Авторы

Биография автора

  • Илхом Маматкулов , Денауский институт предпринимательства и педагогики
    Доцент, доктор философии сельского хозяйства (PhD)

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.entrepreneurship-pedagogy.48155

Ключевые слова:

глобальное изменение климата засуха сорго срок посева схема нормы содержание сахара масла белка и крахмала

Аннотация

В статье приведены научные данные о влиянии основных агротехнологических факторов растениеводства на качественные показатели зерна нового местного, высокоурожайного зернового сорта сорго «Массино». Определено, что оптимальным сроком посева для выращивания семян и товарного зерна является вторая декада апреля, норма высева семян 5,0 кг/га, густота стояния всходов 90-100 тыс. растений на гектар. А также установлена ​​тенденция снижения урожайности и ее качества при посеве в поздние сроки.


background image

TADBIRKORLIK VA PEDAGOGIKA. ILMIY-USLUBIY JURNAL. ISSN: 2181-2659. [3/2024].

114

TABIIY FANLAR

DON JO‘XORI “MASSINO” NAVINING SIFAT KO‘RSATKICHLARI

MAMATKULOV ILXOM IBRAGIMOVICH

Denov tadbirkorlik va pedogogika instituti dotsenti

Qishloq xo‘jaligi falsafa fanlari doktori (PhD)

UDK: 631:633.174

https://orcid.org/0009-0007-7248-2917

Kalit soʻzlar:

global iqlim
o‘zgarishi,
qurg‘oqchilik,
jo‘xori, ekish
muddat, sxemasi,
me’yorlari, qand
miqdori, yog‘,
oqsil va kraxmal.

Annotatsiya:

Maqolada, yangi mahalliy, yuqori hosilli don

jo‘xorining “Massino” navining don sifat ko‘rsatkichlariga
o‘simlikshunoslikning asosiy agrotexnologik omillarini don
sifatiga ta’siri bo‘yicha ilmiy ma’lumotlar keltirilgan.
Urug‘lik va tovarbop don еtishtirish uchun maqbul ekish
muddati etib, aprel oyining ikkinchi o‘n kunligi, urug‘ me’yori
5.0 kg/ga, ko‘chat soni gektariga 90-100 ming tup ekanligi
aniqlangan. Shuningdek, bundan kechki muddatlarda
ekilganda hosildorlik va uning sifati kamayish tendensiyasi
aniqlangan.

ПОКАЗАТЕЛИ КАЧЕСТВА СОРТА СОРТА ЗЕРНОВОГО СОРГО

«МАССИНО»

Ключевые слова:

глобальное
изменение
климата, засуха,
сорго, срок посева,
схема, нормы,
содержание сахара,
масла, белка и
крахмала.

Аннотация:

В статье приведены научные данные о

влиянии основных агротехнологических факторов
растениеводства на качественные показатели зерна
нового местного, высокоурожайного зернового сорта
сорго «Массино». Определено, что оптимальным сроком
посева для выращивания семян и товарного зерна
является вторая декада апреля, норма высева семян 5,0
кг/га, густота стояния всходов 90-100 тыс. растений на
гектар. А также установлена тенденция снижения
урожайности и ее качества при посеве в поздние сроки.

QUALITY INDICATORS OF GRAIN CORN “MASSINO” VARIETY

Key words:

global climate
changing,
drought, sorghum,

Abstract:

In this article, it was given scientific data on the

influence of the main agrotechnological factors of plant
science on the grain quality indicators of the new local, high-
yield grain sorghum of the "Massino" variety. It has been


background image

TADBIRKORLIK VA PEDAGOGIKA. ILMIY-USLUBIY JURNAL. ISSN: 2181-2659. [3/2024].

115

planting date,
scheme, norms,
sugar content, oil,
protein and starch.

determined that the optimal sowing date for the cultivation of
seeds and commercial grain is the second decades of April, the
seed rate is 5.0 kg/ha, and the number of seedlings thickness is
90-100 thousand plants per hectare. As well as, decreasing of
the tendency of yield and its quality when planting in late dates
has been determined.

KIRISH

Dunyoda sug‘oriladigan yerlardan intensiv foydalanish orqali mahsulot hajmini

ko‘paytirish va aholini oziq-ovqat mahsulotlari, sanoatni xomashyo, chorvachilikni esa
ozuqaga bo‘lgan talabini qondirish maqsadida dala ekinlarining morfobiologik
xususiyatlari, tuproq va iqlim sharoitlari hamda suv ta’minoti holatini hisobga olgan
holda, ularni yetishtirish texnologiyasini muntazam takomillashtirishga alohida e’tibor
qaratilmoqda. Respublikamizning qishloq xo‘jaligi yer maydonlarining 50-55 foizi
turli darajada sho‘rlangan bo‘lib, bunday yerlardan unumli foydalanish uchun yuqori
don va yem-xashak hosildorligiga ega, sho‘rga chidamli ekinlarni yetishtirish hamda
aholini oziq-ovqatga bo‘lgan ehtiyojini qondirish bo‘yicha keng qamrovli chora-
tadbirlarni amalga oshirish talab etiladi.

Bunday sharoitlarga eng mos bo‘lgan jo‘xori (

Sorghum moench

) muhim oziq-

ovqat va ozuqa ekini hisoblanib, dunyo dehqonchiligida keng tarqalgan donli ekinlar
orasida 5-o‘rinni egallaydi. Jo‘xorini asosan jiddiy suv muammosi bo‘lgan
mintaqalarda yetishtirish dolzarb bo‘lib, dunyo bo‘yicha har yili 7 mln. gektar ekin
maydonlari qishloq xo‘jaligi foydalanishidan chiqib ketmoqda. Global iqlim o‘zgarishi
natijasida oziq-ovqat taqchilligi ortib borayotgan hududlarda jo‘xorini ekish asosiy
vazifalardan biriga aylanib bormoqda.

Hozirgi vaqtda jo‘xori ekinining asosiy maydoni AQShning “jo‘xori mintaqasi”

deb nomlangan Nebraska, Missuri, Kanzas, Oklaxoma va Texas shtatlariga to‘g‘ri
keladi [3, 264]. Ma’lumki, bu hududlarda yillik yog‘in miqdori 500 mm. dan past
bo‘lib, makkajo‘xori ekini uchun bu miqdor yetarli emas. Ammo jo‘xori ekini uchun
ushbu sharoit qulay hisoblanadi. Natijada, makkajo‘xori maydonlarini qisqartirish va
bir gektardan olinadigan hosildorlikni oshirish tendensiyasi kuzatilmoqda.

So‘nggi yillarda jo‘xori ekini maydonlari Yevropa davlatlarida ham kengayib

bormoqda. Jumladan, Italiya, Ruminiya, Vengriya, Albaniya va Bolgariya kabi
davlatlarda jo‘xori ekinining ulushi 25–30 % atrofida tashkil etmoqda. Bu hududlarda
jo‘xoridan o‘rtacha don hosildorligi 4-4,5 t/ga, yashil massa hosildorligi esa 40 t/ga
atrofida yetishtirilmoqda.

O‘rta Osiyoga jo‘xori bundan 2–3 ming yil avval Hindiston va Xitoy orqali

keltirilib, yetishtirilgan. Xorazm vohasi jo‘xorining ikkinchi vatanidek hisoblanib, bu
yerda jo‘xori 2,5 ming yildan avval yetishtirilganligi ma’lum. Hozirgi vaqtda
O‘zbekistonda jo‘xorining asosiy ekin maydonlari Qoraqalpog‘iston Respublikasi,


background image

TADBIRKORLIK VA PEDAGOGIKA. ILMIY-USLUBIY JURNAL. ISSN: 2181-2659. [3/2024].

116

Xorazm, Buxoro, Navoiy va Farg‘ona viloyatlarida joylashgan bo‘lib, jami 20 ming
gektardan ortiq maydonda yetishtirilmoqda. Shunisi e’tiborliki, 1930-yillarda bu
maydon 100 ming gektarga yetgan.

Biroq, hozirgi global iqlim o‘zgarishi, Orol dengizining qurishi, yuqori harorat,

qurg‘oqchilik, tuproq sho‘rlanishining ortishi va suv tanqisligi sharoitida don jo‘xori
maydonlarining sezilarli darajada kengayishi kutilmoqda [4, 56–62].

Jo‘xori donining tarkibi o‘rtacha 70–75% kraxmal, 12–13% protein, 3,5% yog‘,

mineral tuzlar, karotin va dubil moddalaridan iborat. Shuningdek, jo‘xori doni fosfor,
kaliy, magniy kabi minerallar hamda xilma-xil vitaminlar, uglevodlar, oqsil va
aminokislotalarga boy [1, 152].

Jo‘xorining yana bir muhim biologik xususiyati – uning boshqa ekinlarga nisbatan

tuproq eritmasining yuqori konsentratsiyali yarim quruq sharoitlarida unib chiqish
qobiliyatining kuchliligidir. Masalan, jo‘xori doni unib chiqishi uchun o‘z vazniga
nisbatan atigi 40% suv talab qilsa, bu ko‘rsatkich makkajo‘xori uchun 44%, arpa uchun
50%, bug‘doy uchun 55%, suli uchun 65%, javdar uchun 85% va no‘xat uchun 96% ni
tashkil qiladi.

Bundan tashqari, bir quruq modda birligini hosil qilish uchun jo‘xori 300 qism

suv sarf qiladi. Bu ko‘rsatkich sudan o‘tida 340, makkajo‘xorida 338, bug‘doyda 551,
arpada 534, no‘xatda 730, va kungaboqarda 895 qism suvni tashkil etadi. Shu sababli,
jo‘xorini “o‘simlik dunyosining tuyasi” deb atash bejiz emas.

Jo‘xorining yana bir o‘ziga xos xususiyati, bu vegetatsiya davri davomida noqulay

sharoitlarda o‘sishini to‘xtatishi va qulay sharoitlar paydo bo‘lguncha anabiotik holatda
qolish qobiliyatidir [5, 198].

Jo‘xorining yana katta imkoniyatlaridan biri, uni sho‘r va taqir tuproqlarda o‘sib

rivojlanishi hamda o‘rilgandan keyin qayta o‘sib chiqish xususiyatiga egaligidir. Bu
ekin tuproqdagi tuz konsentratsiyasining ortishiga chidamli bo‘lib, makkajo‘xoriga
nisbatan 2–3 barobar sho‘r bo‘lgan yerda bemalol o‘sa oladi. Jo‘xori melioratsiya ekini
sifatida ikkilamchi sho‘rlanishni oldini oladi. Sug‘oriladigan, tuprog‘i sho‘rlangan
hududlarda o‘sib, kerakli hosilni bera oladi.

Tadqiqotning maqsadi: yangi don jo‘xorining mahalliy “Massino” navidan tipik

bo‘z tuproqlar sharoitida mo‘l va yuqori sifatli urug‘lik hamda tovar don hosili
yetishtirishni ta’minlaydigan maqbul ekish muddati, me’yori va ko‘chat sonini
aniqlashdan iborat.

Tadqiqotning ob’ekti sifatida mahalliy don jo‘xorining standart O‘zbekiston-5

hamda yangi “Massino” navlari olingan.

Tadqiqotning predmeti bo‘lib, yuqori hosil olish uchun o‘rganilgan barcha

agrotexnik tadbirlar natijasida o‘simlikning o‘sishi va rivojlanishining donning
texnologik sifat ko‘rsatkichlariga ta’siri tadqiq qilingan.

Tadqiqotning uslublari: ilmiy-tadqiqot ishlarida laboratoriya va dala tajribalarida


background image

TADBIRKORLIK VA PEDAGOGIKA. ILMIY-USLUBIY JURNAL. ISSN: 2181-2659. [3/2024].

117

olib borilgan fenologik kuzatuvlar va biometrik o‘lchovlar “Dala tajribalarini o‘tkazish
uslublari” hamda Respublika Qishloq xo‘jaligi navlarini sinash Markaziy kimyo-
texnologik laboratoriyasida qabul qilingan uslublar asosida don sifat ko‘rsatkichlari
aniqlangan. Shuningdek, olingan natijalar B.A. Dospexovning ko‘p omilli uslubi
yordamida matematik-statistik tahlil qilingan [2, 351].

ASOSIY QISM

Tajriba sxemasida andoza nav O‘zbekiston-5 va “Massino” navini ekish uch

muddatda, ya’ni 10.04, 20.04 va 30.04 hamda ko‘chat soni uch xil ko‘rinishda, ya’ni
bir gektarga 90, 100, 110 ming dona ekish shakllari o‘rganilgan. Agrotexnik tadbirlar
Respublika Oziqa ekinlari ilmiy tajriba stansiyasi tavsiyalariga mos holda olib borilgan.
Tajriba 2020–2022-yillarda olib borilgan.

Respublika Qishloq xo‘jaligi navlarini sinash Markaziy kimyo-texnologiya

laboratoriyasi hamkorligida olib borilgan tahlillar natijasida, don jo‘xori “Massino”
navining eng yaxshi ko‘rsatkichlari ikkinchi ekish muddatida (20.04) kuzatildi.
Shuning uchun mazkur maqolada ma’lumotlar asosan shu muddat bo‘yicha
keltirilmoqda.

O‘zbekistonning, ayniqsa bahorgi keskin kontinental iqlim sharoitida 20-aprelda

urug‘larni tekis unib chiqishi, o‘simliklarning o‘sib rivojlanishi, hosil elementlarining
biometrik ko‘rsatkichlarini ta’minlash uchun urug‘lik donning biologik to‘liq pishib
yetilishi hamda yog‘in-sochinga qoldirmay o‘rib-yig‘ib olinishi talab etiladi.

Olingan hamda murakkab kimyo-texnologik tahlillar asosida isbotlangan don

jo‘xori “Massino” navini ikkinchi muddatda (20.04) 90 ming tup qalinlikda yetishtirish
urug‘lik don uchun tavsiya etildi.

Tadqiqot ma’lumotlariga ko‘ra, eng maqbul o‘sish, rivojlanish, hosildorlik

elementlarining jadal shakllanishi va eng yuqori don hosildorligi (76,0 s/ga) 20-aprel
kuni ekilgan va 100 ming tup ko‘chat parvarishlangan variantda aniqlandi. Shuningdek,
kimyo-texnologiya laboratoriyasi ma’lumotlari ushbu muddat va ko‘chat qalinligida
yetishtirilgan don sifat ko‘rsatkichlari tovar don yetishtirish talablariga to‘liq mos
kelishini isbotladi. Bundan tashqari, texnologik ko‘rsatkichlar bo‘yicha “Massino” navi
sifatliroq ekin sifatida baholandi. Shu sababli, yuqori hosil va sifatli tovar don
yetishtirish uchun “Massino” navini ikkinchi ekish muddati (20.04) va 100 ming tup
o‘simlik qalinligida ekish tavsiya etiladi.

Ma’lumki, O‘zbekiston sharoitida iqlim o‘ta keskin o‘zgaruvchan. Ayrim yillarda

bahor erta yoki kech, yog‘inli yoki quruq kelishi mumkin. Ob-havo iliq yoki issiq
bo‘lishining muayyan qonuniyatlari bor: bahor erta kelsa, kuz ham erta keladi. Bu esa
don jo‘xorining ekish muddatlariga ta’sir ko‘rsatadi.

Uch yillik ilmiy-tadqiqot natijalariga ko‘ra, “Massino” navi “O‘zbekiston-5”

naviga nisbatan Toshkent viloyati (Respublikaning markaziy mintaqasi) sharoitida
ekilganda vegetatsiya davri davomiyligi Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Sirdaryo


background image

TADBIRKORLIK VA PEDAGOGIKA. ILMIY-USLUBIY JURNAL. ISSN: 2181-2659. [3/2024].

118

viloyatiga qaraganda 12–20 kunga uzayishi aniqlandi. Bu hududlarda yuqori don hosili
olinishi bilan tasdiqlandi. Ammo, “Massino” navini kech ekish (30.04) kafolatlangan
don hosilini olishga to‘sqinlik qilishi mumkinligi qayd etildi.

Tahlillar natijalariga ko‘ra, hatto maqbul muddatda (20.04) ekilgan, lekin ko‘chat

soni 100 ming bo‘lgan holatda ham ayrim ko‘rsatkichlar pasayganligi kuzatildi. Bunda
don hosildorligi eng past (70,1 s/ga) natijani ko‘rsatdi. Bu esa aynan 30-aprel kuni
ekilgan variantda yanada pastroq ko‘rsatkichlarni qayd etdi. Shu sababli, kafolatlangan
hosil olish uchun “Massino” navini 20-aprelgacha 100 ming tup qalinlikda ekish
tavsiya etiladi. 110 ming tup qalinlikda ekilgan yoki ekish muddati kechiktirilgan
(30.04) hollarda esa 90–100 mingdan ortiq ko‘chat yetishtirmaslik kerak. Ob-havo
qulay kelgan yillarda esa parrandachilik, baliqchilik va chorvachilikda foydalanish
uchun don yetishtirishda urug‘lik va tovar don hosilining yuqori bo‘lishi kuzatiladi.

Jadval ma’lumotlari shuni ko‘rsatadiki, “Massino” navi urug‘larining sifat

ko‘rsatkichlari ekish muddati va o‘simlik soniga bevosita bog‘liq. Tajriba o‘tkazilgan
yillar bo‘yicha eng yuqori sifat ko‘rsatkichlari, ya’ni dondagi quruq modda 47,4%,
qand miqdori 4,0%, kletchatka 6,2%, moy 3,9%, kraxmal 70,4% va oqsil 8,3% 10-aprel
kuni 90 ming o‘simlik ekilganda aniqlandi.

“Massino” navi urug‘larining sifat ko‘rsatkichlari ekish muddati va o‘simlik

soniga bog‘liq bo‘lib, dondagi moy, qand va kletchatka miqdorining oshishi kraxmal
miqdorini 0,9% kamaytiradi, ammo umumiy sifatni oshiradi. Shuningdek, oqsil
miqdori 100 va 110 ming tup ko‘chatga nisbatan 0,4% yuqori ekanligi qayd etildi.
Vitamin miqdori ham mos ravishda 0,6–0,4% ortiq ekanligi aniqlandi. Biroq, 100 ming
ko‘chatga nisbatan 3,7 s/ga, 110 ming ko‘chatga nisbatan esa 2,2 s/ga don hosildorligi
kam bo‘ldi.

Shunga qaramay, 1000 dona don og‘irligi 100 va 110 ming ko‘chat qalinligiga

nisbatan 1,7–3,2 gramm yuqori ekanligi qayd etildi.

1-jadval

Don jo‘xori “Massino” va “O‘zbekiston-5” navlarining kimyo-texnologik

ko‘rsatkichlari

Т/р

O‘simlik

soni

ming

tup/ga

Quruq

modda,

%

Qand

miqdori,

%

Klechatka,

%

Moy,

%

Kraxmal,

%

Oqsil

modda,

%

Vitamin

S, mg

I-muddat “Massino navi” (10.04)

1

90000

47,4

4,0

6,2

3,9

70,4

8,3

1,3

2

100000

46,4

3,8

6,0

3,7

71,0

7,9

1,1

3

110000

46,3

3,8

6,0

3,6

71,8

7,7

11

II-muddat “Massino” navi (20.04)

1

90000

47,1

3,9

6,1

3,7

70,6

8,1

1,0


background image

TADBIRKORLIK VA PEDAGOGIKA. ILMIY-USLUBIY JURNAL. ISSN: 2181-2659. [3/2024].

119

2

100000

46,8

3,8

5,9

3,7

71,3

7,7

1,1

3

110000

46,7

3,7

5,9

3,6

72,3

7,6

1,0

II-muddat andoza “O‘zbekiston-5” navi (20.04)

1

90000

46,9

3,9

6,0

3,7

70,9

8,0

1,0

2

100000

45,8

3,7

5,8

3,6

71,6

7,7

1,1

3

110000

45,2

3,5

5,7

3,5

72,4

7,1

1,2


Demak, yuqorida qayd etilgan barcha jadvaldagi ko‘rsatkichlar urug‘lik

yetishtirish qonuniyatiga mos ekanligini ta’kidlamoqda. Ma’lumki, deyarli barcha
qishloq xo‘jaligi ekinlaridan yuqori sifatli urug‘lik avlodlarini yetishtirishda ko‘chat
soni optimal, oziqlanish maydoni maqbul bo‘lishi lozim. Noqulay sharoitlarda donning
to‘liq pishib yetilmasligi holatida esa don mum pishish holatida yuqori kaloriyali yashil
ozuqa tayyorlash yoki silos bostirish tavsiya etiladi.

XULOSA

Xulosa qiladigan bo‘lsak, “Massino” navi yuqori hosildorligi hamda don sifat

ko‘rsatkichlari bo‘yicha andoza “O‘zbekiston-5” naviga nisbatan ustunligi aniqlandi.
Respublikaning qurg‘oqchil dehqonchilik sharoitida “Massino” navini aprel oyining
o‘rtalaridan boshlab ekish tavsiya etiladi.

Adabiyotlar ro‘yxati

1.

Болдырь В.П. Основы агротехники сорго в условиях недостаточного
увлажнения. — Ростов-на-Дону: Феникс, 1991. — 152 с.

2.

Доспехов Б.А. Методика полевого опыта. — Москва: Агропромиздат,
1985. — 351 с

3.

Костина Г.И. Сорго: Биология, агротехника, использование. — Москва:
КолосС, 2005. — 264 с.

4.

Телляев Р.Ш., Маматку́лов И.И. Агробиологические особенности
местных сортов зернового сорго. — Журнал «Агроинновации», 2023,
№3. — C. 56–62.

5.

Шепель Н.А. Резервные культуры в засушливых зонах: Сорго и
суданская трава. — Ленинград: Агропромиздат, 1985. — 198 с.

Библиографические ссылки

Болдырь В.П. Основы агротехники сорго в условиях недостаточного увлажнения. — Ростов-на-Дону: Феникс, 1991. — 152 с.

Доспехов Б.А. Методика полевого опыта. — Москва: Агропромиздат, 1985. — 351 с

Костина Г.И. Сорго: Биология, агротехника, использование. — Москва: КолосС, 2005. — 264 с.

Телляев Р.Ш., Маматку́лов И.И. Агробиологические особенности местных сортов зернового сорго. — Журнал «Агроинновации», 2023, №3. — C. 56–62.

Шепель Н.А. Резервные культуры в засушливых зонах: Сорго и суданская трава. — Ленинград: Агропромиздат, 1985. — 198 с.