Авторы

  • Дилфуза Пардаева
    Денауский институт предпринимательства и педагогики https://orcid.org/0009-0006-7901-7914
  • Феруз Ниязов
    Денауский институт предпринимательства и педагогики
  • Муниса Тошмаматова
    Денауский институт предпринимательства и педагогики

Биографии авторов

  • Дилфуза Пардаева , Денауский институт предпринимательства и педагогики
    Преподаватель кафедры «Информационные технологии»
  • Феруз Ниязов , Денауский институт предпринимательства и педагогики
    Преподаватель кафедры «Информационные технологии»
  • Муниса Тошмаматова , Денауский институт предпринимательства и педагогики
    Преподаватель кафедры «Информационные технологии»

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.entrepreneurship-pedagogy.59257

Ключевые слова:

мобильный методика информация технология Алгоритм геймификация Интерактивный

Аннотация

В данной статье анализируются методические подходы к использованию мобильных технологий при преподавании информатики в общеобразовательных школах. В частности, на основе учебника «Информатика и информационные технологии» для 6 класса рассматриваются возможности использования мобильных приложений для развития практических навыков учащихся. Данная методика направлена ​​на повышение эффективности образовательного процесса, а также развитие цифровой грамотности учащихся. В статье подчеркивается важность мобильных технологий в образовании и ставится цель повысить интерес учащихся к информатике путем интеграции их в учебный процесс.


background image

TADBIRKORLIK VA PEDAGOGIKA. ILMIY-USLUBIY JURNAL. ISSN: 2181-2659. [4/2024].

170

PEDAGOGIKA FANLAR

UMUMTA’LIM MAKTAB O‘QUVCHILARINI MOBIL

TEXNOLOGIYALARDAN FOYDALANIB O‘QITISH METODIKASI

(6-sinf “Informatika va axborot texnologiyalari” darsligi misolida)

PARDAYEVA DILFUZA NAJMIDDIN QIZI

Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti

“Axborot texnologiyalari” kafedrasi o’qituvchisi

Email:

dilfuzapardayeva@gmail.com

UDK: 371.3:004:373.3

https://orcid.org/0009-0006-7901-7914

NIYAZOV FERUZ XUSHBOQOVICH

Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti

“Axborot texnologiyalari” kafedrasi o’qituvchisi

Email:

bornils1995@gmail.com

TOSHMAMATOVA MUNISA TOSHMAMATOVNA

Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti

“Axborot texnologiyalari” kafedrasi o’qituvchisi

Email:

toshmamatovnamunisa1314@gmail.com

МЕТОДИКА ОБУЧЕНИЯ УЧАЩИХСЯ ОБЩЕОБРАЗОВАТЕЛЬНЫХ

ШКОЛ С ИСПОЛЬЗОВАНИЕМ МОБИЛЬНЫХ ТЕХНОЛОГИЙ

(на примере учебника для 6 класса “информатика и информационные

технологии”)

Kalit

so‘zlar

:

mobil,
metodika,
axborot,
texnologiya,
algoritm,
gamifikatsiya,
interfaol

Annotatsiya:

Ushbu maqolada umumta’lim maktablarida

informatika

fanini

o‘qitishda

mobil

texnologiyalarni

qo‘llashning metodik yondashuvlari tahlil qilinadi. Xususan, 6-
sinf “Informatika va axborot texnologiyalari” darsligi asosida
o‘quvchilarga amaliy ko‘nikmalarni rivojlantirishda mobil
ilovalardan foydalanish imkoniyatlari ko‘rib chiqiladi. Ushbu
metodika o‘quv jarayonining samaradorligini oshirish,
shuningdek,

o‘quvchilarning

raqamli

savodxonligini

rivojlantirishga

yo‘naltirilgan.

Maqola,

mobil

texnologiyalarning ta’limdagi ahamiyatini ta’kidlab, ularni
o‘quv jarayoniga integratsiya qilish orqali o‘quvchilarning
informatika faniga bo‘lgan qiziqishini oshirishni maqsad qiladi.


background image

TADBIRKORLIK VA PEDAGOGIKA. ILMIY-USLUBIY JURNAL. ISSN: 2181-2659. [4/2024].

171

Ключевые слова

:

мобильный,
методика,
информация,
технология,
Алгоритм,
Gamifikatsiya,
Interfaol.

Аннотация

:

В

данной

статье

анализируются

методические подходы к использованию мобильных
технологий

при

преподавании

информатики

в

общеобразовательных школах. В частности, на основе
учебника «Информатика и информационные технологии»
для

6

класса

рассматриваются

возможности

использования мобильных приложений для развития
практических навыков учащихся. Данная методика
направлена

на

повышение

эффективности

образовательного процесса, а также развитие цифровой
грамотности учащихся. В статье подчеркивается важность
мобильных технологий в образовании и ставится цель
повысить интерес учащихся к информатике путем
интеграции их в учебный процесс.

METHODOLOGY OF TEACHING SECONDARY

SCHOOL STUDENTS USING MOBILE TECHNOLOGIES

(based on the example of the 6th grade textbook “Informatics and information

technologies”)

Keywords:

mobile,
methodology,
information,
technology,
Algorithm,
Gamification,
Interactive.

Abstract

: This article analyzes methodological approaches to

the use of mobile technologies in teaching computer science in
secondary schools. In particular, the possibilities of using
mobile applications to develop practical skills for students
based on the 6th grade “Informatics and Information
Technologies” textbook are considered. This methodology is
aimed at increasing the effectiveness of the educational
process, as well as developing students’ digital literacy. The
article aims to increase students’ interest in computer science
by emphasizing the importance of mobile technologies in
education and integrating them into the educational process.

KIRISH

Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining tezkor rivojlanishi bugungi ta’lim

tizimida yangi metodik yondashuvlarning joriy etilishi zaruratini keltirib chiqarmoqda.
Raqamli texnologiyalar ta’lim jarayonida bilim olish va o‘qitish usullarini tubdan
o‘zgartirib, o‘quvchilarni innovatsion va interfaol o‘quv muhitlariga moslashtirish
imkonini bermoqda. O‘zbekiston ta’lim tizimida umumta’lim maktablari uchun raqamli
ta’lim muhitini shakllantirish va ayniqsa informatika fanini zamonaviy metodlar asosida
o‘qitish muhim ahamiyat kasb etadi. Shu nuqtai nazardan, mobil texnologiyalarni ta’lim


background image

TADBIRKORLIK VA PEDAGOGIKA. ILMIY-USLUBIY JURNAL. ISSN: 2181-2659. [4/2024].

172

jarayoniga qo‘llash ta’lim sifatini oshirish va o‘quvchilarning raqamli savodxonligini
rivojlantirishda katta imkoniyatlar yaratadi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 5-oktabrdagi “Raqamli

iqtisodiyot va elektron hukumatni rivojlantirish to‘g‘risida”gi qarorida ta’lim jarayonida
zamonaviy texnologiyalarni qo‘llashning ahamiyati qayd etilgan. Ushbu qarorda “ta’lim
tizimida raqamli texnologiyalarni joriy qilish, o‘quvchilarning axborot texnologiyalari
bo‘yicha bilimlarini oshirish” masalalari muhim vazifalardan biri sifatida belgilangan.
Bu esa ta’limning raqamli transformatsiyasini tezlashtirishga yo‘naltirilgan tashabbus
bo‘lib, mobil texnologiyalarni ta’lim jarayoniga integratsiya qilish zarurligini yana bir
bor tasdiqlaydi.

Mobil texnologiyalar o‘quvchilarga qulay, tezkor va interfaol o‘quv muhitini

taqdim etadi, bu esa ta’lim jarayonini osonlashtiradi va samarali qiladi. Xususan, 6-sinf
informatika darsligi asosida o‘quvchilarga algoritmlar, dasturlash asoslari, axborotlarni
qayta ishlash va kompyuter savodxonligi kabi murakkab mavzularni o‘zlashtirishda
mobil ilovalar va texnologiyalardan foydalanish o‘quvchilarning bilim olish jarayonini
sezilarli darajada yaxshilaydi. Ushbu mavzularni o‘rganishda mobil texnologiyalarning
ta’lim jarayoniga integratsiyasi o‘quvchilarning darsga qiziqishini oshiradi, o‘quv
materialini interfaol va ko‘proq qiziqarli tarzda taqdim etadi, bu esa ularning amaliy
ko‘nikmalarini rivojlantirishda katta ahamiyatga ega.

Maqsadimiz ushbu tadqiqotda mobil texnologiyalarning informatika fanini

o‘qitishda qanday metodik yondashuvlarni qo‘llash orqali ta’lim samaradorligini
oshirish mumkinligini aniqlashdir. Tadqiqotda 6-sinf informatika darsligi asosida mobil
texnologiyalarning o‘quvchilarni amaliy ko‘nikmalar bilan ta’minlashdagi o‘rni va bu
jarayondagi imkoniyatlar ko‘rib chiqiladi. Ushbu metodik yondashuvlar ta’lim
jarayonini yanada samarali va interfaol qilishga, o‘quvchilarning raqamli
savodxonligini oshirishga yordam beradi.

MATERIAL VA TADQIQOT USULLARI

Ushbu tadqiqotda 6-sinf informatika darsligi asosida mobil texnologiyalarni

o‘qitish jarayoniga integratsiya qilish bo‘yicha metodika ishlab chiqildi. Tadqiqotda
Denov tumanidagi uchta umum ta’lim maktabidan 6-sinfning jami 60 nafar o‘quvchisi
ishtirok etdi. Ishtirokchilar tasodifiy tanlash usuli bilan ikkita guruhga bo‘lindi:
eksperimental va nazorat guruhi. Eksperimental guruhda mobil texnologiyalar asosida
dars o‘tilgan bo‘lsa, nazorat guruhida odatiy dars metodlari qo‘llanildi.

Tadqiqot mavzusining o‘rganilganlik darajasi

Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining ta’lim jarayonida qo‘llanilishi

bugungi kunda ilmiy-pedagogik tadqiqotlarning dolzarb yo‘nalishlaridan biri sifatida
keng o‘rganilmoqda. Xususan, mobil texnologiyalarning ta’lim jarayoniga
integratsiyasi bo‘yicha bir qator tadqiqotlar amalga oshirilgan.

Xorijiy tadqiqotlar: Seymour Papert tomonidan ishlab chiqilgan “Mindstorms:


background image

TADBIRKORLIK VA PEDAGOGIKA. ILMIY-USLUBIY JURNAL. ISSN: 2181-2659. [4/2024].

173

Children, Computers, and Powerful Ideas” asari bolalarda algoritmik fikrlashni
rivojlantirish uchun kompyuter texnologiyalaridan foydalanishning innovatsion
metodlarini taqdim etadi.

Tarmoqli o‘qitish (blended learning) konsepsiyasida mobil ilovalar orqali ta’lim

samaradorligini oshirish bo‘yicha E. Reddi va boshqa olimlarning tadqiqotlari mavjud.
Ular mobil texnologiyalarning interfaollikni oshirishdagi ahamiyatini ta’kidlaydi.

O‘zbekiston ta’lim tizimida: Z. Abdullayeva o‘zining “Dasturlash va algoritmlar

asoslarini o‘qitish metodikasi” asarida informatika darslarida algoritmik fikrlashni
rivojlantirish uchun interaktiv metodlarni qo‘llashning muhimligini ko‘rsatgan [2].

O‘zbekiston Prezidentining 2020-yilda qabul qilgan “Raqamli iqtisodiyotni

rivojlantirish” qarorida raqamli texnologiyalarni ta’lim tizimiga keng joriy etish
maqsadlari belgilangan [1].

Tadqiqot mavzusining dolzarbligi: Hozirgi kunda mobil texnologiyalar

yordamida ta’lim samaradorligini oshirishda yangi metodik yondashuvlar
o‘rganilmoqda, ammo 6-sinf informatika darsligi asosida mobil texnologiyalarni
qo‘llash bo‘yicha ilmiy izlanishlar yetarli darajada rivojlanmagan. Ayniqsa, Scratch va
Blockly ilovalari orqali algoritmik fikrlashni rivojlantirish hamda viktorinalar orqali
bilimni mustahkamlash bo‘yicha tadqiqotlar davom ettirilishi lozim [5].

NATIJALAR VA ULARNING MUHOKAMASI

Tadqiqot davomida mobil texnologiyalar asosida 6-sinf informatika darsligi

misolida o‘qitish samaradorligi tahlil qilindi. Natijalar quyidagicha xulosalarni taqdim
etadi:

O‘quvchilarning bilim darajasining oshishi:

Eksperimental guruhdagi

o‘quvchilar algoritmik fikrlash va dasturlash bo‘yicha 85% muvaffaqiyat ko‘rsatgan
bo‘lsa, nazorat guruhidagi natija 60% darajasida qoldi.Scratch ilovasi yordamida amaliy
topshiriqlarni bajarish eksperimental guruh o‘quvchilarining o‘rganish jarayonini
tezlashtirdi.

Interaktivlik darajasining ortishi

eksperimental guruhdagi o‘quvchilarning 90%

dan ortig‘i darslarga faol qatnashdi va Kahoot [8] hamda Quizizz [9] platformalarida
o‘tkazilgan viktorinalarda yuqori natijalar qayd etdi. O‘z-o‘zini baholash
ko‘nikmalarining shakllanishi mobil ilovalar orqali topshiriqlarni mustaqil bajarish va
testlar orqali o‘zini baholash eksperimental guruh o‘quvchilarida yanada
mustahkamlandi. Ijodiy ko‘nikmalarni rivojlantirish Scratch orqali sodda animatsiyalar
va o‘yinlar yaratish jarayonida o‘quvchilar o‘z ijodkorligini namoyon qilishdi [5].
Masalan, “Hayvon harakati algoritmi” loyihasi eng muvaffaqiyatli ishlardan biri sifatida
qayd etildi.

Tadqiqot natijalari mobil texnologiyalarning informatika fanini o‘qitishda

samarali vosita ekanligini ko‘rsatadi. Quyida muhim jihatlar va tadqiqot natijalari tahlil
qilinadi:


background image

TADBIRKORLIK VA PEDAGOGIKA. ILMIY-USLUBIY JURNAL. ISSN: 2181-2659. [4/2024].

174

Ta’lim samaradorligi:

Mobil texnologiyalar ta’lim jarayoniga interfaollikni olib

keldi, bu esa o‘quvchilarning darsga bo‘lgan qiziqishini oshirdi. Bu natija xorijiy
tadqiqotlar, xususan, Papertning “Mindstorms” nazariyasidagi interaktiv ta’limning
samaradorligi haqidagi fikrlarni tasdiqlaydi [3].

Raqamli savodxonlikning rivojlanishi:

Scratch va Blockly kabi ilovalar orqali

o‘quvchilarning dasturlash asoslarini amaliy o‘rganishi natijasida raqamli savodxonlik
sezilarli darajada oshdi [4, 5].

Cheklov va qiyinchiliklar:

Internetga ulanishdagi qiyinchiliklar ayrim holatlarda

dars jarayonini to‘xtatib qo‘ydi. Bu masala texnologik infratuzilmani yaxshilash orqali
hal qilinishi kerak.Ba’zi o‘quvchilar uchun mobil texnologiyalar bilan ishlash birinchi
marta yuz bergani bois, dastlabki bosqichda qiyinchiliklar kuzatildi.

Kelajakdagi

imkoniyatlar:

Mobil

texnologiyalar

yordamida

darslarni

moslashtirish orqali barcha sinf darajalari uchun o‘xshash metodikalarni ishlab chiqish
mumkin. Masalan, yuqori sinflar uchun kodlashning murakkab mavzulariga mobil
ilovalar orqali kirish imkoniyati yaratish.

XULOSALAR

Tadqiqot natijalari 6-sinf informatika darslarida mobil texnologiyalardan

foydalanish o‘quvchilarning ta’lim jarayoniga qiziqishini oshirish va bilim olish
samaradorligini kuchaytirishga xizmat qilishini ko‘rsatdi. Asosiy xulosalar
quyidagilardan iborat:

Ta’lim samaradorligi oshishi mobil texnologiyalar yordamida o‘quvchilarning

algoritmik fikrlash, dasturlash asoslari va ma’lumotlarni tahlil qilish bo‘yicha
ko‘nikmalari sezilarli darajada rivojlandi. Scratch va Blockly ilovalaridan foydalanish
o‘quvchilarga nazariy bilimlarni amaliyotda mustahkamlash imkonini berdi.Raqamli
savodxonlikni rivojlantirish mobil ilovalar orqali o‘quvchilar nafaqat dasturlash, balki
internet-resurslardan samarali foydalanish ko‘nikmalarini ham o‘zlashtirdilar. Bu esa
kelajakda ularning raqamli dunyoda muvaffaqiyatli faoliyat yuritishiga asos
bo‘ladi.Innovatsion metodikalarning samaradorligi [6].

Interfaol o‘quv usullari, jumladan, Kahoot [8] va Quizizz [9] platformalarida

o‘tkazilgan testlar, o‘quvchilar bilimini baholash va mustahkamlash uchun samarali
vosita bo‘ldi. Cheklovlarni bartaraf etish imkoniyatlari internet resurslarining
cheklanganligi va mobil qurilmalarning yetishmasligi kabi texnik muammolar
texnologik infratuzilmani rivojlantirish va davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash orqali
hal qilinishi lozim. Kelajakdagi istiqbollar tadqiqot natijalari boshqa fanlar uchun ham
mobil texnologiyalar asosida o‘qitish metodikalarini ishlab chiqish imkoniyatini ochib
beradi. Yuqori sinflar uchun murakkab algoritmlar va dasturlash darsliklarini mobil
ilovalar yordamida o‘qitish yangi ilmiy izlanishlarni talab qiladi. Umuman olganda,
mobil texnologiyalarni ta’lim jarayoniga integratsiya qilish o‘quvchilarni zamonaviy
texnologiyalarga yaqinlashtirish, raqamli savodxonlikni rivojlantirish va ta’lim


background image

TADBIRKORLIK VA PEDAGOGIKA. ILMIY-USLUBIY JURNAL. ISSN: 2181-2659. [4/2024].

175

jarayonini yanada qiziqarli qilish uchun samarali usuldir. Tadqiqot natijalari ushbu
yondashuvning ta’lim tizimidagi ahamiyatini isbotladi va kelgusidagi rivojlanish uchun
zamin yaratadi.

Adabiyotlar Ro‘yxati

1.

Мирзиёев Ш. Э. Эркин ва фаровон, демократик Ўзбекистон давлатини
биргаликда барпо этамиз. – Тошкент: Ўзбекистон. 2017. – Б. 36.

2.

Абдуллаева З. Дастурлаш ва алгоритмлар асосларини ўқитиш методикаси.
– Тошкент: ТАТУ нашриёти, 2021.

3.

Papert S. Mindstorms: Children, Computers, and Powerful Ideas. – MIT Press,
1993.

4.

Reddy E., Carter M. Blended Learning and Mobile Technologies in Education:
Enhancing Student Engagement // Educational Technology Journal. 2018. Vol.
15, No. 3. – P. 45-59.

5.

PhET Interactive Simulations. PhET Simulations for Education. URL:

https://phet.colorado.edu

6.

Resnick M. Scratch: Programming for Everyone // Communications of the
ACM. 2009. Vol. 52, No. 11. – P. 60–67.

7.

Shadiev R., Huang Y. Educational Mobile Apps for Learning Programming //
Journal of Interactive Mobile Learning. – 2020. – Vol. 28, No. 2. – P. 99–115.

8.

Quizizz. – URL:

https://quizizz.com

9.

Kahoot. – URL:

https://kahoot.com








Библиографические ссылки

Мирзиёев Ш. Э. Эркин ва фаровон, демократик Ўзбекистон давлатини биргаликда барпо этамиз. – Тошкент: Ўзбекистон. 2017. – Б. 36.

Абдуллаева З. Дастурлаш ва алгоритмлар асосларини ўқитиш методикаси. – Тошкент: ТАТУ нашриёти, 2021.

Papert S. Mindstorms: Children, Computers, and Powerful Ideas. – MIT Press, 1993.

Reddy E., Carter M. Blended Learning and Mobile Technologies in Education: Enhancing Student Engagement // Educational Technology Journal. 2018. Vol. 15, No. 3. – P. 45-59.

PhET Interactive Simulations. PhET Simulations for Education. URL: https://phet.colorado.edu

Resnick M. Scratch: Programming for Everyone // Communications of the ACM. 2009. Vol. 52, No. 11. – P. 60–67.

Shadiev R., Huang Y. Educational Mobile Apps for Learning Programming // Journal of Interactive Mobile Learning. – 2020. – Vol. 28, No. 2. – P. 99–115.

Quizizz. – URL: https://quizizz.com

Kahoot. – URL: https://kahoot.com