Авторы

Биографии авторов

  • Мавлюда Кахарова, Ферганский государственный университет
    Кандидат филологических наук, профессор
  • Нодирахон Юсупова , Андижанский государственный университет
    докторант

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.entrepreneurship-pedagogy.59267

Ключевые слова:

Грамматическая связь смысловая связь предварительное чтение во время чтения послечтение многоточие

Аннотация

В данной статье подробно описаны три этапа уроков работы с текстом - предчтение (до чтения), во время чтения (процесс чтения) и послечтение (после прочтения). Отмечается, что каждый из этих этапов направлен на формирование у учащихся таких навыков, как понимание текста, выявление грамматических и смысловых связей, работа над лексическими единицами. В статье анализируются различные типы текстов (повествовательные, описательные, объяснительные, дискурсивные, информативные и убеждающие) и их основные особенности. Также рассмотрены случаи языкового непонимания (неоднозначности) текста, а также возможности обеспечения связи лексическим методом. Эта статья поможет преподавателям языка и изучающим язык лучше понимать процессы работы над текстами и эффективно их планировать.


background image

TADBIRKORLIK VA PEDAGOGIKA. ILMIY-USLUBIY JURNAL. ISSN: 2181-2659. [4/2024].

227

PEDAGOGIKA FANLAR

MATN BILAN ISHLASH JARAYONIDA YUZ BERUVCHI LINGVISTIK

JARAYONLAR VA MATN BILAN ISHLASH DARSLARNING

BOSQICHLARI

KAXAROVA MAVLYUDA MUKARRAMOVNA

Farg‘ona davlat universiteti

Filologiya fanlari nomzodi, professor

Email:

binafshatoshtemirova@gmail.com

UDK:

81'42

https://orcid.org/0009-0006-6403-4551

YUSUPOVA NODIRAXON ERKINJON QIZI

Andijon davlat universiteti

Tayanch doktoranti

Email:

binafshatoshtemirova@gmail.com

https://orcid.org/0009-0006-5506-6842

ЛИНГВИСТИЧЕСКИЕ ПРОЦЕССЫ ПРОИСХОДЯЩИЕ В ПРОЦЕССЕ

РАБОТЫ С ТЕКСТОМ И ЭТАПЫ РАБОТЫ С ТЕКСТОМ НА УРОКАХ

Ключевые слова

:

Грамматическая

Аннотация

: В данной статье подробно описаны три этапа

уроков работы с текстом - предчтение (до чтения), во

Kalit

so‘zlar

:

Grammatik
bog’lanish,
mazmuniy
bog’lanish,
pre-reading,
while-reading,
post-reading,
ellipsis.

Annotatsiya:

Mazkur maqolada matn bilan ishlash darslarining

uch bosqichi – pre-reading (o‘qishdan oldingi), while-reading
(o‘qish jarayoni) va post-reading (o‘qishdan keyingi) – batafsil
yoritilgan. Ushbu bosqichlarning har biri o‘quvchilarning
matnni tushunish, grammatik va mazmuniy bog‘lanishlarni
aniqlash, leksik birliklar ustida ishlash kabi ko‘nikmalarini
shakllantirishga qaratilgani ta’kidlangan. Maqolada turli turdagi
matnlar

(hikoya

qiluvchi,

tasvirlovchi,

tushuntiruvchi,

muhokama qiluvchi, ma’lumot beruvchi va ko‘ndiruvchi) va
ularning asosiy xususiyatlari tahlil qilingan. Matnning lingvistik
anglashilmovchilik (ambiguity) holatlari, shuningdek, leksik
usulda bog‘lanishni ta’minlash imkoniyatlari ham ko‘rib
chiqilgan. Ushbu maqola til o‘qituvchilari va til
o‘rganayotganlar uchun matn ustida ishlash jarayonlarini
chuqurroq tushunishga va ularni samarali rejalashtirishga
yordam beradi.


background image

TADBIRKORLIK VA PEDAGOGIKA. ILMIY-USLUBIY JURNAL. ISSN: 2181-2659. [4/2024].

228

связь, смысловая
связь,
предварительное
чтение, во время
чтения,
послечтение,
многоточие.

время чтения (процесс чтения) и послечтение (после
прочтения). Отмечается, что каждый из этих этапов
направлен на формирование у учащихся таких навыков,
как понимание текста, выявление грамматических и
смысловых связей, работа над лексическими единицами. В
статье

анализируются

различные

типы

текстов

(повествовательные,

описательные,

объяснительные,

дискурсивные, информативные и убеждающие) и их
основные особенности. Также рассмотрены случаи
языкового непонимания (неоднозначности) текста, а также
возможности обеспечения связи лексическим методом.
Эта статья поможет преподавателям языка и изучающим
язык лучше понимать процессы работы над текстами и
эффективно их планировать.

LINGUISTIC PROCESSES THAT OCCUR IN THE PROCESS OF WORKING

WITH THE TEXT AND STAGES OF WORKING WITH THE TEXT

LESSONS

Keywords:

Grammatical
connection,
logical connection,
pre-reading,
while-reading,
post-reading,
ellipsis.

Abstract

: This article describes in detail three stages of text

work lessons - pre-reading (before reading), while-reading
(reading process) and post-reading (after reading). It is noted
that each of these stages is aimed at forming students' skills
such as understanding the text, identifying grammatical and
meaningful connections, and working on lexical units. The
article analyzes different types of texts (narrative, descriptive,
explanatory, discursive, informative and persuasive) and their
main features. Cases of linguistic misunderstanding
(ambiguity) of the text, as well as the possibilities of ensuring
connection in the lexical method are also considered. This
article will help language teachers and language learners to
better understand the processes of working on texts and to plan
them effectively.

KIRISH

Bugungi kunda ta'lim tizimida o‘quv jarayonining samaradorligini oshirish va

xorijiy tillarni o‘rgatishning innovatsion usullaridan foydalanish dolzarb masalalardan
biri hisoblanadi. Xorijiy til darslarida matn ustida ishlashda innovatsion
texnologiyalardan foydalanish orqali dars samaradorligini oshirishga va chet tilini
o‘rganishda kamroq kuch sarflab yuqori natijaga erishishga harakat qilinmoqda.


background image

TADBIRKORLIK VA PEDAGOGIKA. ILMIY-USLUBIY JURNAL. ISSN: 2181-2659. [4/2024].

229

Mamlakatimizda so‘nggi yillarda ta’lim sohasiga qaratilgan e’tibor davlatimiz

rahbari Sh. Mirziyoyevning ushbu yo‘nalishda amalga oshirayotgan islohotlarining
asosiy bo‘g‘ini va vazifasiga aylandi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. M.
Mirziyoyevning 2017-yil 7-fevralda e’lon qilingan 2017–2021-yillarga mo‘ljallangan
PF-4947-sonli “O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar
strategiyasi to‘g‘risida”gi [1] farmonida ilm-fan sohalari rivojini yangi bosqichga
ko‘tarish vazifasi qo‘yilgan.

Keyingi yillarda ta’lim va ilm-fan hamkorligi masalasiga e’tibor yanada

kuchaydi. Jumladan, davlatimiz rahbari Sh. M. Mirziyoyevning “Oliy ta’lim tizimini
yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2017-yil 20-apreldagi PQ-2909-sonli
qarori [2], va “Ilmiy tadqiqot muassasalarining infratuzilmasi yanada mustahkamlash
va innovatsion faoliyatini rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 2017-yil 1-
noyabrdagi PQ-3365-sonli qarorlari [3] bunga yaqqol misol bo‘ladi. Bu esa o‘z
navbatida turli sohalarda tadqiqotlar olib borilishining kengayishiga zamin yaratdi.

Yuqoridagi mulohazalardan kelib chiqib, dars samaradorligini zamon talablari

asosida oshirishda turli innovatsion texnologiyalardan foydalanish muhim ahamiyat
kasb etadi. Rivojlangan xorijiy davlatlar tajribasi asosida dars samaradorligini oshirish
va samarali o‘quv jarayonini tashkil etish bugungi kunning dolzarb masalalaridan
biridir. Ushbu tadqiqotning ahamiyatli jihatlaridan biri shuki, o‘quv jarayonida turli
matnlar ustida ishlashda zamonaviy texnologiyalarni integratsiya qilish muhim
ahamiyatga ega. Bu esa til ta’lim tizimidagi o‘qituvchilar kompetentligini yanada
oshirishga xizmat qiladi. Keltirilgan mulohazalardan kelib chiqib, ushbu muammoning
dolzarbligi va atroflicha o‘rganilmaganligi, mazkur tadqiqotni nazariy-amaliy jihatdan
chuqur o‘rganish va tadqiq etish zarurligini taqozo etadi.

Mazkur maqola ingliz tili darslarida matn bilan ishlash jarayonida yuzaga keluvchi

muammolarni ochib berish va ularga nisbatan pragmatik tahlil nazariyasini taklif
qilishga qaratilgan.

ADABIYOTLAR TAHLILI

Chet tillarini o‘qitishda matn ustida ishlash jarayonida yuzaga keladigan

qiyinchiliklarni bartaraf etish va yuqori samaradorlikka erishish masalasida ko‘plab
tadqiqotlar olib borilgan. Tadqiqotlarda, xususan, matn bilan ishlashning pedagogik,
lingvistik va psixologik jihatlari chuqur tahlil qilingan.

Harmer J. [5] va Nuttall C. E. [4] o‘z tadqiqotlarida o‘qish ko‘nikmalarini

rivojlantirishda matnning grammatik va leksik bog‘lanishi muhim ahamiyatga ega
ekanligini ta’kidlagan. Grammatik bog‘lanishning asosiy turlari – ishora qilish, elipsis
(so‘zlarni tushirib qoldirish) va o‘rinlashtirish – o‘quvchilarga matnni yaxlit anglash
imkonini beradi. Shuningdek, leksik bog‘lanish usullari (sinonimlar, antonimlar, va
qayta so‘zlash) matn mazmunini tushunishni osonlashtiradi. Halliday M. A. va Hasan
R. o‘zlarining Cohesion in English asarida grammatik va mazmuniy bog‘lanishlarning


background image

TADBIRKORLIK VA PEDAGOGIKA. ILMIY-USLUBIY JURNAL. ISSN: 2181-2659. [4/2024].

230

o‘quvchi uchun matnni tushunishda qanday rol o‘ynashini batafsil yoritib bergan [7].

O‘qish jarayonini uch bosqichda tashkil etish, ya’ni pre-reading, while-reading,

va post-reading bosqichlari, samarali metodika sifatida Nuttall C. E. tomonidan taqdim
etilgan. Pre-reading bosqichida o‘quvchilarni matnning mavzusiga tayyorlash, while-
reading bosqichida esa matnni tahlil qilish va asosiy g‘oyalarni ajratib olish muhim.
Post-reading bosqichi o‘quvchilarni matn mazmunini hayotiy tajribalari bilan
bog‘lashga undaydi. Ushbu yondashuv matnni o‘zlashtirish jarayonida o‘quvchilarning
o‘qish strategiyalarini rivojlantirishga yordam beradi.

Matn turlarining xilma-xilligi ham muhim ilmiy izlanishlar mavzusi bo‘lgan.

Masalan, Harmer J. turli matn turlarining o‘quvchilarda turli ko‘nikmalarni
rivojlantirishdagi ahamiyatini ta’kidlagan [5]. Tasvirlovchi matnlar o‘quvchilarda
tasviriy fikrlashni rivojlantiradi, hikoya qiluvchi matnlar esa voqealarni izchil bayon
qilish ko‘nikmasini mustahkamlaydi. Muhokama qiluvchi matnlar argumentatsiya va
tanqidiy fikrlashni o‘stirsa, tushuntiruvchi va ko‘ndiruvchi matnlar mantiqiy xulosa
chiqarish hamda boshqa nuqtayi nazarlarni qabul qilish qobiliyatini shakllantiradi.

Lingvistik anglashilmovchilik (ambiguity), ya’ni grammatik va mazmuniy

bog‘lanishning yetarli darajada aniqlanmaganligi, o‘quvchilarning matnni tushunishda
qiyinchiliklar tug‘dirishi mumkin. Richards J. C. va Rodgers T. S. tomonidan olib
borilgan tadqiqotlarda, bu holatlar til o‘rganish jarayonida murakkab vaziyatlarni
keltirib chiqarishi, lekin ayni paytda o‘quvchilarni mantiqiy fikrlash va noaniqliklarni
bartaraf etishga o‘rgatishi mumkinligi ko‘rsatilgan [9].

MATERIAL VA TADQIQOT USULLARI

Mazkur maqolada asosiy material sifatida matn tahlili va til o‘qitish bo‘yicha ilmiy

nazariyalar hamda pedagogik amaliyotlar ko‘rib chiqilgan. Matn ustida ishlashning uch
bosqichi (pre-reading, while-reading, post-reading) asosida ishlab chiqilgan turli metod
va strategiyalar maqolaning ilmiy-texnik bazasini tashkil etadi. Shuningdek, matnning
grammatik va mazmuniy bog‘lanishini ta’minlash usullari, turli matn turlari (hikoya
qiluvchi, tasvirlovchi, tushuntiruvchi, muhokama qiluvchi va boshqalar) hamda
lingvistik anglashilmovchilik holatlari o‘rganilgan.

Maqolada quyidagi tadqiqot usullari qo‘llanilgan:

1. Nazariy tahlil usuli:

Til o‘rganish jarayonida matn tahlilining ahamiyati haqida

mavjud nazariy manbalar (tilshunoslik, lingvistika va didaktika bo‘yicha adabiyotlar)
o‘rganilgan. Ushbu usul orqali matn bilan ishlashda grammatik va mazmuniy
bog‘lanishlarni ta’minlash vositalari hamda matn turlarining xususiyatlari aniqlangan.

2. Amaliy tahlil usuli:

Matn bilan ishlash darslarida qo‘llanilishi mumkin bo‘lgan

amaliy mashg‘ulotlar (savollar tayyorlash, asosiy fikrlarni belgilash, diagramma
yaratish, muvofiqlashtirish topshiriqlari va hokazolar) ko‘rib chiqilgan. Ushbu usul
orqali dars jarayonida ishlatiladigan turli uslublar va texnikalar tahlil qilingan.

3. Qiyosiy tahlil usuli:

Matnlarning turli turlari o‘rtasidagi farqlar va ularning


background image

TADBIRKORLIK VA PEDAGOGIKA. ILMIY-USLUBIY JURNAL. ISSN: 2181-2659. [4/2024].

231

o‘quvchilarga ta’siri qiyoslangan. Masalan, hikoya qiluvchi va tushuntiruvchi
matnlarning lingvistik va uslubiy jihatlari solishtirilib, ularning o‘quvchilarni til
o‘rganishga jalb qilishdagi samaradorligi tahlil qilingan.

4. Pragmatik usul:

Lingvistik anglashilmovchilik va nutq vaziyatlariga asoslangan

mantiqiy xulosalar chiqarish imkoniyatlari o‘rganilgan. Ushbu usul orqali
o‘quvchilarning tahliliy fikrlash ko‘nikmalarini shakllantirish uchun matnlarning
qanchalik mos ekanligi baholangan.

Mazkur maqolada qo‘llanilgan materiallar va tadqiqot usullari o‘quvchilarning

matnni tahlil qilish, grammatik va mazmuniy bog‘lanishlarni anglash, turli matn
turlarini tushunish hamda lingvistik anglashilmovchilik holatlari bilan ishlash
ko‘nikmalarini shakllantirishga qaratilgan. Ushbu yondashuvlar matn bilan ishlash
darslarini samarali tashkil etishga yordam beradi.

NATIJALAR VA ULARNING MUHOKAMASI

Ingliz tilidagi matnlarda so‘zlar bir-biri bilan mazmun va grammatik jihatdan

shunday bog‘lanadiki, uni anglash uchun o‘quvchidan sinchkovlik va chuqur bilim talab
etiladi. Masalan, I have spoken to Kim today, she sounded very happy. (Men bugun kim
bilan gaplashdim, u juda xursand tuyuldi. Mazkur gapdagi u olmoshi gapni o‘zaro
grammatik jihatdan bog‘lash vazifasini bajarmoqda.

Grammatik bog‘lanishni ta’minlovchi omillar quyidagicha:
1) ishora qilish (birinchi gapda berilgan so‘zlarga ishora qilish: “David didn’t come

to the office today, because he was ill”);

2) elipsis (matnda tabiiy ravishda ishtirok etishi kerak bo‘lgan so‘zlarni tushurib

qoldirish: “I really wanted to travel to Samarqand, but he didn’t.”)

3) o‘rinlashtirish (matnda ishtirok etishi kutilgan so‘z o‘rniga boshqasidan

foydalanish: “Do you need to buy juice? No, I have some at home.”)

4) bog‘lovchi vositalar orqali (and, but, in addition, so, then, after that).
Lekin ba’zi holatlarda matnda grammatik va mazmuniy bog‘lanishni ta’minlovchi

qurilmalar yetishmaydi, bunday holda o‘quvchidan mantiqiy fikrlash, umumiy
bilimlarga tayangan holda xulosalar chiqarish qobiliyati talab etiladi.

Misol uchun,

A: There is a doorball. (Eshik jiringlayapti)

B: I am changing my clothes. (Men kiyimlarimni almashtiryapman.)

Mazkur gapda hech qanday bog‘lanishni ta’minlovchi vositalar ko‘zga

tashlanmaydi, lekin o‘quvchi tomonidan nutq vaziyatidan xulosa qilgan holda ma’no
anglab olinishi mumkin. Birinchi gapda uyga kelgan insonni kutib olish to‘g‘risidagi
talab bo‘lsa, ikkinchi gapda bu talabni bajara olmasligi to‘g‘risidagi javobni
tushunishimiz mumkin.


background image

TADBIRKORLIK VA PEDAGOGIKA. ILMIY-USLUBIY JURNAL. ISSN: 2181-2659. [4/2024].

232

Ba’zi holatlarda esa matndagi ma’noni anglash uchun na grammatik va mazmuniy

bog‘lanishni ta’minlovchi vositalar, na mantiqiy fikrlash yordam berishi mumkin.
Bunday holatlar matnshunoslikda lingvistik anglashilmovchilik (linguistic ambiguity)
deb nomlanadi.

Mom beat up her daughter, because she was drunk (ona qizini urdi, sababi u

sarxush edi.)

Mazkur gapdagi u olmoshi grammatik bog‘lanishni ta’minlasada, mazmuniy

bog‘lanishi uchun yetarli vazifani bajara olmaydi.) Ushbu gapda ona sarxushmidi yoki
qizligi aniqlanishi imkoniyati mavjud emas.

The police shot rioters with guns. (Politsiya qurol bilan bosqinchilarni otdi)

Yuqoridagi gapda ham “bosqinchilar qurollanganmidi yoki politsiyami?” savolga

javob topish mushkuldir.

Matn tarkibiy qismlari oʻrtasidagi bogʻlanish leksik usulda ham amalga oshishi

mumkin, bunda bir turkumga mansub soʻzlar, sinonimlar, stilistik jihatdan oʻxshash
soʻzlar, bir zamonga oid fe’llarnkng qoʻllanilishini ham kuzatish mumkin. Misol uchun,

The gentleman talked with an acquaintance. (Badiiy uslub)

The guy spoke with this bloke he knows. (Soʻzlashuv nutqi)

Matn bilan ishlash darslari shartli ravishda 3 bosqichda amalga oshirilishi tavsiya

etiladi[3]. Dastlabki bosqich pre-reading, ya’ni o‘qishdan oldingi bosqich hisoblanadi.
Bu bosqich matnni o‘qishga tayyorgarlik bosqichi bo‘lib, matn mavzusiga oid umumiy
bilimlar muhokama etiladi. “Aqliy hujum” kabi metodlar orqali o‘quvchilarning mazkur
mavzudagi bilimlari va tajribalari asosida chiqargan xulosalari muhokama etiladi.
Ushbu bosqichda amalga oshirilishi mumkin bo‘lgan mashg‘ulotlar quyidagicha:

matn sarlavhasidan matn mazmunini bashorat qilish;

kalit

so‘zlar

yordamida

matn

mazmunini

taxmin

qilish;

matnga oid rasmlarni tahlil qilish;

mavzuga aloqador savollarni muhokama qilish va umumiy bilimlarni to‘plash.

Matn bilan ishlash darslarining ikkinchi bosqichi while-reading, ya’ni matnni o‘qish
bosqichi deb nomlanadi. Mazkur bosqichda o‘quvchilar matnni o‘qiydilar, matndagi
gaplar va paragraflar orasidagi grammatik va mantiqiy bog‘lanishlarni tahlil etadilar,
matnning umumiy mazmunini anglash va yangi so‘zlar ustida ishlashga urg‘u
qaratadilar. Bir qancha mashg‘ulotlar ushbu bosqichda qo‘llanilishi mumkin:

turli savollar: ochiq yoki yopiq turdagi test topshiriqlari;

to‘g‘ri/noto‘g‘ri javobini talab qiluvchi savollar;

sarlavha tanlash;

matnda berilgan ma’lumotlar asosida diagramma yaratish;


background image

TADBIRKORLIK VA PEDAGOGIKA. ILMIY-USLUBIY JURNAL. ISSN: 2181-2659. [4/2024].

233

jadvalni to‘ldirish;

muvofiqlashtirish topshiriqlari;

bir qancha bir mavzudagi matnlarni o‘zaro solishtirish;

asosiy fikrlarni belgilab olish;

izohlar yozib olish va xulosa chiqarish;

yangi so‘zlar ma’nolarini taxmin qilish;

“jigsaw reading” mashg‘uloti;

rasmlar yoki gaplar ketma-ketligini hosil qilish.

Matn ustida ishlash darslarining so‘nggi bosqichi sifatida post-reading, ya’ni

o‘qishdan keyingi bosqich e’tirof etiladi. Mazkur bosqichda o‘quvchilar matnda
berilgan ma’lumotlarni o‘z hayotiy tajribalariga bog‘lashi, matn mazmunini muhokama
qilishlari, kichik xulosalar yozishlari mumkin.

Matn ustida ishlash jarayoni til o‘rganishda muhim ahamiyat kasb etadi, chunki bu

orqali talabalar grammatik va leksik elementlarning amaliyotda qo‘llanilishi, mazkur
tilda foydalaniladigan madaniyat to‘g‘risida ilk tasavvurlarga ega bo‘lishlari mumkin.
O‘qib tushunish ko‘nikmasini shakllantirish uchun turli matnlardan foydalanish tavsiya
etiladi, bunday matn turlariga biz hikoya qiluvchi, tasvirlovchi, tushuntiruvchi,
muhokama qiluvchi, ma’lumot beruvchi, ko‘ndiruvchi kabi turlarni sanab o‘tishimiz
mumkin. Bunday matn turlarini aniqlash uchun muallifning maqsadi o‘rganilishi,
matnda ilgari surilayotgan bosh g‘oya tahlil etilishi lozim[6]. Misol uchun, hikoya
qiluvchi matnlarda (narratives) o‘tmishda yuz bergan voqealar xronologik ketma-
ketlikda bayon qilinadi. Bunday matnlar sifatida ertaklar, ilmiy-badiiy asarlar, romanlar,
qo‘rqinchli hikoyalar, sarguzasht hikoyalar, afsona va miflar, balladalar, tarixiy
hikoyalar, hayotiy tajriba asosida yozilgan hikoyalarni kiritishimiz mumkin.

Tasvirlovchi matnlarda (descriptive texts) esa asosiy maqsad ma’lum bir joy, shaxs,

hodisa va buyumlarning tasviriy ifodasini yaratish va matning voqealarni ko‘z oldida
gavdalantirishiga yordam berishdir.

Tushuntiruvchi (explository texts) matnlarda ma’lum mavzu yuzasidan tushuntirish

olib borish asosiy maqsad sifatida ko‘riladi, misol uchun insholar bunday matnlarning
yaqqol namunasidir, o‘qilayotgan matnni kognitiv tahlil qilish, anglashilishi ko‘zda
tutilayotgan fikrlar xususida xulosalar chiqarish ko‘nikmasiga ega bo‘lmog‘i lozim.

Muhokama qiluvchi (argumentative texts) matnlarda muallifning asosiy maqsadi

sifatida o‘quvchining fikrini o‘zgartirish ko‘zda tutiladi. Bunday turdagi matnlar asosan
mahsulotlar reklamalarida uchraydi, va mahsulotlarning boshqa mahsulotlardan
yaxshiroq ekanligiga sotib oluvchilarni ishontiradi.

Ma’lumot beruvchi matnlar (informative texts) badiiy bo‘lmagan matn turi

hisoblanib, matnlarga ma’lum mavzu xususida ma’lumotlar, bilimlar berishga e’tibor
beriladi. Bunday matnlar asosan jurnallarda, gazetalarda, tarixiy va ilmiy kitoblarda,
avtobiografiyalarda hamda ko‘rsatma beruvchi boshqa kitoblarda topilishi mumkin.


background image

TADBIRKORLIK VA PEDAGOGIKA. ILMIY-USLUBIY JURNAL. ISSN: 2181-2659. [4/2024].

234

Ko‘ndiruvchi matnlar (persuasive texts) yangi bir fikrni taklif etadi va o‘quvchilarni

ham shu fikr to‘g‘riligiga ishontiradi. Bunday matnlarga misol sifatida quyidagi matnni
ko‘rsatishimiz mumkin.

XULOSA

Matn bilan ishlash jarayoni koʻplab bosqich va komponentlarni qamrab oluvchi

murakkab mental jarayon hisoblanadi. Matnlarning turli tumanligi, pragmatik
hodasilarnimg yuzaga kelishi fikrimizning isbotidir. Matn bilan ishlash murakkab
jarayon ekanligi yana bir dalili sifatida matnga oid topshiriqlarning turli tumanligi ham
eslatib o‘tilgan. Shuning uchun ham, dars jarayonlarida innovatsion texnologiyalardan
foydalanish o‘quvchilarni matn ustida ishlashga tayyorlash uchun katta ahamiyat kasb
etadi. Kichik matn koʻrinishidagi hikoyalar soʻzlardan tashkil topadi. Shu oʻrinda
soʻzlar grafemalar, fonemalar, morfemalar kabi kichik til birliklaridan tarkib topgan. Bu
til oʻrganuvchilardan fonetik va morfologik bilimlarga ega boʻlishni talab qiladi.
Sintaktik sathda esa gaplarning oʻzaro bogʻlanishi, murakkab grammatik elementlar,
stilistik unsurlarni tahlil eta olish ham oʻquvchilar uchun murakkab jarayondir.
Shuningdek, matn bilan ishlashda oldindan fahmlash, xulosa chiqarish, diskursiv
analizlar kabi kognitiv jarayonlar ham yuz beradi. Bundan tashqari, oʻquvchilar janr,
ritorikal struktura, sujet, turli qahramonlarning nuqtai nazari, muallifning qarashlari
kabi pragmatik jihatlarni ham tushuna olishi lozim. Yuqorida aytib oʻtilgan
koʻnikmalarni shakllantirish uchun turli kognitiv va oʻqib tushunishga oid
strategiyalardan foydalanish zarur, va buni amalga oshirish uchun chet tili pedagoglari
turli innovatsion pedagogik texnologiyalarga murojaat qilishlari darkor.

















background image

TADBIRKORLIK VA PEDAGOGIKA. ILMIY-USLUBIY JURNAL. ISSN: 2181-2659. [4/2024].

235

Adabiyotlar ro‘yxati

1.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti. O‘zbekiston Respublikasini yanada
rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasi to‘g‘risida: PF-4947-sonli farmon,
2017-yil 7-fevral // Lex.uz. URL:

https://lex.uz/docs/-3107036

2.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti. Oliy ta’lim tizimini yanada rivojlantirish
chora-tadbirlari to‘g‘risida: PQ-2909-sonli qaror, 2017-yil 20-aprel // Lex.uz.
URL:

https://lex.uz/docs/-3171590

3.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti. Ilmiy tadqiqot muassasalarining
infratuzilmasini yanada mustahkamlash va innovatsion faoliyatini rivojlantirish
chora-tadbirlari to‘g‘risida: PQ-3365-sonli qaror, 2017-yil 1-noyabr.

// Lex.uz.

URL:

https://lex.uz/docs/-3398528

4.

Nuttall, C. E. Teaching Reading Skills in a Foreign Language. – Oxford:
Macmillan Education, 2005.

5.

Harmer, J. The Practice of English Language Teaching. – Pearson Education
Limited, 2007.

6.

Brown, H. D. Principles of Language Learning and Teaching. — Longman, 2000.

7.

Halliday, M. A. K., Hasan, R. Cohesion in English. – London: Longman, 1976.

8.

Grabe, W., Stoller, F. L. Teaching and Researching Reading. – Routledge, 2011.

9.

Richards, J. C., Rodgers, T. S. Approaches and Methods in Language Teaching.
– Cambridge University Press, 2001.

Библиографические ссылки

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti. O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasi to‘g‘risida: PF-4947-sonli farmon, 2017-yil 7-fevral // Lex.uz. URL: https://lex.uz/docs/-3107036

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti. Oliy ta’lim tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida: PQ-2909-sonli qaror, 2017-yil 20-aprel // Lex.uz. URL: https://lex.uz/docs/-3171590

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti. Ilmiy tadqiqot muassasalarining infratuzilmasini yanada mustahkamlash va innovatsion faoliyatini rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida: PQ-3365-sonli qaror, 2017-yil 1-noyabr. // Lex.uz. URL: https://lex.uz/docs/-3398528

Nuttall, C. E. Teaching Reading Skills in a Foreign Language. – Oxford: Macmillan Education, 2005.

Harmer, J. The Practice of English Language Teaching. – Pearson Education Limited, 2007.

Brown, H. D. Principles of Language Learning and Teaching. — Longman, 2000.

Halliday, M. A. K., Hasan, R. Cohesion in English. – London: Longman, 1976.

Grabe, W., Stoller, F. L. Teaching and Researching Reading. – Routledge, 2011.

Richards, J. C., Rodgers, T. S. Approaches and Methods in Language Teaching. – Cambridge University Press, 2001.