91
2025/№ 2
PEDAGOGIKA
BO‘LAJAK DEFEKTOLOGLARNI INKLYUZIV JARAYONGA
TAYYORLASH
SATTOROVA MOHIRA AMINQULOVNA
Axborot texnologiyalari va menejment universiteti
“Pedagogika” kafedrasi dotsenti
E-mail:
UDK: 378.6.
https://orcid.org/0009-0004-7843-4340
Kalit so‘zlar:
inklyuziv,
intellektual,
psixologik,
defektologik,
geterogenlik,
integratsiya.
Annotatsiya:
Maqolada rivojlanishda nuqsoni bor bolalarni
o‘qitish va tarbiyalashda kasbiy qiyinchiliklar bir qator ijtimoiy
va kasbiy-pedagogik omillar, maxsus ta’lim ehtiyojlarining
tabiatiga mos ravishda moslashishini ta’minlaydigan maxsus
shart-sharoitlarni yaratish zarurligi haqida fikr yuritiladi.
Nogironligi bor bolalar uchun inklyuziv ta’limni joriy etish
o‘qituvchi,
defektolog,
psixologning
kasbiy
faoliyati
mazmunini sezilarli darajada o‘zgartiradi va ularni o‘qitish
mazmuniga
kiritish
tavsiya
etiladigan
o‘zgarishlarning
mohiyatini oldindan tushunishni talab qiladi. Zamonaviy
tadqiqotlar natijalari nogironligi bo‘lgan shaxslarga ta’lim va
tarbiya berish, ular uchun imkoniyatlar yaratish, kadrlar
tayyorlash sohasida yangi bilimlar bazasini shakllantiradi va
bo‘lajak
o‘qituvchilar
tomonidan
ularni
rivojlantirish
vositalarini izlash muammosini dolzarblashtirishi haqidagi
masalalar bayon etilgan.
ПОДГОТОВКА БУДУЩИХ ДЕФЕКТОЛОГОВ К ИНКЛЮЗИВНОМУ
ПРОЦЕССУ
Ключевые слова:
инклюзивный,
интеллектуальный,
психологический,
дефектологический,
неоднородность,
Аннотация:
в
данной
статье
рассматриваются
профессиональные трудности в обучении и воспитании
детей с отклонениями в развитии ряд социальных и
профессионально-педагогических факторов, необходимость
создания особых условий, обеспечивающих адекватную
адаптацию к характеру специальных образовательных
92
2025/№ 2
интеграция.
потребностей. Внедрение инклюзивного образования для
детей
с
ОВЗ
существенно
меняет
содержание
профессиональной деятельности педагога, дефектолога,
психолога, а включение их в содержание обучения требует
предварительного
понимания
сути
предлагаемых
изменений. Изложены вопросы, по которым результаты
современных исследований формируют новую базу знаний
в области обучения и воспитания лиц с ограниченными
возможностями здоровья, создания для них возможностей,
подготовки кадров и актуализируют проблему поиска
будущими педагогами средств их развития.
PREPARING FUTURE DEFECTOLOGISTS FOR AN INCLUSIVE
PROCESS
Keywords:
inclusive,
intelligent,
psychological,
defectologial,
heterogeneity,
integration.
Abstract:
This article reflects on the need to create special
conditions that ensure that professional difficulties in the
education and upbringing of children with developmental
disabilities are adapted in accordance with a number of social
and professional-pedagogical factors, the nature of special
educational needs. The introduction of inclusive education for
children with disabilities significantly changes the content of
the professional activity of a teacher, defectologist,
psychologist, and requires a prior understanding of the essence
of the changes that are recommended to include them in the
content of training. The results of modern research describe the
issues of providing education and training to persons with
disabilities, creating opportunities for them, forming a new
knowledge base in the field of Personnel Training and pressing
the problem of the search for tools for their development by
future teachers.
KIRISH
Jahon ta’limi amaliyotida ta’lim oluvchilarning ehtiyojlariga moslashuvchan
o‘quv muhitini yaratish va variativ o‘quv dasturlaridan foydalanish ehtiyoji kun sayin
ortmoqda. BMTning ta’lim sohasidagi siyosati yo‘nalishlaridan biri, bolalarning
alohida ta’lim ehtiyojlarining xilma-xilligini hisobga olgan holda ta’lim berishni
nazarda tutadigan inklyuziv ta’lim g‘oyalarini ishtirokchi davlatlar tomonidan keng
93
2025/№ 2
amalga oshirilishini ta’minlashdir. YUNESKOning inson huquqlari va erkinliklarini
ta’minlashga qaratilgan dasturlari, alohida ta’lim ehtiyoji bo‘lgan bolalar va kattalar
uchun xavfsiz va qulay ta’limni ta’minlashga yo‘naltirilgan me’yorlar, standartlar va
intellektual
hamkorlikni
modernizatsiyalashga
qaratilgan.
Inson
huquqlari
umumjahon deklaratsiyasida belgilangan ijtimoiy tenglik qoidalarini amalga
oshirishda ta’limning hamma uchun ochiqligini va gender tengligini ta’minlovchi
mexanizmlarni amaliyotga joriy etish muhim ahamiyat kasb etadi.
Aqliy rivojlanishda nuqsoni bor o‘quvchilar bilan ishlash uchun o‘qitish
tizimini isloh qilishda umumiy pedagogik va defektologik yondashuvlarni
birlashtirish g‘oyasining afzalliklari biroz ilmiy tushunishni talab qiladi.
Aqliy rivojlanishda nuqsoni bo‘lgan boshlang‘ich sinf o‘quvchilarini o‘qitish
va tarbiyalashga yo‘naltirilgan boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarini tayyorlash, ularning
ta’lim sharoitlarini yaxshilash orqali amalga oshiriladi. Mutaxassislar o‘rtasidagi
amaliy hamkorlik, xususan, inklyuziv model doirasida rivojlanayotgan ta’lim
amaliyotining zamonaviy shakllari, talab qilinadigan umumiy va yangi vazifalar bilan
birlashtirilgan. Bunday vazifalarga:
–
birinchidan, aqliy rivojlanishda nuqsoni bor bolalarning individual rivojlanish
xususiyatlarini aniqlash zarurati;
–
ikkinchidan, shu asosda individual ta’lim yo‘nalishlarini loyihalash;
–
uchinchidan, bu yo‘nalishlarni inklyuziv ta’lim maqsadlariga mos keladigan
mazmun bilan to‘ldirish kiradi.
Aqliy rivojlanishda nuqsoni bor bolalarni o‘qitish va tarbiyalashda kasbiy
qiyinchiliklar, bir qator ijtimoiy va kasbiy-pedagogik omillar tufayli yuzaga keladi.
Birinchidan, o‘zining geterogenligi va polimorfizmi tufayli ushbu toifadagi bolalar
nafaqat ma’lum bir nozologik guruhga mansubligi bilan, balki ularning maxsus ta’lim
ehtiyojlariga mos ravishda moslashishini ta’minlaydigan shart-sharoitlarni yaratishni
talab qiladi. Ikkinchidan, nogironligi bor bolalar uchun inklyuziv ta’limni joriy etish
o‘qituvchi, defektolog va psixologning kasbiy faoliyati mazmunini sezilarli darajada
o‘zgartiradi va ularni o‘qitish mazmuniga kiritish tavsiya etiladigan o‘zgarishlarning
mohiyatini oldindan tushunishni talab qiladi [1, 319].
Inklyuziv ta’lim sharoitida nogiron mavjud bolalar bilan ishlash uchun kadrlar
tayyorlash muammosini samarali o‘rganish maqsadida, inklyuziv ta’limni qo‘llab-
quvvatlashning falsafiy-metodologik aspektlari va strategiyalari tadqiqotchilar – A. Y.
Abkovich, S. V. Alyoxina, D. V. Denisova, L. S. Mednikova, N. Xitryuk, I. M.
Yakovleva, S. Boot, S. Vayrinen va boshqalar – tadqiqotlarida o‘z aksini topgan.
Yuqorida keltirilgan olimlarning yondashuvlaridan kelib chiqadigan bo‘lsak,
ta’lim inklyuziyasi sharoitida kasbiy pedagogik faoliyatni, o‘qituvchilarning OTMda
94
2025/№ 2
ixtisoslashtirilgan tayyorgarligi davrida olgan kasbiy vazifalari, bilimlari, qobiliyatlari
va ko‘nikmalarini mexanik tarzda umumlashtirish yo‘li bilan shakllantirish mumkin
emas. O‘zgargan ta’lim muhiti bo‘lajak o‘qituvchini yangi o‘quv amaliyoti talablariga
tayyorlashning muhim va murakkab vazifasini hal qilish yo‘llarini topishni o‘z ichiga
oladi, bu esa nogironligi bor o‘quvchilarning turli xilligini va ularni rivojlantirish
imkoniyatlarini hisobga oladi.
TADQIQOT OBYEKTI VA QO‘LLANILGAN METODLAR
Zamonaviy tadqiqotlar natijalari nogironligi bo‘lgan shaxslarga ta’lim va
tarbiya berish sohasida kadrlar tayyorlashga yangi bilimlar bazasini shakllantirib,
bo‘lajak o‘qituvchilar tomonidan ushbu bilimlarni rivojlantirish vositalarini izlash
muammosini dolzarblashtiradi (I.V. Voznyak, 2017; T.A. Solovyova, 2019; I.V.
Ivenskich, 2019 va boshqalar). Har bir muallif nogironligi bor bolalar va ularning
tengdoshlarining shartli me’yoriy rivojlanishi bilan birgalikda, ta’lim shakllari orqali
belgilanadigan turli sharoitlarga moslab o‘qituvchilarni tayyorlash muammosining
yangi, muhim xususiyatlarini ochib berishga intiladi.
Shu bilan birga, OTMda bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilari va
defektologlarni tayyorlash amaliyoti, kasbiy faoliyatni yangi sharoitlarda amalga
oshirish uchun ma’lum o‘zgarishlarni talab qiladi. Deklarativ yondashuv, ammo
haqiqatda nogironligi mavjud o‘quvchilarning muammolarini hal etish jarayoni,
o‘qituvchining kasbiy va pedagogik faoliyat funksiyalarini kengaytirish va
murakkablashtirishni kompleks tarzda ta’minlashni talab qiladi.
Shunday qilib, inklyuziv ta’lim sharoitida bo‘lajak o‘qituvchilar va maxsus
psixologlar o‘rtasida samarali hamkorlik zarurati aniqlanib, ularni tayyorlashning
an’anaviy formatlari bilan mavjud qarama-qarshilik ta’kidlanadi. Bizning fikrimizcha,
ushbu muammolarni yengib o‘tish, aqliy rivojlanishda nuqsoni bor bolani psixologik-
pedagogik qo‘llab-quvvatlashda umumiy pedagogik va defektologik yondashuvlarni
integratsiyalashuvi, shuningdek, barcha bosqichlarda o‘qituvchi va psixolog
o‘rtasidagi konstruktiv kasbiy hamkorlikni mustahkamlash asosida amalga oshirilishi
mumkin. Shu nuqtayi nazardan, bo‘lajak mutaxassislar o‘rtasidagi aloqani
kuchaytirish va integratsiya g‘oyasini ishlab chiqish zarurati yaqqol namoyon bo‘ladi,
bu esa tayyorgarlik tizimini isloh qilishni talab qiladi [1, 319].
Keng ma’noda integratsiya deb, bo‘lajak o‘qituvchilarni tayyorlashning
tabaqalashtirilgan elementlarini yangi sifatga birlashtirish jarayonini tushunamiz; bu
jarayon “sintez”, “assimilyatsiya” va “interpretatsiya” kabi xususiyatlarga ega. Ta’lim
jarayoni subyektlarining faoliyatini integratsiyalash davomida, ichki aloqalarni
chuqurlashtirish va rivojlantirish asosida ularning faoliyati bosqichma-bosqich
95
2025/№ 2
birlashib, bir-birini to‘ldiradi. Shu bilan birga, integratsiya jarayoni odatda pedagogik
ta’sirning kuchayishi bilan kechadi.
Tor ma’noda integratsiya deb, o‘qituvchilarning nazariy tayyorgarligi va
psixologlar bilan qo‘shma amaliy mashg‘ulotlar jarayonidagi o‘zaro munosabatlarini
tushunamiz, bu esa birinchi navbatda o‘quvchilarga psixologik-pedagogik
yordamning yaxlit tizimini to‘liq anglash imkonini beradi. Inklyuziv ta’lim
amaliyotini joriy etish o‘qituvchining ish tabiati, mazmuni va metodik modeliga
jiddiy o‘zgarishlar kiritib, ularning kasbiy tayyorgarligiga alohida talablar qo‘yadi.
O‘qituvchilar nafaqat mavjud imkoniyatlarni, balki ularni yuqori sifatli o‘zlashtirishni
ta’minlashi zarur. Bundan tashqari, o‘qituvchi aqliy rivojlanishda nuqsoni bor
bolaning o‘qishdagi qiyinchiliklari va xatti-harakatlarining sabablarini aniq baholash
uchun amaliyotga yo‘naltirilgan bilimga ega bo‘lishi va aniqlangan qiyinchiliklarni
bartaraf etish maqsadida maxsus pedagogik shart-sharoitlarni yaratishi lozim [1, 320].
Shu munosabat bilan, tabaqalashtirilgan maxsus pedagogik amaliyotni
integratsiyalashgan amaliyotga aylantirish uchun texnologiyaga bo‘lgan ehtiyoj
yanada aniqroq namoyon bo‘ladi. Bu ehtiyoj, rivojlanish konteksti nogironligi
mavjud o‘quvchilar uchun DTSda belgilangan, maxsus yordamni ta’minlashning
yangi ustuvorliklari va shartlarini hisobga olgan holda shakllanadi.
DTSga muvofiq, nogironligi bo‘lgan har bir o‘quvchi, shu jumladan aqliy
rivojlanishda nuqsoni bor o‘quvchi uchun, maktabga kirish paytida uning psixofizik
va nutq rivojlanish darajasiga mos keladigan individual ta’lim yo‘nalishi tanlanadi.
Mazkur g‘oyani ilgari suruvchi mualliflar, umumiy ta’lim oqimiga kiritilgan aqliy
rivojlanishda nuqsoni bor bolalarga alohida yordam ko‘rsatish amaliyotidagi mavjud
cheklovlarni bartaraf etishga alohida e’tibor qaratish zarurligini ta’kidlaydilar.
NATIJA VA ULARNING MUHOKAMALAR
Shunday qilib, aqliy rivojlanishda nuqsoni bor o‘quvchining ta’lim yo‘nalishini
individuallashtirishni ta’minlash, asosan, bo‘lajak o‘qituvchi va maxsus psixologning
kasbiy faoliyatini integratsiyalash imkoniyatiga bog‘liq.
Individuallashtirish tamoyilini amalda tatbiq etish bolalar, shu jumladan,
nogironligi mavjud bolalar haqidagi bilimlarni, ularning xususiyatlari va maxsus
ta’lim ehtiyojlarini hisobga olishni o‘z ichiga oladi. Sifatli inklyuziv ta’lim uchun
maxsus ta’lim sharoitlarini yaratish zarur; jumladan, o‘qituvchilar va psixologlarning
o‘quv jarayonidagi o‘zaro munosabatlarining yangi shakllari, yangi ta’lim
texnologiyalari va psixologik-pedagogik modellarni o‘z ichiga olgan dasturlar kabi.
Shunday qilib, integratsiya g‘oyasining afzalliklari bolaning muammolarini va
ularni hal etish yo‘llarini tushunishda birlikni ta’minlash hamda inklyuziv ta’lim
96
2025/№ 2
makonidagi subyektlar (o‘quvchilar, boshlang‘ich sinf o‘qituvchilari, maxsus
psixologlar, defektologlar, ota-onalar, ma’muriyat) ta’lim ehtiyojlariga bevosita
bog‘liq maqsadlarga erishishda namoyon bo‘ladi [2, 239-243].
Aqliy rivojlanishda nuqsoni bor bolalarga nisbatan, o‘qituvchilarga ijtimoiy-
psixologik xavfsizlikni ta’minlaydigan, bolaning indivi dual psixo-ijtimoiy rivojlanish
potensialini ochish va qaror qabul qilishda tajriba orttirishga imkon beradigan ta’lim
muhitini yaratish vazifasi yuklatilgan.
O‘qituvchilar va psixologlar uchun asosiy ehtiyojlar, boshlang‘ich maktab
o‘quvchisiga hamrohlik qilish jarayonini tashkil etish va aqliy rivojlanishda nuqsoni
bor bolalar tomonidan boshlang‘ich umumiy ta’lim dasturlari mazmunini to‘g‘ri
o‘zlashtirishni ta’minlaydigan kollegial ko‘nikmalarni o‘z ichiga oladi. Pedagogik
hamjamiyat tomonidan nogironligi mavjud o‘quvchilarni qo‘llab-quvvatlash
jarayonida turli xil profildagi mutaxassislar o‘rtasidagi o‘zaro hamkorlik zarurligi
umumiy e’tirof etilishiga qaramay, bu soha kamdan-kam hollarda inklyuziv ta’lim
amaliyotida haqiqiy va mas’uliyatli harakatlarga aylanadi.
Integratsiya g‘oyasini qo‘llash imkoniyatlari, aqliy rivojlanishda nuqsoni bor
o‘quvchilar uchun ta’limni individuallashtirish sohasida bo‘lajak o‘qituvchilar uchun
kasbiy faoliyatning yaxlit g‘oyasini shakllantirish zarurati bilan belgilanadi. Bo‘lajak
boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarini tayyorlash jarayonida ushbu g‘oyani amalga
oshirish “Pedagogik ta’lim” va “Maxsus (defektologik) ta’lim” formatining
o‘zgarishini, xususan, ta’lim jarayonining yaxlitligini shakllantirish yo‘nalishi
bo‘yicha o‘qitishning mazmuni, tamoyillari, metodlari va shakllarini qayta ko‘rib
chiqishni o‘z ichiga oladi. Bunday yaxlitlik, talabalarning nazariy tayyorgarligi va
pedagogik amaliyotini tashkil etish elementlarining oddiy yig‘indisi emas, balki
kasbiy faoliyatning yangi funksiyalarining paydo bo‘lishi va natijada yangi kollegial
kompetensiyalarning shakllanishi bilan bog‘liqdir [3].
Ta’lim jarayonining har bir ishtirokchisi, o‘zining qadriyatlar tizimiga rioya
qilib, o‘z maqsadlari, pozitsiyalari va manfaatlariga ega bo‘lgan holda, o‘z rolini
belgilaydi.
Inklyuziv ta’limning har bir predmeti bir xil ahamiyatga ega ekanligini e’tirof
etgan holda, biz o‘qituvchining kasbiy sohadagi o‘rni va funksional yukining alohida
ahamiyatga ega ekanligini ta’kidlaymiz: subyektlarning o‘zaro ta’sirini tashkil etish,
har birining xususiyatlarini hisobga oladigan didaktik texnika va metodologik
yondashuvlarni ishlab chiqish. Biroq, bu yukni maxsus psixolog bilan teng taqsimlash
kerak va buning o‘zi ushbu mutaxassislar o‘rtasida hech qanday qarama-qarshilik
uchun asos bo‘lmaydi.
Maxsus ta’lim ehtiyojlarining, o‘qituvchilar va maxsus psixologlar tomonidan
97
2025/№ 2
ularni qondirish usullarining, ta’lim muhitining, ta’lim sharoitlarining xilma-xilligi
o‘qituvchilar va psixologlarning xilma-xillik sharoitida ishlashi ular uchun obyektiv
qiyin vazifadir.Shuni ta’kidlash kerakki, aqliy rivojlanishda nuqsoni bo‘lgan kichik
yoshdagi maktab o‘quvchilari maktabning ta’lim maydoniga to‘liq jalb qilingan
holda, ulardan ta’limning umumiy mazmunini o‘zlashtirish talab etiladi. Shu bilan
birga, V.I.Lubovskiy, aqliy rivojlanishda nuqsoni bor maktab o‘quvchilarining
maxsus ta’lim ehtiyojlarini qondirmasdan turib, uni o‘zlashtirish mumkin emasligini
ta’kidlaydi. Bu holat umuman ma’lum bir dilemma mavjudligini anglatmaydi,
aksincha, shartlarni to‘g‘ri tashkil qilish bilan bir vaqtning o‘zida ikkala maqsadga
erishish mumkin. Bu shartlar orasida aqliy rivojlanishida mavjud bo‘lgan ikkilamchi
og‘ishlarni tuzatishga va oldini olishga qaratilgan aqliy rivojlanishida nuqsoni bo‘lgan
bolani tarbiyalashda umumiy pedagogik va defektologik yondashuvlarni konstruktiv
integratsiya qilish imkoniyatini ko‘rib chiqish kerak [4, 213].
Integratsiya g‘oyasining afzalliklari quyidagilardan iborat: aqliy zaifligi
bo‘lgan boshlang‘ich sinf o‘quvchisining psixologik-ijtimoiy rivojlanishidagi
kamchiliklar iyerarxiyasini o‘rnatish, o‘quv faoliyatida, muloqotda va umuman xulq-
atvorda namoyon bo‘ladi. O‘qituvchi tomonidan korreksion va rivojlantiruvchi
pedagogik vazifalar va ularni bolaning tipologik va individual ta’lim ehtiyojlarini
qondirishga qaratilgan sharoitlar to‘plamini yaratish asosida hal qilinadi. Kadrlar
tayyorlashda umumiy pedagogik va defektologik bilimlarning integratsiyasini ilmiy
tushunish muammosi ta’limni individuallashtirish sohasida o‘qituvchi va psixolog
tomonidan ta’lim muammolarini birgalikda hal qilish vositasi sifatida ulardan
foydalanishning maqsadga muvofiqligi va afzalliklarini asoslashdan iborat [5].
Bugungi kunda oliy pedagogik ta’lim tizimida kompetent yondashuv an’anaviy
bo‘lib, bo‘lajak o‘qituvchi va psixologlar tomonidan amaliy kasbiy muammolarni hal
qilish uchun zarur bo‘lgan kompetensiyalarni rivojlantirishni nazarda tutadi.
Inklyuziv ta’lim sharoitida ushbu vazifalar aniq fanlararo xususiyatga ega bo‘lib, bu
maktab mutaxassislarining aqliy rivojlanishda nuqsoni bor o‘quvchilarni o‘qitishni
individuallashtirishdagi murakkab psixologik-pedagogik faoliyatida namoyon bo‘ladi.
Inklyuziv ta’lim amaliyotini amalga oshiruvchi mutaxassislarning ishi
nogironligi mavjud o‘quvchilarning ixtisoslashtirilmagan ta’lim bo‘yicha DTS
talablari bilan belgilanadigan o‘quv jarayonini individuallashtirish sohasidagi bir
qator umumiy kasbiy vazifalarni ta’kidlaydi. Shu munosabat bilan, har bir ta’lim
sohasiga xos shakllangan kasbiy kompetensiyalarning o‘zaro kesishishlarini,
shuningdek ularni rivojlantirishning qo‘shma shakllari va usullarini izlash maqsadga
muvofiqdir. Shunday qilib, kompetentli yondashuvni quyidagi pozitsiyalarda bo‘lajak
o‘qituvchi va psixologlarni tayyorlash jarayonida bilim, ko‘nikma va tajribani
98
2025/№ 2
birlashtirish imkoniyatlarini ochib beruvchi yondashuv bilan mazmunli ravishda
to‘ldirish mumkin:
–
turli xil ta’lim yo‘nalishlaridagi talabalar tomonidan birgalikda o‘zlashtirilgan
kasbiy kompetensiyalarni birlashtirish zarurati, birinchidan, aqliy rivojlanishida
nuqsoni bo‘lgan o‘quvchilarning o‘quv faoliyatini individuallashtirish bilan bog‘liq
yangi kasbiy vazifalar bilan, ikkinchidan, psixolog bilan o‘zaro munosabatlarda
to‘plangan kasbiy muammolarni hal qilishda o‘qituvchilarning haqiqiy qiyinchiliklar
bilan belgilanadi.;
–
integrativ kasbiy kompetensiyalarning mazmuni aqliy rivojlanishida nuqsoni
bo‘lgan boshlang‘ich sinf o‘quvchilari uchun ta’limni individuallashtirish sohasidagi
o‘qituvchi va psixologning kesishgan mehnat funksiyalari konteksti bilan belgilanadi;
–
integrativ kasbiy kompetensiyalar o‘qituvchi va psixolog tomonidan birgalikda
amalga oshiriladigan integratsion ko‘nikmalar majmui sifatida faoliyat yuritadi;
–
integrativ ko‘nikmalar talabalar tomonidan belgilangan ta’lim yo‘nalishlari
bo‘yicha o‘zlashtiriladi [Pedagogik ta’lim, Boshlang‘ich ta’lim va Maxsus
(defektologik) ta’lim, Psixologiya] o‘qituvchi va psixologning birgalikdagi faoliyati
mantig‘i va mazmuniga muvofiq amalga oshiriladigan defektologik bilimlar umumiy
pedagogik integratsiyaga asoslangan;
–
talabalar tomonidan ishlab chiqilgan bilim va ko‘nikmalarning integratsiyasini
istisno qilmaydi, balki OTMda o‘qish jarayonida avtonom (ta’limning asosiy profili
doirasida) va birgalikdagi rivojlanish bosqichlarini o‘zgartirishni nazarda tutadi, bu
ularga bir-birini to‘ldirish, boyitish, lekin ular o‘zlashtirgan funksionallikni
almashtirmaslik orqali o‘zaro ta’minlash imkonini beradi;
–
integrativ bilim va ko‘nikmalarni o‘zlashtirish aqliy rivojlanishida nuqsoni
bo‘lgan boshlang‘ich sinf o‘quvchilarini inklyuziv ta’lim jarayonida amalga
oshiriladigan kelajakdagi birgalikdagi kasbiy faoliyat uchun asos yaratadi.
XULOSA
Shunday qilib, umumiy pedagogik va defektologik yondashuvlarni birlashtirish
g‘oyasi bo‘lajak o‘qituvchilar va psixologlarda aqliy rivojlanishida nuqsoni bo‘lgan
boshlang‘ich sinf o‘quvchilarini inklyuziv ta’lim sharoitida o‘qitish muammolarini
birgalikda hal qilish uchun zarur bo‘lgan kasbiy kompetensiyalarni shakllantirish
sharti bo‘lib xizmat qiladi.
99
2025/№ 2
ADABIYOTLAR RO‘YXATI:
1.
Малофеев Н.Н. Специальное образование в меняющемся мире. Россия:
учеб. пособие для студентов пед. вузов. В 2 ч. Ч. 1. – М.: Просвещение,
2010. – C. 319.
2.
Маматов Д.К. Национальная программа по подготовке кадров — гарантия
развития образовательной системы // Психология XXI столетия. 2008.,
№16. – С. 239–243.
3.
Назарова Д.А. Мактабгача ёшдаги заиф эшитувчи болалар нутқини
ривожлантириш: номз. дис. – Тошкент, 2009.
4.
Хафизуллина И.Н. Формирование инклюзивной компетентности будущих
учителей в процессе профессиональной подготовки: дис. … канд. пед.
наук: 13.00.08. Астрахань, 2008. – C. 213.
5.
Хамидова М.П. Мактабгача ақли заиф болаларда сўз бойлигини
оширишнинг коррецион-педагогик асослари: пед. фан. ном. … дис. –
Тошкент, 2001.
