotchilik qobiliyatlarini egallagan
bo‘lishi lozim.
XULOSA
Yuqorida keltirilib o‘tilgan nazariy tadqiqot natijalaridan kelib chiqqan holda
quyidagi xulosalarga kelindi.
1. Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf hazratlarining “Ijtimoiy
odoblar” asari yuqori sinf o‘quvchilarining xulq-atvoriga ijobiy ta’sir etgan holda
ularning ma’naviy kompetentligini rivojlantirishda muhim ahamiyat kasb etadi.
2. Ijtimoiy odoblar asarida “yoshlar odobi”, “kiyinish odobi”, “Internetdan
foydalanish odobi” va “kasb odobi” yuqori sinf o‘quvchilari ma’naviy kompetentligini
rivojlantiruvchi omillar hisoblanadi.
3. Ijtimoiy odoblar asari orqali yuqori sinf o‘quvchilari uchun yuqori sinf
o‘quvchilari “ma’naviy kompetentligini rivojlantiruvchi omillar” modeli ishlab
chiqildi.
177
TADBIRKORLIK VA PEDAGOGIKA. ILMIY-USLUBIY JURNAL. ISSN: 2181-2659. [3/2023].
Tavsiyalar
1.
Ijtimoiy odoblar asarida “yoshlar odobi”, “kiyinish odobi”, “Internetdan
foydalanish odobi” va “kasb odobi” kabi omillarni umumo‘rta ta’lim maktablarining
10-11 sinf o‘quvchilari uchun mo‘ljallangan tarbiya fani darsligiga mavzu sifatida
kiritilsa maqsadga muvofiq bo‘ladi.
2.
10-11 sinf o‘quvchilari uchun mo‘ljallangan dars va darsdan tashqari
mashg‘ulotlarda o‘quvchilar ma’naviy kompetentligini rivojlantirishda “Ijtimoiy
odoblar klasteri” doirasida turlicha pedagogik-psixologik treninglar ishlab chiqish
lozim.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR
1.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 26-martdagi
“Ma’naviy-ma’rifiy ishlar tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari
to‘g‘risida”gi PQ-5040-son Qarori//“Xalq so‘zi” gazetasi,
2021-yil 27-mart, № 62
(7842).
2.
A.Jalolov, Q. Xonazarov., Mustaqillik: izohli ilmiy-ommabop lug‘at.
Ikkinchi nashri. - T.: Sharq. 2000-y - 144 b.
3.
O‘zbekiston faylasuflari milliy jamiyati. Ma’naviyat: asosiy tushunchalar
izohli lug‘ati. – T.: G‘.G‘ulom. 2009-y. - 760 b.
4.
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf “Ijtimoiy odoblar”. T.:
Hilol-nashr. 2020-y. - 455 b.
