Authors

Author Biography

  • Gulbakhar Orazbayeva , Karakalpak State University
    Associate Professor of the Department of "Pedagogy and Psychology," Doctor of Philosophy in Pedagogical Sciences (PhD)

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.entrepreneurship-pedagogy.80701

Keywords:

self-development apprenticeship development intellectual psychological and pedagogical approach sociological innovative method

Abstract

In this article, the process of self-development of schoolchildren is deeply analyzed based on various conceptual approaches. Factors of personal development, the ability to learn independently, and increasing the intellectual potential of students are widely discussed. Psychologically, factors such as students' psychological preparedness and self-confidence are studied. In the pedagogical approach, innovative methods used in the educational process and their influence on the development of students are considered. By sociological factors, it is analyzed how the family and social environment of students influences the process of their self-awareness and development. The role of information technologies in the education system and their significance in the process of students' learning are also emphasized. Based on various theories and practical examples, proposals are given for the effective improvement of the process of self-development of students.


background image



147

2025/№ 2

PEDAGOGIKA

MAKTAB O‘QUVCHILARINING O‘Z-O‘ZINI RIVOJLANTIRISH

JARAYONINING BA’ZI JIHATLARI HAQIDA TURLI KONSEPSIYALAR

ORAZBAYEVA GULBAXAR JOLDASOVNA

Qoraqalpoq davlat universiteti

“Pedagogika va psixologiya” kafedrasi dotsenti

Pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD)

E-mail:

orazbaevag88@gmail.com

UDK: 373.3-503.1

https://orcid.org/0009-0006-1640-0668

Kalit so‘zlar:

o‘z-o‘zini
rivojlantirish,
o‘quvchilari,
taraqqiyot,
intellektual,
psixologik
pedagogik
yondashuv,
sotsiologik,
innovatsion
metod.

Annotatsiya:

Ushbu maqolada maktab o‘quvchilarining o‘z-

o‘zini rivojlantirish jarayoni turli konseptual yondashuvlar
asosida chuqur tahlil qilinadi. O‘quvchilarning shaxsiy
taraqqiyoti, mustaqil ta’lim olish qobiliyati va intellektual
salohiyatini oshirish omillari keng muhokama etiladi.
Psixologik jihatdan o‘quvchilarning ruhiy tayyorgarligi va
o‘ziga ishonchi kabi omillar o‘rganiladi. Pedagogik
yondashuvda esa ta’lim jarayonida qo‘llaniladigan innovatsion
metodlar va ularning o‘quvchilarning rivojlanishiga ta’siri
ko‘rib chiqiladi. Sotsiologik omillar bo‘yicha o‘quvchilarning
oilaviy va ijtimoiy muhitlari ularning o‘z-o‘zini anglash va
rivojlantirish jarayoniga qanday ta’sir ko‘rsatishi tahlil qilinadi.
Shuningdek, ta’lim tizimida axborot texnologiyalarining roli va
ularning o‘quvchilarning bilim olish jarayonidagi ahamiyati
ta’kidlanadi. Turli nazariyalar va amaliy misollar asosida
o‘quvchilarning o‘z-o‘zini rivojlantirish jarayonini samarali
oshirish bo‘yicha takliflar beriladi.

РАЗЛИЧНЫЕ ПРЕДСТАВЛЕНИЯ О НЕКОТОРЫХ АСПЕКТАХ

ПРОЦЕССА САМОРАЗВИТИЯ ШКОЛЬНИКОВ

Ключевые слова:

саморазвитие,
ученичество,
развитие,

Аннотация:

В данной статье на основе различных

концептуальных подходов глубоко анализируется процесс
саморазвития школьников. Широко обсуждаются факторы
личностного

развития

учащихся,

способности

к


background image



148

2025/№ 2

интеллектуальный,
психолого-
педагогический
подход,
социологический,
инновационный
метод.

самостоятельному

обучению

и

повышения

интеллектуального потенциала. С психологической точки
зрения изучаются такие факторы, как психологическая
подготовка и уверенность в себе учащихся. В
педагогическом подходе рассматриваются инновационные
методы, используемые в образовательном процессе, и их
влияние на развитие учащихся. По социологическим
факторам анализируется, как семейная и социальная среда
учащихся влияет на процесс их самосознания и развития.
Также подчеркивается роль информационных технологий в
системе образования и их значение в процессе обучения
учащихся. На основе различных теорий и практических
примеров

даются

предложения

по

эффективному

повышению процесса саморазвития учащихся.

VARIOUS IDEAS ABOUT SOME ASPECTS OF THE PROCESS OF

SELF-DEVELOPMENT OF SCHOOLCHILDREN

Keywords:

self-development,
apprenticeship,
development,
intellectual,
psychological
and pedagogical
approach,
sociological,
innovative
method.

Abstract:

In this article, the process of self-development of

schoolchildren is deeply analyzed based on various conceptual
approaches. Factors of personal development, the ability to
learn independently, and increasing the intellectual potential of
students are widely discussed. Psychologically, factors such as
students' psychological preparedness and self-confidence are
studied. In the pedagogical approach, innovative methods used
in the educational process and their influence on the
development of students are considered. By sociological
factors, it is analyzed how the family and social environment of
students influences the process of their self-awareness and
development. The role of information technologies in the
education system and their significance in the process of
students' learning are also emphasized. Based on various
theories and practical examples, proposals are given for the
effective improvement of the process of self-development of
students.

KIRISH

Zamonaviy ta’lim tizimida maktab o‘quvchilarining o‘z-o‘zini rivojlantirish


background image



149

2025/№ 2

jarayoni muhim pedagogik va psixologik masalalardan biri hisoblanadi.
O‘quvchilarning shaxsiy taraqqiyoti, mustaqil ta’lim olish qobiliyati va intellektual
salohiyatini rivojlantirish ularning kelajakdagi muvaffaqiyatiga bevosita ta’sir etuvchi
omillardan biridir. Shaxsning mustaqil o‘rganish, o‘z bilimini chuqurlashtirish va
atrof-muhitga moslashish qobiliyati XXI asrda dolzarb kompetensiyalar qatoriga
kiradi. Shu sababli, turli konseptual yondashuvlar asosida o‘z-o‘zini rivojlantirish
jarayonini o‘rganish muhim ilmiy-amaliy ahamiyat kasb etadi.

O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish

konsepsiyasini takomillashtirish hamda bolalarning intellektual va jismoniy
rivojlanishini ta’minlash ko‘zda tutilgan [1]. O‘z-o‘zini rivojlantirish jarayoni turli
omillar bilan bog‘liq bo‘lib, psixologik, pedagogik va sotsiologik yondashuvlar orqali
o‘rganilishi mumkin.

Psixologik nuqtayi nazardan, shaxsning motivatsiyasi, ijtimoiy-hissiy intellekti

va irodaviy sifati muhim rol o‘ynaydi. Pedagogik jihatdan esa ta’lim muhitining
tashkil etilishi, innovatsion metodlarning qo‘llanilishi va mustaqil ta’lim olishga
yo‘naltirilgan dasturlar samarali natijalar beradi. Sotsiologik yondashuv esa ijtimoiy
muhit, oilaviy sharoit va jamiyatning ta’siri orqali o‘quvchilarning rivojlanish
jarayonini tavsiflaydi.

Hozirgi kunda axborot texnologiyalarining jadal rivojlanishi o‘quvchilarning

mustaqil ta’lim olish imkoniyatlarini kengaytirib, ularning intellektual va shaxsiy
o‘sishiga yordam bermoqda. Onlayn ta’lim resurslari, masofaviy ta’lim platformalari
va interaktiv ta’lim uslublari shaxsiy rivojlanish jarayonini tezlashtiradi. Shu bilan
birga, o‘quvchilarning o‘z-o‘zini rivojlantirish strategiyalarini to‘g‘ri shakllantirish
hamda ularning shaxsiy ehtiyojlari va qobiliyatlarini hisobga olgan holda
metodologik yondashuvlarni ishlab chiqish dolzarb masalalardan biri hisoblanadi.

Mazkur tadqiqot maktab o‘quvchilarining o‘z-o‘zini rivojlantirish jarayoniga

turli konseptual yondashuvlar asosida yondashib, samarali usullarni aniqlash va ularni
amaliyotga tatbiq etish imkoniyatlarini o‘rganishga qaratilgan.

ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA

Ta’lim Innovatsiyasi va Integratsiyasi – bu ta'lim tizimining rivojlanishini

ta'minlash uchun yangi g'oyalar, metodlar va texnologiyalarni joriy etish, shuningdek,
turli ta'lim tizimlarining o‘zaro integratsiyasi jarayonidir. Innovatsiya ta'lim
metodologiyasi va texnologiyalarida yangiliklar kiritishni, integratsiya esa ta'lim
dasturlarini va metodlarni birlashtirib, ta'lim sifatini oshirishni maqsad qiladi. Bu
jarayonlar o‘quvchilarning ehtiyojlarini qondirib, ularga zamonaviy bilim va
ko‘nikmalarni berishga yordam beradi [2, 60–64].


background image



150

2025/№ 2

Maktab o‘quvchilarining o‘z-o‘zini rivojlantirish jarayoni bo‘yicha ilmiy-

adabiy tahlil shuni ko‘rsatadiki, bu masala pedagogika, psixologiya va sotsiologiya
fanlari kesishgan nuqtada turadi. Tadqiqotlarda o‘zbek olimlaridan N.R. Sabirova va
J.N. Yusupov o‘quvchilarda o‘z-o‘zini rivojlantirish va bilim olish uchun ijtimoiy
kompetensiyalarni shakllantirish hamda jismoniy mashqlarning rolini o‘rganib
chiqishgan N.Duisenov esa kichik maktab o‘quvchilarining ijodiy imkoniyatlarini
rivojlantirish muammolarini tadqiq qilgan [3, 76].

Maktab o‘quvchilarining o‘z-o‘zini rivojlantirish jarayoniga oid nazariyalar

bo‘yicha turli olimlar tadqiqot olib borgan. Quyida ularning asosiy ishlarining
qisqacha ta’rifi keltirilganlar. Jumladan, A.Bandura “Ijtimoiy o‘rganish” nazariyasida
bolalarning agressiv yoki ijobiy xulq-atvorni modellar orqali qabul qilishini
ta’kidlagan [4, 232]. Kognitiv rivojlanish nazariyasida o‘quvchilarning mustaqil
fikrlash va muammolarni hal qilish qobiliyatini rivojlantirishga yo‘naltirilgan to‘rt
bosqich (sensorimotor, preoperatsion, konkret operatsion, formal operatsion)ni
J.Piagetov tomonidan tadqiqot qilingan [5, 23]. Sh borada, J.Dewey tajribaga
asoslangan ta’lim konsepsiyasida o‘quvchilarning faol ishtiroki va amaliy bilimlar
orqali o‘z-o‘zini rivojlantirishini ta’kidlab o‘tganlar [6, 134].

Metodologik jihatdan, tadqiqotda sifat va miqdoriy usullar uyg‘unlashtirilgan

holda qo‘llanildi. Empirik ma’lumotlarni yig‘ish uchun anketalar, kuzatuv va
eksperimental usullar, shuningdek, statistik tahlil usullari ishlatildi. Komparativ tahlil
orqali turli mamlakatlardagi ta’lim tizimlarining o‘quvchilarning o‘z-o‘zini
rivojlantirishiga qo‘shgan hissasi o‘rganildi.

Ushbu tadqiqotning metodologik asoslari maktab o‘quvchilarining mustaqil

rivojlanish jarayonini chuqur tahlil qilish va samarali pedagogik yondashuvlarni taklif
etish imkonini berdi. Olingan natijalar shaxsiy rivojlanishga ta’sir qiluvchi omillarni
har tomonlama o‘rganish hamda ilg‘or ta’lim metodlarini qo‘llash zarurligini
tasdiqlaydi.

NATIJALAR

Tadqiqot natijalari maktab o‘quvchilarining o‘z-o‘zini rivojlantirish jarayoni

turli konseptual yondashuvlar asosida tahlil qilinganligini ko‘rsatdi.

Avvalo, psixologik yondashuv shuni ko‘rsatadiki, o‘quvchilarning shaxsiy

rivojlanish darajasi ularning motivatsiyasi, o‘z-o‘zini anglash qobiliyati va ichki
intizomi bilan bevosita bog‘liq. Mustaqil ta’lim olish va bilimlarini chuqurlashtirishga
moyilligi yuqori bo‘lgan o‘quvchilar o‘z-o‘zini rivojlantirish jarayonida sezilarli
yutuqlarga erishadi. Shu bilan birga, psixologik jihatdan yetuk bo‘lmagan o‘quvchilar
uchun maxsus metodik yondashuvlarni ishlab chiqish zarurati yuzaga keladi.


background image



151

2025/№ 2

Pedagogik nuqtai nazardan, interaktiv va innovatsion ta’lim usullari

o‘quvchilarning mustaqil ta’lim olish qobiliyatini oshirishga xizmat qilishi aniqlandi.
Jumladan, loyiha asosida o‘qitish, masofaviy ta’lim platformalaridan foydalanish va
reflektiv yondashuvlar shaxsiy rivojlanishga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. Bunda
o‘qituvchilarning qo‘llab-quvvatlashi ham muhim omil bo‘lib, ta’lim jarayonida
o‘quvchilarga yo‘naltirilgan individual yondashuv samarali natijalar beradi.

Sotsiologik tahlil natijalari esa ijtimoiy muhit, oila va jamiyat ta’siri

o‘quvchilarning shaxsiy rivojlanish jarayonida muhim rol o‘ynashini ko‘rsatdi. Ota-
onalar va pedagoglarning ta’limga bo‘lgan munosabati o‘quvchilarning o‘z-o‘zini
rivojlantirishga bo‘lgan intilishiga bevosita ta’sir qiladi. Shuningdek, zamonaviy
axborot

texnologiyalarining

keng

qo‘llanilishi

o‘quvchilarning o‘z-o‘zini

rivojlantirish jarayonini jadallashtirishga xizmat qiladi.

Umuman olganda, tadqiqot natijalari o‘quvchilarning o‘z-o‘zini rivojlantirish

jarayonini samarali tashkil etish uchun kompleks yondashuv zarurligini ko‘rsatdi.
Psixologik, pedagogik va sotsiologik jihatlarni uyg‘unlashtirish orqali maktab
o‘quvchilarining intellektual va shaxsiy rivojlanishini ta’minlash mumkin.

MUHOKAMALAR

Maktab o‘quvchilarining o‘z-o‘zini rivojlantirish jarayoni ta’lim jarayonining

uzviy qismi bo‘lib, uning samaradorligi turli pedagogik yondashuvlar orqali
ta’minlanadi. Tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatadiki, o‘quvchilarning mustaqil
rivojlanishi nafaqat o‘qitish metodlariga, balki psixologik, ijtimoiy va motivatsion
omillarga ham bog‘liq. Shu nuqtayi nazardan, konstruktivistik yondashuv
o‘quvchilarning faolligini oshirishda muhim ahamiyat kasb etadi. L.S. Vygotskiyning
yaqin rivojlanish zonasi nazariyasi esa o‘quvchilarga ta’lim jarayonida mustaqil qaror
qabul qilish va bilimlarni mustahkamlash imkoniyatini beruvchi muhit yaratish
zarurligini ta’kidlaydi.

Biroq, o‘quvchilarning o‘z-o‘zini rivojlantirishiga ta’sir qiluvchi omillarni

tahlil qilishda shaxsiy xususiyatlar, ijtimoiy muhit va oila ta’siri katta rol o‘ynashini
hisobga olish lozim. Masalan, ijtimoiy-kognitiv nazariyalar asosida olib borilgan
tadqiqotlar o‘quvchilarning atrof-muhitdan ta’sirlanishi va mustaqil qaror qabul qilish
qobiliyatining rivojlanishi o‘zaro bog‘liq ekanligini ko‘rsatadi. Ayniqsa, ta’lim
jarayonida zamonaviy texnologiyalar va masofaviy ta’lim imkoniyatlaridan
foydalanish bu jarayonga ijobiy ta’sir qiladi. Shu bilan birga, raqamli vositalarning
haddan tashqari ko‘p ishlatilishi o‘quvchilarning analitik tafakkur va mustaqil fikrlash
qobiliyatiga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkinligi ham kuzatilgan.

Muhokama jarayonida individual ta’lim dasturlarining o‘quvchilarning o‘z-


background image



152

2025/№ 2

o‘zini rivojlantirishdagi o‘rni alohida ta’kidlandi. Shaxsiylashtirilgan ta’lim
metodikalari orqali o‘quvchilarning o‘ziga bo‘lgan ishonchi ortishi va mustaqil
o‘rganish qobiliyati shakllanishi aniqlangan. Shuningdek, jamoaviy ta’lim metodlari
ham samarador usullardan biri sifatida baholanmoqda, chunki o‘quvchilar guruhli
ishlar orqali o‘z fikrlarini himoya qilish, muhokama qilish va yangi bilimlarni
o‘zlashtirish imkoniga ega bo‘ladilar.

Yuqoridagi tahlillar asosida shuni aytish mumkinki, maktab o‘quvchilarining

o‘z-o‘zini rivojlantirish jarayoni kompleks yondashuvni talab qiladi. Ta’lim
muhitining moslashuvchanligi, o‘qitish usullarining takomillashtirilishi va zamonaviy
texnologiyalarning integratsiyasi o‘quvchilarning mustaqil o‘rganish qobiliyatini
rivojlantirishga xizmat qiladi. Shu sababli, pedagogik amaliyotda innovatsion
metodlarni joriy etish va o‘quvchilarni faollikka undovchi strategiyalarni ishlab
chiqish muhim ahamiyatga ega.

XULOSA

Maktab o‘quvchilarining o‘z-o‘zini rivojlantirish jarayoni shaxsiy o‘sish va

akademik muvaffaqiyatga erishishda muhim omillardan biri hisoblanadi. Tadqiqot
natijalari shuni ko‘rsatadiki, bu jarayon samaradorligini oshirish uchun zamonaviy
pedagogik yondashuvlar, individual ta’lim dasturlari va raqamli texnologiyalardan
oqilona foydalanish talab etiladi. O‘quvchilarning mustaqil o‘rganish qobiliyatini
rivojlantirishda konstruktivistik yondashuv, ijtimoiy-kognitiv nazariya va yaqin
rivojlanish zonasi konsepsiyasi muhim o‘rin tutadi.

Bundan tashqari, ijtimoiy muhit, o‘qituvchilarning qo‘llab-quvvatlashi va

motivatsion omillar o‘quvchilarning mustaqil rivojlanish jarayoniga sezilarli ta’sir
ko‘rsatadi. Innovatsion ta’lim metodlarining joriy etilishi esa o‘quvchilarning o‘quv
jarayoniga bo‘lgan qiziqishini oshirishga xizmat qiladi. Shu sababli, ta’lim jarayonida
o‘z-o‘zini rivojlantirish madaniyatini shakllantirish va pedagogik strategiyalarni
takomillashtirish dolzarb vazifa hisoblanadi.









background image



153

2025/№ 2

ADABIYOTLAR RO‘YXATI:

1.

Ўзбекистон Республикаси Президентининг қарори, 08.05.2019 йилдаги

ПҚ-4312-сон

2.

Sabirova N.R, Yusupov J.R. O‘quvchilarda o‘z-o‘zini rivojlantirish va bilim

olishi uchun ijtimoiy kompetentsiyalarni shakllantirishning asosiy vazifalari //

Ta’lim Innovatsiyasi va Integratsiyasi, 2024, 12(2). – P. 60–64.

https://web-

journal.ru/ilmiy/article/view/2784

3.

Duisenov N. The problem of developing the creative talents of small school

students // Экономика и социум. 2021, №2(81).

4.

Bandura, A. Social Learning Theory. – Englewood Cliffs, NJ: Prentice Hall,

1977.

5.

Piaget, J. La naissance de l’intelligence chez l’enfant. – Neuchâtel: Delachaux

et Niestlé, 1936. (Eng.: The Origins of Intelligence in Children, 1952).

6.

Dewey, J. Democracy and Education: An Introduction to the Philosophy of

Education. – New York: Macmillan, 1916.

References

Ўзбекистон Республикаси Президентининг қарори, 08.05.2019 йилдаги ПҚ-4312-сон

Sabirova N.R, Yusupov J.R. O‘quvchilarda o‘z-o‘zini rivojlantirish va bilim olishi uchun ijtimoiy kompetentsiyalarni shakllantirishning asosiy vazifalari // Ta’lim Innovatsiyasi va Integratsiyasi, 2024, 12(2). – P. 60–64. https://web-journal.ru/ilmiy/article/view/2784

Duisenov N. The problem of developing the creative talents of small school students // Экономика и социум. 2021, №2(81).

Bandura, A. Social Learning Theory. – Englewood Cliffs, NJ: Prentice Hall, 1977.

Piaget, J. La naissance de l’intelligence chez l’enfant. – Neuchâtel: Delachaux et Niestlé, 1936. (Eng.: The Origins of Intelligence in Children, 1952).

Dewey, J. Democracy and Education: An Introduction to the Philosophy of Education. – New York: Macmillan, 1916.