Авторы

  • Шерали Махмудов
    Денауский институт предпринимательства и педагогики

Биография автора

  • Шерали Махмудов , Денауский институт предпринимательства и педагогики
    Декан педагогического факультета

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.entrepreneurship-pedagogy.80499

Ключевые слова:

фактор развитие компетенция квалификация лидерство опыт образование способность

Аннотация

В данной статье рассматриваются лидерские качества руководителя, особенности принятия решений и роль опыта в успешной профессиональной деятельности. Отмечено, что хорошие руководители должны обладать, способностью вдохновлять свои команды, направлять их и принимать высококачественные решения в сложных ситуациях. Изложены мысли о компетенциях руководителя и факторах их развития. Также подчеркивается, что в современном мире растет потребность в квалифицированных кадрах с развитыми лидерскими компетенциями, соответствующих времени. Для любого руководителя важным является постановка четких целей и их достижение, что способствует как мотивации команды, так и обеспечению их рабочей эффективности. Факторы развития лидерских компетенций раскрыты на основе конкретных данных и научного анализа, предложенные рекомендации и предложения окажут практическую помощь в подготовке кадров с лидерскими компетенциями.


background image



85

2025/№ 2

PEDAGOGIKA

RAHBARLARNING MUVAFFAQIYATLI ISHLASHIGA TA’SIR

QILADIGAN ASOSIY OMILLAR

MAXMUDOV SHERALI KOMILOVICH

Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti

Pedagogika fakulteti dekani

E-mail:

sheralikomilovich@gmail.com

Tel: +998 97 244-52-15

UDK: 37.078

Kalit so‘zlar:

omil, rivojlantirish,
kompetensiya,
layoqat, liderlik,
tajriba, ta’lim,
qobiliyat.

Annotatsiya:

Ushbu

maqolada

rahbarning

liderlik

qobiliyatlari, qarorlar qabul qilishda o‘ziga xoslik va tajriba
muvaffaqiyatli ish faoliyatining asosini tashkil etishi, yaxshi
rahbarlar o‘z jamoalarini ilhomlantirish, ularga yo‘nalish berish
va murakkab vaziyatlarni boshqarishda yuqori darajadagi
qarorlar qabul qilish qobiliyatiga ega bo‘lishlari zarurligi
yoritilgan. Rahbarning kompetensiyalari va ularni rivojlantirish
omillari haqidagi fikrlar keltirilgan. Shuningdek, hozirgi kunda
zamonga mos layoqatli, rahbarlik kompetensiyalari rivojlangan
kadrlarga ehtiyoj oshib bormoqda. Har qanday tashkilotning
rahbari uchun aniq maqsadlarni belgilash va ularni amalga
oshirish muhimdir. Maqsadlar ham jamoaning motivatsiyasini
oshirishga yordam beradi, ham ularning ish samaradorligini
ta’minlaydi. Rahbarlik kompetensiyalarni rivojlantirish omillari
aniq dalillar va ilmiy tahlilga tayangan holda yoritilib,
keltirilgan taklif va tavsiyalar rahbarlik kompetensiyaga ega
kadrlar tayyorlashda amaliy yordam beradi.

ОСНОВНЫЕ ФАКТОРЫ, ВЛИЯЮЩИЕ НА УСПЕШНУЮ РАБОТУ

ЛИДЕРОВ

Ключевые слова:

фактор, развитие,
компетенция,
квалификация,
лидерство, опыт,

Аннотация:

В данной статье рассматриваются лидерские

качества руководителя, особенности принятия решений и
роль опыта в успешной профессиональной деятельности.
Отмечено, что хорошие руководители должны обладать,
способностью вдохновлять свои команды, направлять их и


background image



86

2025/№ 2

образование,
способность.

принимать высококачественные решения в сложных
ситуациях. Изложены мысли о компетенциях руководителя
и факторах их развития. Также подчеркивается, что в
современном

мире

растет

потребность

в

квалифицированных кадрах с развитыми лидерскими
компетенциями, соответствующих времени. Для любого
руководителя важным является постановка четких целей и
их достижение, что способствует как мотивации команды,
так и обеспечению их рабочей эффективности. Факторы
развития лидерских компетенций раскрыты на основе
конкретных данных и научного анализа, предложенные
рекомендации и предложения окажут практическую
помощь в подготовке кадров с лидерскими компетенциями.

KEY FACTORS INFLUENCING THE SUCCESSFUL WORK OF

LEADERS

Keywords:

factor,
development,
competence,
ability, leadership,
experience,
education, skill.

Abstract:

This article discusses the leadership qualities of a

manager, the uniqueness of decision-making, and how
experience forms the basis of successful performance.
Effective leaders must inspire their teams, provide direction,
and possess the ability to make high-level decisions in
managing complex situations. The article presents thoughts on
leadership competencies and factors for their development.
Moreover, the demand for modern, competent, and leadership-
skilled personnel is increasing. For any organization’s leader, it
is crucial to set clear goals and ensure their implementation.
Goals not only help boost team motivation but also ensure their
work efficiency. The factors for developing leadership
competencies are discussed with clear evidence and scientific
analysis, and the proposals and recommendations provided
offer practical assistance in training personnel with leadership
competencies.

KIRISH

Bugungi kunda global iqtisodiyot, texnologik rivojlanish va raqobat sharoitlari

tez o‘zgarib borayotganini kuzatish mumkin. Bunday muhitda rahbarlar
o‘zgarishlarga tez moslashish, yangi strategiyalar ishlab chiqish va jamoani


background image



87

2025/№ 2

rag‘batlantirish qobiliyatiga ega bo‘lishlari kerak.

Muvaffaqiyatli rahbarlar, ko‘pincha samarali jamoaviy ishlashni ta’minlaydilar.

Jamoa a’zolari o‘rtasida yaxshi kommunikatsiya va o‘zaro ishonchning mavjudligi
rahbarning faoliyatini yuksaltiradi. Bu, shuningdek, muammolarni tezda aniqlash va
hal qilishda yordam beradi. Bugungi kunda tez o‘zgarib borayotgan ish sharoitlari va
iqtisodiy holat rahbarlardan yangiliklarga tez moslashishni talab qiladi. Yangi
texnologiyalarni va innovatsion yondashuvlarni qabul qilish, raqobatbardoshlikni
oshiradi va tashkilotni rivojlantirishga yordam beradi.

Rahbarlar,

tashkilotlarning

muvaffaqiyatini

ta’minlashda asosiy rol

o‘ynaydilar. Ularning kompetensiyalari, ya’ni professional bilim va ko‘nikmalari,
qaror qabul qilish, jamoani boshqarish va resurslarni samarali ishlatish qobiliyati
tashkilotning muvaffaqiyatiga bevosita ta’sir qiladi [1, 27]. Shu sababli, rahbarlarning
kompetensiyalarini rivojlantirish nafaqat ularning o‘ziga, balki butun tashkilotning
samaradorligiga ham yordam beradi. Xodimlar va jamoalar yangi davrda turli xil
talablarga ega. Rahbarlar faqat texnik bilimlarga emas, balki insonlarni boshqarish,
ularga motivatsiya berish, jamoa ruhini yaratish va ijtimoiy jihatlarni hisobga olish
kabi ko‘nikmalarga ham ega bo‘lishlari zarur.

METODOLOGIYA

Ushbu maqolada rahbarning kompetensiyalari va ularni rivojlantirish omillarini

tahlil qilishda, asosan, ilmiy tadqiqotlar va tajriba asosida aniqlangan asosiy omillar
ko‘rib chiqildi. Bu metodlar boshqaruvchilarning o‘rganish va o‘sish jarayonlarini
ko‘rsatdi. Bundan tashqari, rahbarlarning kompetensiyalarini rivojlantirish uchun
zarur bo‘lgan metodlar va amaliy yondashuvlar ham muhokama qilindi. Tashkilotlar
va OTM-lar uchun rahbarning kompetensiyalarini aniqlash va rivojlantirish bo‘yicha
aniq tavsiyalar taqdim etildi.

ADABIYOTLAR TAHLILI

Kompetensiya tushunchasi va uning boshqaruv faoliyatidagi ahamiyati bo‘yicha

ko‘plab ilmiy tadqiqotlar, maqolalar va monografiyalar mavjud. Ushbu sohada olib
borilgan tadqiqotlar boshqaruv va menejment fanlari doirasida keng qo‘llanilmoqda.
Jumladan, Kotterning “Leading Change” asarida liderlik va boshqaruv
kompetensiyasining

ahamiyati

tahlil

qilinadi.

Kotter

boshqaruvchilarning

o‘zgaruvchan sharoitlarga moslashish va jamoani samarali boshqarishdagi
kompetensiyalarini ko‘rib chiqadi. Uning fikricha, yuqori kompetensiyaga ega
boshqaruvchilar o‘zgarishlarni muvaffaqiyatli amalga oshiradilar. Miller va Katz
tomonidan taqdim etilgan “The Competent Manager” asarida esa boshqaruvchining
kompetensiyasini o‘lchash va rivojlantirish usullari ko‘rsatiladi [5, 36]. Ularning


background image



88

2025/№ 2

tahliliga ko‘ra, boshqaruvchining kompetensiyasi faqat bilimlar va ko‘nikmalarni
emas, balki insoniy sifatlar va etika me’yorlarini ham o‘z ichiga oladi.

O.E. Hayitov o‘zining “Lavozimga da’vogar imijini shakllantirish va

rivojlantirish bosqichlari” nomli maqolasida boshqaruvchilarni kompetensiya nuqtayi
nazaridan baholash va samaradorligini oshirishga qaratilgan metodologik
yondashuvlarni ko‘rib chiqadi [2, 4]. O.E. Hayitov boshqaruvda kompetensiya
baholashning

metodik

usullarini

ishlab

chiqib,

bu

usullar

yordamida

boshqaruvchilarni o‘rganish va ularning malakalarini rivojlantirish bo‘yicha aniq
tavsiyalar beradi.

I.I.

Maxmudov

“Boshqaruv

psixologiyasi”

nomli

ilmiy

ishida

boshqaruvchilarning kompetensiyasini shakllantirishga ta’sir etuvchi ichki va tashqi
omillarni tahlil qiladi [3, 76]. I.I. Maxmudovning fikricha, kompetensiyaning
rivojlanishi faqatgina individual rivojlanish bilan bog‘liq emas, balki tashkilotning
ichki muhitida ham ko‘plab omillar, masalan, rahbarning boshqaruv uslubi, o‘quv va
trening tizimlari, tashqi iqtisodiy va ijtimoiy sharoitlar ta’sir qiladi.

Kompetensiya tushunchasining boshqaruv faoliyatidagi ahamiyati bo‘yicha

metodologik yondashuvlar va adabiyotlar tahlili shuni ko‘rsatadiki, kompetensiya
nafaqat boshqaruvchilarning individual qobiliyatlari va bilimlari bilan bog‘liq, balki u
tashkilotdagi umumiy samaradorlikni oshirish va o‘zgarishlarni amalga oshirishda
muhim rol o‘ynaydi. Yuqori kompetensiyaga ega boshqaruvchilar tashkilotlarda
muvaffaqiyatni ta’minlash va innovatsiyalarni amalga oshirishda eng muhim omil
hisoblanadi.

NATIJALAR VA ULARNING MUHOKAMASI

Rahbarlik kompetensiyalarini rivojlantirish bugungi kunda tashkilotlar va

korxonalarning muvaffaqiyatini belgilovchi asosiy omillardan biriga aylangan.
O‘zgaruvchan muhitda rahbarlar uchun ushbu kompetensiyalarni doimiy ravishda
rivojlantirish zarurati katta ahamiyatga ega. Rahbarlar o‘z jamoasining ehtiyojlarini
tushunish va ularga to‘g‘ri javob berish uchun emotsional intellektga ega bo‘lishi
kerak. Bu xodimlarning yuqori samaradorligini ta’minlashda muhim rol o‘ynaydi.
Rahbarning kompetensiyalari bir nechta turli ko‘nikmalarni o‘z ichiga oladi,
jumladan:

Liderlik va boshqaruv:

Jamoani boshqarish, ilhomlantirish va maqsadlarga

erishish uchun kerakli strategiyalarni ishlab chiqish.

Qaror qabul qilish qobiliyati:

Vaqtida va to‘g‘ri qarorlar qabul qilish,

xatoliklardan o‘rganish.

Kommunikatsiya ko‘nikmalari:

O‘z fikrini aniq va samarali ifodalash, jamoa


background image



89

2025/№ 2

a’zolari bilan yaxshi aloqada bo‘lish.

Strategik fikrlash:

Tashkilotning yoki OTMning uzoq muddatli maqsadlari va

rivojlanish strategiyalarini ishlab chiqish.

Muammolarni hal qilish:

Qarorlar qabul qilishda yuzaga kelgan muammolarni

samarali hal etish va boshqalar.

Rahbarlarning

kompetensiyalarini

rivojlantirish,

tashkilotning

umumiy

muvaffaqiyatini ta’minlashda juda muhim ahamiyatga ega. Bu jarayon rahbarlar
uchun doimiy o‘qish, tajriba orttirish va o‘zlarini rivojlantirishni talab qiladi.
Innovatsion fikrlash va muammolarni hal qilish rahbarlarning kompetensiyalarini
rivojlantirish, ularni innovatsion fikrlashga va muammolarni samarali hal qilishga
tayyorlaydi. Bu, o‘z navbatida, tashkilotning rivojlanishiga va raqobatbardoshligini
oshirishga yordam beradi.

Rahbarlar jamoani samarali boshqarish, ularni rag‘batlantirish va birgalikda

ishlashni tashkil etishda yaxshi kompetensiyalarga ega bo‘lishlari zarur [4, 68]. Jamoa
a’zolarining motivatsiyasini oshirish va ularga to‘g‘ri yo‘nalish ko‘rsatish orqali
tashkilotning umumiy samaradorligi oshadi. Rahbarlarning kompetensiyalarini
rivojlantirishda bir qancha omillar mavjud:

1. Ta’lim va o‘qitish:

Rahbarlar uchun maxsus kurslar, seminarlar, va treninglar

ularning bilim va ko‘nikmalarini oshirishga yordam beradi.

2. Amaliy tajriba:

Rahbarlarga amaliy faoliyatda qatnashish imkoniyatlari

berish, ularga haqiqiy muammolarni hal qilishni o‘rgatadi.

3. Inson resurslari bilan ishlash:

Tashkilotdagi inson resurslari boshqaruvi

rahbarlar bilan ishlashda, ularning kompetensiyalarini oshirishda muhim ahamiyatga
ega.

4. Axborot texnologiyalari va innovatsiyalar:

Zamonaviy texnologiyalar

rahbarlarga samarali boshqaruv jarayonlarini amalga oshirishda yordam beradi.

Rahbarning kompetensiyalari tashkilotning muvaffaqiyatiga ta’sir qiladigan eng

muhim omillardan biridir. Shuning uchun, rahbarlarning kompetensiyalarini
rivojlantirish jarayoni doimiy ravishda davom etishi kerak. Bunday rivojlanish uchun
ta’lim va o‘qitishdan tashqari, mentorlik, innovatsiyalarni joriy etish va amaliy tajriba
muhimdir. Rahbarlar o‘zlarining strategik fikrlash, qaror qabul qilish va jamoa
boshqarish ko‘nikmalarini rivojlantirishi kerak.

Shuningdek, tashkilotlar rahbarlarni rivojlantirishga e’tibor qaratishlari zarur.

Tashkilotlarning rahbarlarining kompetensiyalarini rivojlantirish nafaqat rahbarning
o‘ziga, balki barcha tashkilot a’zolarining ish samaradorligini oshirishga yordam
beradi.


background image



90

2025/№ 2

XULOSA

Rahbarlarning kompetensiyalari va ularni rivojlantirish jarayoni tashkilotning

muvaffaqiyatli ishlashida muhim o‘rin tutadi. Rahbarlarning ilmiy, amaliy va
kommunikatsion ko‘nikmalarini rivojlantirish uchun ta’lim, trening, mentorlik va
tajriba

almashish

zarur.

Tashkilotlar,

rahbarlarning

kompetensiyalarini

rivojlantirishga e’tibor qaratish orqali o‘zlarining samaradorligini oshirishi mumkin.
Rahbarlarning

kompetensiyalarini

rivojlantirish

bu

nafaqat

tashkilotning

muvaffaqiyati, balki jamiyatning ijtimoiy va iqtisodiy taraqqiyotiga ham bevosita
ta’sir ko‘rsatadi. Har bir rahbar o‘z ko‘nikmalarini doimiy ravishda oshirib borishi,
zamonaviy boshqaruv talablariga javob berishi va jamoasini muvaffaqiyatga
erishtirish uchun zarur bo‘lgan bilim va ko‘nikmalarni egallashi kerak. Bu,
tashkilotlarni yuqori natijalarga erishish va raqobatbardoshligini saqlash imkonini
beradi.

ADABIYOTLAR RO‘YXATI:

1.

Hayitov O. E. Boshqaruv psixologiyasi: o‘quv qo‘llanma / O‘zbekiston

Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi. – Toshkent.: “Istiqlol”
nashriyoti, 2019.

2.

Maxmudov I. I. Boshqaruv psixologiyasi: o‘quv qo‘llanma. – Toshkent.: 2006.

3.

Boymurodov N. Rahbar psixologiyasi: oliy ta’lim, xalq ta’limi, sog‘liqni

saqlash, o‘rta maxsus kasb-hunar ta’limi boshqarmalarining ma’muriy
xodimlari uchun qo‘llanma. – Toshkent.: 2007.

4.

Психология управления персоналом: Пособие для специалистов,

работающих с персоналом / Под ред. А. В. Батаршева, А. О. Лукянова. 2-е
изд., испр. – М.: 2007.

5.

Gilbreth L. M. The Psychology of Management: The Function of the Mind in

Determining, Teaching and Installing Methods of Least Waste. – USA: 2013.

Библиографические ссылки

Hayitov O. E. Boshqaruv psixologiyasi: o‘quv qo‘llanma / O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi. – Toshkent.: “Istiqlol” nashriyoti, 2019.

Maxmudov I. I. Boshqaruv psixologiyasi: o‘quv qo‘llanma. – Toshkent.: 2006.

Boymurodov N. Rahbar psixologiyasi: oliy ta’lim, xalq ta’limi, sog‘liqni saqlash, o‘rta maxsus kasb-hunar ta’limi boshqarmalarining ma’muriy xodimlari uchun qo‘llanma. – Toshkent.: 2007.

Психология управления персоналом: Пособие для специалистов, работающих с персоналом / Под ред. А. В. Батаршева, А. О. Лукянова. 2-е изд., испр. – М.: 2007.

Gilbreth L. M. The Psychology of Management: The Function of the Mind in Determining, Teaching and Installing Methods of Least Waste. – USA: 2013.