Authors

Author Biographies

  • Bahrom Shomurotov , Karshi Institute of Engineering and Economics
    Senior teacher of the department "Ecology and environmental protection".
  • Jaloliddin Mamanov, Karshi Institute of Engineering and Economics
    Teacher of the Department of Ecology and Environmental Protection

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.entrepreneurship-pedagogy.59087

Keywords:

foresight technology foresight competence foresight education foresight- management eco-foresight

Abstract

The article consists of specialists in the field of foresight technology, the organization of scientific research in the field of environmental management. Based on the inclusion of foresight subjects in the educational programs of higher educational institutions, the development of their foresight competence and the formation and development of eco-foresight competence in future ecologists is the need of the hour. It is urgent and extremely important to train professional ecologists in Uzbekistan's higher education institutions who can see the future, who can correctly predict the consequences of the environmental impact of enterprises or organizations, and to scientifically substantiate the methodology of forming eco-foresight competence in them. is one of the issues. As a result of the development of high-level fan techniques, these experts have a clear view of the long-term scientific development and research outcomes of the development of atroph-muhitning, and the company’s strategy for developing atrophy-muhitning recommendations have been made to shake up the capabilities of the company.


background image

TADBIRKORLIK VA PEDAGOGIKA. ILMIY-USLUBIY JURNAL. ISSN: 2181-2659. [4/2024].

163

PEDAGOGIKA FANLAR

EKOLOGIK BASHORATLASHDA FORSAYTDAN FOYDALANISH

METODIKASI

SHOMUROTOV BAHROM ХUSANOVICH

Qarshi muhandislik iqtisodiyot instituti

“Ekologiya va atrof muhit muhofazasi” kafedrasi katta o‘qituvchisi

UDK: 504.06

Email:

shomurodovbahrom077@gmail.com

https://orcid.org/0009-0007-2335-2913

MAMANOV JALOLIDDIN G‘ANISHER O‘G‘LI

Qarshi muhandislik iqtisodiyot instituti

“Ekologiya va atrof muhit muhofazasi” kafedrasi o‘qituvchisi

Email:

jalol.oikos@gmail.com

https://orcid.org/0009-0009-7631-9994

Keywords:

forsayt,
texnologiya,
forsayt kompetentlik,
forsayt ta’lim,
forsayt-menejment,
eko-forsayt.

Annotatsiya:

Maqolada bo’lajak mutaxasislarni forsayt

texnologiyasi asosida, ekologik muammolarning kelajakdagi
holati nimalarga olib kelishini ilmiy tadqiqotlar asosida
o‘rganishdan iboratdir. Oliy o‘quv yurtlarning ta’lim
dasturlariga forsaytga oid fanlarni kiritish asosida ularning
forsayt kompetentlikligini rivojlantirish hamda bo‘lajak
ekologlarda “Eko-forsayt kompetentlikni shakllantirish va
rivojlantirish zamon talabi hisoblanadi. O‘zbekistonda oliy
ta’lim muassasalarida uzoqni ko‘ra biladigan, korxona yoki
tashkilotlarning atrof-muhitga ta’siri oqibatlarini to‘g‘ri
bashoratlay oladigan professional ekologlarni tayyorlash va
ularda eko-forsayt kompetentlikni shakllantirish metodikasini
ilmiy asoslash dolzarb va o‘ta muhim masalalardan biridir.
Bo‘lajak mutaxassislar yuqori darajadagi fan-texnika
taraqqiyoti natijasida atrof-muhitning ifloslanishi oqibatlarini
uzoq muddatli ilmiy bashoratlash va bashoratlash natijalari
asosida aniq bir korxona, muassasa, kompaniyaning atrof-
muhit

muhofazasi

bo‘yicha

rivojlanish

strategiyasi

ssenariylarini tuzish qobiliyatlarini shakllantirish kabi
tavsiyalar keltirilgan.




background image

TADBIRKORLIK VA PEDAGOGIKA. ILMIY-USLUBIY JURNAL. ISSN: 2181-2659. [4/2024].

164

МЕТОДОЛОГИЯ ИСПОЛЬЗОВАНИЯ ФОРСАЙТА ДЛЯ

ЭКОЛОГИЧЕСКИХ ИССЛЕДОВАНИЙ

Ключевые слова:

форсайт,
технологии,
форсайт-
компетентность,
форсайт-
образование,
форсайт-
менеджмент,
экофорсайт.

Аннотaция:

В статье представлены специалисты в

области технологии предвидения, организации научных
исследований в области экологического менеджмента. На
основе включения предметов форсайта в образовательные
программы высших учебных заведений, развитие их
форсайт-компетентности, а также формирование и
развитие эколого-форсайтской компетентности у будущих
экологов является потребностью времени. Актуальна и
чрезвычайно важна подготовка в высших учебных
заведениях Узбекистана профессиональных экологов,
способных видеть будущее, умеющих правильно
прогнозировать последствия воздействия предприятий
или организаций на окружающую среду, научно
обосновать методологию формирования в них эколого-
форсайтской компетентности. . это одна из проблем. В
результате разработки веерных методов высокого уровня
эти эксперты имеют четкое представление о долгосрочных
научных разработках и результатах исследований в
области атрофии-мухитнинга, а также о стратегии
компании по развитию атрофии-мухитнинга. даны
рекомендации по встряхиванию возможностей компании.

METHODOLOGY FOR USING FORESIGHT IN ECOLOGICAL

FORECASTING


Key words

:

foresight,
technology,
foresight
competence,
foresight
education,
foresight-
management,
eco-foresight.


Abstract:

The article consists of specialists in the field of

foresight technology, the organization of scientific research in
the field of environmental management. Based on the
inclusion of foresight subjects in the educational programs of
higher educational institutions, the development of their
foresight competence and the formation and development of
eco-foresight competence in future ecologists is the need of the
hour. It is urgent and extremely important to train professional
ecologists in Uzbekistan's higher education institutions who
can see the future, who can correctly predict the consequences
of the environmental impact of enterprises or organizations,


background image

TADBIRKORLIK VA PEDAGOGIKA. ILMIY-USLUBIY JURNAL. ISSN: 2181-2659. [4/2024].

165

and to scientifically substantiate the methodology of forming
eco-foresight competence in them. is one of the issues. As a
result of the development of high-level fan techniques, these
experts have a clear view of the long-term scientific
development and research outcomes of the development of
atroph-muhitning, and the company’s strategy for developing
atrophy-muhitning recommendations have been made to shake
up the capabilities of the company.

KIRISH

Jahon hamjamiyatini hozirgi davrda tashvishga solayotgan global muammolar

ichida eng muhimi ekologik muammolar hisoblanadi. Shu sababli, kelajakda yuz berishi
mumkin bo‘lgan ekologik inqirozlarni futurologiya ilmlari asosida bashoratlash,
ayniqsa bunda forsayt texnologiyasidan foydalanib kelajak ssenariylarini yaratish
asosida ekologik inqirozlarning oldini olishga qaratilgan uzoq muddatli strategiyalarni
ishlab chiqishga oid keng ko‘lamli tizimli ilmiy-tadqiqot ishlari amalga oshirilmoqda.
Bo‘lajak mutaxassislarda ekologik madaniyatni shakllantirish, ekologik bashoratlash
metodlari, jumladan forsayt texnologiya asosida kelajakni bashoratlash va uning
ssenariylarini yaratish bo‘yicha nazariy bilimlar berish hamda amaliy ko‘nikmalar hosil
qilishga ahamiyat qaratilmoqda. Ekо-fоrsаyt kompetentlik modeli, komponentlari,
baholash mezonlari va pedagogik shаrt-shаrоitlаrinining mazmuni va tarkibini
takomillashtirish kabi ilmiy-tadqiqot ishlari pedagogik sohasida dolzarb mаsаlаlаrdаn
biri sifatida qаrаlmоqdа.

ASOSIY QISM

Bashoratlash, bu-qisqa ma’noda ma’lum bir jarayonni kelajakda qanday

rivojlanishini aniqlash bo‘yicha maxsus ilmiy tadqiqotlardir [6].

Ekologik bashoratlashning zaruriyati biror bir ekologik muammoning kelajakdagi

holati nimalarga olib kelishini ilmiy tadqiqotlar asosida o‘rganishdan iboratdir. Shunga
bog‘liq holda bashoratlash prinsiplari quyidagi turlarga bo‘linadi: statistik (joriy
baholashlardagi xatoliklar), ehtimoliy (kelajakda hodisalar o‘zgarishining ko‘p
variantliligi), empirik (kelajak modelidagi metodologik xatoliklar) va falsafiy (joriy
bilimlarning cheklanganligi).

Bashoratlash natijalarining aniqlik darajasi quyidagi mezonlar bilan

baholanadi: [4].

“Haqiqiy” ma’lumotlarni (ruxsat etilgan xatoliklar bilan tasdiqlangan ) hajmi

va ularni to‘plash davri;

tasdiqlanmagan boshlang‘ich ma’lumotlar va ularni to‘plash davri;

bashorat qilinadigan ob’ekt (muammo) xususiyatlari va uni bashorat subyekti

bilan o‘zaro ta’siri;

bashoratlash metodikasi va uning modeli.

Bashoratlash quyidagi turlarga bo‘linadi:


background image

TADBIRKORLIK VA PEDAGOGIKA. ILMIY-USLUBIY JURNAL. ISSN: 2181-2659. [4/2024].

166

muddatiga ko‘ra:

qisqa muddatli, o‘rta muddatli va uzoq muddatli;

masshtabi bo‘yicha:

xususiy, mahalliy, mintaqaviy, tarmoq bo‘yicha, bir

davlat doirasida va global;

Amalda ekologik bashoratlashda foydalaniladigan metodlar quyidagi ikki

guruhga bo‘linadi: mantiqiy (“logik”) va rasmiylashtirishga oid.
Mantiqiy (logik) bashoratlash metodlariga induktiv, deduktiv, ekspert
baholash va analoglar metodi kiradi [5].

1-rasm

Ekologik bashoratlash metodlari

Induktiv metod predmetlar bilan hodisalar o‘rtasidagi bog‘lanish sabablarini

o‘rganishda keng qo‘llaniladi. Ushbu metodda tadqiqotlar dastlab haqiqiy
ma’lumotlarni to‘plash hamda obyektlar o‘rtasidagi o‘xshashliklar va farqlarni aniqlash
hamda umumlashtirishdan boshlanadi. Masalan, ob-havoni bashoratlash uchun dastlab
kuzatish va iqlim ko‘rsatkichlarini o‘lchash talab etiladi, keyin esa kunlik ob-havo
ushbu tadqiqot ma’lumotlari asosida bashorat qilinadi.

Deduktiv metod esa umumiy qonuniyatlar, tahlil va xulosalarga tayangan holda

xususiy holatlar bo‘yicha bashorat qilinadi. Bu metod bashoratga oid tadqiqotlar
strategiyasini aniqlashda qo‘llaniladi. Induktiv va deduktiv metodlar bir-biri bilan uzviy
bog‘langan holda foydalaniladi.

Ekspertli baholash metodi bashoratlanadigan obyekt to‘g‘risida ishonchli

ma’lumotlar bo‘lmaganda, ushbu soha bo‘yicha ekspertlar fikrlarini o‘rganishga
asoslanadi. Individual va jamoaviy ekspert ekspertizalar bo‘lishi mumkin. Ekspert
baholash metodi yordamida bashoratlashda statistik, kartografik va boshqa
materiallardan foydalaniladi.

Analoglar metodida bitta jarayonning rivojlanish qonuniyatlarini boshqa jarayonga

ma’lum o‘zgarishlar bilan tatbiq etishga asoslangan. Ushbu metod ko‘pchilik holatlarda
mahalliy bashoratlashlarda ishlatiladi. Masalan, yangi qurilayotgan kimyo sanoat
korxonasining atrof-muhitga ta’sirini bashoratlashda, ushbu muhitdagi oldin qurilib
foydalanilayotgan kimyo korxonalar ma’lumotlaridan foydalanish mumkin.

SWOT tahlili - birinchi navbatda ko‘rib chiqilayotgan tashkilot yoki geosiyosiy


background image

TADBIRKORLIK VA PEDAGOGIKA. ILMIY-USLUBIY JURNAL. ISSN: 2181-2659. [4/2024].

167

birlik uchun ichki omillarni (resurslar, imkoniyatlar va boshqalar) aniqlaydigan va
ularni kuchli va zaif tomonlari bo‘yicha tasniflaydigan usuldir. U xuddi shunday tashqi
omillarni (masalan, kengroq ijtimoiy-iqtisodiy va ekologik o‘zgarishlar yoki raqiblar,
raqobatchilar, bozorlar, qo‘shni mintaqalar va boshqalarning xatti-harakatlari)
o‘rganiladi va tasniflaydi va ularni imkoniyatlar va tahdidlar nuqtayi nazaridan taqdim
etadi.

Rasmiylashtirishga oid metodlar statistik, ekstrapolyatsiya va modellashtirish kabi

turlarga bo‘linadi [7].

Statistik metod kelajakni rivojlanish darajasini aniqlash maqsadida miqdoriy

ko‘rsatkichlarga tayanadi.

Ekstrapolyatsiya metodi-ma’lum bir hududning rivojlanish xarakterini kelajakdagi

holatini bashoratlashga asoslangan. Masalan, kimyoviy zavod ishga tushishi oqibatida
atrof –muhit havosi ifloslana boshladi, buning rivojlanishi natijasida ushbu muhitda
iqlim o‘zgarishi qanday oqibatlarga olib kelishi bashoratlanadi. Ekstrapolyatsiya
metodining asosini dinamik qatorlar tashkil etadi. Dinamik qatorlar deganda, ma’lum
vaqt davomida ko‘plab tadqiqotlar natijasida olingan ma’lumotlar tushuniladi.

Ekologik bashoratlashga oid ko‘plab ilmiy-tadqiqotlar tahlili ekologiyaning

hozirgi kundagi rivojlanish bosqichida bashoratlash asosan quyidagi 4 ta paradigmadan
tashkil topganligini ko‘rsatadi: verbal, funksional, eskiz va imitatsion. (Paradigma
(grekcha – “namuna”, “andoza”) – ilmiy yutuqlar majmuidir. Paradigma u yoki bu
davrda ilmiy hamjamiyat tomonidan tan olingan va yangi ilmiy tadqiqot uchun namuna
asos bo‘lib xizmat qilishi zarur)

Verbal paradigma ekologik bashoratlashda birinchi yuzaga kelgan model

hisoblanadi. Verbal paradigma sabab-oqibat ma’lumotlari asosida, professional
ekologlar ekspertizasi yordamida amalga oshiriladi. Bunda matematik hisob-
kitoblardan foydalanilmaydi.

Ekologik bashoratlashda funksional paradigma regressiv, kоrrelyаsiоn va faktorli

tahlillar, tajribalarni rejalashtirish nazariyasi, evolyutsion modellashtirish, vaqt
qatorlarini tahlil qilish, klasterli tahlil asosida amalga oshiriladi. Ushbu paradigmadan
asosan qisqa va o‘rta muddatli ekologik bashoratlash keng foydalaniladi.

Eskizli paradigma asosida ekologik bashoratlashda differensial tenglamalar hamda

ehtimollik nazariyasi qonuniyatlaridan foydalangan holda kelajak modeli yaratiladi.
Eskizli paradigma sifat ko‘rsatkichlariga asoslanadi va yuqori umumiylikka ega bo‘ladi.

“Ekologik forsayt” atamasi (eko-forsayt ingliz tilida environmental foresight yoki

environmental futures projects) forsayt texnologiyasidan atrof-muhit va tabiatni
muhofaza qilish bo‘yicha amalga oshiriladigan ilmiy tadqiqotlar demakdir [1].

48]48].

Eko-forsayt O‘zbekistonda nisbatan yangi atama hisoblanadi. Forsayt asosida

kelajakni bashoratlashni ekologik toza mahsulot ishlab chiqarish yoki “Yashil makon”
tadbirlariga yaqin keladi yoki o‘xshatish mumkin. Faqat ushbu tadbirlar ekologiyani


background image

TADBIRKORLIK VA PEDAGOGIKA. ILMIY-USLUBIY JURNAL. ISSN: 2181-2659. [4/2024].

168

yaxshilash maqsadida amalga oshiriladi. “Forsayt esa hozirgi kundagi ekologik
muammolarning rivojlanishini uzoq kelajakdagi oqibatlarini ilmiy bashoratlash, uning
kelajak ssenariylari va modellarini yaratish, salbiy oqibatlarni bartaraf etishning uzoq
muddatli strategik rejalari yoki dasturlarini ishlab chiqish, ijrosini ta’minlash va nazorat
qilishni ko‘zda tutadi” [3].

4].

Bo‘lajak mutaxassislar yuqori darajadagi fan-texnika taraqqiyoti natijasida atrof-

muhitning ifloslanishi oqibatlarini uzoq muddatli ilmiy bashoratlash va bashoratlash
natijalari asosida aniq bir korxona, muassasa, kompaniyaning atrof-muhit muhofazasi
bo‘yicha rivojlanish strategiyasi ssenariylarini tuzish qobiliyatlarini shakllantirish talab
etiladi. Bunday uzoq muddatli strategiyalar, konsepsiyalar va texnologik yo‘l xaritalar
ishlab chiqishda forsayt texnologiyasidan foydalanish eng samarali va ishonchli
hisoblanadi. Buning uchun bo‘lajak mutaxssislarda “Eko-forsayt kompetentlik” ni
shakllantirish va rivojlantirish talab etiladi [2]. Shu maqsadda, 2019-yilda
“O‘zbekiston Respublikasi yetakchi oliy ta’lim muassasalarida forsayt markazlar tashkil
etish” to‘g‘risidagi ID-3800 – sonli Prezident Qarori loyihasi tayyorlangan va
muhokamaga qo‘yilgan.

XULOSA

Yuqoridagi tahliliy ma’lumotlar asosida xulosalash mumkinki, zamonaviy
raqobatbardosh mutaxassislar tayyorlashda forsayt texnologiya to‘g‘risida yetarli
ma’lumotlar berish, ta’lim dasturlariga forsaytga oid fanlarni kiritish asosida ularning
forsayt kompetentlikligini rivojlantirish hamda bo‘lajak ekologlarda “Eko-forsayt
kompetentlikni shakllantirish va rivojlantirish zamon talabi hisoblanadi. Lekin,
hozirgi kungacha bo‘lajak ekologlarda “Eko-forsayt kompetentlikni shakllantirish va
rivojlantirish bo‘yicha forsaytga oid mavzular mutaxassislik fanlari o‘quv dasturiga
yoki alohida fan sifatida o‘quv rejaning tanlov fanlari blokiga kiritilmagan. Shu
sababli, O‘zbekistonda oliy ta’lim muassasalarida uzoqni ko‘ra biladigan, korxona
yoki tashkilotlarning atrof-muhitga ta’siri oqibatlarini to‘g‘ri bashoratlay oladigan
professional ekologlarni tayyorlash va ularda eko-forsayt kompetentlikni
shakllantirish metodikasini ilmiy asoslash dolzarb va o‘ta muhim masalalardan
biridir.










background image

TADBIRKORLIK VA PEDAGOGIKA. ILMIY-USLUBIY JURNAL. ISSN: 2181-2659. [4/2024].

169

Adabiyotlar ro‘yxati

1.

Носков

И.А.

Форсайт

образования:

сущност,

трудности,

реалии//Международный студенческий научный вестник. 2022, №1.
URL:

https://yeduherald.ru/ru/article/view?id=20866

2.

Raximov O.D., Raximova D.O. O‘zbekiston oliy ta’lim tizimida forsayt
texnologiyalar // O‘zbekistonda oliy ta’lim jurnali, 2022. №1. – B. 60–65.

3.

Корнева Ж.В., Граб И.С., Исмайлова Т.Ю. Ракитина И.С

.

Возможности

использования форсайт-сессий в разработке стратегии развития города
«Липеск-2035». // Управленческие науки. 2017. №2. – С .34

4.

Ughetto E. Foresight as a Triple Helix of industry, university and government
relations // Foresight, 2007. Vol. 9, No. 5. – P. 14–22.

5.

Rаximov O.D., Rаximovа D.O. O‘zbekiston oliy tа’lim tizimidа forsаyt
texnologiyаlаr. //“O‘zbekistondа oliy tа’lim” jurnаli (OO‘MTV). 2022. №1. – B.
60-65.

6.

Xodjibolaeva N.M. Ekologik kompetentlikning ijtimoiy-pedagogik mazmuni va
uning komponentlari // Science and Innovation International Scientific Journal,
2022. Vol. 1, No. 6. – P. 250–256.

7.

URL: https://ru.wikipedia.org/wiki

8.

Формализованные

методы

прогнозирования.

URL:

https://studfile.net/preview/2481885/page:7/

















References

Носков И.А. Форсайт образования: сущност, трудности, реалии//Международный студенческий научный вестник. 2022, №1.

Raximov O.D., Raximova D.O. O‘zbekiston oliy ta’lim tizimida forsayt texnologiyalar // O‘zbekistonda oliy ta’lim jurnali, 2022. №1. – B. 60–65.

Корнева Ж.В., Граб И.С., Исмайлова Т.Ю. Ракитина И.С. Возможности использования форсайт-сессий в разработке стратегии развития города «Липеск-2035». // Управленческие науки. 2017. №2. – С .34

Ughetto E. Foresight as a Triple Helix of industry, university and government relations // Foresight, 2007. Vol. 9, No. 5. – P. 14–22.

Rаximov O.D., Rаximovа D.O. O‘zbekiston oliy tа’lim tizimidа forsаyt texnologiyаlаr. //“O‘zbekistondа oliy tа’lim” jurnаli (OO‘MTV). 2022. №1. – B. 60-65.

Xodjibolaeva N.M. Ekologik kompetentlikning ijtimoiy-pedagogik mazmuni va uning komponentlari // Science and Innovation International Scientific Journal, 2022. Vol. 1, No. 6. – P. 250–256.

Формализованные методы прогнозирования. URL: https://studfile.net/preview/2481885/page:7/