TADBIRKORLIK VA PEDAGOGIKA. ILMIY-USLUBIY JURNAL. ISSN: 2181-2659. [4/2024].
73
TABIIY FANLAR
DEHQONOBOD KALIY ZAVODI“ AJ CHIQINDISI TARKIBINI
ALANGALI
FOTOMETRIYA VA IMDK-511 JIHOZIDAN FOYDALANIB TAHLIL
QILISH
RAXMANOV BEGZOD ABDIXAMIDOVICH
Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti o‘qituvchisi
UDK: 664.4
MAMATOV SHERZOD SHUXRAT O‘G‘LI
Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti stajyor-o‘qituvchisi
+998 97 226-71-11
YO‘LLIYEV DILSHOD TOJI O‘G‘LI
Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti o‘qituvchi
+998 99 967-33-94
USMONOVA RAYHONA AMIRQUL QIZI
Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti talabasi
MUHIDILAYEV JAHONGIR NURIDDIN O‘G‘LI
Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti talabasi
muhidillayevjahongir679@gmail.com
Kalit so‘zlar:
Ruda, jag‘li
maydalagich,
valli maydalagich,
alangali
fotometriya,
IMDK-511
pribori, flotatsiya,
boyitish, analiz.
Anotatsiya:
Ushbu maqolada “Dehqonobod kaliy zavodi“ AJ
da boyitilayotgan ruda asosida tayyor mahsulot olishdan hosil
bo‘lgan chiqindisi tarkibini maksimal darajada tozalash va
keraksiz chiqindini tayyor mahsulot tarkibidan eng yuqori
unumda ajratib olish jarayonlari o‘rganilib chiqildi. Chiqindi
tarkibidagi KCl miqdorini maksimal darajada kamaytirish,
rudaning maydalanish darajasi va flotatsion boyitish uchun
sarflanayotgan suv va reagentlar tarkibi hamda miqdoriga
bog‘liqligi o‘rganildi. Shuningdek, alangali fotometriya va
IMDK-511 kabi zamonaviy fizik-kimyoviy analiz natijalari
asosida ularning tahlil ma’lumotlari keltirilgan.
TADBIRKORLIK VA PEDAGOGIKA. ILMIY-USLUBIY JURNAL. ISSN: 2181-2659. [4/2024].
74
АНАЛИЗ СОСТАВА ОТХОДОВ ДЕХКОНАБАДСКОГО КАЛИЙНОГО
ЗАВОДА С ИСПОЛЬЗОВАНИЕМ ПЛАМЕННОЙ ФОТОМЕТРИИ И
ПРИБОРА ИМДК-511
Ключевые слова
:
Руда, щековая
дробилка,
шахтная дробилка,
пламенная
фотометрия,
прибор ИМДК-511,
флотация,
обогащение,
анализ.
Аннотация:
В данной статье изучены процессы
максимальной очистки отходов производства готовой
продукции на основе руды, обогащаемой на АО
«Дехханабадский калийный комбинат», и процесс
извлечения ненужных отходов из состава готовой
продукции с наибольшей эффективностью. Изучено
максимальное снижение содержания KCl в отходах,
степень измельчения руды и зависимость от состава и
количества воды и реагентов, используемых при
флотационном обогащении. Также на основе результатов
современных физико-химических анализов, таких как
пламенная фотометрия и ИМДК-511 представлены
данные их анализа.
ANALYSIS OF THE WASTE COMPOSITION OF DEHKONABAD
POTASSIUM PLANT USING FLAME PHOTOMETRY AND IMDK-511
DEVICE
Keywords:
Ore, jaw crusher,
shaft crusher,
flame photometry,
IMDK-511
device, flotation,
enrichment,
analysis.
Abstract:
This article studies the processes of maximum
purification of waste from finished products based on ore
enriched at JSC Dehkhanabat Potash Plant and the process of
extracting unnecessary waste from finished products with the
greatest efficiency. The maximum reduction of KCl content in
waste, the degree of ore grinding and the dependence on the
composition and amount of water and reagents used in
flotation enrichment are studied. Also, based on the results of
modern physicochemical analyzes, such as flame photometry
and IMDK-511 the data of their analysis are presented.
KIRISH
Kaliyli o‘g‘itlardan keng tarqalgani kaliy xloridi va kaliy sulfatidir. Kaliyli
o‘g‘itlarning asosiy xom ashyosi: silvinit-KCl·NaCl, langbeynit-K
2
SO
4
·2MgSO
4
,
karnallit – KCl·MgCl
2
·6H
2
O, kainit – KCl·MgSO
4
·3H
2
O, shenit K
2
SO
4
·6H
2
O
boshqalardir. MDX davlatlarining yirik kaliyli tuz konlariga Ural (Verxnekamskiy va
Verxnepechorskiy), Bellorusiyadagi Starobinskiy, G‘arbiy Ukrainadagi Prikarpatskiy,
O‘rta Osiyodagi Gaurdakskiy, Kardyo‘qskiy, Jilyanskiy va boshqalarni ko‘rsatish
TADBIRKORLIK VA PEDAGOGIKA. ILMIY-USLUBIY JURNAL. ISSN: 2181-2659. [4/2024].
75
mumkin [1]. Sobiq SSSRda 1971 yilgacha topilgan barcha kaliyli tuzlarning umumiy
miqdori (K
2
O ga hisoblanganda ) 24 mlrd t. ni tashkil etadi. Xorijiy mamlakatlardan
Kanada (50 mlrd. t) yirik konlari bor. 1980 yilda Sibir (Nepskiy)da topilgan silvinit va
karnalit konlarining zaxirasi juda kattadir. Sibir (Nepskiy) MDX davlatlari kaliyli tuzlar
zaxirasi bo‘yicha dunyoda birinchi o‘rinda turadi [2].
Kompleks o‘g‘itlar. Murakkab o‘g‘itlar deb tarkibida 2 va undan ortiq ozuqa
elementlari bo‘lgan, kimyoviy sintez natijasida olingan, ma’lum kimyoviy tarkibga ega
bo‘lgan ko‘p komponentli o‘g‘itga aytiladi. Bu o‘g‘it zarrachalarining tarkibi deyarlik
bir xil bo‘ladi. Masalan: ammafos, nitrofos, kaliy nitrati va boshqalar. Murakkab
o‘g‘itlarning afzalligi, ularning bir vaqtda bir qancha o‘simlik uchun kerak bo‘lgan
oziqa moddalarga ega bo‘lishi, ishlab chiqarish texnologiyasining qisqaligi, yerga
berish sarflangan ish kuchining tejamliligi va boshqalar kiradi. Shuning uchun hozirgi
davrda qishloq xo‘jalikda murakkab o‘g‘itlarni ko‘proq qo‘llash va ishlab chiqarishda
murakkab o‘g‘itlarning xilini ko‘paytirish dolzarb muammolardan biridir. Keyingi
yillarda silvinitdan KCl ni flotatsiya usuli bilan ajratish keng tarqalmoqda. Yana
gravitatsiya (KCl va NaCl ni zichligi har xilligidan foydalanib ajratish usuli),
elektrostatik seperatsiya (qarama-qarshi zaryadlangan zarrachalarning elektr maydonida
ajralishiga asoslangan usuldir) usullari ancha istiqboli porloq usullardir. Xlorsiz kaliyli
o‘g‘it masalan K
2
SO
4
Ukrainada asosan Prikarpatskiy konidagi (zahirasi 2,5 mlrd. t.)
xlorid sulfatli kaliyli minerallardan, gallurgiya va flotatsiya usullari bilan olinadi [3].
Kaliy o‘simlikda kechadigan hayotiy jarayonlarni to‘g‘rilab turishda muhim rol
o‘ynaydi. U o‘simlikda suv sharoitini yaxshilaydi, uglevodlar hosil bo‘lishi va moddalar
almashinuvida ishtirok etadi. Quruq o‘simlik poyasi tarkibida 4-5% gacha, barglarni
yonishidan qolgan kul tarkibida 30-60% gacha kaliy bo‘ladi [4]. Mineral o‘g‘itlar
asosan qishloq xo‘jaligida, hosildorlikni oshirsh maqsadida ekinzorlariga solish uchun
ishlatiladi. O‘g‘it ishlatiladigan ikkinchi asosiy soxa bu kimyo sanoatidir. Ayniqsa,
natriy va kaliy tuzlari, masalan, NaCl, KCl lar. Xlor, soda, xlorid kislota, potash,
uyuvchi natriy, uyuvchi kaliy ishlab chiqarish uchun xom ashyodir. K2SO4 esa shisha,
natriy sulfid, ftorid, kaliy va natriy dixromat, natriy fosfat ishlab chiqarishda xom ashyo
hisoblanadi. Sobiq SSSR da 1990 yilda 41 mln. t. o‘g‘it ishlab chiqarilgan. Hozirgi
vaqtda O‘zbekistonda 4 mln. t o‘g‘it ishlab chiqariladi [5].
MATERIAL VA TADQIQOT USULLARI
O‘g‘itlarning sinflarga bo‘linishi:
O‘g‘itlar kelib chiqishi, qo‘llanish soxasi, tarkibi, xossalari va olinish usullariga
qarab sinflarga ajratiladi. Barcha o‘g‘itlar ikkiga:
1)
bevosita (o‘simlikni oziqlanishi uchun ishlatiladi);
2)
bilvosita (tuproqni kimyoviy melioratsiyasi, pH ni to‘g‘rilash uchun ishlatiladi)
o‘g‘itlarga bo‘linadi.
Kelib chiqishiga qarab o‘g‘itlar mineral, organik, organo-mineral va bakterial
TADBIRKORLIK VA PEDAGOGIKA. ILMIY-USLUBIY JURNAL. ISSN: 2181-2659. [4/2024].
76
o‘g‘itlarga bo‘linadi. Mineral o‘g‘itlar asosan mineral tuzlardir (ammo unga organik
modda karbamidni ham kiritadilar). Organik o‘g‘itlarga go‘ng, torf, yashil o‘simliklar,
kompost, najas va boshqalar kiradi. Bakterial o‘g‘itlar tarkibida tuproqda o‘simlik
o‘zlashtiraoladigan oziqa elementlarini to‘plovchi mikroorganizmlar kiradi. Masalan,
tuganak bakteriyalari nitrogenaza fermenti yordamida atmosfera azotini birikma xolga
o‘tkazib to‘playdi, yoki organik birikmalarni parchalovchi fosfobakteriyalar organik
birikmalar tarkibidagi fosforni o‘simlik o‘zlashtira oladigan xolatga keltiradi [6].
Rossiyaning qora tuproqli yerlaridan tashqari yerlarda o‘simliklarda birinchi
navbatda azot yetishmaydi. Yerimiz atmosferasida 4 •10
15
tonna azot bor, ya’ni har bir
g yerga havodagi 80 ming tonna azot to‘g‘ri keladi. Bu 1 g yerga yoqilgan o‘simlik bilan
chiqib ketadigan azot miqdoridan million marta ko‘p demakdir. Dukkakli o‘simliklar
tarkibida yashovchi azot bakteriyalari atmosfera azotini biriktirganda boradigan
reaksiyani umumiy holda quyidagicha yozish mumkin :
2N
2
+6H
2
O+3C+356kJ=4NH
3
+3CO
2
Keyingi yillarda N
2
:P
2
O
5
:K
2
O-10:34:10 markali suyuq kompleksli o‘g‘itlar
(SKO‘) olish tez rivojlandi. Tuproqning ichki qavatidagi oziq moddalarni yomg‘ir va
sug‘orish suvlarida yuvilib ketmasligi uchun uzoq muddatda, sekin-asta ta’sir etuvchi
fosfatli o‘g‘itlardan-superfos, azotli o‘g‘itlardan-ureoform yoki mochivino-
formaldegidli o‘g‘itlar (MFO‘), shuningdek mochivinoformaldegidli birikmalar hamda
ammofos asosidagi polimer o‘g‘itlar sanoat miqyosida ishlab chiqarila boshlanadi.
Ammoniy polifosfat-(NH
4
)nH
2
PnO
3n+1
Karbomid polifosfat- [NH
4
)
2
·HPO
3
]
Kaliy polifosfat-(KPO
3
)n
Kalsiy polifosfat - Ca (PO
3
)n
va boshqa fosfatlar olish istiqbollidir.
O‘g‘itlarning sifati asosan uning tarkibida o‘simlik o‘zlashtira oladigan holatda
qancha ta’sir etuvchi modda saqlashligi bilan aniqlanadi. Masalan, azotli o‘g‘itlarda N
2
fosforli o‘g‘itlarda P
2
O
5
, kaliyli o‘g‘itlarda K
2
O ning miqdori bilan aniqlanadi.
Hozirgi vaqtda 70 xildan ortiqroq mineral o‘g‘itlar olinadigani va ular o‘g‘itlar
tarkibiga qarab guruhlarga ajratilgan. (1-jadval).
TADBIRKORLIK VA PEDAGOGIKA. ILMIY-USLUBIY JURNAL. ISSN: 2181-2659. [4/2024].
77
1-jadval
Mineral o‘g‘itlarning turlari
O‘g‘itlarning nomlari
Asosiy komponentlari
Ozuqaviy
elementlarning
miqdori, %
Fosforli o‘g‘itlar P
2
O
5
Fosforit uni
Oddiy superfosfat
Qo‘sh superfosfat
Presipitat
Metallurgiya shlaklari
Ca
5
F(PO
4
)
3
•CaF
2
Ca(H
2
PO
4
)
2
•H
2
O+CaSO
4
+H
3
PO
4
Ca(H
2
PO
4
)
2
•H
2
O
Ca(HPO
4
)
2
•H
2
O
4CaO•P
2
O
5
+5CaO•P
2
O
5
•SiO
2
16-35
14-21
40-50
27-46
14-20
Azotli o‘g‘itlar
Suyuq va sintetik ammiak
Texnik ammiakli suv
Ammoniy nitrat
Karbamid
Mochevina aldegidli o‘g‘it
Ammoniy sulfat
NH
3
NH
3
+H
2
O
NH
4
NO
3
CO(NH
2
)
2
NH
2
CONHCH
2
(NH
4
)
2
SO
4
82. 3
16. 5-20. 5
32-85
46-46. 5
33-42
19,5-21
Kaliyli o‘g‘itlar
Kaliy xlorid K-40
Kaliy xlorid K-50
Kaliy xlorid K-60
Kaliy sulfat
Kaliy sulfat va magniy
sulfat
KCl•NaCl
KCl•NaCl
KCl
K
2
SO
4
K
2
SO
4
•MgSO
4
38-42
48-52
60 dan kichik
46-52
26-30
Kompleks o‘g‘itlar
Ammoniyfosfat
Ammoniy nitrat
Kaliy nitrat
Nitrofos
Ammofos
Nitroammofos
Karboammofos
NH
4
H
2
PO
4
• (NH
4
)
2
HPO
4
NH
4
NO
3
• NH
4
H
2
PO
4
KNO
3
NH
4
NO
3
•CaHPO
4
•(NH
4
)
2
HPO
4
+
KNO
3
+ NH
4
Cl
(NH
4
)
2
HPO
4
•NH
4
H
2
PO
4
• KNO
3
+
NH
4
Cl+ KCl
NH
4
NO
3
+ NH
4
H
2
PO
4
+ KNO
3
+
NH
4
Cl + KCl + Ca(NO
3
)
2
CO(NH
2
)
2
•NH
4
H
2
PO
4
•(NH
4
)
2
HP
O
4
+KCl
11-14N;46-55
P
2
O
5
21-25 N; 20-25
P
2
O
5
13.8N; 46. 5 K
2
O
11-20N 8-16 P
2
O
5
10-21 K
2
O; 8-
12N; 0-24 P
2
O
5
15-24 K
2
O; 17-18.
N 17-18; P
2
O
5
18-20N, 18-20
K
2
O 18-20 P
2
O
5
;
TADBIRKORLIK VA PEDAGOGIKA. ILMIY-USLUBIY JURNAL. ISSN: 2181-2659. [4/2024].
78
NATIJALAR VA ULARNING MUHOKAMASI
Mineral o‘g‘itlarning turli-tumanligi, xom-ashyo turlarining ko‘pligi o‘g‘itlarni
olishda turli usullarni qo‘llashni taqozo qiladi. Ammo bu usullarning barchasi bir
turdagi, o‘xshash jarayonlarda boradi. Shuning uchun asosiy ikki usul keng qo‘llaniladi.
1. Mineral ashyoni yoki shixtani (kuydirishga mo‘ljallangan aralashma) termik
yoki termokimyoviy ishlov berish usuli.
2. Kimyoviy ishlov berish, eritish va kristallash yo‘li bilan moddani ajratish usuli.
Mineral o‘g‘itlar olish uchun xom ashyo: tabiiy minerallar, kimyo sanoatining
yarim mahsulotlari va chiqindilardir.
Mineral o‘g‘it ishlab chiqarishda qariyib barcha kimyoviy texnologik jarayonlar
(karbamid sintezi bundan mustasno) diffuzion xududda kechadi. Massa uzatishning
umumiy tenglamasi bilan harakterlanadi.
Bu tenglamada: Rm-massa uzatish koeffisenti; F- reaksiyaga kirishuvchi
moddalarning o‘zaro ta’sir yuzasi; ∆S – massa uzatishning harakatlantiruvchi kuchi.
Dehqonobod kaliy zavodida Kaliy xlorid silvinitdan gallurgiya usuli bilan ajratib
olinadi (gallurgiya grekcha so‘z bo‘lib, shur ish ma’nosini anglatadi). Bu usul KCl va
NaCl ning eruvchanlik harorat koeffisenti turli bo‘lganligi sababli haroratlar farqidan
foydalanishga asoslangan. KCl ni issiqlikda yaxshi erishi va sovutilganda uni
eruvchanligi kamayib oson kristallanishidan foydalanib NaCl dan ajratib olinadi. NaCl
esa issiqda ham, sovuqda ham eruvchanligi taxminan bir xildir.
Silvinitdan KCl ni sanoatda ajratib olish quyidagi asosiy bosqichlardan iboratdir:
1.
Silvinit eritmasidan KCl ni kristallab ajratib olingach qolgan shurobani qizdirib
unga maydalangan silvinitni eritish, bunda eritmaga faqat NaCl erib o‘tadi, KCl
esa to‘liq qattiq fazada qoladi.
2.
Shurobani cho‘kmadan ajratib olish va uni begona qo‘shimchalardan tozalab
tindirish.
3.
Eritmani (KCl va NaCl aralashmasidan iborat) vakumli sovutish orqali KCl ni
kristallash, cho‘kmaga tushirish.
4.
KCl kristallarini shurobadan ajratib olish va uni quritish.
5.
Shurobani 110-115
0
C gacha qizdirish va unda yana yangi porsiya silvinitni
eritish.
Buning to‘liq talqini quyidagicha: Ikki nuqtadan olib kelingan boyitilayotgan
rudaning analiz jarayonida avvalo pozitsiyalari belgilab olinadi, so‘ngra maydalash
jarayoniga uzatiladi. Maydalash jarayonida valli maydalagich hamda jag‘li
maydalagichdan foydalaniladi. So‘ngra IMDK-511 pribori qurilmasi orqali tarkibidagi
C
F
R
d
dG
U
M
TADBIRKORLIK VA PEDAGOGIKA. ILMIY-USLUBIY JURNAL. ISSN: 2181-2659. [4/2024].
79
KCl va K
2
O larining % ( foizi) aniqlanadi. Bu qurilma 600 sekundda foiz
ko‘rsatgichlarini aniqlaydi. Undan tashqari chiqindisi, namligini ham aniqlash mumkin.
Usgbu aytilgan natijalarni quyidagi 2-jadval orqali ko‘rishimiz mumkin.
2-jadval
IMDK-511 pribori qurilmasi orqali ruda tarkibidagi KCl va K
2
O larining %
(foizi) miqdori
Ruda
tarkibidagi KCl
Ruda
tarkibidagi
K
2
O
Ruda
namligi
Chiqindi
tarkibidagi KCl
1
21,20 %
13,41 %
0,25 %
7,8 %
2
21,50 %
12,95 %
0,23 %
7,6 %
3
20,89 %
13,33 %
0,28 %
7,9 %
4
21,75 %
13,49 %
0,25 %
7,6 %
Zavod hududiga keltirilgan rudalar flotatsiya usulida boyitiladi. Rudadan ikki
jarayon orqali eritma tayyorlab olamiz. Buning uchun 250 ml kolbaga 2,5% li ruda
eitmasini tayyorlab olamiz. Eritma tarkibidagi K va Na ni aniqlashda alangali
fotometriya qurilmasidan foydalanamiz. Alangali fotometriyada alanga rangini
o‘zgarishi bilan boradigan jarayon kuzatiladi. Avvalo qurilmani ishga rostlab olamiz.
Distillangan suv orqali uning ko‘rsatkichini 0 holatiga keltirib olib, tayyorlab qo‘yilgan
5 lik standart eritmani esa alangali fotometrning ko‘rsatkichlari 100 holatiga to‘g‘irlab
olamiz. 1-jarayon va 2-jarayondagi (chiqindi tarkibidagi) K va Na miqdorini
hisoblaganimizda 3,8 % dan oshmasligi lozim. Bizning tekshiruv natijalarimiz
quyidagicha:
3- jadval
Chiqindi tarkibidagi K va Na miqdorini alangali fotometr yordamida
aniqlash natijalari
1-jarayon C
1
606
2-jarayon C
2
601
K
5,5 %
5,0 %
Na
6,6 %
6,2 %
C
1
606
5,5/32*10*1,968=3,38
C
2
601
5/32*10*1,968=3,07
XULOSA
“Dehqonobod kaliy zavodi“ AJ da chiqindi tarkibidagi KCl ning miqdorini
kamaytirish kimyoviy analizda o‘rganib chiqildi. Bunda maydalanish darajasi KCl
ajratib olishda eng muhim omillardan biri ekanligi aniqlandi, tajriba “Dehqonobod kaliy
TADBIRKORLIK VA PEDAGOGIKA. ILMIY-USLUBIY JURNAL. ISSN: 2181-2659. [4/2024].
80
zavodi“ markaziy laboratoriyasida olib borildi va natijalar eng qulay KCl olish imkonini
berdi. Miqdorini aniqlash uchun alangali fotometriya va IMDK-511 jihozidan
foydalanildi. Murakkab o‘g‘itlarning ta’siri qoniqarli bo‘lishi uchun elementlarning
nisbati agroximik talablarga javob berishi kerak. Masalan, ko‘pchilik o‘simliklar uchun
elementlarning nisbati N:P
2
O
5
:K
2
O 1:1:0.5; 1:1.5:1 bo‘lishi kerak. Bundan ko‘rinib
turibdiki Dehqonobod kaliy zavodining mahsuloti miqdori jihatidan standartlarga to‘liq
javob bera
oladi.
Adabiyotlar ro‘yxati
1.
Rahmonov B. A., Eshqurbonov F. B., Ahatov B. B. Xondiza polimetall konidagi
olingan ruda maydalanish darajasi ajratiladigan mis kontsentrati unumiga ta’siri
// Kompozitsion materiallar. 2022. – B. 134.
2.
Raxmanov B. A., Qurbonov A., Ibragimova T., Shovaliyeva S. Sitovka qilish
orqali Xondiza polimetall konidagi olingan rudaga berilgan metil izobutil-
karbanil flatoreagentining ajratiladigan mis kontsentrati unumiga ta’sirini
aniqlash // Science and innovation. 2024. T. 3, №Special Issue 29. – B. 103-105.
3.
Yo‘lliyev D. T. o‘g‘li, Ro‘ziyeva O. M., Raxmanov B. A. Burg‘ulash
suyuqliklarini stabilizatsiya qilish uchun gel–polimerlarni olish va qo‘llash //
Scholar. 2023. T. 1, №6. – B. 74–78.
URL:
https://researchedu.org/index.php/openscholar/article/view/2072
4.
Yusupbekov N. R., Nurmuhamedov H. S., Zokirov S. G. Kimyoviy
texnologiyaning asosiy jarayon va qurilmalari: Darslik / N.R. Yusufbekov tahriri
ostida. Toshkent: O‘zRFA, 2011.
5.
Ismoilov N. P. Kamyob, tarqoq va nodir metallar kimyoviy texnologiyasi:
Darslik. Toshkent: Cho‘lpon nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyi, 2005.
6.
Kattayev N. Kimyoviy texnologiya: O‘quv qo‘llanma. Toshkent: Yangiyo‘l
Poligraph service, 2008.
