Авторы

Биография автора

  • Зилола Каримова , Денауский институт предпринимательства и педагогики
    Преподаватель-стажер кафедры «Информационные технологии»

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.entrepreneurship-pedagogy.59268

Ключевые слова:

общеобразовательные школы педагогические условия информатика 7 класса информационные технологии практические навыки интерактивное обучение учебная программа повышение качества образования

Аннотация

Данная статья посвящена исследованию педагогических условий воспитания в процессе подготовки учителей информатики в общеобразовательных школах. В исследовании анализируются педагогические условия, необходимые для эффективной подготовки учителей, на примере преподавания 7 класса «Информатика и информационные технологии». При этом в качестве основных педагогических условий рассматриваются такие факторы, как освоение дидактических принципов, использование ресурсов, подходящих для учебной программы, развитие практических навыков, использование информационных и коммуникационных технологий, установление эффективного общения со студентами и периодическое повышение квалификации. Все эти условия служат повышению интереса к информатике, укреплению теоретических и практических знаний студентов. Результаты исследования включают важные рекомендации по дальнейшему совершенствованию образовательного процесса, усилению методической подготовки преподавателей, оказанию помощи учащимся в получении современных знаний.


background image

TADBIRKORLIK VA PEDAGOGIKA. ILMIY-USLUBIY JURNAL. ISSN: 2181-2659. [4/2024].

236

PEDAGOGIKA FANLAR

UMUM TA’LIM MAKTABLARIDA INFORMATIKA O‘QITUVCHILARINI

TAYYORLASHNING PEDAGOGIK SHARTLARI

(7-sinf informatika va axborot

texnologiyalari misolida)

KARIMOVA ZILOLA BOTIROVNA

Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti

“Axborot texnologiyalari” kafedrasi stajyor o‘qituvchisi

Email:

zkarimova@dtpi.uz

UDK: 005.055

https://orcid.org/0009-0007-4268-5406

Kalit

so‘zlar

:

umumiy ta’lim
maktablari,
pedagogik shartlar,
7-sinf informatika,
axborot
texnologiyalari,
amaliy ko‘nikmalar,
interaktiv ta’lim,
o‘quv dasturi,
ta’lim sifatini
oshirish.

Annotatsiya:

Mazkur maqola umumiy ta’lim maktablarida

informatika o‘qituvchilarini tayyorlash jarayonida ta’limning
pedagogik shartlarini o‘rganishga bag‘ishlangan. Tadqiqotda
7-sinf “Informatika va axborot texnologiyalari” fanini o‘qitish
jarayonida malakali va yetuk o‘qituvchi tayyorlash uchun
muhim bo‘lgan pedagogik shartlar chuqur tahlil qilinadi.
Bunda didaktik tamoyillarni o‘zlashtirish, o‘quv dasturiga
mos resurslardan foydalanish, amaliy ko‘nikmalarni
rivojlantirish, axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan
foydalanish, o‘quvchilar bilan samarali muloqot o‘rnatish va
davriy malaka oshirish kabi omillar asosiy pedagogik shartlar
sifatida ko‘rib chiqiladi. Ushbu shartlarning barchasi
informatika

faniga

bo‘lgan

qiziqishni

oshirish,

o‘quvchilarning

nazariy

va

amaliy

bilimlarini

mustahkamlashga xizmat qiladi. Tadqiqot natijalari o‘quv
jarayonini yanada takomillashtirish, o‘qituvchilarning
metodik tayyorgarligini kuchaytirish hamda o‘quvchilarning
zamonaviy bilimlarni egallashiga ko‘maklashuvchi muhim
tavsiyalarni o‘z ichiga oladi.

ПЕДАГОГИЧЕСКИЕ УСЛОВИЯ ПОДГОТОВКИ УЧИТЕЛЕЙ

ИНФОРМАТИКИ В ОБЩЕОБРАЗОВАТЕЛЬНЫХ ШКОЛАХ

(в случае 7

класса информатика и информационные технологии)

Ключевые слова:

общеобразова-
тельные школы,

Аннотация:

Данная статья посвящена исследованию

педагогических

условий

воспитания

в

процессе

подготовки

учителей

информатики

в


background image

TADBIRKORLIK VA PEDAGOGIKA. ILMIY-USLUBIY JURNAL. ISSN: 2181-2659. [4/2024].

237

педагогические
условия,
информатика 7
класса,
информационные
технологии,
практические
навыки,
интерактивное
обучение, учебная
программа,
повышение
качества образов

ания.

общеобразовательных

школах.

В

исследовании

анализируются педагогические условия, необходимые для
эффективной

подготовки

учителей,

на

примере

преподавания 7 класса «Информатика и информационные
технологии».

При

этом

в

качестве

основных

педагогических условий рассматриваются такие факторы,
как освоение дидактических принципов, использование
ресурсов, подходящих для учебной программы, развитие
практических навыков, использование информационных и
коммуникационных

технологий,

установление

эффективного общения со студентами и периодическое
повышение квалификации. Все эти условия служат
повышению интереса к информатике, укреплению
теоретических и практических знаний студентов.
Результаты

исследования

включают

важные

рекомендации по дальнейшему совершенствованию
образовательного процесса, усилению методической
подготовки преподавателей, оказанию помощи учащимся
в получении современных знаний.

PEDAGOGICAL CONDITIONS FOR THE TRAINING OF INFORMATICS

TEACHERS IN GENERAL EDUCATION SCHOOLS

(in the case of 7th grade

informatics and information

Keywords:

general education
schools, pedagogical
conditions,
7th grade computer
science, information
technology, practical
skills, interactive
education,
curriculum,
improving the
quality of education.

Abstract

: This article is devoted to the study of pedagogical

conditions of education in the process of training informatics
teachers in general education schools. In the study, the
pedagogical conditions necessary for effective teacher training
are analysed on the example of the 7th grade “Informatics and
Information Technologies” teaching. In this case, factors such
as mastering didactic principles, using resources suitable for
the curriculum, developing practical skills, using information
and communication technologies, establishing effective
communication with students, and periodic professional
development are considered as the main pedagogical
conditions. All these conditions serve to increase interest in
computer science and to strengthen students' theoretical and
practical knowledge. The results of the research include
important recommendations to further improve the educational


background image

TADBIRKORLIK VA PEDAGOGIKA. ILMIY-USLUBIY JURNAL. ISSN: 2181-2659. [4/2024].

238

process, strengthen the methodological training of teachers,
and help students acquire modern knowledge.

KIRISH

Zamonaviy jamiyatda informatika va axborot texnologiyalari sohasining jadal

rivojlanishi ta’lim tizimiga yangi talablar qo‘ymoqda. Axborot-kommunikatsiya
texnologiyalarining tezkor taraqqiyoti yosh avlodni zamonaviy bilimlar va ilg‘or
texnologik ko‘nikmalar bilan ta’minlash zaruratini anglatadi. Ayniqsa, umumta’lim
maktablarida informatika fanini samarali o‘qitish orqali o‘quvchilarning mantiqiy
fikrlash qobiliyatlarini rivojlantirish, texnologiyalar bilan ishlash ko‘nikmalarini
shakllantirish va ta’lim sifatini oshirish dolzarb masalalardan biridir.

Mazkur maqsadlarga erishishda informatika o‘qituvchilarining malakasini oshirish

alohida ahamiyat kasb etadi [1, 27–41]. Hozirgi davrda informatika o‘qituvchilari
zamonaviy texnologik bilimlarga ega bo‘lishi, ilg‘or didaktik yondashuvlarni qo‘llashi
va dars jarayonida o‘quvchilarning yoshi hamda psixologik xususiyatlarini inobatga
olishi talab etiladi. Ayniqsa, 7-sinf informatika darslarini samarali o‘qitish uchun o‘quv
dasturlarining dolzarbligi, darsliklarning mazmuni va sifati, amaliy mashg‘ulotlarning
samarali tashkil etilishi hamda innovatsion usullarni tatbiq etish zarurligi
ta’kidlanmoqda [2, 77–91].

Ushbu tadqiqotning asosiy maqsadi – 7-sinf informatika fanini o‘qitish jarayonida

informatika o‘qituvchilarini tayyorlash uchun zarur pedagogik shart-sharoitlarni
aniqlashdir. Bu shartlarni o‘quv jarayoniga muvaffaqiyatli tatbiq etish orqali
o‘quvchilar uchun samarali va qiziqarli ta’lim jarayonini tashkil etish mumkin [3, 143–
151].

ADABIYOTLAR TAHLILI VA TADQIQOT METODOLOGIYASI

Adabiyotlar tahlili jarayonida tadqiqot mavzusiga oid mavjud ilmiy manbalar,

amaliy qo‘llanmalar va tajribalarni o‘rganildi. Ushbu bosqichda mavzuning
dolzarbligini aniqlab, asosiy muammolar, ularning yechim yo‘llari va tadqiqotning
nazariy hamda amaliy ahamiyatini tahlil qilindi.

Darsliklar va qo‘llanmalar:

7-sinf informatika o‘quv dasturi bo‘yicha

darsliklar, qo‘llanmalar va o‘quv materiallarini o‘rganish. Bu o‘quvchilarga dastur
bo‘yicha qanday asosiy bilimlar berilishi kerakligini aniqlash imkonini beradi [4, 121-
132].

Ilmiy maqolalar va tadqiqotlar:

Pedagogik metodika, o‘quv jarayonida

informatika o‘qituvchilarining roli va amaliy mashg‘ulotlarni o‘tkazish bo‘yicha ilmiy
tadqiqotlar o‘rganiladi.

Milliy va xalqaro tajriba:

Xorijiy mamlakatlarning informatika

o‘qituvchilarini tayyorlashdagi yondashuvlarini tahlil qilish va taqqoslash. Bu tajriba
yangi va samarali usullarni ishlab chiqishda yordam beradi.

Davlat ta’lim standartlari:

Davlat tomonidan tasdiqlangan ta’lim standartlari


background image

TADBIRKORLIK VA PEDAGOGIKA. ILMIY-USLUBIY JURNAL. ISSN: 2181-2659. [4/2024].

239

asosida informatika fanining o‘quv dasturlari tahlil qilinadi.

Tadqiqot metodologiyasi ilmiy izlanish jarayonini tashkil qilish va asoslangan

natijalarga erishish uchun tanlangan usullar yig‘indisidir. 7-sinf informatika
o‘qituvchilarini tayyorlash bo‘yicha tadqiqotda quyidagi usullardan foydalanish
mumkin [5, 130-144].

Nazariy tahlil:

Mavzuga oid nazariy materiallarni o‘rganish va tahlil qilish orqali

tadqiqotning asosiy tushunchalarini aniqlash va tushuntirish.

Anketalar va so‘rovlar:

O‘qituvchilar, o‘quvchilar va ota-onalar o‘rtasida so‘rov

o‘tkazish orqali informatika fanini o‘rgatishning samaradorligini aniqlash va
muammolarni belgilash.

Eksperimental tadqiqotlar:

Dars jarayonida yangi o‘quv metodikalarini qo‘llash

orqali ularning samaradorligini baholash. Eksperiment natijalari tadqiqot uchun ilmiy
asos yaratadi.

Statistik tahlil:

So‘rov va eksperiment natijalarini statistik tahlil qilish. Bu

olingan ma’lumotlarni raqamli ko‘rsatkichlarga asoslangan holda baholash va ularni
umumlashtirish imkonini beradi.

Taqqoslash va xulosalar chiqarish:

Adabiyotlardan olingan nazariy bilimlarni

va eksperimentlar natijalarini taqqoslash, shuningdek, turli usullarni bir-biriga nisbatan
samaradorligini baholash orqali xulosalar chiqarish.

NATIJALAR VA MUHOKAMALAR

Adabiyotlar tahlili va tadqiqot metodologiyasi orqali 7-sinf informatika fani

o‘qituvchilarini tayyorlashda zamonaviy va ilmiy asoslangan yondashuvlarni ishlab
chiqish, samaradorlikni oshirish hamda o‘quv jarayonini takomillashtirish imkoniyatlari
yaratiladi. Bu yondashuv ta’lim sifatini oshirish va zamonaviy talablar asosida
informatika o‘qituvchilarini tayyorlash uchun muhimdir [6; 18-34 b]. Umumta’lim
maktablarida informatika o‘qituvchilarini tayyorlash jarayoni murakkab va ko‘p qirrali
bo‘lib, uni samarali tashkil etish uchun maxsus pedagogik shartlarni hisobga olish
lozim.

Quyida 7-sinfda “Informatika va axborot texnologiyalari” fanini o‘qitishda

e’tiborga olish lozim bo‘lgan pedagogik shartlarni keltirib o‘tamiz:

1. Didaktik tamoyillarni o‘zlashtirish:

O‘qituvchilarning ta’lim jarayonida

qo‘llashi kerak bo‘lgan didaktik tamoyillarni chuqur o‘rganishi va amaliyotda tatbiq
etishi lozim. Ular, jumladan, tizimlilik, izchillik, o‘quv jarayonini faol usullar bilan
ta’minlash kabi prinsiplarga asoslanishi zarur [8, 172-184].

O‘quv dasturiga mos darslik va resurslar: 7-sinf uchun ishlab chiqilgan darslik va

o‘quv qo‘llanmalari bilan tanishish, o‘qituvchilar ularni mustaqil o‘zlashtirib,
o‘quvchilarga oson tushuntira oladigan darajada bilishi zarur.

2.

Amaliy ko‘nikmalarni rivojlantirish:

Informatika fanida amaliy mashg‘ulotlar

muhim ahamiyatga ega. Shu sababli, o‘qituvchilar amaliy mashg‘ulotlarni tashkil etish


background image

TADBIRKORLIK VA PEDAGOGIKA. ILMIY-USLUBIY JURNAL. ISSN: 2181-2659. [4/2024].

240

va ularni boshqarish ko‘nikmalariga ega bo‘lishi lozim. Bu o‘quvchilarning darslarda
faol ishtirok etishini ta’minlaydi.

3. Axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish:

O‘qituvchilar

axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanishni o‘rganishlari, jumladan,
taqdimot, dasturlash muhitlari, va boshqa elektron resurslardan foydalanish
ko‘nikmasiga ega bo‘lishlari kerak [9, 231-244].

4. Fanga bo‘lgan qiziqishni oshirish:

7-sinf o‘quvchilarining fanga bo‘lgan

qiziqishini oshirish uchun interaktiv metodlardan foydalanish muhim. Bu jarayonda
o‘qituvchi kreativ yondashuvlardan foydalanishi, o‘yin elementlari va turli raqamli
vositalarni jalb qilishi mumkin.

5. O‘quvchilar bilan samarali muloqot qilish:

O‘qituvchilar o‘quvchilarning

psixologik va yosh xususiyatlarini hisobga olib, samarali muloqot o‘rnatishi kerak. Bu,
o‘z navbatida, o‘quvchilarni darsga qiziqtiradi va ularning fanga bo‘lgan ishtiyoqini
oshiradi.

1-rasm

O‘quvchilar bilan samarali muloqot qilish

6.

Davriy malaka oshirish:

O‘qituvchilar o‘z malakasini muntazam oshirib borishi,

yangi texnologiyalar va pedagogik yondashuvlar bilan tanishishi kerak. Bu jarayon
ta’lim sifatini yaxshilaydi va o‘quvchilarga zamonaviy bilimlarni taqdim etishga
yordam beradi.

Informatika o‘qituvchilarini tayyorlash umumiy ta’lim tizimining muhim tarkibiy

qismi bo‘lib, zamonaviy talablar va texnologik o‘zgarishlarga mos yangi
yondashuvlarni o‘z ichiga oladi. Bugungi kunda o‘quvchilarga chuqur bilim berish


background image

TADBIRKORLIK VA PEDAGOGIKA. ILMIY-USLUBIY JURNAL. ISSN: 2181-2659. [4/2024].

241

uchun informatika o‘qituvchilari nafaqat nazariy bilimlarga, balki amaliy va metodik
ko‘nikmalarga ham ega bo‘lishlari zarur. Quyida umumiy ta’lim maktablari uchun
informatika o‘qituvchilarini tayyorlash jarayonidagi asosiy jihatlar tahlil etiladi [10, 61–
84].

1. Nazariy bilimlarning shakllantirilishi:

Informatika o‘qituvchilari, avvalo, fan

asoslarini chuqur o‘zlashtirishlari kerak. Bu jarayonda quyidagilar muhim ahamiyat
kasb etadi:

Fan asoslari va ta’lim dasturlari

: O‘qituvchi informatika fanining asosiy

tushunchalari (algoritmlar, dasturlash, ma’lumotlar bazalari, axborot xavfsizligi va
boshqalar) hamda ularni 7-sinf darajasida qanday o‘rgatish lozimligini bilishi kerak.

Pedagogik nazariya va didaktika:

Ta’lim jarayonini samarali tashkil etish uchun

o‘qituvchi zamonaviy pedagogik va didaktik tamoyillarni bilishi lozim. Ushbu
tamoyillar ta’lim metodikalarini ishlab chiqishda va o‘quvchilarga yetkazishda muhim
ahamiyatga ega.

2. Amaliy ko‘nikmalarni rivojlantirish:

Amaliy mashg‘ulotlar informatika fanida

muhim rol o‘ynaydi. Shu sababli, o‘qituvchilarda quyidagi ko‘nikmalarni shakllantirish
zarur:

Texnik ko‘nikmalar:

O‘qituvchi kompyuter texnologiyalaridan foydalanishni,

dasturlash asoslarini va amaliyotda zarur dasturiy ta’minot bilan ishlashni bilishi lozim.
Bu o‘quvchilarga bilimlarni aniq va qiziqarli tarzda yetkazishda muhim ahamiyatga ega.

Interaktiv usullar va AKT vositalaridan foydalanish:

Darslarda raqamli vositalar

va interaktiv usullardan foydalanish, masalan, onlayn o‘quv platformalari, elektron
darsliklar va taqdimot vositalari yordamida bilimlarni samarali o‘zlashtirishga erishish
mumkin.

3. O‘quv dasturi va o‘quv materiallarini tanlash va ishlab chiqish

: Informatika

fanining mazmuni va o‘quv dasturi zamonaviy texnologiyalarga mos bo‘lishi lozim. Shu
sababli, o‘qituvchilar quyidagi yo‘nalishlarda tayyorgarlik ko‘rishlari kerak:

Darslik va qo‘shimcha materiallarni o‘rganish va yaratish:

O‘quvchilarning

darslarni tushunishlari uchun ularning yoshiga va psixologik xususiyatlariga mos o‘quv
materiallari va qo‘shimcha resurslarni tayyorlash muhim [11, 111–133].

Amaliy mashg‘ulotlarni loyihalash:

O‘quvchilarning texnik va mantiqiy

ko‘nikmalarini rivojlantirish uchun amaliy mashg‘ulotlarni loyiha qilish va
o‘quvchilarning ishtirokini ta’minlash informatika o‘qituvchisini tayyorlash
jarayonining muhim qismidir.

4. O‘quvchilar bilan samarali muloqot qilish va ularning yosh xususiyatlarini

hisobga olish:

Informatika o‘qituvchilari o‘quvchilarning yosh va psixologik

xususiyatlarini hisobga olishlari zarur.

Samarali muloqot o‘rnatish:

O‘quvchilarning darsga qiziqishi va bilimlarni

o‘zlashtirishlari, ularning psixologik va ijtimoiy xususiyatlariga mos dars jarayonini


background image

TADBIRKORLIK VA PEDAGOGIKA. ILMIY-USLUBIY JURNAL. ISSN: 2181-2659. [4/2024].

242

tashkil etish orqali oshiriladi.

Interaktiv usullarni qo‘llash:

O‘qituvchilar o‘quvchilarning darsga qiziqishini

oshirish uchun o‘yin elementlari, qiziqarli misollar va turli interaktiv vositalarni jalb
qilishi mumkin. Bu, ayniqsa, 7-sinf kabi yosh o‘quvchilar uchun samarali hisoblanadi.

5. Davriy malaka oshirish va uzluksiz ta’lim tizimi:

Ta’lim va texnologiyalar

sohasidagi o‘zgarishlarni hisobga olib, informatika o‘qituvchilari doimiy ravishda
malaka oshirishi lozim. Buning uchun:

Malaka oshirish kurslari:

O‘qituvchilarni yangi pedagogik va texnologik

bilimlar bilan tanishtirish uchun muntazam ravishda o‘tkaziladigan malaka oshirish
kurslari zarur.

Uzluksiz o‘qitish tizimi:

O‘qituvchilarning pedagogik va texnik bilimlarini

doimiy ravishda yangilash, masofaviy o‘quv dasturlari va onlayn treninglar orqali o‘quv
jarayonini uzluksiz davom ettirish imkonini beradi [12, 72–91].

MUHOKAMALAR

Informatika va axborot texnologiyalari” fanini o‘qitishda o‘qituvchilarni tayyorlashga
oid pedagogik shartlarni tahlil qilish natijasida quyidagi muhim jihatlar aniqlanadi:

1. Ijobiy natijalar:

Ta’lim sifati oshadi:

O‘qituvchilar uchun zamonaviy texnologik vositalar,

interaktiv metodlar va aniq strategiyalar yaratish o‘quvchilar bilimini samarali
oshirishga olib keladi.

O‘quvchilarning qiziqishi ortadi:

Amaliy mashg‘ulotlar va texnologiyaga

asoslangan interaktiv yondashuvlar o‘quvchilarning informatikaga bo‘lgan qiziqishini
oshiradi.

Raqobatbardosh

kadrlar

tayyorlanadi:

Malakali o‘qituvchilar orqali

o‘quvchilarga sifatli ta’lim berilishi kelajakda IT sohasida raqobatbardosh
mutaxassislarni yetishtirishga imkon yaratadi.

2. Mavjud muammolar:

O‘quv qurollarining yetishmasligi:

Qishloq joylardagi maktablar texnik jihozlar

bilan to‘liq ta’minlanmagan. Bu informatika darslarining sifatsiz o‘tishiga olib kelishi
mumkin.

Malakali o‘qituvchilar taqchilligi:

Hozirda barcha informatika o‘qituvchilari

zamonaviy dasturlash tillari va texnologiyalardan yetarlicha xabardor emas.

O‘quv dasturining moslashuvchan emasligi:

Ayrim maktablarda o‘quv dasturi

faqat nazariyaga asoslangan bo‘lib, amaliy mashg‘ulotlar yetarli darajada tashkil
qilinmaydi.

3. Takliflar va yechimlar:

Resurslarni kengaytirish:

Har bir maktabni internet va zamonaviy kompyuter

texnikasi bilan to‘liq ta’minlash uchun davlat dasturini kuchaytirish.

O‘qituvchilar malakasini oshirish kurslarini modernizatsiya qilish:

Zamonaviy


background image

TADBIRKORLIK VA PEDAGOGIKA. ILMIY-USLUBIY JURNAL. ISSN: 2181-2659. [4/2024].

243

o‘quv modullari, masofaviy kurslar va seminarlar tashkil etish orqali o‘qituvchilarning
bilim va ko‘nikmalarini oshirish.

Amaliy yondashuvni kuchaytirish:

Har bir darsda amaliy ishlarni bajarishga

alohida e’tibor qaratish va real hayotiy loyihalar asosida o‘quvchilarni jalb qilish.

Individual yondashuv:

Har bir o‘quvchining imkoniyatlarini hisobga olgan holda

ta’lim berish uchun diagnostik va monitoring tizimini joriy etish.

XULOSA

Umumta’lim maktablarida informatika o‘qituvchilarini tayyorlash jarayoni nafaqat

bilim berish, balki o‘qituvchilarning o‘quvchilarga ta’lim berishda innovatsion
yondashuvlarni tatbiq etishiga yo‘naltirilgan. Bu jarayonda didaktik bilimlar, amaliy
ko‘nikmalar, yoshga mos metodlar va doimiy malaka oshirish muhim ahamiyat kasb
etadi. Shu bilan birga, informatika fanining zamonaviy talablari doirasida
o‘qituvchilarni tayyorlashni davom ettirish, ta’lim jarayonining sifatini oshirish va
o‘quvchilarni yangi texnologiyalarga mos bilim bilan ta’minlash uchun uzluksiz ta’lim
tizimini qo‘llash tavsiya etiladi [13, 165-175].

Muhokama natijasida, informatika fanini o‘qitishda o‘qituvchilarning tayyorligini

ta’minlash uchun pedagogik shartlarni kuchaytirish zarurligi aniqlandi. Zamonaviy
texnologiyalarni joriy qilish va o‘qituvchilarni doimiy rivojlantirish orqali ta’lim sifatini
oshirish, raqamli jamiyat uchun intellektual resurslarni shakllantirish imkoniyati
tug‘iladi.

Ushbu jarayonni muvaffaqiyatli amalga oshirish uchun davlat, jamiyat va

maktablarning hamkorligini ta’minlash muhimdir.


















background image

TADBIRKORLIK VA PEDAGOGIKA. ILMIY-USLUBIY JURNAL. ISSN: 2181-2659. [4/2024].

244

Adabiyotlar ro‘yxati

1.

Jonovna A. Informatika ta’limida interaktiv metodlar va axborot
texnologiyalaridan foydalanish. — Toshkent: O‘qituvchi nashriyoti, 2021. – B.
77-91.

2.

Anderson R., Krathwohl D. A Taxonomy for Learning, Teaching, and Assessing:
A Revision of Bloom’s Taxonomy of Educational Objectives. — New York:
Longman, 2001. – P. 143-151.

3.

Kozma R. Technology, Innovation, and Educational Change: A Global
Perspective. // International Society for Technology in Education, 2003. – P. 121-
132.

4.

Jonsson A., Svingby G. The Use of Scoring Rubrics: Reliability, Validity, and
Educational Consequences // Educational Research Review. 2007. Vol. 2, №2. –
P. 130-144.

5.

Salomon G. Technology’s Promises and Dangers in a Psychological and
Educational Context. New York: Cambridge University Press, 1998. – P. 87-94.

6.

Lave J., Wenger E. Situated Learning: Legitimate Peripheral Participation. —
Cambridge University Press, 1991. — B. 172–184.

7.

Johnson D. W., Johnson R. T. Learning Together and Alone: Cooperative,
Competitive, and Individualistic Learning. — Boston: Allyn & Bacon, 1999. —
B. 61–84.

8.

Mayer R. E. Multimedia Learning (2nd ed.). Cambridge University Press, 2009.
– P. 111-133.

9.

Дониёрова, Г., Каримова, З. Создание интерактивных электронных
учебников по преподаванию информатики и информационных технологий
в вузах. Предпринимательства и педагогика. 2024, 5(1) – C. 165-175.

Библиографические ссылки

Jonovna A. Informatika ta’limida interaktiv metodlar va axborot texnologiyalaridan foydalanish. — Toshkent: O‘qituvchi nashriyoti, 2021. – B. 77-91.

Anderson R., Krathwohl D. A Taxonomy for Learning, Teaching, and Assessing: A Revision of Bloom’s Taxonomy of Educational Objectives. — New York: Longman, 2001. – P. 143-151.

Kozma R. Technology, Innovation, and Educational Change: A Global Perspective. // International Society for Technology in Education, 2003. – P. 121-132.

Jonsson A., Svingby G. The Use of Scoring Rubrics: Reliability, Validity, and Educational Consequences // Educational Research Review. 2007. Vol. 2, №2. – P. 130-144.

Salomon G. Technology’s Promises and Dangers in a Psychological and Educational Context. New York: Cambridge University Press, 1998. – P. 87-94.

Lave J., Wenger E. Situated Learning: Legitimate Peripheral Participation. — Cambridge University Press, 1991. — B. 172–184.

Johnson D. W., Johnson R. T. Learning Together and Alone: Cooperative, Competitive, and Individualistic Learning. — Boston: Allyn & Bacon, 1999. — B. 61–84.

Mayer R. E. Multimedia Learning (2nd ed.). Cambridge University Press, 2009. – P. 111-133.

Дониёрова, Г., Каримова, З. Создание интерактивных электронных учебников по преподаванию информатики и информационных технологий в вузах. Предпринимательства и педагогика. 2024, 5(1) – C. 165-175.