TADBIRKORLIK VA PEDAGOGIKA. ILMIY-USLUBIY JURNAL. ISSN: 2181-2659. [1/2024].
27
IJTIMOIY FANLAR
ISH YURITISH HUJJARLARINING MORFOLOGIK VA SINTAKTIK
XUSUSIYATLARI
Xushboqov Qobilbek Shokirovich
Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti o‘qituvchisi
UDK: 37. 371. 57
Kalit so‘zlar:
adabiy
til, uslub, so‘zlashuv
uslubi, rasmiy uslub,
morfologiya,
sintaksis, nisbat
shakllari, buyruq
mayli, zamon
shakllari.
Annotatsiya.
Ushbu maqolada ish yuritish hujjatlarining
morfologik va sintaktik xususiyatlari haqida so‘z
yuritilgan. Bunda ish yuritish hujjatlarining tili, uslubi va
morfologik va sintaktik jihatdan tahlil qilingan. Ish
yuritish hujjatlarini yuritish jarayonida uslubiy jihatda
nimalarga e’tibor qaratish kerakligi, jumlalarni tuzishda
morfologik va sintaktik jihatdan to‘g‘ri shakllantirilishi
haqida so‘z yuritilgan.
СОДЕРЖАНИЕ ФОРМИРОВАНИЯ СОЦИАЛЬНО-НРАВСТВЕННЫХ
КОМПЕТЕНЦИЙ У УЧАЩИХСЯ
Ключевые слова:
литературный язык,
стиль, разговорный
стиль, формальный
стиль, морфология,
синтаксис,
относительные
формы,
повелительное
наклонение,
времена.
Аннотация.
В данной статье говорится о
морфологических и синтаксических особенностях
административных документов. Проанализированы
языковые, стилистические и морфологические и
синтаксические
аспекты
административных
документов. Обсуждается, на что следует обращать
внимание с методической точки зрения в процессе
ведения служебных документов, правильности
формирования предложений морфологически и
синтаксически.
CONTENT OF THE FORMATION OF SOCIO-MORAL COMPETENCIES
IN STUDENTS
Key words:
literary
language, style,
colloquial style,
formal style,
morphology, syntax,
relative forms,
imperative, tenses.
Abstract.
This article talks about the morphological and
syntactic features of administrative documents. The
language, style and morphological and syntactical aspects
of administrative documents were analyzed. It has been
discussed what to pay attention to from a methodological
point of view in the process of keeping office documents,
and the correct formation of sentences morphologically
and syntactically.
TADBIRKORLIK VA PEDAGOGIKA. ILMIY-USLUBIY JURNAL. ISSN: 2181-2659. [1/2024].
28
KIRISH.
Hozirgi o‘zbek adabiy tilida so‘zlashuv va rasmiy uslubning
qo‘llanish ko‘lami O‘zbekiston Respublikasining «Davlat tili haqida»gi Qonuni qabul
qilingandan keyin va davlat mustaqilligi qo‘lga kiritilgandan so‘ng g‘oyatda kengaydi
va yangicha mazmun kasb etdi. Xalqaro doiralarda olib boriladigan diplomatik
munosabatlar, davlatni boshqarishning zamonaviy usullari, ijtimoiy-siyosiy va
gumanitar sohalarda jahonning ilg‘or andozalari va texnologiyalarining
mamlakatimiz hayoti va xalq xo‘jaligiga tatbiq etilishi, respublikamiz hududidagi
barcha ma’muriy idoralar va korxonalar, tashkilotlar va muassasalarda muomala
vositasi sifatida o‘zbek tilining amal qilishi qonuniy asosga qo‘yilib, ish yuritish shu
tilda olib borilishi natijasida o‘zbek tilini bilishga va o‘rganishga bo‘lgan talab
yanada kuchaydi. O‘zbekiston Respublikasining «Normativ-huquqiy hujjatlar
to‘grisida»gi (14.12.2000 y. N 160-11) Qonuniga binoan mamlakatimizda ish
yuritishning yagona davlat tizimini joriy etish huquqiy asosga qo‘yildi va muayyan
tartibga keltirildi. O‘z navbatida, rasmiy doiralarda bo‘ladigan munosabatlarda,
xalqaro minbarlarda o‘zbek tilidan foydalanishning o‘ziga xos uslubi ham
takomillashib bormoqda. Xususan, xorijiy mamlakatlar rahbarlari bilan bo‘ladigan
uchrashuv va suhbatlar, muzokaralar, tegishli hujjatlarni imzolash marosimlarida,
nufuzli sammitlarda, rasmiy matbuot anjumanlarida o‘zbek tilining o‘rni va
ahamiyati ortib borayotgani hammamizga g‘urur-iftixor bag‘ishlaydi» [1].
Muammoning o‘rganilganlik darajasi. XV asrdan boshlab o‘zbek tilida “Vaqfiya”
nomi bilan asarlar bitilgan. Vaqf hujjatlari tuzilgan. Xonliklar davrida mirza
mansabidagi shaxslar davlat xarajatlarining taqsimoti bilan shug‘ullangan va
hujjatlar yozib borgan. Sho‘rolar hukmronligi davrida rasmiy nutq namunalari ikki
tilde yozilgan: o‘zbek tilida va rus tilida. O‘tgan asrning 70-yillaridan boshlab, hatto,
qishloq joylaridagi ish qog‘ozlari ham rus tilida yozilardi. Istiqlol davridan boshlab
rasmiy nutqning barcha namunalari o‘zbek tilida yozila boshlandi. Rasmiy nutqda
tilning leksik va grammatik vositalaridan foydalanishga katta imkoniyat yaratildi.
Hujjatlarning ruscha yozilish tartiblari o‘rniga o‘zbekona hujjat yo zish tartibi
joriy qilindi. Tilshunos D.Boboxonova 1987-yilda “Hozirgi o‘zbek adabiy tilining
rasmiy ish uslubi” mavzusida nomzodlik dissertatsiyasi himoya qildi. 1990-yilda
“O‘zbek tilida ish yuritish” kitobi nashr qilindi. Professor N.Mahmudov,
A.Madvaliyev, N.Mahkamov, M.Aminov qalamiga mansub bu kitobda ish yuritish
bilan bog‘liq bo‘lgan barcha hujjatlarning yozilish tartibi, namunalari, turlari
haqida to‘liq ma’lumot berilgan.
ASOSIY QISM
Rasmiy matnlarning uslubiy alomatlari uning morfologiyasi va sintaksisida
ham yaqqol ko‘zga tashlanadi.[2] Masalan, har bir so‘z turkumiga oid so‘zlarning
qo‘llanishida o‘ziga xoslik ko‘zga tashlanadi. Otlarni olaylik. Umumlashtiruvchi
ma’nodagi otlar faol: bolalar, ota-onalar, qo‘shin, qurol, aholi, xalq, ishchilar,
xizmatchilar, shaxslar, tomonlar, saylo vchilar, partiyalar, vakillar va hokazo.
Otlarning ma’lum bir qismi rasmiy uslub ichidagi janr ko‘rinishlariga mos tarzda
qo‘llaniladi. Idoraviy uslubdagi ma’lumotnoma, dalolatnoma, ariza, tilxat,
tavsifnoma, bayonnoma singari otlar bunga misol bo‘la oladi. Noaniqliklarga yo‘l
qo‘yilmaslik maqsadida ular olmoshlar bilan almashtirilmaydi: O‘zbekiston
Respublikasi o‘z taraqqiyot yo‘lini, o‘z nomini aniqlaydi, o‘z davlat ramzlarini:
TADBIRKORLIK VA PEDAGOGIKA. ILMIY-USLUBIY JURNAL. ISSN: 2181-2659. [1/2024].
29
gerbi, bayrog‘i, madhiyasini ta’sis etadi, o‘z davlat tilini belgilaydi. O‘zbekiston
Respublikasi davlat mustaqilligining ramzlari muqaddasdir (1991-yil 31-avgustda
qabul qilingan «O‘zbekiston Respublikasining davlat mustaqilligi asoslari
to‘grisida»gi Qonunning 16-moddasidan). Rasmiy uslubning noemotsionallik
tabiatidan kelib chiqib, asliy sifatlarning qo‘llanishi xos emas. Nisbiy sifatlar
esa faol qo‘llaniladi: konstitutsiyaviy, qonuniy, noqonuniy, huquqiy, ma’muriy,
tashkiliy, idoraviy, qat’iy, amaliy, majburiy, me’yoriy, shaxsiy, mahalliy, xorijiy,
hududiy, jinoiy, tarkibiy, ijtimoiy, siyosiy, doimiy, ommaviy, ma’rifiy, ma’naviy,
mintaqaviy, jismoniy, tarkibiy, moddiy, joriy, namunaviy; raqamli, tegishli,
vakolatli, malakali, maqsadli, istiqbolli, sonli, razryadli, tizimli, darajali, ishonchli,
samarali, imtiyozli, manfaatli kabi. Shu o‘rinda rasmiy uslubda yozilgan matnlar
uchun barcha morfologik vositalar va kategoriyalarning qo‘llanilishi bir xil
darajada emasligini ta’kidlash ham maqsadga muvofiq. Masalan, sonlar va
olmoshlar bu uslubda boshqa so‘z turkumlariga qaraganda ikkinchi darajali omil
hisoblanadi. Ular rasmiy uslubning o‘ziga xos xususiyatlarini ko‘rsatib bera
olmaydi. Bu xususiyatlarni fe’l turkumi doirasidagi grammatik ko‘rsatkichlar
belgilashi mumkin. rasmiy uslubga oid matnlarda fe’l so‘z turkumidagi so‘z shakllari
alohida mavqega ega. Masalan, uning o‘timli va o‘timsiz shakllarini olib ko‘raylik.
Konstitutsiya matnida quyidagi o‘timli fe’llar uchraydi: amalga oshirmoq, afv etmoq,
bekor qilmoq, belgilamoq, vakolatlarini saqlab qolmoq, vakolatlarni amalga
oshirmoq, joriy qilmoq, jazolamoq, kafolatlamoq, rag‘batlantirmoq, saylamoq,
tayinlamoq, taqdim etmoq, tartibga solmoq, tasdig‘iga kiritmoq, tasdiqlamoq,
ta’minlamoq, ta’sis etmoq, tuzmoq, o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritmoq, qabul
qilmoq, hal qilmoq kabi. O‘timsiz fe’llar esa nihoyatda faol qo‘llaniladi. Bu holat,
ayniqsa, buyruq, farmoyish, bayonnoma, qaror, dalolatnoma, shartnoma singari
hujjatlar matnida yaqqol namoyon bo‘ladi: saylanmoq, amalga oshirmoq,
belgilanmoq, tasdiqlanmoq, taqdim etmoq, ilova qilinmoq, rasmiylashtirmoq,
taqdim etilmoq, qabul qilmoq kabi.[3] L.G.Barlas fikricha, fe’lning infinitiv
shaklining hissasi boshqa uslublarga qaraganda birmuncha yuqori, taxminan 38%,
boshqacha aytganda, ilmiy uslubga nisbatan ikki baravar, badiiy uslubga nisbatan uch
baravar ko‘p. Fe’lning hozirgi zamon shakllari 79 % ni tashkil etadi (ilmiy uslubda
69%, badiiy uslubda 11%). Bu uslubda fe’lning harakat nomi shakli faol
qo‘llaniladi, gapning kesimi ko‘pincha hozirgi zamonning majhul nisbatida
ifodalanadi, hujjatning xarakteriga qarab shart mayli shakliga tez-tez murojaat etiladi.
Masalan, «O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining «O‘zbekiston
Respublikasi Oliy Majlisining mutloq vakolatlari» haqidagi 78-moddasida
o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish, qabul qilish, belgilash, tasdiqlash, tartibga
solish, o‘zgartirish, joriy qilish, komissiyasini tuzish, saylov kunini tayinlash,
saylash, ozod etish, ratifikatsiya qilish, ta’sis etish, amalga oshirish singari fe’lli
birikmalar ishlatilgan. Ushbu hujjatda amalga oshirilmoq, asos bo‘lmoq, tashkil
etmoq, belgilanmoq, asoslanmoq, hisoblanmoq, himoya qilinmoq, amalga
oshirmoq, tan olinmoq, ish ko‘rmoq, ado etmoq, kafolatlanmoq, taqiqlanmoq.
tavsiya etilmoq singari fe’llarning faol ishlatilishi ham yuqoridagi fikrning
tasdig‘idir. Rasmiy matnlardagi to‘lov, oqlov, boshqaruv, hal qiluv, surishtiruv kabi
TADBIRKORLIK VA PEDAGOGIKA. ILMIY-USLUBIY JURNAL. ISSN: 2181-2659. [1/2024].
30
so‘zlar ham harakat nomidir. Mana shu tarzdagi imperativ shakllar rasmiy uslub
uchun xos xususiyat sanaladi.
Fe’lning yana quyidagi shakllari mazkur uslub uchun xarakterli:
-majhul nisbat shakli: musodara qilinmoq, saylanmoq, hal etilmoq, qo‘llanilmoq
singari: O‘sha harakatlar: b) boshqacha og‘ir oqibatlarning kelib chiqishiga sabab
bo‘lsa, mol-mulk musodara qilinib, yetti yildan o‘n yilgacha ozodlikdan mahrum
qilish bilan jazolanadi (Jinoyat kodeksi). O‘zbekiston Respublikasi
Konstitutsiyasining 107-moddasiga muvofiq Konstitutsiyaviy sud besh yil
muddatga saylanadi («O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyaviy sudi
to‘g‘risida» Qonun). Advokatura manfaatlariga daxldor masalalar davlat organlari
tomonidan respublika advokatlar jamoat birlashmasi ishtirokida belgilangan tartibda
hal etiladi («Advokatlik faoliyati... to‘grisida» Qonun).
-buyruq mayli: topshirilsin, tasdiqlansin, amalga oshirilsin, belgilansin,
Harbiy hujjatlarda, jumladan, «O‘zbekiston Respublikasi Qurollikuchlarining
umumharbiy Nizomlari»da (Toshkent: «Sharq», 2004) aks etgan komandalar ham
fe’lning shu maylida shakllangan: bayroqdor, ortimdan qadam bos; Vzvod,
bayroqqa qarab qaddingni rostla; qorovulga moslan; To‘griga yur; Vzvod, qurollarni
oyoq yoniga qo‘y kabi. Ammo shu mayldagi fe’l shakllari badiiy uslubda boshqacha
ma’no kasb etadi, ya’ni istak mazmuni kuchli bo‘ladi:
Balki o‘shalar «Tezroq o‘la
qolsin» deb duo qilishayotgandir... Men... Jalildan qarzman. Ha... qarzim bor undan.
Hovli-joy olib berishim kerak edi. Mahmudga tayinlab qo‘yishim kerak, mendan
keyin olib bersin
. (T.Malik)
Hozirgi-kelasi zamon shakli: ko‘rib chiqiladi, belgilanadi, taqiqlanadi,
amalga oshiriladi, tasdiqlanadi kabi: Hokimning O‘zbekiston Respublikasining
Konstitutsiyasi va qonunlariga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va
Hukumatining hujjatlariga zid, prokuror protest bildirgan qarorlari shu hokimning
o‘zi tomonidan yoki yuqori turuvchi hokim yoinki O‘zbekiston Respublikasi
Vazirlar Mahkamasi, zaruratiga qarab esa O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti
tomonidan qayta ko‘rib chiqiladi. Shuningdek, deputatlarning mas’uliyati va sessiya
ishini tashkil etishga doir boshqa masalalar xalq deputatlari Kengashining ish
tartibiga muvofiq belgilanadi. («Mahalliy davlat hokimiyati to‘g‘risida» Qonun).
Tarixiy-madaniy ekspertiza O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari
vazirligi tomonidan tashkil etiladi va amalga oshiriladi («Madaniy meros...
to‘g‘risida» Qonun), O‘zbekiston Respublikasida davlat tiliga yoki boshqa tillarga
mensimay yoki xusumat bilan qarash taqiqlanadi («Davlat tili haqida» Qonun).
Ammo fe’lning 1,2-shaxs ko‘rsatkichlari xos emas. Shuningdek, rasmiy uslubda
modal xarakterdagi so‘zlar chastotasi ham sezilarli darajada: majbur, shart, mas’ul,
javobgar, haqchi kabi: Davlat hokimlari va boshqaruv organlari foydalanuvchilarni
fuqarolarning huquqlari, erkinliklari va majburiyatlariga, ularning xavfsizligiga
doir masalalar yuzasidan axborot bilan ommaviy tarzda ta’minlashga majburdirlar.
Maxfiy axborot mulkdori, egasi axborot so‘rayotgan shaxslarni bu axborotni
olishning amaldagi cheklovlari to‘grisida xabardor etishi shart («Axborot erkinligi
prinsiplari va kafolatlari to‘g‘risida» Qonun). Harbiy buyurtmalarni bajaruvchi
vazirliklar, davlat qo‘mitalari va idoralar mudofaa ehtiyojlariga zarur bo‘lgan
mahsulotlar yetkazib berilishi, tarmoqning safarbarlik tayyorgarligi uchun
TADBIRKORLIK VA PEDAGOGIKA. ILMIY-USLUBIY JURNAL. ISSN: 2181-2659. [1/2024].
31
mas’uldirlar («Mudofaa to‘grisida» Qonun). Vazirlar Mahkamasi o‘z faoliyatida
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi oldida
javobgardir («O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi to‘grisida» Qonun).
So‘zning analitik shakllari ko‘p uchraydi: qonun bilan, sud hukmi bilan,
advokatlik faoliyati bilan, prokurorlarning sanksiyasi bilan, himoyasidagi shaxs
bilan, jinoyatchilar uchun, himoya qilish uchun, maslahat olish uchun, huquqini
ta’minlash uchun kabi.
So‘zlashuv va rasmiy uslubning sintaktik xususiyatlari
So‘zlashuv uslubining o‘zi ikki turga bo‘linadi:
1) adabiy so‘zlashuv uslubi;
2) oddiy so‘zlashuv uslubi;
Ma’lum adabiy til me’yorlariga bo‘ysungan, tartibga solingan so‘zlashuv
uslubiga adabiy so‘zlashuv uslubi deyiladi. Adabiy tilning og‘zaki shakli adabiy
so‘zlashuv orqali amal qiladi. Radioeshittirishlari, televideniye ko‘rsatuvlari
shunday uslubda olib boriladi. Adabiy til me’yorlariga doimo amal
qilavermaydigan erkin muloqot shakli oddiy so‘zlashuv uslubi sanaladi. Oddiy
so‘zlashuv uslubida nutqiy vositalarni tejashga intilish bilan birga, bunga teskari
bo‘lgan nutqiy ortiqchalikka ham yo‘l qo‘yiladi. Oddiy so‘zlashuv uslubida gap
bo‘laklarining tartibi ham ancha erkin bo‘ladi. Ba’zan shevaga xos so‘zlar, qo‘pol
dag‘al so‘zlar ham kuzatiladi, lekin bularni qo‘llash so‘zlovchining madaniy nutq
sohibi emasligini ko‘rsatadi. Shuning uchun siz oddiy so‘zlashuv nutqingizda
ham o‘zingizning yuksak madaniyatingizni nomoyish eting. Shunday so‘zlardan
gaplar tuzingki, uning egasi, kesimi va ikkinchi darajali bo‘laklari ham o‘z o‘rnida
ishlatilsin.
Rasmiy uslub doirasida shakllanadigan matnlarning sintaktik qurilishi ham
o‘ziga xos. Darak gaplar, ayniqsa, uning qo‘shma gap shakli ko‘p ishlatiladi. Yoyiq
va murakkab so‘z birikmalari mahsuldor hisoblanadi, murakkab tipdagi nomlar
keng qo‘llaniladi. Gap tuzilishida o‘zbek tilidagi odatdagi me’yorga amal qilinadi va
yuqorida sanalgan jihatlari bilan ilmiy uslubga o‘xshab ketadi. Rasmiy uslubda
shakllantirilgan barcha me’yoriy hujjatlar uchun izchillik xos xususiyat.[4]
Matndagi har bir gap, har bir xatboshi, har bir modda yoki paragraf mantiqiy
ketma-ketlikda joylashtiriladi, keyingi fikr oldingi fikrdan kelib chiqadi yoki unga
chambarchas bog‘langan bo‘ladi. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi matni
bunga yaqqol misol bo‘la oladi. Muqaddimadan keyingi oltita bo‘limda qonunning
mohiyati izchil va qat’iy tartibda joylashtirilgan: qonunda ko‘zda tutilgan asosiy
prinsiplar, fuqarolarning huquqlari, erkinliklari va burchlari, jamiyat va shaxs,
ma’muriy-hududiy va davlat tuzilishi, davlat hokimiyatining tashkil etilishi,
Konstitutsiyaga o‘zgartishlar kiritish tartibi tarzida. Boshqa qonunlar, ayniqsa,
hajmi birmuncha yirik bo‘lgan qonunlar avval umumiy qoidalar, qonunda ko‘zda
tutilgan asosiy holatlar va yakuniy qoidalar tartibida muayyan izchillikda
shakllantirilgan. Rasmiy hujjatlarda bayonning izchil bo‘lishi har bir matnning
o‘ziga xos tarzdagi shablonlarni, standart jumlalarni ham keltirib chiqaradi. Ish
yuritishda keng tarqalgan hujjat-ariza misolida fikrni tasdiqlash mumkin. Ariza bir
kishi tomonidan tashkilot, korxona yoki muassasa rahbari nomiga yozilishi, ariza
yo‘llangan tashkilot, korxona, muassasa va uning rahbari nomining aniq ko‘rsatilishi,
TADBIRKORLIK VA PEDAGOGIKA. ILMIY-USLUBIY JURNAL. ISSN: 2181-2659. [1/2024].
32
arizachining turar joyi yoki ish joyi, vazifasi, ismi va otasining ismi ko‘rsatilishi;
undan so‘ng Ariza degan yozuv, arizaning mazmuni, agar lozim bo‘lsa, arizaga
ilova qilinishi mumkin bo‘lgan hujjatlar ro‘yxati, arizachining imzosi, ismi-
familiyasi, ariza yozilgan vaqtining yozilishi shablonlikning yaqqol namunasidir.
Arizaning meni, vazifasiga (lavozimiga) qabul qilishingizni so‘rayman, hujjatlarni
(ma’lumotnomani) ilova qilaman singari jumlalar esa barcha arizalarda
uchraydigan standart elementlar sanaladi. Matnlarda izchillikka mos ravishda
qat’iylik ham hukmron bo‘ladi: Misoldagi inobatga olinsin, asos qilib olinsin,
tavsiya etilsin kabi jumlalar ana shu qat’iyatni ta’min etuvchi lisoniy vositalardir.
Shuningdek, ta’kidlash ottenkasini yuzaga keltiruvchi grammatik vositalar ham
shu uslubga xos matnlarda faol uchraydi: birinchidan, ikkinchidan, maqsadida:
I), 2), 3)...; maqsadida... belgilansin, amalga oshirilsin, ta’minlansin; belgilab
qo‘yilsinki, belgilansinki, tomonidan amal qilinsin, qonuniga muvofiq... kiritilsin,
yuklansin, almashtirilsin, hisoblansin kabi. Prezident Farmonlari, qarorlar kabi
hujjatlar preambulasida gap oxiri rag‘batlashtirish maqsadida, yaratish maqsadida,
mustahkamlash maqsadida, kuchaytirish maqsadida, qonuniga muvofiq, qaroriga
muvofiq, quyidagi o‘zgartishlar kiritilsin, belgilab qo‘yilsinki, belgilansinki kabi
jumlalardan so‘ng ikki nuqta qo‘yiladi va hujjatning moddalari yoki birinchidan,
ikkinchidan... tarzida, yoki raqamlar, nuqtali vergullardan so‘ng kichik harflar bilan
davom ettiriladi va gap buyruq mayli shaklidagi belgilansin, amalga oshirilsin,
ta’minlansin, amal qilinsin, kiritilsin. yuklansin, almashtirilsin, hisoblansin fe’llari
bilan yakunlanadi. Ayrim gap bo‘laklari takrori ham shu o‘ziga xosliklarning bir
ko‘rinishidir. Konstitutsiyaning muqaddimasida shu holat mavjud: O‘zbekiston
xalqi: inson huquqlariga va davlat suvereniteti g‘oyalariga sodiqligini tantanali
ravishda e’lon qilib, hozirgi va kelajak avlodlar oldidagi yuksak mas’uliyatini
anglagan holda, o‘zbek davlatchiligi rivojining tarixiy tajribasiga tayanib,
demokratiya va ijtimoiy adolatga sadoqatini namoyon qilib, xalqaro huquqning
umum e’tirof etilgan qoidalari ustunligini tan olgan holda, respublika
fuqarolarining munosib hayot kechirishlarini ta’minlashga intilib, insonparvar
demokratik huquqiy davlat barpo etishni ko‘zlab, fuqarolar tinchligi va milliy
totuvligini ta’minlash maqsadida, o‘zining muxtor vakillari siymosida O‘zbekiston
Respublikasining, mazkur Konstitutsiyasini qabul qiladi. Ushbu gaplardan rasmiy
uslubda ravishdosh va sifatdosh oborotlarning faolligini ham kuzatish mumkin.
Rasmiy uslub uchun shaxssiz gaplar xos: O‘zbekiston Respublikasida davlat
hokimiyati xalq manfaatlarini ko‘zlab va O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi
hamda uning asosida qabul qilingan qonunlar vakolat bergan idoralar
tomonidangina amalga oshiriladi (Konstitutsiya). Mazkur Farmonni bajarish bilan
bog‘liq sarf-xarajatlar respublika budjeti hisobidan amalga oshirilsin (Prezident
Farmoni). Ishlab chiqarishga joriy etilgan yangi texnologik jihozlar besh yil
muddatga mulk solig‘idan ozod etilsin (Prezident Farmoni) kabi. Prezident va
hukumat farmonlari va qarorlarini so‘zsiz hayotga tatbiq etilishiga da’vat ohangi
mana shu so‘z shakllari va jumlalar orqali ro‘yobga chiqariladi. Bu kabi davlat
ahamiyatiga ega bo‘lgan hujjatlar O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti yoki
Hukumat rahbari tomonidan imzolanadi va ko‘pincha bajaruvchisi, bajarish
muddati va nazorat qiluvchisi aniq ko‘rsatilgan bo‘ladi. Har bir hujjat o‘ziga xos
TADBIRKORLIK VA PEDAGOGIKA. ILMIY-USLUBIY JURNAL. ISSN: 2181-2659. [1/2024].
33
kompleksga - preambula, asosiy qism va xulosa singari tarkibiy qismlarning
qat’iy tartibiga ega bo‘lishi, birinchi qismda hujjat nima asosda tuzilayotgani
ko‘rsatilishi, ikkinchi qismida xulosalar, takliflar, iltimoslar, qarorlarning bayon
etilishi ham ularning sintaktik xususiyatlari sanaladi. Rasmiy uslubga xos bayonning
og‘zaki shakli bo‘lishi ham mumkin. Aytaylik, ushbu uslubda yozilgan matnlar
radio yoki televideniye orqali o‘qib beriladi. Matn so‘zma-so‘z o‘qilgani tufayli
bunda rasmiylik ottenkasi, asosan, saqlanib qoladi. O‘zbekiston Respublikasi
Prezidentining turli bayramlar munosabati bilan xalqqa qilgan murojaati, tabriklari
va ularning diktorlar tomonidan o‘qib berilishi bunga yaqqol misoldir. Ba’zan esa
rasmiy doiralarda, turli xarakterdagi yig‘ilishlarda ham uning ishtirokchilari
tomonidan chiqishlar amalga oshiriladi. Bu chiqishlar avvaldan tayyorlangan yoki
tayyorlanmagan bo‘lishi ham mumkin. Shunga qarab uning rasmiy ottenkasi ham
o‘zgaradi. Rasmiylik va norasmiylik aralash holda namoyon bo‘ladi. Binobarin,
so‘z va jumlalar ham ana shu vaziyatga mos ravishda tanlanadi. Bu vaziyatdan
kelib chiqadigan majburiylikdir. Lekin rasmiy uslub me’yorlarini bila turib, unga
xos til elementlarini boshqa uslublarda qo‘llash maqsadga muvofiq emas. Ammo
ma’lum stilistik maqsadlarni ko‘zda tutib, masalan, badiiy uslub va so‘zlashuv
uslublarda atayin qo‘llash boshqa gap. Rasmiy uslubga xos bo‘lgan leksik-grammatik
xususiyatlarni ko‘zdan kechirib shunday xulosaga kelish mumkinki, mazkur
uslubda kitobiylik ottenkasi kuchli. Rasmiy uslubga xos bo‘lmagan xususiyatlar
quyidagilar: subyektiv munosabat, stilistik jihatdan ma’no ottenkalari kuchsiz yoki
kuchli bo‘lgan so‘zlar. Ushbu uslub uchun jargonlar, oddiy so‘zlashuvga xos
so‘zlar, emotsional-ekspressiv bo‘yoqqa ega bo‘lgan so‘zlarning ishlatilishi me’yor
sanalmaydi va shu jihati bilan boshqa uslublardan keskin farq qiladi. Ko‘chirma
gaplar yoki o‘zlashtirma gaplar, kiritma gaplar, modal ma’nodagi gaplar
qo‘llanilmaydi. Rasmiy uslub doirasida qaraladigan har bir janr yoki hujjat
nafaqat mazmunan, balki shaklan ham sezilarli darajada bir-biridan farq qiladi.
Shuning uchun o‘rganishni osonlashtirish maqsadida L.G.Barlas ularni ikki katta
janrga: qonunchilikka oid (zakonodatelniy) va idoraviy (kanselyarskiy) janrlarga
bo‘lib, bu bilan rasmiy uslub janrlari tahlilini angchagina osonlashtirgan edi.
Darhaqiqat, qonunchilik va uning ijrosi bilan bog‘liq hujjatlar ham, idoraviy
hujjatlar ham lisoniy xususiyatlariga ko‘ra bir-biridan jiddiy farqlanib turadi. Idoraviy
shtamplarni L.G.Barlas quyidagi tiplarga ajratgan edi: rasmiy munosabatlarga
daxldor bo‘lgan shaxslar nomlari (arizachi, javobgar, davogar), hujjatlar nomlari
(farmon, farmoyish, qaror, buyruq), hujjatlarning tarkibiy qismlari (kun tartibi,
qatnashdi, eshitildi, qaror qildi), rasmiy uslubda ixtisoslashgan umumxalq tili
elementlari (shaxs-jismoniy shaxs, yuridik shaxs; tomonlar - axdlashuvchi tomonlar)
kabi. Bu standart va ixtisoslashgan jumlalar, boshqa uslublarda, masalan, so‘zlashuv
yoki badiiy uslubda ham qo‘llanishi mumkin.[5] Ammo ularning bu uslublarda
faollashishiga yo‘l qo‘yib bo‘lmaydi. Shunday qilib, o‘zbek tili funksional uslublari
orasida rasmiy uslub alohida mavqega ega va bu alohidalik unda lisoniy va
nolisoniyomillarning uyg‘unligida, leksik-grammatik elementlarning mazkur
uslubda xoslanishida namoyon bo‘ladi.
TADBIRKORLIK VA PEDAGOGIKA. ILMIY-USLUBIY JURNAL. ISSN: 2181-2659. [1/2024].
34
XULOSA
1. Rasmiy uslubga xos bo‘lgan leksik-grammatik xususiyatlarni ko‘zdan
kechirib shunday xulosaga kelish mumkinki, mazkur uslubda kitobiylik ottenkasi
kuchli.
2. Rasmiy uslubga xos bo‘lmagan xususiyatlar quyidagilar: subyektiv
munosabat, stilistik jihatdan ma’no ottenkalari kuchsiz yoki kuchli bo‘lgan so‘zlar.
Ushbu uslub uchun jargonlar, oddiy so‘zlashuvga xos so‘zlar, emotsional
ekspressiv bo‘yoqqa ega bo‘lgan so‘zlarning ishlatilishi mayor sanalmaydi va shu
jihati bilan boshqa uslublardan keskin farq qiladi. Ko‘chirma gaplar yoki
o‘zlashtirma gaplar, kiritma gaplar, modal ma’nodagi gaplar qo‘llanilmaydi.
Adabiyotlar ro‘yxati; Библиографические ссылки; References:
1.
Karimov I.A. Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch. –Toshkent: Ma’naviyat,
2008, 86-b.
2.
Абдусаидов А. Газета жанрларининг тили ва услуби. Самарқанд. 2001.
3. Mahmudov N., Rafiyev A, Yo'ldoshev I. Davlat tilida ish yuritish. Toshkent-2007.
4. М. Жўраев Ўзбек тилини давлат тили сифатида ўқитиш методикасининг
шаклланиши. Токент -2005.
5. S.A. Karimov, Sh.M.Maxmatmurodov, O.N.Karimova.
Nutq madaniyati va
davlat tilida ish yuritish. Toshkent-2003.
6.
http://www.infomicer.uz (Elektron darsliklar, o‘quv qo‘llanmalari)
7.
http://www.natlib.uz (Navoiy nomidagi Milliy kutubxona)
8.
http://www.diss.natlib.uz (Navoiy nomidagi Milliy kutubxona ilmiy ishlar fondi)
