67
2025/№ 2
PEDAGOGIKA
MILLATLARARO MULOQOT MADANIYATINI SHAKLLANTIRISHDA
ILMIY-NAZARIY KONSEPSIYALARNING O‘RNI
CHORIEV JO‘RAQUL G‘AFFOROVICH
Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti
“Rus tili va adabiyoti” kafedrasi v.b. dotsenti
Pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD)
E-mail:
Tel:+99888 850-93-63
UDK: 316 (575.1)
Kalit so‘zlar:
millat, madaniyat,
millatlararo
muloqot,
bag‘rikenglik,
ijtimoiy totuvlik,
globallashuv,
integratsiya,
hamjihatlik.
Annotatsiya:
Maqolada millatlararo muloqot madaniyatini
shakllantirishda ilmiy-nazariy konsepsiyalarning o‘rni, ijtimoiy
totuvlik
hamda
millatlararo
muloqot
madaniyatini
rivojlantirishda jahon hamjamiyati va, xususan, O‘zbekiston
Respublikasi
Prezidentining
tashabbuslari
yoritilgan.
Shuningdek, bugungi kunda mamlakatimizda olib borilayotgan
islohotlarning o‘ziga xos jihatlari ochib berilgan. Maqolada
bag‘rikenglik o‘zbek xalqi ma’naviyati va madaniyatining
ajralmas qismi ekanligini ta’kidlaydi. Zero, tarixdan ma’lumki,
O‘zbekiston hududida qadimdan turli millat va elat vakillari
do‘stona hayot kechirgan. Shuningdek, mamlakatda millatlararo
totuvlik g‘oyasining doimiy ustuvor bo‘lishi ijtimoiy
barqarorlikni ta’minlashning muhim omili ekani qayd etilgan.
Ayniqsa, yosh avlodni milliy va umuminsoniy qadriyatlar
ruhida tarbiyalash masalasi alohida e’tiborga olinib, ta’lim
tizimida bu borada amalga oshirilayotgan ishlar muhim
ahamiyat kasb etishi ta’kidlangan.
РОЛЬ НАУЧНО-ТЕОРЕТИЧЕСКИХ КОНЦЕПЦИЙ В ФОРМИРОВАНИИ
КУЛЬТУРЫ МЕЖНAЦОНАЛЬНОГО ОБЩЕНИЯ
Ключевые слова:
нaця, культура,
межнaцональное
общение,
Аннотация:
В
статье
освещается
роль
научно-
теоретических концепций в формировании культуры
межнационального
общения,
инициативы
мирового
сообщества и, в частности, Президента Республики
68
2025/№ 2
толерантность,
социальная
гармония,
глобализaция,
интегрaция,
солидарность.
Узбекистан в развитии социальной гармонии и культуры
межнационального
общения.
Также
раскрыты
специфические аспекты реформ, проводимых сегодня в
нашей стране. В статье подчеркивается, что толерантность
является неотъемлемой частью духовности и культуры
узбекского народа. Ведь из истории известно, что на
территории Узбекистана с древних времен представители
разных национальностей и народностей вели дружескую
жизнь. Также отмечается, что постоянный приоритет идеи
межнационального согласия в стране является важным
фактором обеспечения социальной стабильности. Особое
внимание уделяется вопросу воспитания молодого
поколения в духе национальных и общечеловеческих
ценностей, подчеркивается важность проводимой в этом
направлении работы в системе образования.
THE ROLE OF SCIENTIFIC AND THEORETICAL CONCEPTS IN
FORMING THE CULTURE OF INTERNATIONAL COMMUNICATION
Keywords:
nation, culture,
interethnic
communication,
tolerance, social
harmony,
globalization,
integration,
solidarity.
Abstract:
The article highlights the role of scientific and
theoretical concepts in the formation of a culture of interethnic
communication, the initiatives of the world community and, in
particular, the President of the Republic of Uzbekistan in the
development of social harmony and a culture of interethnic
communication. Also, the specific aspects of the reforms being
carried out in our country today are revealed. The article
emphasizes that tolerance is an integral part of the spirituality
and culture of the Uzbek people. Indeed, history shows that
representatives of different nationalities and ethnic groups have
lived in friendship in the territory of Uzbekistan since ancient
times. It is also noted that the constant priority of the idea of
interethnic harmony in the country is an important factor in
ensuring social stability. Particular attention was paid to the
issue of educating the younger generation in the spirit of
national and universal values, and the importance of the work
being carried out in this direction in the education system was
emphasized.
69
2025/№ 2
KIRISH
Millatlararo muloqot madaniyatini tarbiyalashning maqsadi mamlakatda
millatlar
integratsiyalashuviga,
do‘stona
aloqalar
va
hamkorlikning
mustahkamlanishiga imkon yaratish, turli millatlarga mansub insonlar o‘rtasida
o‘zaro hurmatni shakllantirishdan iborat.
Millatlararo muloqot madaniyatining asosini milliy va umuminsoniy qadriyatlar
tashkil etadi. Sababi, aynan shular insonning o‘zini tuta bilishi, o‘z qilmishlari va
xatti-harakatlarini baholay olishi, boshqa madaniyatga mansub insonlar bilan o‘z
qarashlaridan kelib chiqib muloqotga kirisha olishi hamda millatlararo muloqotning
konstruktiv usullarini tanlay olishiga imkon yaratadi.
Millatlararo munosabatlarni muayyan mamlakatdagi etnosiyosiy jarayonlarga
yondashuv holati bilan bog‘liq holda o‘rganish muhim ahamiyat kasb etadi. Shu
sababli millatlar o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlarga oid ilmiy-nazariy va falsafiy
konsepsiyalarni o‘rganishda obyektivlik tamoyili yetakchi o‘ringa chiqishi lozim.
Chunki millatlararo munosabatlar shunchaki e’tiborsiz kechadigan jarayon emas,
balki millatlar va etnoslarning manfaatlari, mentaliteti, hayotiy pozitsiyasi,
madaniyati hamda ijtimoiy jarayonlardagi rolini yoritadigan muhim ijtimoiy
hodisadir.
Millatlararo munosabatlarni o‘rganishda kompleks, pedagogik va psixologik
yondashuv istiqbolli ekani kuzatilmoqda. Chunki har bir ijtimoiy xulq-atvorning
asosini unga mazmun va rag‘bat beruvchi omil – milliy-madaniy motivatsiya tashkil
etadi. Shu sababli kundalik millatlararo munosabatlarning motivlarini o‘rganish
jamiyatda siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy-ma’naviy muhitning ijtimoiy xususiyatlarini
tushunishga yo‘l ochadi.
Ijtimoiy totuvlikni ta’minlash millatlararo hamjihatlikning muhim sharti
hisoblanadi. Bag‘rikenglik fazilati avloddan-avlodga o‘tib, asrlar davomida
xalqimizning qon-qoniga singib ketgan. Barcha davrlarda millatlararo totuvlik
Markaziy Osiyo xalqlari uchun muhim ahamiyat kasb etib kelgan.
Talabalarda bag‘rikenglikni tarbiyalash va mustahkamlash eng ustuvor
yo‘nalishlardan biri bo‘lib, u o‘zbek xalqining yuksak fazilatlaridan biri sanaladi.
Mamlakatimizda barcha millat va elatlarning urf-odat va an’analari, tili va
madaniyatini saqlab qolish hamda rivojlantirish uchun mustahkam huquqiy zamin
yaratilgan.
Millatlararo munosabatlarni bevosita va bilvosita o‘rganish uchun quyidagi
muammolar zamonaviy pedagogikaning asosiy yo‘nalishlari hisoblanadi: “yoshlar
submadaniyati” [6, 164] (Rossiya), migratsiya va multikultural jamiyatlar (Italiya,
Germaniya, Fransiya, Buyuk Britaniya, AQSh, Kanada, Rossiya), akmeologiya
70
2025/№ 2
[8, 85] (Germaniya, Fransiya, Buyuk Britaniya, Rossiya). Hozirgi kunda millatlararo
munosabatlar muammosi, jumladan, “migratsiya jarayonlari” ma’lum darajada
o‘rganilgan bo‘lib, O‘zbekistonda ushbu masalani mamlakat ijtimoiy hayoti rakursida
sotsiologik nuqtai nazardan tahlil etishga ehtiyoj mavjud.
MAVZUGA OID ADABIYOTLARNING TAHLILI
O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, O‘zbekiston Respublikasi
Prezidentining asarlari, shuningdek, 2024-yil 21-noyabr kuni Oliy Majlisga
yo‘llangan Murojaati, shuningdek, Otamuratov S.ning “Globallashuv va milliy-
ma’naviy
xavfsizlik”,
Valetova
G.V.ning
“Формирование
культур
межнационального общения и толерантности будущих специалистов
сельскохозяйственной сферы” kabi ilmiy ishlari mazkur maqola uchun muhim
ilmiy asos sifatida xizmat qiladi.
Mumtoz olimlarning “avlod” mavzusiga oid ustuvor yo‘nalishlari sotsiologiya
fanining turli maktab va nazariy-metodologik yondashuvlarida o‘z aksini topgan.
Jumladan, T. Parsons va J. Ternerning “struktural funksionalizm” yondashuvi
jamiyatning barqarorligini ta’minlovchi tarkibiy elementlar hamda ularning o‘zaro
munosabatlarini tahlil qilishga asoslangan. Ushbu yondashuvga ko‘ra, har bir ijtimoiy
guruh va avlodning o‘ziga xos roli jamiyatning umumiy tuzilishida muhim ahamiyat
kasb etadi [9]. R. Darendorf tomonidan ilgari surilgan “sotsial nizolar” nazariyasida
esa avlodlararo munosabatlar ijtimoiy tabaqalanish va kuch resurslarini taqsimlash
jarayoni doirasida o‘rganiladi. Bu nazariyaga ko‘ra, turli avlod vakillari o‘z
manfaatlarini himoya qilish jarayonida nizolarga kirishishi tabiiy jarayondir [10, 142-
147].
A. Shyus tomonidan ilgari surilgan “fenomenologik yoki kundalik hayot
sotsiologiyasi” yondashuvi esa avlodlararo munosabatlarning subyektiv tajribasi va
har
kuni
takrorlanadigan
ijtimoiy
amaliyotlar
orqali
shakllanishi
va
mustahkamlanishini ta’kidlaydi. Ushbu nazariyaga ko‘ra, har bir avlod o‘zining
kundalik hayotiy tajribasini, qadriyatlarini va urf-odatlarini kelgusi avlodlarga
yetkazib beradi, bu jarayon esa avlodlar o‘rtasidagi ijtimoiy aloqa va uzviylikni
ta’minlaydi [11, 336]. J. Xomansning “sotsial almashinuv nazariyasi” esa avlodlar
o‘rtasidagi ijtimoiy munosabatlarni foyda va xarajatlar nuqtayi nazaridan tushuntiradi.
Ushbu nazariyaga ko‘ra, insonlar o‘zaro manfaatli bo‘lgan munosabatlarga kirishadi
va bu jarayon avlodlararo hamkorlik, tajriba almashinuvi hamda qo‘llab-quvvatlash
tizimlarini shakllantirishda muhim ahamiyatga ega [12, 46-61].
Shuningdek, P. Burdyo va I. Gofmanning “sotsial makon” g‘oyalari doirasida
avlodlararo munosabatlar ijtimoiy maydon va kapital tushunchalari orqali tahlil
71
2025/№ 2
qilinadi. Burdyoning nazariyasiga ko‘ra, har bir avlod o‘zining ijtimoiy kapitali,
madaniy kapitali va iqtisodiy kapitali asosida jamiyatda ma’lum bir mavqega ega
bo‘ladi. Bu kapitallarni meros qilib olish yoki o‘zlashtirish jarayoni avlodlararo
muloqot va munosabatlarga bevosita ta’sir qiladi [13, 2].
O‘zbekistonda millatlararo munosabatlar muammosi ham keng qamrovli
tadqiqot mavzusi bo‘lib, uning pedagogik, sotsiomadaniy, mental va diniy jihatlari
turli olimlar tomonidan o‘rganilgan. Jumladan, Sh. Madaeva identiklik (mansublik)
masalasini tadqiq qilgan bo‘lib, uning ilmiy ishlari milliy o‘zlikni anglash, etnik
identifikatsiya va avlodlararo merosning shakllanish jarayonlarini o‘z ichiga oladi
[14, 176]. M. Bekmurodov esa millatlararo munosabatlarning sotsiomadaniy
jihatlarini, ya’ni o‘zlikni anglash, turmush tarzi va kundalik hayot, qatlamlarga
ajralish hamda ijtimoiy mobillik bilan bog‘liq muammolarni tadqiq etgan [15].
Millatlararo munosabatlarning ijtimoiy fikrdagi in’ikosi esa M. G‘anieva va A.
Amonov tomonidan o‘rganilgan bo‘lib, ularning tadqiqotlari jamiyatda milliy totuvlik
va barqarorlikni saqlashda ijtimoiy fikr va jamoatchilik nazoratining o‘rnini tahlil
qiladi [16]. G. Tulenova esa ijtimoiy-ma’naviy munosabatlar xususiyatlariga e’tibor
qaratib, yoshlarning ijtimoiy faolligi va ma’naviy tarbiyasini oshirishda milliy
qadriyatlarning ahamiyatini ta’kidlagan [17, 317].
Bundan tashqari, K. Kalanov o‘zining tadqiqotlarida O‘zbekistonda
millatlararo munosabatlarning diniy-ekologik va sotsioantropologik jihatlarini tahlil
qilgan bo‘lib, u etnik guruhlarning ijtimoiy hayotdagi roli va ularning o‘zaro
integratsiyasi masalasiga alohida e’tibor qaratgan [18, 92]. Tarbiyaviy aspekt esa N.
Latipova tomonidan o‘rganilgan bo‘lib, u oilaviy tarbiya va avlodlararo meros uzatish
jarayonlarini ilmiy asosda tahlil qilgan [19, 79-84].Bugungi kunda millatlararo
munosabatlar va etnik masalalar O‘zbekistonning bir qator faylasuf olimlari
tomonidan o‘rganilgan. Ularga qisqacha to‘xtaladigan bo‘lsak, millatlararo
munosabatlarning genezisi, evolyutsiyasi hamda tarixiy-madaniy paradigma sifatida
shakllanishi va rivojlanish qonuniyatlari J.Bahronov, B.Karimov, B.Iminov,
A.Po‘latov, Sh.Zokirov, A.Ochildiev, S.Otamurodov, A.Muminov, B.Sidiqov,
N.Mamanazarov, T.Juraev, Q.Xonazarov, B.Tuyshiev, M.G‘anieva, O‘.Abilov,
Z.Qodirova, I.Ergashev asarlarida yoritilgan.
J.Bahronov etnik muammolar, millat va shaxs o‘rtasidagi dialektik aloqalar
hamda milliy o‘zlikni anglashni tadqiq etgan. B.Karimov etnik va etnotilshunoslik
konsepsiyalarida millatlar va bag‘rikenglik masalalarining oykumenik ilmiy
nazariyasini o‘rgangan. B.Iminov millatlararo munosabatlarda manfaatlarning rolini
va ularni uyg‘unlashtirish omillarini, A.Po‘latov esa Markaziy Osiyo davlatlaridagi
milliy-ijtimoiy (etnosotsial) aloqalar o‘zgarishini tahlil qilgan. Sh.Zokirov milliy
72
2025/№ 2
munosabatlardagi hududiy xususiyatlarni o‘rgangan. S.Otamurodov milliy-ma’naviy
yuksalish va globallashuvning etnomadaniy borliq bilan bog‘liqligini, A.Ochildiev
esa milliy g‘oya va millatlararo munosabatlardagi madaniyat, ong, ijtimoiy hayotdagi
o‘zgarishlarni tahlil qilgan. B.Sidiqov O‘zbekiston va Qirg‘iziston o‘rtasidagi
etnosotsial va etnomadaniy hamkorlik, birodarlik, integratsion muammolarni,
Q.Xonazarov esa milliy til va bilingvizm masalalarini chuqur tadqiq qilgan.
Ushbu olimlar O‘zbekistonda titul millat va boshqa millat vakillari hamkorligi
asosida yangi etnosiyosiy paradigmaning immanent xususiyatlarini batafsil
yoritganlar.
TADQIQOT METODOLOGIYASI
Ilmiy adabiyotlarni o‘rganish shuni ko‘rsatadiki, millatlararo munosabatlarga
oid e’tiborga loyiq bir qator ilmiy-nazariy konsepsiyalar mavjud. Mavzuning
dolzarbligi va muhimligidan kelib chiqib, ularga qisqacha to‘xtalamiz.
TAHLIL VA NATIJALAR
Statistik konsepsiyada davlat milliy siyosat va millatlar o‘rtasidagi o‘zaro
munosabatlarning
muhim
subyekti
sifatida
qaraladi.
Ushbu
konsepsiya
huquqshunoslar va siyosatchilar tomonidan keng qo‘llab-quvvatlanadi.
Etnologik konsepsiya [1, 440] esa milliy siyosat va millatlar o‘rtasidagi o‘zaro
munosabatlarni etnologik va antropologik nunuqtayiazardan tahlil qilish lozimligini
ilgari suradi.
Etnososial konsepsiya [2, 251] xalqning, millatning va ularning turfa xilligi
ijtimoiy hayotdagi rolini, millatlarning ijtimoiy jarayonlarga integratsiyalashuvi va
ijtimoiylashuvi muammolarini tadqiq etadi.
Etnomadaniy konsepsiya nuqtayi nazaridan millatlar o‘rtasidagi o‘zaro
munosabatlarni o‘rganishda xalqning va millatning tili, muloqot madaniyati,
xarakteriga oid xususiyatlari, urf-odatlari, turmush tarzi, kiyinish madaniyati kabi
jihatlariga e’tibor qaratiladi. Ushbu etnomadaniy xususiyatlar etnosning muhim
ijtimoiy jihatlari sifatida millatlararo munosabatlarga ta’sir etadi. Hech bir millat
ushbu belgilarsiz o‘zining mavjudligi, ichki va tashqi siyosatdagi o‘rnini tasavvur eta
olmaydi, degan qarash ilgari suriladi.
Etnopsixologik yondashuv konsepsiyasi [3, 54-59] esa milliy xususiyatlar,
xarakterlar va dunyoqarashlarga, mentalitetga, muloqot usullariga hamda
individuallik,
jamoaviylik,
turli
qadriyatlarga
munosabat,
identifikatsiya,
ijtimoiylashuv, loqaydlik, agressivlik, adaptatsiya yoki innovatsiyaga moyillik kabi
ma’naviy-ruhiy holatlarga e’tibor qaratadi.
Millatlararo totuvlik mavzusiga doir o‘rganilgan ilmiy adabiyotlarni tasniflash
73
2025/№ 2
natijasida ularni quyidagicha guruhlarga ajratish mumkin:
Irqiy-etnosentrizm konsepsiyasi – o‘zi mansub etnik guruh va uning
qadriyatlari, e’tiqodi, madaniyatini boshqa etnik birlashmalardan ajrata olishga
yo‘naltirilgan qarash va nazariya hisoblanadi [4, 25-26].
Transsendental yondashuvlar – xalqni va millatni ilohiylashtirishga intilish,
ya’ni uning genezisi, ijtimoiy-siyosiy hayotdagi roli va vazifalarini “reallikdan
tashqarida” izlashni ilgari suradi [5].
Multikulturalizm konsepsiyasi – mohiyatan etnomadaniy konsepsiyaga yaqin
bo‘lsa-da, asosiy e’tiborni chet mamlakatlarda istiqomat qilayotgan va ayrim
subyektiv sabablar tufayli titul millat madaniyatiga moslasha olmayotgan etnik
guruhlarning madaniy assimilyatsiyasiga qaratadi [6, 164].
Ko‘pgina polietnik davlatlarda millatlar o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlarni
yagona konsepsiya doirasida tadqiq qilish ma’lum darajada noto‘g‘ri. Chunki
polietnik jamiyatlarda ijtimoiy yuksalish turli xil xususiyatlarni namoyon etadi.
Shuning uchun etnomunosabatlarni polikonsepsionalistik nuqtai nazardan tahlil qilish
lozim, deb hisoblaymiz.
Millatlararo totuvlikni cotsiologik tadqiq qilishning ilmiy-metodologik
acoclarini o‘rganish natijalari millatlararo totuvlik macalasini millatlararo
muloqot(kommunikativ) madaniyati nuqtai-nazaridan talqin qilishni taklif qiladilar.
Zero, millatlararo muloqot madaniyatini rivojlantirishda quyidagi acociy holatlarni
e’tiborga olish lozim bo‘ladi:
–
mamlakatdagi mavjud millatlararo munosabatlar muhitini hisobga olish;
–
Konstitutsiya, davlatning milliy siyosatiga, millatlararo muloqat madaniyatini
belgilovchi qonun va qonunocti huquqiy-me’yoriy hujjatlarga rioya etilishi holati;
–
demokratik norma va talablar, insonning fuqarolik huquqlari va erkinliklarining
ustuvorligi;
–
ta’lim-tarbiyaning millatlararo muloqot madaniyati, millatidan qat’iy nazar har
bir insonga insonparvar munocabatda bo‘lish madaniyatini singdirish ahvoli;
–
millatlararo muloqot madaniyatining pozitiv dinamikaci darajasini ta’minlashga
kompleks yondashuv, millatlararo munosabatlarga ta’sir qiluvchi barcha kuchlarni
muvofiqlashtirish holati.
O‘zbekistonda millatlararo munosabatlar jarayonlari monitoringini amalga
oshirish va dinamikasini qayd qila borish, istiqbolini bashorat qilish, yuzaga kelishi
mumkin bo‘lgan muammolarning oldini olish maqsadida mamlakat va hududlar
kesimida ijtimoiy fikrni o‘rganishga qaratilgan so‘rovlarni muntazam o‘tkazib
borilishi jarayonlarini ilmiy asosda tushunish va boshqarishda katta imkoniyatlarni
asoslaydi.
74
2025/№ 2
XULOSA
O‘zbekistonda millatlararo munosabatlarni takomillashtirishga qaratilgan siyosat
natijasida “O‘zbekicton – umumiy uyimiz” g‘oyaci shakllandi. Ushbu g‘oya asosida
millatlararo munosabatlar madaniyatining rivojlanish tamoyillari ustuvorligi
aholining turmush darajasida ham ko‘zga tashlanadi. Ya’ni barcha millatlar vakillari
olib borilayotgan islohotlarda bevosita ishtirok etish va islohotlar natijalaridan
bahramand bo‘lishi, millatidan qat’i nazar, har bir shaxs erkinliklarining to‘la
taminlanganligi, fuqarolarning moddiy, ma’naviy farovonlik imkoniyatlarining real
voqelikka aylanganligi millatlararo munosabatlar madaniyatning darajaci yuqori
ekanligidan darak beradi.
ADABIYOTLAR RO‘YXATI:
1.
Бромлей Ю. В. Очерки теории этноса. 3-е изд. – М.: Либроком, 2009. – C.
440.
2.
Пўлатов А. Х. Этносоциальные отношения в Центральной Азии: теория,
проблемы, пути решения: Дис. д-ра филос. Наук. – Ташкент, 2003. – C.
251.
3.
Стефаненко Т. Г. Этнопсихология. – М.: Институт психологии РАН,
Академический проект, 1999. – C. 320.
4.
Косов Ю. В., Фокина В. В. Политическая регионалистика. – М.: Питер,
2009. – С. 25–26.
5.
Кирабаев Н. С. Глобализация и мультикультурализм. – М., 2005.
6.
Musaev O. O‘zbekiston millatlararo munosabatlarini rivojlantirishning
ijtimoiy-falsafiy xususiyatlari: Dissertatsiya. – Toshkent, 2017. – B. 164.
7.
Erkaev A. Ommaviy madaniyat va ma’naviy tarbiya. – Toshkent: Ma’naviyat,
2015.
8.
Кирабаэв Н. С. Глобализация и мултикултурализм. – М., 2005. – C. 85.
9.
Юдин Б. Г. Системные представления в функциональном подходе //
Системные исследования. - М., 1973.
10.
Дарендорф
Р.
Элементы
теории
социального
конфликта
//
Социологические исследования. 1994. No 5. – С. 142-147.
11.
Шюц А. Смысловая структура повседневного мира: очерки по
феноменологической социологии. – М.: Институт Фонда «Общественное
мнение», 2003. – 336 с.
12.
Хоманс Дж. Социальное поведение как обмен // Современная зарубежная
социальная психология. Тексты / Под ред. В. И. Добренкова. – М., 1984.
75
2025/№ 2
13.
Хоманс Дж. Возвращение к человеку // Американская социологическая
мысль: тексты / Под ред. В. И. Добренкова. – М., 1994. – С. 46–61.
14.
Бурдье П. Социология социального пространства / Пер. с фр., общ. ред. Н.
А. Шматко. – СПб.: Алетейя; М.: Ин-т эксперим. социологии, 2005. – C.
288.
15.
Гофман И. Стигма: заметки об управлении испорченной идентичностью //
Социологический форум, 2001. – № 2.
16.
Мадаева Ш. О. Идентиklik antropologiyasi. – Toshkent: Noshir, 2015. – B.
176.
17.
Bekmuradov M. B. Jamoatchilik fikrining ijtimoiy-madaniy taraqqiyotidagi
roli: Sotsiologiya fanlari doktori dissertatsiyasi. – Toshkent, 1999.
18.
Ганиева М. Х. Общественное мнение как фактор развития
межнациональных отношений в Узбекистане: дис. ... д-ра социол. наук. –
Ташкент: УзМУ, 2010.
19.
Туленова Г. Ж. Ёшлар ижтимоий фаоллигини оширишда маънавий
омилнинг роли: фалсафа фан. д-ри ... дисс. – Тошкент, 2006. – Б. 317.
20.
Каланов К. К. Марказий Осиё ҳудудидаги ижтимоий-диний табақалар
(диний-экологик ва социоантропологик таҳлил). – Тошкент, 2006. – Б. 92.
