TADBIRKORLIK VA PEDAGOGIKA. ILMIY-USLUBIY JURNAL. ISSN: 2181-2659. [3/2024].
136
PEDAGOGIKA FANLARI
UMUMTA’LIM MAKTABLARIDA MATEMATIKA FANINI
INTEGRATSIYA ASOSIDA O‘QITISH METODOLOGIYASINING
KONSEPTUAL ASOSLARI
AVLIYOQULOV ABDUG‘AFUR ABDUG‘ANIYEVISH
Termiz Davlat Universiteti, Termiz, O‘zbekiston
katta o‘qituvchi
Email:
UDK: 159.9 (575.1)
Kalit so‘zlar:
innovatsiya,
ta’lim, uzviylik,
integrativ
yondashuv.
Annotatsiya:
Ushbu maqolada umumiy o‘rta ta’lim
maktablarida matematika fanini integratsiya asosida o‘qitish
metodologiyasining konseptual asoslari tahlil qilindi.
Integratsiyalashgan darsda o‘quvchilarning bilim darajasi va
matematik fanlar integratsiyasi, integratsiyalashgan darsning
muammosi, metodologiya, uzviylik kabi tushunchalari
ta’riflandi. Respublikamiz pedagog olimlarining integratsiya
tushunchasiga ta’riflari keltirildi. Pedagogikada uzviylik
tushunchasining ikki turga qo‘llanish usullari ko‘rib chiqildi.
Matematika o‘quv predmetida uzviylik nisbatan turlarga
bo‘linishi ko‘rib chiqildi. Integratsion dars odatdagi
darslardan har tomonlama mantiqiy uzviyligi, o‘quv
ma’lumotlarning keng ko‘lamli axborotga egaligi ko‘rib
chiqildi. Darslarni integratsion shaklda tashkil etish darsning
maroqli va sermazmun o‘tishini ko‘rib chiqildi.
КОНЦЕПТУАЛЬНЫЕ ОСНОВЫ МЕТОДИКИ ПРЕПОДАВАНИЯ
ИНТЕГРАЦИИ МАТЕМАТИКИ В ОБЩЕОБРАЗОВАТЕЛЬНЫХ
ШКОЛАХ
Ключевые слова
:
инновация,
обучение,
единство,
интегративный
подход.
Аннотация:
В данной статье проанализированы
концептуальные
основы
методики
преподования
математики в общеобразовательных школах на основе
интеграции. На интегрированном уроке описывался
уровень знаний учащихся и интеграция математических
наук, проблемы интегрированного урока, методика,
связность. Даны определения понятия интеграции
ученых-педагогов нашей Республики. В педагогике
TADBIRKORLIK VA PEDAGOGIKA. ILMIY-USLUBIY JURNAL. ISSN: 2181-2659. [3/2024].
137
рассматривались два типа применения понятия единсва.
В предмете математика рассматривалось деление
единицы на виды. Считалось, что интегрированный урок
во всех аспектах логически связан с обычными уроками,
а учебная информация имеет широкий спектр
информации. Считалось, что организация уроков в
интегрированной форме сделает урок интересным и
содержательным.
CONCEPTUAL FRAMEWORKS FOR TEACHING METHODS OF
MATHEMATICS INTEGRATION IN GENERAL EDUCATION SCHOOLS
Key words:
innovation,
learning, unity,
integrative approach
Abstrast:
This article analyzes the conceptual foundations of
the methods of teaching mathematics in secondary schools
based on integration. The integrated lesson described the level
of knowledge of students and the integration of mathematical
sciences, the problems of an integrated lesson, methodology,
and coherence. Definitions of the concept of integration of
scientists and teachers of our Repubkic are given. In pedagogy,
two types of application of the concert of unity were
considered. In the subject of mathematics, the division of units
into types was considered. It was believed that the integrated
lesson was logically connected in all aspects with regular
lessons, and the educational information had a wide range of
information. It was believed that organizing lessons in an
integrated form would make the lesson interesting and
meaningful.
KIRISH
“Yangi O‘zbekiston maktab ostonasidan boshlanadi”
Sh.M.Mirziyoyev
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning “Buyuk
bobolarimizning munosib davomchilari bo‘ladigan еtuk avlodni tarbiyalash muhim
masala hisoblanadi” [1, 4-5] degan so‘zlari O‘zbekiston taraqqiyotining keyingi
bosqichida barcha sohalarda, jumladan, o‘ta muhim strategik jabha – yoshlar
tarbiyasida ham amal qilinishi zarur bo‘lgan bosh maqsadimizni belgilab berdi. Hozirgi
davrda taraqqiy etgan davlatlarning iqtisodiy, siyosiy, ijtimoiy va madaniy ravnaqi fan
taraqqiyoti bilan chambarchas bog‘liqdir.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 28-yanvar PF-60 sonli “2022-
TADBIRKORLIK VA PEDAGOGIKA. ILMIY-USLUBIY JURNAL. ISSN: 2181-2659. [3/2024].
138
2026 yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi
to‘g‘risida”gi Farmonining “Harakatlar strategiyasidan-taraqqiyot strategiyasi sari”
tamoyiliga asosan ishlab chiqilgan 7 ta ustuvor yo‘nalishdan iborat “Yangi O‘zbekiston
taraqqiyot strategiyasi” davlat dasturining IV-yo‘nalishi 41-maqsadda “Maktablarni
rivojlantirish milliy dasturini joriy etish orqali xalq ta’limi tizimida qo‘shimcha 1,2
million o‘quvchi o‘rni yaratish” [2, 8]. Uzluksiz ta’lim tizimini istiqbolini belgilab
beruvchi me’yoriy hujjat O‘zbekiston Respublikasi “Ta’lim to‘g‘risida” gi talablariga
muvofiq ta’lim tizimini takomillashtirish, uni mazmunini boyitish, ta’lim oluvchilarni
chuqur bilim olishga erishish maqsad qilib qo‘yilgan. Buninig uchun umumiy o‘rta
ta’lim maktablarida matematikani o‘qitishda uning amaliy yo‘nalishida e’tiborni
kuchaytirish kerak. Uzluksiz ta’lim-tarbiya tizimini takomillashtirish, shu asosda ta’lim
sifatini jahon andozalari darajasiga еtkazish ta’lim sistemasining eng dolzarb vazifasiga
aylandi. Umumiy o‘rta ta’lim maktablarida matematikani o‘qitishda uning amaliy
yo‘nalishini aniqlash va uni kuchaytirish vazifalarini yoritishdan iborat. Matematikani
o‘qitishdan ko‘zlangan maqsad uning jamiyat taraqqiyoti va shaxsni shakllantirishdagi
o‘rni bilan aniqlanadi. Matematika o‘quvchilarda iroda, diqqatni to‘plab olishni,
qobiliyat va faollikni, tasavvurni, shaxsning axloqiy sifatlarini (qat’iyatli, aniq
maqsadga intilish, ijodkor, mustaqil, ma’suliyatli, mehnatsevar, intizomli va tanqidiy
fikrlash) hamda o‘zining qarash va e’tiqodlarini dalillar asosida himoya qila olish
ko‘nikmalarini rivojlantiradi.
ASOSIY QISM
Matematika fani-maktab matematika kursining asosini tashkil qiladi. Maktab
matematika kursining maqsadi-o‘quvchilarga psixologik xususiyatlarini hisobga olgan
holda matematik bilimlar sistemasi ma’lum usulda (metodika) orqali o‘quvchilarga
еtkaziladi. Integrativ jarayonlarning institutsional jihati shaxsning (xususan fizika
o‘qituvchisini) yaxlit rivojlanishida va yangi pedagogik texnologiyalarni (xususan
pedagogik ta’limni) yaratishdagi yangi imkoniyatlarga ega bo‘lgan ta’lim
komplekslarini (masalan maktab-oliygoh) yaratish, pedagogik ta’lim turli tizim
ostilarining yaqinlashishida namoyon bo‘ladi. Ushbu jihatda “vertikal” va “gorizontal”
integratsiya ko‘zga tashlanadi. Birinchisi („vertikal” integratsiya) ta’lim bo‘g‘inlari,
pog‘onalarining izchilligini, vazifalar, vositalar va ularning faoliyat ko‘rsatish
natijalarining bosqichlar va darajalar bo‘yicha muvofiqligini, ta’limning muddati va
davomiyligi bo‘yicha uyg‘unligini nazarda tutadi. Ikkinchisi („gorizontal” integratsiya)
bilimlarning fundamentalligi va tizimiyligining kuchayishi bilan bog‘liq bo‘lgan
mazmundagi o‘zgarishlarni, oxir oqibatda barcha o‘zlashtirilgan bilimlarning biz ta’lim
deb aytadigan jarayonga integratsiya bo‘lishiga olib keladigan predmetlararo
aloqalarning amalga oshishini talab qiladi.
Matematika tabiiy-ilmiy fan hisoblanib, boshqa fanlar bilan uzviy bog‘lanadi.
Fanlararo bog‘lanishlarni to‘g‘ri amalga oshirish uchun o‘qituvchi har bir fan
TADBIRKORLIK VA PEDAGOGIKA. ILMIY-USLUBIY JURNAL. ISSN: 2181-2659. [3/2024].
139
xususiyatlarini hisobga olishi juda muhimdir.
Integratsiyalashgan darslar yosh avlodga
tabiat va jamiyat haqidagi yaxlit tasavvurlarni shakllantirishga yordam beradi.
Ta’lim
tizimini modernizatsiyalashda integratsiya masalalari ham muhim ahamiyat kasb etadi.
Ta’limning barcha bo‘g‘inlarida tobora faol qo‘llanilayotgan pedagogik
integratsiyaning turli yo‘nalishi, tur va shakllari o‘quvchilarning ma’naviy kuchi,
qobiliyatlarini ochish uchun maqbul sharoit yaratib, ta’lim tizimiga innovatsion
yo‘nalishlar olib kiradi.
“Integratsiya”-so‘zi lotincha “integratio”-tiklash, to‘ldirish, “integer”-butun
so‘zidan kelib chiqqan.
“Integratsiya - atamasi bir butunlik degan ma’noni anglatadi,
matematik fanlar integratsiyasi deganda fanlar mazmunining o‘zaro singishi va
aloqalari nazarda tutiladi. Integratsiya muammosi fanning rivojlanishi bilan bog‘liq”
[3; 92]. Bu esa matematikani o‘qitishda integrativ yondashuvlar asosida tashkil etish
va boshqa fanlar doirasida ham qisman o‘zlashtirilgan bo‘lib ularni o‘zlashtirish
o‘quvchilar uchun qiyinchilik tug‘dirmaydi va ularni bilim darajasini to‘ldirishga
yordam beradi.
Respublikamiz pedagog olimi E.O.Turdiqulov integratsiyaga quyidagicha ta’rif
bergan: “Integratsiya-tarqoq, bo‘lak-bo‘lak ayrim-ayrim holdagi narsalarni bir butun,
yaxlit, tizimlashgan holatga keltirish, tabiat haqidagi bir butun bilimlar majmuasi, turli
fanlarga oid bilimlarni yagona maqsadni hal etishga yunaltirishdir. U olamning
yaxlitligi (bir butunligi) ni ifodalaydi”. Matematik fanlar integratsiyasi, xususan
ularning tarkibi bir-biriga o‘tishi va o‘zaro aloqasini anglatadi. Umumta’lim
maktablarida matematika fanini integrativ yondashuvlar asosida o‘qitish orqali
o‘quvchilarning matematik dunyoqarashini kengaytirish, ularning o‘z salohiyatini
namoyon eta olishiga erishamiz. Umumta’lim maktablarida matematika darslarini
integratsiyalashgan usulda tashkil etayotgan o‘qituvchi umumiy o‘rta ta’lim
o‘quvchilarining yoshi, aqliy rivojlanish darajasi va albatta qiziqishlari doirasiga mos
tarzda vosita va usullar tanlaydi.
Integratsion dars odatdagi darslardan:
–
aniqligi, ixchamligi, o‘quv materialining zich ko‘lami;
–
darsning har bir bosqichida integratsiyalanayotgan o‘quv fanlarning har
tomonlama mantiqiy uzviyligi;
–
berilayotgan o‘quv ma’lumotlarning keng ko‘lamli axborotga egaligi bilan
ajralib turadi.
Integratsiyalashgan darsda maqsadni bir necha fanlarning aloqadorligini inobatga
olgan holda belgilash lozim bo‘ladi. Mashg‘ulotni olib boruvchi bir necha o‘quv fanlari
o‘qituvchilarining darsdagi faoliyati, xatti-harakati muvofiqlashtirilishi shart.
Integratsiyalashayotgan fanlarning bittasi asosiy deb olinishi lozim. Umumiy o‘rta
ta’lim matematika darslarini integratsion-interfaol shakda tashkil etish maqsadga
muvofiq bo‘lib, shu turdagi o‘yinlar ko‘magida o‘qituvchi hamda o‘quvchining
TADBIRKORLIK VA PEDAGOGIKA. ILMIY-USLUBIY JURNAL. ISSN: 2181-2659. [3/2024].
140
kreativligi oshadi. Shuningdek, dars jarayonida muayan matematika dars topshirig‘ini
bajarish jarayoniga oid elektron taqdimotlar, darsning integratsion qiyofasini
ta’minlovchi: algebra, geometriya, fizika, kimyo, informatika va axborot
texnologiyalari singari fanlararo bog‘liqlikda ishora qiluvchi turli videoroliklarni
namoyish etish o‘rinlidir. Shunday qilib, integratsion ta’limning samarasi ta’lim
shaklining to‘g‘ri, pedagogik asoslangan tarzda tanlash bilan keskin ravishda bog‘liq
bo‘lib, bunda har uch turdagi: ta’limiy, tarbiyaviy va rivojlantiruvchi maqsadlarning
chuqur tahlili talab qilinadi. Fanlararo integratsiyani, shuningdek, sog‘lom muhit,
o‘zaro hurmat va ijodiy hamkorlik hukm surgan pedagogik jamoadagina amalga
oshirish mumkin bo‘ladi. Integratsion darsning yutuqli jihatlari quyidagilardan iborat:
Bu turdagi mashg‘ulotlarda o‘quvchi olamni bir butun yaxlit holda tasavvur
etishni boshlaydi.
O‘quvchi potensiali rivojlanadi, tevarak atrofni katta qiziqish bilan o‘rganishga
kirishadi, hodisalar uning ongida mantiqiy, fikriy, sababli yеchimni qidirib topishga
unday boshlaydi.
Fanlararo, bog‘liqlik, fanlararo falsafiy masalalarni shaxsan his etmay turib,
o‘quvchiga integratsion mashg‘ulotni taqdim etmaslik to‘g‘ri bo‘ladi, zero,
anglanmagan integratsiya o‘quvchi ongidagi bilish jarayonini mavhum holatga, u
orqali chalkash xulosalarga taqab qo‘yadi. Buning uchun matematika fanlarini
o‘zlashtirishda fanlararo bog‘liqliklarni chuqur tahlil qilib, ularning uzviyligi hamda
uzluksizligini ta’minlash maqsadga muvofiqdir.
Uzviylik tushunchasi falsafiy, psixologik va pedagogik jihatlarga ega.
Pedagogikada uzviylik ikki xil turda qo‘llaniladi.
Birinchidan, ta’lim turlari (bo‘g‘inlari) orasidagi uzviylik.
Ikkinchidan, o‘quv fanlari orasidagi uzviylik.
Bu odatda fanlararo bog‘lanish orqali amalga oshiriladi. Bunda ta’lim oluvchilar
yosh xususiyatga mos keladigan ta’lim mazmunini tanlash, tanlangan ta’lim
mazmunini uzviylik tamoyiliga asosan joylashtirish va uni pedagogik jihatdan asoslash
muhim ahamiyatga ega. Umumta’lim maktablarida matematika ta’limi mazmunini
uzviylik asosida joylashtirish nafaqat muayan fannning o‘quv dasturi va rejasining
tuzilishiga, balki unga turdosh bo‘lgan fanlar o‘quv dasturiga moslashtirilishi orqali
ta’lim samaradorligini oshirishga ham ta’sir etadi.
Shuni alohida ta’kidlash kerakki, matematika mavzularini o‘quvchilar ongiga
singdirishda o‘qituvchi ta’lim mazmuni komponentlarini alohida-alohida qismlar
sifatida emas, balki bir-birini to‘ldiruvchi yaxlit bir tizim sifatida anglash tavsiya
etiladi. Matematika o‘quv predmetida uzviylik nisbatan quyidagi turlarda amalga
oshiriladi.
–
ta’lim turlari (masalan, fizika, tabiiy geografiya boshlang‘ich kursi, kimyo,
astronomiya va boshqa aniq fanlar) orasidagi uzviylik.
TADBIRKORLIK VA PEDAGOGIKA. ILMIY-USLUBIY JURNAL. ISSN: 2181-2659. [3/2024].
141
–
matematika fanini o‘qitishdagi mavzulararo va bo‘limlar orasidagi uzviylik.
–
fanlararo bog‘lanish orqali amalga oshiriladi.
Xususan, matematika fanini o‘qitishdagi uzviylikni ta’minlashning ilmiy-
pedagogik va psixologik asoslarini yangi tarixiy ijtimoiy sharoitdan kelib chiqqan
holda yaratish masalasi o‘z yеchimini kutib turgan dolzarb muammolardan biridir. Ana
shunday kurslar asosida maktab o‘quvchilariga integratsiyalashgan ta’limning
uzviyligi ta’minlansa, o‘quvchilarda milliy ma’naviyat shakllanadi. Natijada ta’lim
samaradorligi oshadi, o‘quvchilarning matematika, algebra va geometriya fanlariga
bo‘lgan munosabati yanada ijobiy tomonga o‘zgaradi. Bundan kelib chiqqan holda,
darslarni tushunarlilik, qiziqarlilik, muntazam va izchillik tamoyillariga asoslanib
o‘tilgan har qanday dars ta’limning negizini tashkil etar ekan, nazariyani amaliyot bilan
bog‘lashda, o‘quvchini mustaqil fikrlash, izlanish, ijodga yo‘naltirish, tashabbuskorlik,
ijodiy faolligini oshirishning bosh mezonidir. Hozirgi davr ta’lim jarayoni darslarda
innovatsion texnologiya va integrativ yondashuvlar metodologiyasini keng qo‘llash
mas’uliyatini talab qilmoqda. Matematika darslarini integrativ yondashuvlar asosida
o‘tish o‘qituvchiga yuksak pedagogik mahorat hamda ta’lim jarayoniga nisbatan
yangicha yondashuvni talab etadi. Shuning uchun umumta’lim maktablarida
matematika darslarini malakali kasb egalarining ish tajribalaridan keng foydalanib dars
o‘tish bu o‘quvchilarning matematika darsiga bo‘lgan qiziqishini ortirish bilan birga
ta’limning sifat va samaradorligini oshiradi.
Integratsion dars odatdagi darslardan:
–
aniqligi, ixchamligi, o‘quv materialining zich ko‘lami;
–
darsning har bir bosqichida integratsiyalanayotgan o‘quv fanlarning har
tomonlama mantiqiy sharhlanganligi;
–
berilayotgan o‘quv materidagi keng ko‘lamli axborotga egaligi bilan ajralib
turadi.
Integratsiyalashgan darsda maqsadni bir necha fanlarning aloqadorligini inobatga
olgan holda belgilash lozim bo‘ladi. Matematika darslarini integrativ-innovatsion
yondashuvlar asosida o‘tish o‘qituvchiga yuksak pedagogik mahorat hamda ta’lim
jarayoniga nisbatan yangicha yondashuvni talab etadi. O‘qituvchi alternativ,
o‘quvchini faollikka chorlovchi savollar orqali o‘quv xonasida ijodkorlik,
izlanuvchanlik, qiyoslash, o‘xshashlik va farqini topish singari xususiyatlarni
rivojlantiruvchi muhitni yaratadi. O‘quvchilarga matematik savollar berish bilan
birgalikda o‘quvchilarda fikrlashga majbur qiluvchi savollar tuzish qobiliyatini ham
shakllantirib boradi. Bundan tashqari, matematika fanining uslubiy jihatdan uzviy
ketma-ketlik asosida va darsni integratsiyalashgan holda mavzuning mohiyatini ochib
berish kerak. Integratsiyalashgan darslar yosh avlodda tabiat va jamiyat haqidagi yaxlit
tasavvurlarni shakllantirishga yordam beradi. Matematikani o‘qitishda integrativ
metodlar asosida yondoshgan holda tashkil etish va texnologik jarayonlar metodidan
TADBIRKORLIK VA PEDAGOGIKA. ILMIY-USLUBIY JURNAL. ISSN: 2181-2659. [3/2024].
142
foydalanish masalalarining keng talqin qilinishi bugungi kunda salmoqli ahamiyatga
ega bo‘lib borishi bilan belgilanadi va u quyidagilarda o‘z aksini topadi:
1. Umumta’lim maktablari o‘quvchilariga matematika fanini o‘qitishda
integrativ yondashuv asosida talqin qilinishiga ijtimoiy zaruriyat tug‘ilishi;
2. Matematikani o‘qitishda integrativ yondashuvlar metodologiyasini o‘quv
jarayoniga tadbiq etish usullari;
Matematika darslarida innovatsion-integratsiyalashgan fanlararo bog‘lanishlarni
ishlab chiqish uchun o‘quvchining psixologik-pedagogik xususiyatlarini hisobga olib,
shunga mos ravishda dars o‘tish metodini yo‘lga qo‘yish va hozirgi zamon talabini,
o‘quvchilarning ham ruhan, ham jismonan, ham aqlan imkoniyatlarini hisobga
olishimiz kerak bo‘ladi. Shu o‘rinda bir savol tug‘iladi. Biz matematika darslarini o‘tish
jarayonida ayniqsa integratsion yondashuv metodologiyasidan foydalanish natijasida
qanday yutuqlarga erishamiz va qanday kamchiliklarga yo‘l qo‘yamiz? Matematika
darslarida mavzuni o‘quvchilarga integratsiyalashgan holda tushuntiradigan bo‘lsak
o‘quvchi ongiga mavzuning mohiyatini singdiribgina qolmay balki ularni boshqa
fanlarga ham bo‘lgan qiziqishini orttirgan bo‘lamiz.
O‘quvchilar matematika fanini
paydo bo‘lishi va rivojlanish bosqichlarini, matematika so‘zining ma’nosini
(etimologiyasi), matematikaning bir butun mukammal fan bo‘lib, shakllanishi qanday
kechganligini bilib olishga qiziqadilar.
Matematika keng tarmoqli fan bo‘lib, ilmiy
tadqiqotlarda muhim g‘oyaviy qurol vazifasini bajaradi. Matematikani o‘qitishda
integratsiya asosida o‘qitishdan maqsad esa olgan nazariy bilimlarini mustahkamlash,
belgilangan mavzular asosida qo‘shimcha bilim olishdan iborat. Bunda ushbu ishlarni
bajaradilar:
–
amaliy mashg‘ulotlar (misol va masalalar yеchish)ga tayyorgarlik;
–
nazariy (ta’rif, aksiomalar, teorema, isbot) tayyorgarlik ko‘rish;
–
uy vazifalarini bajarish;
–
o‘tilgan materiallar mavzularini qaytarish;
–
mustaqil ish uchun mo‘ljallangan mavzularini o‘zlashtirish.
Umumta’lim maktablari asosan matematika fanini chuqur o‘rganishga
yo‘naltirilgan bo‘lib, ushbu fanni o‘qitishda integratsiya yondashuvlar asosida tashkil
etish o‘quvchilarni ilmiy dunyoqarashlari kengayib ijodiy salohiyatlari rivojlanadi.
Integratsiyalashgan dars - fanlararo aloqani bog‘lash, qo‘llash maqsadida
o‘tkazilib, umumiy bilimdonlik darajasini aniqlash. Bu bilan esa biz o‘quvchilarga
matematika fanini yanada chuqurroq o‘rgatishga zamin yaratamiz. Matematikani
o‘qitishda integrativ metodlar uslubiy yondashuvda o‘quvchilar bilish va o‘rganish
jarayoniga butunlay sho‘ng‘ib ketadilar, ular o‘zlari bilgan va o‘ylayotganlari xususida
bahslashishlari ham mumkin. Matematikani o‘qitishda integratsiya usulida tashkil etish
va o‘qitish mavzular boshqa fanlar doirasida ham qisman o‘zlashtirilgan bo‘lib ularni
o‘zlashtirish o‘quvchilar uchun qiyinchilik tug‘dirmaydi va ularni bilim darajasini
TADBIRKORLIK VA PEDAGOGIKA. ILMIY-USLUBIY JURNAL. ISSN: 2181-2659. [3/2024].
143
to‘ldirishga yordam beradi. Matematikaning boshqa fanlar integratsiyalashuvi, mantiqi
va izchilligi, ularni eng zamonaviy boshqarish tizimini yanada chuqurlashtirish
takomillashtirish va liberalashtirish bo‘yicha jiddiy ehtiyojlar sezilmoqda.
Integratsiyalashgan darsning muammosi-bu ikkita o‘qituvchining o‘zaro ta’siri
texnologiyasi, ularning ketma-ketligi va tartibi, materialning taqdim etishning
mazmuni va usullari, har bir harakatning davomiyligidir. Bu esa umumta’lim
maktablarida matematika fanini o‘qitishning samaradorligini oshirish bilan birga
o‘quvchilarning matematik bilimini oshirishda xizmat qiladi. Dars jarayonlarida
notiqlik, suhbat, hikoya, mustaqil ish, yozma ish, zamon bilan bog‘lash, mustaqil fikrga
tayanish shakllariga va integrativ metodlarga yondoshgan holda dars o‘tishga katta
e’tibor berishimiz lozim.
Metodologiya “metod va ...logiya” soʻzlaridan olingan bo‘lib, tadqiqotchining
nazariy va amaliy faoliyatini tashkil etish, tiklash tamoyillari va usullari tizimi hamda
bunday tizim haqidagi taʼlimot.
XULOSA
Xulosa qilib aytish mumkinki, matematikani o‘qitishda integrativ metodlar orqali
o‘quvchilarni bilim va ko‘nikmalarni chuqurlashtirish va kengaytirishdan iborat.
Matematik integratsiya o‘zining texnologi infratuzilmasi, o‘z tayanch ta’lim
texnologiyalariga ega.
Demak, darslarni integratsion shaklda tashkil etish nafaqat
darsning maroqli va sermazmun o‘tishini, balki o‘quvchilar dunyoqarashining har
tomonlama rivojlanishini kafolatlaydi.
Adabiyotlar ro‘yxati
1.
Sh. Mirziyoyev. “Erkin va farovon, demokratik O‘zbekiston davlatini birgalikda
barpo etamiz”. Toshkent-O‘zbekiston” nashriyoti. 2017 yil. 36 bet.
2.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “2022-2026 yillarga mo‘ljallangan
“Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi to‘g‘risida” gi Farmoni.
2022 yil
28-yanvar PF-60 sonli Farmoni. Toshkent.
3.
Islomov X, Avliyoqulov A, Xurramov N. “Matematik ta’limda algebraik va
geometrik metodlar integratsiyasi masalasini mavjudligi va uning yеchimlari
haqida”.“PEDAGOGIK MAHORAT” jurnali. “Buxoro shahri. 2014 yil 3-soni.
116 bet.
