100
2025/№ 2
PEDAGOGIKA
TEXNIKA OLIY O‘QUV YURTI TALABALARINING KREATIV
POTENSIALINI RIVOJLANTIRISH KONSEPSIYASI
XALMURATOVA JUMAGUL GAYBULLAYEVNA
Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat instituti
“Ijtimoiy fanlar va jismoniy madaniyat” kafedrasi dotsenti
E-mail:
Tel: + 998 93 594-95-78
UDK: 37.032.5-057.87
https://orcid.org/0009-0001-7856-5760
MA’RUFJONOV QUDRATILLO NODIRBEK O‘G‘LI
Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat instituti
“Iqtisodiyot” kafedrasi magistranti
E-mail:
qudratillomarufjonov2@gmail.com
Tel: + 998 90 147-92-77
https://orcid.org/0009-0007-1285-7414
Kalit so‘zlar:
simulyatsiya,
virtual laboratoriya,
integratsiya,
analitik fikrlash,
raqamli dastur,
raqamli
texnologiyalar,
hamkorlik
platformalari:
(kollaboratsiya
platformalari).
Annotatsiya:
Texnika oliy o‘quv yurti talabalarining kreativ
potensialini rivojlantirish konsepsiyasi innovatsion g‘oyalarni
ilgari surish, muammolarni hal qilishda kreativ yondashuvni
shakllantirishga qaratilgan. Talabalar amaliy mashg‘ulotlar,
ilmiy loyihalar va startaplar orqali nazariy bilimlarini real
hayotga tatbiq etishga o‘rganadilar. Shuningdek mazkur
maqolada texnik oliy o‘quv yurtlari talabalarining kreativ
potensialini
rivojlantirish
konsepsiyasi
tahlil
qilinadi.
Talabalarning muammolarni yechish, innovatsion fikrlash va
ijodiy yondashuv qobiliyatlarini shakllantirish zamonaviy
ta’limning dolzarb yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi. Shuning
uchun kreativ potensialni rivojlantirishning nazariy asoslari,
samarali metodlari va ilg‘or pedagogik texnologiyalari
o‘rganiladi. Shu bilan birga, texnik ta’lim tizimida innovatsion
muhit yaratish, amaliy mashg‘ulotlarni kuchaytirish va ijodiy
loyihalarni qo‘llab-quvvatlashning ahamiyati ochib beriladi.
Tadqiqot natijalari texnik mutaxassislarni tayyorlash jarayonida
kreativlikni oshirishga xizmat qiladi.
101
2025/№ 2
КОНЦЕПЦИЯ РАЗВИТИЯ ТВОРЧЕСКОГО ПОТЕНЦИАЛА
СТУДЕНТОВ ТЕХНИЧЕСКИХ ВУЗОВ
Ключевые слова:
симуляция,
виртуальная
лаборатория,
интеграция,
аналитическое
мышление,
цифровая
программа,
цифровые
технологии,
платформы для
сотрудничества.
Аннотация:
Концепция развития креативного потенциала
студентов технических высших учебных заведений
направлена на продвижение инновационных идей и
формирование креативного подхода к решению проблем.
Студенты учатся применять свои теоретические знания в
реальной жизни через практические занятия, научные
проекты и стартапы. В данной статье также анализируется
концепция развития креативного потенциала студентов
технических высших учебных заведений. Формирование у
студентов навыков решения проблем, инновационного
мышления и творческого подхода является одним из
актуальных направлений современного образования.
Поэтому изучаются теоретические основы, эффективные
методы и передовые педагогические технологии развития
креативного потенциала. Наряду с этим раскрывается
значение создания инновационной среды в системе
технического образования, усиления практических занятий
и
поддержки
творческих
проектов.
Результаты
исследования способствуют повышению креативности в
процессе подготовки технических специалистов.
CONCEPT OF DEVELOPING CREATIVE POTENTIAL OF STUDENTS
OF TECHNICAL UNIVERSITIES
Keywords:
simulation,
virtual laboratory,
integration,
analytical thinking,
digital program,
digital technologies,
collaboration
platforms.
Abstract:
The concept of developing the creative potential of
students in technical higher education institutions is focused on
promoting innovative ideas and fostering a creative approach to
problem-solving. Students learn to apply their theoretical
knowledge to real-life situations through practical exercises,
scientific projects, and startups. This article also analyzes the
concept of developing the creative potential of students in
technical higher education institutions. Forming students’
problem-solving skills, innovative thinking, and creative
approach is one of the key directions of modern education.
102
2025/№ 2
Therefore, the theoretical foundations, effective methods, and
advanced pedagogical technologies for developing creative
potential are studied. Additionally, the importance of creating
an innovative environment in the technical education system,
enhancing practical training, and supporting creative projects is
highlighted. The research results contribute to increasing
creativity in the process of training technical specialists.
KIRISH
Bugungi kunda ta’lim tizimida qo‘yilayotgan talablardan biri ta’lim jarayonini
samarali tashkil etish orqali har tomonlama barkamol va intellektual salohiyatga ega
kadrlarni tayyorlashni taqozo qiladi.
Jumladan,
ixtisoslik
fanlarini
integratsiya
asosida
o‘qitish bo‘lajak
mutaxassislarda kasbiy kreativ potensialni rivojlantirish, bilim va ko‘nikmalarini
yaxshilash hamda turli fanlar o‘rtasidagi bog‘liqlikni tushunish imkonini yaratadi [1,
54]. Fanlararo integratsiya ta’lim sohasidagi bilimlarni birlashtirish orqali turli
mavzularni qamrab oladi va talabalar bilim hamda ko‘nikmalar asosida kengroq
nuqtayi nazarga ega bo‘lishi, muammolarga bir nechta tomondan yondashish
imkoniyatini yaratadi.
Texnika oliy o‘quv yurtlarida bo‘lajak muhandislar o‘z mutaxassisliklari
bo‘yicha innovatsion va barqaror dizaynlarni yaratish uchun fizika, matematika,
ixtisoslik fanlari hamda ijtimoiy fanlardan o‘zlashtirilgan bilimlarni uyg‘unlashtirishi
maqsadga muvofiqdir.
ADABIYOTLAR TAHLILI
Bugungi kunga dunyoda 65-75 foizi ta’lim tizimida kreativ potensialni
rivojlantirishga yo‘naltirilgan integrativ xarakterdagi ta’lim jarayonidan, o‘quv
dasturlaridan foydalanib kelmoqda.
Kreativlik va kreativ potensial – bu talabaning yangi g‘oyalarni yaratishi,
muammolarni yechish va yangi fikrlarni amalga oshirish qobiliyatidir. Talabalarda
kreativlikni rivojlantirishning turli usullari, metodlari haqida ko‘plab olimlar tadqiqot
ishlarini olib borganlar.
Jumladan, Joy Paul Guilford (1950-yillar) kreativlikni ilmiy jihatdan o‘rgangan
olimlardan biridir hisoblanadi. U kreativlikni ikki asosiy jihatga bo‘lgan:
–
Divergent fikrlash
– bu yangi va turli g‘oyalarni ishlab chiqish qobiliyati.
–
Convergent fikrlash
– bu yangi g‘oyalarni aniqlik bilan yig‘ish va ularni
samarali tarzda tashkil qilish.
Guilfordning tadqiqotlari kreativlikni rivojlantirish uchun o‘quvchilarga
103
2025/№ 2
divergent fikrlashni o‘rgatishning ahamiyatini ta'kidladi. U kreativ fikrlashni
rivojlantirishda qiyin va murakkab muammolarni hal qilish orqali talabalar yangi
g‘oyalarni topishga qodir bo‘lishlarini ko‘rsatdi.
Torrance (E.P.) – kreativlikni rivojlantirish sohasida yana bir muhim
tadqiqotchidir. U Torrance Tests of Creative Thinking (TTCT) deb nomlangan testni
yaratgan, bu test o‘quvchilarning kreativ fikrlashini va g‘oyalarni yaratish qobiliyatini
o‘lchashga mo‘ljallangan. Torrance o‘zining tadqiqotlarida, kreativ fikrlashning eng
muhim komponentlari sifatida elastiklik, originallik, to‘g‘ri fikrlashning tezligi va
ayni muammoni turli usullarda ko‘rishni ajratib ko‘rsatgan. U kreativlikni
rivojlantirish uchun, o‘quvchilarga o‘zgacha fikrlash va ular uchun ijobiy muhit
yaratishni ta'kidlagan.
Mihaly Csikszentmihalyi (1990-yillar) kreativlikni rivojlantirishda o‘zining
“flow”
nazariyasini ishlab chiqqan. “Flow” – bu inson o‘z faoliyatida to‘liq va chuqur
cho‘mib, o‘zining qobiliyatlarini maksimal darajada namoyon qila oladigan holatni
anglatadi. Csikszentmihalyi bu holatni yaratish uchun insonlar o‘z qobiliyatlarini
rivojlantirishlari kerakligini va bunga muayyan faoliyatda doimiy ravishda qiziqish,
muvozanat va erkinlik yaratish orqali erishish mumkinligini ta'kidlagan. Bu nazariya
kreativlikni rivojlantirish uchun talabalarni o‘zlarining qobiliyatlarini aniqlab, ularni
faoliyatda qo‘llashga undaydi.
Lev Vygotsky kreativlikni rivojlantirishda ijtimoiy va madaniy yondashuvning
ahamiyatini ta'kidladi. U
“yaqin rivojlanish zonasi”
(ZPD) nazariyasini ishlab chiqdi.
Vygotskyga ko‘ra, talaba o‘zining hozirgi bilim va ko‘nikmalariga asoslangan holda
yangi g‘oyalarni ishlab chiqishi mumkin, lekin bu jarayon faqatgina uning o‘qituvchi
yoki do‘stlari bilan samarali o‘zaro ta'sirda bo‘lishi orqali rivojlanadi. Vygotsky
kreativ fikrlashni rivojlantirishda guruh ishini va o‘qituvchi bilan yaqin aloqalarni
muhim deb hisoblagan.
Howard Gardner o‘zining
Ko‘p intellektual nazariyasi
(Multiple Intelligences
Theory) orqali kreativlikni rivojlantirishni ta'kidladi. U insonlarda bir nechta
intellektual qobiliyatlar mavjudligini va har bir insonning o‘ziga xos tarzda kreativ
fikrlash qobiliyatiga ega bo‘lishini aytgan. Gardnerning yondashuvi talimda
o‘quvchilarga turli intellektual qobiliyatlarni rivojlantirishga yordam beradi, bunda
nafaqat matematik va lingvistik qobiliyatlar, balki musiqa, vizual san’atlar, ijtimoiy
va hissiy qobiliyatlar ham hisobga olinadi.
Mark A.Runco kreativlikni o‘rganish va o‘lchash bo‘yicha bir qancha tadqiqotlar
olib borgan. U kreativlikni har bir shaxsning tabiiy potentsiali sifatida ko‘rgan, lekin
uning to‘liq rivojlanishi uchun ijobiy muhit va qo‘llab-quvvatlash zarur bo‘lishini
ta’kidladi. Runco o‘zining tadqiqotlarida kreativlikni rivojlantirishda individual
104
2025/№ 2
farqlarni hisobga olish va o‘quvchilarga o‘z qobiliyatlarini erkin ifodalash
imkoniyatini berish kerakligini ko‘rsatgan.
Robert J.Sternberg o‘zining
Triarchic Theory of Intelligence
(Uchburchak
intellektual nazariyasi) orqali kreativlikni rivojlantirishda kognitiv yondashuvni
qo‘llagan. U intellektual faoliyatni uch asosiy komponentga ajratdi:
–
Analitik intellekt
– muammolarni yechish va mantiqiy fikrlash.
–
Praktik intellekt
– kundalik hayotdagi muammolarni hal qilish.
–
Kreativ intellekt
– yangi va original g‘oyalar ishlab chiqish.
Sternberg
kreativlikni
rivojlantirish
uchun
o‘quvchilarga ushbu uch
komponentni birlashtirish va ulardan har birini alohida rivojlantirish zarurligini
ko‘rsatdi.
Integratsion yondashuv asosida ta’lim jarayonini tashkil etishdan maqsad –
fanlar o‘rtasidagi aloqasizlikni bartaraf etish orqali fanlararo uzluksizlikni ta’minlab,
talabalarining kreativ potensialini rivojlantirishdir. Buning uchun samarali o‘quv
strategiyalari ishlab chiqilishi lozim [1, 89].
O‘quv strategiyalari talabalarga yo‘naltirilgan bo‘lib, amaliy o‘rganishga e’tibor
qaratish orqali ularning amaliy ko‘nikmalarini rivojlantirishga hamda real kasbiy
faoliyatdagi muammolarni hal qilishga xizmat qiladi. Natijada o‘quv jarayoni yanada
samarali kechadi.
O‘quv strategiyalarining samaradorligi ularning talabalarga yo‘naltirilganligi
bilan chambarchas bog‘liq. Nazariy bilimlarning amaliyotga tatbiq etilishi talabalarga
o‘z ixtisosligi bo‘yicha bilimlarini qo‘llash imkonini beradi, bu esa o‘qish jarayonini
yanada chuqurlashtiradi. Talabalarning bilimlarini real hayotda qo‘llashi ularning
nazariy va amaliy ko‘nikmalarini mustahkamlashga xizmat qiladi.
Talabalarga yo‘naltirilgan o‘quv strategiyalari ularning o‘z tajribalariga
asoslangan holda o‘rganish jarayonini tashkil etishga yordam beradi [2, 39]. Ushbu
strategiyalar amaliy o‘rganish jarayonini qo‘llab-quvvatlab, mustaqil fikrlash va
muammolarni hal qilish bo‘yicha tajriba orttirish imkonini yaratadi. Natijada ta’lim
jarayoni yanada samarali va faol bo‘lishi bilan birga talabalarning amaliy o‘rganishi
hamda kasbiy vaziyatlarga moslashishiga e’tibor qaratiladi. Ushbu yondashuv
talabalar nazariy bilimlarini real hayotda qo‘llash imkoniyatini oshirib, ularning
ta’limga bo‘lgan qiziqishini kuchaytiradi.
Ta’lim muassasalarida o‘quv strategiyasini amaliyotga joriy etish quyidagicha
amalga oshiriladi:
–
Loyihaga asoslangan ta’lim;
–
Dual ta’lim;
–
Talabalar almashinuvi;
105
2025/№ 2
–
Amaliy tadqiqotlar;
–
Hamkorlikdagi topshiriqlar;
–
O‘quv materiallari bilan kengroq miqyosda ishlashga qaratilgan o‘quv
topshiriqlarini ishlab chiqish.
Har bir ishlab chiqilgan o‘quv strategiyasi fanlararo integratsiyalangan bo‘lib,
talabalarda ilmiy faoliyat bilan shug‘ullanishga undash orqali tengdoshlar bilan
ishlash, haqiqiy ish muhitini taqlid qilish va ijodiy yechimlarni ishlab chiqish
imkonini beradi. Shuningdek, u kasbiy muammolarni hal qilish, ijodkorlik va
jamoada ishlash qobiliyatini oshirishda o‘z samarasini ko‘rsatadi [2, 65].
Talabalarning o‘qish va o‘rganish jarayonida nafaqat bilim olish, balki o‘z
salohiyatlarini to‘liq anglash va rivojlantirish muhimdir. Har bir o‘quvchining
individual ijodiy qobiliyatlarini oshirish va ularni o‘zgaruvchan dunyoda
muvaffaqiyatli bo‘lishga tayyorlash uchun ta’lim tizimi doimo yangilanib va
takomillashib borishi lozim. Bu jarayonda o‘quvchilarda o‘ziga bo‘lgan ishonch,
motivatsiya va faol qatnashuvni shakllantirish juda muhim ahamiyatga ega.
Talabalarning
kasbiy
salohiyatini
shakllantirishda
analitik
fikrlashni
rivojlantirish katta ahamiyat kasb etadi. Buning uchun talabalarni nafaqat faktlarni
eslab qolishga, balki taxminlarni shubha ostiga olishga, muammolarni chuqur tahlil
qilishga va innovatsion yechimlarni yaratishga undaydigan vazifalarni bajartirishga
yo‘naltirish lozim.
Kreativ potensialni ta’minlash mazmunida shaxsiylashtirilgan va moslashtirilgan
ta’lim, ya’ni talabalarning individual ehtiyojlari va kuchli tomonlariga moslashtirilgan
ta’lim jarayoni, ularning ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirishga va maksimal darajada
o‘zlarining ijodiy imkoniyatlarini ochib berishga yordam beradi [3, 98].
Shaxsiylashtirilgan ta’lim o‘quvchilarga o‘ziga xos, individual yondashuvni
taqdim etadi, bu esa ularning umumiy o‘qish jarayoniga bo‘lgan motivatsiyasini
oshiradi. Ushbu ta’lim turini joriy etish uchun formativ baholash, fikr-mulohaza
zanjirlari va texnologiyaga asoslangan ta’limdan foydalangan holda, o‘qituvchilar
turli xil o‘rganish uslublari va sur’atlarini qo‘llab-quvvatlash uchun o‘quv dasturini
moslashtirishlari mumkin.
Misol uchun, videolar, interaktiv simulyatsiyalar (ma’lum bir tizim, jarayon yoki
hodisaning aniq nusxasini yaratish va uni kompyuter yoki boshqa qurilmalarda
ko‘rsatish jarayoni) yoki tadqiqot loyihalari kabi turli o‘quv materiallarini taklif qilish
talabalarga o‘z qiziqishlari va ehtiyojlariga mos keladigan bilim va ko‘nikmalarni
egallash imkonini beradi. Bu esa ularning ijodiy salohiyatini yanada rivojlantirishga
xizmat qiladi [3, 25].
106
2025/№ 2
TADQIQOT METODOLOGIYASI
Bugungi kunda ta’lim va ilm-fan sohalarining rivojlanishida sanoat va ilmiy
muassasalar o‘rtasidagi hamkorlikning ahamiyati tobora ortib bormoqda. Bu ikki soha
o‘rtasidagi samarali aloqalar nafaqat ilmiy tadqiqotlar va texnologik innovatsiyalarni
tezlashtiradi, balki yangi ish o‘rinlari yaratish va iqtisodiy o‘sish uchun mustahkam
poydevor hamda yangi imkoniyatlar yaratadi. Hamkorlik asosida amalga oshirilgan
loyihalar jamiyatni rivojlantirishga hamda ta’lim tizimini yanada samarali qilishga
xizmat qiladi. Talabalarga amaliyot, ishlab chiqarish ta’limi (dual ta’lim), tadqiqot
loyihalari va mutaxassislar bilan hamkorlik qilish imkoniyatlarini taqdim etish
nazariya hamda amaliyot o‘rtasidagi tafovutni bartaraf etishga yordam beradi.
Zamonaviy ta’lim tizimi o‘quvchilarning individual ehtiyojlarini hisobga olgan
holda moslashuvchan o‘quv dasturlarini yaratishni talab qiladi. Bunday dasturlar
ijodkorlikni rivojlantirishda muhim rol o‘ynaydi, chunki ular o‘quvchilarga o‘z
qobiliyatlarini aniqlash va amalga oshirish uchun keng imkoniyatlar yaratadi. O‘quv
dasturlarini moslashtirish orqali har bir ta’lim oluvchi o‘zining ijodiy salohiyatini
to‘liq namoyon eta oladi va shaxsiy muvaffaqiyatlarga erishadi [3, 27].
Fanlarni integratsiyalash orqali kasbiy potensialni rivojlantirishda o‘quv rejasi
texnologiya, jamiyat va iqtisodiyotdagi so‘nggi ishlanmalarni aks ettirish uchun
muntazam ravishda yangilanib turishi kerak. Talabalarni noan’anaviy g‘oyalarni
o‘rganishga, turli vositalar bilan tajriba qilishga hamda o‘z sohalarida
innovatsiyalarga rag‘batlantirish muhim ahamiyat kasb etadi [4, 1148].
Bilim berish jarayonida teskari aloqa va fikr-mulohazalar talabalarni o‘rganish
tajribasi, xatolari hamda muvaffaqiyatlari haqida fikr yuritishga rag‘batlantiradi va
ularning professional sifatida o‘sishiga yordam beradi. Tengdoshlar, o‘qituvchilar va
murabbiylarning muntazam fikr-mulohazalari ta’lim jarayonining samaradorligini
oshirish bilan birga o‘rganish va ijodiy natijalarning yaxshilanishiga ham xizmat
qiladi.
Ishlab chiqarish korxonalarida teskari aloqa va fikr-mulohazalar ishchi xodimlar
o‘rtasidagi muloqot jarayonining ajralmas qismi hisoblanadi. Ushbu jarayon orqali
fikrlar va tajribalar almashiladi, bu esa har bir xodimga o‘zini takomillashtirish va
kasbiy rivojlanish imkoniyatini yaratadi. Masalan, ishchi xodim berilgan vazifani
bajargandan so‘ng kasbdoshlaridan o‘z ishiga doir fikr-mulohaza so‘rasa, bu uning
yutuqlarini baholash hamda kamchiliklarini aniqlash imkonini beradi. Shuningdek,
teskari aloqa yordamida ishchi xodimlar o‘z muvaffaqiyatlari yoki xatolarini tahlil
qilib, ularni bartaraf etish uchun zaruriy ma’lumotlarga ega bo‘ladilar.
107
2025/№ 2
TAHLIL VA NATIJALAR
Raqamli dasturlar va texnologiyalar bugungi kunda jamiyatimizga, xususan,
bizning kundalik hayotimizga katta ta’sir ko‘rsatmoqda. Ushbu vositalar nafaqat
bizning shaxsiy faoliyatimizda, balki ilm-fan, ta’lim va sanoat sohalarini ham
rivojlantirishda muhim rol o‘ynaydi, hamda yangi darajaga olib chiqadi. Ta’lim
jarayoni va amaliyotda qo‘llash tavsiya etiladigan raqamli texnologiyalar
quyidagilarni o‘z ichiga oladi: kompyuter va smartfonlar, dasturiy ta’minotlar, bulutli
xizmatlar, IoT (Internet of Things), raqamli vositalar va ilovalar, yaratish hamda
dizayn asboblari, simulyatsiyalar, virtual laboratoriyalar, dizayn dasturlari va
hamkorlik platformalari. Ushbu texnologiyalar talabalarga ijodiy fikrlash bilan birga
texnik ko‘nikmalarni rivojlantirishga yordam beradi.
Dasturiy ta’minotlar: Raqamli asboblarga turli dasturlar (masalan, Microsoft
Office, Adobe Photoshop, Excel, video tahrirlash dasturlari va boshqalar) kiradi.
Ushbu dasturlar foydalanuvchilarga o‘z ishlarini samarali va tez bajarish imkonini
beradi.
Bulutli xizmatlar: Google Drive, Dropbox kabi bulutli xizmatlar orqali
ma’lumotlarni onlayn saqlash va ularga istalgan vaqtda kirish mumkin. Bu xizmatlar
yordamida foydalanuvchilar o‘z ma’lumotlarini xavfsiz saqlash hamda boshqalar
bilan ulashish imkoniyatiga ega.
IoT (Internet of Things): Raqamli asboblarga IoT qurilmalari (masalan, aqlli
termostatlar, aqlli soatlar, uy qurilmalarini boshqarish tizimlari) ham kiradi. Ushbu
qurilmalar internet orqali o‘zaro bog‘lanib, avtomatik tarzda ma’lumotlarni uzatadi va
real vaqt rejimida boshqariladi.
Raqamli vositalar va ilovalar: Onlayn ta’lim platformalari (Zoom, Google
Classroom) va ish jarayonlarini boshqarish uchun mo‘ljallangan ilovalar (Trello,
Slack, Asana) ham raqamli asboblar sifatida qaraladi.
Yaratish va dizayn asboblari: Grafik dizayn, video montaj, musiqa ishlab chiqish
va boshqa kreativ ishlarda foydalaniladigan dasturlar (masalan, Adobe Illustrator,
Final Cut Pro, Blender) raqamli asboblarga kiradi.
Simulyatsiya: Simulyatsiya – bu haqiqiy jarayon yoki tizimni virtual yoki sun’iy
muhitda takrorlash jarayonidir. Uning yordamida turli hodisalar yoki jarayonlar
qanday ishlashini sinab ko‘rish mumkin. Bu esa haqiqiy holatni o‘rganish yoki
optimallashtirish uchun qulay vosita hisoblanadi.
Virtual laboratoriyalar: Virtual laboratoriyalar ilmiy tajribalarni yoki amaliy
mashg‘ulotlarni kompyuter yordamida simulyatsiya qilish imkonini beruvchi onlayn
yoki dasturiy ta’minot platformalaridir. Ular an’anaviy laboratoriyalarni takrorlash
uchun ishlab chiqilgan bo‘lib, talabalarga, ilmiy tadqiqotchilarga va muhandislarga
108
2025/№ 2
real dunyoda sinovlardan o‘tkazish qiyin yoki xavfli bo‘lgan tajribalarni xavfsiz,
qulay va arzon tarzda o‘rganish imkonini yaratadi.
Dizayn dasturlari: Dizayn dasturlari turli vizual va grafik loyihalarni yaratish,
tahrirlash va ishlab chiqish uchun mo‘ljallangan kompyuter dasturlaridir. Ular
dizaynerlarga, texnik yo‘nalishda faoliyat olib boruvchi mutaxassislarga,
arxitektorlarga o‘z g‘oyalarini shakllantirish va vizual materiallarni ishlab chiqishda
yordam beradi. Dizayn dasturlari grafika, ilova dizayni, veb-sayt dizayni, arxitektura
loyihalari, brend yaratish va boshqa ko‘plab sohalarda qo‘llaniladi [4, 1146].
Hamkorlik platformalari: Hamkorlik (kollaboratsiya) platformalari jamoa
a’zolarining birgalikda ishlashini, fikr almashishini va ma’lumotlarni baham
ko‘rishini osonlashtiradigan raqamli tizimlar yoki dasturlardir. Ular odatda onlayn
muhitda ishlaydi va foydalanuvchilarga birgalikda ishlash, loyihalarni boshqarish,
xabar almashish, fayllar va hujjatlarni tahrirlash hamda samarali kommunikatsiya
o‘rnatishda yordam beradi.
Ushbu mavzuga oid tadqiqotlar G.K.Masharipovaning ilmiy ishlarida olimlar
ishlab chiqqan metodologiyalar orqali yoritib berilgan [5, 13-14; 6, 336-338; 7, 210;
8, 242-247; 9, 812-816].
XULOSA VA TAKLIFLAR
Xulosa qilib aytganda, texnika oliy o‘quv yurti talabalarining kreativ potensialini
rivojlantirish konsepsiyasi innovatsion g‘oyalarni ilgari surish hamda muammolarni
hal qilishda kreativ yondashuvni shakllantirishga qaratilgan. Bu jarayon talabalarni
nafaqat nazariy bilimlarni egallashga, balki ularni amaliyotda qo‘llashga ham
yo‘naltiradi.
Shunday qilib, texnika oliy o‘quv yurti talabalarining kreativ potensialini
rivojlantirish ularning amaliy bilimlarini oshirish va innovatsion fikrlashini
shakllantirish orqali zamonaviy ijtimoiy hamda iqtisodiy muammolarga yechim
topish imkonini yaratadi.
109
2025/№ 2
ADABIYOTLAR RO‘YXATI:
1.
Беспалько В.П. Слагаемые педагогические технологии. – М: Педагогика,
1989.
2.
Астадурьян, Араксия Пандухтовна. Интеграция учебных ситуаций в
процессе обучения. – Краснодар, 2005.
3.
Страшнюк, Светлана Юрьевна. Интеграция по модульной основе
гуманитарных дисциплин в техническом ВУЗе для развития комплексных
умений студентов. – Кемерово, 2003.
4.
Siddiqov I., Igamberdiyev M. Pedagogika oliygohlarida talabalarning ijodiy
qobiliyatlarini
shakllantirishda
muammoli
ta’lim
texnologiyalaridan
foydalanish // Oriental Renaissance: Innovative, Educational, Natural and
Social Sciences, 2021, 1(11). – B. 1146-1163.
5.
Masharipova G.K. The Scientific Heritage of the Scholars of Khorazm Mamun
Academy Who Made Great Inventions of the Middle Age // Europäische
Fachhochschule. European Applied Sciences, – P. 13-14.
6.
Masharipova G.K., Ergashova Sh. The View of Eastern Thinkers on Youth
Education // International Conference on Research Innovations in
Multidisciplinary Sciences., March 6th-7th. – New York, USA, 2021. – P. 336-
338.
7.
Masharipova G.K. Great Discoveries of the Middle Ages – The Contribution of
Khorezm Mathematicians to the Development of Science. Monograph. –
Tashkent: Navruz, 2021. – P. 210.
8.
Masharipova G.K. Main Research Areas of Scientists of the Khorazm
Academy of Ma’mun. American Journal of Advanced Scientific Research,
2024. – P. 242-247.
9.
Masharipova G.K. Actual Problems of Teaching the Subject “Religious
Studies”. Academic Research in Educational Sciences. NUU Conference 2. –
P. 812-816.
