TADBIRKORLIK VA PEDAGOGIKA. ILMIY-USLUBIY JURNAL. ISSN: 2181-2659. [4/2024].
43
IJTIMOIY FANLAR
IJTIMOIY JARAYONLAR VA SUN’IY INTELLEKT RIVOJLANISHINING
FALSAFIY MOHIYATI
TOSHBOBOYEV MAQSUD JALILOVICH
Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti
Tadbirkorlik va boshqaruv fakulteti dekani
Falsafa fanlari bo‘yicha PhD
Email:
UDK: 1.16.160.1
https://orcid.org/0009-0006-7381-7662
ФИЛОСОФСКАЯ СУЩНОСТЬ СОЦИАЛЬНЫХ ПРОЦЕССОВ И
РАЗВИТИЕ ИСКУССТВЕННОГО ИНТЕЛЛЕКТА
Ключевые слова
:
искусственный
интеллект,
цифровые
технологии,
социальная жизнь
общества, наука,
образование,
интеграция
промышленности и
производства.
Аннотация
:
Эта статья исследует искусственный
интеллект,
развившийся
на
основе
четвёртой
промышленной революции, отличающейся от всех
предыдущих
человеческих
прогрессов
в
эпоху
современных технологий. В результате исследования
были проанализированы научные аспекты социальных,
экономических, этических и культурных процессов,
обусловленных искусственным интеллектом и его
влиянием на жизнь человека, особенно в последние годы в
области образования, охраны здоровья и предоставления
услуг.
Kalit
so‘zlar
:
sun’iy intellekt,
raqamli
texnologiyalar,
jamiyatning ijtimoiy
hayoti, fan, taʼlim,
sanoat va ishlab
chiqarish
integratsiyasi.
Annotatsiya:
Ushbu maqolada bugungi texnologiyalar asrida
insoniyat boshidan kechirgan barcha sanoat inqiloblaridan farqli
bo‘lgan ya’ni to‘rtinchi sanoat inqilobi asosida rivojlangan
sun’iy intellekt hamda uning natijasida yuzaga kelgan ijtimoiy,
iqtisodiy, axloqiy va madaniy jarayonlar ilmiy tahlil qilingan.
Bundan tashqari sun’iy intellektni inson hayoti bilan bog‘liqligi
ayniqsa so‘ngi yillarda ta’lim, sog‘liqni saqlash va xizmatlar
ko‘rsatish sohalarida amalga oshirilgan ulkan o‘zgarishlar
falsafiy tahlil qilingan.
TADBIRKORLIK VA PEDAGOGIKA. ILMIY-USLUBIY JURNAL. ISSN: 2181-2659. [4/2024].
44
SOCIAL PROCESSES AND THE PHILOSOPHICAL ESSENCE OF THE
DEVELOPMENT OF ARTIFICIAL INTELLIGENCE
Keywords:
artificial intelligence,
digital technologies,
societal life, science,
education, industry
and manufacturing
integration.
Abstract
: This article examines artificial intelligence
developed in the era of today’s technologies, which marks a
departure from all previous industrial revolutions. As a result,
scientific aspects of societal, economic, ethical, and cultural
processes influenced by artificial intelligence and its impact on
human life have been analyzed, particularly in recent years in
the fields of education, healthcare, and service provision.
KIRISH
Bugungi tez suratlar bilan rivojlanib borayotgan globallashuv asrida inson va
texnika o‘rtasidagi chambarchas bog‘liqlik ijtimoiy munosabatlarga ta’sirini ilmiy tahlil
qilishni talab etadi. Ijtimoiy munosabatlar doimo insonlar o‘rtasida yuzaga keluvchi
o‘zaro muloqot vositalarida namoyon bo‘ladi. Biroq, hozirgi texnika asrida bu masalada
sun’iy intellekt vositalaridan keng foydalanilayotgani va buning natijasida yuzaga
kelayotgan jarayonlarni falsafiy tahlil qilish zarurligi dolzarb masala sifatida
qaralmoqda.
Bugungi texnologik o‘zgarishlar davrida inson va sun’iy intellekt o‘rtasidagi
raqobat kuchaymoqda. Hozirgi ilmiy tadqiqot markazlari, startaplar va yirik
tashkilotlarda yaratilayotgan ilmiy, texnologik va inqilobiy o‘zgarishlar insoniyat
hayotini sezilarli darajada o‘zgartirishga xizmat qilmoqda. Kecha shunchaki fantastika
bo‘lib ko‘ringan jarayonlar ilm-fan rivojlanishi natijasida hayotiy haqiqatga
aylanmoqda. Ushbu o‘zgarishlar nafaqat yangi imkoniyatlarni ochib beradi, balki
insoniyat oldiga hal etilishi lozim bo‘lgan qator masalalarni ham yuzaga keltiradi.
Ayniqsa, sun’iy intellektning algoritmlarni modellashtirish (nazariyalarni
isbotlash, qaror qabul qilish), tabiiy tilni qayta ishlash, zamonaviy texnologiyalarni
o‘zlashtirish (neyron tarmoqlar, bioalgoritmlar), tasvirni aniqlash, aqlli robotlar,
mashina yaratish va xizmat ko‘rsatish sohalarini avtomatlashtirish kabi yo‘nalishlari
kuchayib bormoqda [1, 7].
Yuqoridagilardan kelib chiqib aytishimiz mumkinki, texnologiyalar qanchalik tez
rivojlansa, hayotning sur’ati ham shunchalik jadallashmoqda. Bir asr oldin yillar
davomida amalga oshirilgan ishlarni bugungi kunda qisqa muddatlarda bajarish
imkoniga ega bo‘lmoqdamiz.
Hozirgi vaqtda rivojlangan AQSh, Buyuk Britaniya, Germaniya, Belgiya,
Finlandiya, Yaponiya, Xitoy va Singapur kabi davlatlarda ijtimoiy jarayonlarning katta
qismi qo‘l mehnatidan raqamlashtirishga o‘tkazilgan. Buning natijasida iqtisodiy
rivojlanish va aholi turmush darajasini yanada yengillashtirishga erishilganligini
TADBIRKORLIK VA PEDAGOGIKA. ILMIY-USLUBIY JURNAL. ISSN: 2181-2659. [4/2024].
45
ASOSIY QISM
Hozirgi globallashuv jarayonida inson ongida o‘zini o‘rab turgan borliqni
anglashga yangicha yondashuv shakllanishi ijtimoiy zaruriyat sifatida namoyon
bo‘lmoqda. Bu jarayon sun’iy intellekt tizimining kompensatorlik va kommunikativ
jihatlari hamda uning inson moddiy-ma’naviy manfaatlarini uyg‘unlashtirish
imkoniyatlarini falsafiy asoslashni talab etmoqda. Insoniyat tamadduning eng yuqori
darajadagi rivojlanishiga XXI asrda guvoh bo‘lmoqda. Bugungi kunda fantastik deb
hisoblangan uchar mashinalar, masofadan boshqariladigan dronlar va inson fikrlarini
aks ettiradigan robotlarning yaratilishi texnika asrining cheksiz yutuqlaridan darak
bermoqda.
Sun’iy intellekt – matematika va mantiqning o‘zaro aloqadorlikda rivojlanishi
natijasida paydo bo‘lgan ilmiy tadqiqot sohasi bo‘lib, u nafaqat ilmiy faoliyatni
rivojlantirish, balki ijtimoiy jarayonlarda muloqot vositasi sifatida ham xizmat qiladi.
Shu sababli ijtimoiy munosabatlarni tartibga solishda aniq va tabiiy fanlar bilan bir
qatorda ijtimoiy-gumanitar sohalarni tatbiq etish muhim ahamiyat kasb etadi.
Zamonaviy axborotlashgan jamiyatda sun’iy intellekt eng ilg‘or ilmiy fanlardan biri va
kelajakning asosiy texnologiyasi sifatida qaralmoqda.
Demak, avvalo, sun’iy intellekt nima ekanligini va u orqali qanday harakatlarni
amalga oshirish mumkinligini tushunish zarur. Atrof-muhitdagi muammolarga yechim
topishda odamlarga o‘xshab fikrlaydigan va ularga taqlid qiladigan dasturlar sun’iy
intellekt deb ataladi. Sun’iy intellekt tizimlarini yaratish aniq mexanizmlar asosida
amalga oshiriladi. Masalan, machine learning (mashinani o‘qitish) texnologiyasi
shunday tizimlardan biridir. Bu texnologiyada kompyuterga biror muammo ko‘rsatiladi
va uning yechimi oldindan tayyorlanadi. Masalan, bir odamni taniydigan dastur yaratish
uchun kompyuterga o‘sha insonning suratlari yuklanadi va uning kimligi aniqlanadi.
Keyinchalik kompyuter minglab suratlar ichida ham o‘sha odamni taniy oladi [2, 14].
Sun’iy intellekt usullari ko‘plab murakkab muammolarni yechishga imkon beradi.
E’tiborga loyiq jihati shundaki, sun’iy intellekt asosida cheksizlikka yaqin bo‘lgan
yechimlarni tanlash imkoniyatlari mavjud. Shu bois, bugungi kunda insoniyat oldida
turgan murakkab muammolarni hal qila oladigan sun’iy intellekt tizimlarini yaratish
dolzarb masalalardan biri hisoblanadi. Ingliz olimi D. Bellning fikricha, «Postindustrial
jamiyatda hokimiyat endi xususiy mulkka emas, balki bilimga tayanadi. Iqtisodiyot
moddiy mahsulotlarga emas, xizmat ko‘rsatishga asoslanadi. Siyosiy qarorlar ratsional-
texnik fikrlarga asoslanadi. Insonlar ijtimoiy qadriyatlar munosabatlarida umumiy
konsensusga erishadi. Mutaxassislar ratsional uslublarga tayanib, tizimli tahlil va qaror
qabul qilishga moslashadilar. Qisqacha qilib aytganda, bizni professional boshqaruvchi
va texnokratlar davri kutmoqda» [3, 11].
Demak, texnika taraqqiyoti zamon talabiga moslashib, texnika imkoniyatlaridan
to‘g‘ri foydalanishni hayotiy qoidaga aylantirishni talab etmoqda. Endilikda iqtisodiy
TADBIRKORLIK VA PEDAGOGIKA. ILMIY-USLUBIY JURNAL. ISSN: 2181-2659. [4/2024].
46
qoidalar ishlab chiqarish va sanoatlashishning o‘rnini yangi turdagi axborotlar va xizmat
ko‘rsatish masalalari egallaydi. Shunday ekan, zamonaviy dunyoda texnika va ilm-fan
imkoniyatlaridan samarali foydalangan davlatlar yuqori marralarga erishadi. Shu bilan
birga, insonlarning texnik vositalar va ijtimoiy tarmoqlar asosidagi muloqot vositalariga
qaramligi ularning o‘zaro begonalashuviga olib kelishi mumkin. Bu muammoning
oldini olish uchun inson ma’naviy dunyosini boyitish zarur. Texnik vositalar kitob
o‘qish, til o‘rganish, kasbiy malakalarni oshirish, uzoq masofadagi tanishlar bilan
muloqot qilish kabi jarayonlarda samarali foydalanilishi mumkin.
Yevropa parlamenti sun’iy intellektdan (AI) foydalanishni tartibga soluvchi
qonunni ma’qulladi. Bu sun’iy intellektni nazorat qilish bo‘yicha dunyodagi birinchi
«qoidalar to‘plami» ekani ta’kidlanmoqda.
Yangi qonunga ko‘ra, quyidagilar taqiqlanadi: real vaqt rejimida yuzni aniqlash,
ish joyi va maktablarda odamlarning his-tuyg‘ularini aniqlash, ijtimoiy reyting va inson
xatti-harakatlarini manipulyatsiya qiluvchi yoki zaifliklaridan foydalanuvchi AI
texnologiyalari. Bundan ma’lum bo‘ladiki, sun’iy intellekt vositalarini to‘laligicha
insonlar kundalik hayotiga joriy etish ijobiy natijalar bilan birga salbiy holatlarni ham
yuzaga keltirishi mumkin. Birgina tibbiyot sohasida texnika imkoniyatlari asosida
amalga oshirilayotgan ishlar yaqin davrlargacha amalga oshirib bo‘lmaydigan vazifalar
hisoblangan.
Biz to‘rtinchi sanoat inqilobining shiddatini va ko‘lamini to‘liq tushunib yetmadik.
Milliardlab odamlar mobil qurilmalar yordamida o‘zaro bog‘lanib, ko‘z ko‘rib, quloq
eshitmagan miqdorda ma’lumotlarni qayta ishlash, saqlash va ulardan foydalanish
imkoniyatiga ega bo‘lmoqda. Bu hodisa bizni uning naqadar muhim ekanligini
anglashga undaydi. Sun’iy intellekt, robot texnologiyalari, buyumlar interneti, o‘z-
o‘zini boshqaradigan avtomobillar, uch o‘lchamli printerlar, biotexnologiyalar, energiya
saqlash texnologiyalari, kvant kompyuterlari kabi ko‘plab sohalarda erishilgan yutuqlar
endi sinov bosqichida emas, balki amaliyotga keng joriy etilmoqda.
Yuqoridagilardan ma’lum bo‘ladiki, bugun insoniyat nafaqat texnika
imkoniyatlaridan unumli foydalanishi, balki ular keltirib chiqarishi mumkin bo‘lgan
ijtimoiy oqibatlarga ham tayyor bo‘lishi talab etilmoqda.
So‘nggi yillarda sun’iy intellekt bilan bog‘liq quyidagi sohalar jadal rivojlangan:
1.
Naqshni aniqlash.
2.
Teoremalarni isbotlash va masalalar yechimi.
3.
O‘yinlar va qaror qabul qilish.
4.
Tabiiy tillarni mashinada tushunish va tarjima qilish.
5.
“Aqlli robotlar”.
6.
Ekspert tizimlari.
7.
Ijodiy faoliyatni modellashtirish.
8.
Neyron tarmoqlarni modellashtirish va hayvonlarning xatti-harakatlarini
TADBIRKORLIK VA PEDAGOGIKA. ILMIY-USLUBIY JURNAL. ISSN: 2181-2659. [4/2024].
47
simulyatsiya qilish.
9.
Sanoat, harbiy, kosmik va boshqa sohalar uchun ixtisoslashtirilgan aqlli
tizimlar.
Ko‘rib chiqilgan yo‘nalishlarning aksariyatida kompyuter, hech bo‘lmaganda,
ijodiy intellektual faoliyat haqida gapirganda, odamlardan pastroq ko‘rsatkichlarga ega
bo‘lgan [4, 25]. Ammo bugungi kunga kelib, yuqoridagi barcha yo‘nalishlarda sezilarli
muvaffaqiyatlarga erishilgan bo‘lib, bu ijtimoiy jarayonlarga bevosita ta’sir
ko‘rsatmoqda.
Hozirgi kun ilm-fanida axborot va sun’iy intellekt bilan bog‘liq turli yo‘nalishlarda
ilmiy-nazariy tadqiqotlar olib borilmoqda. Xususan, axborotlashgan jamiyatda sun’iy
intellekt va inson faoliyatining o‘zaro bog‘liqligi, ijtimoiy taraqqiyotda tabiiy va sun’iy
intellekt muammosi, intellektual jarayonlarni kibernetik modellashtirish, inson ongi
faoliyatiga o‘xshash ma’lumotlarni qayta ishlashga yo‘naltirilgan izlanishlar
konstruktiv ahamiyatga ega.
Sun’iy intellekt vositalarining inson hayotini yengillashtirish va uning aqliy
faoliyatini yanada samarali tashkil etishga qaratilgan konseptual asoslarini o‘rganish
muhim omil bo‘lib qolmoqda. Sun’iy intellekt va ijtimoiy munosabatlar haqida so‘z
ketganda, kelajakda insonlar qanday kasblar bilan shug‘ullanadi, degan savol barchani
qiziqtirishi tabiiy. Texnologiyalar bilan bog‘liq bo‘lgan kasblar inson mehnati uchun
munosib raqobatchi bo‘lib, "o‘lmaydigan kasblar" qatoriga kiradi.
Ilm-fan taraqqiyoti bo‘yicha AQSH assotsiatsiyasining Vashingtonda o‘tgan yillik
yig‘ilishida ishlab chiqarishda band bo‘lgan xodimlarning 70 foizi robot texnikasi rivoji
tufayli ishsiz qolishi mumkinligi ta’kidlangan. Ayni paytda sun’iy intellekt
kopirayterlik, jurnalistika, o‘qituvchilik va huquqshunoslik kabi aqliy mehnat talab
qiladigan sohalarni ham egallash ehtimoli oshib bormoqda.
Bugungi kunda ko‘plab davlatlar texnologiyalar va insoniyat raqobatiga
tayyorlanmoqda. Shuning uchun mamlakatimizda raqamlashtirish jarayonlarini izchil
davom ettirish muhim ahamiyat kasb etmoqda. Ta’lim, tibbiyot va xizmat ko‘rsatish
sohalarida sun’iy intellekt imkoniyatlaridan foydalanish dolzarb vazifa bo‘lib
qolmoqda.
XULOSA
Xulosa qilib aytadigan bo‘lsak, bugungi kunda insoniyat rivojlanishining yuqori
chegaralarini zabt etayotganiga guvoh bo‘lamiz. Qisqa vaqt ichida sun’iy intellekt
imkoniyatlari shu darajada o‘sishga erishdiki, endi ayrim masalalarni hal etishda inson
omiliga ehtiyoj qolmayapti. Bu jarayon bir tomondan juda ijobiy ahamiyatga ega.
Sababi, bu inson uchun eng muhim bo‘lgan vaqt va resurslarni tejashning samarali
vositasi hisoblanadi.
Shu bilan birga, bu rivojlanish insonlar o‘rtasidagi ijtimoiy munosabatlar
masalasida yangi muammolarni keltirib chiqarmoqda: shaxsiy javobgarlikning
TADBIRKORLIK VA PEDAGOGIKA. ILMIY-USLUBIY JURNAL. ISSN: 2181-2659. [4/2024].
48
kamayishi, texnologiyaga qaramlikning ortishi, axborot oqimini tahlil qilish
qobiliyatining pasayishi va insonlarning bir-biridan begonalashuvi.
Bevosita bu jarayonlarni tahlil qiladigan bo‘lsak, insoniyat yaratilgan ilk
davrlardan boshlab tabiatni o‘zlashtirishga intilgan. Shu sababli, bugungi kungacha
uchta sanoat inqilobini boshdan kechirdi. Hozirgi sanoat inqilobi esa texnologiya
imkoniyatlari va inson aqliy salohiyatining raqobatlashuviga olib kelmoqda. Bu
kurashda inson uchun eng muhim qurol, shubhasiz, bilim hisoblanadi.
Shunday ekan, kelajagimizning qay darajada yorqin va farovon bo‘lishi ta’limga
qaratilgan e’tibor bilan belgilanadi. Hozirgi davrda sun’iy intellekt imkoniyatlaridan
eng ko‘p foydalanayotgan davlat Xitoy Xalq Respublikasi hisoblanadi. Dunyo bo‘yicha
eng ko‘p aholiga ega bo‘lgan davlat sifatida Xitoy, raqamlashtirish orqali nafaqat
insonlar uchun qulayliklar yaratmoqda, balki jamiyat a’zolarining iqtisodiy va ijtimoiy
faolligini ham oshirishga erishmoqda.
Adabiyotlar ro‘yxati:
1.
Toshboboyev M.J. Axborotlashgan jamiyatda sun’iy intellektni falsafiy tahlili.
– Toshkent.: Metodist. 2023. – B. 3.
2.
O‘zbekistonda oliy ta’lim. Jurnali. T. №3. 2023 y
3.
Белл Д. Грядущее постиндустриальное общество. – М.: 1999. – С. 119.
4.
Klaus. Shvab “To‘rtinchi sanoat inqilobi” Toshkent. Nihol. 2022. – B. 10.
5.
Лейн Н. Вопрос жизни: энергия, эволюция и происхождениэ сложности.
– М.: АСТ: Corpus, 2018. – C. 461.
6.
Herbert A. Simon: The Bounds of Reason in Modern America by Hunter
Crowther-Heyck, (JHU 2005). – P. 25.
