Авторы

Биография автора

  • Насиба Каюмова , Университет информационных технологий и управления
    Профессор кафедры «Педагогика»

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.entrepreneurship-pedagogy.80490

Ключевые слова:

модель моделирование типы моделей требования к моделям основные подходы к созданию моделей моделирование бизнес-процессов структурное моделирование

Аннотация

В данной статье рассматривается применение моделирования в различных областях человеческой деятельности, его основные понятия, модели и виды моделирования, бизнес-модели, а также необходимость использования теоретических, эмпирических, математических и компьютерных методов моделирования, а также методов анализа и оценки информационных систем в процессе моделирования. Кроме того, подчеркивается, что моделирование является основой информационных систем при обучении студентов моделированию бизнес-процессов, обсуждаются требования к моделям проектирования информационных систем, прогнозирование дальнейших действий, реализация решений, получение прибыли, а также процессы систематизации и обобщения данных. Работая с реальными проектами, студенты укрепляют свои навыки моделирования, развивают аналитическое мышление и служат для подготовки их к будущей профессиональной деятельности.


background image



51

2025/№ 2

PEDAGOGIKA

TALABALARNI AXBOROT TIZIMLARINI MODELLASHTIRISHGA

O‘RGATISH

KAYUMOVA NASIBA ASHUROVNA

Axborot texnologiyalari va menejment universiteti

“Pedagogika” kafedrasi professori

E-mail:

kayumovanasiba2468@gmail.com

UDK: 004.9:37.02

https://orcid.org/0000-0002-4026-0902

Kalit so‘zlar:

model,
modellashtirish,
model turlari,
modelga
qo‘yiladigan
talablar, modellarni
yaratishdagi asosiy
yondashuvlar,
tijorat jarayonlarini
modellashtirish,
tuzilmaviy
modellashtirish.

Annotatsiya:

Ushbu maqolada modellashtirishning inson

faoliyatining turli sohalarida qo‘llanilishi, uning asosiy
tushunchalari, model va modellashtirish turlari, biznes
modellari, shuningdek, modellashtirish jarayonida nazariy,
empirik, matematik va kompyuter modellashtirish usullaridan
hamda axborot tizimlarini tahlil qilish va baholash metodlaridan
foydalanish zarurligi yoritilgan. Bundan tashqari, talabalarga
biznes

jarayonlarini

modellashtirishni

o‘rgatishda

modellashtirish axborot tizimlarining asosi ekanligi ta’kidlanib,
axborot tizimlarini loyihalash modellariga qo‘yiladigan talablar,
keyingi harakatlarni bashorat qilish, yechimlarni amalga
oshirish, foyda olish hamda ma’lumotlarni tizimlashtirish va
umumlashtirish jarayonlari muhokama qilingan. Real loyihalar
bilan ishlash orqali talabalar modellashtirish bo‘yicha
ko‘nikmalarini mustahkamlaydi, analitik fikrlash qobiliyatini
rivojlantiradi hamda ularni kelajakdagi kasbiy faoliyatga
tayyorlashga xizmat qiladi.

ОБУЧЕНИЕ СТУДЕНТОВ МОДЕЛИРОВАНИЮ ИНФОРМАЦИОННЫХ

СИСТЕM

Ключевые слова:

модель,
моделирование,
типы моделей,
требования к

Аннотация:

В данной статье рассматривается применение

моделирования в различных областях человеческой
деятельности, его основные понятия, модели и виды
моделирования, бизнес-модели, а также необходимость
использования

теоретических,

эмпирических,


background image



52

2025/№ 2

моделям,
основные подходы
к созданию
моделей,
моделирование
бизнес-процессов,
структурное
моделирование.

математических и компьютерных методов моделирования,
а также методов анализа и оценки информационных систем
в процессе моделирования. Кроме того, подчеркивается,
что моделирование является основой информационных
систем при обучении студентов моделированию бизнес-
процессов,

обсуждаются

требования

к

моделям

проектирования информационных систем, прогнозирование
дальнейших действий, реализация решений, получение
прибыли, а также процессы систематизации и обобщения
данных. Работая с реальными проектами, студенты
укрепляют свои навыки моделирования, развивают
аналитическое мышление и служат для подготовки их к
будущей профессиональной деятельности.

TEACHING STUDENTS IN INFORMATION SYSTEMS MODELING

Keywords:

model, modeling,
types of models,
requirements for
models, basic
approaches to
creating models,
business process
modeling,
structural
modeling.

Abstract:

This article highlights the application of modeling

in various spheres of human activity, its basic concepts, models
and types of modeling, business models, as well as the need to
use theoretical, empirical, mathematical, and computer
modeling methods in the modeling process, as well as methods
for analyzing and evaluating information systems. In addition, it
was emphasized that modeling is the basis of information
systems when teaching students to model business processes,
and the requirements for information system design models,
forecasting further actions, implementing solutions, obtaining
profit, as well as the processes of systematization and
generalization of data were discussed. Working with real
projects strengthens students' modeling skills, develops
analytical thinking skills, and serves to prepare them for future
professional activities.

KIRISH

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 5-oktyabrdagi PF-6079-sonli

“Raqamli O‘zbekiston – 2030” strategiyasini tasdiqlash va uni samarali amalga
oshirish

chora-tadbirlari

to‘g‘risida farmonida elektron hukumat tizimini

takomillashtirish, dasturiy mahsulotlar va axborot texnologiyalari bozorini yanada
rivojlantirish, respublikaning barcha hududlarida IT-parklarni tashkil etish,


background image



53

2025/№ 2

shuningdek, sohani malakali kadrlar bilan ta’minlashni ko‘zda tutuvchi 220 dan ortiq
ustuvor loyihalarni amalga oshirish boshlanganligi ko‘rsatib o‘tilgan [1, 1-2].

Shundan kelib chiqib, axborot texnologiyalari jadal rivojlanib borayotgan

hozirgi davrda axborot tizimlarini samarali loyihalash va modellashtirish muhim
ahamiyat kasb etmoqda. Axborot tizimlarini modellashtirish zamonaviy muhandislik
va dasturiy ta’minot yaratish jarayonida asosiy bosqichlardan biri bo‘lib, talabalar
ushbu bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘lishlari kelajakdagi faoliyatlari uchun muhim
sanaladi.

Modellashtirish murakkab tizim va jarayonlarni tushunish, ularni tahlil qilish va

optimallashtirish uchun ishlatiladigan vositadir. Ushbu jarayonda talabalar axborot
tizimlarini anglash, ularning tarkibiy qismlarini ajratish hamda ilmiy yondashuv
asosida texnik yechimlar ishlab chiqish bo‘yicha zarur bilim va ko‘nikmalarga ega
bo‘ladilar.

Talabalarni axborot tizimlarini modellashtirishga o‘rgatish nafaqat nazariy bilim

berishni, balki amaliy mashg‘ulotlar orqali ularning ijodiy fikrlash va muammolarni
hal qilish qobiliyatlarini rivojlantirishni ham o‘z ichiga oladi. Shuningdek, zamonaviy
dasturiy vositalardan foydalanish va turli modellashtirish usullarini qo‘llash orqali
ularning kasbiy mahorati oshiriladi.

Mazkur mavzu bo‘yicha chuqur bilim olish talabalar uchun axborot

texnologiyalari sohasida raqobatbardosh mutaxassis bo‘lish imkoniyatini yaratadi.
Shu sababli, ushbu yo‘nalishda ta’lim berish va yangi pedagogik texnologiyalarni
joriy etish dolzarb vazifalardan biri hisoblanadi.

D. I. Mendeleyevning fikriga ko‘ra, “Model cheksizlikda chekli narsani

izlashdir”. Cheksizni chekliga aylantirish uchun nimalarni tashlab yuborish kerak
bo‘ladi? Modelga faqat obyektni ifodalovchi muhim jihatlar kiritiladi, qolgan,
ahamiyatsiz qismlar esa e’tibordan chetda qoladi. Modelning qaysi jihatlari muhim
yoki muhim emasligi tadqiqot maqsadiga muvofiq belgilanadi. Ya’ni, har bir model
ma’lum bir maqsad uchun yaratiladi, modellashtirish jarayonini boshlashda esa
tadqiqotchi ushbu maqsadni aniq belgilashi va boshqa barcha mumkin bo‘lgan
maqsadlardan ajratib olishi kerak, chunki ular cheksiz ko‘rinishi mumkin.

E. Torrensning fikriga ko‘ra, o‘quvchilarning ijodkorlikka oid testlar bo‘yicha

qayd etgan natijalari umumlashtirilishi, bir bilim sohasiga tegishli ko‘rsatkich boshqa
sohaga o‘tkazilishi va model shaklida ifodalanishi mumkin. Modellashtirish, ayniqsa,
mavhum obyektlarni, uzoq hududlarda joylashgan obyektlarni yoki juda kichik
hajmdagi obyektlarni o‘rganishda katta ahamiyat kasb etadi. Modellashtirish inson
faoliyatining turli sohalariga tobora chuqur kirib bormoqda va tadqiqot jarayonlarida
samarali vositalardan foydalanish imkonini bermoqda [2, 52].


background image



54

2025/№ 2

TADQIQOT OBYEKTI VA QO‘LLANILGAN METODLAR

Axborot tizimlarini modellashtirish tadqiqotining obyekti axborot tizimlari va

ularning modellashtirish jarayoni bo‘lib, bu jarayonda axborot tizimlarining tarkibiy
qismlari, ularning ishlash tamoyillari, ma’lumotlarni qayta ishlash usullari hamda
tizimlarning samaradorligini oshirish yo‘llari o‘rganiladi.

Ushbu sohadagi tadqiqotlarda nazariy, empirik, matematik va kompyuter

modellashtirish usullari, shuningdek, axborot tizimlarini tahlil qilish va baholash
metodlaridan foydalaniladi.

1. Nazariy tadqiqot metodlari.

Analiz va sintez – axborot tizimlarining tarkibiy qismlarini o‘rganish va ularni

umumlashtirishda qo‘llaniladi.

Formallashtirish – tizim jarayonlarini matematik modellar yordamida ifodalash

uchun ishlatiladi.

Abstraksiyalash – axborot tizimlarining asosiy elementlarini ajratib ko‘rsatish

va ortiqcha tafsilotlarni chetlab o‘tishda muhim rol o‘ynaydi.

Klassifikatsiya va taqqoslash – turli modellashtirish usullarini o‘zaro

solishtirish va eng samarali yondashuvlarni tanlashda foydalaniladi.

2. Empirik tadqiqot metodlari.

Eksperiment – turli modellashtirish usullarini amaliy sinovdan o‘tkazish va

natijalarni baholashda ishlatiladi.

Kuzatish – axborot tizimlarining ishlash jarayonlarini real sharoitda tahlil

qilishda qo‘llaniladi.

Anketa va intervyu – foydalanuvchilarning fikr va talablarini aniqlash

maqsadida amalga oshiriladi.

3. Matematik va kompyuter modellashtirish metodlari
Diskret modellashtirishda tizimning ishlash jarayonlari vaqt bo‘yicha diskret

shaklda tasvirlanadi. Murakkab tizimlarning jarayonlarini modellashtirishda Petri
tarmoqlaridan foydalaniladi. Obyektga yo‘naltirilgan modellashtirishda esa tizim
komponentlari

obyektlar

sifatida

tasvirlanib,

ularning

o‘zaro aloqalari

modellashtiriladi.

Modellashtirish – axborot tizimini loyihalash asosi. Turli sharoitlarda real

tizimlar, jarayonlar va obyektlarning xatti-harakatlarini kuzatish yoki ularni
o‘zgartirish ko‘pincha qiyin, ba’zan esa imkonsiz bo‘ladi. Bunday hollarda tizim,
jarayon va obyektlarning modelini yaratish orqali muammoni hal qilish mumkin.
Modelni qurish orqali tizimni qayta-qayta dastlabki holatiga qaytarish, shuningdek,
o‘zgaruvchan sharoitlarda uning xatti-harakatlarini kuzatish imkoniyati yaratiladi.


background image



55

2025/№ 2

NATIJALAR VA ULARNING TAHLILI

Model – lotinchadan olingan, “modulus” – “o‘lchov, analog, namuna”

ma’nolarini ifodalab, qandaydir real jarayon, qurilma yoki konsepsiya, tizimni
ifodalash va o‘rganish, ma’lumot olish vositasi bo‘lib xizmat qiladigan tizimdir.

Modelni obyektning dastlabki o‘rnini bosuvchi, uning ayrim xususiyatlarini

o‘rganishni ta’minlovchi, tizimni tahlil qilish va bashorat qilish, shuningdek, to‘g‘ri
boshqaruv qarorini qabul qilish uchun zarur bo‘lgan sifat va miqdoriy natijalarni olish
uchun soddalashtirilgan taqdimoti deb qarash mumkin (1-rasm).

Muayyan muammoni hal qilishda, o‘rganilayotgan obyektning ma’lum bir

xususiyatini aniqlash lozim bo‘lganda model nafaqat zarur, balki ba’zan yagona
tadqiqot vositasi sifatida foydalaniladi. Bir dona yoki bir xil obyekt ko‘plab
modellarga ega bo‘lishi mumkin va turli xil obyektlar bitta model bilan tavsiflanishi
ham mumkin.

Ilm-fan, texnika va texnologiya sohasida "model" tushunchasining noaniqligi

tufayli modellar turlarini yagona tasniflash juda qiyin hisoblanadi. Modellar turli
sabablarga ko‘ra amalga oshirilishi mumkin. Masalan, modellar quyidagicha
tasniflanadi:

1. Foydalanish maqsadiga ko‘ra modellar
2. Qo‘llanish sohasi bo‘yicha modellar
3. Vaqt hisobi omili bo‘yicha modellar
4. Tizimga ta’siri bo‘yicha modellar
5. Taqdimot qilinishi bo‘yicha modellar
6. Inson bilimining sohasi bo‘yicha














background image



56

2025/№ 2

1-rasm

Modelning tasniflanishi





















Model – masalani yechishda asl nusxa o‘rniga ishlatiladigan analog, prototip,

shablon yoki namuna hisoblanadi. Model asl nusxa haqida bizga ma’lum bo‘lgan
cheklangan ma’lumotlar, ya’ni uning xususiyatlari va xatti-harakatlari to‘plami
asosida quriladi. Talabalarga modellashtirishni o‘rgatishda modellarni qurish va
ulardan foydalanish jarayonlari quyidagi maqsadlarga erishish uchun amalga
oshirilishi lozim:

a) Ilgari noma’lum bo‘lgan ma’lumotlarni olish, yangi xususiyatlarni aniqlash va

kelajakdagi xatti-harakatlarni bashorat qilish;

b) Yechimlarni amalga oshirishdan foyda olishga erishish;
c) Ma’lum ma’lumotlarni tizimlashtirish va umumlashtirish.
Modellashtirish – bu asl nusxani uning analogi (modeli) bilan almashtirish

jarayoni bo‘lib, keyinchalik asl nusxaning xususiyatlari va modeldagi xatti-
harakatlarini o‘rganish imkonini beradi [4, 2-3].

1.

Modellashtirish jarayoni quyidagi bosqichlardan iborat:

2.

Rasmiylashtirish (modelni loyihalash va o‘rnatish);

МОDEL

Belgili modellar

Qo‘llanish sohasi

bo‘yicha modellar:

- o‘quv modellari;

- tajriba modellari;

- ilmiy-texnik modellar;

- o‘yinli modellar;

- imitatsion modellar

.

Foydalanish maqsadiga

ko‘ra modellar:

-

ilmiy eksperiment modeli

- kompleks sinov modeli;

- tizimni optimallashtirish

modeli

Vaqt hisobi omili

bo‘yicha modellar:

-dinamik model;
-statik model

.

Inson bilimining

sohasi bo‘yicha

modellar:

-

matematik model;

-fizik model;
-kimyoviy model;
-biologik model;

-sotsiologik model;

-pedagogik, model;
-psixologik va
boshqa modellar.


Taqdimot qilinishi

bo‘yicha modellar

:

Tizimga ta’siri

bo‘yicha modellar

:

-determinant model;

-stoxastik model.



Axborot modellar

:

Material modellar

:

Verbal modellar

Kompyutersiz model

Kompyuterli model


background image



57

2025/№ 2

3.

Turli xil muammolarni aniqlash va ularni modelda hal qilish;

4.

Simulyatsiya natijalarini sharhlash, mavjud real tizimlar bilan integratsiya

qilish va hokazo.

Ko‘pincha odam hali mavjud bo‘lmagan yoki loyihalashtirish jarayonidagi

obyekt bilan shug‘ullanadi. Loyihalash jarayonida nafaqat kelajakdagi obyektni
tasavvur qilish, balki loyiha kamchiliklari asl nusxada paydo bo‘lishidan oldin uning
virtual analogini sinab ko‘rish ham muhimdir. Muhimi shundaki, modellashtirish
loyihalashtirish bilan chambarchas bog‘liq. Odatda, tizim avval loyihalashtiriladi,
keyin sinovdan o‘tkaziladi, keyin yana qayta loyihalashtiriladi va tuzatiladi, so‘ngra
takroran sinovdan o‘tkaziladi. Bu jarayon loyiha qo‘yilgan talablarga javob berishiga
erishilgunga qadar davom etadi.

Loyihalashtirish-modellash jarayoni sikl tarzida amalga oshiriladi. Shu bilan

birga, ushbu sikl spiral shaklida rivojlanadi, ya’ni har bir takrorlash bilan loyiha
yanada yaxshilanadi, chunki model tobora batafsilroq bo‘lib boradi va tavsif darajasi
aniqroq bo‘ladi.

Axborot tizimlarini loyihalashning predmet sohasi modellashtirishga asoslanadi.

Axborot tizimi to‘g‘ri ishlaydigan dasturlar tizimi shaklida bo‘lib, tizim faoliyatining
barcha jihatlarini o‘zida aks ettiruvchi yaxlit va tizimli modelga ega bo‘lishi lozim [3,
628]

Shu bilan birga, predmet sohasining modeli deganda o‘rganilayotgan obyektning

tuzilishi yoki ishlashiga taqlid qiluvchi hamda asosiy talablarga javob beradigan, shu
predmet sohasiga adekvat bo‘lgan tizim tushuniladi.

Biror predmet sohasini oldindan modellashtirishi ish vaqtini qisqartirish va

yanada samarali va sifatli loyihani olish imkonini beradi. Biror predmet sohasini
modellashtirmaslik, strategik muammolarni hal qilishda ko‘p sonli xatolarga yo‘l
qo‘yish ehtimolining yuqori bo‘lishiga, bu esa iqtisodiy yo‘qotishlarga va tizimni
keyingi qayta loyihalash uchun yuqori xarajatlarga olib keladi. Natijada, barcha
zamonaviy AT loyihalash texnologiyalari shu sohani oldindan modellashtirish
metodologiyasidan foydalanishga asoslangan.

AT loyihalash modellariga quyidagi talablar qo‘yiladi:

ATning predmet sohasi tuzilishini bir ma’noda tavsiflashni ta’minlovchi

rasmiylashtirish, loyihalashtiriladigan jarayon parametrlarini aniqlashtirish;

modelning mijozlar va ishlab chiquvchilar uchun aniqligini ifoda etishda grafik

vositalaridan foydalanish;

joriy etish, yaratilgan AT loyihasi jismoniy amalga oshirish imkoniyati

mavjudligi;

yaratilgan soha modelini amalga oshirish samaradorligini ma’lum usullar va


background image



58

2025/№ 2

hisoblangan ko‘rsatkichlar asosida baholashni ta’minlashi.

Modellarni yaratishdagi asosiy yondashuvlar. Biror tizimni modellashtirish, turli

tizimlarning

modellarini

yaratish

jarayonlari

ularni

amalga

oshirishning

rasmiylashtirilishi aniq algoritmga ega emas. Har qanday murakkab tizimni o‘rganish
o‘ziga xos xususiyatlarga ega bo‘lib, ijodiy, individual yondashuvni talab qiladi.
Shunga qaramay, turli xil modellarni yaratish bo‘yicha katta tajriba mavjud bo‘lib, bu
bizga muvaffaqiyatli qurilgan modelni qurishga kerak bo‘lgan talablarni
belgilaydigan asosiy tamoyillar va yondashuvlarni shakllantirishga imkon beradi.
Ushbu tamoyillarning ayrimlarining mohiyati va maqsadi quyida bayon etilgan [5,
11].

Murakkab tizimlarning qurilishi, faoliyat yuritishi va rivojlanishiga oid umumiy

qonu-niyatlar mavjud bo‘lib, ularni beshta guruhga ajratish qabul qilingan:

1-guruhdagi qonuniyatlar (qism va butun orasidagi o‘zaro ta’sir qonuniyatlari):

yaxlitlik (yoki emerjentlik) qonuni; additivlik qonuni, sinergizm qonuni.

2-guruhdagi qonuniyatlar (iyerarxik tarzda tartiblanganlik qonuniyatlari):

kommunikativlik qonuni; iyerarxiklik qonuni.

3-guruhdagi qonuniyatlar (tizimni amalga oshiruvchanlik qonuniyatlari):

ekvifinallik qonuni; “muqarrar xilma-xillik” qonuni.

4-guruhdagi qonuniyatlar (tizimni rivojlantirish qonuniyatlari): tarixiylik qonuni;

o‘z-o‘zini tashkillashtirish qonuni.

5-guruhdagi qonuniyatlar (barcha tizimlar uchun umumiy bo‘lgan qonuniyatlar):

ko‘p tizimlilik qonuni; “80/20” qonuni.

Tijorat jarayonlarini modellashtirishdagi masalalar:

Axborot

texnologiyalari

bozorida

raqobatning

kuchayishi,

xizmatlar

assortimenti, funksionalligi va sifatiga tobora ortib borayotgan talablar – bu
omillarning barchasi axborot texnologiyalari sohasi vakillari oldiga biznes va faoliyat
samaradorligini oshirish masalasini jiddiy ravishda qo‘ymoqda.

Axborot texnologiyalari sohasi vakillari faoliyatining asosiy tashkiliy xususiyati

alohida xizmatlar va resurslarni boshqarish zarurati bilan bog‘liq bo‘lgan biznes
jarayonlariga e’tibor qaratishdir. Biznes jarayoni – bu barqaror va maqsadli jarayonlar
to‘plamidan iborat bo‘lib, muayyan texnologiyadan foydalangan holda kiruvchi
xomashyo, mahsulot va materiallarni iste’molchi uchun qimmatli bo‘lgan tovar va
xizmatlarga aylantiradigan o‘zaro bog‘liq faoliyatdir.

Biznes

jarayonini

modellashtirish (tavsiflash)

– bu o‘zaro bog‘liq

operatsiyalardan iborat rasmiy model shaklida ish jarayonining subyektiv ko‘rinishini
aks ettirish jarayonidir.

Modellashtirishning dekompozitsiya tamoyili:


background image



59

2025/№ 2

Murakkab jarayonni uning tarkibiy qismlarga ajratishda parchalanish tamoyili

qo‘llaniladi. Bunda biznes jarayoni operatsiyalarga bo‘linadi [6, 12] (2-rasm).

2-rasm

IDEF 0 standartida biznes-jarayonnini tarkibiy qismlariga ajratish

Dekompozitsiya jarayoni modelni asta-sekin va tizimli ravishda individual

diagrammalarning ierarxik tuzilishi shaklida taqdim etish imkonini beradi, bu esa
foydalanuvchi uchun tushunishni osonlashtiradi. Modellashtirishda haddan tashqari
tafsilotlarga berilish hujjatdagi matnli ma’lumotlarning ortib ketishiga olib keladi.
Bunda arifmetika juda oddiy: agar parchalanishning ikkinchi darajasida sakkizta
operatsiya aniqlansa va ularning har biri ikki marta parchalansa, jarayon
diagrammalarining umumiy soni yigirma beshtaga yetadi.

XULOSALAR

Talabalarni axborot tizimlarini modellashtirishga o‘rgatish jarayoni juda dolzarb

bo‘lib, bu jarayonda zamonaviy axborot texnologiyalaridan samarali foydalanish
ko‘nikmalarini shakllantirish muhim ahamiyat kasb etadi. Tadqiqot natijalariga ko‘ra,
quyidagi asosiy xulosalarga kelindi:

1)

Modellashtirish o‘qitish jarayonining muhim qismi hisoblanadi, chunki u

talabalarga real hayotdagi muammolarni aniqlash, ularni formal modellar orqali
tasvirlash va yechim yaratish imkoniyatini beradi.

2)

Pedagogik yondashuvlarni modernizatsiya qilish zarur, ya’ni an’anaviy usullar

bilan bir qatorda interfaol mashg‘ulotlar, amaliy darslar va zamonaviy dasturiy


background image



60

2025/№ 2

vositalardan foydalanish ta’lim samaradorligini oshiradi.

3)

Axborot tizimlarini modellashtirishning nazariy va amaliy jihatlarini

uyg‘unlashtirish lozim, chunki faqat nazariy bilim yetarli emas. Talabalar real
loyihalar bilan ishlash orqali o‘z ko‘nikmalarini mustahkamlashlari kerak.

4)

Kompyuter modellashtirish vositalaridan foydalanish (UML, ER-diagrammalar

va boshqa texnologiyalar) talabalarning mavzuni chuqur o‘zlashtirishlariga yordam
beradi hamda ularning amaliy ishlarini samarali tashkil etishga xizmat qiladi.

5)

Tahlil va baholash natijalari shuni ko‘rsatadiki, axborot tizimlarini

modellashtirishga innovatsion yondashuv joriy etilganda, talabalar bilim darajasi va
mustaqil ishlash qobiliyati sezilarli darajada oshadi.

Shunday qilib, axborot tizimlarini modellashtirishga o‘rgatish ta’lim

jarayonining muhim qismi bo‘lib, u talabalarning analitik fikrlash qobiliyatini
rivojlantiradi va ularni kelajakdagi kasbiy faoliyatga tayyorlaydi. Ushbu jarayonni
takomillashtirish uchun o‘qitish metodologiyasini doimiy ravishda yangilash va
zamonaviy texnologiyalar bilan boyitish zarur.

ADABIYOTLAR RO‘YXATI:

1.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti. Raqamli O‘zbekiston – 2030

strategiyasini tasdiqlash va uni samarali amalga oshirish chora-tadbirlari
to‘g‘risida: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 5-oktabrdagi PF-
6079-son farmoni // Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi. 2020. 6-
oktabr. 06/20/6079/1349-son.

2.

Kayumova N.A. Axborot tizimlarini loyihalashtirish: o‘quv qo‘llanma. –

Qarshi. 2024. – B. 186.

3.

Каюмова Н.А. Методика проектирования информационных систем //

Экономика и социум. 2023. URL:

https://cyberleninka.ru/article/n/metodika-

proekt

4.

Понятие моделирования. Способы представления моделей. URL:

https://stratum.ac.ru/education/textbooks/modelir/lection01.html

5.

Основные

принципы

моделирования.

Курс

лекций.

URL:

https://studizba.com/lectures/inzhenerija/imitacionnoe-modelirovanie/

6.

Петрова И.Р., Фахритдинов Р.Х., Сулейманова А.А., Разживин И.О.,

Фазулзянов

А.Г.

Методология

объектно-ориентированного

моделирования. Язык UML: учебно-методическое пособие по курсу
«Методы анализа и построения информационных систем». – Казань:
Казанский университет, 2018. – C. 79.

Библиографические ссылки

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti. Raqamli O‘zbekiston – 2030 strategiyasini tasdiqlash va uni samarali amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 5-oktabrdagi PF-6079-son farmoni // Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi. 2020. 6-oktabr. 06/20/6079/1349-son.

Kayumova N.A. Axborot tizimlarini loyihalashtirish: o‘quv qo‘llanma. – Qarshi. 2024. – B. 186.

Каюмова Н.А. Методика проектирования информационных систем // Экономика и социум. 2023. URL: https://cyberleninka.ru/article/n/metodika-proekt

Понятие моделирования. Способы представления моделей. URL: https://stratum.ac.ru/education/textbooks/modelir/lection01.html

Основные принципы моделирования. Курс лекций. URL: https://studizba.com/lectures/inzhenerija/imitacionnoe-modelirovanie/

Петрова И.Р., Фахритдинов Р.Х., Сулейманова А.А., Разживин И.О., Фазулзянов А.Г. Методология объектно-ориентированного моделирования. Язык UML: учебно-методическое пособие по курсу «Методы анализа и построения информационных систем». – Казань: Казанский университет, 2018. – C. 79.