Авторы

Биография автора

  • Бекзод Байджанов , Ферганский государственный университет
    Доцент, доктор философии педагогических наук (PhD)

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.entrepreneurship-pedagogy.58983

Ключевые слова:

герменевтическая технология информационно-аналитическая компетенция информационная безопасность образовательные технологии критическое мышление анализ информации педагогические подходы

Аннотация

В данной статье изучается эффективность герменевтических технологий в развитии информационно-аналитической компетентности студентов. В исследовании подробно анализируется значение внедрения герменевтических технологий в образовательный процесс, а также их роль в развитии у студентов навыков анализа, интерпретации и критического мышления. Кроме того, в статье исследована эффективность герменевтических технологий в развитии информационно-аналитической компетентности студентов. Герменевтика рассматривается как научный подход, основанный на процессах интерпретации и понимания, который позволяет глубоко анализировать информацию и делать правильные выводы. Исследование было проведено среди студентов Ферганского государственного университета и включало три этапа: констатирующий, формирующий и контрольный. Для студентов экспериментальной группы были применены педагогические стратегии, основанные на герменевтических технологиях, что привело к значительному улучшению их критического мышления, способности решать проблемные ситуации и анализировать информацию. У студентов контрольной группы таких результатов не наблюдалось. В статье раскрыты научные основы и практические возможности герменевтических технологий в развитии информационно-аналитической компетентности, а также разработаны рекомендации по их внедрению в образовательный процесс.


background image

TADBIRKORLIK VA PEDAGOGIKA. ILMIY-USLUBIY JURNAL. ISSN: 2181-2659. [4/2024].

87

PEDAGOGIKA FANLAR

GERMENEVTIK TEXNOLOGIYA VOSITASIDA TALABALARDA

INFORMASION-ANALITIK KOMPETENTLIKNI RIVOJLANTIRISH

SAMARADORLIGI

BAYDJANOV BEKZOD XAITBOYEVICH

Farg‘ona davlat universiteti dotsenti

Pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD)

E-mail:

baybekzod@gmail.com

Tel: (+998-91) 667-01-51

UDK: 37.01+37.03+004.03

https://orcid.org/0000-0002-1580-8569

Kalit so‘zlar:

germenevtik
texnologiya,
informasion-analitik
kompetentlik,
axborot xavfsizligi,
ta’lim
texnologiyalari,
tanqidiy fikrlash,
axborotni tahlil
qilish, pedagogik
yondashuvlar.

Annotatsiya:

Mazkur maqolada talabalar informatsion-analitik

kompetentligini

rivojlantirishda

germenevtik

texnologiyalarning samaradorligini o‘rganishga qaratilgan.
Tadqiqotda germenevtik texnologiyalarni ta’lim jarayoniga
joriy etishning ahamiyati, bu yondashuvlarning talabalarda
axborotni tahlil qilish, talqin etish va tanqidiy fikrlash
ko‘nikmalarini rivojlantirishdagi o‘rni batafsil tahlil qilinadi.
Shuningdek, mazkur maqolada talabalarda informatsion-
analitik

kompetentlikni

rivojlantirishda

germenevtik

texnologiyalarning

samaradorligi

tadqiq

qilingan.

Germenevtika talqin va tushunish jarayonlari asosida axborotni
chuqur tahlil qilish va to‘g‘ri xulosa chiqarish imkonini
beruvchi ilmiy yondashuv sifatida tahlil qilinadi. Tadqiqot
Farg‘ona davlat universiteti talabalari o‘rtasida amalga oshirilib,
uch bosqichda olib borilgan: asoslovchi, shakllantiruvchi va
ta’kidlovchi bosqichlar. Tajriba guruhi talabalariga germenevtik
texnologiyalarga

asoslangan

pedagogik

strategiyalar

qo‘llanilgan, natijada ularning tanqidiy fikrlash, muammoli
vaziyatlarni hal qilish va axborot tahlili qobiliyatlari sezilarli
darajada oshgan. Nazorat guruhi talabalarida bunday
ko‘rsatkichlar

kuzatilmagan.

Maqolada

germenevtik

texnologiyalarning

informatsion-analitik

kompetentlikni

rivojlantirishdagi ilmiy asoslari va amaliy imkoniyatlari ochib
berilgan hamda ta’lim jarayonida ularni joriy etish bo‘yicha
tavsiyalar ishlab chiqilgan.


background image

TADBIRKORLIK VA PEDAGOGIKA. ILMIY-USLUBIY JURNAL. ISSN: 2181-2659. [4/2024].

88

ЭФФЕКТИВНОСТЬ РАЗВИТИЯ ИНФОРМАЦИОННО-

АНАЛИТИЧЕСКОЙ КОМПЕТЕНТНОСТИ У СТУДЕНТОВ С

ПОМОЩЬЮ ГЕРМЕНЕВТИЧЕСКОЙ ТЕХНОЛОГИИ

Ключевые слова:

герменевтическая
технология,
информационно-
аналитическая
компетенция,
информационная
безопасность,
образовательные
технологии,
критическое
мышление,
анализ
информации,
педагогические
подходы.

Аннотация:

В данной статье изучается эффективность

герменевтических

технологий

в

развитии

информационно-аналитической

компетентности

студентов. В исследовании подробно анализируется
значение внедрения герменевтических технологий в
образовательный процесс, а также их роль в развитии у
студентов

навыков

анализа,

интерпретации

и

критического мышления. Кроме того, в статье исследована
эффективность герменевтических технологий в развитии
информационно-аналитической

компетентности

студентов. Герменевтика рассматривается как научный
подход, основанный на процессах интерпретации и
понимания, который позволяет глубоко анализировать
информацию и делать правильные выводы. Исследование
было

проведено

среди

студентов

Ферганского

государственного университета и включало три этапа:
констатирующий, формирующий и контрольный. Для
студентов экспериментальной группы были применены
педагогические

стратегии,

основанные

на

герменевтических

технологиях,

что

привело

к

значительному улучшению их критического мышления,
способности

решать

проблемные

ситуации

и

анализировать информацию. У студентов контрольной
группы таких результатов не наблюдалось. В статье
раскрыты научные основы и практические возможности
герменевтических

технологий

в

развитии

информационно-аналитической компетентности, а также
разработаны рекомендации по их внедрению в
образовательный процесс.

EFFECTIVENESS OF DEVELOPING INFORMATION-ANALYTICAL

COMPETENCE IN STUDENTS THROUGH HERMENEUTIC

TECHNOLOGY

Keywords:

hermeneutic
technology,

Abstract:

This article focuses on studying the effectiveness of

hermeneutic

technologies

in

developing

students’

information-analytical competence. The study provides a


background image

TADBIRKORLIK VA PEDAGOGIKA. ILMIY-USLUBIY JURNAL. ISSN: 2181-2659. [4/2024].

89

information-
analytical
competence,
information
security,
educational
technologies,
critical thinking,
information
analysis,
pedagogical
approaches.

detailed analysis of the significance of integrating hermeneutic
technologies into the educational process and their role in
enhancing students’ skills in information analysis,
interpretation, and critical thinking. Additionally, the article
examines the effectiveness of hermeneutic technologies in
fostering information-analytical competence among students.
Hermeneutics is analyzed as a scientific approach based on
interpretation and understanding processes, enabling deep
analysis of information and drawing accurate conclusions. The
research was conducted among students of Fergana State
University in three stages: diagnostic, formative, and
confirmatory. Pedagogical strategies based on hermeneutic
technologies were applied to the experimental group of
students, resulting in a significant improvement in their critical
thinking, problem-solving, and information analysis abilities.
Such results were not observed in the control group. The article
reveals the scientific foundations and practical potential of
hermeneutic technologies in developing information-
analytical competence and provides recommendations for their
implementation in the educational process.

KIRISH

Globallashuv va axborot texnologiyalari asrida yosh avlodni zararli axborot

tahdidlaridan himoya qilish va ularning axborotni mustaqil tahlil qilish ko‘nikmalarini
rivojlantirish muhim vazifa hisoblanadi. Ushbu jarayonda talabalarni informatsion-
analitik kompetentlikka ega bo‘lishga yo‘naltirish muhim ahamiyatga ega. Chunki,
axborotning tezkor ravishda ko‘payib borishi, uni tushunish va to‘g‘ri tahlil qilishdagi
qiyinchiliklar zamonaviy ta’lim muhitida samarali o‘quv texnologiyalarini qo‘llash
zaruratini keltirib chiqarmoqda.

Informatsion-analitik kompetentlik – bu talabalarning zamonaviy axborot

maydonida to‘g‘ri yo‘nalishda harakatlanish, muhim va ahamiyatli axborotni ajratib
olish, uni tahlil qilish, turli fikrlarni o‘zaro taqqoslash va xulosalar chiqarish
ko‘nikmalarini shakllantirishdan iborat kompetentlik turi bo‘lib, bu jarayonda
axborotdan maqsadli foydalanish, tanqidiy fikrlash va axborot oqimini boshqarish
ko‘nikmalari rivojlanadi. Ushbu kompetentlikning rivoji nafaqat talabalarning kasbiy
tayyorgarligini, balki ularning intellektual va ma’naviy kamolotini ta’minlashda ham
muhim rol o‘ynaydi.

Ta’lim jarayonida germenevtik texnologiyalardan foydalanish ushbu

kompetentlikni rivojlantirishda samarali vosita hisoblanadi. Germenevtika – bu
tushunish, talqin qilish va izohlash jarayonlarini o‘rganishga qaratilgan ilmiy yondashuv


background image

TADBIRKORLIK VA PEDAGOGIKA. ILMIY-USLUBIY JURNAL. ISSN: 2181-2659. [4/2024].

90

bo‘lib, uning ta’limdagi ahamiyati matnlarni tahlil qilish va ma’nolarni ochib berish
orqali talabalar tafakkurini rivojlantirishda namoyon bo‘ladi. Germenevtik
texnologiyalar yordamida talabalar matnlarni faqat axborot manbai sifatida emas, balki
yaxlit mazmunli-tahliliy jarayon sifatida ko‘rib chiqishni o‘rganadilar, bu esa ularning
informatsion-analitik kompetentlik darajasini oshirishga xizmat qiladi.

Mazkur maqola germenevtik texnologiyalarning talabalarda informatsion-analitik

kompetentlikni rivojlantirishdagi samaradorligini tadqiq etish hamda ushbu
texnologiyalarning ta’lim jarayoniga joriy etish usullarini aniqlashga qaratilgan.
Tadqiqot natijalari ushbu texnologiyalarning zamonaviy ta’lim tizimida tutgan o‘rnini
yoritish va talabalarning axborot bilan ishlash qobiliyatini oshirishga qaratilgan amaliy
tavsiyalarni ishlab chiqishga xizmat qiladi.

ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODLAR

Talabalarda informatsion-analitik kompetentlikni rivojlantirish masalasi bir qator

ilmiy tadqiqotlar orqali yoritilgan bo‘lib, bu kompetentlik ta’lim jarayonining muhim
maqsadlaridan biri sifatida e’tirof etiladi. Zamonaviy pedagogikada axborotni qayta
ishlash, uni tahlil qilish va tanqidiy yondashuv orqali qayta tuzish ko‘nikmalarini
rivojlantirishda innovatsion texnologiyalardan foydalanish muhim ahamiyat kasb etadi
[1].

Ushbu kompetentlikni shakllantirish masalalari bo‘yicha zamonaviy tadqiqotlar

axborotni tahlil qilish jarayonining ikki asosiy yo‘nalishini belgilaydi:

1. Axborotni qabul qilish va tushunish ko‘nikmalarini rivojlantirish.
2. Axborotning asosiy qismini ajratish va uni tahlil qilish orqali muhim xulosalar

chiqarish.

Masalan, A.Zimnyaya axborot bilan ishlash kompetentligini shaxs kasbiy

tayyorgarligidagi asosiy sifatlardan biri deb hisoblaydi [2]. Uning tadqiqotlarida nafaqat
axborotni

tahlil

qilishda

raqamli

vositalar

masalasi,

balki

metodologik

yondashuvlarning ahamiyati ham keltirilgan.

Germenevtika tushunchasi G.Gadamer tomonidan keng yoritilgan bo‘lib, uning

nazariyasida tushunish jarayoni nafaqat axborotni qabul qilish, balki uni talqin qilish va
ma’no yaratish vositasi sifatida ko‘riladi [4]. Gadamerning “Tushunish falsafasi”da har
qanday matn yoki axborot talqin qilinayotganda shaxsning sub’ektiv tajribasi va
ijtimoiy konteksti muhim ekanligi qayd etilgan.

Ta’limda germenevtik yondashuvlardan foydalanish bo‘yicha E.Popova [6] o‘z

tadqiqotida germenevtik metodlarni o‘quv materiallarini o‘rgatishda interfaol
yondashuv sifatida ko‘rsatadi. Uning tajribalari shuni ko‘rsatadiki, germenevtik
texnologiyalar yordamida talabalar matnni o‘z tajribasi bilan bog‘lashga muvaffaq
bo‘ladi, bu esa axborotning mazmunini chuqurroq tushunishga olib keladi.

Germenevtik texnologiyalarning samaradorligini tadqiq qilgan bir qator ilmiy

ishlar mavjud. Quyida ularning bir nechtasi ko‘rib chiqilgan:


background image

TADBIRKORLIK VA PEDAGOGIKA. ILMIY-USLUBIY JURNAL. ISSN: 2181-2659. [4/2024].

91

T.N.Kuznetsova [7] o‘z tadqiqotida AKT vositalarini germenevtik yondashuv

bilan birlashtirish orqali talabalar informatsion-analitik kompetensiyalarini oshirishga
erishgan. Unga ko‘ra, talabalar virtual laboratoriyalarda matnlarni talqin qilish va tahlil
qilishni o‘rgangan. Natijada ularning tahliliy fikrlash qobiliyati 35 foizga oshgan.

I.P.Maslov [3] esa talabalarga klassik adabiyot matnlarini germenevtik

texnologiyalar asosida tahlil qildirish orqali ularning fikrlash qobiliyatlari va
kommunikativ kompetensiyalarida sezilarli rivojlanishni kuzatgan.

Zamonaviy pedagogik tadqiqotlarda germenevtika va boshqa innovatsion

texnologiyalarni uyg‘unlashtirish samaradorligi ko‘rsatib o‘tilgan. Xususan, V.Ilyasova
[8] germenevtik uslubni raqamli platformalar bilan uyg‘unlashtirish orqali talabalarni
matnlarni kontekstual tahlil qilishga o‘rgatgan. Uning tadqiqotida talabalar o‘quv
jarayonida axborotni nafaqat tahlil qilish, balki uni qayta talqin qilish va o‘z tajribasiga
moslashtirish ko‘nikmalariga ega bo‘lishgani aniqlangan.

Informatsion-analitik kompetentlikning zamonaviy xavfsizlik masalalariga oid

tadqiqotlarda tutgan o‘rni ham dolzarb. M.Rakhimova [10] axborot tahdidlariga qarshi
kurashda germenevtik yondashuvning afzalliklarini tahlil qilgan. Unga ko‘ra, talqin va
tahlil qilish jarayonlari talabalarni zararli ma’lumotlarni aniqlash va ularga nisbatan
tanqidiy yondashuv shakllantirishga yordam beradi.

Adabiyotlar tahlili germenevtik texnologiyalarning nafaqat o‘quv jarayonidagi

samaradorligini, balki talabalarning umumiy axborot tahlili qobiliyatlarini
rivojlantirishdagi rolini ham tasdiqlaydi. Ushbu texnologiyalarning zamonaviy ta’lim
muhitida qo‘llanilishi axborotlar oqimidan tanqidiy va maqsadli foydalanish
ko‘nikmalarini rivojlantirishda yuqori natijalar berishi mumkin.

Mazkur

tadqiqotda

talabalar

informatsion-analitik

kompetentligini

rivojlantirishda germenevtik texnologiyalarning samaradorligini aniqlashga qaratilgan
metodologik yondashuvlar qo‘llanildi. Tadqiqot nazariy va amaliy jihatlarni qamrab
olib, quyidagi maqsad va vazifalarni amalga oshirishga yo‘naltirildi:

1. Germenevtik texnologiyalarning mohiyati va ularning o‘quv jarayonidagi

ahamiyatini o‘rganish.

2. Talabalarda informatsion-analitik kompetentlik darajasini baholashning

samarali vositalarini ishlab chiqish.

3.

Germenevtik

texnologiyalar

asosida

ishlab

chiqilgan

pedagogik

strategiyalarning samaradorligini amaliyotda sinovdan o‘tkazish.

Tadqiqot zamonaviy pedagogik va psixologik metodlar uyg‘unligiga asoslanib,

quyidagi metodologik asoslarda amalga oshirildi:

nazariy tadqiqot metodlari:

adabiyotlarni tahlil qilish, tizimli tahlil, qiyosiy

tahlil va umumlashtirish.

tajriba-sinov ishlariga oid tadqiqot metodlari:

kuzatuv, so‘rovnoma, test

sinovlari va statistik ma’lumotlarni qayta ishlash.


background image

TADBIRKORLIK VA PEDAGOGIKA. ILMIY-USLUBIY JURNAL. ISSN: 2181-2659. [4/2024].

92

Tajriba-sinov ishlari quyidagi 3 bosqichda Farg‘ona davlat universitetida amalga

oshirildi:

1. Asoslovchi bosqich:

talabalarning informatsion-analitik kompetentligi darajasi

dastlabki holatda baholandi. Bu bosqichda test va so‘rovnomalar yordamida mavjud
daraja aniqlanib, keyingi bosqich uchun zaruriy metodik materiallar tayyorlandi.

2. Shakllantiruvchi bosqichi:

tajriba guruhda germenevtik texnologiyalar asosida

o‘quv dasturi amalga oshirildi, nazorat guruhi esa an’anaviy pedagogik usullar bilan
ta’lim oldi.

3. Ta’kidlovchi bosqich:

har ikki guruhdagi talabalarning informatsion-analitik

kompetentligi darajasi qayta baholanib, natijalar qiyosiy tahlil qilindi.

Tadqiqotda universitetning 2-kurs talabalari (N=82) ishtirok etdi. Ishtirokchilar

quyidagi ikki guruhga biriktirildi: tajriba guruhi (N=42); nazorat guruhi (N=40).

Tajriba-sinov ishlari jarayonida quyidagi usullardan foydalanildi:

1.

Diagnostik usullar:

a) so‘rovnomalar (talabalarning informatsion-analitik

kompetentligi darajasini aniqlash uchun maxsus ishlab chiqilgan so‘rovnomalar
qo‘llanildi. So‘rovnomalar tanqidiy fikrlash, muammoli vaziyatlarda qaror qabul qilish
va axborot manbalarini baholash ko‘nikmalarini aniqlashga qaratildi); b) testlar
(matnlarni tahlil qilish va mazmunini talqin qilishga oid savollardan iborat testlar ishlab
chiqildi. Bu testlar talabalarning axborot bilan ishlash qobiliyatini miqdoriy baholashga
imkon berdi).

2. Tajriba-sinov ishlariga oid usullar:

a) matnlar bilan ishlash (tajriba guruhi

talabalariga turli xil ilmiy, badiiy va axboriy matnlarni germenevtik tahlil qilish
vazifalari berildi. Bu jarayonda talqin qilish, asosiy g‘oyalarni ajratib olish va
muammoli vaziyatlarni tahlil qilish ko‘nikmalari shakllantirildi): b) germenevtik
dialoglar (talabalar o‘rtasida guruhli muhokama va interfaol dialoglar tashkil qilinib,
matnning turli nuqtayi nazardan tahlil qilinishi ta’minlandi).

3. Ma’lumotlarni tahlil qilish usullari:

yig‘ilgan ma’lumotlar statistik va sifat

tahlili usullari yordamida qayta ishlanib, natijalar qiyoslandi. Bular quyidagicha: a)
deskriptiv statistika (guruhlar o‘rtasidagi o‘rtacha natijalarni aniqlash va taqqoslash); b)
T-test (tajriba va nazorat guruhlari o‘rtasidagi farqlarni baholash); d) korrelyatsiya
tahlili (germenevtik texnologiyalarning talabalar kompetentligiga ta’sirini aniqlash).

Empirik tadqiqotlar jarayonida tajriba guruhida quyidagi ishlar amalga oshirildi:

Axborotni tahlil qilish ko‘nikmalarini rivojlantirish:

talabalarga kompleks tahlilni

talab qiluvchi matnlar berildi (masalan, pedagogik, psixologik, ijtimoiy, iqtisodiy va
madaniy mavzulardagi maqolalar). Ular mazmunni tahlil qilib, turli talqin variantlarini
taklif qilishdi;

Tanqidiy fikrlashni shakllantirish:

matnlar bilan ishlashda mavjud stereotiplar va

noto‘g‘ri axborot manbalarini aniqlashga qaratilgan vazifalar tashkil qilindi.

Muammoli vaziyatlar bilan ishlash

: talabalarga turli axborot tahdidlariga oid


background image

TADBIRKORLIK VA PEDAGOGIKA. ILMIY-USLUBIY JURNAL. ISSN: 2181-2659. [4/2024].

93

misollar berilib, ularni tahlil qilish va himoyalanish usullarini ishlab chiqish topshirildi.

Tadqiqot natijalari SPSS statistik dasturi yordamida qayta ishlanib, tajriba va

nazorat guruhlari natijalari qiyoslandi. Shu orqali germenevtik texnologiyalarning
informatsion-analitik kompetentlikka ta’siri ilmiy jihatdan asoslandi.

NATIJALAR VA ULARNING MUHOKAMASI

Mazkur tadqiqot davomida talabalar informatsion-analitik kompetentligini

rivojlantirishda germenevtik texnologiyalarning samaradorligi bo‘yicha muhim
natijalarga erishildi. Quyida tadqiqot natijalari tajriba va nazorat guruhlari bo‘yicha
tahlil qilinadi:

Tadqiqotning asoslovchi bosqichida tajriba va nazorat guruhlarining

informatsion-analitik kompetentlik darajasi test va so‘rovnoma natijalariga ko‘ra bir-
biriga yaqin natijalarni ko‘rsatdi. Masalan, talabalar axborot tahlil qilish qobiliyati
bo‘yicha o‘rtacha 10 ballik tizimda quyidagi ko‘rsatkichlarni namoyon etishdi: tajriba
guruhi: 4.8 ± 0.2 ball, nazorat guruhi: 4.7 ± 0.3 ball.

Ta’kidlovchi bosqich yakunida germenevtik texnologiyalarning samaradorligi

sezilarli darajada oshgani kuzatildi. Talabalarning informatsion-analitik kompetentligi
tahlil qilinganida quyidagi ko‘rsatkichlar qayd etildi. Jumladan, tajriba guruhi: tahliliy
ko‘nikmalar, muammoli vaziyatlarni tahlil qilish va tanqidiy fikrlash darajasi o‘rtacha
7.8 ± 0.2 ballgacha oshdi. Talabalar axborotni turli kontekstlarda talqin qilishga va
noto‘g‘ri axborot manbalarini aniqlashga muvaffaq bo‘lishdi; nazorat guruhi: an’anaviy
metodlar asosida ta’lim olgan talabalar natijalari sezilarli darajada o‘zgarishsiz qoldi,
o‘rtacha 5.1 ± 0.3 ball.

Tajriba-sinov ishlari natijalari quyidagi indikatorlar bo‘yicha o‘zgarishlarni

ko‘rsatdi:

Axborotni tahlil qilish qobiliyati:

tajriba guruhi talabalari 85 foiz o‘quv

materiallarini mustaqil tahlil qilishga muvaffaq bo‘ldi, nazorat guruhida bu ko‘rsatkich
40 foizga yaqin ko‘rsatkichni tashkil etdi.

Tanqidiy fikrlash:

tajriba guruhida talabalar noto‘g‘ri va manipulyator

axborotni aniqlash vazifalarida 78 foiz muvaffaqiyatga erishdi, nazorat guruhida bu
ko‘rsatkich 35 foizni tashkil etdi.

Axborot talqini va yechim taklif qilish:

tajriba guruhining 70 foiz talabasi turli

talqin va yechim variantlarini taklif qila oldi, nazorat guruhida bu ko‘rsatkich 25 foizni
tashkil etdi.

Tadqiqot

natijalari

talabalar

informatsion-analitik

kompetentligini

rivojlantirishda germenevtik texnologiyalarning samaradorligini ilmiy asoslash
imkonini berdi. Natijalar bir qator ilmiy tadqiqotlar bilan hamohang ekanligini
ko‘rsatdi.

Germenevtik texnologiyalar asosida tashkil etilgan mashg‘ulotlar talabalar

axborotni tahlil qilish va uni turli kontekstlarda talqin qilish qobiliyatini sezilarli


background image

TADBIRKORLIK VA PEDAGOGIKA. ILMIY-USLUBIY JURNAL. ISSN: 2181-2659. [4/2024].

94

darajada oshirdi. Bu, ayniqsa, G.Gadamerning tushunish nazariyasi [4] va
E.Popovaning [6] interfaol ta’lim yondashuvlari haqidagi tadqiqotlari bilan mos keladi.

Tadqiqot davomida talabalar matnni talqin qilish jarayonida muammoli

vaziyatlarni hal qilish ko‘nikmalarini egalladi. Kuznetsovaning [7] matn bilan ishlash
orqali tanqidiy fikrlashni rivojlantirishga oid tadqiqotlari mazkur natijalarni qo‘llab-
quvvatlaydi.

Nazorat guruhida an’anaviy ta’lim metodlarining qo‘llanilishi natijalarining

sezilarli o‘zgarishsiz qolganligi an’anaviy pedagogik yondashuvning hozirgi zamon
ta’lim talablariga mos emasligini tasdiqlaydi. Bu haqda Ilyasova [9] tomonidan amalga
oshirilgan tadqiqotda an’anaviy usullar tanqid qilingan edi.

Talabalarning axborot xavfsizligi bo‘yicha ko‘nikmalarini oshirish uchun

germenevtik texnologiyalarning samaradorligi aniqlanganligi Rakhimovaning [10]
axborot tahdidlariga qarshi ta’limiy yondashuvlari bilan uyg‘un keladi. Talqin va tahlil
qilish qobiliyatlari zararli axborot manbalarini aniqlashda muhim ahamiyatga ega
ekanligi yana bir bor tasdiqlandi.

Tadqiqot natijalari germenevtik texnologiyalar yordamida talabalarning

informatsion-analitik kompetentligini sezilarli darajada rivojlantirish mumkinligini
ko‘rsatdi. Ushbu texnologiyalar talabalarning mustaqil fikrlash, axborotni tahlil qilish
va tanqidiy yondashuv ko‘nikmalarini shakllantirishda muhim omil ekanligi
tasdiqlandi.

XULOSA

Mazkur tadqiqot talabalar informatsion-analitik kompetentligini rivojlantirishda

germenevtik texnologiyalarning samaradorligini o‘rganishga qaratildi. Tadqiqot
natijalariga ko‘ra, ushbu texnologiyalar talabalarning axborotni tahlil qilish, talqin etish
va tanqidiy fikrlash ko‘nikmalarini rivojlantirishda samarali vosita ekanligi tasdiqlandi.

Germenevtik texnologiyalar talabalarda turli kontekstlarda axborotni tushunish,

tahlil qilish va talqin qilish jarayonida muhim vosita sifatida namoyon bo‘ldi. Ushbu
texnologiyalarning asosiy afzalliklari talabalarni mustaqil fikrlashga, murakkab
axborotlarni tushunishga va zararli ma’lumotlardan himoyalanishga o‘rgatishdan iborat.

Eksperimental guruh talabalari germenevtik texnologiyalar yordamida axborotni

tizimli va tanqidiy baholash qobiliyatini an’anaviy ta’lim usullaridan foydalanilgan
nazorat guruhiga nisbatan sezilarli darajada rivojlantirdi. Germenevtik texnologiyalar
talabalarning kognitiv va axborot xavfsizligi bo‘yicha ko‘nikmalarini oshirishda muhim
rol o‘ynadi. Bildirilgan fikr-mulohazalar asosida quyidagi ilmiy va amaliy xulosalarga
kelindi.

Ilmiy xulosalar:

germenevtik texnologiyalar asosida o‘quv jarayonini tashkil etish talabalarning

informatsion-analitik kompetentligini rivojlantirish uchun samarali uslubdir;

mazkur yondashuv axborot xavfsizligi tahdidlariga qarshi o‘qitish strategiyasi


background image

TADBIRKORLIK VA PEDAGOGIKA. ILMIY-USLUBIY JURNAL. ISSN: 2181-2659. [4/2024].

95

sifatida muhim ahamiyatga ega;

talabalarning axborotni tahlil qilish va undan samarali foydalanish bo‘yicha

ko‘nikmalarini rivojlantirishda innovatsion texnologiyalardan foydalanish dolzarb
ekanligi yana bir bor tasdiqlandi.

Amaliy tavsiyalar:

oliy ta’lim muassasalarida germenevtik texnologiyalarni kengroq tatbiq etish

uchun maxsus metodik qo‘llanmalar va o‘quv dasturlarini ishlab chiqish tavsiya etiladi;

talabalarning informatsion-analitik kompetentligini yanada rivojlantirish

uchun turli xil interfaol metodlarni, jumladan, guruhli muhokamalar, matn tahlili va
muammoli vaziyatlar bilan ishlashni kengroq qo‘llash lozim;

kelgusida ushbu texnologiyalarni boshqa sohalar (masalan, iqtisodiyot, huquq,

tabiiy fanlar)da sinab ko‘rish orqali ularning universalligini o‘rganish maqsadga
muvofiq.

Mazkur tadqiqot natijalari germenevtik texnologiyalarning talabalarda

informatsion-analitik kompetentligini rivojlantirishdagi ahamiyatini tasdiqlaydi,
zamonaviy ta’lim jarayonida ularni joriy etishning dolzarbligi va maqsadga
muvofiqligini ta’kidlaydi.

























background image

TADBIRKORLIK VA PEDAGOGIKA. ILMIY-USLUBIY JURNAL. ISSN: 2181-2659. [4/2024].

96

Adabiyotlar ro‘yxati

1.

Алексеева, Т. В. Вопросы развития инновационных технологий и навыков
обработки информации. – М: Педагогика. 2020.

2.

Зимняя, А. А. Компетентность в работе с информацией в профессиональной
подготовке личности. – М: Педагогика. 2004.

3.

Маслов, И. П. Классическая литература и технологии герменевтики. – М:
Университет. 2017.

4.

Gadamer, H. G. Truth and Method. – New York: Seabury Press. 1975.

5.

Ricoeur, P. Hermeneutics and the Human Sciences: Essays on Language, Action,
and Interpretation. – Cambridge: Cambridge University Press. 1981.

6.

Попова, Е. А. Роль герменевтической методологии в образовательном
процессе // Педагогика и современные проблемы образования. 2019, №
4(3). – С. 45-52.

7.

Кузнецова, Т. Н. Педагогические основы развития критического мышления
через тексты // Высшее образование и инновации. 2019, № 8(1). – С. 12-18.

8.

Ilyasova, V.I. Zamonaviy ta’limda metodologik yondashuvlar. – Toshkent:
Ta’lim, 2018.

9.

Ilyasova, Z.M. An’anaviy ta’lim metodlarini tanqidiy baholash // Zamonaviy
ta’lim metodlari ilmiy jurnali. 2021, № 6(2). – С. 32-37.

10.

Rakhimova, M. Axborot tahdidlariga qarshi kurashda germenevtik yondashuv

.

Toshkent: O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi. 2022. – B. 59–69.

11.

Rahimova, D.S. Talabalarning axborot xavfsizligi ko‘nikmalarini shakllantirish
usullari. // Axborot va texnologiya xavfsizligi jurnali. 2022, 10(4). – B. 55–63.

12.

Vygotsky, L. S. Mind in Society: The Development of Higher Psychological
Processes. – Cambridge, MA: Harvard University Press, 1978.

13.

Belyaeva, A.I. Oliy ta’limda interfaol texnologiyalarni qo‘llash samaradorligi. //
Innovatsion ta’lim usullari jurnali. 2020, 12(5). – B. 23–30.

14.

Dewey, J. Democracy and Education: An Introduction to the Philosophy of
Education. – New York: Macmillan, 1916.

15.

Блинов, А. О., Сергеев, С. В. Технологии, направленные на развитие
компетентности работы с информацией // Высшие педагогические
исследования. 2021, № 14(2). – С. 67-74.

Библиографические ссылки

Алексеева, Т. В. Вопросы развития инновационных технологий и навыков обработки информации. – М: Педагогика. 2020.

Зимняя, А. А. Компетентность в работе с информацией в профессиональной подготовке личности. – М: Педагогика. 2004.

Маслов, И. П. Классическая литература и технологии герменевтики. – М: Университет. 2017.

Gadamer, H. G. Truth and Method. – New York: Seabury Press. 1975.

Ricoeur, P. Hermeneutics and the Human Sciences: Essays on Language, Action, and Interpretation. – Cambridge: Cambridge University Press. 1981.

Попова, Е. А. Роль герменевтической методологии в образовательном процессе // Педагогика и современные проблемы образования. 2019, № 4(3). – С. 45-52.

Кузнецова, Т. Н. Педагогические основы развития критического мышления через тексты // Высшее образование и инновации. 2019, № 8(1). – С. 12-18.

Ilyasova, V.I. Zamonaviy ta’limda metodologik yondashuvlar. – Toshkent: Ta’lim, 2018.

Ilyasova, Z.M. An’anaviy ta’lim metodlarini tanqidiy baholash // Zamonaviy ta’lim metodlari ilmiy jurnali. 2021, № 6(2). – С. 32-37.

Rakhimova, M. Axborot tahdidlariga qarshi kurashda germenevtik yondashuv. – Toshkent: O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi. 2022. – B. 59–69.

Rahimova, D.S. Talabalarning axborot xavfsizligi ko‘nikmalarini shakllantirish usullari. // Axborot va texnologiya xavfsizligi jurnali. 2022, 10(4). – B. 55–63.

Vygotsky, L. S. Mind in Society: The Development of Higher Psychological Processes. – Cambridge, MA: Harvard University Press, 1978.

Belyaeva, A.I. Oliy ta’limda interfaol texnologiyalarni qo‘llash samaradorligi. // Innovatsion ta’lim usullari jurnali. 2020, 12(5). – B. 23–30.

Dewey, J. Democracy and Education: An Introduction to the Philosophy of Education. – New York: Macmillan, 1916.

Блинов, А. О., Сергеев, С. В. Технологии, направленные на развитие компетентности работы с информацией // Высшие педагогические исследования. 2021, № 14(2). – С. 67-74.