ПЕДАГОГИЧЕСКАЯ НЕОБХОДИМОСТЬ РАЗВИТИЯ ТВОРЧЕСКОГО И КРИТИЧЕСКОГО МЫШЛЕНИЯ У БУДУЩИХ УЧИТЕЛЕЙ НАЧАЛЬНЫХ КЛАССОВ | Предпринимательства и педагогика

ПЕДАГОГИЧЕСКАЯ НЕОБХОДИМОСТЬ РАЗВИТИЯ ТВОРЧЕСКОГО И КРИТИЧЕСКОГО МЫШЛЕНИЯ У БУДУЩИХ УЧИТЕЛЕЙ НАЧАЛЬНЫХ КЛАССОВ

CC BY f
108-114
0
Поделиться
Рашидова , О. (2024). ПЕДАГОГИЧЕСКАЯ НЕОБХОДИМОСТЬ РАЗВИТИЯ ТВОРЧЕСКОГО И КРИТИЧЕСКОГО МЫШЛЕНИЯ У БУДУЩИХ УЧИТЕЛЕЙ НАЧАЛЬНЫХ КЛАССОВ. Предпринимательства и педагогика, 2(4), 108–114. извлечено от https://inlibrary.uz/index.php/entrepreneurship-pedagogy/article/view/43620
Ойниса Рашидова , Узбекско-Финляндский педагогический институт
магистранта Узбекско-финского педагогического института
0
Цитаты
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Аннотация

На сегодняшний день установлено, что существует достаточная педагогическая потребность в формировании и развитии творческого и критического мышления студентов высших учебных заведений. Поэтому построение образовательного процесса таким образом, чтобы заставить учащихся мыслить творчески и критически, является одной из актуальных исследовательских задач. В данной статье раскрывается педагогическая необходимость развития творческого и критического мышления учащихся начальных классов высших учебных заведений. Кроме того, представлена информация о содержании, цели и особенностях творческого и критического мышления. При этом достаточно освещены методы и методы, развивающие творческое и критическое мышление.

 


background image

TADBIRKORLIK VA PEDAGOGIKA. ILMIY-USLUBIY JURNAL. ISSN: 2181-2659. [4/2023].

108

PEDAGOGIKA FANLARI

Rashidova Oynisa Xusniddin qizi

O‘zbekiston-Finlandiya pedagogika instituti magistranti

Samarqand, O‘zbekiston

E-mail

:

aoynisaa@gmail.com

, ORCID: 0009-0004-3470-5399

UDK: 378.18

BO‘LAJAK BOSHLANG‘ICH SINF O‘QITUVCHILARIDA KREATIV VA

TANQIDIY FIKRLASHNI RIVOJLANTIRISHNING PEDAGOGIK

ZARURATI

Kalit so‘zlar:

kreativ

va tanqidiy
fikrlashning
mazmun-mohiyati,
kreativ va tanqidiy
fikrlashning maqsadi
va xususiyatlari,
kreativ va tanqidiy
fikrlashni
rivojlantirish
metodlari va usullari.

Annotatsiya.

Bugungi kunda, Oliy ta’lim muassasalari

talabalarining kreativ va tanqidiy fikrlashini shakllantirish
hamda uni rivojlantirishning yetarlicha pedagogik zarurati
mavjud deb topildi. Shu sababli, o‘quv jarayonini
talabalarning kreativ va tanqidiy fikrlashiga majbur
qiladigan tarzda ishlab chiqish dolzarb tadqiqot
masalalaridan biri hisoblanadi. Ushbu maqolada, Oliy
ta’lim muassasidagi boshlang‘ich ta’lim yo‘nalishi
talabalarining

kreativ

va

tanqidiy

fikirlashini

rivojlantirishning pedagogik zarurati ochib beriladi.
Bundan tashqari kreativ va tanqidiy fikrlashning
mazmuni, maqsadi va xususiyatlari haqida ma’lumot
beriladi. Shu bilan birgalikda kreativ va tanqidiy
fikrlashni rivojlantiruvchi usul va metodlari yetarlicha
yoritiladi.

ПЕДАГОГИЧЕСКАЯ НЕОБХОДИМОСТЬ РАЗВИТИЯ

ТВОРЧЕСКОГО И КРИТИЧЕСКОГО МЫШЛЕНИЯ У БУДУЩИХ

УЧИТЕЛЕЙ НАЧАЛЬНЫХ КЛАССОВ

Ключевые слова

:

сущность
творческого и
критического
мышления, цель и
характеристики
творческого и
критического
мышления, методы
и способы развития
творческого и
критического
мышления.

Абстрактный.

На сегодняшний день установлено,

что

существует

достаточная

педагогическая

потребность в формировании и развитии творческого
и критического мышления студентов высших
учебных

заведений.

Поэтому

построение

образовательного процесса таким образом, чтобы
заставить учащихся мыслить творчески и критически,
является одной из актуальных исследовательских
задач. В данной статье раскрывается педагогическая
необходимость развития творческого и критического
мышления учащихся начальных классов высших
учебных заведений. Кроме того, представлена
информация о содержании, цели и особенностях
творческого и критического мышления. При этом


background image

TADBIRKORLIK VA PEDAGOGIKA. ILMIY-USLUBIY JURNAL. ISSN: 2181-2659. [4/2023].

112

muhim jihatlaridan biridir.

Ikkinchidan,

axborot tanqidiy fikrlashning natijasi emas, balki uning

boshlanishidir. Bilim talabani tanqidiy fikrlashga undovchi motiv bo‘lib hisoblanadi.
Murakkab fikrni yaratish uchun anchagina «xom ashyo»-dalillar, g`oyalar, matnlar,
nazariyalar, ma’lumotlar, konsepsiyalami qayta ishlash zarur.

Uchinchidan,

tanqidiy fikrlash, savolning qo‘yilishi va hal qilinishi zarur

bo‘lgan muammoni aniqlashdan boshlanadi. Insoniyat o‘z tabiatiga ko‘ra
qiziquvchandir. Shaxsga biron-bir yangilik sezilar ekan, albatta uning mohiyatini
bilishni xohlaydi.

To‘rtinchidan.,

tanqidiy fikrlash ishonchli dalillarga intiladi. Tanqidiy

fikrlovchi kishi muammoning o‘z shaxsiy yechimini topadi va bu qarorni oqilona,
asosli dalillar bilan mustahkamlaydi. O‘quvchi boshqa qarorlar bo‘lishi mumkinligini
ham tan olishi mumkin, lekin o‘zi tanlagan qaror boshqalarnikiga nisbatan eng
mantiqiy va oqilona ekanligini isbotlashga harakat qilishi ta’lim jarayonining
samaradorligini oshiradi.

Beshinchidan,

tanqidiy fikrlash- ijtimoiy hisoblanadi (har bir inson ijtimoiy

organizmdir). Har qanday fikr, agar u boshqalar bilan o‘rtoqlashilgandagina
o‘tkirlashadi [6].

Kreativ fikrlash taʼsiri butun jamiyatga sezilarli innovatsiya turlarining ortida

turishi rost, lekin u ayni damda universal va tenglashtiruvchi xususiyatga ega fenomen
hamdir, yaʼni har qanday shaxs, u yoki bu darajada, kreativ fikrlash qobiliyatiga ega
[7].

Kreativ fikrlashning o‘ziga xos xususiyatlari:

ravonlik

moslashuvchanlik

originallik

yaratuvchanlik

2-rasm. Tanqidiy va kreativ fikrlashni rivojlantiruvchi metodlar.

Talabalarning tanqidiy fikrlashini rivojlantiruvchi usullar:


background image

TADBIRKORLIK VA PEDAGOGIKA. ILMIY-USLUBIY JURNAL. ISSN: 2181-2659. [4/2023].

109

достаточно освещены методы и методы, развивающие
творческое и критическое мышление.

PEDAGOGICAL NEED TO DEVELOP CREATIVE AND CRITICAL

THINKING IN FUTURE PRIMARY CLASS TEACHERS

Keywords:

the

essence of creative
and critical thinking,
the purpose and
characteristics of
creative and critical
thinking, methods
and methods of
developing creative
and critical thinking.

Abstract.

Today, it was found that there is a sufficient

pedagogical need to form and develop creative and critical
thinking of students of higher education institutions.
Therefore, developing the educational process in such a
way as to force students to think creatively and critically
is one of the urgent research issues. In this article, the
pedagogical necessity of developing creative and critical
thinking of primary education students in higher
educational institutions is revealed. In addition,
information is provided about the content, purpose and
characteristics of creative and critical thinking. At the
same time, methods and methods that develop creative
and critical thinking are sufficiently covered.

Kirish

Ma’lumki, dunyoda birinchi o‘rinlarda turadigan Yaponiya, Germaniya,

Finlandiya, AQSh va boshqa mamlakatlar nafaqat ta’lim tizimi balki iqtisodiy,
ijtimoiy, madaniy sohada ham birinchi o‘rinlarda turadi. Ularning tarixiga nazar
tashlanganda, ular 1960-yillar boshqa davlatlar singari oddiy, qashshoq mamlakat
edi. Ammo, bugungi kunda eng rivojlangan davlatlardandir. Undan tashqari bu
davlatlar xalqaro PISA dasturi asosida o‘tqazilgan testlarda ham bosh o‘rinlarni
qo‘lga kiritdi. Bu rivojlanishlarning asosiy sababi, ular o‘sha davrda ta’lim tizimini
mukammal va yangicha yondashuvlar asosida qura olganligi va buni hali ham
davom etayotganligidir.

Xalqaro matematika bo‘yicha o‘tkazilgan PISA testlarida ilk bor 2022-yil

O‘zbekiston ham ishtirok etdi, afsuski 81ta mamlakatdan 72- o‘rinni egalladi.
Bundan tashqari ta’lim tizimining ancha sust ekanligi sababli boshqa sohalarda
ham ancha past natijalar bo‘layotganligi ko‘rinib turibdi. Shu sababli, mazkur
holatni bevosila kuzalib, chuqur tahlil qilgan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti
Sh. M. Mirziyoyev 2019-yil 23-avgustda xalq ta'limi, oliy ta’lim xodimlari bilan
bo‘lgan muloqotda uzluksiz ta’lim tizimida olib borilishi kerak bo‘lgan dolzarb
vazifalar haqida fikr yuritib, "... bugungi kunda ta’lim muassasalarida faoliyat olib
borayotgan o‘qituvchilaming obro‘sini ko‘tarish, shu bilan bir qatorda bugun
o‘qituvchilaming o‘zlari ham ta’lim-tarbiya jarayoniga yangicha ijodiy
yondashishi lozim” [1], - degan bir qator fikrlami bildirib o‘tdi. Bundan tashqari, “
O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish
konsepsiyasi” qabul qilindi. Ushbu konsepsiyaning “Oliy ta’lim tizimini
rivojlantirishning strategik maqsadlari va ustuvor yo‘nalishlari” deb nomlangan


background image

TADBIRKORLIK VA PEDAGOGIKA. ILMIY-USLUBIY JURNAL. ISSN: 2181-2659. [4/2023].

111

1-rasm. Kreativ fikrlash qobiliyatining ko‘rinishi.

Kreativ fikrlash bizga muammolarni hal qilishda noan’anaviy yechim

topishga yordam beradi. Ammo u tanqidiy fikrlash bilan adashtirib yuborilmasligi,
aksincha imkonsiz muammolarni hal qilishda bir-birini to‘ldirib turuvchi,
muammoni yechishda yordam beradigan “opa-singillar”dek qaralishi kerak.

Tanqidiy fikrlash - bu o‘quvchilarni dalillarni ko‘rib chiqishga, taxminlarni

so‘roq qilishga va xulosalarning to‘g‘riligi haqida fikr yuritishga undaydigan kognitiv
jarayon. Bu ularga o‘z fikrlari va e'tiqodlari va boshqalarning fikrlari o‘rtasidagi
bog‘liqlikni yaxshiroq tushunishga yordam beradi. Bu talabalarni yanada ochiq
fikrlashga va muqobil istiqbollarni hisobga olishga undaydi. Tanqidiy fikrlash bilan
shug‘ullanish, shuningdek, talabalarga o‘z qarorlarining oqibatlarini tushunishga va
o‘zlarining noto‘g‘ri va oldingi qarashlarini tan olish va e'tiroz bildirishga imkon
beradi, bu esa bo‘lajak o‘qituvchilarning ta’lim-tarbiya samaradorligini oshirishga
olib kelishi mumkin [4].

Talabalarning kreativ yondashuvdagi eng samarali usullariga o‘quv

jarayonining intensivligini oshirishga yordam beradigan usullar kiradi:
1)

Loyiha asosida o‘qitish usullari;

2)

Muammoli izlash usullari;

3)

Eng yangi axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini qo‘llash usuli;

4)

Jamoaviy aqliy faoliyat usullari [5].

Tanqidiy va kreativ fikrlashning maqsadi – shaxsning mustaqil bilimga ega

bo‘lishga imkon beruvchi intelektual qobiliyatlarni rivojlantirishdir


Tanqidiy fikrlash quyidagi xususiyatlarga egadir:

Birinchidan,

tanqidiy fikrlash- bu mustaqil fikrlashdir. Mashg`ulot tanqidiy

fikrlash tamoyillari bo‘yicha yaratilar ekan, har bir talaba boshqalarnikidan
boshqacha holda o‘zining g`oyasi, qadriyatlarni baholashi va ishonchiga ega bo‘ladi.
Demak, fikrlash yakka tartibli xarakterga ega bo‘lgandagina, uni tanqidiy fikrlash deb
atash mumkin. O‘quvchilar o‘z aqli, fikrlashi va eng murakkab savollarga ham o‘zlari
javob topa olish erkinligiga ega bo‘lishi kerak. Qanday fikrlash zarurligini har bir
talaba o‘zi uchun o‘zi hal qiladi. Shunday qilib, mustaqillik tanqidiy fikrlashning eng


background image

TADBIRKORLIK VA PEDAGOGIKA. ILMIY-USLUBIY JURNAL. ISSN: 2181-2659. [4/2023].

110

bobida “Mustaqil o‘quv soatlari ulushini ko‘paytirish, talabalarning mustaqil bilim
olishi, tanqidiy va ijodiy fikrlash, tizimli tahlil qilish, ta’lim jarayonini, o‘quv
jarayonini amaliy ko‘nikmalarni shakllantirishga yo‘naltirish, bu borada ilg‘or
pedagogik texnologiyalardan, yangi innovatsion usul va vositalardan foydalanish
to‘g‘risida aytilgan [2]. Shu bobning ijrosini ta’minlash maqsadida, ta’lim
sohasining barcha bo‘g‘inlarida jahon tajribasiga asoslangan yangicha
yondashuvlar va tizimli ishlar yo‘lga qo‘yildi. Bu yondashuvlardan biri kreativ va
tanqidiy fikrlashni shakllantirish va uni rivojlantirishdir.

Material va tadqiqot usullari.

Bugungi kunda dunyoning turli davlatlarida kreativlik va tanqidiy fikrlash

tushunchalari jamiyat hayotining yaxshilanishiga, va barcha sohalarning jadal
rivojlanishiga asos bo‘ldi. Kreativ va tanqidiy fikrlash shunchaki oddiy fikrlashdan
farq qiladi balki, yangicha bilim va tajribaga asoslangan fikrlash jarayoni
hisoblanadi. Bundan tashqari, insonlarning keskin va murakkab vaziyatlarida
kutilgan natijalarga erishishga sharoit yaratadi. Oliy ta’lim mussasi boshlang‘ich
ta’lim yo‘nalishi talabalarining kreativ va tanqidiy fikrlashga bo‘lgan ehtiyoji
maktabning boshlang‘ich sinf o‘quvchilari talablaridan kelib chiqqan holda
ortmoqda. Oliy ta’lim muassasining jamiyat oldidagi vazifasi shundan iboratki:
talabalarni jamiyatning muhim, asosiy qismi ekanligini his qilgan holda tarbiyalsh,
jamiyat ravnaqi uchun o‘z hissasini qo‘shish va bilimli, tarbiyali, vatanparvar,
yangilikka izlanuvchan, optimist, nekbin qilib bolalarga ta’lim va tarbiya bera
oladigan hattoki jonini fido qiladigan kadr qilib tayyorlashdir.

Talabalarning kreativ va tanqidiy fikrlash ko‘nikmalari ulardagi kreativlik,

izlanuvchanlik, nekbinlik qobiliyatlarini rivojlantirishda harakatga keltiruvchi
kuch sanaladi. Aynan mazkur ko‘nikmalar ijodiy faollik, nazariy bilimlarni amaliy
faoliyat uchun yo‘naltira olish, nosantdart tafakkur tarzini shakllantira olish,
muammolarga nisbatan sezgirlik, intelektual qobiliyatlar, hissiy jihatdan erkin va
ijobiy fikrlar, konstruktivlik, innovatsiyalar transformasiyasi bilan bog‘liq
divergent tafakkur tarzining shakllanishiga xizmat qiladi [3].

Kreativ fikrlash – bu an’anaviy pedagogik fikrlashdan farqli ravishda ta’lim

va tarbiya jarayonining samaradorligini ta’minlashga xizmat qiluvchi yangi
g‘oyalarni yaratish, shuningdek, mavjud pedagogik muammolarni ijobiy hal
qilishga bo‘lgan tayyorgarligini tavsiflovchi qobiliyatdir.


background image

TADBIRKORLIK VA PEDAGOGIKA. ILMIY-USLUBIY JURNAL. ISSN: 2181-2659. [4/2023].

113

-

jumboqlarni topish ya’ni muammoli vaziyatda qoldirish. Bu jarayon

oddiy ko‘rinishi mumkin, ammo bu talabalar uchun foydali va ular bu jarayonda
ma’lumotlarni tahlil qilishni o‘rganadi;

-

maqolalar o‘qib chiqish. Bu jarayon talabalrga o‘tayotgan fanlarini

onson tushunishga hamda ulardan to‘g‘ri xulosa chiqarishga yordam beradi;

-

turli xildagi kitoblar o‘qish. Bu orqali talaba turli vaziyatlarni tahlil

qilishning usullarini o‘rganadi. Undan tashqari, kitobdagi turli xil belgilar va
vaziyatlar haqida so‘rash orqali bu ko‘nikma asta sekin rivojlanib boradi;

-

tinglash ko‘nikmasini shakllantirish. Bu talabaning atrofdagi shaxslar

fikrini tinglashi va qadrlashi kerakligini o‘rgatadi;

-

maqolalar yozish. Bu orqali talabalar o‘rgangan bilimlarini

mustahkamlaydi va bugunki davr talablaridan kelib chiqib ta’lim tizimida yangilik
yaratishni o‘rganadi, izlanuvchanlik qobiliyati oshadi;

-

xulosalar haqida gapirish va yozish. Talabaga muayyan harakatlarning

mumkin va mumkin bo‘lmagan xulosalarini yozish va o‘rgatish – tanqidiy
fikrlashning muhim qismidir. Bunda talaba vaziyatdan to‘g‘ri chiqa olish va
optimal yechim topa olishni o‘rganadi;

Natijalar va ularning muhokamasi.

Tepada keltirilgan kreativ va tanqidiy fikrlashning maqsadi va xususiyatlarini

inobatga olgan holda uning usullari va metodlaridan Bo‘lajak boshlang‘ich sinf
talabalariga o‘quv jarayonida qo‘llash – ulaga ijodiy fikrlashini, bilimini, tanqidiy
fikrlash qobiliyatini, darsga bo‘lgan qiziqishini, izlanuvchanlik va ijodiy yechim topa
olish qobiliyatlarini o‘stiradi.

Tanqidiy va kreativ fikrlashni rivojlantirishning ijobiy tomonlari:

ta’lim jarayoniga jo‘shqinlik baxsh etadi;

o‘quv jarayonini talaba va professor o‘qituvchi uchun o‘zaro hamkorlik

faoliyatiga aylantiradi;

talabaning bilim olishga ishtiyoqini kuchaytiradi;

talaba, o‘qituvchi, o‘quv predmeti o‘rtasida bilim almashish zanjirini

hosil qiladi;

talabalarning fikrlashini faollashtiradi;

jo‘shqin, faol bahs-munozaralarga imkoniyat yaratadi;

ta’limdan ko‘zlangan maqsad anglanadi;

talabalarga turli xil fikrlarni tinglashga imkon beradi;

talabaga o‘z o‘zini ro‘yobga chiqarishga imkon beradi;

talabalar ma’lumotlarni tahlil qilishni hamda xulosa chiqarish, o‘zining

xissiyotlari va fikrlarini baholay olishni o‘rganadi;

turli vaziyatlarda bilimlarni qo‘llay olishni o‘rganadi;

talabalr bilan hamkorlik qilishni o‘rganadi;

o‘zining xatolarini to‘g‘rilashga tayyorlik va murosaga kela olishni

o‘rganadi;

Xulosa

Xulosa qilib

aytganda, bugungi kunda har tomonlama bilimli, ilg‘or, yetuk,

aniq va mazmunli fikrlay oladigan, yuksak malakali mutaxassislar yetkazishda


background image

TADBIRKORLIK VA PEDAGOGIKA. ILMIY-USLUBIY JURNAL. ISSN: 2181-2659. [4/2023].

114

shaxsning qanday fikrlashi muhim o‘ringa ega.. Barkamol shaxsni tarbiyalash
jarayonida uning ijodkor va to‘g‘ri fikrlashi asos vazifasini bajaradi. Tepadagi
nutqlardan ko‘rinib turibdiki, bu tadqiqotda asosan tanqidiy va kreativ fikrlashning
maqsad va xususiyatlari hamda boshlang‘ich ta’lim yo‘nalishi talabalarining
kreativ va tanqidiy fikrlashini rivojlantiruvchi usullari va metodlari haqida
ma’lumot berildi. Buning barchasi rivojlangan jahon davlatlarida foydalanilgan
usullar hisoblanadi va bularni O‘zbekistonda, ta’lim jarayonida qo‘llash tavsiya
etiladi

Adabiyotlar ro‘yxati; Библиографические ссылки; References:

1.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidcntining Xalq ta’limi va oliy ta’lim

o‘qituvchilari bilan bo‘lib o‘tgan uchrashuvda so‘zlagan nutqi. 2019.08.23.

2.

O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim tizimini 2030 yilgacha

rivojlantirish konsepsiyasi PF-5847 -T., 2019 yil 8 oktyabr.

3.

Alena D. Matraeva, Marina V. Rybakova, Mikhail V. Vinichenko,

Aleksandr A. Oseev, Nataila V. Ljapunova. “ Development of Creativity of Students
in Higher Educational Institutions: Assessment of Students and Experts” Article

4.

Begmatova D.M., Rashidova O.X. (2024) “Organizing the independent

education of students in higher education institutions on the basis of a creative
approach”, « Journal of new century innovations" international interdisciplinary
research

journal

,

volume

,

issue

,

2024,

25-31,

DOI:

https://doi.org/10.5281/zenodo.10618051

5.

D.K Qarshiyeva, O.N Usmonova. (2023) “O‘quvchilarda kreativ

fikrlashni rivojlantirishda xalqaro tadqiqotlarning o‘rni”, Молодой учёный №2
(449) январь 2023 г, 500-505.

6.

N.I.Saydullayeva. (2022) “Bo‘lajak maktabgacha ta'lim tashkilotlari

tarbiyachilarining kreativ kompetentligini rivojlantirish texnologiyalari”. -Т.: «Fan
va texnologiyalar nashriyot-matbaa uyi», 2022. 132 bet.

7.

Rashidova O. (2023) “The use of innovative methods and tools in the

organization of independent education in higher educational institutions as a
pedagogical problem” Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and
social science, volume 3, issue 10, 2023, 261-270

8.

R.Tuxtasheva (2022) tuzuvchi, “ O‘quvchilarda tanqidiy va

kreativ fikrlashni shakllantirish asoslari” nomli o‘quv uslubiy majmua,
Samarqand-2022.

9.

Ruzhdi Kadrija & Zamira Gashi Shatri. (2023). “Effects of Implementing

Critical Thinking on Developing Students’ Abilities for Independent Learning in
Primary Schools” article. European Journal of Contemporary Education E-ISSN
2305-6746

2023.

12(2):

451-461

DOI:

10.13187/cjccd.2023.2.451

https://eice.cherka5gu.press

10.

Xiang Lifl , Zhaoyang Gao, Hong Liao. (2023) “ The Effect of Critical

Thinking on Translation Technology Competence Among College Students: The
Chain Mediating Role of Academic Self-Efficacy and Cultural Intelligence”
Psychology Research and Behavior Management 2023:16

Библиографические ссылки

O‘zbekiston Respublikasi Prezidcntining Xalq ta’limi va oliy ta’lim o‘qituvchilari bilan bo‘lib o‘tgan uchrashuvda so‘zlagan nutqi. 2019.08.23.

O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish konsepsiyasi PF-5847 -T., 2019 yil 8 oktyabr.

Alena D. Matraeva, Marina V. Rybakova, Mikhail V. Vinichenko, Aleksandr A. Oseev, Nataila V. Ljapunova. “ Development of Creativity of Students in Higher Educational Institutions: Assessment of Students and Experts” Article

Begmatova D.M., Rashidova O.X. (2024) “Organizing the independent education of students in higher education institutions on the basis of a creative approach”, « Journal of new century innovations" international interdisciplinary research journal , volume , issue , 2024, 25-31, DOI: https://doi.org/10.5281/zenodo.10618051

D.K Qarshiyeva, O.N Usmonova. (2023) “O‘quvchilarda kreativ fikrlashni rivojlantirishda xalqaro tadqiqotlarning o‘rni”, Молодой учёный №2 (449) январь 2023 г, 500-505.

N.I.Saydullayeva. (2022) “Bo‘lajak maktabgacha ta'lim tashkilotlari tarbiyachilarining kreativ kompetentligini rivojlantirish texnologiyalari”. -Т.: «Fan va texnologiyalar nashriyot-matbaa uyi», 2022. 132 bet.

Rashidova O. (2023) “The use of innovative methods and tools in the organization of independent education in higher educational institutions as a pedagogical problem” Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social science, volume 3, issue 10, 2023, 261-270

R.Tuxtasheva (2022) tuzuvchi, “ O‘quvchilarda tanqidiy va kreativ fikrlashni shakllantirish asoslari” nomli o‘quv uslubiy majmua, Samarqand-2022.

Ruzhdi Kadrija & Zamira Gashi Shatri. (2023). “Effects of Implementing Critical Thinking on Developing Students’ Abilities for Independent Learning in Primary Schools” article. European Journal of Contemporary Education E-ISSN 2305-6746 2023. 12(2): 451-461 DOI: 10.13187/cjccd.2023.2.451 https://eice.cherka5gu.press

Xiang Lifl , Zhaoyang Gao, Hong Liao. (2023) “ The Effect of Critical Thinking on Translation Technology Competence Among College Students: The Chain Mediating Role of Academic Self-Efficacy and Cultural Intelligence” Psychology Research and Behavior Management 2023:16

inLibrary — это научная электронная библиотека inConference - научно-практические конференции inScience - Журнал Общество и инновации UACD - Антикоррупционный дайджест Узбекистана UZDA - Ассоциации стоматологов Узбекистана АСТ - Архитектура, строительство, транспорт Open Journal System - Престиж вашего журнала в международных базах данных inDesigner - Разработка сайта - создание сайтов под ключ в веб студии Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil - ilmiy elektron jurnali yuridik va jismoniy shaxslarning in-Academy - Innovative Academy RSC MENC LEGIS - Адвокатское бюро SPORT-SCIENCE - Актуальные проблемы спортивной науки GLOTEC - Внедрение цифровых технологий в организации MuviPoisk - Смотрите фильмы онлайн, большая коллекция, новинки кинопроката SMARTY - Увеличение продаж вашей компании ELECARS - Электромобили в Ташкенте, Узбекистане CHINA MOTORS - Купи автомобиль своей мечты! PROKAT24 - Прокат и аренда строительных инструментов